28.03.2018 yildagi 248-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy tarbiya va sport sohasida tadbirkorlikni hamda xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida tadbirkorlikni hamda xususiy sektorni yanada rivojlantirish, aholiga ko‘rsatiladigan sport-sog‘lomlashtirish xizmatlari sifatini yaxshilash, jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tijorat tashkilotlari tomonidan Jismoniy tarbiya va sport vazirligining jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari, shu jumladan bo‘sh turgan va faoliyat ko‘rsatmayotgan inshootlari, shuningdek, suzish havzalari (keyingi o‘rinlarda sport inshootlari deb ataladi) bazasida jismoniy tarbiya-sport hamda sog‘lomlashtirish xizmatlarini (keyingi o‘rinlarda sog‘lomlashtirish xizmatlari deb ataladi) davlat-xususiy sheriklik asosida ko‘rsatish tartibini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar sog‘lomlashtirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni aniqlash hamda qo‘llab-quvvatlash orqali jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishning yuqori sifatini ta’minlaydigan qulay shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish uchun an’anaviy xizmatlar bilan bir qatorda, sifatli va ommabop sog‘lomlashtirish xizmatlaridan foydalanishning muqobil imkoniyatlarini taqdim etish bo‘yicha pulli sog‘lomlashtirish xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun innovatsion shakllar, uslublar va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish asosida jismoniy tarbiya va sport sohasida samaradorlik va natijadorlikni oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat-xususiy sheriklik subyektlarining faoliyatini yanada rivojlantirishga oid asosiy yo‘nalishlar va vazifalarni hisobga olgan holda pulli sport to‘garaklari, seksiyalari va boshqa sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish orqali Sport inshootlaridan samarali va oqilona foydalanish chora-tadbirlari rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda, davlat-xususiy sheriklik asosida taqdim etiladigan sport inshootlari to‘g‘risida manfaatdor jismoniy hamda yuridik shaxslarning keng xabardor qilinishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport inshootlarining namunaviy shtatlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport inshootlaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlari stavkalarini hisob-kitob qilish metodikasi to‘g‘risida, jumladan, birinchi navbatda, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan subyektlarga muayyan imtiyozlar berish nazarda tutilgan nizomni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolalar, nogironlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga imtiyozli shartlar asosida yoki bepul xizmatlar ko‘rsatish nazarda tutilgan sport inshootlarida aholiga sog‘lomlashtirish xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda sog‘lomlashtirish xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslarga davlat mulki bo‘lgan va foydalanilmayotgan binolar, obyektlar hamda inshootlarning davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, belgilangan tartibda sotilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sog‘lomlashtirish xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslarga ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarda sportga muhabbat hissini, o‘sib kelayotgan yosh avlod ongida sport bilan shug‘ullanishning muhimligi, sog‘lom turmush tarzini yuritish, ma’naviy va jismoniy komilikka intilish tushunchasini shakllantirish, ularni salbiy ta’sirlardan himoya qilish va zararli odatlardan xalos qilish, bolalarda qat’iy fe’l-atvor, Vatanga muhabbat va o‘z mamlakati bilan faxrlanish tuyg‘ularini qaror toptirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya-sport jarayonini zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda sport ko‘nikmalarini chuqur o‘rganish yo‘nalishida tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya-sport jarayoniga mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun xorijiy trenerlar va mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, ilg‘or tajribani joriy qilish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklariga yangi tashkil etilayotgan va o‘z faoliyatini kengaytirayotgan nodavlat sport tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan taqdim etiladigan manzilli ro‘yxatlar asosida tadbirkorlarga sport inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda zamonaviy sport uskunalarini xarid qilish uchun belgilangan tartibda kreditlar berish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari barpo etiladigan va rekonstruksiya qilinadigan nodavlat sport hamda sport-sog‘lomlashtirish inshootlarini barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiyasi, gaz, suv ta’minoti, kanalizatsiya, avtomobil yo‘llari va boshqalar) bilan belgilangan tartibda ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi aholini, ayniqsa, uyushmagan yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga keng jalb qilish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida sog‘lomlashtirish xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkil etilayotgan tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlashga doir amaliy chora-tadbirlarni muntazam amalga oshirsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari K.V. Akmalov hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Sh.X. Isroilov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 28-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
248-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/248/0969-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)