Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklarda yubiley sanalarga bagʻishlanib zarb qilingan tangalarni sotib olish va ularning hisobini yuritish tartibini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 16-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 527-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1997-yil 22-avgustda 360-son bilan tasdiqlangan Tijorat banklarda yubiley sanalarga bagʻishlanib zarb qilingan tangalarni sotib olish va ularning hisobini yuritish tartibi (roʻyxat raqami 527, 1998-yil 11-noyabr) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-mart,
8/2-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2018-y., 10/18/527-1/0919-son)