Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari va Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1014-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 592-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi — Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari va Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3545-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2018-yil 23-fevraldagi PQ-3560-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari va Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1014-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-mart,
168-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-martdagi 168-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari va Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1014-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida
1. Qarorning nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 1-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. 1-ilovada:
a) ilovaning nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3545-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2018-yil 23-fevraldagi PQ-3560-son qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi — Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbarining (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir oʻrinbosari deb ataladi) funksional vazifalarini belgilaydi”;
v) 7-bandning “a” kichik bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“investitsiya loyihalarining dastlabki va yakuniy texnik-iqtisodiy asoslashlarini va hisob-kitoblarini ishlab chiqish va moslashtirish, shuningdek, iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va texnik kuzatuv ishlari muvofiqlashtirilishini taʼminlash”.
5. 2-ilovada:
a) 3-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning “a” kichik bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“investitsiya loyihalarining dastlabki va yakuniy texnik-iqtisodiy asoslashlarini va hisob-kitoblarini ishlab chiqish va moslashtirish, shuningdek, iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va texnik kuzatuv ishlari muvofiqlashtirilishini taʼminlash”.