14.03.2018 yildagi PF-5379-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.07.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni

Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tuzilmasi va davlat chegaralari daxlsizligini ishonchli himoya qilish, inson huquqlari va erkinliklariga ogʻishmay rioya etish, jamiyatdagi millatlararo totuvlik, diniy bagʻrikenglik, tinchlik va osoyishtalik — demokratik huquqiy davlat qurishning hamda mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim shartlaridan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi, iqtisodiy va mudofaa salohiyatini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish tizimida alohida oʻrin tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Milliy xavfsizlik xizmatining maqomi, vazifalari va vakolatlari doirasini aniq belgilab beruvchi qonun hujjati yaratilmay turib, unga milliy xavfsizlikni taʼminlashning barcha jihatlari yuklatilgani ushbu idoraning davlat organlari faoliyatining barcha sohalariga asossiz aralashuviga shart-sharoit yaratib berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatni rivojlantirishning hozirgi bosqichidagi ustuvor yoʻnalishlar, davlat va ijtimoiy hayotning barcha sohalarini isloh qilish borasidagi vazifalarni samarali amalga oshirish davlat xavfsizligini taʼminlashning sifat jihatdan yangi tizimini shakllantirishni taqozo etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish borasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati sifatida qayta tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (bundan buyon Xizmat deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etishning ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmatning maxsus vakolatli davlat xavfsizlik organi sifatidagi huquqiy maqomi, vakolatlari va faoliyat yoʻnalishlarini aniq belgilab beruvchi mustahkam qonunchilik bazasini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bugungi kundagi xavf-xatarlar va tahdidlarga qarshi kurashishning taʼsirchan shakl hamda uslublarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuzaga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy vaziyatni inobatga olgan holda davlat xavfsizligini taʼminlash borasidagi vazifalarni bajarishda mavjud kuch hamda vositalardan samarali foydalanish imkonini beruvchi tashkiliy tuzilmani shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat faoliyatini davlat xavfsizligini taʼminlash ishlarining shakl va uslublari, shuningdek, Xizmat harbiy xizmatchilarining idoraviy mansubligi haqidagi maʼlumotlar oshkor boʻlishini istisno etuvchi konspiratsiya tamoyili asosida tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga ogʻishmay rioya etilishini kafolatlaydigan taʼsirchan mexanizmlarni joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini munosib himoya qilishga qodir, har tomonlama yetuk va vatanparvar yoshlarni Xizmatga jalb etishga qaratilgan kadrlarni tanlash va tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatga munosib haq toʻlash, uy-joy va maishiy shart-sharoitlarni yaxshilash, sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish orqali Xizmat harbiy xizmatchilarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xizmatning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishni taʼminlash, mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish boʻyicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qoʻriqlash va himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va mudofaa-sanoat majmuasini davlat xavfsizligiga xavf-xatarlar hamda tahdidlardan himoya qilish, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash boʻyicha strategik tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarogʻ, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib etishga qaratilgan buzgʻunchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi xalqining tarixiy-madaniy va boy maʼnaviy merosini himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiya va transport sohasida davlat xavfsizligini taʼminlash, favqulodda holatlarni yuzaga keltiruvchi omillarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat tergov qilish vakolatiga kiruvchi jinoyat ishlari boʻyicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov olib borish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat sirlari saqlanishi, maxsus aloqa xavfsizligining taʼminlanishi hamda axborotlarni kriptografik himoya qilishni tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beradigan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmatning jangovar va safarbarlik tayyorgarligi holatini takomillashtirish va saqlab turish, kuch va vositalarni favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hamda harbiy holat joriy qilingandagi harakatlarga tayyorlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagi funksiyalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-apreldan rejimli mudofaa obyektlarini loyihalash, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash uchun litsenziya talabgorlariga ruxsat etilganligi haqida maʼlumotnoma berish — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining oʻta muhim va toifalangan obyektlarida qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni bajarishga ruxsat berish — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga oʻtkazilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-iyuldagi PF-5773-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2019-y., 06/20/5773/0248-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda qonun loyihasini qayta ishlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xizmat bilan birgalikda bir oy muddatda 2018 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari uchun arzon uy-joylarni qurish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining bayrogʻi va emblemasi namunalari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, bayroq va emblemadan foydalanish tartibi Xizmat raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xizmat ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmatning taʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qoʻriqlash tizimining samaradorligini oshirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalarini kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xizmat va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 14-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5379-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son Farmoniga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bayrogʻining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bayrogʻi barqarorlik, matonat, sodiqlik, fidoiylik va mardlikni ifoda etuvchi toʻq koʻk rangli toʻgʻri burchakli mato koʻrinishiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayroq markazida geraldik belgi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining emblemasi tasvirlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bayrogʻining uzunligi — 250 sm, eni — 125 sm.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati emblemasi — geraldik belgi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geraldik belgi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati emblemasi toʻq koʻk rangli aylana tasmasi boʻlgan kumush rang doiradan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aylana tasmaning yuqori qismida oq rangli bosh harflar bilan lotin alifbosida: “OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI”, pastki qismida: “DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI” deb yozilgan. Ushbu yozuvlar hurlik maʼnosini anglatuvchi sakkiz qirrali ikkita yulduz bilan ajratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Doira markazida davlat va jamiyatni tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish ramzini anglatuvchi, pastki qismi choʻzilgan, yuqori burchaklari kesilgan uchburchak koʻrinishiga ega qalqon tasvirlangan. Qalqon yuzasi kumush rangda. Qalqonning markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbidan qalqonning kambar hoshiyalariga qadar quyosh nurlarini ifodalovchi toʻgʻri chiziqlar tortilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qalqonning kesilgan ikki yuqori va pastki burchaklarida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari muhofazasini anglatuvchi uchta halqa tasvirlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qalqon ortida simmetriya oʻqi boʻyicha tigʻi pastga yoʻnaltirilgan qilich joylashgan. Qilich kuch, shaʼn, adolat, jasorat va hushyorlikni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qilich kumush rangda. Qilich dastagi yettita halqadan iborat boʻlib, ular Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatining asosiy tamoyillarini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qalqon va qilich ortida simmetrik ravishda ikki tomonga hilpirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining qalqon va qilich ortida joylashuvi konstitutsiyaviy tuzum, suverenitet, hududiy yaxlitlik va davlat manfaatlarining tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanganligini anglatadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2018-y., 06/18/5379/0897-son; 26.07.2019-y., 06/20/5773/0248-son)