Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2021 24.09.2004 yildagi 445-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2021
Hujjat 24.09.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PLASTIK KARTOChKALAR ASOSIDA HISOB-KITOB QILISh TIZIMINI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6325-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirish, ulardan chakana savdoda, kommunal xizmatlarga va xizmatlarning boshqa turlariga haq toʻlashda foydalanish, shuningdek pul mablagʻlarining bankdan tashqari aylanishini qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Oʻzbekiston Banklar uyushmasi va respublika tijorat banklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 1-ilovaga* muvofiq 2006-yil oxirigacha tijorat banklari tomonidan plastik kartochkalardan foydalangan holda hisob-kitob qilish tarmogʻini kengaytirishning prognoz jadvali maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oʻzbekiston Banklar uyushmasi uch oy muddatda Banklararo protsessing markazi negizida savdo va xizmatlar sohasi tashkiloti yoxud plastik kartochka egasiga qaysi bankda xizmat koʻrsatilishidan qatʼi nazar, barcha savdo shoxobchalarida bank operatsiyalarini yagona rejimda amalga oshirish imkonini beruvchi Oʻzbekiston Banklar uyushmasi huzuridagi Yagona umumrespublika protsessing markazini tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirliklar, idoralar, kompaniyalar, uyushmalar va tijorat banklari bilan birgalikda 2-ilovaga muvofiq chakana savdo va xizmatlar sohasi obyektlarini, avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarini va aholidan naqd pul qabul qilish boshqa punktlarini toʻlovlarni plastik kartochkalar bilan qabul qilish boʻyicha terminallar bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida — 2005-yil 1-yanvargacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat markazlari va viloyatga boʻysunuvchi shaharlarda — 2005-yil 1-iyulgacha taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrilgan chora-tadbirlarning natijalari toʻgʻrisida 2004-yil va 2005-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki, plastik kartochkalardan foydalanib tovarlarni sotishda va xizmatlar koʻrsatishda xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan beriladigan terminal cheklari kvitansiyalar, talonlar, chiptalarga hamda tovarlar va xizmatlarga haq toʻlanganligini tasdiqlovchi ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Chakana savdo korxonalariga yuridik shaxslarning korporativ plastik kartochkalari boʻyicha tovarlarni oylik tovar aylanishi hajmida sotuvlar ulushi cheklanmagan holda sotishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Plastik kartochkalarning emitentlari boʻlgan tijorat banklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 1-yanvargacha barcha filiallar, minibanklar va jamgʻarma kassalarida toʻlovlarni plastik kartochkalar bilan qabul qilish boʻyicha terminallar oʻrnatsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aylanma mablagʻlar taqchilligiga duch kelayotgan chakana savdo va xizmatlar sohasi tashkilotlarining toʻlovlarni plastik kartochkalar bilan qabul qilish boʻyicha terminallar sotib olishi uchun oʻz mijozlarining soʻrovlari boʻyicha imtiyozli kreditlar bersinlar (Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining 50 foizi stavkasi boʻyicha);
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terminal tarmogʻining uzluksiz ishlashi va plastik kartochkalardan foydalangan holda oʻz mijozlariga koʻrsatiladigan xizmatlar turlarini kengaytirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankomatlar, terminallar, kommutatsiya uskunalari va plastik kartochkalar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa asbob-uskunalardan, shuningdek dasturiy taʼminot sifatidagi mol-mulkdan 2005-yil 1-yanvardan boshlab 3 yil muddatga mulk soligʻi toʻlashdan;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plastik kartochkalar, sarflanadigan materiallar, grafik va elektron shaxslashtirish qurilmalari, terminallar, bankomatlar va plastik kartochkalar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa asbob-uskunalarni import qilishda 2007-yil 1-yanvargacha bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulkdan soliq toʻlash boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi va Oʻzbekiston Banklar uyushmasi Mahalliylashtirish dasturi doirasida respublikada oʻz materiallari negizida mikrochiplari boʻlgan plastik kartochkalar va toʻlov terminallari ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxona tashkil etish yuzasidan 2004-yil oxirigacha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Toshkent shahrida, viloyat markazlarida va viloyatga boʻysunuvchi shaharlarda joylashgan, savdo maydoni 150 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan turgʻun savdo shoxobchalariga chakana savdoni amalga oshirish uchun ruxsat beruvchi guvohnomalar berishda ularda toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha qabul qilish imkonini beruvchi terminallar mavjud boʻlishini nazarda tutsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 24-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
445-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 24-sentabrdagi 445-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlovlarni plastik kartochkalar bilan qabul qilish terminallari bilan jihozlanadigan obyektlar roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Aviatsiya va temir yoʻllar pattalarini sotish kassalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Uy-joy kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi korxonalar huzurida ochilgan aholidan toʻlovlarni qabul qilish shoxobchalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Telefon, shu jumladan uyali aloqa telefonlari xizmatlari uchun toʻlovlarni qabul qilish shoxobchalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Aholidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni qabul qilish shoxobchalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Savdo zali maydoni 150 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan turgʻun savdo shoxobchalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Restoranlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ish haqi toʻlash plastik kartochkalardan foydalanib amalga oshiriladigan korxonalar va muassasalardagi umumiy ovqatlanish obyektlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mehmonxonalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Aloqa boʻlimlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 24-sentabrdagi 445-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulkdan soliq toʻlash boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan bankomatlar, terminallar, kommutatsiya uskunalaridan va toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalardan mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash, shuningdek ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini belgilab beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi bankomatlar, terminallar, kommutatsiya uskunalaridan va toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalardan, shuningdek dasturiy taʼminlashdan mulk soligʻi toʻlashdan 2005-yil 1-yanvardan boshlab 3 yil muddatga ozod etilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Mol-mulk qiymatini va soliq summasini hisoblab chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bankomatlar, terminallar, kommutatsiya uskunalari va toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalar, shuningdek dasturiy taʼminlash boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash va boʻshab qoladigan mablagʻlarni hisobga olish maqsadida tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan yilning har choragida mazkur Nizomga ilovaga muvofiq tegishli mol-mulkning qiymati hisob-kitobi tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulk tarkibiga balansda turgan quyidagi mol-mulk:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankomatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlovlarni plastik kartochkalar bilan qabul qilish boʻyicha terminallar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish va maʼlumotlar massivlarini qayta ishlash uchun foydalaniladigan kompyuter uskunalari va serverlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan dasturiy taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommutatsiya uskunalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kart-riderlar (plastik kartochkalarni oʻqish va yozish uchun qurilma);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxslashtiruvchilar (plastik kartochkalarga identifikatsiya belgilari qoʻyish qurilmasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilayotgan axborotni shifrlashda foydalaniladigan uskuna kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulk qiymatini hisoblab chiqish tijorat banklari tomonidan banklarning barcha filiallarini hisobga olgan holda jamlashtirish asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulk qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish joyi boʻyicha respublika soliq xizmati organlariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mulk soligʻini hisoblab chiqish tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 25-son va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2002-13-son qarori bilan tasdiqlangan (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002-yil 11-martda 1107 raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Boʻshab qoladigan mablagʻlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Boʻshab qoladigan mablagʻlarning buxgalteriya hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 52-son, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2002-21-son va Davlat bojxona qoʻmitasining 02/8-6-son qarori bilan tasdiqlangan (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002-yil 25-iyunda 1155 raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona toʻlovlari va budjetga majburiy toʻlovlar boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulkning qiymati va qoʻllanilayotgan imtiyozlar summasi toʻgʻri aniqlanishi uchun javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan toʻlovlarni plastik kartochkalar bilan amalga oshirish uchun foydalanuvchi mol-mulkdan soliq toʻlash boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazining toʻlovlarni plastik kartochkalar bilan amalga oshirish uchun foydalanadigan mol-mulki roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

№‎

Mol-mulk nomi‎

Mol-mulkning
‎qoldiq qiymati‎

1.‎

Bankomatlar‎

2.‎

Toʻlovlarni plastik kartochkalar bilan amalga oshirish uchun terminallar‎

3.‎

Toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish hamda maʼlumotlar massivlarini qayta ishlash uchun foydalaniladigan kompyuter uskunalari va serverlar‎

4.‎

Toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan dasturiy mahsulotlar‎

5.‎

Kommutatsiya uskunalari‎

6.‎

Kart-riderlar (plastik kartochkalarni oʻqish va yozish uchun qurilma)‎

7.‎

Shaxslashtiruvchilar (plastik kartochkalarga identifikatsiya belgilari qoʻyish qurilmasi)‎

8.‎

Berilayogan axborotlarni shifrlashda uchun foydalanadigan uskunalar‎
Hammasi:‎
‎‎
‎200___y. “_____” ____________________________‎
‎‎Rahbar _____________________________________________________________‎

(imzo)‎

‎‎Bosh buxgalter‎______________________________________________________

(imzo)‎ ‎

Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 38-39-son, 425-modda; 2006-y., 24-son, 219-modda; 2007-y., 33-34-son, 345-modda; 2008-y., 20-21-son, 177-modda; 2010-y., 16-son, 124-modda; 2011-y., 52-son, 561-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 09/18/583/1582-son; 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son)