Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining
Qarori
Mollarni pudrat shartnomasi asosida oilalarga berish Tartibini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 9-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 455-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PQ-2841-son “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan 1998-yil 17-iyulda 04/14-187 va 32-51-son bilan tasdiqlangan Mollarni pudrat shartnomasi asosida oilalarga berish Tartibi (roʻyxat raqami 455, 1998-yil 20-iyul) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror “Qorakoʻlchilik” respublika uyushmasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-fevral,
01/10-10/16-son
Qishloq xoʻjaligi vaziri B. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-fevral,
46-son
Kelishilgan:
“Qorakoʻlchilik” respublika uyushmasi raisi N. YOʻLDOShEV
2018-yil 28-fevral
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/455-1/0871-son)