02.03.2018 yildagi 157-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini munosib tayyorlash to‘g‘risida” 2017-yil 9-martdagi PQ-2821-son qarori ijrosini ta’minlash hamda olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha respublika terma jamoalarini tayyorlashni zarur darajada bosqichma-bosqich tashkil etish, iqtidorli yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga faol jalb etish, ulardan mamlakat sport terma jamoalarining ishonchli zaxirasini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi M. Jumanazarov ko‘chasida joylashgan va foydalanishga topshirilgan yangi sport majmuasi negizida Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabini (keyingi o‘rinlarda oliy sport mahorati maktabi deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, oliy sport mahorati maktabi o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasidagi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiruvchi maktabdan tashqari sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar oliy sport mahorati maktabining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportning olimpiya va milliy sport turlari bilan shug‘ullanish uchun zarur sport ko‘rsatkichlari, sport salohiyati, sportning tanlangan turi bo‘yicha professional ko‘nikmalar va mahoratga ega bo‘lgan iqtidorli va istiqbolli sportchilarni tanlab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha yangi ilmiy-metodik tavsiyalar va yutuqlar asosida sport zaxiralarini, terma jamoalarga yuqori mahoratli sportchilar va malakali trenerlarni tayyorlash uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish, bunda sportchilar va trenerlarini yotoqxona bilan ta’minlash va ovqatlanishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport terma jamoalarining asosiy va zaxira tarkiblarini to‘ldirishga qodir bo‘lgan yuqori malakali sportchilarni tayyorlash, sportning olimpiya va milliy turlarini rivojlantirish hamda zamonaviy bilimlarga ega trenerlar tarkibini tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazariy tayyorgarlik va texnik-taktik ko‘nikmalarni takomillashtirish, sportchilarning professional sifatlarini rivojlantirish, shuningdek, olimpiya va milliy sport turlarini rivojlantirishning xalqaro talablariga muvofiq terma jamoalarni tayyorlash darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportning olimpiya va milliy turlari bo‘yicha yetakchi xorijiy davlatlar, sport tashkilotlari va klublar bilan hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan sportchilar va trenerlar tarkibining kasb mahoratini oshirish yuzasidan Xitoy davlati tajribasidan foydalanish, yuqori darajaga ega bo‘lgan xorijiy va mamlakatimizning malakali amaliyotchi mutaxassislari va trenerlarini shartnoma asosida jalb etgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilarining malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
trener-o‘qituvchilar malakasini oshirish, shu jumladan bolalar trenerlarini tayyorlash, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, xalqaro sport maydonlarida munosib qatnashadigan professional sportchilarni tayyorlash uchun ularning ko‘nikma va bilimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘qitish dasturlari va metodlarini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy sport mahorati maktabining tuzilmasi va ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin, shuningdek, uning ustavi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy sport mahorati maktabini yuqori malakali mutaxassislar va trener-o‘qituvchilar bilan ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport turlari bo‘yicha o‘quv-mashq jarayonini yetarli darajada tashkil etish uchun zarur sport jihozlari va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash hamda sport zallari va o‘quv xonalarini jihozlash chora-tadbirlarini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda 2018-yil 1-maygacha oliy sport mahorati maktabi uchun quriladigan trenerlar malakasini oshirish o‘quv xonalari va 100 o‘rinli mehmonxona binosining zarur loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin hamda ularni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, oliy sport mahorati maktabi uchun trenerlar malakasini oshirish o‘quv xonalari va 100 o‘rinli mehmonxona binosini 2018-yil oxirigacha qurish va jihozlash uchun zarur mablag‘lar Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan ajratiladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi oliy sport mahorati maktabi uchun trenerlar malakasini oshirish o‘quv xonalari va 100 o‘rinli mehmonxona binosini qurish va jihozlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari davlat ekspertizasidan belgilangan tartibda o‘tkazilishini ta’minlasin hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi bo‘yicha nazorat o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, oliy sport mahorati maktabi faoliyatini moliyalashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy sport mahorati maktabi faoliyati ixtisosligi bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti xarajatlar parametrlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin, shuningdek, 2019-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirishda respublika oliy sport maktabi ta’minoti uchun “Ta’lim” sohasiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida zarur budjet mablag‘larini nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy sport mahorati maktabiga 1 ta maxsus avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari F.K. Turdiyev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 2-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
157-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.03.2018-y., 09/18/157/0847-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)