Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining
Qarori
“Telekommunikatsiya xizmatlaridan olinadigan daromadlarni shakllantirish va taqsimlash va ularni “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 1-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2268-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020-yil 20-noyabrdagi 52-son, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 12-noyabrdagi 2020-41-son, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020-yil 18-noyabrdagi 21/14-sonli ““Telekommunikatsiya xizmatlaridan olinadigan daromadlarni shakllantirish va taqsimlash va ularni “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2268-2, 30.11.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2011-yil 19-avgustdagi 55, 2011-28, 04-8/3508-son “Telekommunikatsiya xizmatlaridan olinadigan daromadlarni shakllantirish va taqsimlash va ularni “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2268, 2011-yil 27-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 39-son, 406-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-fevral,
25-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-fevral,
2018-09-son
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-fevral,
08/4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018-yil 15-fevraldagi 25, 2018-09 va 08\4 -son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Telekommunikatsiya xizmatlaridan olinadigan daromadlarni shakllantirish va taqsimlash va ularni “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qaror muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi va “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi qaror qiladi:”.
2. Nizom muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi va “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 253-son “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi va 2001-yil 27-dekabrdagi 488-son “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirishga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq telekommunikatsiya xizmatlaridan olinadigan daromadlarni shakllantirish va taqsimlash hamda ularni “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining (keyingi oʻrinlarda “Oʻzbektelekom” AK deb yuritiladi) buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini belgilaydi.”.
3. Mazkur oʻzgartirishlar “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
“Oʻzbektelekom” AK bosh direktori Sh. KADIROV
2018-yil 15-fevral
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2018-y., 10/18/2268-1/0839-son)