Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 1-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 55-1]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2018-yil 1-martdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan, buyuraman:
1. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining 2018-yil 15-fevraldagi NZK/763-18-son Mahalliy yoʻlovchi tashish yoʻnalishidagi firma poyezdi haqida nizomni (roʻyxat raqami 55, 1994-yil 27-may) Idoraviy normativ- huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish masalasi yuzasidan xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Mahalliy yoʻlovchi tashish yoʻnalishidagi firma poyezdi haqida nizom (roʻyxat raqami 55, 1994-yil 27-may) davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Huquqiy targʻibot va axborot boshqarmasi ushbu buyruqni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazirning birinchi oʻrinbosari N. JOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 1-mart,
122-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2018-y., 10/18/55-1/0842-son)