Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
“Qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaliklarida podaga yaroqsiz ona mollar, naslli qoʻchqorlar hamda erkak qoʻzilarni (echkilarni) boʻrdoqiga boqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 23-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2607-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-sentabrdagi PF-5185-son “Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2014-yil 25-iyuldagi 7-son “Qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaliklarida podaga yaroqsiz ona mollar, naslli qoʻchqorlar hamda erkak qoʻzilarni (echkilarni) boʻrdoqiga boqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2607, 2014-yil 5-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 32-son, 412-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur buyruq “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. MIRZAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-fevral,
45-son
Kelishilgan:
“Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi T. JALILOV
2018-yil 9-fevral
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2018-y., 10/18/2607-1/0805-son)