Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo mintaqasi Boysun investitsiya blokiga nisbatan 2010-yil 4-iyundagi Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 21-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2250-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi, “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-maydagi PQ-2948-son “Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki qidiruv va uni ishlatish bilan birga “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokida geologiya-qidiruv ishlari olib borish haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2011-yil 10-iyuldagi 01-02/12-9, GS-01/19-4107-son “Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo mintaqasi Boysun investitsiya blokiga nisbatan 2010-yil 4-iyundagi Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2250, 2011-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 30-son, 323-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, “Oʻzstandart” agentligi va “Oʻzbekneftegaz” AJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. TOXIRIY
Toshkent sh.,
2018-yil 10-fevral,
01-02/12-9-son
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi A. AXMEDXADJAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-fevral,
01/08-668-son
Kelishilgan:
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
2018-yil 10-fevral
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A. KARIMOV
2018-yil 10-fevral
“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari U. SAYIDOV
2018-yil 10-fevral
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2018-y., 10/18/2250-1/0795-son)