Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Boshligʻining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida havo kemalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 1-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2214-2]
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning talablariga muvofiq boʻlmagan yoki 25 yil va undan ortiq boʻlgan kalendar xizmat muddati oʻtgan samolyotlar uchun oʻrnatilgan cheklovlar amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan, buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 5-apreldagi 43-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida havo kemalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2214, 2011-yil 11-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2011-y., 15-son, 153-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-martdagi 18-son ““Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida havo kemalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi buyruqning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2214-1, 2012-yil 28-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2012-y., 13-son, 149-modda).
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 23-yanvar,
108-n-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2018-y., 10/18/2214-2/0651-son)