27.01.2018 yildagi 63-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun qizilmiya oʻsimligini yetishtirish va sanoat usulida qayta ishlash hajmlarini oshirish, shuningdek, dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va sanoat usulida qayta ishlash sohasini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasini (keyingi oʻrinlarda Uyushma deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 138-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/138/2633-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 138-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/138/2633-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida qizilmiya oʻsimligini yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-maydagi PQ-2970-son qarori bilan tashkil etilgan qizilmiya oʻsimligi sanoat plantatsiyalarini yaratish va qizilmiya xomashyosini chuqur qayta ishlashni taʼminlash masalalari boʻyicha ishchi guruh ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma ustavining tasdiqlanishini va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushmaning yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda Uyushmaning Nukus shahri, A. Utepov koʻchasi, 31-uy manzilidagi Nukus maishiy xizmat koʻrsatish va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji binosiga bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash bilan shugʻullanadigan tashkilotlar Uyushma aʼzolari tarkibiga kirishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma raisi va uning oʻrinbosari muassislarning umumiy yigʻilishi qarori bilan saylanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushmaning ijro etuvchi apparatini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish Uyushma aʼzolarining badal toʻlovlari, shuningdek, qonun hujjjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 138-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/138/2633-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Qizilmiya yetishtirishni koʻpaytirish, chuqur qayta ishlash va dori vositalari hamda substansiyalar ishlab chiqarish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tumanlar hokimliklari bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda, tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklar yetishtirish uchun qulay boʻlgan, umumiy maydoni 25 ming gektargachani tashkil qiladigin yer uchastkalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qizilmiya plantatsiyalari tashkil etish loyihalari tashabbuskorlari takliflari tanlab olinishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Qizilmiya plantatsiyalarini tashkil etish loyihalari tashabbuskorlari takliflarini tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil avgust oyigacha boʻlgan muddatda — qizilmiya oʻsimligi plantatsiyalarini tashkil etish va parvarish qilish, shuningdek, xalqaro talablarga muvofiq qizilmiya xomashyosini quritish va qadoqlash uchun zarur boʻladigan maxsus texnika vositalari va minitexnologiyalarga boʻlgan ehtiyojni hamda ularning turlarini aniqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talab etiladigan maxsus texnika vositalari va minitexnologiyalarni xarid qilish, shuningdek, imtiyozli shartlarda, lizing asosida olish boʻyicha barcha zarur tashkiliy-amaliy choralarni koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 30-sonli qaroriga asosan 2020-yil 18-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini tashkil etish, ularni yetishtirish va qayta ishlash loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari grantlari va kreditlarini jalb etish yuzasidan bir oy muddatda takliflarni ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 138-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/138/2633-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “Lanextrakt” MChJ qoʻshma korxonasi tomonidan taʼsis etiladigan xoʻjalik yurituvchi subyektga xorijiy investorlar ishtirokida isteʼmol spirti ishlab chiqarishga istisno tariqasida ruxsat etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2022-yil 1-iyuldan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Lanextrakt” MChJ qoʻshma korxonasi tomonidan taʼsis etiladigan xoʻjalik yurituvchi subyektga oziq-ovqat spirti ishlab chiqarish uchun xomashyo sotib olishga kvotalar ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi qizilmiya plantatsiyalari tashkil etish maqsadida olib kelinadigan qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklar urugʻlari va koʻchatlarining istisno tariqasida qisqa muddatlarda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni qayta ishlash va ulardan dorivor vositalar ishlab chiqarish boʻyicha farmatsevtika korxonalarini tashkil etish yuzasidan takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda oʻsimliklar xomashyosini chuqur qayta ishlash orqali yangi turdagi farmatsevtika mahsulotlari yaratish va ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish boʻyicha takliflar taqdim etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialida “Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi” mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlashni tashkil etsinlar.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda Qorqalpogʻiston Respublikasining oʻziga xos tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda, qizilmiya plantatsiyalari tashkil etish va qizilmiya hosilini yigʻish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilning mart oyi mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasining har bir tumanida fermer, dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari rahbar hamda mutaxassislari ishtirokida, zamonaviy ilm-fan yutuqlari va ilgʻor agrotexnologiyalardan foydalangan holda, qizilmiya plantatsiyalarini tashkil etish, xizmat koʻrsatish va hosilini yigʻish boʻyicha amaliy oʻquv-seminarlari oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 27-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 138-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/138/2633-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 138-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/138/2633-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2018-y., 09/18/63/0637-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 16.02.2019-y., 09/19/138/2633-son; 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son; 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)