Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.05.2018 31.12.1999 yildagi 552-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.05.2018
Hujjat 10.10.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChEGARADOSh DAVLATLARNING YuK AVTOTRANSPORT VOSITALARI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJXONA HUDUDI ORQALI OʻTIShI UChUN YAGONA YIGʻIMLAR BELGILASh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chegaradosh davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali kirib kelishi va tranziti uchun yagona yigʻimlar belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan Qozogʻiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi yuk avtotransport vositalariga nisbatan toʻlovning yagona normalari, shuningdek Turkmanistonning avtotransport vositalari barcha turlariga nisbatan yigʻimlarning tabaqalashtirilgan stavkalari belgilanganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2000-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtadigan Qirgʻiziston Respublikasi yuk avtotransport vositalari uchun 300 AQSh dollariga teng miqdordagi toʻlov belgilansin, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yoʻnalishlar boʻyicha oʻtadigan yuk avtotransport vositalari va avtobuslar bundan mustasno.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-oktabrdagi 391-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qirgʻiziston Respublikasi bitta yuk avtotransport vositasi va avtobusning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududi orqali kirib kelishi va oʻtishi uchun 300 AQSh dollariga teng miqdorda erkin almashtiriladigan valyutada toʻlov undirilishi belgilab qoʻyilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qirgʻiziston Respublikasi yuk avtotransport vositalari va avtobuslardan toʻlov bevosita bojxona postlarida undiriladi, olingan mablagʻlar bojxona organlarining depozit hisob raqamlari orqali Respublika yoʻl jamgʻarmasining valyuta hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 18-fevraldagi 58-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Chegaradosh davlatlarning yuk avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududi orqali tranzit oʻtishida bir avtotransport vositasi uchun bank boʻlimlarida erkin almashtiriladigan valyutaga almashtirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha soʻmlarda 200 yevroga teng miqdorda, yoxud erkin almashtiriladigan valyutada boj yigʻimlari undirilgan holda aksiz soligʻi undiriladigan tovarlarga majburiy bojxona hamrohligi joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari L.A. Axmetov va R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 31-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
552-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 12-son, 72-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 241-modda;2004-y., 20-son, 237-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 09/18/202/0904-son)