Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi
Kuchga kirish sanasi
01.04.2018
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 01.05.2026 sanasi holatiga | Joriy versiya |
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi | Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi |
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR | I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR |
1-bob. Asosiy qoidalar | 1-bob. Asosiy qoidalar |
1-modda. Fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilik | 1-modda. Fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilik |
Fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. | Fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. |
Fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilik buyruq tartibidagi ishlarni, daʼvo tartibidagi ishlarni, alohida tartibda yuritiladigan ishlarni, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlarni, mediativ kelishuvni ijroga qaratish bilan bogʻliq ishlarni va chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqish hamda hal etish tartibini belgilaydi. | Fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilik buyruq tartibidagi ishlarni, daʼvo tartibidagi ishlarni, alohida tartibda yuritiladigan ishlarni, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlarni, mediativ kelishuvni ijroga qaratish bilan bogʻliq ishlarni va chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqish hamda hal etish tartibini belgilaydi. |
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchiligida koʻrsatilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchiligida koʻrsatilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. |
2-modda. Fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari | 2-modda. Fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari |
Fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat: | Fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat: |
fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, Oʻzbekiston Respublikasining huquqlari va manfaatlarini, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlarini toʻgʻri, oʻz vaqtida koʻrib chiqish va hal etish; | fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, Oʻzbekiston Respublikasining huquqlari va manfaatlarini, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlarini toʻgʻri, oʻz vaqtida koʻrib chiqish va hal etish; |
qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga, demokratiyani, ijtimoiy adolatni, fuqarolar oʻrtasida tinchlik va milliy totuvlikni taʼminlashga koʻmaklashish; | qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga, demokratiyani, ijtimoiy adolatni, fuqarolar oʻrtasida tinchlik va milliy totuvlikni taʼminlashga koʻmaklashish; |
qonunga va sudga nisbatan hurmat munosabatini shakllantirish. | qonunga va sudga nisbatan hurmat munosabatini shakllantirish. |
3-modda. Sud orqali himoyalanish huquqi | 3-modda. Sud orqali himoyalanish huquqi |
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir shaxsga oʻz huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish kafolatlanadi. | Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir shaxsga oʻz huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish kafolatlanadi. |
Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda fuqarolik ishlari boʻyicha sudga (sudga) murojaat qilishga haqli. | Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda fuqarolik ishlari boʻyicha sudga (sudga) murojaat qilishga haqli. |
Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas. | Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas. |
4-modda. Sudga murojaat qilish shakli | 4-modda. Sudga murojaat qilish shakli |
Sudga murojaat qilish: | Sudga murojaat qilish: |
fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha — daʼvo arizasi shaklida; | fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha — daʼvo arizasi shaklida; |
buyruq tartibida ish yuritish boʻyicha, alohida tartibda yuritiladigan ishlar boʻyicha, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza shaklida; | buyruq tartibida ish yuritish boʻyicha, alohida tartibda yuritiladigan ishlar boʻyicha, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza shaklida; |
apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlariga murojaat etilganda — shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi. | apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlariga murojaat etilganda — shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi. |
Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. | Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. |
5-modda. Fuqarolik ishi | 5-modda. Fuqarolik ishi |
Fuqarolik ishi ishda ishtirok etuvchi shaxslar, fuqarolik sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari sudga taqdim etgan yoki sud tomonidan talab qilib olingan hujjatlar va sud hujjatlari asosida sud tomonidan shakllantiriladi. | Fuqarolik ishi ishda ishtirok etuvchi shaxslar, fuqarolik sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari sudga taqdim etgan yoki sud tomonidan talab qilib olingan hujjatlar va sud hujjatlari asosida sud tomonidan shakllantiriladi. |
Fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirilishi mumkin. | Fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirilishi mumkin. |
Elektron shaklda shakllantirilgan fuqarolik ishining qogʻozdagi koʻchirma nusxasi boʻlishi mumkin. | Elektron shaklda shakllantirilgan fuqarolik ishining qogʻozdagi koʻchirma nusxasi boʻlishi mumkin. |
Fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va fuqarolik sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari hujjatlarni sudga elektron shaklda taqdim etishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va fuqarolik sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari sudga taqdim etgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda qoʻshib qoʻyiladi, shundan soʻng yozma hujjatlar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi. | Fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va fuqarolik sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari hujjatlarni sudga elektron shaklda taqdim etishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va fuqarolik sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari sudga taqdim etgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda qoʻshib qoʻyiladi, shundan soʻng yozma hujjatlar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi. |
Fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, sud hujjatlari sudyaning (sudyalarning) elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, sud majlislarining hamda protsessual harakatlarning bayonnomalari esa raislik qiluvchining va sud majlisi kotibining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. | Fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, sud hujjatlari sudyaning (sudyalarning) elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, sud majlislarining hamda protsessual harakatlarning bayonnomalari esa raislik qiluvchining va sud majlisi kotibining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. |
Elektron shaklda shakllantirilgan fuqarolik ishini boshqa sudga yoki oʻzga organga oʻtkazish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. | Elektron shaklda shakllantirilgan fuqarolik ishini boshqa sudga yoki oʻzga organga oʻtkazish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. |
6-modda. Sud hujjatlari | 6-modda. Sud hujjatlari |
Sud koʻrilayotgan va hal etilayotgan masala boʻyicha hal qiluv qarori, ajrim, qaror va buyruq qabul qiladi. | Sud koʻrilayotgan va hal etilayotgan masala boʻyicha hal qiluv qarori, ajrim, qaror va buyruq qabul qiladi. |
Birinchi instansiya sudi ishni mazmunan koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarori qabul qiladi, ushbu Kodeksning 18-bobida nazarda tutilgan hollarda esa sud buyrugʻi qabul qiladi. | Birinchi instansiya sudi ishni mazmunan koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarori qabul qiladi, ushbu Kodeksning 18-bobida nazarda tutilgan hollarda esa sud buyrugʻi qabul qiladi. |
Apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi ishni koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqaradi. | Apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi ishni koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqaradi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha qaror chiqaradi. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha qaror chiqaradi. |
Sud qonunda oʻzining vakolatiga kiritilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish natijalari boʻyicha qaror chiqaradi. | Sud qonunda oʻzining vakolatiga kiritilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish natijalari boʻyicha qaror chiqaradi. |
Sud ish mazmunan hal etilmaydigan masalalarni koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqaradi. | Sud ish mazmunan hal etilmaydigan masalalarni koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqaradi. |
2-bob. Fuqarolik sud ishlarini yuritish prinsiplari | 2-bob. Fuqarolik sud ishlarini yuritish prinsiplari |
7-modda. Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi | 7-modda. Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi |
Fuqarolik ishlari boʻyicha odil sudlov faqat sud tomonidan, ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi. | Fuqarolik ishlari boʻyicha odil sudlov faqat sud tomonidan, ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi. |
8-modda. Qonun va sud oldida tenglik | 8-modda. Qonun va sud oldida tenglik |
Fuqarolik ishlari boʻyicha odil sudlov fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan, tashkilotlarning esa tashkiliy-huquqiy shaklidan, mulkchilik shaklidan, joylashgan yeri, shuningdek boshqa holatlardan qatʼi nazar, qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi. | Fuqarolik ishlari boʻyicha odil sudlov fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan, tashkilotlarning esa tashkiliy-huquqiy shaklidan, mulkchilik shaklidan, joylashgan yeri, shuningdek boshqa holatlardan qatʼi nazar, qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi. |
9-modda. Sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishi | 9-modda. Sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishi |
Fuqarolik ishlari boʻyicha odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar mustaqildirlar va faqat qonunga boʻysunadilar. | Fuqarolik ishlari boʻyicha odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar mustaqildirlar va faqat qonunga boʻysunadilar. |
Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biror-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga koʻra javobgarlikka sabab boʻladi. | Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biror-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga koʻra javobgarlikka sabab boʻladi. |
10-modda. Taraflar tortishuvi va teng huquqliligi | 10-modda. Taraflar tortishuvi va teng huquqliligi |
Fuqarolik sud ishlarini yuritish taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi asosida amalga oshiriladi. | Fuqarolik sud ishlarini yuritish taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi asosida amalga oshiriladi. |
11-modda. Sud ishlari yuritiladigan til | 11-modda. Sud ishlari yuritiladigan til |
Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik sud ishlari oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda yuritiladi. | Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik sud ishlari oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda yuritiladi. |
Sud ishlari yuritiladigan tilni bilmaydigan shaxslarga ishga taalluqli materiallar bilan oʻz ona tilida toʻliq tanishib chiqish, sudda ona tilida yoki oʻzi biladigan boshqa tilda soʻzlash, koʻrsatuv va tushuntirishlar berish, arz bilan murojaat etish, iltimosnomalar taqdim etish, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan tartibda tarjimonning xizmatlaridan foydalanish huquqi taʼminlanadi. | Sud ishlari yuritiladigan tilni bilmaydigan shaxslarga ishga taalluqli materiallar bilan oʻz ona tilida toʻliq tanishib chiqish, sudda ona tilida yoki oʻzi biladigan boshqa tilda soʻzlash, koʻrsatuv va tushuntirishlar berish, arz bilan murojaat etish, iltimosnomalar taqdim etish, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan tartibda tarjimonning xizmatlaridan foydalanish huquqi taʼminlanadi. |
Ishda ishtirok etuvchi va sud ishlari yuritiladigan tilni bilmaydigan shaxs ishdagi sud hujjatlari berilishini soʻrab yozma ariza bilan murojaat etgan taqdirda, unga sud hujjatlari uning ona tiliga yoki u biladigan boshqa tilga tarjima qilib topshiriladi. | Ishda ishtirok etuvchi va sud ishlari yuritiladigan tilni bilmaydigan shaxs ishdagi sud hujjatlari berilishini soʻrab yozma ariza bilan murojaat etgan taqdirda, unga sud hujjatlari uning ona tiliga yoki u biladigan boshqa tilga tarjima qilib topshiriladi. |
12-modda. Sud muhokamasining oshkoraligi | 12-modda. Sud muhokamasining oshkoraligi |
Barcha sudlarda ishlar muhokamasi oshkora oʻtkaziladi. | Barcha sudlarda ishlar muhokamasi oshkora oʻtkaziladi. |
Davlat siriga, farzandlikka olish siriga taalluqli maʼlumotlar mavjud boʻlgan ishlar boʻyicha va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ishning muhokamasi yopiq sud majlisida oʻtkaziladi. | Davlat siriga, farzandlikka olish siriga taalluqli maʼlumotlar mavjud boʻlgan ishlar boʻyicha va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ishning muhokamasi yopiq sud majlisida oʻtkaziladi. |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oshkor boʻlishining oldini olish, yozishmalar sirini va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni saqlash maqsadida yopiq sud muhokamasi oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oshkor boʻlishining oldini olish, yozishmalar sirini va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni saqlash maqsadida yopiq sud muhokamasi oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi. |
Ish sudning yopiq majlisida koʻrilayotganida ishda ishtirok etuvchi shaxslar, zarur hollarda esa guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar ham hozir boʻladi. | Ish sudning yopiq majlisida koʻrilayotganida ishda ishtirok etuvchi shaxslar, zarur hollarda esa guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar ham hozir boʻladi. |
Ishni sudning yopiq majlisida eshitish fuqarolik sud ishlari yuritishning barcha qoidalariga rioya qilingan holda olib boriladi. Sudning yopiq majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Ishni sudning yopiq majlisida eshitish fuqarolik sud ishlari yuritishning barcha qoidalariga rioya qilingan holda olib boriladi. Sudning yopiq majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Sudning hal qiluv qarori barcha hollarda oshkora oʻqib eshittiriladi. | Sudning hal qiluv qarori barcha hollarda oshkora oʻqib eshittiriladi. |
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari taraflarning roziligi bilan yoki shaxsini koʻrsatmagan tarzda sudning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi mumkin, bundan sudning yopiq majlisida qabul qilingan sud hujjatlari mustasno. | Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari taraflarning roziligi bilan yoki shaxsini koʻrsatmagan tarzda sudning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi mumkin, bundan sudning yopiq majlisida qabul qilingan sud hujjatlari mustasno. |
13-modda. Sud muhokamasining bevositaligi va ogʻzakiligi | 13-modda. Sud muhokamasining bevositaligi va ogʻzakiligi |
Sud fuqarolik ishini koʻrayotganda ishga oid dalillarni bevosita tekshirishi: ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini, guvohlarning koʻrsatuvlarini, ekspertlarning xulosalarini va mutaxassislarning maslahatlarini (tushuntirishlarini) eshitishi, yozma dalillar bilan tanishishi, ashyoviy va raqamli dalillarni koʻzdan kechirishi shart. | Sud fuqarolik ishini koʻrayotganda ishga oid dalillarni bevosita tekshirishi: ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini, guvohlarning koʻrsatuvlarini, ekspertlarning xulosalarini va mutaxassislarning maslahatlarini (tushuntirishlarini) eshitishi, yozma dalillar bilan tanishishi, ashyoviy va raqamli dalillarni koʻzdan kechirishi shart. |
Ishning muhokamasi ogʻzaki ravishda oʻtadi. | Ishning muhokamasi ogʻzaki ravishda oʻtadi. |
14-modda. Ishlarni qonunchilik asosida hal qilish | 14-modda. Ishlarni qonunchilik asosida hal qilish |
Sud ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hal qilishi shart. Sud, agar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga zid boʻlmasa, boshqa qonunchilik hujjatlarini ham qoʻllaydi. | Sud ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hal qilishi shart. Sud, agar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga zid boʻlmasa, boshqa qonunchilik hujjatlarini ham qoʻllaydi. |
Nizoli munosabatni tartibga soladigan huquq normalari mavjud boʻlmagan taqdirda, sud shunga oʻxshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalarini qoʻllaydi, bunday normalar mavjud boʻlmaganda esa nizoni qonunlarning umumiy asoslari va mazmunidan kelib chiqqan holda hal etadi. | Nizoli munosabatni tartibga soladigan huquq normalari mavjud boʻlmagan taqdirda, sud shunga oʻxshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalarini qoʻllaydi, bunday normalar mavjud boʻlmaganda esa nizoni qonunlarning umumiy asoslari va mazmunidan kelib chiqqan holda hal etadi. |
Sud Oʻzbekiston Respublikasining qonuniga yoki xalqaro shartnomasiga muvofiq chet davlatning huquq normalarini ham qoʻllaydi. | Sud Oʻzbekiston Respublikasining qonuniga yoki xalqaro shartnomasiga muvofiq chet davlatning huquq normalarini ham qoʻllaydi. |
15-modda. Ishning haqiqiy holati, taraflarning huquq va majburiyatlarini sud tomonidan aniqlanishi | 15-modda. Ishning haqiqiy holati, taraflarning huquq va majburiyatlarini sud tomonidan aniqlanishi |
Sud taqdim etilgan materiallar va tushuntirishlar bilan cheklanmasdan, ishning haqiqiy holatlarini, taraflarning huquq va majburiyatlarini har taraflama, toʻliq va xolisona aniqlash uchun qonunga muvofiq choralar koʻrishga haqli. | Sud taqdim etilgan materiallar va tushuntirishlar bilan cheklanmasdan, ishning haqiqiy holatlarini, taraflarning huquq va majburiyatlarini har taraflama, toʻliq va xolisona aniqlash uchun qonunga muvofiq choralar koʻrishga haqli. |
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi, ularni protsessual harakatlarni amalga oshirish yoki amalga oshirmaslik oqibatlari toʻgʻrisida ogohlantirishi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga oʻz huquqlarini amalga oshirishida koʻmaklashishi kerak. | Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi, ularni protsessual harakatlarni amalga oshirish yoki amalga oshirmaslik oqibatlari toʻgʻrisida ogohlantirishi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga oʻz huquqlarini amalga oshirishida koʻmaklashishi kerak. |
16-modda. Sud hujjatlarining majburiyligi | 16-modda. Sud hujjatlarining majburiyligi |
Sudning qonuniy kuchga kirgan hujjatlari barcha davlat organlari va boshqa organlar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir hamda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi lozim. | Sudning qonuniy kuchga kirgan hujjatlari barcha davlat organlari va boshqa organlar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir hamda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi lozim. |
Sud hujjatini bajarmaslik qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi. | Sud hujjatini bajarmaslik qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi. |
Sud hujjatining majburiyligi manfaatdor shaxslarni oʻz huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun, basharti bularga daxldor nizo sudda koʻrib chiqilmagan va hal etilmagan boʻlsa, sudga murojaat qilish imkoniyatidan mahrum etmaydi. | Sud hujjatining majburiyligi manfaatdor shaxslarni oʻz huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun, basharti bularga daxldor nizo sudda koʻrib chiqilmagan va hal etilmagan boʻlsa, sudga murojaat qilish imkoniyatidan mahrum etmaydi. |
3-bob. Sud tarkibi | 3-bob. Sud tarkibi |
17-modda. Fuqarolik ishining yakka tartibda va hayʼatda koʻrilishi | 17-modda. Fuqarolik ishining yakka tartibda va hayʼatda koʻrilishi |
Fuqarolik ishi (bundan buyon matnda ish deb yuritiladi) birinchi instansiya sudida sudya tomonidan yakka tartibda koʻriladi. Sudya ishni yakka tartibda koʻrayotganda va hal qilganida u sud nomidan ish yuritadi. | Fuqarolik ishi (bundan buyon matnda ish deb yuritiladi) birinchi instansiya sudida sudya tomonidan yakka tartibda koʻriladi. Sudya ishni yakka tartibda koʻrayotganda va hal qilganida u sud nomidan ish yuritadi. |
Muayyan ishni koʻrish uchun sud tarkibi sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvi hisobga olingan holda, sud tarkibini shakllantirishga sud muhokamasi natijasidan manfaatdor boʻlgan shaxslarning taʼsir koʻrsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda shakllantiriladi. | Muayyan ishni koʻrish uchun sud tarkibi sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvi hisobga olingan holda, sud tarkibini shakllantirishga sud muhokamasi natijasidan manfaatdor boʻlgan shaxslarning taʼsir koʻrsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda shakllantiriladi. |
Ishni apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudlarida koʻrish uch nafar sudyadan iborat tarkibda hayʼatda amalga oshiriladi. | Ishni apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudlarida koʻrish uch nafar sudyadan iborat tarkibda hayʼatda amalga oshiriladi. |
Ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida koʻrish Rayosat aʼzolarining koʻpchiligi hozir boʻlganda amalga oshiriladi. | Ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida koʻrish Rayosat aʼzolarining koʻpchiligi hozir boʻlganda amalga oshiriladi. |
Ish hayʼatda koʻrilayotganda sudyalardan biri sud majlisida raislik qiladi. | Ish hayʼatda koʻrilayotganda sudyalardan biri sud majlisida raislik qiladi. |
Ishni koʻrish va hal etishda barcha sudyalar teng huquqlarga ega boʻladi. | Ishni koʻrish va hal etishda barcha sudyalar teng huquqlarga ega boʻladi. |
18-modda. Sud tarkibining oʻzgarmasligi | 18-modda. Sud tarkibining oʻzgarmasligi |
Bir sudya yoki sud tarkibi tomonidan koʻrilishi boshlangan ish shu sudya yoki sud tarkibi tomonidan koʻrib tugatilishi lozim. | Bir sudya yoki sud tarkibi tomonidan koʻrilishi boshlangan ish shu sudya yoki sud tarkibi tomonidan koʻrib tugatilishi lozim. |
Sudya yoki sudyalardan biri quyidagi hollarda almashtirilishi mumkin: | Sudya yoki sudyalardan biri quyidagi hollarda almashtirilishi mumkin: |
oʻzini oʻzi rad qilish yoki sudyani rad qilish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda arz qilingan va qanoatlantirilganda; | oʻzini oʻzi rad qilish yoki sudyani rad qilish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda arz qilingan va qanoatlantirilganda; |
sudya yoʻqligi tufayli ishni oʻz vaqtida koʻrishning imkoniyati boʻlmaganda. | sudya yoʻqligi tufayli ishni oʻz vaqtida koʻrishning imkoniyati boʻlmaganda. |
Sudya almashtirilgandan soʻng ishni koʻrish boshidan boshlanadi. | Sudya almashtirilgandan soʻng ishni koʻrish boshidan boshlanadi. |
19-modda. Sud tomonidan masalalarni hal qilish tartibi | 19-modda. Sud tomonidan masalalarni hal qilish tartibi |
Ishning muhokamasi chogʻida yuzaga keladigan barcha masalalar sudya tomonidan yakka tartibda, ishni sudyalar hayʼati koʻrayotganda esa sudyalarning koʻpchilik ovozi bilan hal etiladi. | Ishning muhokamasi chogʻida yuzaga keladigan barcha masalalar sudya tomonidan yakka tartibda, ishni sudyalar hayʼati koʻrayotganda esa sudyalarning koʻpchilik ovozi bilan hal etiladi. |
Masala hayʼat tarkibida hal qilinayotganida sudyalarning birortasi ham ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Raislik qiluvchi hammadan keyin ovoz beradi. | Masala hayʼat tarkibida hal qilinayotganida sudyalarning birortasi ham ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Raislik qiluvchi hammadan keyin ovoz beradi. |
Ozchilik tomonida qolgan sudya sud hujjatini imzolashi shart va alohida fikrini yozma shaklda bayon qilishga haqli. Sudyaning alohida fikri konvertga solinib muhrlangan holda ishga qoʻshib qoʻyiladi, biroq oʻqib eshittirilmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudyaning alohida fikri bilan tanishtirilmaydi. Yuqori instansiya sudi sudyaning alohida fikri bilan tanishishga haqli. | Ozchilik tomonida qolgan sudya sud hujjatini imzolashi shart va alohida fikrini yozma shaklda bayon qilishga haqli. Sudyaning alohida fikri konvertga solinib muhrlangan holda ishga qoʻshib qoʻyiladi, biroq oʻqib eshittirilmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudyaning alohida fikri bilan tanishtirilmaydi. Yuqori instansiya sudi sudyaning alohida fikri bilan tanishishga haqli. |
20-modda. Ishni koʻrishda sudyaning takror ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmasligi | 20-modda. Ishni koʻrishda sudyaning takror ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmasligi |
Ishni birinchi instansiya sudida koʻrgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan boʻlsa, bu ishni takroran koʻrishi mumkin emas, bundan yangi ochilgan holatlar boʻyicha ishlarni koʻrish, shuningdek sirtdan ish yuritish tartibida qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrish hollari mustasno. | Ishni birinchi instansiya sudida koʻrgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan boʻlsa, bu ishni takroran koʻrishi mumkin emas, bundan yangi ochilgan holatlar boʻyicha ishlarni koʻrish, shuningdek sirtdan ish yuritish tartibida qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrish hollari mustasno. |
Ishni birinchi instansiya sudida koʻrgan sudya shu ishni apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas. | Ishni birinchi instansiya sudida koʻrgan sudya shu ishni apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas. |
Ishni apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas. | Ishni apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas. |
Ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas. | Ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas. |
Ishni taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida, shuningdek ishni yuqori instansiya sudida taftish tartibida qayta koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas. | Ishni taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida, shuningdek ishni yuqori instansiya sudida taftish tartibida qayta koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas. |
4-bob. Sudyani va protsessning boshqa ishtirokchilarini rad qilish | 4-bob. Sudyani va protsessning boshqa ishtirokchilarini rad qilish |
21-modda. Sudyani rad qilish asoslari | 21-modda. Sudyani rad qilish asoslari |
Quyidagi hollarda sudya ishni koʻrishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u: | Quyidagi hollarda sudya ishni koʻrishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u: |
1) shu ish ilgari koʻrilganida sudya sifatida ishtirok etgan boʻlsa va ushbu Kodeks talablariga muvofiq ishni koʻrishda takror ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmasa; | 1) shu ish ilgari koʻrilganida sudya sifatida ishtirok etgan boʻlsa va ushbu Kodeks talablariga muvofiq ishni koʻrishda takror ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmasa; |
2) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning xolisligi va begʻarazligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa; | 2) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning xolisligi va begʻarazligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa; |
3) shu ish ilgari koʻrilganida hakamlik sudining sudyasi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisining kotibi, guvoh va vakil sifatida ishtirok etgan boʻlsa; | 3) shu ish ilgari koʻrilganida hakamlik sudining sudyasi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisining kotibi, guvoh va vakil sifatida ishtirok etgan boʻlsa; |
4) taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning qarindoshi boʻlsa; | 4) taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning qarindoshi boʻlsa; |
5) ishni koʻrayotgan hayʼat tarkibiga kiruvchi sudyaning qarindoshi boʻlsa. | 5) ishni koʻrayotgan hayʼat tarkibiga kiruvchi sudyaning qarindoshi boʻlsa. |
22-modda. Prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisi kotibini rad qilish asoslari | 22-modda. Prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisi kotibini rad qilish asoslari |
Ushbu Kodeks 21-moddasining 2 va 4-bandlarida koʻrsatilgan rad qilish asoslari prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisi kotibiga nisbatan ham tatbiq etiladi. | Ushbu Kodeks 21-moddasining 2 va 4-bandlarida koʻrsatilgan rad qilish asoslari prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisi kotibiga nisbatan ham tatbiq etiladi. |
Agar ekspert, mutaxassis va tarjimon taraflar yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga xizmat yuzasidan yoxud boshqacha tarzda qaram boʻlsa, agar ekspert va mutaxassis ham taftish oʻtkazgan yoxud xulosa bergan boʻlib, ularning materiallari mazkur ishni qoʻzgʻatishga asos boʻlib xizmat qilgan boʻlsa, ularni rad qilish toʻgʻrisida ariza berilishi mumkin. | Agar ekspert, mutaxassis va tarjimon taraflar yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga xizmat yuzasidan yoxud boshqacha tarzda qaram boʻlsa, agar ekspert va mutaxassis ham taftish oʻtkazgan yoxud xulosa bergan boʻlib, ularning materiallari mazkur ishni qoʻzgʻatishga asos boʻlib xizmat qilgan boʻlsa, ularni rad qilish toʻgʻrisida ariza berilishi mumkin. |
23-modda. Rad qilish haqida ariza berish | 23-modda. Rad qilish haqida ariza berish |
Ushbu Kodeksning 21 va 22-moddalarida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlsa, sudya, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisi kotibi oʻzini oʻzi rad qilish haqida arz qilishi shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ham shu asoslarga koʻra ularni rad qilish haqida arz qilishi mumkin. | Ushbu Kodeksning 21 va 22-moddalarida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlsa, sudya, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisi kotibi oʻzini oʻzi rad qilish haqida arz qilishi shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ham shu asoslarga koʻra ularni rad qilish haqida arz qilishi mumkin. |
Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni, tarjimonni, sud majlisi kotibini rad qilish sudning tashabbusiga koʻra ham koʻrib chiqilishi mumkin. | Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni, tarjimonni, sud majlisi kotibini rad qilish sudning tashabbusiga koʻra ham koʻrib chiqilishi mumkin. |
Rad qilish haqidagi arz asoslantirilgan boʻlishi va ishni mazmunan koʻrish boshlanguniga qadar maʼlum qilinishi lozim. Rad qilish asosi sudga yoki rad qilinayotgan shaxsga ishni koʻrish boshlanganidan soʻng maʼlum boʻlib qolgan hollardagina rad qilish haqida kechikib arz qilishga yoʻl qoʻyiladi. | Rad qilish haqidagi arz asoslantirilgan boʻlishi va ishni mazmunan koʻrish boshlanguniga qadar maʼlum qilinishi lozim. Rad qilish asosi sudga yoki rad qilinayotgan shaxsga ishni koʻrish boshlanganidan soʻng maʼlum boʻlib qolgan hollardagina rad qilish haqida kechikib arz qilishga yoʻl qoʻyiladi. |
Ayni bir shaxs tomonidan ayni bir asoslar boʻyicha takroran rad qilish arz qilinishi mumkin emas. Takroran rad qilish arz qilingan taqdirda, u koʻrib chiqilmaydi. | Ayni bir shaxs tomonidan ayni bir asoslar boʻyicha takroran rad qilish arz qilinishi mumkin emas. Takroran rad qilish arz qilingan taqdirda, u koʻrib chiqilmaydi. |
24-modda. Rad qilish toʻgʻrisidagi arzni hal etish tartibi | 24-modda. Rad qilish toʻgʻrisidagi arzni hal etish tartibi |
Rad qilish toʻgʻrisida arz qilingan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini, agar rad qilinishi talab etilayotgan shaxs tushuntirish berishni xohlasa, uning tushuntirishini ham eshitishi kerak. | Rad qilish toʻgʻrisida arz qilingan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini, agar rad qilinishi talab etilayotgan shaxs tushuntirish berishni xohlasa, uning tushuntirishini ham eshitishi kerak. |
Ishni yakka tartibda koʻradigan sudyani rad qilish toʻgʻrisidagi masala sud raisi tomonidan, yakka tarkibli sudda esa, shu sudyaning oʻzi tomonidan hal etiladi. | Ishni yakka tartibda koʻradigan sudyani rad qilish toʻgʻrisidagi masala sud raisi tomonidan, yakka tarkibli sudda esa, shu sudyaning oʻzi tomonidan hal etiladi. |
Sud hayʼatining aʼzosi boʻlgan sudyani rad qilish hayʼat aʼzolari boʻlgan qolgan sudyalar tomonidan ushbu sudya yoʻqligida hal etiladi. Rad qilishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni teng boʻlib qolganda, sudya rad qilingan hisoblanadi. | Sud hayʼatining aʼzosi boʻlgan sudyani rad qilish hayʼat aʼzolari boʻlgan qolgan sudyalar tomonidan ushbu sudya yoʻqligida hal etiladi. Rad qilishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni teng boʻlib qolganda, sudya rad qilingan hisoblanadi. |
Ish hayʼatda koʻrilayotganda ikki sudyani yoki sudning butun tarkibini rad qilish arz qilingan taqdirda, rad qilish masalasi sudning shu tarkibi tomonidan oddiy koʻpchilik ovoz bilan hal qilinadi. | Ish hayʼatda koʻrilayotganda ikki sudyani yoki sudning butun tarkibini rad qilish arz qilingan taqdirda, rad qilish masalasi sudning shu tarkibi tomonidan oddiy koʻpchilik ovoz bilan hal qilinadi. |
Rad qilish masalasini hal etish uchun sudya (sud) alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi va rad qilishni qabul qilish yoki qabul qilmaslik toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. | Rad qilish masalasini hal etish uchun sudya (sud) alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi va rad qilishni qabul qilish yoki qabul qilmaslik toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. |
Oʻzini oʻzi rad qilish toʻgʻrisidagi va prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisi kotibini rad qilish haqidagi masala ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda, ishni koʻrib chiqayotgan sud tomonidan hal qilinadi. | Oʻzini oʻzi rad qilish toʻgʻrisidagi va prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisi kotibini rad qilish haqidagi masala ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda, ishni koʻrib chiqayotgan sud tomonidan hal qilinadi. |
25-modda. Rad qilish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari | 25-modda. Rad qilish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari |
Sudya rad qilingan taqdirda ish fuqarolik ishlari boʻyicha shu tumanlararo, tuman (shahar) sudida, lekin boshqa sudya tomonidan koʻriladi yoki koʻrish uchun fuqarolik ishlari boʻyicha boshqa tumanlararo, tuman (shahar) sudiga oʻtkaziladi. | Sudya rad qilingan taqdirda ish fuqarolik ishlari boʻyicha shu tumanlararo, tuman (shahar) sudida, lekin boshqa sudya tomonidan koʻriladi yoki koʻrish uchun fuqarolik ishlari boʻyicha boshqa tumanlararo, tuman (shahar) sudiga oʻtkaziladi. |
Ish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida koʻrilayotganda sudya yoki sudning butun tarkibi rad qilingan taqdirda, ish shu sudning oʻzida, lekin sudning boshqa tarkibida koʻriladi. | Ish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida koʻrilayotganda sudya yoki sudning butun tarkibi rad qilingan taqdirda, ish shu sudning oʻzida, lekin sudning boshqa tarkibida koʻriladi. |
Agar Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar yoki Toshkent shahar sudlarida ushbu Kodeksning 21-moddasida koʻrsatilgan sabablarga koʻra rad qilish qanoatlantirilganidan keyin mazkur ishni koʻrish uchun sudning yangi tarkibini tuzish imkoni boʻlmasa, ish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga oʻtkazilishi kerak. Bunday holda ish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida koʻriladi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining farmoyishiga binoan boshqa tegishli sudga koʻrish uchun yuboriladi. | Agar Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar yoki Toshkent shahar sudlarida ushbu Kodeksning 21-moddasida koʻrsatilgan sabablarga koʻra rad qilish qanoatlantirilganidan keyin mazkur ishni koʻrish uchun sudning yangi tarkibini tuzish imkoni boʻlmasa, ish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga oʻtkazilishi kerak. Bunday holda ish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida koʻriladi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining farmoyishiga binoan boshqa tegishli sudga koʻrish uchun yuboriladi. |
5-bob. Sudga taalluqlilik va sudlovga tegishlilik | 5-bob. Sudga taalluqlilik va sudlovga tegishlilik |
26-modda. Ishlarning sudga taalluqliligi | 26-modda. Ishlarning sudga taalluqliligi |
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudga quyidagi ishlar taalluqlidir: | Fuqarolik ishlari boʻyicha sudga quyidagi ishlar taalluqlidir: |
1) fuqarolik, oila, mehnat, uy-joy, yer toʻgʻrisidagi va boshqa munosabatlardan yuzaga keladigan nizolar boʻyicha ishlar, agar taraflardan hech boʻlmaganda bittasi fuqaro boʻlsa, bundan qonunda shunday nizolarni hal qilish boshqa sudlarga yoki boshqa organlarga topshiriladigan hollar mustasno; | 1) fuqarolik, oila, mehnat, uy-joy, yer toʻgʻrisidagi va boshqa munosabatlardan yuzaga keladigan nizolar boʻyicha ishlar, agar taraflardan hech boʻlmaganda bittasi fuqaro boʻlsa, bundan qonunda shunday nizolarni hal qilish boshqa sudlarga yoki boshqa organlarga topshiriladigan hollar mustasno; |
2) ushbu Kodeksning 293-moddasida sanab oʻtilgan alohida tartibda yuritiladigan ishlar; | 2) ushbu Kodeksning 293-moddasida sanab oʻtilgan alohida tartibda yuritiladigan ishlar; |
3) ushbu Kodeksning 18-bobida koʻrsatilgan va buyruq tartibida hal etiladigan ishlar; | 3) ushbu Kodeksning 18-bobida koʻrsatilgan va buyruq tartibida hal etiladigan ishlar; |
4) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi va hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi ishlar; | 4) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi va hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi ishlar; |
41) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishlar; | 41) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishlar; |
5) chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ishlar; | 5) chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ishlar; |
6) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlar. | 6) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlar. |
Sudlarga qonun bilan ularning vakolatiga kiritilgan boshqa ishlar ham taalluqlidir. | Sudlarga qonun bilan ularning vakolatiga kiritilgan boshqa ishlar ham taalluqlidir. |
27-modda. Oʻzaro bogʻliq bir nechta talabning sudga taalluqliligi | 27-modda. Oʻzaro bogʻliq bir nechta talabning sudga taalluqliligi |
Oʻzaro bogʻliq boʻlib, baʼzilari fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, baʼzilari esa iqtisodiy sudga taalluqli boʻlgan bir nechta talab birlashtirilganda, barcha talablar fuqarolik ishlari boʻyicha sudda koʻrilishi kerak. | Oʻzaro bogʻliq boʻlib, baʼzilari fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, baʼzilari esa iqtisodiy sudga taalluqli boʻlgan bir nechta talab birlashtirilganda, barcha talablar fuqarolik ishlari boʻyicha sudda koʻrilishi kerak. |
Oʻzaro bogʻliq boʻlgan, baʼzilari fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, baʼzilari esa maʼmuriy sudga taalluqli boʻlgan bir nechta talabni birlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Oʻzaro bogʻliq boʻlgan, baʼzilari fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, baʼzilari esa maʼmuriy sudga taalluqli boʻlgan bir nechta talabni birlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
28-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining sudloviga tegishli ishlar | 28-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining sudloviga tegishli ishlar |
Ushbu Kodeksning 26-moddasida koʻrsatilgan ishlar fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarida koʻriladi, bundan qonunda shunday ishlarni koʻrish boshqa sudlar vakolatiga berilgan hollar mustasno. | Ushbu Kodeksning 26-moddasida koʻrsatilgan ishlar fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarida koʻriladi, bundan qonunda shunday ishlarni koʻrish boshqa sudlar vakolatiga berilgan hollar mustasno. |
29-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining sudloviga tegishli ishlar | 29-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining sudloviga tegishli ishlar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs ariza beruvchi boʻlgan farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlarni, shuningdek qonun bilan oʻz vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni koʻradi. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs ariza beruvchi boʻlgan farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlarni, shuningdek qonun bilan oʻz vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni koʻradi. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari alohida holatlardan kelib chiqib, har qanday ishni fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudidan olishga va uni birinchi instansiya sudi sifatida oʻz ish yurituviga qabul qilishga yoki ishni bir suddan boshqa fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga oʻtkazishga haqli. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari alohida holatlardan kelib chiqib, har qanday ishni fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudidan olishga va uni birinchi instansiya sudi sifatida oʻz ish yurituviga qabul qilishga yoki ishni bir suddan boshqa fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga oʻtkazishga haqli. |
30-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudloviga tegishli ishlar | 30-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudloviga tegishli ishlar |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi qonunda oʻz vakolatiga kiritilgan ishlarni koʻrib chiqadi, shuningdek alohida holatlarni hisobga olib, har qanday ishni Oʻzbekiston Respublikasining istalgan sudidan olishga va uni birinchi instansiya sudi sifatida oʻzining ish yuritishiga qabul qilishga yoki ishni bir suddan boshqa tegishli sudga oʻtkazishga haqli. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi qonunda oʻz vakolatiga kiritilgan ishlarni koʻrib chiqadi, shuningdek alohida holatlarni hisobga olib, har qanday ishni Oʻzbekiston Respublikasining istalgan sudidan olishga va uni birinchi instansiya sudi sifatida oʻzining ish yuritishiga qabul qilishga yoki ishni bir suddan boshqa tegishli sudga oʻtkazishga haqli. |
31-modda. Sudning oʻz ish yuritishiga qabul qilib olgan ishni boshqa sudga oʻtkazishi | 31-modda. Sudning oʻz ish yuritishiga qabul qilib olgan ishni boshqa sudga oʻtkazishi |
Sud sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya qilgan holda oʻzining ish yuritishiga qabul qilib olgan ishni, garchi keyinchalik bu ish boshqa sudning sudloviga tegishli boʻlib qolsa ham, mazmunan hal qilishi kerak. | Sud sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya qilgan holda oʻzining ish yuritishiga qabul qilib olgan ishni, garchi keyinchalik bu ish boshqa sudning sudloviga tegishli boʻlib qolsa ham, mazmunan hal qilishi kerak. |
Sud quyidagi hollarda ishni koʻrish uchun boshqa sudga oʻtkazadi: | Sud quyidagi hollarda ishni koʻrish uchun boshqa sudga oʻtkazadi: |
1) mazkur ish boshqa sudda, xususan dalillarning koʻpchilik qismi joylashgan yerdagi sudda oʻz vaqtida va har tomonlama koʻrib chiqiladi deb hisoblasa; | 1) mazkur ish boshqa sudda, xususan dalillarning koʻpchilik qismi joylashgan yerdagi sudda oʻz vaqtida va har tomonlama koʻrib chiqiladi deb hisoblasa; |
2) bir yoki bir nechta sudya rad qilinganidan soʻng bu sudda ularni almashtirish imkoni boʻlmasa; | 2) bir yoki bir nechta sudya rad qilinganidan soʻng bu sudda ularni almashtirish imkoni boʻlmasa; |
3) ish mazkur sudda koʻrilayotganda, u sudlovga tegishlilik qoidalari buzilgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi maʼlum boʻlib qolsa. | 3) ish mazkur sudda koʻrilayotganda, u sudlovga tegishlilik qoidalari buzilgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi maʼlum boʻlib qolsa. |
311-modda. Ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha suddan boshqa sudga oʻtkazish | 311-modda. Ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha suddan boshqa sudga oʻtkazish |
Talab fuqarolik ishlari boʻyicha sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda taqdim etilgan taqdirda, daʼvo arizasi (ariza) taalluqliligiga koʻra iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkaziladi. | Talab fuqarolik ishlari boʻyicha sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda taqdim etilgan taqdirda, daʼvo arizasi (ariza) taalluqliligiga koʻra iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkaziladi. |
Agar ishni koʻrib chiqish jarayonida daʼvo arizasi (ariza) sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi aniqlansa, fuqarolik ishlari boʻyicha sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish va fuqarolik sud ishini yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. | Agar ishni koʻrib chiqish jarayonida daʼvo arizasi (ariza) sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi aniqlansa, fuqarolik ishlari boʻyicha sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish va fuqarolik sud ishini yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. |
Daʼvo arizasini (arizani), ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisidagi fuqarolik ishlari boʻyicha sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. | Daʼvo arizasini (arizani), ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisidagi fuqarolik ishlari boʻyicha sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. |
Fuqarolik ishlari boʻyicha suddan taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazilgan daʼvo arizasi (ariza), ish materiallari oʻziga oʻtkazilgan sud tomonidan qabul qilib olinishi kerak. | Fuqarolik ishlari boʻyicha suddan taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazilgan daʼvo arizasi (ariza), ish materiallari oʻziga oʻtkazilgan sud tomonidan qabul qilib olinishi kerak. |
Oʻzbekiston Respublikasida sudlar oʻrtasida sudga taalluqlilik toʻgʻrisidagi nizolarga yoʻl qoʻyilmaydi. | Oʻzbekiston Respublikasida sudlar oʻrtasida sudga taalluqlilik toʻgʻrisidagi nizolarga yoʻl qoʻyilmaydi. |
32-modda. Ishni bir suddan boshqa sudga oʻtkazish tartibi | 32-modda. Ishni bir suddan boshqa sudga oʻtkazish tartibi |
Ishni bir suddan boshqa sudga oʻtkazish sudning ajrimiga asosan, bu ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) muddati oʻtganidan keyin, shikoyat (protest) berilgan taqdirda esa shikoyatni (protestni) qanoatlantirmay qoldirish haqida ajrim chiqarilganidan keyin amalga oshiriladi. | Ishni bir suddan boshqa sudga oʻtkazish sudning ajrimiga asosan, bu ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) muddati oʻtganidan keyin, shikoyat (protest) berilgan taqdirda esa shikoyatni (protestni) qanoatlantirmay qoldirish haqida ajrim chiqarilganidan keyin amalga oshiriladi. |
Bir suddan boshqa sudga yuborilgan ish u yuborilgan sud tomonidan koʻrish uchun qabul qilinishi kerak. | Bir suddan boshqa sudga yuborilgan ish u yuborilgan sud tomonidan koʻrish uchun qabul qilinishi kerak. |
Sudlovga tegishlilik yuzasidan nizolashishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Sudlovga tegishlilik yuzasidan nizolashishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
33-modda. Sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari | 33-modda. Sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari |
Arizalar javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashgʻul boʻlgan joydagi sudga beriladi. | Arizalar javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashgʻul boʻlgan joydagi sudga beriladi. |
Tashkilotlarga nisbatan arizalar ular davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi sudga beriladi. | Tashkilotlarga nisbatan arizalar ular davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi sudga beriladi. |
34-modda. Daʼvogarning tanlovi boʻyicha sudlovga tegishlilik | 34-modda. Daʼvogarning tanlovi boʻyicha sudlovga tegishlilik |
Yashash joyi nomaʼlum boʻlgan javobgarga nisbatan daʼvolar uning mol-mulki turgan joydagi yoki uning maʼlum boʻlgan soʻnggi yashagan joyidagi sudga taqdim etilishi mumkin. | Yashash joyi nomaʼlum boʻlgan javobgarga nisbatan daʼvolar uning mol-mulki turgan joydagi yoki uning maʼlum boʻlgan soʻnggi yashagan joyidagi sudga taqdim etilishi mumkin. |
Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyiga ega boʻlmagan javobgarga nisbatan daʼvolar Oʻzbekiston Respublikasida uning mol-mulki turgan joydagi yoki maʼlum boʻlgan soʻnggi yashash joyidagi sudga taqdim etilishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyiga ega boʻlmagan javobgarga nisbatan daʼvolar Oʻzbekiston Respublikasida uning mol-mulki turgan joydagi yoki maʼlum boʻlgan soʻnggi yashash joyidagi sudga taqdim etilishi mumkin. |
Aliment undirish toʻgʻrisidagi, otalikni belgilash haqidagi va mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik yoxud boquvchisining oʻlimi natijasida koʻrilgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar daʼvogar tomonidan oʻzi yashab turgan joydagi sudga ham taqdim etilishi mumkin. | Aliment undirish toʻgʻrisidagi, otalikni belgilash haqidagi va mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik yoxud boquvchisining oʻlimi natijasida koʻrilgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar daʼvogar tomonidan oʻzi yashab turgan joydagi sudga ham taqdim etilishi mumkin. |
Kemalar toʻqnashuvi natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi, shuningdek suvda yordam berganlik va qutqarganlik uchun haq undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar ham javobgarning kemasi turgan yoki kema roʻyxatga olingan port joylashgan yerdagi sudga ham taqdim etilishi mumkin. | Kemalar toʻqnashuvi natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi, shuningdek suvda yordam berganlik va qutqarganlik uchun haq undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar ham javobgarning kemasi turgan yoki kema roʻyxatga olingan port joylashgan yerdagi sudga ham taqdim etilishi mumkin. |
Ijro etish joyi koʻrsatilgan shartnomalardan kelib chiqadigan daʼvolar shartnomani ijro etish joyidagi sudga ham taqdim etilishi mumkin. | Ijro etish joyi koʻrsatilgan shartnomalardan kelib chiqadigan daʼvolar shartnomani ijro etish joyidagi sudga ham taqdim etilishi mumkin. |
Fuqaroning yoki yuridik shaxsning mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar zarar yetkazilgan joydagi sudga ham taqdim etilishi mumkin. | Fuqaroning yoki yuridik shaxsning mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar zarar yetkazilgan joydagi sudga ham taqdim etilishi mumkin. |
Yuridik shaxsning filiali faoliyatidan kelib chiqadigan daʼvolar filial joylashgan yerdagi sudga ham taqdim etilishi mumkin. | Yuridik shaxsning filiali faoliyatidan kelib chiqadigan daʼvolar filial joylashgan yerdagi sudga ham taqdim etilishi mumkin. |
Turli joylarda yashovchi yoki turuvchi bir nechta javobgarga nisbatan yoki yuridik shaxs boʻlib, turli manzilda joylashgan javobgarlarga nisbatan daʼvo javobgarlardan biri yashaydigan yoxud davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi sudga daʼvogarning tanlovi boʻyicha taqdim etiladi. | Turli joylarda yashovchi yoki turuvchi bir nechta javobgarga nisbatan yoki yuridik shaxs boʻlib, turli manzilda joylashgan javobgarlarga nisbatan daʼvo javobgarlardan biri yashaydigan yoxud davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi sudga daʼvogarning tanlovi boʻyicha taqdim etiladi. |
Fuqaroning mehnat, pensiya va uy-joyga doir huquqlarni tiklash, mol-mulkni yoki uning qiymatini qaytarib berish, gʻayriqonuniy hukm qilish, gʻayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida gʻayriqonuniy qamoqqa olish yoxud hibsga olish tarzida gʻayriqonuniy maʼmuriy jazo qoʻllash natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar daʼvogarning yashash joyidagi sudga ham taqdim etilishi mumkin. | Fuqaroning mehnat, pensiya va uy-joyga doir huquqlarni tiklash, mol-mulkni yoki uning qiymatini qaytarib berish, gʻayriqonuniy hukm qilish, gʻayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida gʻayriqonuniy qamoqqa olish yoxud hibsga olish tarzida gʻayriqonuniy maʼmuriy jazo qoʻllash natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar daʼvogarning yashash joyidagi sudga ham taqdim etilishi mumkin. |
Agar daʼvogarning voyaga yetmagan bolalari borligi, shuningdek nogironligi yoki ogʻir kasalligi tufayli u javobgar yashab turgan joyidagi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga borishga qiynalsa, nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvolar daʼvogarning yashaydigan joyidagi sudga taqdim etilishi mumkin. | Agar daʼvogarning voyaga yetmagan bolalari borligi, shuningdek nogironligi yoki ogʻir kasalligi tufayli u javobgar yashab turgan joyidagi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga borishga qiynalsa, nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvolar daʼvogarning yashaydigan joyidagi sudga taqdim etilishi mumkin. |
Bedarak yoʻqolgan deb yoxud ruhiy holati buzilganligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar, shuningdek uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar bilan nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvolar daʼvogarning xohishiga koʻra oʻz yashash joyidagi sudda koʻrilishi mumkin. | Bedarak yoʻqolgan deb yoxud ruhiy holati buzilganligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar, shuningdek uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar bilan nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvolar daʼvogarning xohishiga koʻra oʻz yashash joyidagi sudda koʻrilishi mumkin. |
35-modda. Sudlovga tegishlilikning alohida hollari | 35-modda. Sudlovga tegishlilikning alohida hollari |
Imoratga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi, mol-mulkni xatlashdan chiqarish haqidagi, yer maydonidan foydalanish tartibini belgilash toʻgʻrisidagi daʼvolar imorat, mol-mulk yoki yer maydoni joylashgan yerdagi sudning sudloviga taalluqlidir. | Imoratga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi, mol-mulkni xatlashdan chiqarish haqidagi, yer maydonidan foydalanish tartibini belgilash toʻgʻrisidagi daʼvolar imorat, mol-mulk yoki yer maydoni joylashgan yerdagi sudning sudloviga taalluqlidir. |
Meros qoldiruvchining kreditorlari vorislar tomonidan meros qabul qilinguniga qadar taqdim etgan daʼvolar meros mol-mulk yoki uning asosiy qismi joylashgan yerdagi sudning sudloviga tegishlidir. | Meros qoldiruvchining kreditorlari vorislar tomonidan meros qabul qilinguniga qadar taqdim etgan daʼvolar meros mol-mulk yoki uning asosiy qismi joylashgan yerdagi sudning sudloviga tegishlidir. |
Yoʻlovchilarni, yuklarni yoki bagajni tashish shartnomalaridan yuk tashuvchilarga nisbatan kelib chiqadigan daʼvolar belgilangan tartibda talabnoma taqdim etilgan transport tashkilotining organi davlat roʻyxatidan oʻtgan yerda taqdim etiladi. | Yoʻlovchilarni, yuklarni yoki bagajni tashish shartnomalaridan yuk tashuvchilarga nisbatan kelib chiqadigan daʼvolar belgilangan tartibda talabnoma taqdim etilgan transport tashkilotining organi davlat roʻyxatidan oʻtgan yerda taqdim etiladi. |
36-modda. Kelishilgan sudlovga tegishlilik | 36-modda. Kelishilgan sudlovga tegishlilik |
Taraflar oʻzaro kelishib, muayyan ish uchun hududiy sudlovga tegishlilikni oʻzgartirishi mumkin. | Taraflar oʻzaro kelishib, muayyan ish uchun hududiy sudlovga tegishlilikni oʻzgartirishi mumkin. |
Ushbu Kodeksning 35-moddasida belgilangan sudlovga tegishlilik taraflar kelishuvi boʻyicha oʻzgartirilishi mumkin emas. | Ushbu Kodeksning 35-moddasida belgilangan sudlovga tegishlilik taraflar kelishuvi boʻyicha oʻzgartirilishi mumkin emas. |
37-modda. Qarshi daʼvoning sudlovga tegishliligi | 37-modda. Qarshi daʼvoning sudlovga tegishliligi |
Qarshi daʼvo sudlovga tegishliligidan qatʼi nazar, dastlabki daʼvo koʻrilayotgan joydagi sudda taqdim etiladi. | Qarshi daʼvo sudlovga tegishliligidan qatʼi nazar, dastlabki daʼvo koʻrilayotgan joydagi sudda taqdim etiladi. |
38-modda. Jinoyat tufayli yetkazilgan zararlar toʻgʻrisidagi fuqarolik ishining sudlovga tegishliligi | 38-modda. Jinoyat tufayli yetkazilgan zararlar toʻgʻrisidagi fuqarolik ishining sudlovga tegishliligi |
Jinoyat ishidan kelib chiqadigan fuqarolik daʼvosi, agar jinoyat ishi koʻrilganda ushbu daʼvo arz qilinmagan yoki hal etilmagan boʻlsa, fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida koʻrib chiqish uchun fuqarolik ishlarining sudlovga tegishliligiga doir umumiy qoidalar boʻyicha taqdim etiladi. | Jinoyat ishidan kelib chiqadigan fuqarolik daʼvosi, agar jinoyat ishi koʻrilganda ushbu daʼvo arz qilinmagan yoki hal etilmagan boʻlsa, fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida koʻrib chiqish uchun fuqarolik ishlarining sudlovga tegishliligiga doir umumiy qoidalar boʻyicha taqdim etiladi. |
6-bob. Fuqarolik sud ishlarini yuritish ishtirokchilari | 6-bob. Fuqarolik sud ishlarini yuritish ishtirokchilari |
39-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar | 39-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar |
Taraflar, uchinchi shaxslar, ularning vakillari, ariza beruvchilar va sudda koʻrilayotgan alohida tartibda yuritiladigan ishlar boʻyicha boshqa manfaatdor shaxslar, prokuror, ishda boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etadigan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar ishda ishtirok etuvchi shaxslar deb tan olinadi. | Taraflar, uchinchi shaxslar, ularning vakillari, ariza beruvchilar va sudda koʻrilayotgan alohida tartibda yuritiladigan ishlar boʻyicha boshqa manfaatdor shaxslar, prokuror, ishda boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etadigan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar ishda ishtirok etuvchi shaxslar deb tan olinadi. |
40-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari | 40-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan koʻchirmalar olish, nusxalar koʻchirish, rad etish toʻgʻrisida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashayotgan shaxslarga savollar berish, arz qilish, iltimosnomalar taqdim etish, sudga ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish, sud muhokamasi davomida yuzaga keladigan barcha masalalar boʻyicha oʻzlarining vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi eʼtirozlar bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish), sud hujjatlarining majburiy ijrosini talab qilish, davlat ijrochisi tomonidan harakatlar sodir etilishida hozir boʻlish va oʻz huquqlarini amalga oshirish huquqiga egadir. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan koʻchirmalar olish, nusxalar koʻchirish, rad etish toʻgʻrisida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashayotgan shaxslarga savollar berish, arz qilish, iltimosnomalar taqdim etish, sudga ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish, sud muhokamasi davomida yuzaga keladigan barcha masalalar boʻyicha oʻzlarining vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi eʼtirozlar bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish), sud hujjatlarining majburiy ijrosini talab qilish, davlat ijrochisi tomonidan harakatlar sodir etilishida hozir boʻlish va oʻz huquqlarini amalga oshirish huquqiga egadir. |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual huquqlardan ham foydalanadi. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual huquqlardan ham foydalanadi. |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻzlariga berilgan barcha protsessual huquqlardan insofli ravishda foydalanishi va oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi shart. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻzlariga berilgan barcha protsessual huquqlardan insofli ravishda foydalanishi va oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi shart. |
41-modda. Fuqarolik protsessual huquq layoqati | 41-modda. Fuqarolik protsessual huquq layoqati |
Barcha fuqarolar va tashkilotlarning fuqarolik protsessual huquq va majburiyatlarga ega boʻlish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda eʼtirof etiladi. | Barcha fuqarolar va tashkilotlarning fuqarolik protsessual huquq va majburiyatlarga ega boʻlish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda eʼtirof etiladi. |
42-modda. Fuqarolik protsessual muomala layoqati | 42-modda. Fuqarolik protsessual muomala layoqati |
Sudda oʻz huquq va majburiyatlarini amalga oshirish layoqati voyaga yetgan fuqarolar va tashkilotlarga tegishlidir. | Sudda oʻz huquq va majburiyatlarini amalga oshirish layoqati voyaga yetgan fuqarolar va tashkilotlarga tegishlidir. |
Voyaga yetmagan, yaʼni yoshi oʻn toʻrtdan oʻn sakkizgacha boʻlgan fuqarolarning, shuningdek muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari sudda ularning ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar yoki homiylar tomonidan himoya qilinadi. Ammo bu hol voyaga yetmaganlarni va muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarni bunday ishlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum qilmaydi. | Voyaga yetmagan, yaʼni yoshi oʻn toʻrtdan oʻn sakkizgacha boʻlgan fuqarolarning, shuningdek muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari sudda ularning ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar yoki homiylar tomonidan himoya qilinadi. Ammo bu hol voyaga yetmaganlarni va muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarni bunday ishlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum qilmaydi. |
Ota-onalardan aliment undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha, shuningdek mehnat bilan bogʻliq huquqiy munosabatlardan va olingan ish haqini yoki boshqa daromadni tasarruf etish bilan bogʻliq bitimlardan kelib chiqadigan ishlar boʻyicha voyaga yetmaganlar sudda oʻz huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini shaxsan himoya qilish huquqiga ega. Bunday ishlarda voyaga yetmaganlarga yordam berish uchun ularning ota-onalarini, ularni farzandlikka olganlarni yoki homiylarni jalb qilish toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan hal qilinadi. | Ota-onalardan aliment undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha, shuningdek mehnat bilan bogʻliq huquqiy munosabatlardan va olingan ish haqini yoki boshqa daromadni tasarruf etish bilan bogʻliq bitimlardan kelib chiqadigan ishlar boʻyicha voyaga yetmaganlar sudda oʻz huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini shaxsan himoya qilish huquqiga ega. Bunday ishlarda voyaga yetmaganlarga yordam berish uchun ularning ota-onalarini, ularni farzandlikka olganlarni yoki homiylarni jalb qilish toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan hal qilinadi. |
Oʻn olti yoshga toʻlgan voyaga yetmagan shaxs qonunchilikda belgilangan tartibda muomalaga toʻla layoqatli deb eʼlon qilingan (emansipatsiya) taqdirda, sudda oʻz huquqlari va majburiyatlarini shaxsan amalga oshirishi mumkin. | Oʻn olti yoshga toʻlgan voyaga yetmagan shaxs qonunchilikda belgilangan tartibda muomalaga toʻla layoqatli deb eʼlon qilingan (emansipatsiya) taqdirda, sudda oʻz huquqlari va majburiyatlarini shaxsan amalga oshirishi mumkin. |
Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan kichik yoshdagi bolalarning, shuningdek ruhiy holati buzilganligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari — ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar yoki vasiylar himoya qiladi. | Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan kichik yoshdagi bolalarning, shuningdek ruhiy holati buzilganligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari — ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar yoki vasiylar himoya qiladi. |
43-modda. Taraflar | 43-modda. Taraflar |
Daʼvogar (ariza beruvchi) va javobgar fuqarolik sud ishlarini yuritishning taraflaridir. | Daʼvogar (ariza beruvchi) va javobgar fuqarolik sud ishlarini yuritishning taraflaridir. |
Oʻzining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan yoinki manfaatini koʻzlab ish qoʻzgʻatilgan shaxs daʼvogardir. | Oʻzining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan yoinki manfaatini koʻzlab ish qoʻzgʻatilgan shaxs daʼvogardir. |
Oʻziga nisbatan talab taqdim etilgan shaxs javobgardir. | Oʻziga nisbatan talab taqdim etilgan shaxs javobgardir. |
Alohida tartibda yuritiladigan ishlar va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa ishlar boʻyicha ariza bergan shaxs arizachidir. | Alohida tartibda yuritiladigan ishlar va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa ishlar boʻyicha ariza bergan shaxs arizachidir. |
44-modda. Taraflarning protsessual huquq va majburiyatlari | 44-modda. Taraflarning protsessual huquq va majburiyatlari |
Taraflar protsessual huquqlardan teng foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega boʻladilar. | Taraflar protsessual huquqlardan teng foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega boʻladilar. |
Daʼvogar bildirilgan talablarning asosini yoki predmetini oʻzgartirishga, qoʻshimcha talablar taqdim etishga, daʼvo talablarining miqdorini oshirishga yoxud kamaytirishga, ulardan toʻliq yoki qisman voz kechishga haqli. | Daʼvogar bildirilgan talablarning asosini yoki predmetini oʻzgartirishga, qoʻshimcha talablar taqdim etishga, daʼvo talablarining miqdorini oshirishga yoxud kamaytirishga, ulardan toʻliq yoki qisman voz kechishga haqli. |
Javobgar daʼvogarning talabini toʻliq yoki qisman tan olishga, qarshi daʼvo taqdim etishga haqli. | Javobgar daʼvogarning talabini toʻliq yoki qisman tan olishga, qarshi daʼvo taqdim etishga haqli. |
Daʼvo ishini yuritishda taraflar sud protsessining har qanday bosqichida ishni kelishuv bitimi tuzish yoki birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar mediativ kelishuv tuzish orqali tugallashga haqli. | Daʼvo ishini yuritishda taraflar sud protsessining har qanday bosqichida ishni kelishuv bitimi tuzish yoki birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar mediativ kelishuv tuzish orqali tugallashga haqli. |
45-modda. Protsessda birgalikda ishtirok etish | 45-modda. Protsessda birgalikda ishtirok etish |
Daʼvo bir nechta daʼvogar tomonidan birgalikda yoki bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilishi (protsessda birgalikda ishtirok etish) mumkin. Protsessda birgalikda ishtirok etishga alohida tartibda yuritiladigan ishlar boʻyicha ham yoʻl qoʻyiladi. | Daʼvo bir nechta daʼvogar tomonidan birgalikda yoki bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilishi (protsessda birgalikda ishtirok etish) mumkin. Protsessda birgalikda ishtirok etishga alohida tartibda yuritiladigan ishlar boʻyicha ham yoʻl qoʻyiladi. |
Protsessda birgalikda ishtirok etishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi, agar: | Protsessda birgalikda ishtirok etishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi, agar: |
nizo predmeti bir nechta daʼvogarning yoki javobgarning umumiy huquqlari yoki majburiyatlari boʻlsa; | nizo predmeti bir nechta daʼvogarning yoki javobgarning umumiy huquqlari yoki majburiyatlari boʻlsa; |
bir nechta daʼvogarning yoki javobgarning huquq va majburiyatlari bitta asosga ega boʻlsa; | bir nechta daʼvogarning yoki javobgarning huquq va majburiyatlari bitta asosga ega boʻlsa; |
nizo predmeti bir turdagi huquq va majburiyatlardan iborat boʻlsa. | nizo predmeti bir turdagi huquq va majburiyatlardan iborat boʻlsa. |
Daʼvogarlar va javobgarlardan har biri boshqa tarafga nisbatan protsessda mustaqil ravishda ishtirok etadi. Uchinchi shaxslar ham protsessda birgalikda ishtirok etishlari mumkin. | Daʼvogarlar va javobgarlardan har biri boshqa tarafga nisbatan protsessda mustaqil ravishda ishtirok etadi. Uchinchi shaxslar ham protsessda birgalikda ishtirok etishlari mumkin. |
Protsessda birgalikda ishtirok etuvchilar ishni olib borishni sherik ishtirokchilardan biriga topshirishi mumkin. | Protsessda birgalikda ishtirok etuvchilar ishni olib borishni sherik ishtirokchilardan biriga topshirishi mumkin. |
Sud nizolashilayotgan huquqiy munosabatning xususiyatini inobatga olgan holda ishga jalb etilmagan sherik javobgarni ishda ishtirok etish uchun oʻz tashabbusiga yoki taraflarning iltimosnomasiga koʻra jalb qilishga haqli. | Sud nizolashilayotgan huquqiy munosabatning xususiyatini inobatga olgan holda ishga jalb etilmagan sherik javobgarni ishda ishtirok etish uchun oʻz tashabbusiga yoki taraflarning iltimosnomasiga koʻra jalb qilishga haqli. |
Boshqa sherik javobgar ishda ishtirok etish uchun jalb qilinganda ishni koʻrish boshidan boshlanadi. | Boshqa sherik javobgar ishda ishtirok etish uchun jalb qilinganda ishni koʻrish boshidan boshlanadi. |
46-modda. Ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish | 46-modda. Ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish |
Sud daʼvo boʻyicha javob berishi lozim boʻlmagan shaxsga nisbatan daʼvo taqdim etilganligini aniqlasa, hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar daʼvogarning roziligi bilan ishga daxldor boʻlmagan javobgarni ishga daxldor javobgar bilan almashtirishga yoʻl qoʻyishi mumkin. | Sud daʼvo boʻyicha javob berishi lozim boʻlmagan shaxsga nisbatan daʼvo taqdim etilganligini aniqlasa, hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar daʼvogarning roziligi bilan ishga daxldor boʻlmagan javobgarni ishga daxldor javobgar bilan almashtirishga yoʻl qoʻyishi mumkin. |
Agar daʼvogar javobgarning boshqa shaxs bilan almashtirilishiga rozi boʻlmasa, sud bu shaxsni sherik javobgar sifatida ishga jalb etishi mumkin. | Agar daʼvogar javobgarning boshqa shaxs bilan almashtirilishiga rozi boʻlmasa, sud bu shaxsni sherik javobgar sifatida ishga jalb etishi mumkin. |
Ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish haqida sud ajrim chiqaradi. | Ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish haqida sud ajrim chiqaradi. |
Ishga daxldor boʻlmagan javobgar almashtirilgandan soʻng ishni koʻrish boshidan boshlanadi. | Ishga daxldor boʻlmagan javobgar almashtirilgandan soʻng ishni koʻrish boshidan boshlanadi. |
47-modda. Protsessual huquqiy vorislik | 47-modda. Protsessual huquqiy vorislik |
Nizoli yoki sudning hal qiluv qarori bilan aniqlangan huquqiy munosabatda taraflarning biri, uchinchi shaxs yoki ularning qonuniy vakili chiqib ketgan taqdirda (fuqaroning oʻlimi, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, boshqa shaxs foydasiga talabdan voz kechish, qarzning boshqa shaxsga oʻtkazilishi va h.k.) sud bu shaxslarni ularning huquqiy vorislari bilan almashtirishga yoʻl qoʻyadi. | Nizoli yoki sudning hal qiluv qarori bilan aniqlangan huquqiy munosabatda taraflarning biri, uchinchi shaxs yoki ularning qonuniy vakili chiqib ketgan taqdirda (fuqaroning oʻlimi, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, boshqa shaxs foydasiga talabdan voz kechish, qarzning boshqa shaxsga oʻtkazilishi va h.k.) sud bu shaxslarni ularning huquqiy vorislari bilan almashtirishga yoʻl qoʻyadi. |
Huquqiy vorislik fuqarolik sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin. Huquqiy vorisning sud protsessiga kirishganligi haqida ajrim chiqariladi. | Huquqiy vorislik fuqarolik sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin. Huquqiy vorisning sud protsessiga kirishganligi haqida ajrim chiqariladi. |
Taraf huquqiy voris bilan almashtirilgandan soʻng sud protsessi almashtirish amalga oshirilgan bosqichdan davom ettiriladi. | Taraf huquqiy voris bilan almashtirilgandan soʻng sud protsessi almashtirish amalga oshirilgan bosqichdan davom ettiriladi. |
Huquqiy voris sud protsessiga kirishguniga qadar amalga oshirilgan barcha harakatlar huquqiy vorisga oʻrnini boʻshatib bergan shaxsga qay darajada majburiy boʻlgan boʻlsa, huquqiy vorisga ham shu darajada majburiydir. Huquqiy voris ishga doir barcha materiallar bilan tanishishga haqli. | Huquqiy voris sud protsessiga kirishguniga qadar amalga oshirilgan barcha harakatlar huquqiy vorisga oʻrnini boʻshatib bergan shaxsga qay darajada majburiy boʻlgan boʻlsa, huquqiy vorisga ham shu darajada majburiydir. Huquqiy voris ishga doir barcha materiallar bilan tanishishga haqli. |
48-modda. Nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar | 48-modda. Nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar |
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar ishga kirishishi mumkin. Ular daʼvogarning barcha huquqlaridan foydalanadi va uning barcha majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi. | Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar ishga kirishishi mumkin. Ular daʼvogarning barcha huquqlaridan foydalanadi va uning barcha majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi. |
Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar ishga sud muhokamasi boshlanganidan soʻng kirishgan boʻlsa, ishni koʻrish boshidan boshlanadi. | Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar ishga sud muhokamasi boshlanganidan soʻng kirishgan boʻlsa, ishni koʻrish boshidan boshlanadi. |
49-modda. Nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar | 49-modda. Nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar |
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar, agar ish boʻyicha qabul qilinadigan hal qiluv qarori ularning taraflardan biriga nisbatan boʻlgan huquqlariga yoki majburiyatlariga taʼsir etadigan boʻlsa, sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar daʼvogar yoki javobgar tarafida ishga kirishishi mumkin. Ular taraflarning, prokurorning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomasi boʻyicha yoxud sudning tashabbusi bilan ham ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin. | Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar, agar ish boʻyicha qabul qilinadigan hal qiluv qarori ularning taraflardan biriga nisbatan boʻlgan huquqlariga yoki majburiyatlariga taʼsir etadigan boʻlsa, sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar daʼvogar yoki javobgar tarafida ishga kirishishi mumkin. Ular taraflarning, prokurorning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomasi boʻyicha yoxud sudning tashabbusi bilan ham ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin. |
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar taraflarning protsessual huquqlaridan foydalanadi va ularning protsessual majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi, bundan arz qilingan talablarning asosini yoki predmetini oʻzgartirish, miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish, ulardan voz kechish huquqi mustasno. | Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar taraflarning protsessual huquqlaridan foydalanadi va ularning protsessual majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi, bundan arz qilingan talablarning asosini yoki predmetini oʻzgartirish, miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish, ulardan voz kechish huquqi mustasno. |
Agar nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs oʻz harakatlari yoki harakatsizligi oqibatida daʼvogarning huquqlari buzilganligi toʻgʻrisida arz qilingan talablarni tan olgan taqdirda, sud majburiyatni bajarishni uchinchi shaxs zimmasiga yuklatish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilishga haqli. Xuddi shunday hollarda, daʼvogar va mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs oʻrtasida kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzilishiga yoʻl qoʻyiladi. | Agar nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs oʻz harakatlari yoki harakatsizligi oqibatida daʼvogarning huquqlari buzilganligi toʻgʻrisida arz qilingan talablarni tan olgan taqdirda, sud majburiyatni bajarishni uchinchi shaxs zimmasiga yuklatish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilishga haqli. Xuddi shunday hollarda, daʼvogar va mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs oʻrtasida kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzilishiga yoʻl qoʻyiladi. |
Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs ishga sud muhokamasi boshlangandan soʻng kirishgan boʻlsa, ishni koʻrish boshidan boshlanadi. | Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs ishga sud muhokamasi boshlangandan soʻng kirishgan boʻlsa, ishni koʻrish boshidan boshlanadi. |
50-modda. Ishda prokurorning ishtiroki | 50-modda. Ishda prokurorning ishtiroki |
Prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash va davlat budjetidan undiruvlar bilan bogʻliq ishlarda yoki prokurorning daʼvo arizasi (arizasi) asosida qoʻzgʻatilgan ishlarda ishtirok etishi mumkin. Prokuror boshqa shaxslarning arizasi bilan qoʻzgʻatilgan ishning muhokamasida oʻz tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas. | Prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash va davlat budjetidan undiruvlar eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish, ish tashlashni toʻxtatib turish, ish tashlashni noqonuniy deb topish bilan bogʻliq ishlarda yoki prokurorning daʼvo arizasi (arizasi) asosida qoʻzgʻatilgan ishlarda ishtirok etishi mumkin. Prokuror boshqa shaxslarning arizasi bilan qoʻzgʻatilgan ishning muhokamasida oʻz tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas. |
Prokuror davlat manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilishi mumkin. | Prokuror davlat manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilishi mumkin. |
Agar fuqaro sogʻligʻining holati, yoshi yoki boshqa sabablarga koʻra sudda oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega boʻlmasa, prokuror fuqaroning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga ega. | Agar fuqaro sogʻligʻining holati, yoshi yoki boshqa sabablarga koʻra sudda oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega boʻlmasa, prokuror fuqaroning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga ega. |
Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlariga daʼvo arizasini (arizani) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki ularning oʻrinbosarlari taqdim etadi. | Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlariga daʼvo arizasini (arizani) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki ularning oʻrinbosarlari taqdim etadi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolik ishlari boʻyicha sudlariga daʼvo arizasini (arizani) taqdim etishga haqli. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolik ishlari boʻyicha sudlariga daʼvo arizasini (arizani) taqdim etishga haqli. |
51-modda. Prokurorning protsessual huquq va majburiyatlari | 51-modda. Prokurorning protsessual huquq va majburiyatlari |
Ariza bergan prokuror daʼvogarning barcha protsessual huquqlaridan foydalanadi va barcha protsessual majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi, bundan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish huquqi va sud xarajatlarini toʻlash majburiyati mustasno. | Ariza bergan prokuror daʼvogarning barcha protsessual huquqlaridan foydalanadi va barcha protsessual majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi, bundan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish huquqi va sud xarajatlarini toʻlash majburiyati mustasno. |
Prokuror bergan arizasidan butunlay yoki qisman voz kechish, boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun oʻzi arz qilgan talablar boʻyicha sudga tushuntirishlar berish, ish mazmuni yuzasidan, shuningdek ishning muhokamasi vaqtida kelib chiqqan ayrim masalalar boʻyicha oʻz fikrini bayon etish, sud hujjati ustidan protest keltirish huquqiga ega. | Prokuror bergan arizasidan butunlay yoki qisman voz kechish, boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun oʻzi arz qilgan talablar boʻyicha sudga tushuntirishlar berish, ish mazmuni yuzasidan, shuningdek ishning muhokamasi vaqtida kelib chiqqan ayrim masalalar boʻyicha oʻz fikrini bayon etish, sud hujjati ustidan protest keltirish huquqiga ega. |
Agar daʼvogar rozi boʻlmasa, prokuror oʻzi arz qilgan talablarning asosini yoki predmetini oʻzgartirishga, qoʻshimcha talablar bildirishga, daʼvo talablarining miqdorini koʻpaytirishga yoxud kamaytirishga haqli emas. | Agar daʼvogar rozi boʻlmasa, prokuror oʻzi arz qilgan talablarning asosini yoki predmetini oʻzgartirishga, qoʻshimcha talablar bildirishga, daʼvo talablarining miqdorini koʻpaytirishga yoxud kamaytirishga haqli emas. |
Prokuror tomonidan daʼvogarning huquqlarini himoya qilish uchun taqdim etilgan daʼvodan daʼvogarning voz kechishi, agar bu uchinchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qilmasa, daʼvo arizasini (arizani) koʻrmasdan qoldirishga olib keladi. | Prokuror tomonidan daʼvogarning huquqlarini himoya qilish uchun taqdim etilgan daʼvodan daʼvogarning voz kechishi, agar bu uchinchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qilmasa, daʼvo arizasini (arizani) koʻrmasdan qoldirishga olib keladi. |
Prokurorning boshqa shaxs manfaatlarini himoya qilish uchun taqdim etgan oʻz daʼvosidan (arizasidan) voz kechishi, ushbu shaxsni ishni mazmunan koʻrib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi. | Prokurorning boshqa shaxs manfaatlarini himoya qilish uchun taqdim etgan oʻz daʼvosidan (arizasidan) voz kechishi, ushbu shaxsni ishni mazmunan koʻrib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi. |
52-modda. Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilayotgan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning protsessda ishtirok etishi | 52-modda. Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilayotgan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning protsessda ishtirok etishi |
Davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat etish huquqiga ega. | Davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat etish huquqiga ega. |
Davlat boshqaruvi organlari oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish, fuqarolar, jamiyat va davlatning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida ish yuzasidan xulosalar berish uchun sud tomonidan sud protsessida ishtirok etishga jalb qilinishi yoki oʻz tashabbusi bilan protsessga kirishishi mumkin. | Davlat boshqaruvi organlari oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish, fuqarolar, jamiyat va davlatning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida ish yuzasidan xulosalar berish uchun sud tomonidan sud protsessida ishtirok etishga jalb qilinishi yoki oʻz tashabbusi bilan protsessga kirishishi mumkin. |
53-modda. Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilayotgan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning protsessual huquq va majburiyatlari | 53-modda. Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilayotgan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning protsessual huquq va majburiyatlari |
Ushbu Kodeksning 52-moddasida koʻrsatilgan sud protsessi ishtirokchilari mazkur Kodeksning 40-moddasida nazarda tutilgan protsessual huquqlardan foydalanadi, shuningdek boshqa shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun arz qilingan talablarni toʻliq yoki qisman qoʻllab-quvvatlash, ulardan voz kechish, oʻzlari arz qilgan talablar boʻyicha tushuntirishlar berish huquqiga ega. Mazkur organlar, tashkilotlar va fuqarolarning boshqa shaxsning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga bergan arizasidan voz kechishi ushbu shaxsni ishni mazmunan koʻrib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi. | Ushbu Kodeksning 52-moddasida koʻrsatilgan sud protsessi ishtirokchilari mazkur Kodeksning 40-moddasida nazarda tutilgan protsessual huquqlardan foydalanadi, shuningdek boshqa shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun arz qilingan talablarni toʻliq yoki qisman qoʻllab-quvvatlash, ulardan voz kechish, oʻzlari arz qilgan talablar boʻyicha tushuntirishlar berish huquqiga ega. Mazkur organlar, tashkilotlar va fuqarolarning boshqa shaxsning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga bergan arizasidan voz kechishi ushbu shaxsni ishni mazmunan koʻrib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi. |
Davlat organi, tashkilot va boshqa shaxs tomonidan daʼvogarning huquqlarini himoya qilish uchun taqdim etilgan daʼvo arizasidan (arizadan) daʼvogarning (arizachining) voz kechishi, agar bu uchinchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qilmasa, daʼvo arizasini (arizani) koʻrmasdan qoldirishga olib keladi. | Davlat organi, tashkilot va boshqa shaxs tomonidan daʼvogarning huquqlarini himoya qilish uchun taqdim etilgan daʼvo arizasidan (arizadan) daʼvogarning (arizachining) voz kechishi, agar bu uchinchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qilmasa, daʼvo arizasini (arizani) koʻrmasdan qoldirishga olib keladi. |
54-modda. Odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar | 54-modda. Odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar |
Guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni saqlovchilar, ijro ishi yuritish xolislari va saqlovchilari odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslardir. | Guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni saqlovchilar, ijro ishi yuritish xolislari va saqlovchilari odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslardir. |
55-modda. Sud majlisi kotibi | 55-modda. Sud majlisi kotibi |
Sud majlisida sud majlisi kotibi vazifasini sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) bajaradi. | Sud majlisida sud majlisi kotibi vazifasini sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) bajaradi. |
56-modda. Guvoh | 56-modda. Guvoh |
Ishga doir biror holatdan xabardor boʻlgan har qanday shaxs guvoh boʻla oladi. | Ishga doir biror holatdan xabardor boʻlgan har qanday shaxs guvoh boʻla oladi. |
Quyidagilar guvoh sifatida chaqirilishi va soʻroq qilinishi mumkin emas: | Quyidagilar guvoh sifatida chaqirilishi va soʻroq qilinishi mumkin emas: |
vakil, himoyachi, advokat yoki mediator vazifalarini bajarishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan holatlar toʻgʻrisida — fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy ish boʻyicha vakillar yoki jinoyat ishi boʻyicha himoyachilar, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha advokatlar, mediatorlar; | vakil, himoyachi, advokat yoki mediator vazifalarini bajarishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan holatlar toʻgʻrisida — fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy ish boʻyicha vakillar yoki jinoyat ishi boʻyicha himoyachilar, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha advokatlar, mediatorlar; |
arbitrlar, arbitraj tarkibi tomonidan tayinlangan ekspertlar, arbitraj muassasasining xodimlari, hakamlik sudyalari — arbitraj yoki hakamlik muhokamasi davomida oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan holatlar toʻgʻrisida; | |
jismoniy nuqsonlari yoki ruhiy holatining buzilganligi sababli faktlarni toʻgʻri idrok qilishga yoki ular haqida toʻgʻri koʻrsatuvlar berishga layoqatsiz shaxslar. | jismoniy nuqsonlari yoki ruhiy holatining buzilganligi sababli faktlarni toʻgʻri idrok qilishga yoki ular haqida toʻgʻri koʻrsatuvlar berishga layoqatsiz shaxslar. |
57-modda. Guvohning majburiyatlari va javobgarligi | 57-modda. Guvohning majburiyatlari va javobgarligi |
Guvoh sifatida chaqirilgan shaxs sudga kelishi va toʻgʻri koʻrsatuvlar berishi shart. | Guvoh sifatida chaqirilgan shaxs sudga kelishi va toʻgʻri koʻrsatuvlar berishi shart. |
Agar guvoh sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra sud chaqiruvi boʻyicha kelmasa, shuningdek koʻrsatuvlar berishdan boʻyin tovlasa, u ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortilishi mumkin. | Agar guvoh sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra sud chaqiruvi boʻyicha kelmasa, shuningdek koʻrsatuvlar berishdan boʻyin tovlasa, u ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortilishi mumkin. |
Jarima solinishi guvohni sudga kelish va koʻrsatuvlar berish majburiyatidan ozod etmaydi. | Jarima solinishi guvohni sudga kelish va koʻrsatuvlar berish majburiyatidan ozod etmaydi. |
Bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganlik uchun guvoh Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasiga muvofiq javobgar boʻladi. | Bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganlik uchun guvoh Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasiga muvofiq javobgar boʻladi. |
58-modda. Ekspert | 58-modda. Ekspert |
Xulosa berish uchun zarur fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega boʻlgan jismoniy shaxs ekspert sifatida tayinlanishi mumkin. | Xulosa berish uchun zarur fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega boʻlgan jismoniy shaxs ekspert sifatida tayinlanishi mumkin. |
Ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin. | Ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin. |
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas. | Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas. |
59-modda. Ekspertning huquqlari | 59-modda. Ekspertning huquqlari |
Ekspert: ekspertiza predmetiga oid ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur maʼlumotlarni yozib olish yoki nusxa koʻchirish; joyida koʻzdan kechirishda ishtirok etish va ekspertizani oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; sud muhokamasida ekspertiza predmetiga taalluqli dalillarni tekshirishda ishtirok etish hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va guvohlarga sudning ruxsati bilan savollar berish; ashyoviy, yozma, raqamli dalillar va hujjatlarni koʻzdan kechirish; oʻz xulosasida nafaqat oʻzining oldiga qoʻyilgan savollar boʻyicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar boʻyicha ham fikrlarini bayon etish; uning xulosasi yoki koʻrsatuvlari ishda ishtirok etuvchi shaxslar va guvohlar tomonidan notoʻgʻri talqin qilinganligi xususida sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan bayonotlar berish; agar u sud muhokamasi yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, oʻz ona tilida xulosa taqdim etish va koʻrsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ishni yuritayotgan sudning qarorlari, sudyaning harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan boʻlsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish; ekspertiza oʻtkazilishi vaqtida qilingan xarajatlarni undirish huquqiga ega. | Ekspert: ekspertiza predmetiga oid ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur maʼlumotlarni yozib olish yoki nusxa koʻchirish; joyida koʻzdan kechirishda ishtirok etish va ekspertizani oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; sud muhokamasida ekspertiza predmetiga taalluqli dalillarni tekshirishda ishtirok etish hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va guvohlarga sudning ruxsati bilan savollar berish; ashyoviy, yozma, raqamli dalillar va hujjatlarni koʻzdan kechirish; oʻz xulosasida nafaqat oʻzining oldiga qoʻyilgan savollar boʻyicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar boʻyicha ham fikrlarini bayon etish; uning xulosasi yoki koʻrsatuvlari ishda ishtirok etuvchi shaxslar va guvohlar tomonidan notoʻgʻri talqin qilinganligi xususida sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan bayonotlar berish; agar u sud muhokamasi yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, oʻz ona tilida xulosa taqdim etish va koʻrsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ishni yuritayotgan sudning qarorlari, sudyaning harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan boʻlsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish; ekspertiza oʻtkazilishi vaqtida qilingan xarajatlarni undirish huquqiga ega. |
Agar ekspert qoʻyilgan savollarni oʻzining maxsus bilimlari asosida hal qilib boʻlmasligiga yoki oʻziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni toʻldirib boʻlmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qoʻyilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan sudga yuboradi. | Agar ekspert qoʻyilgan savollarni oʻzining maxsus bilimlari asosida hal qilib boʻlmasligiga yoki oʻziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni toʻldirib boʻlmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qoʻyilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan sudga yuboradi. |
60-modda. Ekspertning majburiyatlari va javobgarligi | 60-modda. Ekspertning majburiyatlari va javobgarligi |
Ekspert: ushbu Kodeksning 22-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda oʻzini oʻzi rad etishi haqida darhol arz qilishi; oʻziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va toʻliq tekshirishdan oʻtkazishi, oʻz oldiga qoʻyilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun sudning chaqiruviga binoan kelishi; oʻzi oʻtkazgan ekspertiza xususida koʻrsatuvlar berishi va oʻzi bergan xulosani tushuntirish uchun qoʻshimcha savollarga javob berishi; ekspertizani oʻtkazishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining saqlanishini taʼminlashi; sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart. | Ekspert: ushbu Kodeksning 22-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda oʻzini oʻzi rad etishi haqida darhol arz qilishi; oʻziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va toʻliq tekshirishdan oʻtkazishi, oʻz oldiga qoʻyilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun sudning chaqiruviga binoan kelishi; oʻzi oʻtkazgan ekspertiza xususida koʻrsatuvlar berishi va oʻzi bergan xulosani tushuntirish uchun qoʻshimcha savollarga javob berishi; ekspertizani oʻtkazishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining saqlanishini taʼminlashi; sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart. |
Ekspert xulosa berishdan asossiz ravishda bosh tortganligi uchun, shuningdek, agar sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra sudning chaqiruvi boʻyicha kelmasa, ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortiladi. | Ekspert xulosa berishdan asossiz ravishda bosh tortganligi uchun, shuningdek, agar sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra sudning chaqiruvi boʻyicha kelmasa, ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortiladi. |
Jarima solinishi ekspertni sudga kelish va xulosa berish majburiyatidan ozod etmaydi. | Jarima solinishi ekspertni sudga kelish va xulosa berish majburiyatidan ozod etmaydi. |
Bila turib yolgʻon xulosa berganlik, yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganlik uchun ekspert Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238, 239-moddalariga muvofiq javobgar boʻladi. | Bila turib yolgʻon xulosa berganlik, yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganlik uchun ekspert Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238, 239-moddalariga muvofiq javobgar boʻladi. |
61-modda. Mutaxassis | 61-modda. Mutaxassis |
Dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashda maslahatlar (tushuntirishlar) berish yoʻli bilan koʻmaklashish hamda ilmiy-texnika vositalarini qoʻllashda yordam berish maqsadida fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilim va koʻnikmaga ega boʻlgan, ishning yakunidan manfaatdor boʻlmagan voyaga yetgan shaxs sud majlisida yoki protsessual harakatlarda ishtirok etish uchun sud tomonidan mutaxassis sifatida jalb etilishi mumkin. | Dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashda maslahatlar (tushuntirishlar) berish yoʻli bilan koʻmaklashish hamda ilmiy-texnika vositalarini qoʻllashda yordam berish maqsadida fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilim va koʻnikmaga ega boʻlgan, ishning yakunidan manfaatdor boʻlmagan voyaga yetgan shaxs sud majlisida yoki protsessual harakatlarda ishtirok etish uchun sud tomonidan mutaxassis sifatida jalb etilishi mumkin. |
Mutaxassisni jalb qilish toʻgʻrisida ishni sud muhokamasiga tayyorlash haqidagi ajrimda, sud majlisi davomida esa sud majlisining bayonnomasida koʻrsatiladi. | Mutaxassisni jalb qilish toʻgʻrisida ishni sud muhokamasiga tayyorlash haqidagi ajrimda, sud majlisi davomida esa sud majlisining bayonnomasida koʻrsatiladi. |
Sudning mutaxassis chaqirish toʻgʻrisidagi talabi mutaxassis ishlab turgan tashkilot rahbari uchun majburiydir. | Sudning mutaxassis chaqirish toʻgʻrisidagi talabi mutaxassis ishlab turgan tashkilot rahbari uchun majburiydir. |
62-modda. Mutaxassisning huquq va majburiyatlari | 62-modda. Mutaxassisning huquq va majburiyatlari |
Mutaxassis sifatida chaqirilgan shaxs quyidagi huquqlarga ega: oʻzining nima maqsadda sudga chaqirilayotganligini bilish; agar maxsus bilim va koʻnikmalarga ega boʻlmasa, ish yuritishda ishtirok etishni rad qilish; protsessual harakat ishtirokchilariga sudning ruxsati bilan savollar berish; dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashga koʻmaklashayotganida, ilmiy-texnika vositalari qoʻllanishi, ekspertiza tayinlanishi uchun materiallar tayyorlayotganida oʻzi qilgan harakatlar bilan bogʻliq holatlarga protsessual harakat ishtirokchilarining eʼtiborini qaratish; oʻzi ishtirok etgan protsessual harakat bayonnomasi bilan, shuningdek sud majlisi bayonnomasining tegishli qismi bilan tanishish hamda oʻz ishtirokida amalga oshirilgan harakatlarning kechishi va natijalari qayd qilinishining toʻliqliligi va toʻgʻriligi xususida bayonnomaga kiritilishi lozim boʻlgan arzlar va fikrlarni bildirish; ish yuritishda protsessual harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etish bilan bogʻliq holda qilgan xarajatlarining oʻrni qoplanishi. | Mutaxassis sifatida chaqirilgan shaxs quyidagi huquqlarga ega: oʻzining nima maqsadda sudga chaqirilayotganligini bilish; agar maxsus bilim va koʻnikmalarga ega boʻlmasa, ish yuritishda ishtirok etishni rad qilish; protsessual harakat ishtirokchilariga sudning ruxsati bilan savollar berish; dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashga koʻmaklashayotganida, ilmiy-texnika vositalari qoʻllanishi, ekspertiza tayinlanishi uchun materiallar tayyorlayotganida oʻzi qilgan harakatlar bilan bogʻliq holatlarga protsessual harakat ishtirokchilarining eʼtiborini qaratish; oʻzi ishtirok etgan protsessual harakat bayonnomasi bilan, shuningdek sud majlisi bayonnomasining tegishli qismi bilan tanishish hamda oʻz ishtirokida amalga oshirilgan harakatlarning kechishi va natijalari qayd qilinishining toʻliqliligi va toʻgʻriligi xususida bayonnomaga kiritilishi lozim boʻlgan arzlar va fikrlarni bildirish; ish yuritishda protsessual harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etish bilan bogʻliq holda qilgan xarajatlarining oʻrni qoplanishi. |
Mutaxassis etib tayinlangan shaxs: sudning chaqiruviga binoan kelishi; protsessual harakatlarni amalga oshirishda va sud muhokamasida maxsus bilim, koʻnikmalar va ilmiy-texnika vositalaridan foydalangan holda ishtirok etishi; oʻzi bajarayotgan harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berishi; yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmasligi shart. Mutaxassisning yuzaga kelgan barcha masalalar boʻyicha maslahatlari sudga yozma ravishda taqdim etilishi kerak, sud muhokamasi davomida mutaxassis tomonidan berilgan tushuntirishlar esa sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi. | Mutaxassis etib tayinlangan shaxs: sudning chaqiruviga binoan kelishi; protsessual harakatlarni amalga oshirishda va sud muhokamasida maxsus bilim, koʻnikmalar va ilmiy-texnika vositalaridan foydalangan holda ishtirok etishi; oʻzi bajarayotgan harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berishi; yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmasligi shart. Mutaxassisning yuzaga kelgan barcha masalalar boʻyicha maslahatlari sudga yozma ravishda taqdim etilishi kerak, sud muhokamasi davomida mutaxassis tomonidan berilgan tushuntirishlar esa sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi. |
Agar mutaxassis sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra sud chaqiruvi boʻyicha kelmasa, shuningdek maslahatlar (tushuntirishlar) berishni asossiz ravishda rad etsa, ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortilishi mumkin. | Agar mutaxassis sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra sud chaqiruvi boʻyicha kelmasa, shuningdek maslahatlar (tushuntirishlar) berishni asossiz ravishda rad etsa, ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortilishi mumkin. |
Jarima solinishi mutaxassisni sudga kelish va maslahatlar (tushuntirishlar) berish majburiyatidan ozod etmaydi. | Jarima solinishi mutaxassisni sudga kelish va maslahatlar (tushuntirishlar) berish majburiyatidan ozod etmaydi. |
63-modda. Tarjimon | 63-modda. Tarjimon |
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan tayinlangan tarjima qilish uchun zarur boʻlgan tillarni biladigan shaxs tarjimondir. Sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tarjimon vazifalarini oʻz zimmasiga olishga haqli emas. | Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan tayinlangan tarjima qilish uchun zarur boʻlgan tillarni biladigan shaxs tarjimondir. Sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tarjimon vazifalarini oʻz zimmasiga olishga haqli emas. |
64-modda. Tarjimonning huquq va majburiyatlari | 64-modda. Tarjimonning huquq va majburiyatlari |
Tarjimon quyidagi huquqlarga ega: tarjimani aniqlashtirish maqsadida sud majlisi ishtirokchilariga savollar berish; agar tarjima qilish uchun tegishli bilimga ega boʻlmasa, sud muhokamasida ishtirok etishni rad etish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish; sud majlisi bayonnomasiga kiritilgan tarjimaning toʻgʻriligi yuzasidan eʼtirozlar taqdim etish. | Tarjimon quyidagi huquqlarga ega: tarjimani aniqlashtirish maqsadida sud majlisi ishtirokchilariga savollar berish; agar tarjima qilish uchun tegishli bilimga ega boʻlmasa, sud muhokamasida ishtirok etishni rad etish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish; sud majlisi bayonnomasiga kiritilgan tarjimaning toʻgʻriligi yuzasidan eʼtirozlar taqdim etish. |
Tarjimon tarjimani toʻliq va toʻgʻri amalga oshirishi, sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. | Tarjimon tarjimani toʻliq va toʻgʻri amalga oshirishi, sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. |
Tarjima qilishdan asossiz ravishda bosh tortganlik, shuningdek sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra sudning chaqiruvi boʻyicha kelmaganlik uchun tarjimon ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortiladi. | Tarjima qilishdan asossiz ravishda bosh tortganlik, shuningdek sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra sudning chaqiruvi boʻyicha kelmaganlik uchun tarjimon ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortiladi. |
Jarima solinishi tarjimonni sudga kelish va tarjima qilish majburiyatidan ozod etmaydi. | Jarima solinishi tarjimonni sudga kelish va tarjima qilish majburiyatidan ozod etmaydi. |
Tarjimon bila turib notoʻgʻri tarjima qilganlik, yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238, 239-moddalariga muvofiq jinoiy javobgar boʻladi, bu haqda u sud tomonidan tilxat olib ogohlantiriladi. | Tarjimon bila turib notoʻgʻri tarjima qilganlik, yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238, 239-moddalariga muvofiq jinoiy javobgar boʻladi, bu haqda u sud tomonidan tilxat olib ogohlantiriladi. |
7-bob. Sudda vakillik | 7-bob. Sudda vakillik |
65-modda. Vakillar orqali ish yuritish | 65-modda. Vakillar orqali ish yuritish |
Fuqarolar oʻz ishlarini sudda shaxsan yoki oʻz vakillari orqali yuritishi mumkin. Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish boʻyicha vakilga ega boʻlish huquqidan mahrum etmaydi. | Fuqarolar oʻz ishlarini sudda shaxsan yoki oʻz vakillari orqali yuritishi mumkin. Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish boʻyicha vakilga ega boʻlish huquqidan mahrum etmaydi. |
Tashkilotlar ishlarni oʻz rahbarlari yoki vakillari orqali yuritadi. | Tashkilotlar ishlarni oʻz rahbarlari yoki vakillari orqali yuritadi. |
66-modda. Qonuniy vakillik | 66-modda. Qonuniy vakillik |
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) himoya qiladi. | Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) himoya qiladi. |
Belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilgan fuqaro ishtirok etishi lozim boʻlgan ish boʻyicha uning vakili sifatida mazkur fuqaroning mol-mulkini qoʻriqlash va boshqarish uchun tayinlangan shaxs qatnashadi. | Belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilgan fuqaro ishtirok etishi lozim boʻlgan ish boʻyicha uning vakili sifatida mazkur fuqaroning mol-mulkini qoʻriqlash va boshqarish uchun tayinlangan shaxs qatnashadi. |
Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb eʼlon qilingan shaxsning merosxoʻri ishtirok etishi kerak boʻlgan ish boʻyicha, agar merosni hali hech kim qabul qilib olmagan boʻlsa, vasiy, homiy, yoxud meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi shaxs merosxoʻrning vakili sifatida qatnashadi. | Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb eʼlon qilingan shaxsning merosxoʻri ishtirok etishi kerak boʻlgan ish boʻyicha, agar merosni hali hech kim qabul qilib olmagan boʻlsa, vasiy, homiy, yoxud meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi shaxs merosxoʻrning vakili sifatida qatnashadi. |
Qonuniy vakil sudda ish olib borishni oʻzi vakil sifatida tanlagan boshqa shaxsga topshirish huquqiga ega. | Qonuniy vakil sudda ish olib borishni oʻzi vakil sifatida tanlagan boshqa shaxsga topshirish huquqiga ega. |
Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmagan shaxsning, muomalaga layoqatsiz yoki bedarak yoʻqolgan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili vakillik qilinayotgan shaxsning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga taalluqli ishlar koʻrib chiqilayotganda uning manfaatlarini koʻzlab barcha protsessual harakatlarni amalga oshiradi. | Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmagan shaxsning, muomalaga layoqatsiz yoki bedarak yoʻqolgan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili vakillik qilinayotgan shaxsning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga taalluqli ishlar koʻrib chiqilayotganda uning manfaatlarini koʻzlab barcha protsessual harakatlarni amalga oshiradi. |
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxsning, muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili ishlar koʻrib chiqilayotganda shu shaxsning manfaatlarini koʻzlab barcha protsessual harakatlarni cheklangan huquqlar doirasida amalga oshiradi. | Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxsning, muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili ishlar koʻrib chiqilayotganda shu shaxsning manfaatlarini koʻzlab barcha protsessual harakatlarni cheklangan huquqlar doirasida amalga oshiradi. |
67-modda. Shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakillik | 67-modda. Shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakillik |
Ishonch bildiruvchi oʻz huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish boʻyicha sudda ish yuritishni shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakillikka binoan vakilga topshiradi. | Ishonch bildiruvchi oʻz huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish boʻyicha sudda ish yuritishni shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakillikka binoan vakilga topshiradi. |
Quyidagilar shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakil boʻlishi mumkin: | Quyidagilar shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakil boʻlishi mumkin: |
1) advokatlar; | 1) advokatlar; |
2) nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan yoki yon shajara boʻyicha qarindoshlar, shuningdek er (xotin) yoxud uning qarindoshlari; | 2) nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan yoki yon shajara boʻyicha qarindoshlar, shuningdek er (xotin) yoxud uning qarindoshlari; |
3) yuridik shaxslarning xodimlari — shu yuridik shaxslarning ishlari boʻyicha; | 3) yuridik shaxslarning xodimlari — shu yuridik shaxslarning ishlari boʻyicha; |
4) notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari — shu tashkilotlar aʼzolarining ishlari boʻyicha; | 4) notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari — shu tashkilotlar aʼzolarining ishlari boʻyicha; |
5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari; | 5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari; |
6) birgalikda ishtirok etuvchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning topshirigʻi boʻyicha; | 6) birgalikda ishtirok etuvchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning topshirigʻi boʻyicha; |
7) ishni koʻrib chiqayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslarning vakillari sifatida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilgan shaxslar. | 7) ishni koʻrib chiqayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslarning vakillari sifatida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilgan shaxslar. |
Sudda ish yuritish boʻyicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat advokatlar shugʻullanishi mumkin. | Sudda ish yuritish boʻyicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat advokatlar shugʻullanishi mumkin. |
Sud daʼvogarning yoki javobgarning iltimosiga koʻra, “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatning ishtirok etishini taʼminlash choralarini koʻrishi shart. | Sud daʼvogarning yoki javobgarning iltimosiga koʻra, “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatning ishtirok etishini taʼminlash choralarini koʻrishi shart. |
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokat jalb etiladigan paytga qadar sud ishning muhokamasini keyinga qoldiradi. Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan eʼtiboran unga ishga kirishish uchun kamida toʻrt soat vaqt berilishi kerak. | Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokat jalb etiladigan paytga qadar sud ishning muhokamasini keyinga qoldiradi. Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan eʼtiboran unga ishga kirishish uchun kamida toʻrt soat vaqt berilishi kerak. |
68-modda. Vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish | 68-modda. Vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish |
Vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada koʻrsatilgan boʻlishi kerak. | Vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada koʻrsatilgan boʻlishi kerak. |
Fuqarolar tomonidan beriladigan ishonchnomalar notariuslar yoki notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlanadi. | Fuqarolar tomonidan beriladigan ishonchnomalar notariuslar yoki notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlanadi. |
Davlat boshqaruvi organlarining, mansabdor shaxslarning vakillari tegishli organ rahbarining yoki mansabdor shaxsning imzosi bilan beriladigan ishonchnoma boʻyicha harakat qiladi. | Davlat boshqaruvi organlarining, mansabdor shaxslarning vakillari tegishli organ rahbarining yoki mansabdor shaxsning imzosi bilan beriladigan ishonchnoma boʻyicha harakat qiladi. |
Tashkilot nomidan beriladigan ishonchnoma tashkilot rahbari tomonidan imzolanib, imzo tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi. | Tashkilot nomidan beriladigan ishonchnoma tashkilot rahbari tomonidan imzolanib, imzo tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi. |
Tashkilotlarning rahbarlari sudga oʻz xizmat lavozimlarini yoki vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi. | Tashkilotlarning rahbarlari sudga oʻz xizmat lavozimlarini yoki vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi. |
Advokatning vakolatlari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi. | Advokatning vakolatlari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi. |
69-modda. Vakilning vakolatlari | 69-modda. Vakilning vakolatlari |
Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga barcha protsessual harakatlarni vakolat beruvchi nomidan amalga oshirish huquqini beradi. | Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga barcha protsessual harakatlarni vakolat beruvchi nomidan amalga oshirish huquqini beradi. |
Shartnoma boʻyicha vakillik qiluvchining arz qilingan talablardan toʻliq yoki qisman voz kechish, ularning asosini yoki predmetini oʻzgartirish, miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish, daʼvogarning talablarini tan olish, kelishuv bitimi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuv yoki mediativ kelishuv tuzish, vakolatlarni boshqa shaxsga oʻtkazish (boshqa shaxsga ishonib topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, arizalarni imzolash, ijro varaqasini undiruvga taqdim etish, undirilgan mol-mulkni yoki pullarni olish vakolati har bir alohida holda vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus koʻrsatilgan boʻlishi kerak. | Shartnoma boʻyicha vakillik qiluvchining arz qilingan talablardan toʻliq yoki qisman voz kechish, ularning asosini yoki predmetini oʻzgartirish, miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish, daʼvogarning talablarini tan olish, kelishuv bitimi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuv yoki mediativ kelishuv tuzish, vakolatlarni boshqa shaxsga oʻtkazish (boshqa shaxsga ishonib topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, arizalarni imzolash, ijro varaqasini undiruvga taqdim etish, undirilgan mol-mulkni yoki pullarni olish vakolati har bir alohida holda vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus koʻrsatilgan boʻlishi kerak. |
70-modda. Sudda vakillik qilishi mumkin boʻlmagan shaxslar | 70-modda. Sudda vakillik qilishi mumkin boʻlmagan shaxslar |
Quyidagilar sudda vakillik qilishi mumkin emas: | Quyidagilar sudda vakillik qilishi mumkin emas: |
1) voyaga yetmagan shaxslar, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno; | 1) voyaga yetmagan shaxslar, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno; |
2) vasiylik va homiylik belgilangan shaxslar; | 2) vasiylik va homiylik belgilangan shaxslar; |
3) sudyalar, prokurorlar, surishtiruvchilar, tergovchilar, sud devoni xodimlari, bundan ular qonuniy vakil (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) sifatida, shuningdek tegishli sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlarining vakili sifatida qatnashgan hollar mustasno; | 3) sudyalar, prokurorlar, surishtiruvchilar, tergovchilar, sud devoni xodimlari, bundan ular qonuniy vakil (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) sifatida, shuningdek tegishli sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlarining vakili sifatida qatnashgan hollar mustasno; |
4) manfaatlari vakolat beruvchining manfaatlariga zid boʻlgan shaxslarga huquqiy yordam koʻrsatayotgan yoki ilgari yordam koʻrsatgan shaxslar; | 4) manfaatlari vakolat beruvchining manfaatlariga zid boʻlgan shaxslarga huquqiy yordam koʻrsatayotgan yoki ilgari yordam koʻrsatgan shaxslar; |
41) shu nizo bilan bogʻliq mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda mediator sifatida ishtirok etganlar, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan va mediatorning ishtiroki yuzasidan oʻzaro rozilik boʻlgan hollar mustasno; | 41) shu nizo bilan bogʻliq mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda mediator sifatida ishtirok etganlar, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan va mediatorning ishtiroki yuzasidan oʻzaro rozilik boʻlgan hollar mustasno; |
42) hakamlik muhokamasi davomida ayni shu nizo bilan bogʻliq holda hakamlik sudyasi sifatida ishtirok etgan shaxslar; | |
5) sudya, prokuror, sud majlisi kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon bilan qarindoshlik munosabatlarida boʻlgan shaxslar. | 5) sudya, prokuror, sud majlisi kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon bilan qarindoshlik munosabatlarida boʻlgan shaxslar. |
8-bob. Dalillar | 8-bob. Dalillar |
71-modda. Isbotlash vositalari | 71-modda. Isbotlash vositalari |
Taraflarning talablari va eʼtirozlarini asoslaydigan holatlarning mavjudligini yoki mavjud emasligini sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos boʻladigan har qanday faktik maʼlumot va ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlar fuqarolik ishi boʻyicha dalillardir. Bu maʼlumotlar quyidagi vositalar, yaʼni: taraflarning va uchinchi shaxslarning hamda ular qonuniy vakillarining tushuntirishlari, guvohlarning koʻrsatuvlari, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari) bilan aniqlanadi. | Taraflarning talablari va eʼtirozlarini asoslaydigan holatlarning mavjudligini yoki mavjud emasligini sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos boʻladigan har qanday faktik maʼlumot va ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlar fuqarolik ishi boʻyicha dalillardir. Bu maʼlumotlar quyidagi vositalar, yaʼni: taraflarning va uchinchi shaxslarning hamda ular qonuniy vakillarining tushuntirishlari, guvohlarning koʻrsatuvlari, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari) bilan aniqlanadi. |
Anonim xatlarda va kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan yoki qonunni buzgan holda olingan boshqa maʼlumotlar dalil boʻla olmaydi. | Anonim xatlarda va kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan yoki qonunni buzgan holda olingan boshqa maʼlumotlar dalil boʻla olmaydi. |
Taraflarning va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning koʻrsatuvlari ushbu Kodeksning 209-moddasida belgilangan tartibda videokonferensaloqa tizimidan foydalanish yoʻli bilan olinishi mumkin. | Taraflarning va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning koʻrsatuvlari ushbu Kodeksning 209-moddasida belgilangan tartibda videokonferensaloqa tizimidan foydalanish yoʻli bilan olinishi mumkin. |
72-modda. Isbotlash va dalillarni taqdim etish majburiyati | 72-modda. Isbotlash va dalillarni taqdim etish majburiyati |
Har bir taraf oʻzining talablari va eʼtirozlariga asos qilib koʻrsatgan holatlarni isbotlashi shart. | Har bir taraf oʻzining talablari va eʼtirozlariga asos qilib koʻrsatgan holatlarni isbotlashi shart. |
Sud qanday holatlar ish uchun ahamiyatga ega ekanligini, ularni taraflardan qaysi biri isbotlashi kerakligini aniqlaydi, hatto taraflar bu holatlarni dalil qilib keltirmagan boʻlsa ham ularni muhokamaga qoʻyadi. | Sud qanday holatlar ish uchun ahamiyatga ega ekanligini, ularni taraflardan qaysi biri isbotlashi kerakligini aniqlaydi, hatto taraflar bu holatlarni dalil qilib keltirmagan boʻlsa ham ularni muhokamaga qoʻyadi. |
Dalillar taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan taqdim etiladi. Sud ularga qoʻshimcha dalillar taqdim qilishni taklif etishi mumkin. Agar qoʻshimcha dalillar taqdim etish taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar uchun qiyinchilik tugʻdirsa, ularga sud dalillar toʻplashda ularning iltimosnomasiga koʻra koʻmaklashadi. | Dalillar taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan taqdim etiladi. Sud ularga qoʻshimcha dalillar taqdim qilishni taklif etishi mumkin. Agar qoʻshimcha dalillar taqdim etish taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar uchun qiyinchilik tugʻdirsa, ularga sud dalillar toʻplashda ularning iltimosnomasiga koʻra koʻmaklashadi. |
73-modda. Dalillarning aloqadorligi | 73-modda. Dalillarning aloqadorligi |
Sud faqat ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan dalillarni koʻrishga qabul qiladi. | Sud faqat ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan dalillarni koʻrishga qabul qiladi. |
Sudning dalilni qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi asoslantirilgan boʻlishi lozim. | Sudning dalilni qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi asoslantirilgan boʻlishi lozim. |
74-modda. Dalillarning maqbulligi | 74-modda. Dalillarning maqbulligi |
Qonun boʻyicha muayyan isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi shart boʻlgan ishning holatlari boshqa hech qanday isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi mumkin emas. | Qonun boʻyicha muayyan isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi shart boʻlgan ishning holatlari boshqa hech qanday isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi mumkin emas. |
75-modda. Isbotlashdan ozod qilish asoslari | 75-modda. Isbotlashdan ozod qilish asoslari |
Sud hammaga maʼlum deb topgan holatlar isbotlashga muhtoj emas. | Sud hammaga maʼlum deb topgan holatlar isbotlashga muhtoj emas. |
Bir fuqarolik ishi boʻyicha sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan faktlar xuddi shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa fuqarolik ishlari muhokamasida yangidan isbot qilinmaydi. | Bir fuqarolik ishi boʻyicha sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan faktlar xuddi shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa fuqarolik ishlari muhokamasida yangidan isbot qilinmaydi. |
Iqtisodiy yoki maʼmuriy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boshqa ishni koʻrayotgan sud uchun iqtisodiy yoki maʼmuriy sudning hal qiluv qarori bilan aniqlangan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga taalluqli boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi masalalar boʻyicha majburiydir. | Iqtisodiy yoki maʼmuriy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boshqa ishni koʻrayotgan sud uchun iqtisodiy yoki maʼmuriy sudning hal qiluv qarori bilan aniqlangan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga taalluqli boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi masalalar boʻyicha majburiydir. |
Jinoyat ishi boʻyicha qonuniy kuchga kirgan sud hukmi sud tomonidan hukm etilgan shaxs harakatlarining fuqarolik-huquqiy oqibatlari toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqayotgan sud uchun faqat shu harakatlar sodir etilganligi yoki sodir etilmaganligi va ular mazkur shaxs tomonidan sodir etilganligi yoki etilmaganligi masalalari yuzasidan majburiydir. | Jinoyat ishi boʻyicha qonuniy kuchga kirgan sud hukmi sud tomonidan hukm etilgan shaxs harakatlarining fuqarolik-huquqiy oqibatlari toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqayotgan sud uchun faqat shu harakatlar sodir etilganligi yoki sodir etilmaganligi va ular mazkur shaxs tomonidan sodir etilganligi yoki etilmaganligi masalalari yuzasidan majburiydir. |
Notarial harakat amalga oshirilganda notarius tomonidan tasdiqlangan holatlar, agar notarial tartibda rasmiylashtirilgan hujjatning haqiqiyligi ushbu Kodeksning 235 va 236-moddalarida belgilangan tartibda rad etilmagan yoki notarial harakatni amalga oshirish tartibi jiddiy tarzda buzilganligi aniqlanmagan boʻlsa, isbotlashni talab etmaydi. | Notarial harakat amalga oshirilganda notarius tomonidan tasdiqlangan holatlar, agar notarial tartibda rasmiylashtirilgan hujjatning haqiqiyligi ushbu Kodeksning 235 va 236-moddalarida belgilangan tartibda rad etilmagan yoki notarial harakatni amalga oshirish tartibi jiddiy tarzda buzilganligi aniqlanmagan boʻlsa, isbotlashni talab etmaydi. |
76-modda. Dalillarni taʼminlash | 76-modda. Dalillarni taʼminlash |
Oʻzlari uchun zarur boʻlgan dalillarni keyinchalik taqdim etish mumkin boʻlmay qoladi yoki qiyinlashadi, deyishiga asosi boʻlgan shaxslar ariza berishidan oldin ham yoki keyin ham suddan bu dalillarni taʼminlashni iltimos qilishi mumkin. | Oʻzlari uchun zarur boʻlgan dalillarni keyinchalik taqdim etish mumkin boʻlmay qoladi yoki qiyinlashadi, deyishiga asosi boʻlgan shaxslar ariza berishidan oldin ham yoki keyin ham suddan bu dalillarni taʼminlashni iltimos qilishi mumkin. |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudgacha boʻlgan jarayonda notarial tartibda dalillarni taʼminlash choralarini koʻrishga haqli. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudgacha boʻlgan jarayonda notarial tartibda dalillarni taʼminlash choralarini koʻrishga haqli. |
Chet davlatlar organlarida ish yuritish uchun zarur boʻlgan dalillarni taʼminlash qonunda belgilangan tartibda notariuslar tomonidan amalga oshiriladi. | Chet davlatlar organlarida ish yuritish uchun zarur boʻlgan dalillarni taʼminlash qonunda belgilangan tartibda notariuslar tomonidan amalga oshiriladi. |
77-modda. Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza | 77-modda. Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza |
Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza dalillarni taʼminlash bilan bogʻliq protsessual harakatlar amalga oshirilishi kerak boʻlgan hududda faoliyat olib borayotgan sudga beriladi. | Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza dalillarni taʼminlash bilan bogʻliq protsessual harakatlar amalga oshirilishi kerak boʻlgan hududda faoliyat olib borayotgan sudga beriladi. |
Arizada taʼminlanishi zarur boʻlgan dalillar, bu dalillar bilan tasdiqlanishi zarur boʻlgan holatlar, dalillarni taʼminlash toʻgʻrisida arizachini iltimosnoma bilan murojaat qilishga undagan sabablar, shuningdek taʼminlanadigan dalillar zarur boʻlgan yoki ular keyinchalik asqotishi mumkin boʻlgan ish koʻrsatilishi kerak. | Arizada taʼminlanishi zarur boʻlgan dalillar, bu dalillar bilan tasdiqlanishi zarur boʻlgan holatlar, dalillarni taʼminlash toʻgʻrisida arizachini iltimosnoma bilan murojaat qilishga undagan sabablar, shuningdek taʼminlanadigan dalillar zarur boʻlgan yoki ular keyinchalik asqotishi mumkin boʻlgan ish koʻrsatilishi kerak. |
78-modda. Dalillarni taʼminlash tartibi | 78-modda. Dalillarni taʼminlash tartibi |
Dalillarni taʼminlash ushbu Kodeksda belgilangan dalillarni toʻplash va tekshirish qoidalari boʻyicha sud tomonidan amalga oshiriladi. Arizachi va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar dalillarni taʼminlash vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi, biroq ularning kelmaganligi dalillarni taʼminlash haqidagi arizani koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. Kechiktirish, shuningdek keyinchalik arizachi bilan kimning oʻrtasida nizo kelib chiqishini aniqlash mumkin boʻlmagan hollarda, dalillarni taʼminlash faqat arizachining oʻzini xabardor qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. | Dalillarni taʼminlash ushbu Kodeksda belgilangan dalillarni toʻplash va tekshirish qoidalari boʻyicha sud tomonidan amalga oshiriladi. Arizachi va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar dalillarni taʼminlash vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi, biroq ularning kelmaganligi dalillarni taʼminlash haqidagi arizani koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. Kechiktirish, shuningdek keyinchalik arizachi bilan kimning oʻrtasida nizo kelib chiqishini aniqlash mumkin boʻlmagan hollarda, dalillarni taʼminlash faqat arizachining oʻzini xabardor qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. |
Dalillarni taʼminlash tartibida taraflarning, uchinchi shaxslarning tushuntirishlari eshitiladi, guvohlar soʻroq qilinadi, ekspertiza tayinlanadi, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar talab qilib olinadi yoki koʻzdan kechiriladi, joyga borib koʻzdan kechirish oʻtkaziladi. | Dalillarni taʼminlash tartibida taraflarning, uchinchi shaxslarning tushuntirishlari eshitiladi, guvohlar soʻroq qilinadi, ekspertiza tayinlanadi, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar talab qilib olinadi yoki koʻzdan kechiriladi, joyga borib koʻzdan kechirish oʻtkaziladi. |
Dalillarni taʼminlash tartibida toʻplangan barcha materiallar ishni koʻrib chiqayotgan sudga yuboriladi yoki arizachiga beriladi. | Dalillarni taʼminlash tartibida toʻplangan barcha materiallar ishni koʻrib chiqayotgan sudga yuboriladi yoki arizachiga beriladi. |
79-modda. Dalillarni taʼminlash masalalariga doir ajrim ustidan shikoyat qilish | 79-modda. Dalillarni taʼminlash masalalariga doir ajrim ustidan shikoyat qilish |
Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas. | Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas. |
Dalillarni taʼminlashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. | Dalillarni taʼminlashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. |
80-modda. Dalillarga baho berish | 80-modda. Dalillarga baho berish |
Sud dalillarga ishning hamma holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan holda, har taraflama, toʻliq va xolis koʻrib chiqishga asoslangan oʻz ichki ishonchi boʻyicha baho beradi. | Sud dalillarga ishning hamma holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan holda, har taraflama, toʻliq va xolis koʻrib chiqishga asoslangan oʻz ichki ishonchi boʻyicha baho beradi. |
Har bir dalil aloqadorlik, maqbullik va ishonchlilik nuqtai nazaridan, dalillarning majmui esa yetarlilik nuqtai nazaridan baholanishi lozim. | Har bir dalil aloqadorlik, maqbullik va ishonchlilik nuqtai nazaridan, dalillarning majmui esa yetarlilik nuqtai nazaridan baholanishi lozim. |
Agar tekshirish natijasida dalilning haqiqatga toʻgʻri kelishi aniqlansa, u ishonchli deb topiladi. | Agar tekshirish natijasida dalilning haqiqatga toʻgʻri kelishi aniqlansa, u ishonchli deb topiladi. |
Hech bir dalil sud uchun oldindan belgilab qoʻyilgan kuchga ega emas. | Hech bir dalil sud uchun oldindan belgilab qoʻyilgan kuchga ega emas. |
Dalillarga baho berish natijalarini sud hal qiluv qarorida aks ettirishi shart boʻlib, unda ayrim dalillar sudning xulosalarini asoslash vositasi sifatida qabul qilinganligi, boshqa dalillar sud tomonidan rad etilganligi sabablari, shuningdek ayrim dalillarning boshqa dalillarga nisbatan afzalligi asoslari keltiriladi. | Dalillarga baho berish natijalarini sud hal qiluv qarorida aks ettirishi shart boʻlib, unda ayrim dalillar sudning xulosalarini asoslash vositasi sifatida qabul qilinganligi, boshqa dalillar sud tomonidan rad etilganligi sabablari, shuningdek ayrim dalillarning boshqa dalillarga nisbatan afzalligi asoslari keltiriladi. |
Hujjatlarga yoki boshqa yozma dalillarga baho berishda sud boshqa dalillarni inobatga olgan holda, bunday hujjat yoki yozma dalil shu turdagi dalillarni taqdim etishga vakolatli boʻlgan organ tomonidan berilganligiga, hujjatni imzolab tasdiqlash huquqiga ega shaxs tomonidan imzolanganligiga, mazkur turdagi dalilning boshqa barcha ajralmas rekvizitlar mavjudligiga ishonch hosil qilishi shart. | Hujjatlarga yoki boshqa yozma dalillarga baho berishda sud boshqa dalillarni inobatga olgan holda, bunday hujjat yoki yozma dalil shu turdagi dalillarni taqdim etishga vakolatli boʻlgan organ tomonidan berilganligiga, hujjatni imzolab tasdiqlash huquqiga ega shaxs tomonidan imzolanganligiga, mazkur turdagi dalilning boshqa barcha ajralmas rekvizitlar mavjudligiga ishonch hosil qilishi shart. |
Hujjatning yoki boshqa yozma dalilning koʻchirma nusxasiga baho berishda sud nusxa koʻchirish vaqtida uning asliga nisbatan mazmuni oʻzgarib qolmaganligini, nusxa koʻchirish qanday texnik usulda bajarilganligini, nusxa koʻchirish hujjatning koʻchirma nusxasi uning asli bilan bir xilligini kafolatlashini, hujjatning koʻchirma nusxasi qanday tarzda saqlanganligini tekshiradi. | Hujjatning yoki boshqa yozma dalilning koʻchirma nusxasiga baho berishda sud nusxa koʻchirish vaqtida uning asliga nisbatan mazmuni oʻzgarib qolmaganligini, nusxa koʻchirish qanday texnik usulda bajarilganligini, nusxa koʻchirish hujjatning koʻchirma nusxasi uning asli bilan bir xilligini kafolatlashini, hujjatning koʻchirma nusxasi qanday tarzda saqlanganligini tekshiradi. |
Agar hujjatning asli yoʻqolgan va sudga taqdim etilmagan boʻlsa, nizolashayotgan har bir taraf tomonidan taqdim etilgan ushbu hujjatning koʻchirma nusxalari esa oʻzaro bir xil boʻlmagan hamda boshqa dalillar yordamida hujjatning asl mazmunini aniqlashning iloji boʻlmagan taqdirda, sud hujjatning yoki boshqa yozma dalilning faqat koʻchirma nusxasi bilan tasdiqlangan holatlarni isbotlangan deb hisoblashi mumkin emas. | Agar hujjatning asli yoʻqolgan va sudga taqdim etilmagan boʻlsa, nizolashayotgan har bir taraf tomonidan taqdim etilgan ushbu hujjatning koʻchirma nusxalari esa oʻzaro bir xil boʻlmagan hamda boshqa dalillar yordamida hujjatning asl mazmunini aniqlashning iloji boʻlmagan taqdirda, sud hujjatning yoki boshqa yozma dalilning faqat koʻchirma nusxasi bilan tasdiqlangan holatlarni isbotlangan deb hisoblashi mumkin emas. |
81-modda. Taraflar va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari | 81-modda. Taraflar va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari |
Taraflar va uchinchi shaxslarning hamda ular qonuniy vakillarining oʻzlariga maʼlum boʻlgan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi tushuntirishlari ish yuzasidan toʻplangan boshqa dalillar qatori tekshirilishi va baholanishi lozim. | Taraflar va uchinchi shaxslarning hamda ular qonuniy vakillarining oʻzlariga maʼlum boʻlgan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi tushuntirishlari ish yuzasidan toʻplangan boshqa dalillar qatori tekshirilishi va baholanishi lozim. |
Taraflardan biri oʻzining talablari yoki eʼtirozlariga asos qilib olgan faktlarni boshqa taraf tomonidan tan olinishi birinchi tarafni bu faktlar isbotini davom ettirish zaruriyatidan ozod qiladi. Agar muayyan fakt xususida sudning shubhasi boʻlsa, bu fakt umumiy asoslarga koʻra isbotlanishi lozim. | Taraflardan biri oʻzining talablari yoki eʼtirozlariga asos qilib olgan faktlarni boshqa taraf tomonidan tan olinishi birinchi tarafni bu faktlar isbotini davom ettirish zaruriyatidan ozod qiladi. Agar muayyan fakt xususida sudning shubhasi boʻlsa, bu fakt umumiy asoslarga koʻra isbotlanishi lozim. |
Faktni tan olish sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi va tan olgan taraf uni imzolaydi. Agar faktni tan olish yozma arizada bayon etilgan boʻlsa, mazkur ariza ishga qoʻshib qoʻyiladi. | Faktni tan olish sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi va tan olgan taraf uni imzolaydi. Agar faktni tan olish yozma arizada bayon etilgan boʻlsa, mazkur ariza ishga qoʻshib qoʻyiladi. |
82-modda. Guvohni chaqirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma | 82-modda. Guvohni chaqirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma |
Guvohni chaqirish toʻgʻrisida iltimosnoma taqdim etuvchi shaxs guvohning ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan qanday holatlarni tasdiqlay olishi mumkinligini koʻrsatishi va sudga uning familiyasi, ismi, otasining ismini, yashash joyini yoki ish, oʻqish joyini maʼlum qilishi shart. | Guvohni chaqirish toʻgʻrisida iltimosnoma taqdim etuvchi shaxs guvohning ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan qanday holatlarni tasdiqlay olishi mumkinligini koʻrsatishi va sudga uning familiyasi, ismi, otasining ismini, yashash joyini yoki ish, oʻqish joyini maʼlum qilishi shart. |
83-modda. Guvohlarni ularning yashash joylarida soʻroq qilish | 83-modda. Guvohlarni ularning yashash joylarida soʻroq qilish |
Ishni koʻrayotgan sud joylashgan yerdan tashqarida doimiy yashaydigan va uzrli sabablarga koʻra sud majlisiga kelish imkoniga ega boʻlmagan guvohlar sudning tashabbusi bilan, taraflarning yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomasiga koʻra yoxud guvohning oʻz iltimosnomasi boʻyicha, ishni koʻrib chiqayotgan sudning topshirigʻiga binoan oʻzlari yashab turgan joydagi sud tomonidan yoki videokonferensaloqadan foydalangan holda soʻroq qilinishi mumkin. Bu guvohlar ishni koʻrib chiqayotgan sud majlisiga kelgan taqdirda, ular sud tomonidan soʻroq qilinadi. | Ishni koʻrayotgan sud joylashgan yerdan tashqarida doimiy yashaydigan va uzrli sabablarga koʻra sud majlisiga kelish imkoniga ega boʻlmagan guvohlar sudning tashabbusi bilan, taraflarning yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomasiga koʻra yoxud guvohning oʻz iltimosnomasi boʻyicha, ishni koʻrib chiqayotgan sudning topshirigʻiga binoan oʻzlari yashab turgan joydagi sud tomonidan yoki videokonferensaloqadan foydalangan holda soʻroq qilinishi mumkin. Bu guvohlar ishni koʻrib chiqayotgan sud majlisiga kelgan taqdirda, ular sud tomonidan soʻroq qilinadi. |
84-modda. Yozma dalillar | 84-modda. Yozma dalillar |
Ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar, shartnomalar, maʼlumotnomalar, ishga oid yozishmalar, raqamli, grafik yozuv shaklida bajarilgan hujjatlar va materiallar, shu jumladan faks, elektron yoki boshqa aloqa vositasida yoxud hujjatning haqiqiyligini aniqlash imkonini beradigan oʻzga usulda olingan boshqa hujjatlar va materiallar yozma dalillardir. | Ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar, shartnomalar, maʼlumotnomalar, ishga oid yozishmalar, raqamli, grafik yozuv shaklida bajarilgan hujjatlar va materiallar, shu jumladan faks, elektron yoki boshqa aloqa vositasida yoxud hujjatning haqiqiyligini aniqlash imkonini beradigan oʻzga usulda olingan boshqa hujjatlar va materiallar yozma dalillardir. |
Sudga taqdim etilayotgan, toʻliq yoki qisman chet tilida tuzilgan yozma dalillarga ularning tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimalari ilova qilinadi. | Sudga taqdim etilayotgan, toʻliq yoki qisman chet tilida tuzilgan yozma dalillarga ularning tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimalari ilova qilinadi. |
Chet davlatda olingan hujjat, agar u qonunchilikda belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan boʻlsa, sudda yozma dalil deb tan olinadi. | Chet davlatda olingan hujjat, agar u qonunchilikda belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan boʻlsa, sudda yozma dalil deb tan olinadi. |
Chet davlatda olingan hujjat Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan hollarda legalizatsiya qilinmasdan sudda yozma dalil deb tan olinadi. | Chet davlatda olingan hujjat Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan hollarda legalizatsiya qilinmasdan sudda yozma dalil deb tan olinadi. |
85-modda. Yozma dalillarni taqdim etish va talab qilib olish | 85-modda. Yozma dalillarni taqdim etish va talab qilib olish |
Yozma dalilni taqdim etuvchi shaxs ushbu dalil bilan ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan qanday holatlarni aniqlash mumkin ekanligini koʻrsatishi, talab qilib olish haqida iltimosnoma taqdim etilganda esa bu qanday dalil ekanligini koʻrsatishi va yozma dalil muayyan shaxsda deb hisoblashi uchun qanday asosi borligini koʻrsatishi shart. | Yozma dalilni taqdim etuvchi shaxs ushbu dalil bilan ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan qanday holatlarni aniqlash mumkin ekanligini koʻrsatishi, talab qilib olish haqida iltimosnoma taqdim etilganda esa bu qanday dalil ekanligini koʻrsatishi va yozma dalil muayyan shaxsda deb hisoblashi uchun qanday asosi borligini koʻrsatishi shart. |
Sud tomonidan davlat organlaridan, tashkilotlardan yoki fuqarolardan talab qilinadigan yozma dalillar bevosita sudga yuboriladi. | Sud tomonidan davlat organlaridan, tashkilotlardan yoki fuqarolardan talab qilinadigan yozma dalillar bevosita sudga yuboriladi. |
Sud yozma dalilni talab qilib olish haqida iltimosnoma bergan shaxsga ushbu dalilni sudga taqdim etish uchun olish huquqiga doir soʻrov ham berishi mumkin. | Sud yozma dalilni talab qilib olish haqida iltimosnoma bergan shaxsga ushbu dalilni sudga taqdim etish uchun olish huquqiga doir soʻrov ham berishi mumkin. |
86-modda. Yozma dalillarni taqdim etish majburiyati | 86-modda. Yozma dalillarni taqdim etish majburiyati |
Ishda ishtirok etmayotgan fuqarolar va tashkilotlar sud talab qilayotgan yozma dalillarni taqdim etish imkoniga ega boʻlmasa, bu haqda sudni xabardor qilib, sababini koʻrsatishi shart. | Ishda ishtirok etmayotgan fuqarolar va tashkilotlar sud talab qilayotgan yozma dalillarni taqdim etish imkoniga ega boʻlmasa, bu haqda sudni xabardor qilib, sababini koʻrsatishi shart. |
Agar shaxs, sud undan talab qilayotgan yozma dalilni taqdim etish yoki sud tomonidan belgilangan muddatda taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlmasa, u sudning soʻrovini olgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddat ichida buning sabablarini koʻrsatgan holda sudni xabardor qilishi shart. | Agar shaxs, sud undan talab qilayotgan yozma dalilni taqdim etish yoki sud tomonidan belgilangan muddatda taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlmasa, u sudning soʻrovini olgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddat ichida buning sabablarini koʻrsatgan holda sudni xabardor qilishi shart. |
Sud xabardor qilinmagan taqdirda, shuningdek yozma dalilni taqdim etish uzrli sabablarsiz rad qilingan taqdirda, sud tashkilotlarning aybdor mansabdor shaxslariga, shuningdek fuqarolarga ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarima soladi. | Sud xabardor qilinmagan taqdirda, shuningdek yozma dalilni taqdim etish uzrli sabablarsiz rad qilingan taqdirda, sud tashkilotlarning aybdor mansabdor shaxslariga, shuningdek fuqarolarga ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarima soladi. |
Jarima solinishi tegishli mansabdor shaxslarni va fuqarolarni sud talab qilayotgan yozma dalilni taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi. | Jarima solinishi tegishli mansabdor shaxslarni va fuqarolarni sud talab qilayotgan yozma dalilni taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi. |
87-modda. Yozma dalillarning aslini taqdim etish | 87-modda. Yozma dalillarning aslini taqdim etish |
Qoida tariqasida, yozma dalillarning asli yoki tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi taqdim etiladi. Agar hujjatning koʻchirma nusxasi taqdim etilgan boʻlsa, sud zarur hollarda, uning aslini taqdim etishni talab qilishga haqli. Agar koʻrib chiqilayotgan ishga hujjatning faqat bir qismi taalluqli boʻlsa, undan tasdiqlangan koʻchirma nusxa taqdim etilishi mumkin. | Qoida tariqasida, yozma dalillarning asli yoki tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi taqdim etiladi. Agar hujjatning koʻchirma nusxasi taqdim etilgan boʻlsa, sud zarur hollarda, uning aslini taqdim etishni talab qilishga haqli. Agar koʻrib chiqilayotgan ishga hujjatning faqat bir qismi taalluqli boʻlsa, undan tasdiqlangan koʻchirma nusxa taqdim etilishi mumkin. |
88-modda. Yozma dalillarni ular saqlanayotgan joyda koʻzdan kechirish va tekshirish | 88-modda. Yozma dalillarni ular saqlanayotgan joyda koʻzdan kechirish va tekshirish |
Yozma dalillarni sudga taqdim etish ularning koʻpligi yoki ulardan faqat bir qismi ish uchun ahamiyatli ekanligi oqibatida qiyinlashgan taqdirda, sud ularning tegishli ravishda tasdiqlangan koʻchirmasini talab qilishi yoki dalillarni ular saqlanayotgan joyda koʻzdan kechirishi va tekshirishi mumkin. | Yozma dalillarni sudga taqdim etish ularning koʻpligi yoki ulardan faqat bir qismi ish uchun ahamiyatli ekanligi oqibatida qiyinlashgan taqdirda, sud ularning tegishli ravishda tasdiqlangan koʻchirmasini talab qilishi yoki dalillarni ular saqlanayotgan joyda koʻzdan kechirishi va tekshirishi mumkin. |
89-modda. Hujjatlarning aslini qaytarish | 89-modda. Hujjatlarning aslini qaytarish |
Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin ishdagi hujjatning asli uni taqdim etgan shaxsning iltimosnomasiga koʻra qaytarilib, hujjatning sudya tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxasi ishda qoldirilishi mumkin. | Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin ishdagi hujjatning asli uni taqdim etgan shaxsning iltimosnomasiga koʻra qaytarilib, hujjatning sudya tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxasi ishda qoldirilishi mumkin. |
Agar sud mumkin deb topsa, sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga qadar yozma dalillar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytarilishi mumkin. Mazkur shaxslar iltimosnoma bilan birga hujjat aslining tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasini taqdim etadi yoki ishda qolayotgan koʻchirma nusxani sud tomonidan tasdiqlash toʻgʻrisida iltimosnoma beradi. | Agar sud mumkin deb topsa, sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga qadar yozma dalillar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytarilishi mumkin. Mazkur shaxslar iltimosnoma bilan birga hujjat aslining tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasini taqdim etadi yoki ishda qolayotgan koʻchirma nusxani sud tomonidan tasdiqlash toʻgʻrisida iltimosnoma beradi. |
891-modda. Elektron maʼlumotlar | 891-modda. Elektron maʼlumotlar |
Elektron maʼlumotlar elektron qurilmalardan va axborot tizimlaridan, shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan xolda yaratiladigan, ishlov beriladigan xamda saqlanadigan maʼlumotlardir. | Elektron maʼlumotlar elektron qurilmalardan va axborot tizimlaridan, shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan xolda yaratiladigan, ishlov beriladigan xamda saqlanadigan maʼlumotlardir. |
Ishda ishtirok etuvchi taraflar, guvohlar hamda boshqa shaxslar elektron maʼlumotlarni ushbu maʼlumotlarning koʻchirma nusxasini elektron jismdan elektron maʼlumotlar mavjud boʻlgan boshqa elektron jismga olish orqali taqdim etishga haqli. | Ishda ishtirok etuvchi taraflar, guvohlar hamda boshqa shaxslar elektron maʼlumotlarni ushbu maʼlumotlarning koʻchirma nusxasini elektron jismdan elektron maʼlumotlar mavjud boʻlgan boshqa elektron jismga olish orqali taqdim etishga haqli. |
Sud taqdim etilgan elektron maʼlumotlarni mutaxassis ishtirokida qabul qilib oladi hamda elektron maʼlumotlar mavjud boʻlgan birlamchi elektron jismni koʻzdan kechiradi. | Sud taqdim etilgan elektron maʼlumotlarni mutaxassis ishtirokida qabul qilib oladi hamda elektron maʼlumotlar mavjud boʻlgan birlamchi elektron jismni koʻzdan kechiradi. |
Ish uchun ahamiyatga ega boʻlmagan elektron maʼlumotlar mavjud boʻlgan elektron jismlar egalariga darhol qaytarib beriladi. | Ish uchun ahamiyatga ega boʻlmagan elektron maʼlumotlar mavjud boʻlgan elektron jismlar egalariga darhol qaytarib beriladi. |
892-modda. Raqamli dalillar | 892-modda. Raqamli dalillar |
Ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan elektron maʼlumotlar, shu jumladan elektron tarzdagi fayllar, audio-, videoyozuvlar, Internet jahon axborot tarmogʻida saqlanayotgan maʼlumotlar, shuningdek boshqa elektron maʼlumotlar raqamli dalillardir. | Ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan elektron maʼlumotlar, shu jumladan elektron tarzdagi fayllar, audio-, videoyozuvlar, Internet jahon axborot tarmogʻida saqlanayotgan maʼlumotlar, shuningdek boshqa elektron maʼlumotlar raqamli dalillardir. |
Raqamli dalildan koʻchirma nusxa olishga, basharti uning yaxlitligi va aynan oʻxshashligi saqlansa, yoʻl qoʻyiladi. | Raqamli dalildan koʻchirma nusxa olishga, basharti uning yaxlitligi va aynan oʻxshashligi saqlansa, yoʻl qoʻyiladi. |
Raqamli dalildan koʻchirma nusxa olishga yoʻl qoʻyilishi oʻzidan mazkur koʻchirma nusxa olingan raqamli dalilning asli mavjudligi bilan taʼminlanadi, bundan notarius tomonidan tasdiqlangan raqamli dalillar mustasno. Ishda ishtirok etuvchi taraflar, guvohlar va boshqa shaxslar raqamli dalillarning koʻchirma nusxalarini qogʻozda chop etilgan shaklda taqdim etish huquqiga ega. Bunda raqamli dalilning qogʻozdagi shakli yozma dalil deb hisoblanishi mumkin emas, bundan notarius tomonidan tasdiqlangan raqamli dalil mustasno. | Raqamli dalildan koʻchirma nusxa olishga yoʻl qoʻyilishi oʻzidan mazkur koʻchirma nusxa olingan raqamli dalilning asli mavjudligi bilan taʼminlanadi, bundan notarius tomonidan tasdiqlangan raqamli dalillar mustasno. Ishda ishtirok etuvchi taraflar, guvohlar va boshqa shaxslar raqamli dalillarning koʻchirma nusxalarini qogʻozda chop etilgan shaklda taqdim etish huquqiga ega. Bunda raqamli dalilning qogʻozdagi shakli yozma dalil deb hisoblanishi mumkin emas, bundan notarius tomonidan tasdiqlangan raqamli dalil mustasno. |
Sud jarayonida tuzilgan protsessual bayonnomalarga ilova qilingan, elektron maʼlumotlar tarzida shakllantirilgan audio- va videoyozuvlar ham raqamli dalillar hisoblanadi. | Sud jarayonida tuzilgan protsessual bayonnomalarga ilova qilingan, elektron maʼlumotlar tarzida shakllantirilgan audio- va videoyozuvlar ham raqamli dalillar hisoblanadi. |
Raqamli dalilning koʻchirma nusxasi ish materiallari bilan birga saqlanadi. | Raqamli dalilning koʻchirma nusxasi ish materiallari bilan birga saqlanadi. |
893-modda. Raqamli dalillarni taqdim etish majburiyati | 893-modda. Raqamli dalillarni taqdim etish majburiyati |
Fuqarolar, shuningdek korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari oʻz tasarrufida boʻlgan, sud harakatlarini amalga oshirishda foydalanish uchun zarur boʻlgan elektron maʼlumotlarni sudning qonuniy talabiga koʻra elektron jismlar bilan birga taqdim etishi shart. | Fuqarolar, shuningdek korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari oʻz tasarrufida boʻlgan, sud harakatlarini amalga oshirishda foydalanish uchun zarur boʻlgan elektron maʼlumotlarni sudning qonuniy talabiga koʻra elektron jismlar bilan birga taqdim etishi shart. |
Agar sud tomonidan raqamli dalillar talab qilinayotgan shaxs uni sud belgilagan muddatda taqdim etish imkoniga ega boʻlmasa, ushbu shaxs sabablarni koʻrsatgan holda bu haqda sudni xabardor qilishi shart. | Agar sud tomonidan raqamli dalillar talab qilinayotgan shaxs uni sud belgilagan muddatda taqdim etish imkoniga ega boʻlmasa, ushbu shaxs sabablarni koʻrsatgan holda bu haqda sudni xabardor qilishi shart. |
Raqamli dalillarni oʻz ixtiyori bilan taqdim etayotgan shaxs ushbu dalillar yordamida ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan qanday holatlarni aniqlash mumkin ekanligini maʼlum qiladi. | Raqamli dalillarni oʻz ixtiyori bilan taqdim etayotgan shaxs ushbu dalillar yordamida ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan qanday holatlarni aniqlash mumkin ekanligini maʼlum qiladi. |
Ishda ishtirok etayotgan shaxs boshqa shaxslar tasarrufida boʻlgan, ish uchun muhim boʻlgan raqamli dalillarni talab qilib olish haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega. Bunda iltimosnoma berayotgan shaxs raqamli dalillar muayyan shaxsda qaysi asosga koʻra turganligini, shuningdek ularning joylashgan yeri haqida maʼlum qiladi. | Ishda ishtirok etayotgan shaxs boshqa shaxslar tasarrufida boʻlgan, ish uchun muhim boʻlgan raqamli dalillarni talab qilib olish haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega. Bunda iltimosnoma berayotgan shaxs raqamli dalillar muayyan shaxsda qaysi asosga koʻra turganligini, shuningdek ularning joylashgan yeri haqida maʼlum qiladi. |
Sud raqamli dalillarni talab qilib olish haqida iltimosnoma berayotgan shaxsga raqamli dalilni sudga taqdim etish uchun olish huquqiga doir soʻrov berishi mumkin. | Sud raqamli dalillarni talab qilib olish haqida iltimosnoma berayotgan shaxsga raqamli dalilni sudga taqdim etish uchun olish huquqiga doir soʻrov berishi mumkin. |
Ishda ishtirok etmayotgan, sud tomonidan talab qilinayotgan raqamli dalillarni taqdim etish imkoniga ega boʻlmagan fuqarolar, shuningdek korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari sabablarni koʻrsatgan xolda bu haqda sudni xabardor qilishi shart. | Ishda ishtirok etmayotgan, sud tomonidan talab qilinayotgan raqamli dalillarni taqdim etish imkoniga ega boʻlmagan fuqarolar, shuningdek korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari sabablarni koʻrsatgan xolda bu haqda sudni xabardor qilishi shart. |
Sud tomonidan davlat organlaridan, tashkilotlardan yoki fuqarolardan talab qilinadigan raqamli dalillar bevosita sudga yuboriladi. | Sud tomonidan davlat organlaridan, tashkilotlardan yoki fuqarolardan talab qilinadigan raqamli dalillar bevosita sudga yuboriladi. |
Sud xabardor qilinmagan taqdirda, shuningdek raqamli dalillarni uzrli sabablarsiz taqdim etish rad etilgan taqdirda, sud tashkilotlarning aybdor mansabdor shaxslariga, shuningdek fuqarolarga ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarima soladi. | Sud xabardor qilinmagan taqdirda, shuningdek raqamli dalillarni uzrli sabablarsiz taqdim etish rad etilgan taqdirda, sud tashkilotlarning aybdor mansabdor shaxslariga, shuningdek fuqarolarga ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarima soladi. |
Jarima solinishi mansabdor shaxslarni va fuqarolarni sud tomonidan talab qilinayotgan raqamli dalillarni taqdim etish majburiyatidan ozod etmaydi. | Jarima solinishi mansabdor shaxslarni va fuqarolarni sud tomonidan talab qilinayotgan raqamli dalillarni taqdim etish majburiyatidan ozod etmaydi. |
894-modda. Raqamli dalillarni koʻzdan kechirish va tekshirish shartlari | 894-modda. Raqamli dalillarni koʻzdan kechirish va tekshirish shartlari |
Sud mutaxassis ishtirokida raqamli dalillarni bevosita koʻzdan kechirishi va tekshirishi shart. | Sud mutaxassis ishtirokida raqamli dalillarni bevosita koʻzdan kechirishi va tekshirishi shart. |
Raqamli dalillarni sudga taqdim etish mumkin boʻlmagan yoki ularni yetkazib berishda qiyinchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda sud mazkur dalillar saqlanadigan joyda ularning koʻzdan kechirilishini va tekshirilishini talab qilishi mumkin. | Raqamli dalillarni sudga taqdim etish mumkin boʻlmagan yoki ularni yetkazib berishda qiyinchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda sud mazkur dalillar saqlanadigan joyda ularning koʻzdan kechirilishini va tekshirilishini talab qilishi mumkin. |
90-modda. Ashyoviy dalillar | 90-modda. Ashyoviy dalillar |
Ishni mazmunan hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni aniqlash vositasi boʻlib xizmat qilishi mumkin boʻlgan predmetlar ashyoviy dalillardir. | Ishni mazmunan hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni aniqlash vositasi boʻlib xizmat qilishi mumkin boʻlgan predmetlar ashyoviy dalillardir. |
Ashyoviy dalilni taqdim etuvchi yoki uni talab qilib olish toʻgʻrisida iltimos qilayotgan shaxs ushbu dalil orqali ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan qanday holatlarni aniqlash mumkinligini koʻrsatishi shart. | Ashyoviy dalilni taqdim etuvchi yoki uni talab qilib olish toʻgʻrisida iltimos qilayotgan shaxs ushbu dalil orqali ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan qanday holatlarni aniqlash mumkinligini koʻrsatishi shart. |
91-modda. Ashyoviy dalillarni talab qilib olish va taqdim etish tartibi | 91-modda. Ashyoviy dalillarni talab qilib olish va taqdim etish tartibi |
Ishda ishtirok etuvchi yoki ishtirok etmayotgan shaxslardan dalil sifatida biror ashyoni talab qilib olish haqida sudga iltimosnoma taqdim etuvchi shaxs ushbu ashyoni taʼriflab berishi va bu ashyo mazkur shaxsda deb hisoblash uchun qanday asoslari borligini bayon etishi kerak. | Ishda ishtirok etuvchi yoki ishtirok etmayotgan shaxslardan dalil sifatida biror ashyoni talab qilib olish haqida sudga iltimosnoma taqdim etuvchi shaxs ushbu ashyoni taʼriflab berishi va bu ashyo mazkur shaxsda deb hisoblash uchun qanday asoslari borligini bayon etishi kerak. |
Sud tomonidan fuqarolar va tashkilotlardan talab qilinayotgan ashyoviy dalillar bevosita sudga yuboriladi. | Sud tomonidan fuqarolar va tashkilotlardan talab qilinayotgan ashyoviy dalillar bevosita sudga yuboriladi. |
Sud ashyoviy dalilni talab qilib olish haqida iltimosnoma taqdim etgan shaxsga ushbu dalilni sudga taqdim etish uchun olish huquqiga doir soʻrov berishi mumkin. | Sud ashyoviy dalilni talab qilib olish haqida iltimosnoma taqdim etgan shaxsga ushbu dalilni sudga taqdim etish uchun olish huquqiga doir soʻrov berishi mumkin. |
92-modda. Ashyoviy dalillarni taqdim etish majburiyati | 92-modda. Ashyoviy dalillarni taqdim etish majburiyati |
Ishda ishtirok etmayotgan fuqarolar va tashkilotlar talab qilinayotgan ashyoni taqdim etish yoki sud belgilagan muddatda taqdim etish imkoniga ega boʻlmasa, bu haqda sabablarini koʻrsatgan holda sudga xabar berishi shart. | Ishda ishtirok etmayotgan fuqarolar va tashkilotlar talab qilinayotgan ashyoni taqdim etish yoki sud belgilagan muddatda taqdim etish imkoniga ega boʻlmasa, bu haqda sabablarini koʻrsatgan holda sudga xabar berishi shart. |
Agar shaxs sud undan talab qilayotgan ashyoviy dalilni taqdim etish yoki sud tomonidan belgilangan muddatda taqdim etish imkoniga ega boʻlmasa, u sudning soʻrovini olgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddat ichida bu haqda uzrli sabablarini koʻrsatgan holda sudga xabar berishi shart. | Agar shaxs sud undan talab qilayotgan ashyoviy dalilni taqdim etish yoki sud tomonidan belgilangan muddatda taqdim etish imkoniga ega boʻlmasa, u sudning soʻrovini olgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddat ichida bu haqda uzrli sabablarini koʻrsatgan holda sudga xabar berishi shart. |
Sud xabardor qilinmagan taqdirda, shuningdek, agar sudning ashyoni taqdim etish toʻgʻrisidagi talabi sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra bajarilmasa, aybdor fuqarolar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortilishi mumkin. | Sud xabardor qilinmagan taqdirda, shuningdek, agar sudning ashyoni taqdim etish toʻgʻrisidagi talabi sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra bajarilmasa, aybdor fuqarolar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortilishi mumkin. |
Jarima solish tegishli fuqarolar va mansabdor shaxslarni sud talab qilayotgan ashyoni taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi. | Jarima solish tegishli fuqarolar va mansabdor shaxslarni sud talab qilayotgan ashyoni taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi. |
93-modda. Tez buziladigan ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish | 93-modda. Tez buziladigan ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish |
Sud dalillarni sudga olib kelish imkoniyati boʻlmagan yoki qiyin boʻlgan, shuningdek ashyoviy dalillar tez buziladigan hollarda, ularni koʻzdan kechirishini va tekshirishini ular joylashgan yerda amalga oshirishi mumkin. | Sud dalillarni sudga olib kelish imkoniyati boʻlmagan yoki qiyin boʻlgan, shuningdek ashyoviy dalillar tez buziladigan hollarda, ularni koʻzdan kechirishini va tekshirishini ular joylashgan yerda amalga oshirishi mumkin. |
Oziq-ovqatlar va tez buziladigan boshqa ashyolar ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda, sud tomonidan darhol koʻzdan kechiriladi. Bunday ashyolar koʻzdan kechirilganidan keyin kimdan olingan boʻlsa, oʻsha shaxslarga qaytariladi yoki ulardan oʻz oʻrnida foydalanishi mumkin boʻlgan boshqa shaxslarga beriladi. Ashyolar boshqa shaxslarga berilgan taqdirda, ularning egasiga oʻsha xildagi va sifatdagi buyumlar yoki ularning qaytarish paytidagi bahosi boʻyicha qiymati qaytarib berilishi kerak. | Oziq-ovqatlar va tez buziladigan boshqa ashyolar ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda, sud tomonidan darhol koʻzdan kechiriladi. Bunday ashyolar koʻzdan kechirilganidan keyin kimdan olingan boʻlsa, oʻsha shaxslarga qaytariladi yoki ulardan oʻz oʻrnida foydalanishi mumkin boʻlgan boshqa shaxslarga beriladi. Ashyolar boshqa shaxslarga berilgan taqdirda, ularning egasiga oʻsha xildagi va sifatdagi buyumlar yoki ularning qaytarish paytidagi bahosi boʻyicha qiymati qaytarib berilishi kerak. |
Zarur hollarda, dalillarni koʻzdan kechirish va tekshirishda ishtirok etish uchun odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar chaqirilishi mumkin. | Zarur hollarda, dalillarni koʻzdan kechirish va tekshirishda ishtirok etish uchun odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar chaqirilishi mumkin. |
94-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash va qaytarib berish | 94-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash va qaytarib berish |
Ashyoviy dalillar sudning ajrimiga binoan ishga qoʻshib qoʻyiladi va ishda saqlanadi yoki alohida roʻyxat qilinib, sudning ashyoviy dalillar saqlanadigan xonasiga topshiriladi. | Ashyoviy dalillar sudning ajrimiga binoan ishga qoʻshib qoʻyiladi va ishda saqlanadi yoki alohida roʻyxat qilinib, sudning ashyoviy dalillar saqlanadigan xonasiga topshiriladi. |
Sudga keltirib boʻlmaydigan ashyolar turgan joyida saqlanadi. Ular batafsil tavsiflangan, muhrlangan, zarur hollarda esa foto- yoki videosuratga olingan boʻlishi kerak. | Sudga keltirib boʻlmaydigan ashyolar turgan joyida saqlanadi. Ular batafsil tavsiflangan, muhrlangan, zarur hollarda esa foto- yoki videosuratga olingan boʻlishi kerak. |
Sud, saqlovchi ashyoviy dalillarni oʻzgarmas holatda saqlash choralarini koʻradilar. | Sud, saqlovchi ashyoviy dalillarni oʻzgarmas holatda saqlash choralarini koʻradilar. |
Ashyoviy dalillarni saqlash xarajatlari taraflar oʻrtasida, ushbu Kodeksning 138-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi. | Ashyoviy dalillarni saqlash xarajatlari taraflar oʻrtasida, ushbu Kodeksning 138-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi. |
Ashyoviy dalillar kimdan olingan boʻlsa, sud hujjati qonuniy kuchga kirganidan keyin oʻsha shaxslarga qaytarib beriladi yoki sud shu ashyoviy dalillarga kimning huquqi bor deb topgan boʻlsa, oʻsha shaxslarga beriladi. | Ashyoviy dalillar kimdan olingan boʻlsa, sud hujjati qonuniy kuchga kirganidan keyin oʻsha shaxslarga qaytarib beriladi yoki sud shu ashyoviy dalillarga kimning huquqi bor deb topgan boʻlsa, oʻsha shaxslarga beriladi. |
Ayrim hollarda sud ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirganidan va tekshirganidan keyin, basharti ashyoviy dalillarni taqdim etgan shaxslar ularni qaytarib berish haqida iltimosnoma taqdim etgan boʻlsa va bunday iltimosnomani qanoatlantirish ishni koʻrib chiqish hamda hal qiluv qarorini ijro etish uchun zarar keltirmasa, ular kimdan olingan boʻlsa, oʻsha shaxslarga ish tamom boʻlguniga qadar qaytarib berilishi mumkin. | Ayrim hollarda sud ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirganidan va tekshirganidan keyin, basharti ashyoviy dalillarni taqdim etgan shaxslar ularni qaytarib berish haqida iltimosnoma taqdim etgan boʻlsa va bunday iltimosnomani qanoatlantirish ishni koʻrib chiqish hamda hal qiluv qarorini ijro etish uchun zarar keltirmasa, ular kimdan olingan boʻlsa, oʻsha shaxslarga ish tamom boʻlguniga qadar qaytarib berilishi mumkin. |
Qonun boʻyicha fuqarolarning egaligida turishi mumkin boʻlmagan narsalar tegishli tashkilotlarga topshiriladi. | Qonun boʻyicha fuqarolarning egaligida turishi mumkin boʻlmagan narsalar tegishli tashkilotlarga topshiriladi. |
95-modda. Ekspertiza | 95-modda. Ekspertiza |
Ish muhokamasi chogʻida kelib chiqqan, fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirish uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga yoki oʻz tashabbusiga koʻra ekspertiza tayinlashi mumkin. | Ish muhokamasi chogʻida kelib chiqqan, fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirish uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga yoki oʻz tashabbusiga koʻra ekspertiza tayinlashi mumkin. |
Ekspertiza sudda oʻtkaziladi yoki tekshirishning xususiyati taqozo etsa yoxud tekshiriladigan buyumni sudga keltirishning imkoni boʻlmasa yoki keltirish qiyin boʻlsa, suddan tashqarida amalga oshiriladi. | Ekspertiza sudda oʻtkaziladi yoki tekshirishning xususiyati taqozo etsa yoxud tekshiriladigan buyumni sudga keltirishning imkoni boʻlmasa yoki keltirish qiyin boʻlsa, suddan tashqarida amalga oshiriladi. |
Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi sud ajrimida qanday masalalar boʻyicha ekspertlarning xulosasi talab qilinayotganligi va ekspertiza oʻtkazish kimga topshirilayotganligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. | Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi sud ajrimida qanday masalalar boʻyicha ekspertlarning xulosasi talab qilinayotganligi va ekspertiza oʻtkazish kimga topshirilayotganligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. |
Ekspertlar tayinlanayotganda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini inobatga oladi. | Ekspertlar tayinlanayotganda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini inobatga oladi. |
Taraf ekspertizada ishtirok etishdan bosh tortgan, ekspertlarga tekshirish uchun zarur boʻlgan materiallar hamda hujjatlarni taqdim etmaganda va boshqa hollarda, agar ish holatlariga koʻra va mazkur tarafning ishtirokisiz ekspertiza oʻtkazish imkoniyati boʻlmasa, sud qaysi taraf ekspertizadan bosh tortayotganligidan, shuningdek bu taraf uchun ekspertiza qanday ahamiyatga ega ekanligiga qarab, aniqlanishi uchun ekspertiza tayinlangan faktni aniqlangan yoki rad etilgan deb topishi mumkin. | Taraf ekspertizada ishtirok etishdan bosh tortgan, ekspertlarga tekshirish uchun zarur boʻlgan materiallar hamda hujjatlarni taqdim etmaganda va boshqa hollarda, agar ish holatlariga koʻra va mazkur tarafning ishtirokisiz ekspertiza oʻtkazish imkoniyati boʻlmasa, sud qaysi taraf ekspertizadan bosh tortayotganligidan, shuningdek bu taraf uchun ekspertiza qanday ahamiyatga ega ekanligiga qarab, aniqlanishi uchun ekspertiza tayinlangan faktni aniqlangan yoki rad etilgan deb topishi mumkin. |
Ishonch bildiruvchi shaxsning roziligi bilan advokat shartnoma asosida ekspertiza oʻtkazilishiga doir advokat soʻrovini davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga yuborishi mumkin. | Ishonch bildiruvchi shaxsning roziligi bilan advokat shartnoma asosida ekspertiza oʻtkazilishiga doir advokat soʻrovini davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga yuborishi mumkin. |
96-modda. Qoʻshimcha va qayta ekspertizalar | 96-modda. Qoʻshimcha va qayta ekspertizalar |
Qoʻshimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi boʻshliqlar oʻrnini toʻldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan oʻtkaziladi. | Qoʻshimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi boʻshliqlar oʻrnini toʻldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan oʻtkaziladi. |
Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning toʻgʻriligiga shubha tugʻilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani oʻtkazishning protsessual qoidalari jiddiy ravishda buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi. | Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning toʻgʻriligiga shubha tugʻilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani oʻtkazishning protsessual qoidalari jiddiy ravishda buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi. |
Qayta ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qoʻllanilgan tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilishi mumkin. | Qayta ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qoʻllanilgan tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilishi mumkin. |
Qayta ekspertizani tayinlash toʻgʻrisidagi sud ajrimida qayta ekspertizani tayinlagan sudning birinchi (ilgarigi) ekspertiza xulosasiga qoʻshilmaganligi sabablari keltirilishi kerak. | Qayta ekspertizani tayinlash toʻgʻrisidagi sud ajrimida qayta ekspertizani tayinlagan sudning birinchi (ilgarigi) ekspertiza xulosasiga qoʻshilmaganligi sabablari keltirilishi kerak. |
Qayta ekspertiza oʻtkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (ilgarigi) ekspertizani oʻtkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) qayta ekspertiza oʻtkazishda hozir boʻlishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u tekshirishlar oʻtkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi. | Qayta ekspertiza oʻtkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (ilgarigi) ekspertizani oʻtkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) qayta ekspertiza oʻtkazishda hozir boʻlishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u tekshirishlar oʻtkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi. |
97-modda. Ekspertlarning xulosasi talab qilinadigan masalalar doirasini belgilash | 97-modda. Ekspertlarning xulosasi talab qilinadigan masalalar doirasini belgilash |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ekspertlar tomonidan tushuntirilishi kerak boʻlgan masalalarni sudga taqdim etishga haqli. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ekspertlar tomonidan tushuntirilishi kerak boʻlgan masalalarni sudga taqdim etishga haqli. |
Ekspertlarning xulosasi talab qilinadigan masalalar doirasini sud belgilaydi. Taklif qilingan masalalarning rad qilinishini sud asoslab berishi shart. | Ekspertlarning xulosasi talab qilinadigan masalalar doirasini sud belgilaydi. Taklif qilingan masalalarning rad qilinishini sud asoslab berishi shart. |
98-modda. Ekspertning (ekspertlar komissiyasining) xulosasi | 98-modda. Ekspertning (ekspertlar komissiyasining) xulosasi |
Ekspert (ekspertlar komissiyasi) tekshirishlarni oʻtkazib boʻlganidan keyin tegishincha ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir ekspert imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi. | Ekspert (ekspertlar komissiyasi) tekshirishlarni oʻtkazib boʻlganidan keyin tegishincha ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir ekspert imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi. |
Sud ekspertga oʻz xulosasini ogʻzaki tushuntirib berishni taklif qilish huquqiga ega. Ogʻzaki tushuntirish sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi, ekspertga oʻqib eshittiriladi va ekspert tomonidan imzolanadi. | Sud ekspertga oʻz xulosasini ogʻzaki tushuntirib berishni taklif qilish huquqiga ega. Ogʻzaki tushuntirish sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi, ekspertga oʻqib eshittiriladi va ekspert tomonidan imzolanadi. |
Ekspertning (ekspertlar komissiyasining) xulosasida quyidagilar aks ettirilgan boʻlishi kerak: ekspertiza oʻtkazilgan sana va joy; ekspertizaning oʻtkazilish asosi; ekspertizani tayinlagan sud toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; ekspert toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, maʼlumoti, ixtisosligi, mehnat staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va ekspertizani oʻtkazish topshirilgan korxona, muassasa yoki tashkilot haqidagi maʼlumotlar; ekspert bila turib yolgʻon xulosa berganligi; ish yopiq sud majlisida koʻrilganda yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganligi uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilganligi; ekspert oldiga qoʻyilgan savollar; ekspertga taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallari; ekspertiza oʻtkazilayotganda hozir boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar; qoʻllanilgan usullar koʻrsatilgan holda tekshirishlarning mazmuni va natijalari, shuningdek bu tekshirishlar, agar ekspertiza ekspertlar komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan boʻlsa, kim tomonidan oʻtkazilganligi; tekshirish natijalarining baholanishi, qoʻyilgan savollarga berilgan asoslantirilgan javoblar; ish uchun ahamiyatga molik boʻlgan va ekspertning tashabbusiga koʻra aniqlangan holatlar. | Ekspertning (ekspertlar komissiyasining) xulosasida quyidagilar aks ettirilgan boʻlishi kerak: ekspertiza oʻtkazilgan sana va joy; ekspertizaning oʻtkazilish asosi; ekspertizani tayinlagan sud toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; ekspert toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, maʼlumoti, ixtisosligi, mehnat staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va ekspertizani oʻtkazish topshirilgan korxona, muassasa yoki tashkilot haqidagi maʼlumotlar; ekspert bila turib yolgʻon xulosa berganligi; ish yopiq sud majlisida koʻrilganda yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganligi uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilganligi; ekspert oldiga qoʻyilgan savollar; ekspertga taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallari; ekspertiza oʻtkazilayotganda hozir boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar; qoʻllanilgan usullar koʻrsatilgan holda tekshirishlarning mazmuni va natijalari, shuningdek bu tekshirishlar, agar ekspertiza ekspertlar komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan boʻlsa, kim tomonidan oʻtkazilganligi; tekshirish natijalarining baholanishi, qoʻyilgan savollarga berilgan asoslantirilgan javoblar; ish uchun ahamiyatga molik boʻlgan va ekspertning tashabbusiga koʻra aniqlangan holatlar. |
Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi boʻlib xizmat qiladi. Tekshirishning olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini hujjatlashtiradigan materiallar qonunchilikda belgilangan muddatlarda davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkilotida yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilotda saqlanadi. Ular ekspertizani tayinlagan sudning talabiga binoan ishga qoʻshib qoʻyish uchun taqdim etiladi. | Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi boʻlib xizmat qiladi. Tekshirishning olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini hujjatlashtiradigan materiallar qonunchilikda belgilangan muddatlarda davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkilotida yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilotda saqlanadi. Ular ekspertizani tayinlagan sudning talabiga binoan ishga qoʻshib qoʻyish uchun taqdim etiladi. |
Agar taqdim etilgan tekshirish obyektlarining, materiallarning yoki ekspertning maxsus bilimlari yetarli emasligi tekshirish davomida maʼlum boʻlib qolsa, xulosa qoʻyilgan ayrim savollarga javob berishni rad etish asosini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak. | Agar taqdim etilgan tekshirish obyektlarining, materiallarning yoki ekspertning maxsus bilimlari yetarli emasligi tekshirish davomida maʼlum boʻlib qolsa, xulosa qoʻyilgan ayrim savollarga javob berishni rad etish asosini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak. |
Tekshirish tugaganidan soʻng xulosa, tekshirish obyektlari va ish materiallari ekspertizani tayinlagan sudga yuboriladi. | Tekshirish tugaganidan soʻng xulosa, tekshirish obyektlari va ish materiallari ekspertizani tayinlagan sudga yuboriladi. |
Sudning ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasiga qoʻshilmaganligi ish boʻyicha chiqarilgan hal qiluv qarorida yoki ajrimda asoslab berilgan boʻlishi lozim. | Sudning ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasiga qoʻshilmaganligi ish boʻyicha chiqarilgan hal qiluv qarorida yoki ajrimda asoslab berilgan boʻlishi lozim. |
99-modda. Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi | 99-modda. Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi |
Ekspertiza bir xil (komissiyaviy ekspertiza) yoki turli xil (kompleks ekspertiza) sud-ekspert ixtisosligidagi bir necha ekspert tomonidan oʻtkazilishi mumkin. | Ekspertiza bir xil (komissiyaviy ekspertiza) yoki turli xil (kompleks ekspertiza) sud-ekspert ixtisosligidagi bir necha ekspert tomonidan oʻtkazilishi mumkin. |
Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi ekspertizani tayinlagan sud yoki mazkur ekspertizaning oʻtkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi. | Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi ekspertizani tayinlagan sud yoki mazkur ekspertizaning oʻtkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi. |
Ekspertizani oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi oʻz oldiga qoʻyilgan masalalarni hal etish zarurligidan kelib chiqib, oʻtkaziladigan tekshirishlarning maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi. | Ekspertizani oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi oʻz oldiga qoʻyilgan masalalarni hal etish zarurligidan kelib chiqib, oʻtkaziladigan tekshirishlarning maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi. |
Ekspertizani oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibidagi har bir ekspert tekshirishlarni mustaqil va alohida oʻtkazadi, shaxsan oʻzi olgan va komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qoʻyilgan savollar yuzasidan oʻz maxsus bilimlari doirasida fikrlarini shakllantiradi. | Ekspertizani oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibidagi har bir ekspert tekshirishlarni mustaqil va alohida oʻtkazadi, shaxsan oʻzi olgan va komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qoʻyilgan savollar yuzasidan oʻz maxsus bilimlari doirasida fikrlarini shakllantiradi. |
Tekshirishlarning ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan toʻliq yoki qisman oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. | Tekshirishlarning ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan toʻliq yoki qisman oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. |
100-modda. Komissiyaviy ekspertiza | 100-modda. Komissiyaviy ekspertiza |
Komissiyaviy ekspertiza oʻtkazilayotganda ekspertlarning har biri tekshirishlarni toʻliq hajmda oʻtkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi. Ekspertlar umumiy fikrga kelganidan soʻng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning imkoni yoʻqligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani tuzadi va imzolaydi. | Komissiyaviy ekspertiza oʻtkazilayotganda ekspertlarning har biri tekshirishlarni toʻliq hajmda oʻtkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi. Ekspertlar umumiy fikrga kelganidan soʻng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning imkoni yoʻqligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani tuzadi va imzolaydi. |
Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklarni keltirib chiqargan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi. | Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklarni keltirib chiqargan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi. |
101-modda. Kompleks ekspertiza | 101-modda. Kompleks ekspertiza |
Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni turli bilim sohalaridan foydalangan holda bir nechta tekshirish oʻtkazish yoʻli bilangina aniqlash mumkin boʻlgan hollarda tayinlanadi. | Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni turli bilim sohalaridan foydalangan holda bir nechta tekshirish oʻtkazish yoʻli bilangina aniqlash mumkin boʻlgan hollarda tayinlanadi. |
Kompleks ekspertizani oʻtkazishda ekspertlarning har biri oʻz vakolati doirasida tekshirishlar olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi tekshirishlarni va qancha hajmda olib borganligi, qaysi faktlarni shaxsan oʻzi aniqlaganligi hamda qanday fikrlarga kelganligi koʻrsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning oʻz tekshirishlari bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar boʻladi. | Kompleks ekspertizani oʻtkazishda ekspertlarning har biri oʻz vakolati doirasida tekshirishlar olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi tekshirishlarni va qancha hajmda olib borganligi, qaysi faktlarni shaxsan oʻzi aniqlaganligi hamda qanday fikrlarga kelganligi koʻrsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning oʻz tekshirishlari bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar boʻladi. |
Umumiy fikrni (fikrlarni) olingan natijalarni baholashga va ushbu fikrni (fikrlarni) shakllantirishga vakolatli boʻlgan ekspertlar chiqaradi. Agar ekspertlardan birining (alohida ekspertlarning) aniqlagan faktlari ekspertlar komissiyasi yakuniy fikrining yoki uning bir qismining asosi sifatida olingan boʻlsa, bu haqda xulosada koʻrsatilishi kerak. | Umumiy fikrni (fikrlarni) olingan natijalarni baholashga va ushbu fikrni (fikrlarni) shakllantirishga vakolatli boʻlgan ekspertlar chiqaradi. Agar ekspertlardan birining (alohida ekspertlarning) aniqlagan faktlari ekspertlar komissiyasi yakuniy fikrining yoki uning bir qismining asosi sifatida olingan boʻlsa, bu haqda xulosada koʻrsatilishi kerak. |
Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklarni keltirib chiqargan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi. | Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklarni keltirib chiqargan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi. |
Agar kompleks ekspertizani oʻtkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga topshirilgan boʻlsa, u holda ushbu ekspertizani tashkil etish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi. | Agar kompleks ekspertizani oʻtkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga topshirilgan boʻlsa, u holda ushbu ekspertizani tashkil etish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi. |
102-modda. Mutaxassisning maslahati (tushuntirishi) | 102-modda. Mutaxassisning maslahati (tushuntirishi) |
Mutaxassis sudga ogʻzaki yoki yozma shaklda maslahat (tushuntirish) beradi. | Mutaxassis sudga ogʻzaki yoki yozma shaklda maslahat (tushuntirish) beradi. |
Mutaxassisning yozma shaklda bergan maslahati sud majlisida oʻqib eshittiriladi, tekshiriladi va ishga qoʻshib qoʻyiladi. Ogʻzaki maslahat bevosita sud majlisining (protsessual harakatning) bayonnomasiga kiritiladi. | Mutaxassisning yozma shaklda bergan maslahati sud majlisida oʻqib eshittiriladi, tekshiriladi va ishga qoʻshib qoʻyiladi. Ogʻzaki maslahat bevosita sud majlisining (protsessual harakatning) bayonnomasiga kiritiladi. |
Maslahatni aniqlashtirish va toʻldirish maqsadida mutaxassisga savollar berilishi mumkin. | Maslahatni aniqlashtirish va toʻldirish maqsadida mutaxassisga savollar berilishi mumkin. |
103-modda. Sud topshiriqlari | 103-modda. Sud topshiriqlari |
Ishni koʻrayotgan sud dalillarni boshqa tumanda yoki shaharda toʻplash zarur boʻlgan taqdirda, tegishli sudga muayyan protsessual harakatlarni amalga oshirishni topshiradi. | Ishni koʻrayotgan sud dalillarni boshqa tumanda yoki shaharda toʻplash zarur boʻlgan taqdirda, tegishli sudga muayyan protsessual harakatlarni amalga oshirishni topshiradi. |
Sud topshirigʻi ajrim bilan rasmiylashtirilib, unda koʻrib chiqilayotgan ishning mohiyati, aniqlanishi zarur boʻlgan holatlar, topshiriqni bajaradigan sud toʻplashi lozim boʻlgan dalillar koʻrsatiladi. Bu ajrim qaysi sud nomiga yoʻllangan boʻlsa, oʻsha sud uchun majburiy boʻlib, oʻn besh kunlik muddat ichida bajarilishi kerak. | Sud topshirigʻi ajrim bilan rasmiylashtirilib, unda koʻrib chiqilayotgan ishning mohiyati, aniqlanishi zarur boʻlgan holatlar, topshiriqni bajaradigan sud toʻplashi lozim boʻlgan dalillar koʻrsatiladi. Bu ajrim qaysi sud nomiga yoʻllangan boʻlsa, oʻsha sud uchun majburiy boʻlib, oʻn besh kunlik muddat ichida bajarilishi kerak. |
Sud topshirigʻi axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. | Sud topshirigʻi axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. |
104-modda. Sud topshirigʻini bajarish tartibi | 104-modda. Sud topshirigʻini bajarish tartibi |
Sud topshirigʻini bajarish ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga koʻra sud majlisida amalga oshiriladi. Ishda ishtirok etayotgan shaxslar majlisning vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi, biroq ularning kelmaganligi topshiriqni bajarishga toʻsqinlik qilmaydi. | Sud topshirigʻini bajarish ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga koʻra sud majlisida amalga oshiriladi. Ishda ishtirok etayotgan shaxslar majlisning vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi, biroq ularning kelmaganligi topshiriqni bajarishga toʻsqinlik qilmaydi. |
Sud topshirigʻi tartibida taraflarning va uchinchi shaxslarning yoxud ular qonuniy vakillarining tushuntirishlari, guvohlarning koʻrsatuvlari, ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni koʻzdan kechirish hamda tekshirish orqali aniqlanadigan faktik maʼlumotlar toʻplanishi mumkin. | Sud topshirigʻi tartibida taraflarning va uchinchi shaxslarning yoxud ular qonuniy vakillarining tushuntirishlari, guvohlarning koʻrsatuvlari, ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni koʻzdan kechirish hamda tekshirish orqali aniqlanadigan faktik maʼlumotlar toʻplanishi mumkin. |
Bayonnomalar va sud topshirigʻini bajarishda toʻplangan materiallar ishni koʻrib chiqayotgan sudga darhol yuboriladi. | Bayonnomalar va sud topshirigʻini bajarishda toʻplangan materiallar ishni koʻrib chiqayotgan sudga darhol yuboriladi. |
Agar sud topshirigʻini bajarayotgan sudga tushuntirishlar yoki koʻrsatuvlar bergan ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki guvohlar ishni koʻrib chiqayotgan sudga kelsa, ular umumiy tartibda tushuntirishlar yoxud koʻrsatuvlar beradi. | Agar sud topshirigʻini bajarayotgan sudga tushuntirishlar yoki koʻrsatuvlar bergan ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki guvohlar ishni koʻrib chiqayotgan sudga kelsa, ular umumiy tartibda tushuntirishlar yoxud koʻrsatuvlar beradi. |
9-bob. Daʼvoni taʼminlash | 9-bob. Daʼvoni taʼminlash |
105-modda. Daʼvoni taʼminlash asoslari | 105-modda. Daʼvoni taʼminlash asoslari |
Sud (sudya) daʼvoni taʼminlash choralarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasi yoki oʻz tashabbusi boʻyicha koʻrishi mumkin. Agar daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrmaslik sud hujjati ijrosini qiyinlashtirsa yoki uni bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻysa, daʼvoni taʼminlashga yoʻl qoʻyiladi. | Sud (sudya) daʼvoni taʼminlash choralarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasi yoki oʻz tashabbusi boʻyicha koʻrishi mumkin. Agar daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrmaslik sud hujjati ijrosini qiyinlashtirsa yoki uni bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻysa, daʼvoni taʼminlashga yoʻl qoʻyiladi. |
Daʼvoni taʼminlashga sud protsessining har qanday bosqichida yoʻl qoʻyiladi. | Daʼvoni taʼminlashga sud protsessining har qanday bosqichida yoʻl qoʻyiladi. |
Davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqayotganda sud (sudya) daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishi shart. | Davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqayotganda sud (sudya) daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishi shart. |
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizada daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrish asoslari va zaruriyati koʻrsatilgan boʻlishi lozim. | Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizada daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrish asoslari va zaruriyati koʻrsatilgan boʻlishi lozim. |
Hakamlik sudida koʻrib chiqilayotgan daʼvoni taʼminlash choralari hakamlik muhokamasi tarafining tanloviga koʻra, hakamlik sudi joylashgan yerdagi yoxud javobgar turgan joydagi yoki yashaydigan joydagi yoinki javobgarning mol-mulki turgan joydagi fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan koʻrilishi mumkin. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizaga daʼvoning hakamlik sudiga taqdim etilganligini isbotlovchi dalillar ilova qilinadi. | Hakamlik sudida koʻrib chiqilayotgan daʼvoni taʼminlash choralari hakamlik muhokamasi tarafining tanloviga koʻra, hakamlik sudi joylashgan yerdagi yoxud javobgar turgan joydagi yoki yashaydigan joydagi yoinki javobgarning mol-mulki turgan joydagi fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan koʻrilishi mumkin. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizaga daʼvoning hakamlik sudiga taqdim etilganligini isbotlovchi dalillar ilova qilinadi. |
Hakamlik sudida koʻrib chiqilayotgan daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqish va daʼvoni taʼminlash haqida ajrim chiqarish ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. | Hakamlik sudida koʻrib chiqilayotgan daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqish va daʼvoni taʼminlash haqida ajrim chiqarish ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. |
106-modda. Daʼvoni taʼminlash choralari | 106-modda. Daʼvoni taʼminlash choralari |
Quyidagilar daʼvoni taʼminlash choralari boʻlishi mumkin: | Quyidagilar daʼvoni taʼminlash choralari boʻlishi mumkin: |
1) javobgarga tegishli boʻlgan va uning oʻzida yoki boshqa shaxsda turgan mol-mulkni yoxud pul mablagʻlarini xatlash; | 1) javobgarga tegishli boʻlgan va uning oʻzida yoki boshqa shaxsda turgan mol-mulkni yoxud pul mablagʻlarini xatlash; |
2) javobgar muayyan harakatlarni amalga oshirishini taqiqlash; | 2) javobgar muayyan harakatlarni amalga oshirishini taqiqlash; |
3) boshqa shaxslarning javobgarga mol-mulk berishini yoki unga nisbatan boshqa majburiyatlarni bajarishini taqiqlash; | 3) boshqa shaxslarning javobgarga mol-mulk berishini yoki unga nisbatan boshqa majburiyatlarni bajarishini taqiqlash; |
4) mol-mulkni xatlashdan chiqarish toʻgʻrisida daʼvo arz qilingan taqdirda, uni realizatsiya qilishni toʻxtatish; | 4) mol-mulkni xatlashdan chiqarish toʻgʻrisida daʼvo arz qilingan taqdirda, uni realizatsiya qilishni toʻxtatish; |
5) qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashayotgan boʻlsa va agar bunday nizolashishga qonunchilikda yoʻl qoʻyilsa, bu hujjat boʻyicha undiruvni toʻxtatish; | 5) qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashayotgan boʻlsa va agar bunday nizolashishga qonunchilikda yoʻl qoʻyilsa, bu hujjat boʻyicha undiruvni toʻxtatish; |
6) nizoli mol-mulk buzilishi, holati yomonlashishining oldini olish maqsadida javobgarga muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklatish; | 6) nizoli mol-mulk buzilishi, holati yomonlashishining oldini olish maqsadida javobgarga muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklatish; |
7) nizoli mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxsga (saqlovchiga) topshirish. | 7) nizoli mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxsga (saqlovchiga) topshirish. |
Zarur hollarda, sud (sudya) daʼvoni taʼminlash boʻyicha boshqa choralar ham koʻrishi mumkin. | Zarur hollarda, sud (sudya) daʼvoni taʼminlash boʻyicha boshqa choralar ham koʻrishi mumkin. |
Daʼvoning ish haqini, daromadni, pensiya va stipendiyani xatlash yoʻli bilan taʼminlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan aliment undirish toʻgʻrisidagi, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazganlik, shuningdek boquvchisining oʻlimi oqibatida koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi, oʻzgalar mol-mulkini talon-toroj qilganlik natijasida koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar mustasno. | Daʼvoning ish haqini, daromadni, pensiya va stipendiyani xatlash yoʻli bilan taʼminlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan aliment undirish toʻgʻrisidagi, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazganlik, shuningdek boquvchisining oʻlimi oqibatida koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi, oʻzgalar mol-mulkini talon-toroj qilganlik natijasida koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar mustasno. |
Daʼvoni taʼminlash choralari daʼvogar arz qilgan talabga mutanosib boʻlishi kerak. | Daʼvoni taʼminlash choralari daʼvogar arz qilgan talabga mutanosib boʻlishi kerak. |
Zarur hollarda, sud daʼvoni taʼminlash chorasining bir nechta turini qoʻllashi mumkin, lekin ularning umumiy summasi daʼvoning bahosidan oshib ketmasligi kerak. | Zarur hollarda, sud daʼvoni taʼminlash chorasining bir nechta turini qoʻllashi mumkin, lekin ularning umumiy summasi daʼvoning bahosidan oshib ketmasligi kerak. |
107-modda. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish | 107-modda. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish |
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza sudya (sud) tomonidan ariza tushgan kuniyoq javobgarni va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarni xabardor qilmagan holda hal qilinadi. | Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza sudya (sud) tomonidan ariza tushgan kuniyoq javobgarni va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarni xabardor qilmagan holda hal qilinadi. |
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. | Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. |
108-modda. Daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish | 108-modda. Daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish |
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini eshitib, daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirishi mumkin. | Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini eshitib, daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirishi mumkin. |
Daʼvoni taʼminlash turini almashtirish ishda ishtirok etayotgan shaxsning iltimosnomasiga koʻra, ishni koʻrib chiqayotgan sud tomonidan amalga oshirilishi mumkin. | Daʼvoni taʼminlash turini almashtirish ishda ishtirok etayotgan shaxsning iltimosnomasiga koʻra, ishni koʻrib chiqayotgan sud tomonidan amalga oshirilishi mumkin. |
Daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish masalasini koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. | Daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish masalasini koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. |
Pul summasini undirish toʻgʻrisidagi daʼvoni taʼminlashda javobgar qoʻllanilgan taʼminlash choralari oʻrniga daʼvogar talab qilayotgan summani sudning depozit hisobvaragʻiga oʻtkazishga haqli. | Pul summasini undirish toʻgʻrisidagi daʼvoni taʼminlashda javobgar qoʻllanilgan taʼminlash choralari oʻrniga daʼvogar talab qilayotgan summani sudning depozit hisobvaragʻiga oʻtkazishga haqli. |
Daʼvoni taʼminlash turini almashtirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. | Daʼvoni taʼminlash turini almashtirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. |
109-modda. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimni ijro etish | 109-modda. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimni ijro etish |
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrim sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda darhol ijro etiladi. | Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrim sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda darhol ijro etiladi. |
110-modda. Daʼvoni taʼminlash choralariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik | 110-modda. Daʼvoni taʼminlash choralariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik |
Ushbu Kodeks 106-moddasi birinchi qismining 2, 3, 6 va 7-bandlarida koʻrsatilgan taqiqlar buzilganda aybdor shaxslar ushbu Kodeksning 146-moddasida nazarda tutilgan tartibda sudning ajrimi bilan jarimaga tortiladi. Daʼvogar bu shaxslardan sudning daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimini bajarmaganliklari oqibatida oʻzi koʻrgan zararning oʻrni qoplanishini umumiy asoslarda talab qilishga haqli. | Ushbu Kodeks 106-moddasi birinchi qismining 2, 3, 6 va 7-bandlarida koʻrsatilgan taqiqlar buzilganda aybdor shaxslar ushbu Kodeksning 146-moddasida nazarda tutilgan tartibda sudning ajrimi bilan jarimaga tortiladi. Daʼvogar bu shaxslardan sudning daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimini bajarmaganliklari oqibatida oʻzi koʻrgan zararning oʻrni qoplanishini umumiy asoslarda talab qilishga haqli. |
111-modda. Daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish | 111-modda. Daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish |
Daʼvoni taʼminlash choralari ishni koʻrib chiqayotgan sud tomonidan bekor qilinishi mumkin. | Daʼvoni taʼminlash choralari ishni koʻrib chiqayotgan sud tomonidan bekor qilinishi mumkin. |
Daʼvoni taʼminlashni bekor qilish toʻgʻrisidagi masala ishda ishtirok etayotgan shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi daʼvoni taʼminlashni bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. | Daʼvoni taʼminlashni bekor qilish toʻgʻrisidagi masala ishda ishtirok etayotgan shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi daʼvoni taʼminlashni bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. |
Hakamlik sudining daʼvo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi hal qiluv qarori daʼvoni taʼminlash choralari sud tomonidan bekor qilinishi uchun asos boʻladi. | Hakamlik sudining daʼvo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi hal qiluv qarori daʼvoni taʼminlash choralari sud tomonidan bekor qilinishi uchun asos boʻladi. |
Daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etayotgan shaxslarga ajrim chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay yuboriladi. | Daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etayotgan shaxslarga ajrim chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay yuboriladi. |
112-modda. Daʼvoni taʼminlash choralarining saqlanish muddati | 112-modda. Daʼvoni taʼminlash choralarining saqlanish muddati |
Daʼvo rad qilingan taqdirda, daʼvoni taʼminlash choralari hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar saqlanib qoladi. Biroq sud daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish toʻgʻrisida hal qiluv qarori bilan bir vaqtda yoki u qabul qilinganidan soʻng ajrim chiqarishi mumkin. | Daʼvo rad qilingan taqdirda, daʼvoni taʼminlash choralari hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar saqlanib qoladi. Biroq sud daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish toʻgʻrisida hal qiluv qarori bilan bir vaqtda yoki u qabul qilinganidan soʻng ajrim chiqarishi mumkin. |
Daʼvo qanoatlantirilgan taqdirda, daʼvoni taʼminlash choralari hal qiluv qarori amalda ijro etilguniga qadar oʻz kuchini saqlab qoladi. | Daʼvo qanoatlantirilgan taqdirda, daʼvoni taʼminlash choralari hal qiluv qarori amalda ijro etilguniga qadar oʻz kuchini saqlab qoladi. |
113-modda. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimlar ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) | 113-modda. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimlar ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) |
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. | Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. |
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat (protest) berish muddati ajrimning koʻchirma nusxasi topshirilgan yoki yuborilgan kundan eʼtiboran hisoblanadi. | Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat (protest) berish muddati ajrimning koʻchirma nusxasi topshirilgan yoki yuborilgan kundan eʼtiboran hisoblanadi. |
114-modda. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat (protest) berish oqibati | 114-modda. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat (protest) berish oqibati |
Sudning daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi ushbu ajrimning ijrosini toʻxtatmaydi. | Sudning daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi ushbu ajrimning ijrosini toʻxtatmaydi. |
Sudning daʼvoni taʼminlashni bekor qilish toʻgʻrisidagi yoki daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi ushbu ajrimning ijrosini toʻxtatib qoʻyadi. | Sudning daʼvoni taʼminlashni bekor qilish toʻgʻrisidagi yoki daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi ushbu ajrimning ijrosini toʻxtatib qoʻyadi. |
115-modda. Daʼvoni taʼminlash natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash | 115-modda. Daʼvoni taʼminlash natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash |
Sud (sudya) daʼvoni taʼminlash bilan birga daʼvogardan javobgarga yetkazilishi mumkin boʻlgan zararning oʻrnini qoplashni talab qilishi mumkin. | Sud (sudya) daʼvoni taʼminlash bilan birga daʼvogardan javobgarga yetkazilishi mumkin boʻlgan zararning oʻrnini qoplashni talab qilishi mumkin. |
Javobgar daʼvoni rad qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin daʼvogardan daʼvogarning iltimosnomasiga koʻra daʼvoni taʼminlash boʻyicha koʻrilgan choralar natijasida oʻziga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqli. | Javobgar daʼvoni rad qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin daʼvogardan daʼvogarning iltimosnomasiga koʻra daʼvoni taʼminlash boʻyicha koʻrilgan choralar natijasida oʻziga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqli. |
10-bob. Ish yuritishni toʻxtatib turish | 10-bob. Ish yuritishni toʻxtatib turish |
116-modda. Sudning ish yuritishni toʻxtatib turish majburiyati | 116-modda. Sudning ish yuritishni toʻxtatib turish majburiyati |
Sud quyidagi hollarda ish yuritishni toʻxtatib turishi shart: | Sud quyidagi hollarda ish yuritishni toʻxtatib turishi shart: |
1) ishda taraf boʻlgan fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻysa yoki ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganda; | 1) ishda taraf boʻlgan fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻysa yoki ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganda; |
2) fuqaro (taraf) muomala layoqatini yoʻqotganda; | 2) fuqaro (taraf) muomala layoqatini yoʻqotganda; |
3) javobgar — fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismida boʻlganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismidagi daʼvogar — fuqaro tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilganda; | 3) javobgar — fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismida boʻlganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismidagi daʼvogar — fuqaro tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilganda; |
4) mazkur ishni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha sud, jinoyat ishlari boʻyicha sud, maʼmuriy sud yoki iqtisodiy sud tomonidan koʻrilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan, shuningdek tergov olib borilayotgan ish yuzasidan qaror qabul qilguniga qadar koʻrish imkoni boʻlmaganda; | 4) mazkur ishni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha sud, jinoyat ishlari boʻyicha sud, maʼmuriy sud yoki iqtisodiy sud tomonidan koʻrilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan, shuningdek tergov olib borilayotgan ish yuzasidan qaror qabul qilguniga qadar koʻrish imkoni boʻlmaganda; |
5) taraf chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida yoki uning ijrosini toʻxtatib turish haqida chet davlatning vakolatli organiga iltimosnoma berganda; | 5) taraf chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida yoki uning ijrosini toʻxtatib turish haqida chet davlatning vakolatli organiga iltimosnoma berganda; |
6) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisida kelishuv tuzilganda. | 6) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisida kelishuv tuzilganda. |
117-modda. Sudning ish yuritishni toʻxtatib turish huquqi | 117-modda. Sudning ish yuritishni toʻxtatib turish huquqi |
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan quyidagi hollarda ish yuritishni toʻxtatib turishga haqli: | Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan quyidagi hollarda ish yuritishni toʻxtatib turishga haqli: |
1) taraf Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibida muddatli haqiqiy harbiy xizmatni oʻtayotganda yoki mazkur shaxslar davlatning biror-bir majburiyatini bajarish uchun jalb qilinganda; | 1) taraf Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibida muddatli haqiqiy harbiy xizmatni oʻtayotganda yoki mazkur shaxslar davlatning biror-bir majburiyatini bajarish uchun jalb qilinganda; |
2) taraf davolash muassasasida boʻlganda, shuningdek taraflardan birida sudga kelishga toʻsqinlik qiladigan, tibbiyot muassasasining maʼlumotnomasi bilan tasdiqlangan kasallik mavjud boʻlganda; | 2) taraf davolash muassasasida boʻlganda, shuningdek taraflardan birida sudga kelishga toʻsqinlik qiladigan, tibbiyot muassasasining maʼlumotnomasi bilan tasdiqlangan kasallik mavjud boʻlganda; |
3) ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan hollarda javobgar qidirilayotganda; | 3) ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan hollarda javobgar qidirilayotganda; |
4) taraf ishni koʻrib chiqish muddatidan ortiq muddatda xizmat safarida boʻlganda, bundan ishda tashkilot vakillari ishtirok etayotgan hollar mustasno; | 4) taraf ishni koʻrib chiqish muddatidan ortiq muddatda xizmat safarida boʻlganda, bundan ishda tashkilot vakillari ishtirok etayotgan hollar mustasno; |
5) sud tomonidan ekspertiza tayinlanganda; | 5) sud tomonidan ekspertiza tayinlanganda; |
6) ushbu Kodeksning 103 va 363-moddalariga muvofiq sud tomonidan sud topshirigʻi yuborilganda. | 6) ushbu Kodeksning 103 va 363-moddalariga muvofiq sud tomonidan sud topshirigʻi yuborilganda. |
118-modda. Ish yuritishni toʻxtatib turish vaqti | 118-modda. Ish yuritishni toʻxtatib turish vaqti |
Ish yuritish: | Ish yuritish: |
1) ushbu Kodeks 116-moddasining 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — huquqiy voris ishga kirishguniga yoki ishga jalb qilinguniga qadar yoxud muomalaga layoqatsiz shaxsga qonuniy vakil tayinlanguniga qadar; | 1) ushbu Kodeks 116-moddasining 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — huquqiy voris ishga kirishguniga yoki ishga jalb qilinguniga qadar yoxud muomalaga layoqatsiz shaxsga qonuniy vakil tayinlanguniga qadar; |
2) ushbu Kodeks 116-moddasining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda — tarafning Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismida boʻlishi tugaguniga qadar; | 2) ushbu Kodeks 116-moddasining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda — tarafning Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismida boʻlishi tugaguniga qadar; |
3) ushbu Kodeks 116-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — sudning hal qiluv qarori yoki hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoki maʼmuriy tartibda koʻrilayotgan ish boʻyicha qaror chiqarilguniga yoxud tergov tamom boʻlguniga qadar; | 3) ushbu Kodeks 116-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — sudning hal qiluv qarori yoki hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoki maʼmuriy tartibda koʻrilayotgan ish boʻyicha qaror chiqarilguniga yoxud tergov tamom boʻlguniga qadar; |
4) ushbu Kodeks 116-moddasining 5-bandida nazarda tutilgan hollarda — chet davlat sudining yoki hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi yoxud uning ijrosini toʻxtatib turish haqidagi iltimosnoma chet davlatning vakolatli organi tomonidan hal qilinguniga qadar; | 4) ushbu Kodeks 116-moddasining 5-bandida nazarda tutilgan hollarda — chet davlat sudining yoki hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi yoxud uning ijrosini toʻxtatib turish haqidagi iltimosnoma chet davlatning vakolatli organi tomonidan hal qilinguniga qadar; |
41) ushbu Kodeks 116-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda — mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tugaguniga qadar, biroq oltmish kundan ortiq boʻlmagan muddatda; | 41) ushbu Kodeks 116-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda — mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tugaguniga qadar, biroq oltmish kundan ortiq boʻlmagan muddatda; |
5) ushbu Kodeks 117-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — tegishincha tarafning Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibida muddatli haqiqiy harbiy xizmatda boʻlishi tugaguniga yoki mazkur shaxslar davlat majburiyatini bajarib boʻlguniga qadar; | 5) ushbu Kodeks 117-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — tegishincha tarafning Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibida muddatli haqiqiy harbiy xizmatda boʻlishi tugaguniga yoki mazkur shaxslar davlat majburiyatini bajarib boʻlguniga qadar; |
6) ushbu Kodeks 117-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan hollarda — taraf davolash muassasasidan chiqquniga yoki tarafning sudga kelishiga toʻsqinlik qilayotgan kasallik tuzalguniga qadar; | 6) ushbu Kodeks 117-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan hollarda — taraf davolash muassasasidan chiqquniga yoki tarafning sudga kelishiga toʻsqinlik qilayotgan kasallik tuzalguniga qadar; |
7) ushbu Kodeks 117-moddasining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda — javobgarni qidirish tugallanguniga qadar; | 7) ushbu Kodeks 117-moddasining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda — javobgarni qidirish tugallanguniga qadar; |
8) ushbu Kodeks 117-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — taraf qaytguniga qadar; | 8) ushbu Kodeks 117-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — taraf qaytguniga qadar; |
9) ushbu Kodeks 117-moddasining 5-bandida nazarda tutilgan hollarda — ekspertiza oʻtkazish boʻyicha harakatlar tugaguniga qadar; | 9) ushbu Kodeks 117-moddasining 5-bandida nazarda tutilgan hollarda — ekspertiza oʻtkazish boʻyicha harakatlar tugaguniga qadar; |
10) ushbu Kodeks 117-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda — sud topshirigʻini ijro etish boʻyicha harakatlar tugaguniga qadar toʻxtatib turiladi. | 10) ushbu Kodeks 117-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda — sud topshirigʻini ijro etish boʻyicha harakatlar tugaguniga qadar toʻxtatib turiladi. |
119-modda. Ish yuritishni toʻxtatib turish tartibi | 119-modda. Ish yuritishni toʻxtatib turish tartibi |
Ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. | Ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. |
Sudning ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. | Sudning ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. |
120-modda. Ish yuritishni toʻxtatib turishning huquqiy oqibatlari | 120-modda. Ish yuritishni toʻxtatib turishning huquqiy oqibatlari |
Ish yuritish toʻxtatib turilganida, ushbu Kodeksda belgilangan yoki sud tomonidan tayinlangan muddatlarning oʻtishi toʻxtatib turiladi. | Ish yuritish toʻxtatib turilganida, ushbu Kodeksda belgilangan yoki sud tomonidan tayinlangan muddatlarning oʻtishi toʻxtatib turiladi. |
Ish yuritish tiklanguniga qadar sud biror-bir protsessual harakatlarni amalga oshirishga haqli emas, bundan daʼvoni va dalillarni taʼminlashga qaratilgan harakatlar mustasno. | Ish yuritish tiklanguniga qadar sud biror-bir protsessual harakatlarni amalga oshirishga haqli emas, bundan daʼvoni va dalillarni taʼminlashga qaratilgan harakatlar mustasno. |
121-modda. Ish yuritishni tiklash | 121-modda. Ish yuritishni tiklash |
Ish yuritish uni toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar barham topganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga koʻra yoki sudning tashabbusi bilan tiklanadi. | Ish yuritish uni toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar barham topganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga koʻra yoki sudning tashabbusi bilan tiklanadi. |
Ish yuritish tiklangan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni umumiy asoslarda chaqiradi. | Ish yuritish tiklangan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni umumiy asoslarda chaqiradi. |
Ish yuritishni tiklash toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. | Ish yuritishni tiklash toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. |
11-bob. Arizani koʻrmasdan qoldirish | 11-bob. Arizani koʻrmasdan qoldirish |
122-modda. Arizani koʻrmasdan qoldirish asoslari | 122-modda. Arizani koʻrmasdan qoldirish asoslari |
Sud quyidagi hollarda arizani koʻrmasdan qoldiradi, agar: | Sud quyidagi hollarda arizani koʻrmasdan qoldiradi, agar: |
1) ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; | 1) ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; |
2) manfaatdor shaxs nomidan ariza ish yuritishga vakolati boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; | 2) manfaatdor shaxs nomidan ariza ish yuritishga vakolati boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; |
3) fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, iqtisodiy sudning yoki hakamlik sudining ish yurituvida ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa; | 3) fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, iqtisodiy sudning yoki hakamlik sudining ish yurituvida ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa; |
4) taraflar oʻrtasida ushbu nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirish toʻgʻrisida hakamlik bitimi tuzilgan boʻlsa; | 4) taraflar oʻrtasida ushbu nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirish toʻgʻrisida hakamlik bitimi tuzilgan boʻlsa; |
5) ishni oʻzining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan taraflar ikkinchi chaqiruv boʻyicha ham uzrli sabablarsiz sudga kelmasa, sud esa ishga oid mavjud materiallar asosida ishni hal qilish mumkin emas, deb hisoblasa; | 5) ishni oʻzining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan taraflar ikkinchi chaqiruv boʻyicha ham uzrli sabablarsiz sudga kelmasa, sud esa ishga oid mavjud materiallar asosida ishni hal qilish mumkin emas, deb hisoblasa; |
6) ishni oʻzining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan daʼvogar ikkinchi chaqiruv boʻyicha sudga kelmasa, javobgar esa ishni mazmunan koʻrishni talab qilmasa; | 6) ishni oʻzining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan daʼvogar ikkinchi chaqiruv boʻyicha sudga kelmasa, javobgar esa ishni mazmunan koʻrishni talab qilmasa; |
7) alohida tartibda yuritiladigan ishni muhokama qilish vaqtida sudga taalluqli huquq toʻgʻrisida nizo kelib chiqsa; | 7) alohida tartibda yuritiladigan ishni muhokama qilish vaqtida sudga taalluqli huquq toʻgʻrisida nizo kelib chiqsa; |
8) xotini homilador boʻlgan vaqtda yoki bola tugʻilganidan keyin bir yil davomida er xotinining roziligisiz nikohni bekor qilish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etgan boʻlsa; | 8) xotini homilador boʻlgan vaqtda yoki bola tugʻilganidan keyin bir yil davomida er xotinining roziligisiz nikohni bekor qilish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etgan boʻlsa; |
9) daʼvogar tomonidan arizani koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida ariza berilgan boʻlsa; | 9) daʼvogar tomonidan arizani koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida ariza berilgan boʻlsa; |
91) daʼvogarning manfaatlarini koʻzlab prokuror, davlat organi, tashkilot va boshqa shaxs tomonidan taqdim etilgan daʼvodan daʼvogar voz kechgan boʻlsa va bunda uchinchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qilinmasa; | 91) daʼvogarning manfaatlarini koʻzlab prokuror, davlat organi, tashkilot va boshqa shaxs tomonidan taqdim etilgan daʼvodan daʼvogar voz kechgan boʻlsa va bunda uchinchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qilinmasa; |
10) daʼvogar tomonidan nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinmagan, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa; | 10) daʼvogar tomonidan nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinmagan, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa; |
101) daʼvogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etmagan boʻlsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa; | 101) daʼvogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etmagan boʻlsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa; |
102) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish haqida iltimosnoma bilan arz qilgan taraflar uni amalga oshirish muddati tugaganidan soʻng sud majlisiga uzrli sabablarsiz kelmasa; | 102) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish haqida iltimosnoma bilan arz qilgan taraflar uni amalga oshirish muddati tugaganidan soʻng sud majlisiga uzrli sabablarsiz kelmasa; |
103) taraflar oʻrtasida mediativ kelishuv tuzilgan boʻlsa; | 103) taraflar oʻrtasida mediativ kelishuv tuzilgan boʻlsa; |
11) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza qonunda belgilangan muddatdan oldin yoki egasiz mol-mulkni (ashyoni) aniqlash va hisobga olishning qonunda nazarda tutilgan tartibi buzilgan holda berilgan boʻlsa. | 11) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza qonunda belgilangan muddatdan oldin yoki egasiz mol-mulkni (ashyoni) aniqlash va hisobga olishning qonunda nazarda tutilgan tartibi buzilgan holda berilgan boʻlsa. |
123-modda. Arizani koʻrmasdan qoldirish tartibi va oqibatlari | 123-modda. Arizani koʻrmasdan qoldirish tartibi va oqibatlari |
Sud ushbu Kodeks 122-moddasining 1, 3, 4 va 103-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha arizani koʻrmasdan qoldirib, ajrimda davlat bojini qaytarish va daʼvoni taʼminlash yuzasidan koʻrilgan choralarni bekor qilish haqida koʻrsatadi. | Sud ushbu Kodeks 122-moddasining 1, 3, 4 va 103-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha arizani koʻrmasdan qoldirib, ajrimda davlat bojini qaytarish va daʼvoni taʼminlash yuzasidan koʻrilgan choralarni bekor qilish haqida koʻrsatadi. |
Ushbu Kodeks 122-moddasining 5, 6, 7 va 102-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha arizani koʻrmasdan qoldirish haqidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. | Ushbu Kodeks 122-moddasining 5, 6, 7 va 102-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha arizani koʻrmasdan qoldirish haqidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. |
Arizani koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan keyin manfaatdor shaxs sudga ariza bilan umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli. | Arizani koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan keyin manfaatdor shaxs sudga ariza bilan umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli. |
12-bob. Ish yuritishni tugatish | 12-bob. Ish yuritishni tugatish |
124-modda. Ish yuritishni tugatish asoslari | 124-modda. Ish yuritishni tugatish asoslari |
Sud quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi, agar: | Sud quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi, agar: |
1) ish fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga taalluqli boʻlmasa; | 1) ish fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga taalluqli boʻlmasa; |
2) fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, iqtisodiy sudning yoki maʼmuriy sudning yoxud chet davlat vakolatli sudining ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilish toʻgʻrisidagi yoxud taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimi mavjud boʻlsa; | 2) fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, iqtisodiy sudning yoki maʼmuriy sudning yoxud chet davlat vakolatli sudining ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilish toʻgʻrisidagi yoxud taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimi mavjud boʻlsa; |
3) daʼvogar arz qilingan talablaridan voz kechgan va sud bu voz kechishni qabul qilgan boʻlsa; | 3) daʼvogar arz qilingan talablaridan voz kechgan va sud bu voz kechishni qabul qilgan boʻlsa; |
4) taraflar kelishuv bitimi tuzgan va u sud tomonidan tasdiqlangan boʻlsa; | 4) taraflar kelishuv bitimi tuzgan va u sud tomonidan tasdiqlangan boʻlsa; |
5) hakamlik sudining ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa, bundan sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno; | 5) hakamlik sudining ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa, bundan sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno; |
51) sudning ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan tuzilgan mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ajrimi mavjud boʻlsa; | 51) sudning ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan tuzilgan mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ajrimi mavjud boʻlsa; |
6) ish boʻyicha taraflardan biri boʻlgan fuqaroning vafotidan soʻng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa; | 6) ish boʻyicha taraflardan biri boʻlgan fuqaroning vafotidan soʻng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa; |
7) ish boʻyicha taraf boʻlib qatnashayotgan tashkilot tugatilgan boʻlsa. | 7) ish boʻyicha taraf boʻlib qatnashayotgan tashkilot tugatilgan boʻlsa. |
125-modda. Ish yuritishni tugatish tartibi | 125-modda. Ish yuritishni tugatish tartibi |
Ish yuritish sudning ajrimi bilan tugatiladi. Agar ish yuritish ish sudga taalluqli boʻlmaganligi sababli tugatilsa va nizoni hal etish boshqa davlat organining vakolatiga taalluqli boʻlsa, sud arizachining qaysi organga murojaat qilishi kerakligini koʻrsatishi shart. | Ish yuritish sudning ajrimi bilan tugatiladi. Agar ish yuritish ish sudga taalluqli boʻlmaganligi sababli tugatilsa va nizoni hal etish boshqa davlat organining vakolatiga taalluqli boʻlsa, sud arizachining qaysi organga murojaat qilishi kerakligini koʻrsatishi shart. |
Ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. | Ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. |
126-modda. Ish yuritishni tugatish oqibatlari | 126-modda. Ish yuritishni tugatish oqibatlari |
Ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan sudga ikkinchi marta murojaat qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan sudga ikkinchi marta murojaat qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
13-bob. Sud xarajatlari | 13-bob. Sud xarajatlari |
127-modda. Sud xarajatlarining turlari | 127-modda. Sud xarajatlarining turlari |
Sud xarajatlari davlat boji va ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlardan iborat boʻladi. | Sud xarajatlari davlat boji va ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlardan iborat boʻladi. |
128-modda. Davlat boji | 128-modda. Davlat boji |
Davlat bojini toʻlash asoslari va tartibi, uni toʻlashdan ozod qilish, davlat bojini qaytarish tartibi qonunda belgilanadi. | Davlat bojini toʻlash asoslari va tartibi, uni toʻlashdan ozod qilish, davlat bojini qaytarish tartibi qonunda belgilanadi. |
129-modda. Daʼvoning bahosi | 129-modda. Daʼvoning bahosi |
Daʼvoning bahosi quyidagicha belgilanadi: | Daʼvoning bahosi quyidagicha belgilanadi: |
1) pul undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — undiriladigan summaga qarab; | 1) pul undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — undiriladigan summaga qarab; |
2) mol-mulkni talab qilib olish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — talab qilinayotgan mol-mulkning qiymatiga qarab; | 2) mol-mulkni talab qilib olish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — talab qilinayotgan mol-mulkning qiymatiga qarab; |
3) bir nechta mustaqil talabdan iborat daʼvolar boʻyicha — barcha talablarning umumiy summasiga qarab; | 3) bir nechta mustaqil talabdan iborat daʼvolar boʻyicha — barcha talablarning umumiy summasiga qarab; |
4) aliment undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — bir yillik toʻlovlarning yigʻindisiga qarab; | 4) aliment undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — bir yillik toʻlovlarning yigʻindisiga qarab; |
5) muddatli toʻlovlar va pul berish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — toʻlovlarning yoki beriladigan pullarning yigʻindisiga, lekin koʻpi bilan uch yillik yigʻindisiga qarab; | 5) muddatli toʻlovlar va pul berish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — toʻlovlarning yoki beriladigan pullarning yigʻindisiga, lekin koʻpi bilan uch yillik yigʻindisiga qarab; |
6) muddatsiz yoki umrbod toʻlovlar va pul berish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — toʻlovlarning yoki pullarning uch yil ichidagi yigʻindisiga qarab; | 6) muddatsiz yoki umrbod toʻlovlar va pul berish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — toʻlovlarning yoki pullarning uch yil ichidagi yigʻindisiga qarab; |
7) toʻlovlarni yoki pul berishni kamaytirish yoxud koʻpaytirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — toʻlovlar yoki beriladigan pullar kamaytiriladigan yoki koʻpaytiriladigan summaga, lekin koʻpi bilan bir yillik summaga qarab; | 7) toʻlovlarni yoki pul berishni kamaytirish yoxud koʻpaytirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — toʻlovlar yoki beriladigan pullar kamaytiriladigan yoki koʻpaytiriladigan summaga, lekin koʻpi bilan bir yillik summaga qarab; |
8) toʻlovlarni yoki pul berishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — qolgan toʻlovlar yoki pullar yigʻindisiga, lekin koʻpi bilan bir yillik yigʻindisiga qarab; | 8) toʻlovlarni yoki pul berishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — qolgan toʻlovlar yoki pullar yigʻindisiga, lekin koʻpi bilan bir yillik yigʻindisiga qarab; |
9) mol-mulk ijarasi shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish haqidagi daʼvolar boʻyicha — shartnoma amal qilishining qolgan muddatida mulkdan foydalanish uchun toʻlanadigan toʻlovlarning yigʻindisiga, lekin koʻpi bilan uch yil ichidagi toʻlovlarning yigʻindisiga qarab; | 9) mol-mulk ijarasi shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish haqidagi daʼvolar boʻyicha — shartnoma amal qilishining qolgan muddatida mulkdan foydalanish uchun toʻlanadigan toʻlovlarning yigʻindisiga, lekin koʻpi bilan uch yil ichidagi toʻlovlarning yigʻindisiga qarab; |
10) xususiy mulk huquqi asosida fuqarolarga tegishli imoratlarga egalik huquqi toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — imoratning bozor qiymatiga qarab, lekin bu miqdor kadastr qiymatidan, bunday baho boʻlmaganida esa, majburiy sugʻurta bahosidan kam boʻlmasligi kerak, tashkilotlarga qarashli imoratlar boʻyicha esa — imoratlarning haqiqiy bahosidan kam boʻlmasligi kerak. | 10) xususiy mulk huquqi asosida fuqarolarga tegishli imoratlarga egalik huquqi toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — imoratning bozor qiymatiga qarab, lekin bu miqdor kadastr qiymatidan, bunday baho boʻlmaganida esa, majburiy sugʻurta bahosidan kam boʻlmasligi kerak, tashkilotlarga qarashli imoratlar boʻyicha esa — imoratlarning haqiqiy bahosidan kam boʻlmasligi kerak. |
130-modda. Daʼvoning bahosini belgilash tartibi | 130-modda. Daʼvoning bahosini belgilash tartibi |
Daʼvoning bahosi daʼvogar tomonidan koʻrsatiladi. Daʼvogar koʻrsatgan baho talab qilinayotgan mol-mulkning haqiqiy qiymatiga muvofiq emasligi yaqqol boʻlsa, daʼvoning bahosini sudya belgilaydi. | Daʼvoning bahosi daʼvogar tomonidan koʻrsatiladi. Daʼvogar koʻrsatgan baho talab qilinayotgan mol-mulkning haqiqiy qiymatiga muvofiq emasligi yaqqol boʻlsa, daʼvoning bahosini sudya belgilaydi. |
Daʼvo taqdim etilgan vaqtda uning bahosini belgilash qiyin boʻlsa, davlat bojining miqdorini sudya dastlabki tarzda belgilaydi va keyinchalik ishni hal qilish chogʻida sud belgilagan daʼvo bahosiga muvofiq, davlat bojining toʻlanmagan qismi undiriladi yoki ortiqcha olingan qismi qaytariladi. | Daʼvo taqdim etilgan vaqtda uning bahosini belgilash qiyin boʻlsa, davlat bojining miqdorini sudya dastlabki tarzda belgilaydi va keyinchalik ishni hal qilish chogʻida sud belgilagan daʼvo bahosiga muvofiq, davlat bojining toʻlanmagan qismi undiriladi yoki ortiqcha olingan qismi qaytariladi. |
131-modda. Daʼvoning bahosi oʻzgartirilganda davlat bojini hisoblash | 131-modda. Daʼvoning bahosi oʻzgartirilganda davlat bojini hisoblash |
Toʻlangan davlat boji daʼvogar oʻz talablarini kamaytirgan, arz qilingan talablaridan voz kechgan, taraflar ishni kelishuv bitimi bilan tamomlagan hollarda qaytarilmaydi. | Toʻlangan davlat boji daʼvogar oʻz talablarini kamaytirgan, arz qilingan talablaridan voz kechgan, taraflar ishni kelishuv bitimi bilan tamomlagan hollarda qaytarilmaydi. |
Arz qilingan talablar koʻpaytirilganda yetishmayotgan summa daʼvoning koʻpaytirilgan bahosiga muvofiq ravishda qoʻshimcha tarzda toʻlanadi. | Arz qilingan talablar koʻpaytirilganda yetishmayotgan summa daʼvoning koʻpaytirilgan bahosiga muvofiq ravishda qoʻshimcha tarzda toʻlanadi. |
132-modda. Ishni koʻrish bilan bogʻliq boʻlgan chiqimlar | 132-modda. Ishni koʻrish bilan bogʻliq boʻlgan chiqimlar |
Ishni koʻrish bilan bogʻliq boʻlgan chiqimlar jumlasiga quyidagilar kiradi: | Ishni koʻrish bilan bogʻliq boʻlgan chiqimlar jumlasiga quyidagilar kiradi: |
1) guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar; | 1) guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar; |
2) joyida koʻzdan kechirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar; | 2) joyida koʻzdan kechirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar; |
3) ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan hollarda javobgarni qidirish uchun qilingan xarajatlar; | 3) ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan hollarda javobgarni qidirish uchun qilingan xarajatlar; |
31) sud xabarnomalarini va sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlari; | 31) sud xabarnomalarini va sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlari; |
4) sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar; | 4) sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar; |
5) sud tomonidan tan olingan boshqa zarur xarajatlar. | 5) sud tomonidan tan olingan boshqa zarur xarajatlar. |
Pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan oshmasligi kerak va sudning depozit hisobvaragʻiga kiritilishi lozim. | Pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan oshmasligi kerak va sudning depozit hisobvaragʻiga kiritilishi lozim. |
Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar summasi sud tomonidan belgilanadi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni koʻrish natijalariga koʻra ushbu Kodeksga muvofiq undiriladi. | Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar summasi sud tomonidan belgilanadi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni koʻrish natijalariga koʻra ushbu Kodeksga muvofiq undiriladi. |
133-modda. Sud xarajatlarini toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash va ularning miqdorlarini kamaytirish | 133-modda. Sud xarajatlarini toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash va ularning miqdorlarini kamaytirish |
Davlat bojini toʻlashni kechiktirishga qonunchilikda belgilangan hollarda yoʻl qoʻyiladi. | Davlat bojini toʻlashni kechiktirishga qonunchilikda belgilangan hollarda yoʻl qoʻyiladi. |
Sud taraflarning mulkiy ahvoliga qarab, ulardan birining yoki ikkalasining davlat daromadiga undiriladigan sud xarajatlarini toʻlashni kechiktirishga yoki boʻlib-boʻlib toʻlashga yoʻl qoʻyishi, shuningdek bu xarajatlarning miqdorini kamaytirishi mumkin. | Sud taraflarning mulkiy ahvoliga qarab, ulardan birining yoki ikkalasining davlat daromadiga undiriladigan sud xarajatlarini toʻlashni kechiktirishga yoki boʻlib-boʻlib toʻlashga yoʻl qoʻyishi, shuningdek bu xarajatlarning miqdorini kamaytirishi mumkin. |
134-modda. Ekspertlarga, mutaxassislarga, guvohlarga, tarjimonlarga tegishli boʻlgan summalarni toʻlash va ularning oʻrtacha ish haqini saqlab qolish | 134-modda. Ekspertlarga, mutaxassislarga, guvohlarga, tarjimonlarga tegishli boʻlgan summalarni toʻlash va ularning oʻrtacha ish haqini saqlab qolish |
Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli boʻlgan summalar ular oʻz vazifalarini bajarib boʻlganidan soʻng sud tomonidan toʻlanadi. | Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli boʻlgan summalar ular oʻz vazifalarini bajarib boʻlganidan soʻng sud tomonidan toʻlanadi. |
Ekspertlar va mutaxassislar sudning topshirigʻi boʻyicha bajargan ishi uchun, agar bu ish ularning xizmat vazifalari doirasiga kirmasa, haq oladi. | Ekspertlar va mutaxassislar sudning topshirigʻi boʻyicha bajargan ishi uchun, agar bu ish ularning xizmat vazifalari doirasiga kirmasa, haq oladi. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan xodimlarning sudga borishi munosabati bilan ularning ishda boʻlmagan vaqtida ish joyidagi oʻrtacha ish haqi qonunchilikda belgilangan tartibda saqlanadi. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan xodimlarning sudga borishi munosabati bilan ularning ishda boʻlmagan vaqtida ish joyidagi oʻrtacha ish haqi qonunchilikda belgilangan tartibda saqlanadi. |
Mehnat munosabatlariga kirishmagan guvohlar odatdagi mashgʻulotlaridan qoldirilganligi uchun amalda sarflagan vaqti va belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqilgan holda haq oladi. | Mehnat munosabatlariga kirishmagan guvohlar odatdagi mashgʻulotlaridan qoldirilganligi uchun amalda sarflagan vaqti va belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqilgan holda haq oladi. |
Toʻlanishi lozim boʻlgan summalarni toʻlash tartibi va ularning miqdorlari qonunchilik bilan belgilanadi. | Toʻlanishi lozim boʻlgan summalarni toʻlash tartibi va ularning miqdorlari qonunchilik bilan belgilanadi. |
135-modda. Sud chiqimlarini toʻlash uchun mablagʻlarni kiritish tartibi | 135-modda. Sud chiqimlarini toʻlash uchun mablagʻlarni kiritish tartibi |
Guvohlar, ekspertlar va mutaxassislarga, tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar yoki joyida koʻzdan kechirishni oʻtkazishga doir xarajatlar uchun zarur boʻlgan summalar tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan taraf tomonidan sudning depozit hisobvaragʻiga oldindan kiritiladi. Agar bu iltimosnoma ikkala taraf tomonidan berilgan boʻlsa yoki guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni, tarjimonlarni chaqirish, joyida koʻzdan kechirish sudning tashabbusi bilan amalga oshirilsa, talab qilinadigan summani taraflar teng miqdorda kiritadi. Agar ekspertiza sudning tashabbusi bilan tayinlansa, toʻlanishi lozim boʻlgan summa ekspertga sud tomonidan depozit hisobvaragʻidan toʻlanishi mumkin. Bu summa ishda ishtirok etuvchi shaxslardan sud hujjati chiqarilayotganda sudning depozit hisobvaragʻiga oʻtkazilgan holda ushbu Kodeksga muvofiq undiriladi. | Guvohlar, ekspertlar va mutaxassislarga, tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar yoki joyida koʻzdan kechirishni oʻtkazishga doir xarajatlar uchun zarur boʻlgan summalar tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan taraf tomonidan sudning depozit hisobvaragʻiga oldindan kiritiladi. Agar bu iltimosnoma ikkala taraf tomonidan berilgan boʻlsa yoki guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni, tarjimonlarni chaqirish, joyida koʻzdan kechirish sudning tashabbusi bilan amalga oshirilsa, talab qilinadigan summani taraflar teng miqdorda kiritadi. Agar ekspertiza sudning tashabbusi bilan tayinlansa, toʻlanishi lozim boʻlgan summa ekspertga sud tomonidan depozit hisobvaragʻidan toʻlanishi mumkin. Bu summa ishda ishtirok etuvchi shaxslardan sud hujjati chiqarilayotganda sudning depozit hisobvaragʻiga oʻtkazilgan holda ushbu Kodeksga muvofiq undiriladi. |
136-modda. Vakilning yordami uchun haq toʻlashga doir xarajatlarning oʻrnini qoplash | 136-modda. Vakilning yordami uchun haq toʻlashga doir xarajatlarning oʻrnini qoplash |
Hal qiluv qarori qaysi tarafning foydasiga chiqarilgan boʻlsa, sud shu tarafga ikkinchi tarafdan vakilning yordami uchun toʻlashga doir xarajatlarni oqilona miqdorlarda undirib beradi. | Hal qiluv qarori qaysi tarafning foydasiga chiqarilgan boʻlsa, sud shu tarafga ikkinchi tarafdan vakilning yordami uchun toʻlashga doir xarajatlarni oqilona miqdorlarda undirib beradi. |
Agar hal qiluv qarori oʻz foydasiga chiqarilgan tarafga advokat belgilangan tartibga muvofiq bepul yordam koʻrsatgan boʻlsa, bu summa boshqa tarafdan advokatlar byurosi (hayʼati, firmasi) foydasiga undiriladi. | Agar hal qiluv qarori oʻz foydasiga chiqarilgan tarafga advokat belgilangan tartibga muvofiq bepul yordam koʻrsatgan boʻlsa, bu summa boshqa tarafdan advokatlar byurosi (hayʼati, firmasi) foydasiga undiriladi. |
137-modda. Yoʻqotilgan vaqt uchun haq undirish | 137-modda. Yoʻqotilgan vaqt uchun haq undirish |
Sud insofsizlik bilan asossiz talab arz qilgan yoki daʼvoga qarshi nizolashgan yoxud ishning toʻgʻri va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi hamda hal etilishiga muntazam qarshilik qilib kelgan taraf zimmasiga amalda yoʻqotilgan vaqt uchun ikkinchi taraf foydasiga haq toʻlash majburiyatini yuklatishi mumkin. Undiriladigan haq sud tomonidan oqilona miqdorda belgilanadi. | Sud insofsizlik bilan asossiz talab arz qilgan yoki daʼvoga qarshi nizolashgan yoxud ishning toʻgʻri va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi hamda hal etilishiga muntazam qarshilik qilib kelgan taraf zimmasiga amalda yoʻqotilgan vaqt uchun ikkinchi taraf foydasiga haq toʻlash majburiyatini yuklatishi mumkin. Undiriladigan haq sud tomonidan oqilona miqdorda belgilanadi. |
138-modda. Sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash | 138-modda. Sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash |
Hal qiluv qarori qaysi tarafning foydasiga chiqarilgan boʻlsa, sud shu tarafga ikkinchi tarafdan, garchi bu taraf davlat daromadiga tushadigan sud xarajatlarini toʻlashdan ozod etilgan boʻlsa-da, ish boʻyicha qilingan hamma xarajatlarni undirib beradi. | Hal qiluv qarori qaysi tarafning foydasiga chiqarilgan boʻlsa, sud shu tarafga ikkinchi tarafdan, garchi bu taraf davlat daromadiga tushadigan sud xarajatlarini toʻlashdan ozod etilgan boʻlsa-da, ish boʻyicha qilingan hamma xarajatlarni undirib beradi. |
Agar arz qilingan talablar qisman qanoatlantirilgan boʻlsa, ushbu moddada koʻrsatilgan summalar javobgardan daʼvogarga talablarning sud tomonidan qanoatlantirgan qismiga mutanosib ravishda, javobgarga esa daʼvogar arz qilgan talablarning rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undirib beriladi. | Agar arz qilingan talablar qisman qanoatlantirilgan boʻlsa, ushbu moddada koʻrsatilgan summalar javobgardan daʼvogarga talablarning sud tomonidan qanoatlantirgan qismiga mutanosib ravishda, javobgarga esa daʼvogar arz qilgan talablarning rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undirib beriladi. |
Daʼvogarning talablari u sudga murojaat qilganidan soʻng javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda qanoatlantirilganda sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatiladi. | Daʼvogarning talablari u sudga murojaat qilganidan soʻng javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda qanoatlantirilganda sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatiladi. |
Agar daʼvogar tomonidan neustoykani undirish haqidagi talab asosli ravishda arz qilinib, biroq uning miqdori sud tomonidan kamaytirilgan boʻlsa, sud xarajatlari neustoykaning kamaytirilishi hisobga olinmagan holda undirilishi lozim boʻlgan neustoyka summasidan kelib chiqqan holda, javobgarning zimmasiga yuklatiladi. | Agar daʼvogar tomonidan neustoykani undirish haqidagi talab asosli ravishda arz qilinib, biroq uning miqdori sud tomonidan kamaytirilgan boʻlsa, sud xarajatlari neustoykaning kamaytirilishi hisobga olinmagan holda undirilishi lozim boʻlgan neustoyka summasidan kelib chiqqan holda, javobgarning zimmasiga yuklatiladi. |
Davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek tashkilotlar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab taqdim etilgan daʼvo talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari koʻzlanib daʼvo taqdim etilgan shaxslardan daʼvo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi. | Davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek tashkilotlar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab taqdim etilgan daʼvo talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari koʻzlanib daʼvo taqdim etilgan shaxslardan daʼvo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi. |
Agar yuqori turuvchi instansiya sudi ishlarni yangidan koʻrib chiqish uchun yubormay, chiqarilgan hal qiluv qarorini oʻzgartirsa yoki yangi hal qiluv qarorini qabul qilsa, u sud xarajatlari taqsimotini tegishincha oʻzgartiradi. | Agar yuqori turuvchi instansiya sudi ishlarni yangidan koʻrib chiqish uchun yubormay, chiqarilgan hal qiluv qarorini oʻzgartirsa yoki yangi hal qiluv qarorini qabul qilsa, u sud xarajatlari taqsimotini tegishincha oʻzgartiradi. |
Ushbu moddada bayon qilingan qoidalar apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlarini berganda taraflar toʻlagan davlat bojiga ham taalluqlidir. | Ushbu moddada bayon qilingan qoidalar apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlarini berganda taraflar toʻlagan davlat bojiga ham taalluqlidir. |
139-modda. Arz qilingan talablardan voz kechilganda, kelishuv bitimi tuzilganda sud xarajatlarini taqsimlash | 139-modda. Arz qilingan talablardan voz kechilganda, kelishuv bitimi tuzilganda sud xarajatlarini taqsimlash |
Daʼvogar arz qilingan talablaridan voz kechganda u qilgan xarajatlarining oʻrni javobgar tomonidan qoplanmaydi. | Daʼvogar arz qilingan talablaridan voz kechganda u qilgan xarajatlarining oʻrni javobgar tomonidan qoplanmaydi. |
Agar taraflar kelishuv bitimi tuzish chogʻida sud xarajatlarini taqsimlash tartibini nazarda tutmagan boʻlsa, sud bu masalani kelishuv bitimini tasdiqlashda ushbu Kodeksning 136, 138 va 141-moddalariga muvofiq hal qiladi. | Agar taraflar kelishuv bitimi tuzish chogʻida sud xarajatlarini taqsimlash tartibini nazarda tutmagan boʻlsa, sud bu masalani kelishuv bitimini tasdiqlashda ushbu Kodeksning 136, 138 va 141-moddalariga muvofiq hal qiladi. |
140-modda. Taraflarga sud xarajatlarining oʻrnini qoplash | 140-modda. Taraflarga sud xarajatlarining oʻrnini qoplash |
Prokurorning, shuningdek boshqa shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilib sudga murojaat qilgan davlat boshqaruvi organlarining, tashkilotlarning va fuqarolarning arz qilingan talablari toʻliq yoki qisman rad etilganda, javobgar qilgan sud xarajatlarining oʻrni unga budjet mablagʻlari hisobidan toʻliq yoki daʼvogar arz qilgan talablarning rad etilgan qismiga mutanosib ravishda qoplanadi. | Prokurorning, shuningdek boshqa shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilib sudga murojaat qilgan davlat boshqaruvi organlarining, tashkilotlarning va fuqarolarning arz qilingan talablari toʻliq yoki qisman rad etilganda, javobgar qilgan sud xarajatlarining oʻrni unga budjet mablagʻlari hisobidan toʻliq yoki daʼvogar arz qilgan talablarning rad etilgan qismiga mutanosib ravishda qoplanadi. |
Talablarni qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, ushbu Kodeks 46-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan jalb etilgan javobgar qilgan sud xarajatlarining oʻrni budjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi. | Talablarni qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, ushbu Kodeks 46-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan jalb etilgan javobgar qilgan sud xarajatlarining oʻrni budjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi. |
Mol-mulkni xatlashni bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvo qanoatlantirilgan taqdirda, daʼvogar qilgan sud xarajatlarining oʻrni unga budjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi. | Mol-mulkni xatlashni bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvo qanoatlantirilgan taqdirda, daʼvogar qilgan sud xarajatlarining oʻrni unga budjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi. |
141-modda. Davlatga sud xarajatlarining oʻrnini qoplash | 141-modda. Davlatga sud xarajatlarining oʻrnini qoplash |
Ishni koʻrish bilan bogʻliq boʻlgan va daʼvogar toʻlashdan ozod qilingan sud chiqimlari hamda davlat boji javobgardan arz qilingan talablarning qanoatlantirilgan qismiga mutanosib ravishda davlat daromadiga undiriladi. | Ishni koʻrish bilan bogʻliq boʻlgan va daʼvogar toʻlashdan ozod qilingan sud chiqimlari hamda davlat boji javobgardan arz qilingan talablarning qanoatlantirilgan qismiga mutanosib ravishda davlat daromadiga undiriladi. |
Arz qilingan talablarni qanoatlantirish rad etilgan taqdirda sudning ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlari daʼvogardan davlat daromadiga undiriladi. | Arz qilingan talablarni qanoatlantirish rad etilgan taqdirda sudning ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlari daʼvogardan davlat daromadiga undiriladi. |
Agar arz qilingan talablar qisman qanoatlantirilgan, javobgar esa sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilingan boʻlsa, sudning ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlari sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilinmagan daʼvogardan talablarining rad etilgan qismiga mutanosib ravishda davlat daromadiga undiriladi. | Agar arz qilingan talablar qisman qanoatlantirilgan, javobgar esa sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilingan boʻlsa, sudning ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlari sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilinmagan daʼvogardan talablarining rad etilgan qismiga mutanosib ravishda davlat daromadiga undiriladi. |
Agar har ikki taraf ham sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilingan boʻlsa, sudning ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlari davlat hisobiga oʻtkaziladi. | Agar har ikki taraf ham sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilingan boʻlsa, sudning ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlari davlat hisobiga oʻtkaziladi. |
Javobgarni qidirish ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan tartibda eʼlon qilingan taqdirda, sud qidiruv ishi boʻyicha qilingan xarajatlarni javobgardan davlat daromadiga undiradi. | Javobgarni qidirish ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan tartibda eʼlon qilingan taqdirda, sud qidiruv ishi boʻyicha qilingan xarajatlarni javobgardan davlat daromadiga undiradi. |
142-modda. Sud xarajatlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha ajrimlar ustidan shikoyat qilish | 142-modda. Sud xarajatlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha ajrimlar ustidan shikoyat qilish |
Sud xarajatlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. | Sud xarajatlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. |
14-bob. Protsessual majburlov choralari | 14-bob. Protsessual majburlov choralari |
143-modda. Protsessual majburlov choralarining turlari | 143-modda. Protsessual majburlov choralarining turlari |
Protsessual majburlov choralari jumlasiga quyidagilar kiradi: | Protsessual majburlov choralari jumlasiga quyidagilar kiradi: |
1) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda majburiy keltirish; | 1) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda majburiy keltirish; |
2) ogohlantirish; | 2) ogohlantirish; |
3) sud majlisi zalidan chiqarib yuborish; | 3) sud majlisi zalidan chiqarib yuborish; |
4) sud jarimasi. | 4) sud jarimasi. |
Shaxsga nisbatan protsessual majburlov choralarining qoʻllanilishi uni ushbu Kodeksda yoki sud tomonidan belgilangan tegishli majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi. | Shaxsga nisbatan protsessual majburlov choralarining qoʻllanilishi uni ushbu Kodeksda yoki sud tomonidan belgilangan tegishli majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi. |
144-modda. Majburiy keltirish | 144-modda. Majburiy keltirish |
Agar ushbu Kodeksning 313-moddasiga muvofiq sud muhokamasida ishtirok etishi shart boʻlgan yoki sudga kelishi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan shart deb topilgan, tegishli tarzda xabardor qilingan shaxs sudga uzrsiz sabablarga koʻra kelmasa yoxud kelmaganligi sabablarini maʼlum qilmasa, sud tomonidan unga nisbatan majburiy keltirish toʻgʻrisida ajrim chiqarilishi mumkin. Mazkur ajrimning ijrosi hududiy ichki ishlar organining zimmasiga yuklatiladi. Majburiy keltirish bilan bogʻliq xarajatlarni undirish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hududiy ichki ishlar organining tegishli arizasiga asosan amalga oshiriladi. | Agar ushbu Kodeksning 313-moddasiga muvofiq sud muhokamasida ishtirok etishi shart boʻlgan yoki sudga kelishi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan shart deb topilgan, tegishli tarzda xabardor qilingan shaxs sudga uzrsiz sabablarga koʻra kelmasa yoxud kelmaganligi sabablarini maʼlum qilmasa, sud tomonidan unga nisbatan majburiy keltirish toʻgʻrisida ajrim chiqarilishi mumkin. Mazkur ajrimning ijrosi hududiy ichki ishlar organining zimmasiga yuklatiladi. Majburiy keltirish bilan bogʻliq xarajatlarni undirish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hududiy ichki ishlar organining tegishli arizasiga asosan amalga oshiriladi. |
Majburiy keltirish voyaga yetmaganlarga, homilador ayollarga, kasalligi, yoshi yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra sud majlisiga kela olmaydigan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi. | Majburiy keltirish voyaga yetmaganlarga, homilador ayollarga, kasalligi, yoshi yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra sud majlisiga kela olmaydigan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi. |
Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi sud ajrimida ushbu Kodeksning 272-moddasida nazarda tutilgan maʼlumotlardan tashqari shaxs majburiy keltirilishi lozim boʻlgan sana, vaqt va joy, shuningdek majburiy keltirish qaysi hududiy ichki ishlar organiga topshirilganligi koʻrsatiladi. | Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi sud ajrimida ushbu Kodeksning 272-moddasida nazarda tutilgan maʼlumotlardan tashqari shaxs majburiy keltirilishi lozim boʻlgan sana, vaqt va joy, shuningdek majburiy keltirish qaysi hududiy ichki ishlar organiga topshirilganligi koʻrsatiladi. |
Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi sud ajrimi darhol ijro etilishi lozim va ish yuritiladigan joydagi yoki majburiy keltirilishi kerak boʻlgan shaxsning yashash joyi, turgan joyi (joylashgan yeri), ish, xizmat yoxud oʻqish joyidagi hududiy ichki ishlar organiga ijro uchun yuboriladi. | Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi sud ajrimi darhol ijro etilishi lozim va ish yuritiladigan joydagi yoki majburiy keltirilishi kerak boʻlgan shaxsning yashash joyi, turgan joyi (joylashgan yeri), ish, xizmat yoxud oʻqish joyidagi hududiy ichki ishlar organiga ijro uchun yuboriladi. |
Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning ijrosini toʻxtatmaydi. | Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning ijrosini toʻxtatmaydi. |
145-modda. Ogohlantirish va sud majlisi zalidan chiqarib yuborish | 145-modda. Ogohlantirish va sud majlisi zalidan chiqarib yuborish |
Ishni muhokama qilish vaqtida tartibni buzgan shaxsni raislik qiluvchi sud nomidan ogohlantiradi. | Ishni muhokama qilish vaqtida tartibni buzgan shaxsni raislik qiluvchi sud nomidan ogohlantiradi. |
Sud majlisida taraf yoki uchinchi shaxs tartibni buzgan taqdirda, sud tartibbuzarni ishni koʻrishning hamma vaqtiga yoxud uning bir qismiga majlis zalidan chiqarib yuboradi. Vaqtincha chiqarib yuborilgan shaxs sud majlisi zaliga qaytadan qoʻyilganda raislik qiluvchi uni zalda yoʻq boʻlganda amalga oshirilgan protsessual harakatlar bilan tanishtiradi. Sud majlisida har ikki taraf yoki uchinchi shaxslar tartibni buzgan taqdirda, sud ishning muhokamasini keyinga qoldirishi mumkin. | Sud majlisida taraf yoki uchinchi shaxs tartibni buzgan taqdirda, sud tartibbuzarni ishni koʻrishning hamma vaqtiga yoxud uning bir qismiga majlis zalidan chiqarib yuboradi. Vaqtincha chiqarib yuborilgan shaxs sud majlisi zaliga qaytadan qoʻyilganda raislik qiluvchi uni zalda yoʻq boʻlganda amalga oshirilgan protsessual harakatlar bilan tanishtiradi. Sud majlisida har ikki taraf yoki uchinchi shaxslar tartibni buzgan taqdirda, sud ishning muhokamasini keyinga qoldirishi mumkin. |
Ishda ishtirok etayotgan shaxslar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar tartibni takroran buzgan taqdirda sudning ajrimiga binoan, ishni koʻrishda hozir boʻlgan fuqarolar esa raislik qiluvchining farmoyishi bilan sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi mumkin. Fuqarolar ommaviy tarzda tartibni buzgan taqdirda sud ish muhokamasini keyinga qoldirishi mumkin. | Ishda ishtirok etayotgan shaxslar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar tartibni takroran buzgan taqdirda sudning ajrimiga binoan, ishni koʻrishda hozir boʻlgan fuqarolar esa raislik qiluvchining farmoyishi bilan sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi mumkin. Fuqarolar ommaviy tarzda tartibni buzgan taqdirda sud ish muhokamasini keyinga qoldirishi mumkin. |
Prokuror yoki advokat raislik qiluvchining farmoyishlariga boʻysunmagan taqdirda, ular ogohlantiriladi. Mazkur shaxslar raislik qiluvchining farmoyishlariga yana boʻysunmasa, agar ularni ishga zarar yetkazmagan holda boshqa shaxs bilan almashtirishning imkoni boʻlmasa, ishni koʻrish sudning ajrimiga binoan keyinga qoldirilishi mumkin. Sud bir vaqtning oʻzida xususiy ajrim chiqaradi, ushbu ajrim tegishincha yuqori turuvchi prokurorga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga yuboriladi. | Prokuror yoki advokat raislik qiluvchining farmoyishlariga boʻysunmagan taqdirda, ular ogohlantiriladi. Mazkur shaxslar raislik qiluvchining farmoyishlariga yana boʻysunmasa, agar ularni ishga zarar yetkazmagan holda boshqa shaxs bilan almashtirishning imkoni boʻlmasa, ishni koʻrish sudning ajrimiga binoan keyinga qoldirilishi mumkin. Sud bir vaqtning oʻzida xususiy ajrim chiqaradi, ushbu ajrim tegishincha yuqori turuvchi prokurorga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga yuboriladi. |
146-modda. Sud jarimalarini solish tartibi | 146-modda. Sud jarimalarini solish tartibi |
Sud jarimalari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda solinadi. | Sud jarimalari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda solinadi. |
Sud jarimasini solish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi jarima solingan shaxsga darhol yuboriladi. | Sud jarimasini solish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi jarima solingan shaxsga darhol yuboriladi. |
Sud tomonidan solinadigan sud jarimasining miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oshmasligi kerak. | Sud tomonidan solinadigan sud jarimasining miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oshmasligi kerak. |
147-modda. Sud jarimasini undirish | 147-modda. Sud jarimasini undirish |
Sud jarimalari davlat daromadiga undiriladi. | Sud jarimalari davlat daromadiga undiriladi. |
Mansabdor shaxslarga sud tomonidan solingan sud jarimalari ularning shaxsiy mablagʻlaridan undiriladi. | Mansabdor shaxslarga sud tomonidan solingan sud jarimalari ularning shaxsiy mablagʻlaridan undiriladi. |
148-modda. Jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirish | 148-modda. Jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirish |
Jarima solingan shaxs jarima solgan suddan jarimadan ozod qilishni yoki uning miqdorini kamaytirishni sud ajrimining koʻchirma nusxasini olganidan keyin besh kun ichida iltimos qilishi mumkin. Bu ariza jarima solingan shaxsni xabardor qilgan holda sud majlisida koʻrib chiqiladi. Biroq uning sudga kelmaganligi arizani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. | Jarima solingan shaxs jarima solgan suddan jarimadan ozod qilishni yoki uning miqdorini kamaytirishni sud ajrimining koʻchirma nusxasini olganidan keyin besh kun ichida iltimos qilishi mumkin. Bu ariza jarima solingan shaxsni xabardor qilgan holda sud majlisida koʻrib chiqiladi. Biroq uning sudga kelmaganligi arizani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. |
149-modda. Sud jarimasi ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) | 149-modda. Sud jarimasi ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) |
Sudning jarima solish, jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. | Sudning jarima solish, jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. |
150-modda. Maʼmuriy javobgarlikka tortish | 150-modda. Maʼmuriy javobgarlikka tortish |
Sud majlisida tartibni buzgan yoki sudga boshqacha tarzda hurmatsizlik bildirgan shaxs sud tomonidan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin. | Sud majlisida tartibni buzgan yoki sudga boshqacha tarzda hurmatsizlik bildirgan shaxs sud tomonidan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin. |
Sudga hurmatsizlik guvohning, daʼvogarning, javobgarning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning sudga kelishdan qasddan boʻyin tovlashida yoki ushbu shaxslar va boshqa fuqarolarning raislik qiluvchining farmoyishiga boʻysunmasligida yoxud sud majlisi vaqtida tartibni buzishida namoyon boʻladi. | Sudga hurmatsizlik guvohning, daʼvogarning, javobgarning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning sudga kelishdan qasddan boʻyin tovlashida yoki ushbu shaxslar va boshqa fuqarolarning raislik qiluvchining farmoyishiga boʻysunmasligida yoxud sud majlisi vaqtida tartibni buzishida namoyon boʻladi. |
Sudga hurmatsizlik koʻrsatilganligi fakti aniqlanganligi toʻgʻrisida ushbu huquqbuzarlik sodir etilgan sud majlisining oʻzida alohida xonaga (maslahatxonaga) kirmasdan sudya (sud tarkibi) tomonidan huquqbuzarga darhol eʼlon qilinadi. Mazkur fakt sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi. Bunda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzilmaydi. | Sudga hurmatsizlik koʻrsatilganligi fakti aniqlanganligi toʻgʻrisida ushbu huquqbuzarlik sodir etilgan sud majlisining oʻzida alohida xonaga (maslahatxonaga) kirmasdan sudya (sud tarkibi) tomonidan huquqbuzarga darhol eʼlon qilinadi. Mazkur fakt sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi. Bunda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzilmaydi. |
Sudga hurmatsizlik koʻrsatilganligi fakti aniqlangan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar oʻz tushuntirishlarini berishga haqli. | Sudga hurmatsizlik koʻrsatilganligi fakti aniqlangan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar oʻz tushuntirishlarini berishga haqli. |
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qaror raislik qiluvchi tomonidan ish boʻyicha sud majlisi tugagandan keyin alohida xonada (maslahatxonada) tuzilib, sudya (sud tarkibi) tomonidan imzolanadi. | Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qaror raislik qiluvchi tomonidan ish boʻyicha sud majlisi tugagandan keyin alohida xonada (maslahatxonada) tuzilib, sudya (sud tarkibi) tomonidan imzolanadi. |
Agar sudga hurmatsizlik sud majlisida koʻrsatilgan va huquqbuzar sud majlisi zalini tark etgan boʻlsa, sudga hurmatsizlik sud majlisidan tashqarida koʻrsatilgan boʻlsa, shuningdek sud majlisiga kelishdan bosh tortganlik aniqlansa, huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) yoki sud raisining yoxud sud majlisida raislik qiluvchining ogʻzaki farmoyishiga asosan boshqa sud xodimi tomonidan tuziladi va bu haqda huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomada koʻrsatiladi. | Agar sudga hurmatsizlik sud majlisida koʻrsatilgan va huquqbuzar sud majlisi zalini tark etgan boʻlsa, sudga hurmatsizlik sud majlisidan tashqarida koʻrsatilgan boʻlsa, shuningdek sud majlisiga kelishdan bosh tortganlik aniqlansa, huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) yoki sud raisining yoxud sud majlisida raislik qiluvchining ogʻzaki farmoyishiga asosan boshqa sud xodimi tomonidan tuziladi va bu haqda huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomada koʻrsatiladi. |
Ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollarda huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi. | Ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollarda huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi. |
15-bob. Protsessual muddatlar | 15-bob. Protsessual muddatlar |
151-modda. Protsessual harakatlarni amalga oshirish muddatlari | 151-modda. Protsessual harakatlarni amalga oshirish muddatlari |
Protsessual harakatlar qonunda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. | Protsessual harakatlar qonunda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. |
Protsessual muddatlar qonunda belgilanmagan hollarda, ular sud tomonidan tayinlanadi. | Protsessual muddatlar qonunda belgilanmagan hollarda, ular sud tomonidan tayinlanadi. |
Protsessual harakatlarni bajarish uchun muddatlar albatta yuz berishi lozim boʻlgan voqeani koʻrsatgan holda kalendar sana bilan yoki muayyan davr bilan belgilanadi. Muayyan davr bilan belgilanganda harakat butun davr mobaynida amalga oshirilishi mumkin. | Protsessual harakatlarni bajarish uchun muddatlar albatta yuz berishi lozim boʻlgan voqeani koʻrsatgan holda kalendar sana bilan yoki muayyan davr bilan belgilanadi. Muayyan davr bilan belgilanganda harakat butun davr mobaynida amalga oshirilishi mumkin. |
152-modda. Protsessual muddatlarni hisoblash | 152-modda. Protsessual muddatlarni hisoblash |
Protsessual muddatlar yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi. Muddatning oʻtishi kalendar sananing yoki muddatning boshlanishi deb belgilangan voqea yuz bergan kunning ertasidan boshlanadi. | Protsessual muddatlar yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi. Muddatning oʻtishi kalendar sananing yoki muddatning boshlanishi deb belgilangan voqea yuz bergan kunning ertasidan boshlanadi. |
Yillar bilan hisoblanadigan muddat uning oxirgi yilining tegishli oyi va kunida tamom boʻladi. | Yillar bilan hisoblanadigan muddat uning oxirgi yilining tegishli oyi va kunida tamom boʻladi. |
Oylar bilan hisoblanadigan muddat uning oxirgi oyining tegishli oyi va kunida tamom boʻladi. | Oylar bilan hisoblanadigan muddat uning oxirgi oyining tegishli oyi va kunida tamom boʻladi. |
Agar oylar bilan hisoblanadigan muddatning tugashi tegishli sanasi boʻlmagan oyga toʻgʻri kelsa, muddat shu oyning oxirgi kunida tamom boʻladi. Bu muddatning oxirgi kuni ish kuni boʻlmagan kunga toʻgʻri kelgan taqdirda, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni hisoblanadi. | Agar oylar bilan hisoblanadigan muddatning tugashi tegishli sanasi boʻlmagan oyga toʻgʻri kelsa, muddat shu oyning oxirgi kunida tamom boʻladi. Bu muddatning oxirgi kuni ish kuni boʻlmagan kunga toʻgʻri kelgan taqdirda, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni hisoblanadi. |
Amalga oshirilishi uchun muddat belgilangan protsessual harakat muddatning oxirgi kuni soat yigirma toʻrtgacha bajarilishi mumkin. | Amalga oshirilishi uchun muddat belgilangan protsessual harakat muddatning oxirgi kuni soat yigirma toʻrtgacha bajarilishi mumkin. |
Agar protsessual harakat sudda amalga oshirilishi kerak boʻlsa, belgilangan qoidalarga koʻra sudda ish tugagan soatda muddat tamom boʻlgan hisoblanadi. | Agar protsessual harakat sudda amalga oshirilishi kerak boʻlsa, belgilangan qoidalarga koʻra sudda ish tugagan soatda muddat tamom boʻlgan hisoblanadi. |
Agar ariza, shikoyat, hujjatlar yoki pul summalari muddatning oxirgi kuni soat yigirma toʻrtgacha aloqa tashkilotiga topshirilgan, axborot tizimi orqali elektron tarzda yuborilgan yoki tegishli organga yoxud hujjatni qabul qilishga vakolatli shaxsga berilgan boʻlsa, muddat oʻtmagan hisoblanadi. | Agar ariza, shikoyat, hujjatlar yoki pul summalari muddatning oxirgi kuni soat yigirma toʻrtgacha aloqa tashkilotiga topshirilgan, axborot tizimi orqali elektron tarzda yuborilgan yoki tegishli organga yoxud hujjatni qabul qilishga vakolatli shaxsga berilgan boʻlsa, muddat oʻtmagan hisoblanadi. |
153-modda. Protsessual muddatlarni oʻtkazib yuborish oqibatlari | 153-modda. Protsessual muddatlarni oʻtkazib yuborish oqibatlari |
Protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqi qonunda belgilangan yoki sud tomonidan tayinlangan muddatning oʻtishi bilan bekor boʻladi. Bunday holda protsessual muddatlarning oʻtishi ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ularning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi. | Protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqi qonunda belgilangan yoki sud tomonidan tayinlangan muddatning oʻtishi bilan bekor boʻladi. Bunday holda protsessual muddatlarning oʻtishi ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ularning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi. |
Protsessual muddatlar oʻtgandan soʻng taqdim etilgan arizalar, shikoyatlar va hujjatlar, agar oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoki uni qanoatlantirish rad etilgan boʻlsa, ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi. | Protsessual muddatlar oʻtgandan soʻng taqdim etilgan arizalar, shikoyatlar va hujjatlar, agar oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoki uni qanoatlantirish rad etilgan boʻlsa, ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi. |
154-modda. Protsessual muddatlarni toʻxtatib turish | 154-modda. Protsessual muddatlarni toʻxtatib turish |
Ish yuritish toʻxtatib turilganida tugamagan barcha protsessual muddatlarning oʻtishi ham toʻxtatib turiladi. Muddatlarning toʻxtatib turilishi ish yuritishni toʻxtatib turishga asos boʻlgan holatlar yuzaga kelgan vaqtdan eʼtiboran boshlanadi. Ish yuritish tiklangan kundan eʼtiboran protsessual muddatlarning oʻtishi davom etadi. | Ish yuritish toʻxtatib turilganida tugamagan barcha protsessual muddatlarning oʻtishi ham toʻxtatib turiladi. Muddatlarning toʻxtatib turilishi ish yuritishni toʻxtatib turishga asos boʻlgan holatlar yuzaga kelgan vaqtdan eʼtiboran boshlanadi. Ish yuritish tiklangan kundan eʼtiboran protsessual muddatlarning oʻtishi davom etadi. |
155-modda. Protsessual muddatlarni uzaytirish va tiklash | 155-modda. Protsessual muddatlarni uzaytirish va tiklash |
Sud (sudya) tayinlagan muddatlar sud (sudya) tomonidan uzaytirilishi mumkin. | Sud (sudya) tayinlagan muddatlar sud (sudya) tomonidan uzaytirilishi mumkin. |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar qonunda belgilangan muddatni sud (sudya) uzrli deb topgan sabablarga koʻra oʻtkazib yuborgan boʻlsa, mazkur muddat tiklanadi. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslar qonunda belgilangan muddatni sud (sudya) uzrli deb topgan sabablarga koʻra oʻtkazib yuborgan boʻlsa, mazkur muddat tiklanadi. |
Oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma protsessual harakat amalga oshirilishi yoki hujjat topshirilishi lozim boʻlgan sudga beriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida koʻrib chiqiladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi iltimosnomani koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. | Oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma protsessual harakat amalga oshirilishi yoki hujjat topshirilishi lozim boʻlgan sudga beriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida koʻrib chiqiladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi iltimosnomani koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. |
Oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnomani berish bilan bir vaqtda, muddati oʻtkazib yuborilgan harakat bajarilishi yoki hujjat topshirilishi lozim. | Oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnomani berish bilan bir vaqtda, muddati oʻtkazib yuborilgan harakat bajarilishi yoki hujjat topshirilishi lozim. |
Oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni uzaytirish, tiklash haqida yoki uzaytirishni yoxud tiklashni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. | Oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni uzaytirish, tiklash haqida yoki uzaytirishni yoxud tiklashni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. |
Oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni uzaytirishni rad etish yoki tiklashni rad etish yoxud tiklash haqidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. | Oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni uzaytirishni rad etish yoki tiklashni rad etish yoxud tiklash haqidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. |
16-bob. Sud xabarnomalari va chaqiruvlari | 16-bob. Sud xabarnomalari va chaqiruvlari |
156-modda. Sud xabarnomalari va chaqiruv qogʻozlari | 156-modda. Sud xabarnomalari va chaqiruv qogʻozlari |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va guvohlar sud chaqiruv qogʻozlari, zarur hollarda esa buyurtma xatlar, telefonogrammalar, telegrammalar va xabardor qilinganlik fakti qayd etilishini taʼminlaydigan boshqa aloqa vositalari orqali sudga chaqiriladi hamda sudning ayrim protsessual harakatlari toʻgʻrisida xabardor qilinadi. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va guvohlar sud chaqiruv qogʻozlari, zarur hollarda esa buyurtma xatlar, telefonogrammalar, telegrammalar va xabardor qilinganlik fakti qayd etilishini taʼminlaydigan boshqa aloqa vositalari orqali sudga chaqiriladi hamda sudning ayrim protsessual harakatlari toʻgʻrisida xabardor qilinadi. |
Sudya chaqiruv qogʻozi bilan bir vaqtda javobgarga daʼvo arizasining (arizaning) koʻchirma nusxasini va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini yuboradi. | Sudya chaqiruv qogʻozi bilan bir vaqtda javobgarga daʼvo arizasining (arizaning) koʻchirma nusxasini va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini yuboradi. |
Agar javobgarning yozma tushuntirishi sudga kelib tushgan boʻlsa, sudya sudga murojaat qilgan shaxsga chaqiruv qogʻozi yuborayotganda ushbu tushuntirish xatining koʻchirma nusxasini joʻnatadi. | Agar javobgarning yozma tushuntirishi sudga kelib tushgan boʻlsa, sudya sudga murojaat qilgan shaxsga chaqiruv qogʻozi yuborayotganda ushbu tushuntirish xatining koʻchirma nusxasini joʻnatadi. |
Sud xabarnomalari va chaqiruv qogʻozlari ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi. | Sud xabarnomalari va chaqiruv qogʻozlari ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi. |
157-modda. Sud chaqiruv qogʻozining mazmuni | 157-modda. Sud chaqiruv qogʻozining mazmuni |
Sudga chaqirish toʻgʻrisidagi sud chaqiruv qogʻozida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: | Sudga chaqirish toʻgʻrisidagi sud chaqiruv qogʻozida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: |
1) sudning nomi, manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili; | 1) sudning nomi, manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili; |
2) kelish joyi va vaqti; | 2) kelish joyi va vaqti; |
3) shaxs qanday ish yuzasidan chaqirilayotganligi; | 3) shaxs qanday ish yuzasidan chaqirilayotganligi; |
4) shaxsning kim tariqasida chaqirilayotganligi; | 4) shaxsning kim tariqasida chaqirilayotganligi; |
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ish boʻyicha oʻzlari ega boʻlgan hamma dalillarni taqdim etish toʻgʻrisidagi taklif; | 5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ish boʻyicha oʻzlari ega boʻlgan hamma dalillarni taqdim etish toʻgʻrisidagi taklif; |
6) chaqiriluvchi yoʻqligi sababli chaqiruv qogʻozini qabul qilib olgan shaxsning imkoniyat boʻlishi bilanoq uni darhol chaqiriluvchiga topshirishga majburligi; | 6) chaqiriluvchi yoʻqligi sababli chaqiruv qogʻozini qabul qilib olgan shaxsning imkoniyat boʻlishi bilanoq uni darhol chaqiriluvchiga topshirishga majburligi; |
Sudga chaqirish toʻgʻrisida elektron hujjat tarzida yuborilayotgan sud chaqiruv qogʻozida ushbu modda birinchi qismining 1 — 5, 7-bandlarida sanab oʻtilgan maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak. | Sudga chaqirish toʻgʻrisida elektron hujjat tarzida yuborilayotgan sud chaqiruv qogʻozida ushbu modda birinchi qismining 1 — 5, 7-bandlarida sanab oʻtilgan maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak. |
158-modda. Sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani topshirish muddati | 158-modda. Sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani topshirish muddati |
Sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va sud protsessining boshqa ishtirokchilariga sudga oʻz vaqtida kelish va ishga tayyorlanish uchun yetarli vaqtga ega boʻlishini moʻljallab topshirilishi yoki yetkazib berilishi kerak. | Sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va sud protsessining boshqa ishtirokchilariga sudga oʻz vaqtida kelish va ishga tayyorlanish uchun yetarli vaqtga ega boʻlishini moʻljallab topshirilishi yoki yetkazib berilishi kerak. |
159-modda. Sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani yetkazib berish | 159-modda. Sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani yetkazib berish |
Sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma chaqirilayotgan shaxsga taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxs tomonidan koʻrsatilgan manzil boʻyicha yetkazib beriladi. Agar fuqaro sudga maʼlum qilingan manzilda haqiqatda yashamasa, sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma uning ish yoki oʻqish joyiga yuborilishi mumkin. | Sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma chaqirilayotgan shaxsga taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxs tomonidan koʻrsatilgan manzil boʻyicha yetkazib beriladi. Agar fuqaro sudga maʼlum qilingan manzilda haqiqatda yashamasa, sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma uning ish yoki oʻqish joyiga yuborilishi mumkin. |
Sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma aloqa tashkiloti orqali topshirilganligi toʻgʻrisida tilxat olish yoʻli bilan yoki xat-hujjat tashuvchi orqali yuboriladi. | Sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma aloqa tashkiloti orqali topshirilganligi toʻgʻrisida tilxat olish yoʻli bilan yoki xat-hujjat tashuvchi orqali yuboriladi. |
Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) ishda ishtirok etuvchi shaxsning roziligi bilan unga ish boʻyicha chaqirilayotgan boshqa shaxsga topshirish uchun sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani berishi mumkin. | Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) ishda ishtirok etuvchi shaxsning roziligi bilan unga ish boʻyicha chaqirilayotgan boshqa shaxsga topshirish uchun sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani berishi mumkin. |
Sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani yetkazib berish vazifasi yuklatilgan shaxs hujjatning ikkinchi nusxasini chaqiriluvchining uni olganligi toʻgʻrisidagi imzosi bilan sudga qaytarishi shart. | Sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani yetkazib berish vazifasi yuklatilgan shaxs hujjatning ikkinchi nusxasini chaqiriluvchining uni olganligi toʻgʻrisidagi imzosi bilan sudga qaytarishi shart. |
Ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan elektron pochta manzili koʻrsatilgan taqdirda, sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. | Ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan elektron pochta manzili koʻrsatilgan taqdirda, sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. |
160-modda. Sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani topshirish | 160-modda. Sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani topshirish |
Fuqaroga sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma sudga qaytarilishi lozim boʻlgan ikkinchi nusxasiga u topshirilgan vaqtini koʻrsatgan holda tilxat olib shaxsan topshiriladi. | Fuqaroga sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma sudga qaytarilishi lozim boʻlgan ikkinchi nusxasiga u topshirilgan vaqtini koʻrsatgan holda tilxat olib shaxsan topshiriladi. |
Tashkilot nomiga yoʻllangan sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma tegishli mansabdor shaxsga topshiriladi, u hujjatning ikkinchi nusxasiga imzo qoʻyadi. | Tashkilot nomiga yoʻllangan sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma tegishli mansabdor shaxsga topshiriladi, u hujjatning ikkinchi nusxasiga imzo qoʻyadi. |
Agar sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani keltirgan shaxs ish boʻyicha sudga chaqirilayotgan fuqaroni yashash yoki ish yoxud oʻqish joyida topmasa, sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma ushbu fuqaro bilan birga yashaydigan katta yoshdagi oila aʼzolarining biriga, boʻlmagan taqdirda esa, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga yoki ish beruvchiga (maʼmuriyatning mansabdor shaxsiga) yoxud oʻquv muassasasiga topshiriladi. Bunday hollarda sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uning ikkinchi nusxasida oʻzining familiyasi, ismi, otasining ismini, shuningdek sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma yuborilgan shaxsning kimi ekanligini (eri yoki xotini, otasi, onasi, oʻgʻli, qizi va hokazo) yoki egallab turgan lavozimini koʻrsatishi shart. Sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uni imkoniyat boʻlishi bilan chaqiriluvchiga darhol topshirishi shart. | Agar sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani keltirgan shaxs ish boʻyicha sudga chaqirilayotgan fuqaroni yashash yoki ish yoxud oʻqish joyida topmasa, sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma ushbu fuqaro bilan birga yashaydigan katta yoshdagi oila aʼzolarining biriga, boʻlmagan taqdirda esa, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga yoki ish beruvchiga (maʼmuriyatning mansabdor shaxsiga) yoxud oʻquv muassasasiga topshiriladi. Bunday hollarda sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uning ikkinchi nusxasida oʻzining familiyasi, ismi, otasining ismini, shuningdek sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma yuborilgan shaxsning kimi ekanligini (eri yoki xotini, otasi, onasi, oʻgʻli, qizi va hokazo) yoki egallab turgan lavozimini koʻrsatishi shart. Sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uni imkoniyat boʻlishi bilan chaqiriluvchiga darhol topshirishi shart. |
Chaqiriluvchi vaqtincha biror joyga ketgan boʻlsa, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki ish beruvchi (maʼmuriyatning mansabdor shaxsi) yoxud oʻquv muassasasi sud chaqiruv qogʻozining yoki boshqa xabarnomaning ikkinchi nusxasiga chaqiriluvchi qayerga ketganligi va qachon kelishi kutilayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayd etadi, bu maʼlumotlar tegishincha imzo va muhr bilan tasdiqlanadi hamda guvohlantiriladi. | Chaqiriluvchi vaqtincha biror joyga ketgan boʻlsa, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki ish beruvchi (maʼmuriyatning mansabdor shaxsi) yoxud oʻquv muassasasi sud chaqiruv qogʻozining yoki boshqa xabarnomaning ikkinchi nusxasiga chaqiriluvchi qayerga ketganligi va qachon kelishi kutilayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayd etadi, bu maʼlumotlar tegishincha imzo va muhr bilan tasdiqlanadi hamda guvohlantiriladi. |
161-modda. Sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortish oqibatlari | 161-modda. Sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortish oqibatlari |
Chaqiriluvchi oʻz nomiga yuborilgan sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortsa, uni keltirgan shaxs sudning chaqiruv qogʻoziga yoki boshqa xabarnomaga tegishli belgi qoʻyib, uni sudga qaytaradi. Chaqiriluvchi sudning chaqiruv qogʻozini yoxud boshqa xabarnomani qabul qilib olishdan bosh tortganligi haqidagi belgi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki ish beruvchi (maʼmuriyatning mansabdor shaxsi) yoxud oʻquv muassasasi tomonidan yoki kamida ikki nafar fuqaroning imzosi bilan tasdiqlanadi. | Chaqiriluvchi oʻz nomiga yuborilgan sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortsa, uni keltirgan shaxs sudning chaqiruv qogʻoziga yoki boshqa xabarnomaga tegishli belgi qoʻyib, uni sudga qaytaradi. Chaqiriluvchi sudning chaqiruv qogʻozini yoxud boshqa xabarnomani qabul qilib olishdan bosh tortganligi haqidagi belgi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki ish beruvchi (maʼmuriyatning mansabdor shaxsi) yoxud oʻquv muassasasi tomonidan yoki kamida ikki nafar fuqaroning imzosi bilan tasdiqlanadi. |
Chaqiriluvchi sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortganligi yoki axborot tizimi orqali elektron tarzda xabardor qilingan shaxsning uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganligi ishni muhokama qilishga toʻsqinlik qilmaydi. | Chaqiriluvchi sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortganligi yoki axborot tizimi orqali elektron tarzda xabardor qilingan shaxsning uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganligi ishni muhokama qilishga toʻsqinlik qilmaydi. |
162-modda. Tegishli tartibda xabardor qilish | 162-modda. Tegishli tartibda xabardor qilish |
Sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma shaxsan yoki voyaga yetgan oila aʼzolaridan biri, mazkur manzilda yashovchi boshqa shaxs tomonidan olingan, shuningdek sud tomonidan matnli xabarning elektron pochta manzili orqali yoki xabarnomaning qayd etilishini taʼminlovchi boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda yetkazilganligini tasdiqlovchi hisobot olingan hollarda, agar bunday xabarnoma kelib tushmaganligi yoki kechroq kelib tushganligi isbotlanmasa, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tegishli tartibda xabardor qilingan hisoblanadi. | Sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma shaxsan yoki voyaga yetgan oila aʼzolaridan biri, mazkur manzilda yashovchi boshqa shaxs tomonidan olingan, shuningdek sud tomonidan matnli xabarning elektron pochta manzili orqali yoki xabarnomaning qayd etilishini taʼminlovchi boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda yetkazilganligini tasdiqlovchi hisobot olingan hollarda, agar bunday xabarnoma kelib tushmaganligi yoki kechroq kelib tushganligi isbotlanmasa, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tegishli tartibda xabardor qilingan hisoblanadi. |
Sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma chaqiriluvchi uni olishni rad etganda ham, agar bunday rad etish qayd etilgan boʻlsa, yetkazilgan hisoblanadi. | Sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma chaqiriluvchi uni olishni rad etganda ham, agar bunday rad etish qayd etilgan boʻlsa, yetkazilgan hisoblanadi. |
163-modda. Ish yuritish vaqtida familiyani, ismni, otasining ismini oʻzgartirish, manzilning oʻzgarishi | 163-modda. Ish yuritish vaqtida familiyani, ismni, otasining ismini oʻzgartirish, manzilning oʻzgarishi |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish yuritish vaqtida familiyasini, ismini, otasining ismini oʻzgartirganligi, manzili oʻzgarganligi haqida sudga xabar qilishi shart. Bunday xabar mavjud boʻlmagan taqdirda, sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma sudga maʼlum boʻlgan oxirgi manzil boʻyicha yuboriladi va, garchi chaqiriluvchi bu manzilda ortiq yashamasa yoki boʻlmasa ham, u yetkazib berilgan deb hisoblanadi. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish yuritish vaqtida familiyasini, ismini, otasining ismini oʻzgartirganligi, manzili oʻzgarganligi haqida sudga xabar qilishi shart. Bunday xabar mavjud boʻlmagan taqdirda, sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma sudga maʼlum boʻlgan oxirgi manzil boʻyicha yuboriladi va, garchi chaqiriluvchi bu manzilda ortiq yashamasa yoki boʻlmasa ham, u yetkazib berilgan deb hisoblanadi. |
Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar telefonlari va fakslari raqamlarini, elektron pochta manzilini sudga maʼlum qilgan boʻlsa, ish yuritilayotgan vaqtda ularning oʻzgarganligi toʻgʻrisida sudni xabardor qilishi kerak. | Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar telefonlari va fakslari raqamlarini, elektron pochta manzilini sudga maʼlum qilgan boʻlsa, ish yuritilayotgan vaqtda ularning oʻzgarganligi toʻgʻrisida sudni xabardor qilishi kerak. |
164-modda. Javobgarning turish joyi nomaʼlumligi | 164-modda. Javobgarning turish joyi nomaʼlumligi |
Javobgarning amaldagi turish joyi nomaʼlum boʻlsa, javobgarning oxirgi yashash joyidagi aloqa tashkiloti, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoxud oxirgi ish joyidagi ish beruvchi (maʼmuriyatning mansabdor shaxsi) sud chaqiruv qogʻozining yoki boshqa xabarnomaning ikkinchi nusxasiga mazkur organlar yoki tashkilotlar sud chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani olganligi va uni chaqiriluvchining turish joyi nomaʼlumligi sababli unga topshirishning imkoni boʻlmaganligi haqida yozib yuborgan maʼlumot sudga kelib tushgach, sud ishni muhokama qilishga kirishadi. | Javobgarning amaldagi turish joyi nomaʼlum boʻlsa, javobgarning oxirgi yashash joyidagi aloqa tashkiloti, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoxud oxirgi ish joyidagi ish beruvchi (maʼmuriyatning mansabdor shaxsi) sud chaqiruv qogʻozining yoki boshqa xabarnomaning ikkinchi nusxasiga mazkur organlar yoki tashkilotlar sud chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani olganligi va uni chaqiriluvchining turish joyi nomaʼlumligi sababli unga topshirishning imkoni boʻlmaganligi haqida yozib yuborgan maʼlumot sudga kelib tushgach, sud ishni muhokama qilishga kirishadi. |
165-modda. Javobgarni (qarzdorni) qidirish | 165-modda. Javobgarni (qarzdorni) qidirish |
Alimentlar undirish toʻgʻrisidagi va mayib boʻlish yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining oʻlimi natijasida koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi daʼvolar boʻyicha javobgarning (qarzdorning) amaldagi turish joyi nomaʼlum boʻlgan taqdirda, javobgar (qarzdor) qidirilishi shart. Bunday hollarda sud ichki ishlar organlari tomonidan javobgarni (qarzdorni) qidirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. | Alimentlar undirish toʻgʻrisidagi va mayib boʻlish yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining oʻlimi natijasida koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi daʼvolar boʻyicha javobgarning (qarzdorning) amaldagi turish joyi nomaʼlum boʻlgan taqdirda, javobgar (qarzdor) qidirilishi shart. Bunday hollarda sud ichki ishlar organlari tomonidan javobgarni (qarzdorni) qidirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. |
17-bob. Yarashtirish tartib-taomillari | 17-bob. Yarashtirish tartib-taomillari |
166-modda. Kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzish | 166-modda. Kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzish |
Sud taraflarni yarashtirish uchun choralar koʻradi, ularga fuqarolik sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga koʻmaklashadi. | Sud taraflarni yarashtirish uchun choralar koʻradi, ularga fuqarolik sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga koʻmaklashadi. |
Taraflar kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzib, nizoni oʻzaro talablarning toʻliq hajmida yoki qisman hal etishi mumkin. | Taraflar kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzib, nizoni oʻzaro talablarning toʻliq hajmida yoki qisman hal etishi mumkin. |
Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv daʼvo tartibida yuritiladigan har qanday ish boʻyicha tuzilishi mumkin. | Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv daʼvo tartibida yuritiladigan har qanday ish boʻyicha tuzilishi mumkin. |
Kelishuv bitimi fuqarolik sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida va sud hujjatini ijro etish jarayonida, mediativ kelishuv esa birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar taraflar tomonidan tuzilishi mumkin. | Kelishuv bitimi fuqarolik sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida va sud hujjatini ijro etish jarayonida, mediativ kelishuv esa birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar taraflar tomonidan tuzilishi mumkin. |
Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv yozma shaklda tuziladi va kelishuv bitimini, mediativ kelishuvni tuzgan shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan imzolanadi. | Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv yozma shaklda tuziladi va kelishuv bitimini, mediativ kelishuvni tuzgan shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan imzolanadi. |
Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan hisoblanadi. | Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan hisoblanadi. |
167-modda. Kelishuv bitimining mazmuni | 167-modda. Kelishuv bitimining mazmuni |
Kelishuv bitimi uni ijro etish muddati va tartibi koʻrsatilgan holda taraflar tomonidan kelishilgan shartlarni oʻz ichiga olishi kerak. | Kelishuv bitimi uni ijro etish muddati va tartibi koʻrsatilgan holda taraflar tomonidan kelishilgan shartlarni oʻz ichiga olishi kerak. |
Taraflar tomonidan kelishuv bitimi shartlari boʻyicha qabul qilingan majburiyatlarning ijro etilishi taraflarni bir-biriga yoki boshqa voqealarga (harakatlarga) bogʻliq qilib qoʻyishi mumkin emas. | Taraflar tomonidan kelishuv bitimi shartlari boʻyicha qabul qilingan majburiyatlarning ijro etilishi taraflarni bir-biriga yoki boshqa voqealarga (harakatlarga) bogʻliq qilib qoʻyishi mumkin emas. |
Kelishuv bitimida javobgar tomonidan majburiyatlarni kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib ijro etish toʻgʻrisidagi, talab qilish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish haqidagi, qarzdan toʻliq yoki qisman voz kechish yoxud uni tan olish toʻgʻrisidagi, sud xarajatlarini taqsimlash haqidagi shartlar va qonunga zid boʻlmagan boshqa shartlar boʻlishi mumkin. | Kelishuv bitimida javobgar tomonidan majburiyatlarni kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib ijro etish toʻgʻrisidagi, talab qilish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish haqidagi, qarzdan toʻliq yoki qisman voz kechish yoxud uni tan olish toʻgʻrisidagi, sud xarajatlarini taqsimlash haqidagi shartlar va qonunga zid boʻlmagan boshqa shartlar boʻlishi mumkin. |
Agar kelishuv bitimida sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi shart mavjud boʻlmasa, sud mazkur masalani kelishuv bitimini tasdiqlash chogʻida, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hal qiladi. | Agar kelishuv bitimida sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi shart mavjud boʻlmasa, sud mazkur masalani kelishuv bitimini tasdiqlash chogʻida, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hal qiladi. |
Kelishuv bitimi uni tuzgan shaxslar sonidan bitta ortiq nusxada tuziladi va imzolanadi. Ushbu nusxalardan biri ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi. | Kelishuv bitimi uni tuzgan shaxslar sonidan bitta ortiq nusxada tuziladi va imzolanadi. Ushbu nusxalardan biri ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi. |
168-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish | 168-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish |
Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala sud majlisida taraflar albatta ishtirok etgan holda koʻriladi, bunday kelishuv notarius tomonidan tasdiqlangan hollar bundan mustasno. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi. | Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala sud majlisida taraflar albatta ishtirok etgan holda koʻriladi, bunday kelishuv notarius tomonidan tasdiqlangan hollar bundan mustasno. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi. |
Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, unda ish yuritish tugatilganligi koʻrsatiladi. | Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, unda ish yuritish tugatilganligi koʻrsatiladi. |
Kelishuv bitimi apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, ish boʻyicha ilgari qabul qilingan barcha sud hujjatlari bekor qilinishi toʻgʻrisida ajrim chiqariladi va ish yuritish tugatiladi. | Kelishuv bitimi apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, ish boʻyicha ilgari qabul qilingan barcha sud hujjatlari bekor qilinishi toʻgʻrisida ajrim chiqariladi va ish yuritish tugatiladi. |
Kelishuv bitimi sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan taqdirda, bitim ishni koʻrgan birinchi instansiya sudiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. | Kelishuv bitimi sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan taqdirda, bitim ishni koʻrgan birinchi instansiya sudiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. |
Sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash masalasi kelishuv bitimi sudga taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha koʻrib chiqiladi. | Sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash masalasi kelishuv bitimi sudga taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha koʻrib chiqiladi. |
Sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrimda kelishuv bitimining shartlari va kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi xulosa boʻlishi kerak. | Sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrimda kelishuv bitimining shartlari va kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi xulosa boʻlishi kerak. |
Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
Kelishuv bitimini tuzgan shaxslar uni ushbu bitimda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ravishda ijro etadi. | Kelishuv bitimini tuzgan shaxslar uni ushbu bitimda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ravishda ijro etadi. |
Sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi, ushbu bitimda nazarda tutilgan muddatlarda ixtiyoriy ravishda ijro etilmagan taqdirda, u kelishuv bitimini tuzgan shaxsning iltimosnomasiga, sud xarajatlarini undirishga taalluqli qismi esa sudning tashabbusiga koʻra sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida, ushbu Kodeks qoidalari boʻyicha majburiy ijro etilishi lozim. | Sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi, ushbu bitimda nazarda tutilgan muddatlarda ixtiyoriy ravishda ijro etilmagan taqdirda, u kelishuv bitimini tuzgan shaxsning iltimosnomasiga, sud xarajatlarini undirishga taalluqli qismi esa sudning tashabbusiga koʻra sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida, ushbu Kodeks qoidalari boʻyicha majburiy ijro etilishi lozim. |
169-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish | 169-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish |
Sud kelishuv bitimini tasdiqlashni quyidagi hollarda rad etadi, agar uning shartlari: | Sud kelishuv bitimini tasdiqlashni quyidagi hollarda rad etadi, agar uning shartlari: |
qonunchilikka zid boʻlsa; | qonunchilikka zid boʻlsa; |
uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlsa. | uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlsa. |
Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
II BOʻLIM. BIRINCHI INSTANSIYA SUDIDA ISHLARNI YURITISH | II BOʻLIM. BIRINCHI INSTANSIYA SUDIDA ISHLARNI YURITISH |
1-kichik boʻlim. Buyruq tartibida ish yuritish | 1-kichik boʻlim. Buyruq tartibida ish yuritish |
18-bob. Sud buyrugʻi | 18-bob. Sud buyrugʻi |
170-modda. Sud buyrugʻiga oid umumiy qoidalar | 170-modda. Sud buyrugʻiga oid umumiy qoidalar |
Sud buyrugʻi nizosiz talablar boʻyicha sud muhokamasi oʻtkazmasdan berilgan sud hujjatidir. | Sud buyrugʻi nizosiz talablar boʻyicha sud muhokamasi oʻtkazmasdan berilgan sud hujjatidir. |
Sud buyrugʻi ijro hujjati kuchiga ega. Sud buyrugʻi boʻyicha undiruv buyruq berilganidan keyin oʻn kunlik muddat oʻtgandan keyin va sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Sud buyrugʻi ijro hujjati kuchiga ega. Sud buyrugʻi boʻyicha undiruv buyruq berilganidan keyin oʻn kunlik muddat oʻtgandan keyin va sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
Aliment undirish va xodimga uch oylik ish haqidan ortiq boʻlmagan ish haqini undirib berish toʻgʻrisidagi sud buyruqlari darhol ijro etilishi lozim. | Aliment undirish va xodimga uch oylik ish haqidan ortiq boʻlmagan ish haqini undirib berish toʻgʻrisidagi sud buyruqlari darhol ijro etilishi lozim. |
171-modda. Sud buyrugʻini berish boʻyicha talablar | 171-modda. Sud buyrugʻini berish boʻyicha talablar |
Sud buyrugʻi quyidagi hollarda beriladi, agar: | Sud buyrugʻi quyidagi hollarda beriladi, agar: |
1) talab notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan boʻlsa; | 1) talab notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan boʻlsa; |
2) talab yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan boʻlsa; | 2) talab yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan boʻlsa; |
3) kommunal xizmatlar yoki aloqa xizmatlari toʻlovi boʻyicha qarzdorlikni tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan undirish toʻgʻrisida talab arz qilingan boʻlsa; | 3) kommunal xizmatlar yoki aloqa xizmatlari toʻlovi boʻyicha qarzdorlikni tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan undirish toʻgʻrisida talab arz qilingan boʻlsa; |
4) voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish toʻgʻrisidagi, otalikni belgilash bilan yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bogʻliq boʻlmagan talab arz qilingan boʻlsa; | 4) voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish toʻgʻrisidagi, otalikni belgilash bilan yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bogʻliq boʻlmagan talab arz qilingan boʻlsa; |
5) hisoblangan, lekin xodimga toʻlanmagan ish haqini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirish haqida talab arz qilingan boʻlsa; | 5) hisoblangan, lekin xodimga toʻlanmagan ish haqini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirish haqida talab arz qilingan boʻlsa; |
6) fuqarolardan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida talab arz qilingan boʻlsa; | 6) fuqarolardan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida talab arz qilingan boʻlsa; |
7) ijara shartnomasida belgilangan ijara toʻlovlari muddatida toʻlanmaganligi sababli ushbu toʻlovlarni undirish toʻgʻrisida talab arz qilingan boʻlsa; | 7) ijara shartnomasida belgilangan ijara toʻlovlari muddatida toʻlanmaganligi sababli ushbu toʻlovlarni undirish toʻgʻrisida talab arz qilingan boʻlsa; |
8) koʻp kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va toʻlovlarni undirish toʻgʻrisida talab arz qilingan boʻlsa; | 8) koʻp kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va toʻlovlarni undirish toʻgʻrisida talab arz qilingan boʻlsa; |
9) yozma bitim mavjud boʻlgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti boʻlgan koʻchar mol-mulkka qaratish toʻgʻrisida talab arz qilingan boʻlsa. | 9) yozma bitim mavjud boʻlgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti boʻlgan koʻchar mol-mulkka qaratish toʻgʻrisida talab arz qilingan boʻlsa. |
172-modda. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni | 172-modda. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni |
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza sudga ushbu Kodeksning 5-bobida belgilangan sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari boʻyicha beriladi. | Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza sudga ushbu Kodeksning 5-bobida belgilangan sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari boʻyicha beriladi. |
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida beriladi. Arizada quyidagilar koʻrsatilishi kerak: | Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida beriladi. Arizada quyidagilar koʻrsatilishi kerak: |
1) ariza berilayotgan sudning nomi; | 1) ariza berilayotgan sudning nomi; |
2) undiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) hamda yuridik shaxsning rekvizitlari; | 2) undiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) hamda yuridik shaxsning rekvizitlari; |
3) qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) hamda yuridik shaxsning rekvizitlari; | 3) qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) hamda yuridik shaxsning rekvizitlari; |
4) undiruvchining talabi va talabga asos boʻlgan holatlar; | 4) undiruvchining talabi va talabga asos boʻlgan holatlar; |
5) undirilayotgan qarzdorlik vujudga kelgan davr; | 5) undirilayotgan qarzdorlik vujudga kelgan davr; |
51) toʻlanmagan toʻlovlar summasining hisob-kitobi va undiruv qaratilayotgan, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida turgan koʻchar mol-mulkning tavsifi; | 51) toʻlanmagan toʻlovlar summasining hisob-kitobi va undiruv qaratilayotgan, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida turgan koʻchar mol-mulkning tavsifi; |
6) arz qilingan talabni tasdiqlovchi, ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati. | 6) arz qilingan talabni tasdiqlovchi, ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati. |
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizada undiruvchi yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilishi mumkin. | Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizada undiruvchi yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilishi mumkin. |
Koʻchar mol-mulk talab qilingan taqdirda, arizada ushbu mol-mulkning qiymati koʻrsatilishi lozim. | Koʻchar mol-mulk talab qilingan taqdirda, arizada ushbu mol-mulkning qiymati koʻrsatilishi lozim. |
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza undiruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan berilayotgan arizaga uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi kerak. | Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza undiruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan berilayotgan arizaga uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi kerak. |
173-modda. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar | 173-modda. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar |
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga: | Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga: |
1) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini; | 1) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini; |
2) huquqiy munosabatni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, agar bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa; | 2) huquqiy munosabatni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, agar bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa; |
3) talablarga asos boʻlgan holatlarni; | 3) talablarga asos boʻlgan holatlarni; |
4) arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. | 4) arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. |
Isteʼmol qilingan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida sud buyrugʻini berish haqidagi arizaga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilarning koʻchirma nusxalari ham ilova qilinadi: | Isteʼmol qilingan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida sud buyrugʻini berish haqidagi arizaga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilarning koʻchirma nusxalari ham ilova qilinadi: |
1) isteʼmolchi bilan tuzilgan shartnomaning; | 1) isteʼmolchi bilan tuzilgan shartnomaning; |
2) penya hisoblanishi toʻgʻrisidagi va isteʼmolchini tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzish haqidagi ogohlantirish koʻrsatilgan, qarzni toʻlash toʻgʻrisidagi talabning, shuningdek uning isteʼmolchiga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatning; | 2) penya hisoblanishi toʻgʻrisidagi va isteʼmolchini tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzish haqidagi ogohlantirish koʻrsatilgan, qarzni toʻlash toʻgʻrisidagi talabning, shuningdek uning isteʼmolchiga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatning; |
3) isteʼmolchi tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatning. | 3) isteʼmolchi tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatning. |
Koʻp kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va toʻlovlarni undirish haqida talab arz qilinganda sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ham ilova qilinadi: | Koʻp kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va toʻlovlarni undirish haqida talab arz qilinganda sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ham ilova qilinadi: |
1) koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlari umumiy yigʻilishining koʻp kvartirali uyni boshqarish usulini tanlash toʻgʻrisidagi qarori koʻchirma nusxasi; | 1) koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlari umumiy yigʻilishining koʻp kvartirali uyni boshqarish usulini tanlash toʻgʻrisidagi qarori koʻchirma nusxasi; |
2) koʻp kvartirali uyni boshqarish koʻp kvartirali uyni boshqarish organi tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilgan taqdirda — koʻp kvartirali uyni boshqarish shartnomasining koʻchirma nusxasi; | 2) koʻp kvartirali uyni boshqarish koʻp kvartirali uyni boshqarish organi tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilgan taqdirda — koʻp kvartirali uyni boshqarish shartnomasining koʻchirma nusxasi; |
3) qarz yuzaga kelgan davr koʻrsatilgan qarz hisob-kitobi; | 3) qarz yuzaga kelgan davr koʻrsatilgan qarz hisob-kitobi; |
4) qarzni uzish toʻgʻrisidagi talabning qarzdorga topshirilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar. | 4) qarzni uzish toʻgʻrisidagi talabning qarzdorga topshirilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar. |
174-modda. Davlat boji | 174-modda. Davlat boji |
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizadan qonunchilikda daʼvo ishini yuritish uchun belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji undiriladi. | Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizadan qonunchilikda daʼvo ishini yuritish uchun belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji undiriladi. |
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda, undiruvchi tomonidan toʻlangan davlat boji qaytarib beriladi. | Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda, undiruvchi tomonidan toʻlangan davlat boji qaytarib beriladi. |
Sud buyrugʻi bekor qilingan taqdirda undiruvchi tomonidan toʻlangan davlat boji qaytarib berilmaydi. Undiruvchi tomonidan qarzdorga nisbatan daʼvo ishi yuritish tartibida daʼvo qoʻzgʻatilgan taqdirda, toʻlangan davlat boji toʻlanishi lozim boʻlgan bojga qoʻshib hisoblanadi. | Sud buyrugʻi bekor qilingan taqdirda undiruvchi tomonidan toʻlangan davlat boji qaytarib berilmaydi. Undiruvchi tomonidan qarzdorga nisbatan daʼvo ishi yuritish tartibida daʼvo qoʻzgʻatilgan taqdirda, toʻlangan davlat boji toʻlanishi lozim boʻlgan bojga qoʻshib hisoblanadi. |
175-modda. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni rad etish asoslari | 175-modda. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni rad etish asoslari |
Sudya sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni ushbu Kodeksning 194-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etadi. Sudya arizani qabul qilishni quyidagi hollarda ham rad etadi, agar: | Sudya sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni ushbu Kodeksning 194-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etadi. Sudya arizani qabul qilishni quyidagi hollarda ham rad etadi, agar: |
1) arz qilingan talab ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilmagan boʻlsa; | 1) arz qilingan talab ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilmagan boʻlsa; |
2) qarzdor Oʻzbekiston Respublikasi sudlari yurisdiksiyasi doirasidan chetda boʻlsa; | 2) qarzdor Oʻzbekiston Respublikasi sudlari yurisdiksiyasi doirasidan chetda boʻlsa; |
3) huquq toʻgʻrisida nizo mavjud deb hisoblansa. | 3) huquq toʻgʻrisida nizo mavjud deb hisoblansa. |
Arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida sudya ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddat ichida ajrim chiqaradi. | Arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida sudya ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddat ichida ajrim chiqaradi. |
Arizani qabul qilish rad etilganligi undiruvchining shu talab boʻyicha daʼvo ishini yuritish tartibida daʼvo taqdim etish imkoniyatiga toʻsqinlik qilmaydi. | Arizani qabul qilish rad etilganligi undiruvchining shu talab boʻyicha daʼvo ishini yuritish tartibida daʼvo taqdim etish imkoniyatiga toʻsqinlik qilmaydi. |
176-modda. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish | 176-modda. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish |
Sudya sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani quyidagi hollarda qaytaradi, agar: | Sudya sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani quyidagi hollarda qaytaradi, agar: |
1) ariza ushbu Kodeksning 172-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan holda berilgan boʻlsa; | 1) ariza ushbu Kodeksning 172-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan holda berilgan boʻlsa; |
2) ushbu Kodeksning 173-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa; | 2) ushbu Kodeksning 173-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa; |
3) arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa; | 3) arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa; |
4) davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan boʻlsa, davlat boji toʻlashni kechiktirish mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa; | 4) davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan boʻlsa, davlat boji toʻlashni kechiktirish mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa; |
5) sud buyrugʻi berilguniga qadar undiruvchidan sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish haqida ariza kelib tushgan boʻlsa. | 5) sud buyrugʻi berilguniga qadar undiruvchidan sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish haqida ariza kelib tushgan boʻlsa. |
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish haqida sudya ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi. | Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish haqida sudya ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi. |
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaning qaytarilishi yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin ushbu ariza bilan sudga ikkinchi marta murojaat etishga toʻsqinlik qilmaydi. | Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaning qaytarilishi yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin ushbu ariza bilan sudga ikkinchi marta murojaat etishga toʻsqinlik qilmaydi. |
177-modda. Sud buyrugʻini berish tartibi va muddati | 177-modda. Sud buyrugʻini berish tartibi va muddati |
Arz qilingan talabning mazmuni boʻyicha sud buyrugʻi ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran uch kun ichida sudya tomonidan beriladi. | Arz qilingan talabning mazmuni boʻyicha sud buyrugʻi ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran uch kun ichida sudya tomonidan beriladi. |
Sud buyrugʻi sudya tomonidan undiruvchi va qarzdorni sudga chaqirmasdan, ularning tushuntirishlarini eshitmasdan yakka tartibda, sud muhokamasisiz beriladi. | Sud buyrugʻi sudya tomonidan undiruvchi va qarzdorni sudga chaqirmasdan, ularning tushuntirishlarini eshitmasdan yakka tartibda, sud muhokamasisiz beriladi. |
Sud buyrugʻi sudya tomonidan imzolanadi. | Sud buyrugʻi sudya tomonidan imzolanadi. |
Agar belgilangan muddatda qarzdordan sudga eʼtiroz kelib tushmasa, sudya undiruvchiga sudning muhri bilan tasdiqlangan buyruq koʻchirma nusxasini ijroga taqdim etish uchun beradi. | Agar belgilangan muddatda qarzdordan sudga eʼtiroz kelib tushmasa, sudya undiruvchiga sudning muhri bilan tasdiqlangan buyruq koʻchirma nusxasini ijroga taqdim etish uchun beradi. |
Undiruvchining iltimosiga koʻra sud buyrugʻi ijro etish uchun bevosita sud tomonidan yuborilishi mumkin. | Undiruvchining iltimosiga koʻra sud buyrugʻi ijro etish uchun bevosita sud tomonidan yuborilishi mumkin. |
Qarzdordan davlat bojini undirish uchun sudning muhri bilan tasdiqlangan sud buyrugʻining alohida nusxasi bevosita sud tomonidan ijro etish uchun yuboriladi. | Qarzdordan davlat bojini undirish uchun sudning muhri bilan tasdiqlangan sud buyrugʻining alohida nusxasi bevosita sud tomonidan ijro etish uchun yuboriladi. |
178-modda. Sud buyrugʻining mazmuni | 178-modda. Sud buyrugʻining mazmuni |
Sud buyrugʻida quyidagilar koʻrsatiladi: | Sud buyrugʻida quyidagilar koʻrsatiladi: |
1) ishning raqami va buyruq berilgan sana; | 1) ishning raqami va buyruq berilgan sana; |
2) sudning nomi, buyruq bergan sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi; | 2) sudning nomi, buyruq bergan sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi; |
3) undiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili); | 3) undiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili); |
4) qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili), qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslar shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami; | 4) qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili), qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslar shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami; |
5) talabni qanoatlantirish uchun asos boʻlgan qonun; | 5) talabni qanoatlantirish uchun asos boʻlgan qonun; |
6) undirilishi lozim boʻlgan pul summalarining miqdori yoki undiruv qaratilayotgan, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida turgan koʻchar mol-mulk, uning tavsifi va bahosi; | 6) undirilishi lozim boʻlgan pul summalarining miqdori yoki undiruv qaratilayotgan, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida turgan koʻchar mol-mulk, uning tavsifi va bahosi; |
7) undirilayotgan qarzdorlik vujudga kelgan davr; | 7) undirilayotgan qarzdorlik vujudga kelgan davr; |
8) neustoyka miqdori, agar uning undirilishi qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa; | 8) neustoyka miqdori, agar uning undirilishi qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa; |
9) qarzdordan undirilishi kerak boʻlgan davlat bojining summasi; | 9) qarzdordan undirilishi kerak boʻlgan davlat bojining summasi; |
10) arz qilingan talabga qarshi qarzdor tomonidan eʼtiroz taqdim etish muddati va tartibi. | 10) arz qilingan talabga qarshi qarzdor tomonidan eʼtiroz taqdim etish muddati va tartibi. |
Voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish toʻgʻrisidagi sud buyrugʻida ushbu moddaning 1 — 5, 9, 10-bandlarida nazarda tutilgan maʼlumotlardan tashqari quyidagilar koʻrsatiladi: qarzdorning tugʻilgan sanasi va joyi, taʼminoti uchun aliment undirilishi lozim boʻlgan har bir bolaning ismi va tugʻilgan sanasi, qarzdordan har oyda undiriladigan toʻlovlar miqdori hamda ularni undirish muddati. | Voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish toʻgʻrisidagi sud buyrugʻida ushbu moddaning 1 — 5, 9, 10-bandlarida nazarda tutilgan maʼlumotlardan tashqari quyidagilar koʻrsatiladi: qarzdorning tugʻilgan sanasi va joyi, taʼminoti uchun aliment undirilishi lozim boʻlgan har bir bolaning ismi va tugʻilgan sanasi, qarzdordan har oyda undiriladigan toʻlovlar miqdori hamda ularni undirish muddati. |
Sud buyrugʻining yozuvidagi xatolarni va ochiq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish sudning tashabbusi yoxud undiruvchining yoki qarzdorning arizasi boʻyicha ushbu buyruq qanday tartibda berilgan boʻlsa, shunday tartibda sudning ajrimi asosida amalga oshiriladi. | Sud buyrugʻining yozuvidagi xatolarni va ochiq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish sudning tashabbusi yoxud undiruvchining yoki qarzdorning arizasi boʻyicha ushbu buyruq qanday tartibda berilgan boʻlsa, shunday tartibda sudning ajrimi asosida amalga oshiriladi. |
179-modda. Qarzdorga sud buyrugʻining koʻchirma nusxasini yuborish | 179-modda. Qarzdorga sud buyrugʻining koʻchirma nusxasini yuborish |
Sud buyrugʻi berilganidan keyin sud uning koʻchirma nusxasini darhol qarzdorga yuboradi. | Sud buyrugʻi berilganidan keyin sud uning koʻchirma nusxasini darhol qarzdorga yuboradi. |
Sud buyrugʻi sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. | Sud buyrugʻi sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. |
180-modda. Sud buyrugʻining qonuniy kuchga kirishi | 180-modda. Sud buyrugʻining qonuniy kuchga kirishi |
Sud buyrugʻi u berilgandan soʻng oʻn kunlik muddat oʻtgach qonuniy kuchga kiradi. | Sud buyrugʻi u berilgandan soʻng oʻn kunlik muddat oʻtgach qonuniy kuchga kiradi. |
181-modda. Sud buyrugʻini bekor qilish | 181-modda. Sud buyrugʻini bekor qilish |
Qarzdor arz qilingan talabga qarshi eʼtirozlarini buyruqni bergan sudga sud buyrugʻining koʻchirma nusxasini olgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda yuborishga haqli. Bunday holda sudya sud buyrugʻini bekor qilib, bu haqda ajrim chiqaradi. Sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisidagi ajrimda sudya undiruvchi bildirgan talab daʼvo ishini yuritish tartibida taqdim etilishi mumkinligini tushuntiradi. Sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi ajrim berilganidan keyin uch kundan kechiktirmay undiruvchiga va qarzdorga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi. | Qarzdor arz qilingan talabga qarshi eʼtirozlarini buyruqni bergan sudga sud buyrugʻining koʻchirma nusxasini olgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda, huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud buyrugʻi qabul qilingan shaxslar esa sud buyrugʻi qabul qilinganligi ularga maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda yuborishga haqli. Bunday holda sudya sud buyrugʻini bekor qilib, bu haqda ajrim chiqaradi. Sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisidagi ajrimda sudya undiruvchi bildirgan talab daʼvo ishini yuritish tartibida taqdim etilishi mumkinligini tushuntiradi. Sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi ajrim berilganidan keyin uch kundan kechiktirmay undiruvchiga va qarzdorga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi. |
Alimentlar undirish toʻgʻrisidagi sud buyrugʻi ijro ishini yuritish boʻyicha undiruv tugaguniga qadar undiruvchining arizasiga koʻra bekor qilinishi mumkin. | Alimentlar undirish toʻgʻrisidagi sud buyrugʻi ijro ishini yuritish boʻyicha undiruv tugaguniga qadar undiruvchining arizasiga koʻra bekor qilinishi mumkin. |
Sud buyrugʻini bekor qilishni rad etish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. | Sud buyrugʻini bekor qilishni rad etish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. |
2-kichik boʻlim. Daʼvo ishini yuritish | 2-kichik boʻlim. Daʼvo ishini yuritish |
19-bob. Umumiy qoidalar | 19-bob. Umumiy qoidalar |
182-modda. Sud tomonidan daʼvo ishini yuritish tartibida koʻriladigan ishlar | 182-modda. Sud tomonidan daʼvo ishini yuritish tartibida koʻriladigan ishlar |
Sud tomonidan daʼvo ishini yuritish tartibida koʻriladigan ishlarga, agar qonunchilikda ularni koʻrishning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan boʻlsa, fuqarolik, mehnat, oilaviy, uy-joy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan daʼvolar boʻyicha ishlar kiradi. | Sud tomonidan daʼvo ishini yuritish tartibida koʻriladigan ishlarga, agar qonunchilikda ularni koʻrishning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan boʻlsa, fuqarolik, mehnat, oilaviy, uy-joy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan daʼvolar boʻyicha ishlar kiradi. |
183-modda. Daʼvo ishini yuritishga doir ishlarni koʻrish tartibi | 183-modda. Daʼvo ishini yuritishga doir ishlarni koʻrish tartibi |
Daʼvo ishni yuritishga doir ishlar ushbu kichik boʻlimda koʻrsatilgan istisno va qoʻshimchalar bilan birga fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻriladi. | Daʼvo ishni yuritishga doir ishlar ushbu kichik boʻlimda koʻrsatilgan istisno va qoʻshimchalar bilan birga fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻriladi. |
184-modda. Ishga tiklash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha uchinchi shaxslarni jalb qilish | 184-modda. Ishga tiklash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha uchinchi shaxslarni jalb qilish |
Mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimlarni yoki gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan xodimlarni ilgarigi ishiga tiklash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud mehnat shartnomasini bekor qilishga yoki boshqa ishga oʻtkazishga farmoyish bergan mansabdor shaxsni uchinchi shaxs sifatida javobgar tarafida ishda ishtirok etish uchun oʻz tashabbusi bilan jalb qilishi shart. | Mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimlarni yoki gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan xodimlarni ilgarigi ishiga tiklash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud mehnat shartnomasini bekor qilishga yoki boshqa ishga oʻtkazishga farmoyish bergan mansabdor shaxsni uchinchi shaxs sifatida javobgar tarafida ishda ishtirok etish uchun oʻz tashabbusi bilan jalb qilishi shart. |
Sud mehnat shartnomasining bekor qilinishi yoki boshqa ishga oʻtkazish ochiqdan-ochiq qonunni buzgan holda amalga oshirilganligini aniqlasa, shu protsessning oʻzidayoq aybdor mansabdor shaxs zimmasiga majburiy progul yoki kam haq toʻlanadigan ish bajarilgan vaqt uchun haq toʻlash sababli tashkilotga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash majburiyatini yuklatadi. Bunday hollarda mansabdor shaxsdan undiriladigan summalarning miqdori mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan belgilanadi. | Sud mehnat shartnomasining bekor qilinishi yoki boshqa ishga oʻtkazish ochiqdan-ochiq qonunni buzgan holda amalga oshirilganligini aniqlasa, shu protsessning oʻzidayoq aybdor mansabdor shaxs zimmasiga majburiy progul yoki kam haq toʻlanadigan ish bajarilgan vaqt uchun haq toʻlash sababli tashkilotga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash majburiyatini yuklatadi. Bunday hollarda mansabdor shaxsdan undiriladigan summalarning miqdori mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan belgilanadi. |
185-modda. Nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ish bilan birga koʻrib chiqilishi mumkin boʻlmagan nizolar | 185-modda. Nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ish bilan birga koʻrib chiqilishi mumkin boʻlmagan nizolar |
Er-xotinning mol-mulkini boʻlish haqidagi talabi, agar bu nizoni toʻgʻri hal etish uchun ishga uchinchi shaxslarni jalb qilish zarur boʻlsa, nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ish bilan birga koʻrilishi mumkin emas. | Er-xotinning mol-mulkini boʻlish haqidagi talabi, agar bu nizoni toʻgʻri hal etish uchun ishga uchinchi shaxslarni jalb qilish zarur boʻlsa, nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ish bilan birga koʻrilishi mumkin emas. |
186-modda. Alimentlar undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha javobgarning sudga kelishi | 186-modda. Alimentlar undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha javobgarning sudga kelishi |
Sud alimentlar undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha javobgarning sudga kelishini shart deb topishi mumkin. Agar bunday holda javobgar sud tomonidan uzrsiz deb topilgan sabablarga koʻra sud majlisiga kelmasa, u majburiy tartibda keltiriladi va ushbu Kodeksning 146-moddasida nazarda tutilgan tartibda jarimaga tortiladi. | Sud alimentlar undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha javobgarning sudga kelishini shart deb topishi mumkin. Agar bunday holda javobgar sud tomonidan uzrsiz deb topilgan sabablarga koʻra sud majlisiga kelmasa, u majburiy tartibda keltiriladi va ushbu Kodeksning 146-moddasida nazarda tutilgan tartibda jarimaga tortiladi. |
187-modda. Alimentlarni hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar undirish | 187-modda. Alimentlarni hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar undirish |
Alimentlar undirish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish vaqtida sud zarur boʻlgan taqdirda, ishni mazmunan hal qilguniga qadar taraflarning moddiy ahvolini hisobga olib, er (xotin) oʻz xotinini (erini) boqishga qancha miqdorda vaqtincha mablagʻ berib turishi kerakligi, bolalarni boqish va tarbiyalashga er-xotindan qaysi biri va qancha miqdorda vaqtincha mablagʻ berib turishi kerakligi, shuningdek bolalardan qaysi biri ota-onalarini boqishga qancha miqdorda vaqtincha mablagʻ berib turishi kerakligi toʻgʻrisida ajrim chiqarishga haqli. | Alimentlar undirish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish vaqtida sud zarur boʻlgan taqdirda, ishni mazmunan hal qilguniga qadar taraflarning moddiy ahvolini hisobga olib, er (xotin) oʻz xotinini (erini) boqishga qancha miqdorda vaqtincha mablagʻ berib turishi kerakligi, bolalarni boqish va tarbiyalashga er-xotindan qaysi biri va qancha miqdorda vaqtincha mablagʻ berib turishi kerakligi, shuningdek bolalardan qaysi biri ota-onalarini boqishga qancha miqdorda vaqtincha mablagʻ berib turishi kerakligi toʻgʻrisida ajrim chiqarishga haqli. |
Sudning ajrimi darhol ijro etiladi. | Sudning ajrimi darhol ijro etiladi. |
20-bob. Ish qoʻzgʻatish | 20-bob. Ish qoʻzgʻatish |
188-modda. Ariza berish | 188-modda. Ariza berish |
Sudda ishlar yozma shaklda, shu jumladan pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida ariza berish yoʻli bilan qoʻzgʻatiladi. | Sudda ishlar yozma shaklda, shu jumladan pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida ariza berish yoʻli bilan qoʻzgʻatiladi. |
189-modda. Arizaning mazmuni | 189-modda. Arizaning mazmuni |
Arizada quyidagilar koʻrsatilishi kerak: | Arizada quyidagilar koʻrsatilishi kerak: |
1) ariza berilayotgan sudning nomi; | 1) ariza berilayotgan sudning nomi; |
2) daʼvogarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar daʼvogar tashkilot boʻlsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari, shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan boʻlsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili; | 2) daʼvogarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar daʼvogar tashkilot boʻlsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari, shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan boʻlsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili; |
3) javobgarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar javobgar tashkilot boʻlsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari; | 3) javobgarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar javobgar tashkilot boʻlsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari; |
4) daʼvogarning talabi; | 4) daʼvogarning talabi; |
5) agar daʼvo baholanishi kerak boʻlsa, daʼvoning bahosi; | 5) agar daʼvo baholanishi kerak boʻlsa, daʼvoning bahosi; |
6) daʼvogar oʻz talabiga asos qilib koʻrsatayotgan holatlar va daʼvogar tomonidan bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi dalillar; | 6) daʼvogar oʻz talabiga asos qilib koʻrsatayotgan holatlar va daʼvogar tomonidan bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi dalillar; |
7) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa; | 7) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa; |
8) arizaga ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati. | 8) arizaga ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati. |
Ariza daʼvogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar ariza vakil tomonidan berilgan boʻlsa, arizaga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak. | Ariza daʼvogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar ariza vakil tomonidan berilgan boʻlsa, arizaga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak. |
Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilish maqsadida prokuror, davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar yoki ayrim fuqarolar tomonidan beriladigan arizada ushbu moddada sanab oʻtilgan maʼlumotlardan tashqari ariza kimning manfaatini koʻzlab berilgan boʻlsa, oʻsha shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) hamda manzili koʻrsatilishi kerak. | Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilish maqsadida prokuror, davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar yoki ayrim fuqarolar tomonidan beriladigan arizada ushbu moddada sanab oʻtilgan maʼlumotlardan tashqari ariza kimning manfaatini koʻzlab berilgan boʻlsa, oʻsha shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) hamda manzili koʻrsatilishi kerak. |
Arizada daʼvogarni yoki uning vakilining, shuningdek boshqa tarafning telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. | Arizada daʼvogarni yoki uning vakilining, shuningdek boshqa tarafning telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. |
Arizada elektron manzili koʻrsatilganligi arizachining sud chaqiruv qogʻozlarini va boshqa xabarnomalarni, sud hal qiluv qarorlarining hamda ajrimlarining koʻchirma nusxalarini elektron hujjat tarzida olishga boʻlgan roziligidir. | Arizada elektron manzili koʻrsatilganligi arizachining sud chaqiruv qogʻozlarini va boshqa xabarnomalarni, sud hal qiluv qarorlarining hamda ajrimlarining koʻchirma nusxalarini elektron hujjat tarzida olishga boʻlgan roziligidir. |
190-modda. Arizaning va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari | 190-modda. Arizaning va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari |
Ariza javobgarlarning soniga mutanosib miqdordagi koʻchirma nusxalari bilan birga sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno. | Ariza javobgarlarning soniga mutanosib miqdordagi koʻchirma nusxalari bilan birga sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno. |
Sudya ishning murakkabligi va xususiyatiga qarab, arizaga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini javobgarlarning soniga mutanosib miqdorda taqdim etish majburiyatini daʼvogarning zimmasiga yuklashi mumkin. | Sudya ishning murakkabligi va xususiyatiga qarab, arizaga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini javobgarlarning soniga mutanosib miqdorda taqdim etish majburiyatini daʼvogarning zimmasiga yuklashi mumkin. |
191-modda. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar | 191-modda. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar |
Arizaga quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi: | Arizaga quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi: |
1) arz qilinayotgan talablarga asos boʻlgan holatlarni; | 1) arz qilinayotgan talablarga asos boʻlgan holatlarni; |
2) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligini, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa; | 2) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligini, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa; |
3) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini; | 3) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini; |
4) arizani imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatni, agar ariza vakil tomonidan imzolangan boʻlsa. | 4) arizani imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatni, agar ariza vakil tomonidan imzolangan boʻlsa. |
192-modda. Arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish | 192-modda. Arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish |
Sudya arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish haqidagi masalani ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yakka tartibda hal etadi. Arizani ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud arizani sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki arizani qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga, shuningdek arizani taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish haqidagi ajrimning koʻchirma nusxasi arizachiga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi. | Sudya arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish haqidagi masalani ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yakka tartibda hal etadi. Arizani ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud arizani sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki arizani qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga, shuningdek arizani taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish haqidagi ajrimning koʻchirma nusxasi arizachiga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi. |
Iqtisodiy yoki maʼmuriy suddan ariza yoki ish materiallari sudga taalluqliligiga koʻra kelib tushganda sudya ariza ushbu Kodeksning 189, 190 va 191-moddalarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay daʼvogarni (arizachini) kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisida xabardor qiladi va unga buning uchun oʻn kundan oshmaydigan muddat beradi. | Iqtisodiy yoki maʼmuriy suddan ariza yoki ish materiallari sudga taalluqliligiga koʻra kelib tushganda sudya ariza ushbu Kodeksning 189, 190 va 191-moddalarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay daʼvogarni (arizachini) kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisida xabardor qiladi va unga buning uchun oʻn kundan oshmaydigan muddat beradi. |
193-modda. Arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish | 193-modda. Arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish |
Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda berilgan arizani ish yuritishga qabul qilishi va ish qoʻzgʻatishi shart. | Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda berilgan arizani ish yuritishga qabul qilishi va ish qoʻzgʻatishi shart. |
Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani, agar arizaga tegishli iltimosnomalar ilova qilingan, bunday iltimosnomalarni hal qilish qonun bilan sudyaning vakolatlariga berilgan hamda bu iltimosnomalar qanoatlantirilgan boʻlsa, ish yuritishga qabul qilishga va ish qoʻzgʻatishga haqli. | Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani, agar arizaga tegishli iltimosnomalar ilova qilingan, bunday iltimosnomalarni hal qilish qonun bilan sudyaning vakolatlariga berilgan hamda bu iltimosnomalar qanoatlantirilgan boʻlsa, ish yuritishga qabul qilishga va ish qoʻzgʻatishga haqli. |
Sudyaning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi xulosasi arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda asoslantirilgan boʻlishi kerak. | Sudyaning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi xulosasi arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda asoslantirilgan boʻlishi kerak. |
194-modda. Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish | 194-modda. Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish |
Sud arizani ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar: | Sud arizani ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar: |
1) arz qilinayotgan talab fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga taalluqli boʻlmasa; | 1) arz qilinayotgan talab fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga taalluqli boʻlmasa; |
2) fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, iqtisodiy sudning yoki maʼmuriy sudning yoxud chet davlat vakolatli sudining ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilish toʻgʻrisidagi yoxud taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimi mavjud boʻlsa; | 2) fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, iqtisodiy sudning yoki maʼmuriy sudning yoxud chet davlat vakolatli sudining ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilish toʻgʻrisidagi yoxud taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimi mavjud boʻlsa; |
3) fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, hakamlik sudining ish yuritishida ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa; | 3) fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, hakamlik sudining ish yuritishida ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa; |
4) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan hakamlik sudining qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boʻlsa, bundan fuqarolik ishlar boʻyicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno; | 4) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan hakamlik sudining qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boʻlsa, bundan fuqarolik ishlar boʻyicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno; |
5) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan hakamlik muhokamasini tugatish toʻgʻrisida chiqarilgan ajrim boʻlsa, bundan hakamlik sudida ushbu nizoni koʻrib chiqish vakolati mavjud emasligi sababli hakamlik muhokamasi tugatilganligi holati mustasno. | 5) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan hakamlik muhokamasini tugatish toʻgʻrisida chiqarilgan ajrim boʻlsa, bundan hakamlik sudida ushbu nizoni koʻrib chiqish vakolati mavjud emasligi sababli hakamlik muhokamasi tugatilganligi holati mustasno. |
51) sudning ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan tuzilgan mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ajrimi mavjud boʻlsa; | 51) sudning ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan tuzilgan mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ajrimi mavjud boʻlsa; |
Sudyaning ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar boʻyicha arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etishi sudga ikkinchi marta murojaat etishga toʻsqinlik qiladi. | Sudyaning ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar boʻyicha arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etishi sudga ikkinchi marta murojaat etishga toʻsqinlik qiladi. |
Agar nizoni hal etish boshqa davlat organining vakolatiga taalluqli boʻlsa, ajrimda sudya arizachi qaysi organga murojaat qilishi lozimligini koʻrsatishi shart. | Agar nizoni hal etish boshqa davlat organining vakolatiga taalluqli boʻlsa, ajrimda sudya arizachi qaysi organga murojaat qilishi lozimligini koʻrsatishi shart. |
Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi. | Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi. |
195-modda. Arizani qaytarish | 195-modda. Arizani qaytarish |
Sudya arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni quyidagi hollarda qaytaradi, agar: | Sudya arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni quyidagi hollarda qaytaradi, agar: |
1) ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; | 1) ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; |
2) manfaatdor shaxs nomidan berilgan ariza ish yuritish vakolatiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; | 2) manfaatdor shaxs nomidan berilgan ariza ish yuritish vakolatiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; |
3) ish mazkur sudning sudloviga tegishli boʻlmasa; | 3) ish mazkur sudning sudloviga tegishli boʻlmasa; |
4) ariza ushbu Kodeksning 189-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan holda berilgan boʻlsa; | 4) ariza ushbu Kodeksning 189-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan holda berilgan boʻlsa; |
41) daʼvogar (arizachi) sudyaning ushbu Kodeks 192-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan koʻrsatmasini belgilangan muddatda bajarmagan boʻlsa; | 41) daʼvogar (arizachi) sudyaning ushbu Kodeks 192-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan koʻrsatmasini belgilangan muddatda bajarmagan boʻlsa; |
5) bitta arizada bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan bir nechta talab birlashtirilgan boʻlsa, basharti bu talablar oʻzaro bogʻliq boʻlmasa; | 5) bitta arizada bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan bir nechta talab birlashtirilgan boʻlsa, basharti bu talablar oʻzaro bogʻliq boʻlmasa; |
6) ish yuritishga qabul qilish va ishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida ajrim chiqarilguniga qadar arizachidan arizani qaytarish haqida ariza kelib tushgan boʻlsa; | 6) ish yuritishga qabul qilish va ishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida ajrim chiqarilguniga qadar arizachidan arizani qaytarish haqida ariza kelib tushgan boʻlsa; |
7) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan boʻlsa, davlat bojini toʻlashni kechiktirish mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoki iltimosnoma rad etilgan boʻlsa; | 7) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan boʻlsa, davlat bojini toʻlashni kechiktirish mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoki iltimosnoma rad etilgan boʻlsa; |
8) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza qonunda belgilangan muddatdan oldin yoki qonunda nazarda tutilgan mol-mulkni (ashyoni) aniqlash va hisobga olish tartibi buzib berilgan boʻlsa; | 8) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza qonunda belgilangan muddatdan oldin yoki qonunda nazarda tutilgan mol-mulkni (ashyoni) aniqlash va hisobga olish tartibi buzib berilgan boʻlsa; |
9) daʼvogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan boʻlsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa. | 9) daʼvogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan boʻlsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa. |
Arizani qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi. | Arizani qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi. |
Arizaning qaytarilishi yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin sudga umumiy tartibda takroran murojaat qilishga toʻsqinlik qilmaydi. | Arizaning qaytarilishi yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin sudga umumiy tartibda takroran murojaat qilishga toʻsqinlik qilmaydi. |
196-modda. Bir nechta talabni birlashtirish | 196-modda. Bir nechta talabni birlashtirish |
Daʼvogar bitta arizada oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir nechta talabni birlashtirishga haqli. | Daʼvogar bitta arizada oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir nechta talabni birlashtirishga haqli. |
197-modda. Sudyaning bir turdagi ishlarni birlashtirish huquqi | 197-modda. Sudyaning bir turdagi ishlarni birlashtirish huquqi |
Sudya mazkur sudning ish yuritishida ayni bir taraflar ishtirok etayotgan bir turdagi bir nechta ish yoxud bir shaxsning turli javobgarlarga yoki bir nechta daʼvogarning ayni bitta javobgarga nisbatan arizalari boʻyicha bir nechta ish mavjudligini aniqlasa, bu ishlarni birgalikda koʻrish uchun bitta ish yuritishga birlashtirishga, agar bunday birlashtirish ishning oʻz vaqtida va toʻgʻri hal qilinishiga olib kelsa, haqli. | Sudya mazkur sudning ish yuritishida ayni bir taraflar ishtirok etayotgan bir turdagi bir nechta ish yoxud bir shaxsning turli javobgarlarga yoki bir nechta daʼvogarning ayni bitta javobgarga nisbatan arizalari boʻyicha bir nechta ish mavjudligini aniqlasa, bu ishlarni birgalikda koʻrish uchun bitta ish yuritishga birlashtirishga, agar bunday birlashtirish ishning oʻz vaqtida va toʻgʻri hal qilinishiga olib kelsa, haqli. |
Ishlarni birlashtirish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. | Ishlarni birlashtirish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. |
Birlashtirilgan ishlarni koʻrish muddati keyinroq qoʻzgʻatilgan ish boʻyicha belgilanadi. | Birlashtirilgan ishlarni koʻrish muddati keyinroq qoʻzgʻatilgan ish boʻyicha belgilanadi. |
198-modda. Bir nechta talabni alohida ish yuritishga ajratish | 198-modda. Bir nechta talabni alohida ish yuritishga ajratish |
Agar arizani koʻrayotgan sudya talablarni ajratib koʻrishni maqsadga muvofiq deb topsa, u birlashtirilgan talablardan birini yoki bir nechtasini alohida ish yuritishga ajratishga haqli. | Agar arizani koʻrayotgan sudya talablarni ajratib koʻrishni maqsadga muvofiq deb topsa, u birlashtirilgan talablardan birini yoki bir nechtasini alohida ish yuritishga ajratishga haqli. |
Bir nechta daʼvogar tomonidan yoki bir nechta javobgarga nisbatan talablar taqdim etilgan taqdirda, arizani ish yuritishga qabul qilish va ishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilayotgan sudya, agar talablarni ajratib koʻrishni maqsadga muvofiq deb topsa, bir yoki bir nechta talabni alohida ish yuritishga ajratishga haqli. | Bir nechta daʼvogar tomonidan yoki bir nechta javobgarga nisbatan talablar taqdim etilgan taqdirda, arizani ish yuritishga qabul qilish va ishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilayotgan sudya, agar talablarni ajratib koʻrishni maqsadga muvofiq deb topsa, bir yoki bir nechta talabni alohida ish yuritishga ajratishga haqli. |
Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratish masalasi boʻyicha ajrim chiqariladi. | Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratish masalasi boʻyicha ajrim chiqariladi. |
Ajratilgan talab boʻyicha ish koʻrish muddati ajrim chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. | Ajratilgan talab boʻyicha ish koʻrish muddati ajrim chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. |
199-modda. Qarshi daʼvo taqdim etish | 199-modda. Qarshi daʼvo taqdim etish |
Sud tomonidan ish boʻyicha hal qiluv qarori chiqarilguniga qadar javobgar dastlabki daʼvo bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun daʼvogarga nisbatan qarshi daʼvo taqdim etishga haqli. | Sud tomonidan ish boʻyicha hal qiluv qarori chiqarilguniga qadar javobgar dastlabki daʼvo bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun daʼvogarga nisbatan qarshi daʼvo taqdim etishga haqli. |
Qarshi daʼvo taqdim etish daʼvo taqdim etish toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi. | Qarshi daʼvo taqdim etish daʼvo taqdim etish toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi. |
200-modda. Qarshi daʼvoni qabul qilish shartlari | 200-modda. Qarshi daʼvoni qabul qilish shartlari |
Sudya quyidagi hollarda qarshi daʼvoni qabul qilishi shart, agar: | Sudya quyidagi hollarda qarshi daʼvoni qabul qilishi shart, agar: |
1) qarshi daʼvo dastlabki daʼvoni qoplashga qaratilgan boʻlsa; | 1) qarshi daʼvo dastlabki daʼvoni qoplashga qaratilgan boʻlsa; |
2) qarshi daʼvoning qanoatlantirilishi dastlabki daʼvoning qanoatlantirilishini butunlay yoki qisman istisno etsa; | 2) qarshi daʼvoning qanoatlantirilishi dastlabki daʼvoning qanoatlantirilishini butunlay yoki qisman istisno etsa; |
3) qarshi va dastlabki daʼvo oʻrtasida oʻzaro bogʻlanish mavjud boʻlsa hamda ularni birgalikda koʻrish nizoning tezroq va toʻgʻri koʻrib chiqilishiga yordam bersa. | 3) qarshi va dastlabki daʼvo oʻrtasida oʻzaro bogʻlanish mavjud boʻlsa hamda ularni birgalikda koʻrish nizoning tezroq va toʻgʻri koʻrib chiqilishiga yordam bersa. |
21-bob. Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash | 21-bob. Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash |
201-modda. Ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalari | 201-modda. Ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalari |
Sudya arizani qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida ajrim chiqarganidan soʻng ishni oʻz vaqtida va toʻgʻri koʻrib chiqish hamda hal qilish maqsadida uni sud muhokamasiga tayyorlaydi. | Sudya arizani qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida ajrim chiqarganidan soʻng ishni oʻz vaqtida va toʻgʻri koʻrib chiqish hamda hal qilish maqsadida uni sud muhokamasiga tayyorlaydi. |
Ishni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalari quyidagilardan iborat: | Ishni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalari quyidagilardan iborat: |
taraflarning huquqiy munosabatlarini va ishni koʻrishda amal qilinishi lozim boʻlgan qonunni aniqlash; | taraflarning huquqiy munosabatlarini va ishni koʻrishda amal qilinishi lozim boʻlgan qonunni aniqlash; |
taraflarning talablari va eʼtirozlarini asoslovchi faktlarni, shuningdek nizoni toʻgʻri hal etish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa faktlarni aniqlash; | taraflarning talablari va eʼtirozlarini asoslovchi faktlarni, shuningdek nizoni toʻgʻri hal etish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa faktlarni aniqlash; |
ishni hal qilish uchun zarur boʻlgan dalillar doirasini aniqlash va ularning oʻz vaqtida sud majlisiga taqdim etilishini taʼminlash; | ishni hal qilish uchun zarur boʻlgan dalillar doirasini aniqlash va ularning oʻz vaqtida sud majlisiga taqdim etilishini taʼminlash; |
ishda ishtirok etishi mumkin boʻlgan shaxslar tarkibi toʻgʻrisidagi masalani hal qilish; | ishda ishtirok etishi mumkin boʻlgan shaxslar tarkibi toʻgʻrisidagi masalani hal qilish; |
taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan zarur boʻlgan dalillarni taqdim etilishi; | taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan zarur boʻlgan dalillarni taqdim etilishi; |
taraflarni yarashtirish. | taraflarni yarashtirish. |
202-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddatlari | 202-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddatlari |
Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash ariza qabul qilingan va fuqarolik ishi qoʻzgʻatilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatdan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak. Alohida hollarda, bu muddat oʻta murakkab ishlar boʻyicha sudyaning asoslantirilgan ajrimiga binoan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin, bundan aliment undirish haqidagi, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hamda mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar toʻgʻrisidagi ishlar mustasno. | Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash ariza qabul qilingan va fuqarolik ishi qoʻzgʻatilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatdan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak. Alohida hollarda, bu muddat oʻta murakkab ishlar boʻyicha sudyaning asoslantirilgan ajrimiga binoan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin, bundan aliment undirish haqidagi, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hamda mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar toʻgʻrisidagi ishlar mustasno. |
203-modda. Ishni tayyorlash tartibida taraflarni soʻroq qilish | 203-modda. Ishni tayyorlash tartibida taraflarni soʻroq qilish |
Zarur boʻlgan hollarda, ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida sudya taraflarni soʻroq qilishi mumkin. | Zarur boʻlgan hollarda, ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida sudya taraflarni soʻroq qilishi mumkin. |
Bunda sudya: | Bunda sudya: |
1) daʼvogarni oʻzi arz qilingan talablarning mohiyati boʻyicha soʻroq qiladi, undan javobgar bildirishi mumkin boʻlgan eʼtirozlarni aniqlaydi va, agar bu zarur boʻlsa, daʼvogarga qoʻshimcha dalillar taqdim etishni taklif qiladi, shuningdek arz qilingan talablaridan voz kechish huquqini hamda voz kechishning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi; | 1) daʼvogarni oʻzi arz qilingan talablarning mohiyati boʻyicha soʻroq qiladi, undan javobgar bildirishi mumkin boʻlgan eʼtirozlarni aniqlaydi va, agar bu zarur boʻlsa, daʼvogarga qoʻshimcha dalillar taqdim etishni taklif qiladi, shuningdek arz qilingan talablaridan voz kechish huquqini hamda voz kechishning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi; |
2) ishning holatlari boʻyicha javobgarni soʻroq qiladi, daʼvogarning talabiga qarshi uning qanday eʼtirozlari borligini va bu eʼtirozlar qanday dalillar bilan tasdiqlanishi mumkinligini aniqlaydi, shuningdek javobgarga daʼvogarning talablarini tan olish yoxud qarshi talablar qoʻzgʻatish huquqini tushuntiradi, alohida murakkab ishlar boʻyicha esa, javobgarga ish yuzasidan yozma tushuntirishlar taqdim etishni taklif qiladi. Javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda uning tomonidan yozma tushuntirishlar va dalillar taqdim etilmaganligi ishni ishdagi mavjud dalillar boʻyicha koʻrish uchun toʻsqinlik qilmaydi; | 2) ishning holatlari boʻyicha javobgarni soʻroq qiladi, daʼvogarning talabiga qarshi uning qanday eʼtirozlari borligini va bu eʼtirozlar qanday dalillar bilan tasdiqlanishi mumkinligini aniqlaydi, shuningdek javobgarga daʼvogarning talablarini tan olish yoxud qarshi talablar qoʻzgʻatish huquqini tushuntiradi, alohida murakkab ishlar boʻyicha esa, javobgarga ish yuzasidan yozma tushuntirishlar taqdim etishni taklif qiladi. Javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda uning tomonidan yozma tushuntirishlar va dalillar taqdim etilmaganligi ishni ishdagi mavjud dalillar boʻyicha koʻrish uchun toʻsqinlik qilmaydi; |
3) taraflardan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish ehtimolini aniqlaydi va ularning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi. | 3) taraflardan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish ehtimolini aniqlaydi va ularning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi. |
204-modda. Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash boʻyicha harakatlari | 204-modda. Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash boʻyicha harakatlari |
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida quyidagi harakatlarni amalga oshiradi: | Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida quyidagi harakatlarni amalga oshiradi: |
1) ishga uchinchi shaxslarning jalb etilishi yoki kirishishi toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi va ishda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilgan, mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslarni ushbu Kodeksning 203-moddasiga muvofiq soʻroq qiladi; | 1) ishga uchinchi shaxslarning jalb etilishi yoki kirishishi toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi va ishda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilgan, mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslarni ushbu Kodeksning 203-moddasiga muvofiq soʻroq qiladi; |
2) ishni koʻrishda vakillarning qatnashishi masalasini hal qiladi; | 2) ishni koʻrishda vakillarning qatnashishi masalasini hal qiladi; |
3) ishda prokurorning ishtirok etishi toʻgʻrisidagi va sud protsessida ishtirok etish uchun tegishli davlat boshqaruvi organini jalb etish haqidagi masalani hal qiladi; | 3) ishda prokurorning ishtirok etishi toʻgʻrisidagi va sud protsessida ishtirok etish uchun tegishli davlat boshqaruvi organini jalb etish haqidagi masalani hal qiladi; |
4) sherik daʼvogarlarning, sherik javobgarlar va uchinchi shaxslarning ishga kirishishi toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi, shuningdek ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish haqidagi masalani hal qiladi; | 4) sherik daʼvogarlarning, sherik javobgarlar va uchinchi shaxslarning ishga kirishishi toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi, shuningdek ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish haqidagi masalani hal qiladi; |
5) guvohlarni sud majlisiga chaqirish toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi; | 5) guvohlarni sud majlisiga chaqirish toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi; |
6) tashkilotlardan yoki fuqarolardan ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni talab qilib oladi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarga sudga taqdim etish uchun bu dalillarni olishga doir soʻrovlar beradi; | 6) tashkilotlardan yoki fuqarolardan ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni talab qilib oladi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarga sudga taqdim etish uchun bu dalillarni olishga doir soʻrovlar beradi; |
7) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrlarini inobatga olgan holda, ekspertiza tayinlash va mutaxassis jalb etish toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi; | 7) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrlarini inobatga olgan holda, ekspertiza tayinlash va mutaxassis jalb etish toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi; |
8) kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda, joyga chiqib koʻzdan kechirishni amalga oshiradi; | 8) kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda, joyga chiqib koʻzdan kechirishni amalga oshiradi; |
9) boshqa sudlarga sud topshiriqlari yuboradi; | 9) boshqa sudlarga sud topshiriqlari yuboradi; |
10) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi; | 10) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi; |
11) bir turdagi ishlarni birlashtirish va bir nechta talabni alohida ish yuritishga ajratish toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi; | 11) bir turdagi ishlarni birlashtirish va bir nechta talabni alohida ish yuritishga ajratish toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi; |
12) daʼvoni va dalillarni taʼminlash masalasini hal qiladi; | 12) daʼvoni va dalillarni taʼminlash masalasini hal qiladi; |
13) taraflarni yarashtirish choralarini koʻradi; | 13) taraflarni yarashtirish choralarini koʻradi; |
14) sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga bunday sud majlisida ishtirok etish huquqini tushuntiradi. | 14) sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga bunday sud majlisida ishtirok etish huquqini tushuntiradi. |
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida boshqa zarur protsessual harakatlarni ham amalga oshiradi. | Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida boshqa zarur protsessual harakatlarni ham amalga oshiradi. |
Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash boʻyicha harakatlari sudya tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarni chaqirmagan holda ajrim bilan rasmiylashtiriladi. | Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash boʻyicha harakatlari sudya tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarni chaqirmagan holda ajrim bilan rasmiylashtiriladi. |
205-modda. Ishni sud muhokamasiga tayinlash | 205-modda. Ishni sud muhokamasiga tayinlash |
Sudya ish yetarli darajada tayyorlangan deb topgach, uni sud majlisida muhokama qilishga tayinlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi hamda taraflar va sud protsessining boshqa ishtirokchilarini ishni koʻrish vaqti va joyi haqida xabardor qilish yuzasidan choralar koʻradi. | Sudya ish yetarli darajada tayyorlangan deb topgach, uni sud majlisida muhokama qilishga tayinlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi hamda taraflar va sud protsessining boshqa ishtirokchilarini ishni koʻrish vaqti va joyi haqida xabardor qilish yuzasidan choralar koʻradi. |
206-modda. Sudya yordamchisining (katta yordamchisining) ishni sud muhokamasiga tayyorlash boʻyicha harakatlari | 206-modda. Sudya yordamchisining (katta yordamchisining) ishni sud muhokamasiga tayyorlash boʻyicha harakatlari |
Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sudyaning topshirigʻiga binoan quyidagi harakatlarni amalga oshiradi: | Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sudyaning topshirigʻiga binoan quyidagi harakatlarni amalga oshiradi: |
1) sudyaga kelib tushgan arizalarni oʻrganadi va ularni koʻrish yuzasidan takliflar kiritadi, sud hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi; | 1) sudyaga kelib tushgan arizalarni oʻrganadi va ularni koʻrish yuzasidan takliflar kiritadi, sud hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi; |
2) ishni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalarini hal qilishda, shu jumladan ishda ishtirok etuvchi shaxslar doirasini aniqlashda va boshqa shaxslarni jalb qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etishda ishtirok etadi; | 2) ishni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalarini hal qilishda, shu jumladan ishda ishtirok etuvchi shaxslar doirasini aniqlashda va boshqa shaxslarni jalb qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etishda ishtirok etadi; |
3) sud protsessini tayyorlashni va oʻtkazishni tashkil etishda ishtirok etadi; | 3) sud protsessini tayyorlashni va oʻtkazishni tashkil etishda ishtirok etadi; |
4) arizalar va murojaatlar, shuningdek koʻrilishi keyinga qoldirilgan yoki ish yuritish toʻxtatib turilgan ishlar oʻz vaqtida koʻrilishi taʼminlanishini tashkil etadi; | 4) arizalar va murojaatlar, shuningdek koʻrilishi keyinga qoldirilgan yoki ish yuritish toʻxtatib turilgan ishlar oʻz vaqtida koʻrilishi taʼminlanishini tashkil etadi; |
5) taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilarini ishni koʻrish vaqti va joyi haqida xabardor qiladi. | 5) taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilarini ishni koʻrish vaqti va joyi haqida xabardor qiladi. |
Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sudyaning topshirigʻiga binoan boshqa harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sudyaning topshirigʻiga binoan boshqa harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin. |
22-bob. Sud muhokamasi | 22-bob. Sud muhokamasi |
207-modda. Fuqarolik ishlarini koʻrish va hal qilish muddatlari | 207-modda. Fuqarolik ishlarini koʻrish va hal qilish muddatlari |
Ishlar sud muhokamasiga tayyorlab boʻlingan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay sud tomonidan koʻriladi va hal qilinadi. Bu muddat oʻta murakkab ishlar boʻyicha sudyaning asoslantirilgan ajrimiga koʻra ikki oygacha uzaytirilishi mumkin, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan ishlar mustasno. | Ishlar sud muhokamasiga tayyorlab boʻlingan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay sud tomonidan koʻriladi va hal qilinadi. Bu muddat oʻta murakkab ishlar boʻyicha sudyaning asoslantirilgan ajrimiga koʻra ikki oygacha uzaytirilishi mumkin, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan ishlar mustasno. |
Aliment undirish haqidagi, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi ishlar hamda mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar boʻyicha ishlar sud muhokamasiga tayyorlab boʻlingan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay birinchi instansiya sudi tomonidan koʻrilishi kerak. | Aliment undirish haqidagi, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi ishlar hamda mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar boʻyicha ishlar sud muhokamasiga tayyorlab boʻlingan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay birinchi instansiya sudi tomonidan koʻrilishi kerak. |
Qarshi daʼvo berilgan ish boʻyicha ishni koʻrish va hal qilish muddatining oʻtishi asosiy daʼvo boʻyicha ish sud muhokamasiga tayyorlab boʻlingan kundan eʼtiboran hisoblanadi. | Qarshi daʼvo berilgan ish boʻyicha ishni koʻrish va hal qilish muddatining oʻtishi asosiy daʼvo boʻyicha ish sud muhokamasiga tayyorlab boʻlingan kundan eʼtiboran hisoblanadi. |
Asosiy ishdan ajratilgan ishni, shuningdek birgalikda koʻrish uchun bitta ish yuritishga birlashtirilgan ishlarni koʻrish va hal qilish muddatining oʻtishi ushbu Kodeksning 197 va 198-moddalariga muvofiq hisoblanadi. | Asosiy ishdan ajratilgan ishni, shuningdek birgalikda koʻrish uchun bitta ish yuritishga birlashtirilgan ishlarni koʻrish va hal qilish muddatining oʻtishi ushbu Kodeksning 197 va 198-moddalariga muvofiq hisoblanadi. |
Ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud ajrimi ustidan shikoyat qilingan (protest keltirilgan) taqdirda, ishni koʻrish va hal etish muddatining oʻtishi ish yuqori instansiya sudiga yuborilgan paytdan eʼtiboran to u birinchi instansiya sudining ish yurituviga kelib tushguniga qadar toʻxtatiladi. | Ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud ajrimi ustidan shikoyat qilingan (protest keltirilgan) taqdirda, ishni koʻrish va hal etish muddatining oʻtishi ish yuqori instansiya sudiga yuborilgan paytdan eʼtiboran to u birinchi instansiya sudining ish yurituviga kelib tushguniga qadar toʻxtatiladi. |
208-modda. Sud majlisi | 208-modda. Sud majlisi |
Ish muhokamasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarni albatta xabardor qilgan holda sudning ochiq majlisida oʻtadi. | Ish muhokamasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarni albatta xabardor qilgan holda sudning ochiq majlisida oʻtadi. |
Yopiq sud majlislari qonunda nazarda tutilgan hollarda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talabiga yoki sudning tashabbusiga koʻra oʻtkaziladi. | Yopiq sud majlislari qonunda nazarda tutilgan hollarda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talabiga yoki sudning tashabbusiga koʻra oʻtkaziladi. |
Ochiq sud majlislari videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan sudning videokonferensaloqa rejimidagi majlisida bevosita ishtirok etish ogʻzaki shaklda oʻtkaziladigan sud majlisida ishtirok etishga tenglashtiriladi. | Ochiq sud majlislari videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan sudning videokonferensaloqa rejimidagi majlisida bevosita ishtirok etish ogʻzaki shaklda oʻtkaziladigan sud majlisida ishtirok etishga tenglashtiriladi. |
Sudning tashabbusiga koʻra yoki sud protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasi bilan sud majlisining audio- yoki videoyozuvi olib borilishi mumkin. | Sudning tashabbusiga koʻra yoki sud protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasi bilan sud majlisining audio- yoki videoyozuvi olib borilishi mumkin. |
Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish zarur boʻlgan taqdirda, shuningdek sud majlisida audio- yoki videoyozuvi vositalaridan foydalanilganda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni va sud protsessining boshqa ishtirokchilarini bu haqda ogohlantiradi. | Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish zarur boʻlgan taqdirda, shuningdek sud majlisida audio- yoki videoyozuvi vositalaridan foydalanilganda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni va sud protsessining boshqa ishtirokchilarini bu haqda ogohlantiradi. |
Sud protsessi ishtirokchilari va sud majlisi zalida hozir boʻlganlar yozma qaydlar qilish huquqiga ega. Sud majlisini fototasvirga tushirish, audio- va videoyozuvini amalga oshirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida translyatsiya qilinishiga taraflarning roziligi va sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi. | Sud protsessi ishtirokchilari va sud majlisi zalida hozir boʻlganlar yozma qaydlar qilish huquqiga ega. Sud majlisini fototasvirga tushirish, audio- va videoyozuvini amalga oshirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida translyatsiya qilinishiga taraflarning roziligi va sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi. |
Ishni yopiq sud majlisida muhokama qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilganda yopiq sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar sud muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik toʻgʻrisida ogohlantirilib, ulardan tilxat olinadi. Tilxatda mazkur majburiyatni buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 239-moddasiga muvofiq javobgarlik haqidagi ogohlantirish ham aks ettiriladi. | Ishni yopiq sud majlisida muhokama qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilganda yopiq sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar sud muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik toʻgʻrisida ogohlantirilib, ulardan tilxat olinadi. Tilxatda mazkur majburiyatni buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 239-moddasiga muvofiq javobgarlik haqidagi ogohlantirish ham aks ettiriladi. |
209-modda. Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish | 209-modda. Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish |
Sudlarda videokonferensaloqani amalga oshirishning texnik imkoniyati boʻlgan taqdirda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar sudning videokonferensaloqa rejimidagi majlisida bu haqda oʻzlari iltimosnoma berganda yoki sudning tashabbusiga koʻra ishtirok etishi mumkin. Koʻrsatilgan shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishi toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi, ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashayotgan shaxslarga va oʻz koʻmagida ushbu shaxslar bunday majlisda ishtirok etishi mumkin boʻlgan tegishli sudga yuboriladi. | Sudlarda videokonferensaloqani amalga oshirishning texnik imkoniyati boʻlgan taqdirda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar sudning videokonferensaloqa rejimidagi majlisida bu haqda oʻzlari iltimosnoma berganda yoki sudning tashabbusiga koʻra ishtirok etishi mumkin. Koʻrsatilgan shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishi toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi, ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashayotgan shaxslarga va oʻz koʻmagida ushbu shaxslar bunday majlisda ishtirok etishi mumkin boʻlgan tegishli sudga yuboriladi. |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishini taʼminlash uchun koʻrsatilgan shaxslarning yashash joyi, joylashgan yeri yoki turgan joyi boʻyicha tegishli sudlarning videokonferensaloqa tizimlaridan yoxud ishni koʻrayotgan sudning mobil videokonferensaloqa tizimidan foydalaniladi. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishini taʼminlash uchun koʻrsatilgan shaxslarning yashash joyi, joylashgan yeri yoki turgan joyi boʻyicha tegishli sudlarning videokonferensaloqa tizimlaridan yoxud ishni koʻrayotgan sudning mobil videokonferensaloqa tizimidan foydalaniladi. |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishini taʼminlayotgan sud ushbu shaxslarning kelgan-kelmaganligini tekshiradi va kelgan shaxslarning shaxsini aniqlaydi. Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida mobil videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etayotgan shaxslarning shaxsi ishni koʻrayotgan sud tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda aniqlanadi. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishini taʼminlayotgan sud ushbu shaxslarning kelgan-kelmaganligini tekshiradi va kelgan shaxslarning shaxsini aniqlaydi. Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida mobil videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etayotgan shaxslarning shaxsi ishni koʻrayotgan sud tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda aniqlanadi. |
Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etayotgan guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga oʻz huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi tushuntirilganligi, shuningdek guvohning qasamyodi audio- va videoyozuv orqali qayd etiladi va bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi. | Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etayotgan guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga oʻz huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi tushuntirilganligi, shuningdek guvohning qasamyodi audio- va videoyozuv orqali qayd etiladi va bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi. |
210-modda. Sud majlisini ochish | 210-modda. Sud majlisini ochish |
Ishni muhokama qilish uchun tayinlangan vaqtda sudya majlis zaliga kiradi, sud majlisini ochadi va qaysi ish koʻrilishi lozimligini eʼlon qiladi. | Ishni muhokama qilish uchun tayinlangan vaqtda sudya majlis zaliga kiradi, sud majlisini ochadi va qaysi ish koʻrilishi lozimligini eʼlon qiladi. |
211-modda. Sud majlisida raislik qiluvchi | 211-modda. Sud majlisida raislik qiluvchi |
Sud majlisida shu sudning raisi, uning oʻrinbosari yoki sudya raislik qiladi. | Sud majlisida shu sudning raisi, uning oʻrinbosari yoki sudya raislik qiladi. |
Sud majlisida raislik qiluvchi (bundan buyon matnda raislik qiluvchi deb yuritiladi) sud majlisini boshqarib, ishning barcha holatlari, taraflarning huquq va majburiyatlari toʻliq, har tomonlama va xolisona aniqlanishini, sud protsessining tarbiyaviy taʼsirini taʼminlaydi, koʻrilayotgan ishga aloqasi boʻlmagan hamma narsani sud muhokamasidan chetlatadi. | Sud majlisida raislik qiluvchi (bundan buyon matnda raislik qiluvchi deb yuritiladi) sud majlisini boshqarib, ishning barcha holatlari, taraflarning huquq va majburiyatlari toʻliq, har tomonlama va xolisona aniqlanishini, sud protsessining tarbiyaviy taʼsirini taʼminlaydi, koʻrilayotgan ishga aloqasi boʻlmagan hamma narsani sud muhokamasidan chetlatadi. |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslardan, guvohlardan, ekspertlardan, mutaxassislardan, tarjimonlardan birortasi raislik qiluvchining xatti-harakatlariga eʼtiroz bildirgan taqdirda, bu eʼtirozlar sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi va masala sud tomonidan hal qilinadi. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslardan, guvohlardan, ekspertlardan, mutaxassislardan, tarjimonlardan birortasi raislik qiluvchining xatti-harakatlariga eʼtiroz bildirgan taqdirda, bu eʼtirozlar sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi va masala sud tomonidan hal qilinadi. |
Raislik qiluvchi sud majlisida tegishli tartibni taʼminlash uchun zarur choralar koʻradi. | Raislik qiluvchi sud majlisida tegishli tartibni taʼminlash uchun zarur choralar koʻradi. |
212-modda. Sud majlisi zalidagi tartib | 212-modda. Sud majlisi zalidagi tartib |
Sudyalar majlis zaliga kirib kelganida va undan chiqib ketayotganida zalda hozir boʻlganlarning barchasi oʻrnidan turadi. | Sudyalar majlis zaliga kirib kelganida va undan chiqib ketayotganida zalda hozir boʻlganlarning barchasi oʻrnidan turadi. |
Oʻn olti yoshga toʻlmagan fuqarolar, agar ular ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki guvohlar boʻlmasa, sud majlisi zaliga qoʻyilmaydi. | Oʻn olti yoshga toʻlmagan fuqarolar, agar ular ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki guvohlar boʻlmasa, sud majlisi zaliga qoʻyilmaydi. |
Sud jarayoni ishtirokchilari sudga “Hurmatli sud!” degan soʻzlar bilan murojaat qiladi. Ular sudga oʻz tushuntirishlari va koʻrsatuvlarini, savollarga javoblarini tik turib beradi. Bu qoidadan chetga chiqishga faqat raislik qiluvchining ruxsati bilan yoʻl qoʻyilishi mumkin. | Sud jarayoni ishtirokchilari sudga “Hurmatli sud!” degan soʻzlar bilan murojaat qiladi. Ular sudga oʻz tushuntirishlari va koʻrsatuvlarini, savollarga javoblarini tik turib beradi. Bu qoidadan chetga chiqishga faqat raislik qiluvchining ruxsati bilan yoʻl qoʻyilishi mumkin. |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, shuningdek sud majlisi zalida hozir boʻlgan barcha fuqarolar sud majlisida belgilangan tartibga rioya etishi va raislik qiluvchining farmoyishlariga soʻzsiz boʻysunishi shart. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, shuningdek sud majlisi zalida hozir boʻlgan barcha fuqarolar sud majlisida belgilangan tartibga rioya etishi va raislik qiluvchining farmoyishlariga soʻzsiz boʻysunishi shart. |
Alohida xonada (maslahatxonada) qabul qilingan sud hujjatini sud majlisi zalida hozir boʻlganlarning barchasi tik turib eshitadi. | Alohida xonada (maslahatxonada) qabul qilingan sud hujjatini sud majlisi zalida hozir boʻlganlarning barchasi tik turib eshitadi. |
213-modda. Sud protsessi ishtirokchilarining kelgan-kelmaganligini tekshirish | 213-modda. Sud protsessi ishtirokchilarining kelgan-kelmaganligini tekshirish |
Sud majlisining kotibi mazkur ish boʻyicha chaqirilganlardan kimlar kelganligini, kelmaganlarga sudning chaqiruv qogʻozlari yoki boshqa xabarnomalar topshirilgan-topshirilmaganligini (yetkazib berilganligini) va ularning kelmaganligi sabablari toʻgʻrisida qanday maʼlumotlar borligini sudga maʼlum qiladi. | Sud majlisining kotibi mazkur ish boʻyicha chaqirilganlardan kimlar kelganligini, kelmaganlarga sudning chaqiruv qogʻozlari yoki boshqa xabarnomalar topshirilgan-topshirilmaganligini (yetkazib berilganligini) va ularning kelmaganligi sabablari toʻgʻrisida qanday maʼlumotlar borligini sudga maʼlum qiladi. |
Sud kelganlarning shaxsini aniqlaydi, shuningdek mansabdor shaxslar va vakillarning vakolatini tekshiradi. | Sud kelganlarning shaxsini aniqlaydi, shuningdek mansabdor shaxslar va vakillarning vakolatini tekshiradi. |
214-modda. Tarjimonga uning vazifalarini tushuntirish | 214-modda. Tarjimonga uning vazifalarini tushuntirish |
Raislik qiluvchi tarjimonga uning vazifasi sud ishi yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarning tushuntirishlarini, koʻrsatuvlarini, arzlarini, tilni bilmaydigan shaxslarga esa tushuntirishlarning, koʻrsatuvlarning, arzlarning, oʻqib eshittiriladigan hujjatlarning mazmunini, shuningdek raislik qiluvchining farmoyishlarini, ish boʻyicha sudning hal qiluv qarori va ajrimini tarjima qilib berishdan iborat ekanligini tushuntiradi. | Raislik qiluvchi tarjimonga uning vazifasi sud ishi yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarning tushuntirishlarini, koʻrsatuvlarini, arzlarini, tilni bilmaydigan shaxslarga esa tushuntirishlarning, koʻrsatuvlarning, arzlarning, oʻqib eshittiriladigan hujjatlarning mazmunini, shuningdek raislik qiluvchining farmoyishlarini, ish boʻyicha sudning hal qiluv qarori va ajrimini tarjima qilib berishdan iborat ekanligini tushuntiradi. |
Raislik qiluvchi tarjimonni bila turib yolgʻon tarjima qilganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasiga muvofiq javobgar boʻlishi toʻgʻrisida ogohlantiradi. | Raislik qiluvchi tarjimonni bila turib yolgʻon tarjima qilganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasiga muvofiq javobgar boʻlishi toʻgʻrisida ogohlantiradi. |
215-modda. Guvohlarni sud majlisi zalidan chiqarib yuborish | 215-modda. Guvohlarni sud majlisi zalidan chiqarib yuborish |
Guvohlarning kelgan-kelmaganligi tekshirilgach, ular sud majlisi zalidan chiqarib yuboriladi. Raislik qiluvchi sud tomonidan soʻroq qilingan guvohlar soʻroq qilinmagan guvohlar bilan muomalada boʻlmasligi uchun choralar koʻradi. | Guvohlarning kelgan-kelmaganligi tekshirilgach, ular sud majlisi zalidan chiqarib yuboriladi. Raislik qiluvchi sud tomonidan soʻroq qilingan guvohlar soʻroq qilinmagan guvohlar bilan muomalada boʻlmasligi uchun choralar koʻradi. |
216-modda. Sud tarkibini eʼlon qilish va rad qilish huquqini tushuntirish | 216-modda. Sud tarkibini eʼlon qilish va rad qilish huquqini tushuntirish |
Raislik qiluvchi sudning tarkibini eʼlon qiladi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisining kotibi sifatida kimlar ishtirok etayotganligini maʼlum qiladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning rad qilish toʻgʻrisida ariza berish huquqini tushuntiradi. | Raislik qiluvchi sudning tarkibini eʼlon qiladi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisining kotibi sifatida kimlar ishtirok etayotganligini maʼlum qiladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning rad qilish toʻgʻrisida ariza berish huquqini tushuntiradi. |
217-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish | 217-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish |
Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi. Bu haqda sud majlisining bayonnomasida koʻrsatiladi. | Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi. Bu haqda sud majlisining bayonnomasida koʻrsatiladi. |
218-modda. Ekspert hamda mutaxassisga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirish | 218-modda. Ekspert hamda mutaxassisga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirish |
Raislik qiluvchi ekspert hamda mutaxassisga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, ekspertni bila turib yolgʻon xulosa berganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasiga muvofiq javobgar boʻlishi toʻgʻrisida ogohlantiradi. | Raislik qiluvchi ekspert hamda mutaxassisga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, ekspertni bila turib yolgʻon xulosa berganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasiga muvofiq javobgar boʻlishi toʻgʻrisida ogohlantiradi. |
219-modda. Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomalarini hal qilishi | 219-modda. Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomalarini hal qilishi |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yangi dalillarni talab qilib olish toʻgʻrisidagi va ishni muhokama qilish bilan bogʻliq boshqa barcha masalalar boʻyicha iltimosnomalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikr-mulohazalari eshitilganidan keyin sudning ajrimi bilan hal qilinadi. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yangi dalillarni talab qilib olish toʻgʻrisidagi va ishni muhokama qilish bilan bogʻliq boshqa barcha masalalar boʻyicha iltimosnomalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikr-mulohazalari eshitilganidan keyin sudning ajrimi bilan hal qilinadi. |
220-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi oqibatlari | 220-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi oqibatlari |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslardan birortasi sud majlisiga kelmagan taqdirda, ularga sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnomalar topshirilganligi (yetkazib berilganligi) toʻgʻrisidagi maʼlumot mavjud boʻlmasa, sud ish muhokamasini keyinga qoldiradi. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslardan birortasi sud majlisiga kelmagan taqdirda, ularga sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnomalar topshirilganligi (yetkazib berilganligi) toʻgʻrisidagi maʼlumot mavjud boʻlmasa, sud ish muhokamasini keyinga qoldiradi. |
Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan boʻlib, sud uzrli deb topgan sabablarga koʻra kelmagan boʻlsa, sud ish muhokamasini keyinga qoldiradi. | Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan boʻlib, sud uzrli deb topgan sabablarga koʻra kelmagan boʻlsa, sud ish muhokamasini keyinga qoldiradi. |
Taraflar kelmaslik sabablari toʻgʻrisida sudni xabardor qilishi va bu sabablarning uzrliligiga dalillar taqdim etishi shart. Agar javobgarning kelmaganligi sabablari toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmasa yoki sud kelmaganlik sabablarini uzrsiz deb topsa yoxud javobgar ish yuritilishini qasddan choʻzayotgan boʻlsa, sud ishni koʻrishga haqli. | Taraflar kelmaslik sabablari toʻgʻrisida sudni xabardor qilishi va bu sabablarning uzrliligiga dalillar taqdim etishi shart. Agar javobgarning kelmaganligi sabablari toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmasa yoki sud kelmaganlik sabablarini uzrsiz deb topsa yoxud javobgar ish yuritilishini qasddan choʻzayotgan boʻlsa, sud ishni koʻrishga haqli. |
Taraflar ishni oʻzining ishtirokisiz koʻrishni va oʻzlariga sud hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasini yuborishni iltimos qilishga haqli. Agar ishning holatlari boʻyicha zarur boʻlsa, sud taraflarning sud majlisida ishtirok etishini shart deb topishi mumkin. | Taraflar ishni oʻzining ishtirokisiz koʻrishni va oʻzlariga sud hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasini yuborishni iltimos qilishga haqli. Agar ishning holatlari boʻyicha zarur boʻlsa, sud taraflarning sud majlisida ishtirok etishini shart deb topishi mumkin. |
Sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxs vakilining kelmaganligi ishni koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. | Sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxs vakilining kelmaganligi ishni koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. |
Prokuror yoki advokatning uzrsiz sabablar bilan kelmaganligi toʻgʻrisida sud xususiy ajrim chiqaradi, bu haqda tegishincha yuqori turuvchi prokurorga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga maʼlum qiladi. | Prokuror yoki advokatning uzrsiz sabablar bilan kelmaganligi toʻgʻrisida sud xususiy ajrim chiqaradi, bu haqda tegishincha yuqori turuvchi prokurorga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga maʼlum qiladi. |
221-modda. Taraflar sud majlisiga uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganligining oqibatlari | 221-modda. Taraflar sud majlisiga uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganligining oqibatlari |
Taraflar uzrsiz sabablarga koʻra sud majlisiga kelmagan taqdirda, agar ularning bittasidan ham ishni oʻzining ishtirokisiz muhokama qilish toʻgʻrisida ariza tushmagan boʻlsa, sud ish muhokamasini keyinga qoldiradi. | Taraflar uzrsiz sabablarga koʻra sud majlisiga kelmagan taqdirda, agar ularning bittasidan ham ishni oʻzining ishtirokisiz muhokama qilish toʻgʻrisida ariza tushmagan boʻlsa, sud ish muhokamasini keyinga qoldiradi. |
Taraflar ikkinchi chaqiruv boʻyicha uzrsiz sabablarga koʻra kelmasa, sud arizani koʻrmasdan qoldirishga haqli. | Taraflar ikkinchi chaqiruv boʻyicha uzrsiz sabablarga koʻra kelmasa, sud arizani koʻrmasdan qoldirishga haqli. |
Faqat daʼvogar ikkinchi chaqiruv boʻyicha uzrsiz sabablarga koʻra kelmasa, sud javobgarning roziligi bilan arizani koʻrmasdan qoldirishga haqli. | Faqat daʼvogar ikkinchi chaqiruv boʻyicha uzrsiz sabablarga koʻra kelmasa, sud javobgarning roziligi bilan arizani koʻrmasdan qoldirishga haqli. |
222-modda. Guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimonning sud majlisiga kelmaganligi oqibatlari | 222-modda. Guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimonning sud majlisiga kelmaganligi oqibatlari |
Guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ishni kelmagan guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon yoʻqligida koʻrish mumkinligi toʻgʻrisidagi fikrlarini eshitadi va sud muhokamasini davom ettirish yoki ish muhokamasini keyinga qoldirish haqida ajrim chiqaradi. Agar chaqirilgan guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra sud majlisiga kelmasa, ularga nisbatan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual majburlov choralari qoʻllanilishi mumkin. Agar chaqirilgan guvoh ikkinchi chaqiruv boʻyicha sud majlisiga kelmasa, u sudning ajrimiga binoan majburiy tartibda keltirilishi mumkin. | Guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ishni kelmagan guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon yoʻqligida koʻrish mumkinligi toʻgʻrisidagi fikrlarini eshitadi va sud muhokamasini davom ettirish yoki ish muhokamasini keyinga qoldirish haqida ajrim chiqaradi. Agar chaqirilgan guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra sud majlisiga kelmasa, ularga nisbatan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual majburlov choralari qoʻllanilishi mumkin. Agar chaqirilgan guvoh ikkinchi chaqiruv boʻyicha sud majlisiga kelmasa, u sudning ajrimiga binoan majburiy tartibda keltirilishi mumkin. |
223-modda. Ish muhokamasini keyinga qoldirish | 223-modda. Ish muhokamasini keyinga qoldirish |
Sud ish muhokamasini quyidagi hollarda keyinga qoldirishi mumkin: | Sud ish muhokamasini quyidagi hollarda keyinga qoldirishi mumkin: |
1) tartib fuqarolar tomonidan ommaviy tarzda buzilganda; | 1) tartib fuqarolar tomonidan ommaviy tarzda buzilganda; |
2) raislik qiluvchi tomonidan ogohlantirilganidan soʻng prokuror yoki advokat uning farmoyishlariga boʻysunmaganida; | 2) raislik qiluvchi tomonidan ogohlantirilganidan soʻng prokuror yoki advokat uning farmoyishlariga boʻysunmaganida; |
3) taraflar (uchinchi shaxslar) tomonidan sud majlisidagi tartib buzilganda; | 3) taraflar (uchinchi shaxslar) tomonidan sud majlisidagi tartib buzilganda; |
4) oʻziga sud chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnomalar topshirilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslardan biror-biri sud majlisiga kelmaganda; | 4) oʻziga sud chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnomalar topshirilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslardan biror-biri sud majlisiga kelmaganda; |
5) tegishli tarzda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxslardan biror-biri sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga koʻra sud majlisiga kelmaganda; | 5) tegishli tarzda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxslardan biror-biri sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga koʻra sud majlisiga kelmaganda; |
6) tegishli tarzda xabardor qilingan taraflar sud majlisiga uzrli sabablarsiz kelmaganda, agar ulardan birortasidan ham sud muhokamasi ularning ishtirokisiz oʻtkazilishi toʻgʻrisida ariza kelib tushmagan boʻlsa; | 6) tegishli tarzda xabardor qilingan taraflar sud majlisiga uzrli sabablarsiz kelmaganda, agar ulardan birortasidan ham sud muhokamasi ularning ishtirokisiz oʻtkazilishi toʻgʻrisida ariza kelib tushmagan boʻlsa; |
7) sud majlisiga guvoh, tarjimon, ekspert yoki mutaxassis kelmaganda, agar ularning ishtirokisiz ishni koʻrish imkoni boʻlmasa; | 7) sud majlisiga guvoh, tarjimon, ekspert yoki mutaxassis kelmaganda, agar ularning ishtirokisiz ishni koʻrish imkoni boʻlmasa; |
8) daʼvogar ishni javobgarning ishtirokisiz koʻrishga rozi boʻlmaganda; | 8) daʼvogar ishni javobgarning ishtirokisiz koʻrishga rozi boʻlmaganda; |
9) qarshi daʼvo taqdim etilganda; | 9) qarshi daʼvo taqdim etilganda; |
10) sud majlisi yuritishda texnik vositalaridan, shu jumladan videokonferensaloqa tizimidan foydalanilganda texnik nosozliklar kelib chiqqanda; | 10) sud majlisi yuritishda texnik vositalaridan, shu jumladan videokonferensaloqa tizimidan foydalanilganda texnik nosozliklar kelib chiqqanda; |
11) qoʻshimcha dalillar taqdim etish yoki talab qilib olish zarur boʻlganda; | 11) qoʻshimcha dalillar taqdim etish yoki talab qilib olish zarur boʻlganda; |
12) ishda ishtirok etish uchun boshqa shaxslar jalb qilinganda yoki boshqa protsessual harakatlar amalga oshirilganda. | 12) ishda ishtirok etish uchun boshqa shaxslar jalb qilinganda yoki boshqa protsessual harakatlar amalga oshirilganda. |
Sud ishni sud majlisida koʻrish imkoni boʻlmagan boshqa hollarda ham muhokamani keyinga qoldirishi mumkin. | Sud ishni sud majlisida koʻrish imkoni boʻlmagan boshqa hollarda ham muhokamani keyinga qoldirishi mumkin. |
Sud muhokamasi uni keyinga qoldirish uchun asos boʻlgan holatlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan muddatga, sud muhokamasining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan muddati doirasida keyinga qoldirilishi mumkin. | Sud muhokamasi uni keyinga qoldirish uchun asos boʻlgan holatlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan muddatga, sud muhokamasining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan muddati doirasida keyinga qoldirilishi mumkin. |
Sud ish muhokamasini keyinga qoldirganda, keyingi sud majlisining vaqtini belgilaydi, bu haqda hozir boʻlgan shaxslarga imzo qoʻydirgan holda eʼlon qiladi. Sudga kelmagan va sud protsessida ishtirok etish uchun yangidan jalb qilinadigan shaxslar keyingi sud majlisining vaqti toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 16-bobida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. | Sud ish muhokamasini keyinga qoldirganda, keyingi sud majlisining vaqtini belgilaydi, bu haqda hozir boʻlgan shaxslarga imzo qoʻydirgan holda eʼlon qiladi. Sudga kelmagan va sud protsessida ishtirok etish uchun yangidan jalb qilinadigan shaxslar keyingi sud majlisining vaqti toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 16-bobida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. |
Keyinga qoldirilgan ishni koʻrish qolgan joyidan davom ettiriladi. Biroq, agar ish ushbu Kodeksning 39-moddasida sanab oʻtilgan yangi shaxslarni jalb qilish sababli keyinga qoldirilgan boʻlsa, ish muhokamasi boshidan boshlanadi. | Keyinga qoldirilgan ishni koʻrish qolgan joyidan davom ettiriladi. Biroq, agar ish ushbu Kodeksning 39-moddasida sanab oʻtilgan yangi shaxslarni jalb qilish sababli keyinga qoldirilgan boʻlsa, ish muhokamasi boshidan boshlanadi. |
224-modda. Ish muhokamasi keyinga qoldirilganida guvohlarni soʻroq qilish | 224-modda. Ish muhokamasi keyinga qoldirilganida guvohlarni soʻroq qilish |
Ish muhokamasi keyinga qoldirilgan taqdirda, agar sud majlisida ishda ishtirok etuvchi barcha shaxslar hozir boʻlsa va guvohlarning ikkinchi marta kelishi qiyin boʻlsa, sud kelgan guvohlarni soʻroq qilishi mumkin. Ushbu guvohlarni keyingi sud majlisiga takroran chaqirish faqat zarur hollardagina amalga oshiriladi. | Ish muhokamasi keyinga qoldirilgan taqdirda, agar sud majlisida ishda ishtirok etuvchi barcha shaxslar hozir boʻlsa va guvohlarning ikkinchi marta kelishi qiyin boʻlsa, sud kelgan guvohlarni soʻroq qilishi mumkin. Ushbu guvohlarni keyingi sud majlisiga takroran chaqirish faqat zarur hollardagina amalga oshiriladi. |
225-modda. Ishni mazmunan koʻrishning boshlanishi | 225-modda. Ishni mazmunan koʻrishning boshlanishi |
Ishni mazmunan koʻrish raislik qiluvchining ish toʻgʻrisidagi maʼruzasidan boshlanadi. Soʻngra raislik qiluvchi daʼvogardan oʻz talablarini quvvatlash-quvvatlamasligini, javobgardan daʼvogarning talablarini tan olish-olmasligini va taraflarning ishni kelishuv bitimi bilan tamomlashni istash-istamasligini soʻraydi. | Ishni mazmunan koʻrish raislik qiluvchining ish toʻgʻrisidagi maʼruzasidan boshlanadi. Soʻngra raislik qiluvchi daʼvogardan oʻz talablarini quvvatlash-quvvatlamasligini, javobgardan daʼvogarning talablarini tan olish-olmasligini va taraflarning ishni kelishuv bitimi bilan tamomlashni istash-istamasligini soʻraydi. |
226-modda. Daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi, taraflarning kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuvi | 226-modda. Daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi, taraflarning kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuvi |
Daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechganligi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olganligi yoki taraflarning kelishuv bitimi shartlari sud nomiga yoʻllangan, ishga qoʻshib qoʻyiladigan yozma arizalarida ifoda etilgan boʻlishi lozim boʻlib, bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi. | Daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechganligi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olganligi yoki taraflarning kelishuv bitimi shartlari sud nomiga yoʻllangan, ishga qoʻshib qoʻyiladigan yozma arizalarida ifoda etilgan boʻlishi lozim boʻlib, bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi. |
Mediativ kelishuv sudga alohida hujjat tarzida taqdim etiladi va ishga qoʻshib qoʻyiladi, bu haqda sud majlisining bayonnomasida koʻrsatiladi. | Mediativ kelishuv sudga alohida hujjat tarzida taqdim etiladi va ishga qoʻshib qoʻyiladi, bu haqda sud majlisining bayonnomasida koʻrsatiladi. |
Daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechganligini qabul qilishdan yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin sud daʼvogarga yoki taraflarga tegishli protsessual harakatlarni amalga oshirish oqibatlarini tushuntiradi. | Daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechganligini qabul qilishdan yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin sud daʼvogarga yoki taraflarga tegishli protsessual harakatlarni amalga oshirish oqibatlarini tushuntiradi. |
Daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechganligini qabul qilish toʻgʻrisida yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash haqida sud ajrim chiqaradi, bir vaqtning oʻzida ushbu ajrim bilan ish yuritishni tugatadi. | Daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechganligini qabul qilish toʻgʻrisida yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash haqida sud ajrim chiqaradi, bir vaqtning oʻzida ushbu ajrim bilan ish yuritishni tugatadi. |
Arz qilingan talablar javobgar tomonidan tan olingan va bu sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, ularni qanoatlantirish toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqariladi. | Arz qilingan talablar javobgar tomonidan tan olingan va bu sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, ularni qanoatlantirish toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqariladi. |
Sud tomonidan javobgarning arz qilingan talablarni tan olishi qabul qilinmagan yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash rad qilingan taqdirda, sud bu haqda ajrim chiqaradi va ishni mazmunan koʻradi. | Sud tomonidan javobgarning arz qilingan talablarni tan olishi qabul qilinmagan yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash rad qilingan taqdirda, sud bu haqda ajrim chiqaradi va ishni mazmunan koʻradi. |
227-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari | 227-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari |
Ish toʻgʻrisida maʼruza qilinganidan soʻng sud daʼvogar va uning tarafida ishtirok etayotgan uchinchi shaxsning, javobgar va uning tarafida ishtirok etayotgan uchinchi shaxsning, shuningdek ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini eshitadi. | Ish toʻgʻrisida maʼruza qilinganidan soʻng sud daʼvogar va uning tarafida ishtirok etayotgan uchinchi shaxsning, javobgar va uning tarafida ishtirok etayotgan uchinchi shaxsning, shuningdek ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini eshitadi. |
Boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida ariza bergan prokuror, shuningdek boshqa shaxslar arz qilgan talablari boʻyicha tushuntirishlar berish yoki ularni asoslash uchun birinchi boʻlib soʻzga chiqadi. | Boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida ariza bergan prokuror, shuningdek boshqa shaxslar arz qilgan talablari boʻyicha tushuntirishlar berish yoki ularni asoslash uchun birinchi boʻlib soʻzga chiqadi. |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar bir-biriga savollar berishga haqli. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslar bir-biriga savollar berishga haqli. |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yozma tushuntirishlari va ushbu Kodeksning 76, 83, 103 va 104-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan olingan tushuntirishlar oʻqib eshittiriladi. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yozma tushuntirishlari va ushbu Kodeksning 76, 83, 103 va 104-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan olingan tushuntirishlar oʻqib eshittiriladi. |
228-modda. Dalillarni tekshirish tartibini belgilash | 228-modda. Dalillarni tekshirish tartibini belgilash |
Sud taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini eshitib, guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni soʻroq qilish hamda boshqa dalillarni tekshirish tartibini belgilaydi. | Sud taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini eshitib, guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni soʻroq qilish hamda boshqa dalillarni tekshirish tartibini belgilaydi. |
229-modda. Guvohni soʻroq qilish tartibi | 229-modda. Guvohni soʻroq qilish tartibi |
Har bir guvoh alohida soʻroq qilinadi. | Har bir guvoh alohida soʻroq qilinadi. |
Soʻroq qilinmagan guvohlar ishni muhokama qilish vaqtida sud majlisi zalida boʻlishi mumkin emas. | Soʻroq qilinmagan guvohlar ishni muhokama qilish vaqtida sud majlisi zalida boʻlishi mumkin emas. |
Raislik qiluvchi guvohni soʻroq qilishdan oldin uning shaxsini, yoshini, mashgʻuloti turini, ushbu ishga aloqasini hamda taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarini aniqlaydi, shuningdek uni bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasiga muvofiq javobgar boʻlishi toʻgʻrisida ogohlantiradi. Shundan keyin raislik qiluvchi guvohga: “Ish yuzasidan oʻzimga maʼlum boʻlgan barcha maʼlumotlarni sudga aytib berishga qasamyod qilaman. Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni gapirib beraman, haqiqatdan oʻzga narsani gapirmayman” deb oshkora qasamyod qilishni taklif etadi. | Raislik qiluvchi guvohni soʻroq qilishdan oldin uning shaxsini, yoshini, mashgʻuloti turini, ushbu ishga aloqasini hamda taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarini aniqlaydi, shuningdek uni bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasiga muvofiq javobgar boʻlishi toʻgʻrisida ogohlantiradi. Shundan keyin raislik qiluvchi guvohga: “Ish yuzasidan oʻzimga maʼlum boʻlgan barcha maʼlumotlarni sudga aytib berishga qasamyod qilaman. Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni gapirib beraman, haqiqatdan oʻzga narsani gapirmayman” deb oshkora qasamyod qilishni taklif etadi. |
Guvohdan unga oʻz huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi tushuntirilganligi toʻgʻrisida tilxat olinadi. Qasamyodning matni va tilxat sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyiladi. | Guvohdan unga oʻz huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi tushuntirilganligi toʻgʻrisida tilxat olinadi. Qasamyodning matni va tilxat sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyiladi. |
Raislik qiluvchi guvohga ish boʻyicha shaxsan oʻzi bilgan barcha maʼlumotlarni sudga aytib berishni taklif qiladi. Shundan soʻng guvohga savollar berilishi mumkin. | Raislik qiluvchi guvohga ish boʻyicha shaxsan oʻzi bilgan barcha maʼlumotlarni sudga aytib berishni taklif qiladi. Shundan soʻng guvohga savollar berilishi mumkin. |
Guvoh kimning arizasi boʻyicha chaqirilgan boʻlsa, shu shaxs va uning vakili birinchi boʻlib, keyin esa ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar guvohga savollar beradi. Sudning tashabbusi bilan chaqirilgan guvohga savollarni birinchi boʻlib daʼvogar beradi. | Guvoh kimning arizasi boʻyicha chaqirilgan boʻlsa, shu shaxs va uning vakili birinchi boʻlib, keyin esa ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar guvohga savollar beradi. Sudning tashabbusi bilan chaqirilgan guvohga savollarni birinchi boʻlib daʼvogar beradi. |
Sudya (sudyalar) guvohga u soʻroq qilinayotganida istalgan vaqtda savol berishga haqlidir. | Sudya (sudyalar) guvohga u soʻroq qilinayotganida istalgan vaqtda savol berishga haqlidir. |
Soʻroq qilingan guvohlar ishning muhokamasi tamom boʻlguniga qadar sud majlisi zalida qolishi kerak. Sud soʻroq qilingan guvohlar ishning muhokamasi tamom boʻlmasidan oldin sud majlisi zalidan chiqib ketishiga taraflarning roziligi bilan ruxsat berishi mumkin. | Soʻroq qilingan guvohlar ishning muhokamasi tamom boʻlguniga qadar sud majlisi zalida qolishi kerak. Sud soʻroq qilingan guvohlar ishning muhokamasi tamom boʻlmasidan oldin sud majlisi zalidan chiqib ketishiga taraflarning roziligi bilan ruxsat berishi mumkin. |
Zarur boʻlgan taqdirda sud guvohni oʻsha majlisning oʻzida yoki kelgusi majlisda takroran soʻroq qilishi, shuningdek guvohlarning koʻrsatuvlaridagi ziddiyatlarni aniqlash uchun ularni yuzlashtirishi mumkin. | Zarur boʻlgan taqdirda sud guvohni oʻsha majlisning oʻzida yoki kelgusi majlisda takroran soʻroq qilishi, shuningdek guvohlarning koʻrsatuvlaridagi ziddiyatlarni aniqlash uchun ularni yuzlashtirishi mumkin. |
230-modda. Guvohning yozma xotiralardan foydalanish huquqi | 230-modda. Guvohning yozma xotiralardan foydalanish huquqi |
Guvoh koʻrsatuv berishda uning koʻrsatuvlari biror-bir hisoblar yoki xotirada saqlab qolish qiyin boshqa maʼlumotlar bilan bogʻliq boʻlgan hollarda yozma xotiralardan foydalanishi mumkin. Bu yozma xotiralar sudga va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga koʻrsatiladi hamda sudning ajrimi bilan ishga qoʻshib qoʻyilishi mumkin. | Guvoh koʻrsatuv berishda uning koʻrsatuvlari biror-bir hisoblar yoki xotirada saqlab qolish qiyin boshqa maʼlumotlar bilan bogʻliq boʻlgan hollarda yozma xotiralardan foydalanishi mumkin. Bu yozma xotiralar sudga va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga koʻrsatiladi hamda sudning ajrimi bilan ishga qoʻshib qoʻyilishi mumkin. |
231-modda. Oʻn olti yoshga toʻlmagan guvohni soʻroq qilish tartibi | 231-modda. Oʻn olti yoshga toʻlmagan guvohni soʻroq qilish tartibi |
Raislik qiluvchi oʻn olti yoshga toʻlmagan guvohlarga ish boʻyicha oʻzlari bilgan barcha maʼlumotlarni roʻy-rost aytib berishi shart ekanligini tushuntiradi, biroq ular bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilmaydi. | Raislik qiluvchi oʻn olti yoshga toʻlmagan guvohlarga ish boʻyicha oʻzlari bilgan barcha maʼlumotlarni roʻy-rost aytib berishi shart ekanligini tushuntiradi, biroq ular bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilmaydi. |
Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan guvohlarni soʻroq qilishda, sud lozim topgan taqdirda esa oʻn toʻrt yoshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan guvohlarni soʻroq qilishda ham mutaxassis (pedagog) va, zarur boʻlgan taqdirda, ularning ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, ularning vasiylari va homiylari chaqiriladi. Mazkur shaxslar raislik qiluvchining ruxsati bilan guvohga savollar berishi mumkin. | Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan guvohlarni soʻroq qilishda, sud lozim topgan taqdirda esa oʻn toʻrt yoshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan guvohlarni soʻroq qilishda ham mutaxassis (pedagog) va, zarur boʻlgan taqdirda, ularning ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, ularning vasiylari va homiylari chaqiriladi. Mazkur shaxslar raislik qiluvchining ruxsati bilan guvohga savollar berishi mumkin. |
Alohida hollarda, oʻn olti yoshga toʻlmagan guvohni soʻroq qilish vaqtiga ishda ishtirok etuvchi u yoki bu shaxs sudning ajrimi bilan sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi mumkin. Bu shaxs majlis zaliga qaytib kirganidan keyin unga voyaga yetmagan guvohning koʻrsatuvlari oʻqib eshittirilishi va guvohga savollar berish imkoniyati taqdim etilishi kerak. | Alohida hollarda, oʻn olti yoshga toʻlmagan guvohni soʻroq qilish vaqtiga ishda ishtirok etuvchi u yoki bu shaxs sudning ajrimi bilan sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi mumkin. Bu shaxs majlis zaliga qaytib kirganidan keyin unga voyaga yetmagan guvohning koʻrsatuvlari oʻqib eshittirilishi va guvohga savollar berish imkoniyati taqdim etilishi kerak. |
Oʻn olti yoshga toʻlmagan guvoh soʻroq qilib boʻlingach, sud majlisi zalidan chiqarib yuboriladi, bundan sud bu guvohning majlis zalida boʻlishini zarur deb topgan hollar mustasno. | Oʻn olti yoshga toʻlmagan guvoh soʻroq qilib boʻlingach, sud majlisi zalidan chiqarib yuboriladi, bundan sud bu guvohning majlis zalida boʻlishini zarur deb topgan hollar mustasno. |
232-modda. Guvohlarning koʻrsatuvlarini oʻqib eshittirish | 232-modda. Guvohlarning koʻrsatuvlarini oʻqib eshittirish |
Sud tomonidan ushbu Kodeksning 76, 83, 103 va 104-moddalarida nazarda tutilgan tartibda guvohlardan olingan koʻrsatuvlar sud majlisida oʻqib eshittiriladi. | Sud tomonidan ushbu Kodeksning 76, 83, 103 va 104-moddalarida nazarda tutilgan tartibda guvohlardan olingan koʻrsatuvlar sud majlisida oʻqib eshittiriladi. |
233-modda. Yozma dalillarni tekshirish | 233-modda. Yozma dalillarni tekshirish |
Yozma dalillar yoki ushbu Kodeksning 76, 83, 103 va 104-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tuzilgan ularni koʻzdan kechirish bayonnomalari sud majlisida oʻqib eshittiriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, zarur hollarda esa, ekspertlar, mutaxassislar hamda guvohlarga tanishish uchun taqdim etiladi. Shundan soʻng ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu dalillar yuzasidan tushuntirishlar berishi mumkin. | Yozma dalillar yoki ushbu Kodeksning 76, 83, 103 va 104-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tuzilgan ularni koʻzdan kechirish bayonnomalari sud majlisida oʻqib eshittiriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, zarur hollarda esa, ekspertlar, mutaxassislar hamda guvohlarga tanishish uchun taqdim etiladi. Shundan soʻng ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu dalillar yuzasidan tushuntirishlar berishi mumkin. |
2331-modda. Raqamli dalillarni tekshirish | 2331-modda. Raqamli dalillarni tekshirish |
Raqamli dalillar yoki ushbu Kodeksning 76, 83, 103 va 104-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tuzilgan ularni koʻzdan kechirish bayonnomalari sud majlisida namoyish etiladi yoki oʻqib eshittiriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, zarur boʻlgan hollarda esa ekspertlarga, mutaxassislarga xamda guvohlarga tanishish uchun taqdim etiladi. Shundan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu dalillar yuzasidan tushuntirishlar berishi mumkin. | Raqamli dalillar yoki ushbu Kodeksning 76, 83, 103 va 104-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tuzilgan ularni koʻzdan kechirish bayonnomalari sud majlisida namoyish etiladi yoki oʻqib eshittiriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, zarur boʻlgan hollarda esa ekspertlarga, mutaxassislarga xamda guvohlarga tanishish uchun taqdim etiladi. Shundan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu dalillar yuzasidan tushuntirishlar berishi mumkin. |
234-modda. Fuqarolarning shaxsiy yozishmalarini, telegraf xabarlari va boshqa xabarlarni oʻqib eshittirish | 234-modda. Fuqarolarning shaxsiy yozishmalarini, telegraf xabarlari va boshqa xabarlarni oʻqib eshittirish |
Fuqarolarning yozishmalari, telegraf xabarlari va boshqa xabarlar sir saqlash maqsadida ularning shaxsiy yozishmalari, telegraf xabarlari va boshqa xabarlari shu yozishma, telegraf xabarlari va boshqa xabarlarni oʻzaro almashgan shaxslarning roziligi bilan ochiq sud majlisida oʻqib eshittirilishi mumkin. Aks holda bunday yozishma, telegraf xabarlari va boshqa xabarlar yopiq sud majlisida oʻqib eshittiriladi hamda tekshiriladi. | Fuqarolarning yozishmalari, telegraf xabarlari va boshqa xabarlar sir saqlash maqsadida ularning shaxsiy yozishmalari, telegraf xabarlari va boshqa xabarlari shu yozishma, telegraf xabarlari va boshqa xabarlarni oʻzaro almashgan shaxslarning roziligi bilan ochiq sud majlisida oʻqib eshittirilishi mumkin. Aks holda bunday yozishma, telegraf xabarlari va boshqa xabarlar yopiq sud majlisida oʻqib eshittiriladi hamda tekshiriladi. |
235-modda. Hujjatning qalbakiligi toʻgʻrisida arz qilish | 235-modda. Hujjatning qalbakiligi toʻgʻrisida arz qilish |
Ishda mavjud boʻlgan hujjat qalbaki ekanligi toʻgʻrisida arz qilingan taqdirda, bu hujjatni taqdim etgan shaxs uni dalillar qatoridan chiqarishni va ishni boshqa dalillar asosida hal qilishni suddan iltimos qilishi mumkin. | Ishda mavjud boʻlgan hujjat qalbaki ekanligi toʻgʻrisida arz qilingan taqdirda, bu hujjatni taqdim etgan shaxs uni dalillar qatoridan chiqarishni va ishni boshqa dalillar asosida hal qilishni suddan iltimos qilishi mumkin. |
Agar hujjatni taqdim etgan shaxs bunday arz bilan murojaat qilmasa yoki hujjat sudning oʻz tashabbusi bilan talab qilib olingan boʻlsa, hujjatning qalbakiligi toʻgʻrisida arz qilgan shaxs oʻz daʼvosini isbotlashi shart. | Agar hujjatni taqdim etgan shaxs bunday arz bilan murojaat qilmasa yoki hujjat sudning oʻz tashabbusi bilan talab qilib olingan boʻlsa, hujjatning qalbakiligi toʻgʻrisida arz qilgan shaxs oʻz daʼvosini isbotlashi shart. |
236-modda. Hujjatning qalbakiligi toʻgʻrisidagi arizani tekshirish | 236-modda. Hujjatning qalbakiligi toʻgʻrisidagi arizani tekshirish |
Hujjatning qalbakiligi toʻgʻrisidagi arizani tekshirish uchun sud ekspertiza tayinlashi yoki boshqa dalillar talab qilishi mumkin. | Hujjatning qalbakiligi toʻgʻrisidagi arizani tekshirish uchun sud ekspertiza tayinlashi yoki boshqa dalillar talab qilishi mumkin. |
Agar sud hujjat qalbaki degan xulosaga kelsa, uni dalillar qatoridan chiqaradi. Zarur hollarda, sud materiallarni prokurorga yuboradi. | Agar sud hujjat qalbaki degan xulosaga kelsa, uni dalillar qatoridan chiqaradi. Zarur hollarda, sud materiallarni prokurorga yuboradi. |
237-modda. Ashyoviy dalillarni tekshirish | 237-modda. Ashyoviy dalillarni tekshirish |
Ashyoviy dalillar sud tomonidan koʻzdan kechiriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, zarur hollarda esa ekspertlar, mutaxassislar va guvohlarga ham taqdim etiladi. | Ashyoviy dalillar sud tomonidan koʻzdan kechiriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, zarur hollarda esa ekspertlar, mutaxassislar va guvohlarga ham taqdim etiladi. |
Oʻziga ashyoviy dalillar taqdim etilgan shaxslar koʻzdan kechirish bilan bogʻliq boʻlgan u yoki bu holatlarga sudning eʼtiborini qaratishi mumkin. Bunday arzlar sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi. | Oʻziga ashyoviy dalillar taqdim etilgan shaxslar koʻzdan kechirish bilan bogʻliq boʻlgan u yoki bu holatlarga sudning eʼtiborini qaratishi mumkin. Bunday arzlar sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi. |
Ushbu Kodeksning 76, 93, 103, 104 va 239-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tuzilgan ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish bayonnomalari sud majlisida oʻqib eshittiriladi, shundan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻz tushuntirishlarini berishi mumkin. | Ushbu Kodeksning 76, 93, 103, 104 va 239-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tuzilgan ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish bayonnomalari sud majlisida oʻqib eshittiriladi, shundan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻz tushuntirishlarini berishi mumkin. |
238-modda. Audio yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish va ularni tekshirish | 238-modda. Audio yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish va ularni tekshirish |
Xususiy tusga ega boʻlgan audio- yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish, shuningdek ularni tekshirish chogʻida ushbu moddaning qoidalari qoʻllaniladi. | Xususiy tusga ega boʻlgan audio- yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish, shuningdek ularni tekshirish chogʻida ushbu moddaning qoidalari qoʻllaniladi. |
Audio- yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish sud majlisi zalida yoki shu maqsad uchun maxsus jihozlangan boshqa xonada, sud majlisi bayonnomasida dalillarning qayta namoyish qilish manbalari belgilari va qayta namoyish qilish vaqti koʻrsatilgan holda amalga oshiriladi. Shundan keyin sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, ular vakillarining tushuntirishlarini eshitadi. | Audio- yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish sud majlisi zalida yoki shu maqsad uchun maxsus jihozlangan boshqa xonada, sud majlisi bayonnomasida dalillarning qayta namoyish qilish manbalari belgilari va qayta namoyish qilish vaqti koʻrsatilgan holda amalga oshiriladi. Shundan keyin sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, ular vakillarining tushuntirishlarini eshitadi. |
Zarur boʻlgan hollarda, audio yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish toʻliq yoki qisman takrorlanishi mumkin. | Zarur boʻlgan hollarda, audio yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish toʻliq yoki qisman takrorlanishi mumkin. |
Audio- yoki videoyozuvdagi mavjud maʼlumotlarni aniqlash maqsadida sud tomonidan mutaxassis jalb etilishi, shuningdek ekspertiza tayinlanishi mumkin. | Audio- yoki videoyozuvdagi mavjud maʼlumotlarni aniqlash maqsadida sud tomonidan mutaxassis jalb etilishi, shuningdek ekspertiza tayinlanishi mumkin. |
239-modda. Dalillarni joyida koʻzdan kechirish | 239-modda. Dalillarni joyida koʻzdan kechirish |
Sudga olib kelish mumkin boʻlmagan ashyoviy, yozma va raqamli dalillar turgan joyida koʻzdan kechiriladi va tekshiriladi. Koʻzdan kechirishni joyida oʻtkazish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. | Sudga olib kelish mumkin boʻlmagan ashyoviy, yozma va raqamli dalillar turgan joyida koʻzdan kechiriladi va tekshiriladi. Koʻzdan kechirishni joyida oʻtkazish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. |
Dalillarni joyida koʻzdan kechirish sudning butun tarkibi tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan, zarur hollarda esa ekspertlar, mutaxassislar va guvohlarni chaqirgan holda amalga oshiriladi. | Dalillarni joyida koʻzdan kechirish sudning butun tarkibi tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan, zarur hollarda esa ekspertlar, mutaxassislar va guvohlarni chaqirgan holda amalga oshiriladi. |
Raislik qiluvchi koʻzdan kechirish joyiga yetib borgach, sud muhokamasi davom ettirilishi toʻgʻrisida eʼlon qiladi, sud muhokamasi ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha olib boriladi. Koʻzdan kechirish natijalari sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi. Bayonnomaga koʻzdan kechirish paytida tuzilgan yoki tekshirilgan barcha rejalar, chizmalar, suratlar, hisob-kitoblar, hujjatlarning koʻzdan kechirish vaqtida olingan koʻchirma nusxalari, ashyoviy, yozma va raqamli dalillarning videoyozuvlari, fotosuratlari, shuningdek ekspert xulosasi va mutaxassis maslahati ilova qilinishi mumkin. | Raislik qiluvchi koʻzdan kechirish joyiga yetib borgach, sud muhokamasi davom ettirilishi toʻgʻrisida eʼlon qiladi, sud muhokamasi ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha olib boriladi. Koʻzdan kechirish natijalari sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi. Bayonnomaga koʻzdan kechirish paytida tuzilgan yoki tekshirilgan barcha rejalar, chizmalar, suratlar, hisob-kitoblar, hujjatlarning koʻzdan kechirish vaqtida olingan koʻchirma nusxalari, ashyoviy, yozma va raqamli dalillarning videoyozuvlari, fotosuratlari, shuningdek ekspert xulosasi va mutaxassis maslahati ilova qilinishi mumkin. |
240-modda. Ekspertni soʻroq qilish | 240-modda. Ekspertni soʻroq qilish |
Ekspertning xulosasi sud majlisida oʻqib eshittiriladi, shundan keyin xulosani tushuntirish va toʻldirish maqsadida ekspertga savollar berilishi mumkin. | Ekspertning xulosasi sud majlisida oʻqib eshittiriladi, shundan keyin xulosani tushuntirish va toʻldirish maqsadida ekspertga savollar berilishi mumkin. |
Ekspertiza kimning arizasi boʻyicha tayinlangan boʻlsa, oʻsha shaxs va uning vakili birinchi boʻlib, keyin esa ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar savollar beradi. | Ekspertiza kimning arizasi boʻyicha tayinlangan boʻlsa, oʻsha shaxs va uning vakili birinchi boʻlib, keyin esa ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar savollar beradi. |
Sudning tashabbusi bilan tayinlangan ekspertga birinchi boʻlib daʼvogar savollar beradi. | Sudning tashabbusi bilan tayinlangan ekspertga birinchi boʻlib daʼvogar savollar beradi. |
Sudya (sudyalar) ekspert soʻroq qilinayotganida unga istalgan vaqtda savollar berishga haqli. | Sudya (sudyalar) ekspert soʻroq qilinayotganida unga istalgan vaqtda savollar berishga haqli. |
241-modda. Mutaxassisni soʻroq qilish | 241-modda. Mutaxassisni soʻroq qilish |
Mutaxassis tomonidan berilgan maslahatni (tushuntirishni) oydinlashtirish va toʻldirish maqsadida sud majlisida unga savollar beriladi. | Mutaxassis tomonidan berilgan maslahatni (tushuntirishni) oydinlashtirish va toʻldirish maqsadida sud majlisida unga savollar beriladi. |
Mutaxassis kimning arizasi boʻyicha chaqirilgan boʻlsa, oʻsha shaxs va uning vakili birinchi boʻlib, keyin esa ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar savollar beradi. | Mutaxassis kimning arizasi boʻyicha chaqirilgan boʻlsa, oʻsha shaxs va uning vakili birinchi boʻlib, keyin esa ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar savollar beradi. |
Sudning tashabbusi bilan chaqirilgan mutaxassisga birinchi boʻlib daʼvogar savollar beradi. | Sudning tashabbusi bilan chaqirilgan mutaxassisga birinchi boʻlib daʼvogar savollar beradi. |
Sudya (sudyalar) mutaxassis soʻroq qilinayotganida unga istalgan vaqtda savollar berishga haqli. | Sudya (sudyalar) mutaxassis soʻroq qilinayotganida unga istalgan vaqtda savollar berishga haqli. |
242-modda. Davlat boshqaruvi organlarining xulosalari | 242-modda. Davlat boshqaruvi organlarining xulosalari |
Sud tomonidan sud protsessida ishtirok etish uchun jalb qilingan yoki oʻz tashabbusi bilan protsessga kirishgan davlat boshqaruvi organlarining xulosalari sud majlisida oʻqib eshittiriladi, shundan keyin xulosalarni oydinlashtirish va toʻldirish maqsadida sud, ishda ishtirok etuvchi shaxslar mazkur organlarning vakillariga savollar berishi mumkin. | Sud tomonidan sud protsessida ishtirok etish uchun jalb qilingan yoki oʻz tashabbusi bilan protsessga kirishgan davlat boshqaruvi organlarining xulosalari sud majlisida oʻqib eshittiriladi, shundan keyin xulosalarni oydinlashtirish va toʻldirish maqsadida sud, ishda ishtirok etuvchi shaxslar mazkur organlarning vakillariga savollar berishi mumkin. |
243-modda. Ishni mazmunan muhokama qilishni tamomlash | 243-modda. Ishni mazmunan muhokama qilishni tamomlash |
Ish boʻyicha toʻplangan barcha dalillar tekshirib boʻlinganidan keyin raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ularda ish materiallarini biror narsa bilan toʻldirish istagi bor-yoʻqligini soʻraydi. Bunday arzlar boʻlmagan taqdirda, raislik qiluvchi ishni mazmunan muhokama qilish tamom boʻlganligini eʼlon qiladi va sud sudning muzokaralarini eshitishga oʻtadi. | Ish boʻyicha toʻplangan barcha dalillar tekshirib boʻlinganidan keyin raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ularda ish materiallarini biror narsa bilan toʻldirish istagi bor-yoʻqligini soʻraydi. Bunday arzlar boʻlmagan taqdirda, raislik qiluvchi ishni mazmunan muhokama qilish tamom boʻlganligini eʼlon qiladi va sud sudning muzokaralarini eshitishga oʻtadi. |
244-modda. Sud muzokaralari | 244-modda. Sud muzokaralari |
Sud muzokaralari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nutqlaridan iborat boʻladi. | Sud muzokaralari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nutqlaridan iborat boʻladi. |
Sud muzokaralari ishtirokchilari oʻz chiqishlarida sud tomonidan aniqlamagan holatlarga, shuningdek sud majlisida tekshirilmagan dalillarga asoslanishga haqli emas. | Sud muzokaralari ishtirokchilari oʻz chiqishlarida sud tomonidan aniqlamagan holatlarga, shuningdek sud majlisida tekshirilmagan dalillarga asoslanishga haqli emas. |
Dastlab daʼvogar va uning vakili, keyin javobgar hamda uning vakili soʻzga chiqadi. Boshlangan sud protsessida nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilgan uchinchi shaxs va uning vakili taraflardan keyin soʻzga chiqadi. Nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bildirmagan uchinchi shaxs va uning vakili uchinchi shaxs ishda qaysi daʼvogarning yoki javobgarning tarafida ishtirok etayotgan boʻlsa, shu daʼvogardan yoxud javobgardan keyin soʻzga chiqadi. | Dastlab daʼvogar va uning vakili, keyin javobgar hamda uning vakili soʻzga chiqadi. Boshlangan sud protsessida nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilgan uchinchi shaxs va uning vakili taraflardan keyin soʻzga chiqadi. Nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bildirmagan uchinchi shaxs va uning vakili uchinchi shaxs ishda qaysi daʼvogarning yoki javobgarning tarafida ishtirok etayotgan boʻlsa, shu daʼvogardan yoxud javobgardan keyin soʻzga chiqadi. |
Boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan prokuror, shuningdek davlat boshqaruvi organlarining, tashkilotlarning vakillari yoki ayrim fuqarolar sud muzokaralarida birinchi boʻlib soʻzga chiqadi. | Boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan prokuror, shuningdek davlat boshqaruvi organlarining, tashkilotlarning vakillari yoki ayrim fuqarolar sud muzokaralarida birinchi boʻlib soʻzga chiqadi. |
Sud tomonidan sud protsessida ishtirok qilishga jalb etilgan yoki protsessga oʻz tashabbusi bilan kirishgan davlat boshqaruvi organlarining vakillari sud muzokaralarida taraflar va uchinchi shaxslardan keyin soʻzga chiqadi. | Sud tomonidan sud protsessida ishtirok qilishga jalb etilgan yoki protsessga oʻz tashabbusi bilan kirishgan davlat boshqaruvi organlarining vakillari sud muzokaralarida taraflar va uchinchi shaxslardan keyin soʻzga chiqadi. |
Sud muzokaralari ishtirokchilari bir-birlariga luqma tashlashi mumkin. Oxirgi luqma huquqi doimo javobgar va uning vakiliga tegishli boʻladi. | Sud muzokaralari ishtirokchilari bir-birlariga luqma tashlashi mumkin. Oxirgi luqma huquqi doimo javobgar va uning vakiliga tegishli boʻladi. |
245-modda. Prokuror fikri | 245-modda. Prokuror fikri |
Ishda ishtirok etuvchi prokuror sud muzokaralaridan keyin nizoning mohiyati boʻyicha oʻz fikrini bayon etadi, bundan prokurorning boshqa shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida bergan arizasi boʻyicha qoʻzgʻatilgan ishlar mustasno. | Ishda ishtirok etuvchi prokuror sud muzokaralaridan keyin nizoning mohiyati boʻyicha oʻz fikrini bayon etadi, bundan prokurorning boshqa shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida bergan arizasi boʻyicha qoʻzgʻatilgan ishlar mustasno. |
246-modda. Ishni mazmunan muhokama qilishni tiklash | 246-modda. Ishni mazmunan muhokama qilishni tiklash |
Sud muzokaralarini eshitgach, sud ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan yangi holatlarni aniqlash yoki yangi dalillarni tekshirishni zarur deb topsa, u ishni mazmunan muhokama qilishni tiklash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Ishni mazmunan muhokama qilish tamom boʻlganidan keyin sud muzokaralari umumiy tartibda oʻtkaziladi. | Sud muzokaralarini eshitgach, sud ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan yangi holatlarni aniqlash yoki yangi dalillarni tekshirishni zarur deb topsa, u ishni mazmunan muhokama qilishni tiklash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Ishni mazmunan muhokama qilish tamom boʻlganidan keyin sud muzokaralari umumiy tartibda oʻtkaziladi. |
247-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish uchun sudning alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishi | 247-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish uchun sudning alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishi |
Sud muzokaralarini eshitganidan keyin sud hal qiluv qarorini qabul qilish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) chiqib ketadi, bu haqda raislik qiluvchi sud majlisi zalida hozir boʻlganlarga eʼlon qiladi. | Sud muzokaralarini eshitganidan keyin sud hal qiluv qarorini qabul qilish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) chiqib ketadi, bu haqda raislik qiluvchi sud majlisi zalida hozir boʻlganlarga eʼlon qiladi. |
248-modda. Sudning hal qiluv qarorini oʻqib eshittirish | 248-modda. Sudning hal qiluv qarorini oʻqib eshittirish |
Sud hal qiluv qarori imzolanganidan keyin sud majlisi zaliga qaytib kiradi, bu yerda sudning hal qiluv qarorini raislik qiluvchi oʻqib eshittiradi. Raislik qiluvchi sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish tartibi va muddatini tushuntiradi hamda ushbu ish boʻyicha sud majlisini yopiq deb eʼlon qiladi. | Sud hal qiluv qarori imzolanganidan keyin sud majlisi zaliga qaytib kiradi, bu yerda sudning hal qiluv qarorini raislik qiluvchi oʻqib eshittiradi. Raislik qiluvchi sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish tartibi va muddatini tushuntiradi hamda ushbu ish boʻyicha sud majlisini yopiq deb eʼlon qiladi. |
23-bob. Sudning hal qiluv qarori | 23-bob. Sudning hal qiluv qarori |
249-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish | 249-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish |
Sud ishni mazmunan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha hal qiluv qarorini qabul qiladi. | Sud ishni mazmunan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha hal qiluv qarorini qabul qiladi. |
Sud hal qiluv qarorini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan qabul qiladi. | Sud hal qiluv qarorini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan qabul qiladi. |
Sudning hal qiluv qarori qonuniy, asoslantirilgan va adolatli boʻlishi kerak. U faqat sud majlisida tekshirilgan dalillarga asoslangan boʻlishi kerak. | Sudning hal qiluv qarori qonuniy, asoslantirilgan va adolatli boʻlishi kerak. U faqat sud majlisida tekshirilgan dalillarga asoslangan boʻlishi kerak. |
Sudning hal qiluv qarori ishning sud muhokamasi tugaganidan keyin darhol qabul qilinadi. | Sudning hal qiluv qarori ishning sud muhokamasi tugaganidan keyin darhol qabul qilinadi. |
Alohida hollarda, oʻta murakkab ishlar yuzasidan asoslantirilgan hal qiluv qarorini tayyorlash koʻpi bilan besh kunga kechiktirilishi mumkin, ammo hal qiluv qarorining xulosa qismini sud ishning muhokamasi tugallangan majlisning oʻzidayoq eʼlon qilishi kerak. Ayni vaqtda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan hal qiluv qarori bilan qachon tanishib chiqishi mumkinligini eʼlon qiladi. Hal qiluv qarorining eʼlon qilingan xulosa qismi sudya tomonidan imzolanadi va ishga qoʻshib qoʻyiladi. | Alohida hollarda, oʻta murakkab ishlar yuzasidan asoslantirilgan hal qiluv qarorini tayyorlash koʻpi bilan besh kunga kechiktirilishi mumkin, ammo hal qiluv qarorining xulosa qismini sud ishning muhokamasi tugallangan majlisning oʻzidayoq eʼlon qilishi kerak. Ayni vaqtda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan hal qiluv qarori bilan qachon tanishib chiqishi mumkinligini eʼlon qiladi. Hal qiluv qarorining eʼlon qilingan xulosa qismi sudya tomonidan imzolanadi va ishga qoʻshib qoʻyiladi. |
250-modda. Hal qiluv qarori qabul qilinishining sir tutilishi | 250-modda. Hal qiluv qarori qabul qilinishining sir tutilishi |
Hal qiluv qarori sudya tomonidan alohida xonada (maslahatxonada) qabul qilinadi. Hal qiluv qarorini qabul qilish vaqtida boshqa shaxslarning hozir boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. | Hal qiluv qarori sudya tomonidan alohida xonada (maslahatxonada) qabul qilinadi. Hal qiluv qarorini qabul qilish vaqtida boshqa shaxslarning hozir boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. |
251-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilishda yechiladigan masalalar | 251-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilishda yechiladigan masalalar |
Sud hal qiluv qarorini qabul qilayotganida dalillarga baho beradi, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan qanday holatlar aniqlanganligini va qandaylari aniqlanmaganligini, bu ish boʻyicha qanday qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati qoʻllanilishi kerakligini hamda arz qilingan talab qanoatlantirilishi lozimligini yoki lozim emasligini aniqlaydi. | Sud hal qiluv qarorini qabul qilayotganida dalillarga baho beradi, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan qanday holatlar aniqlanganligini va qandaylari aniqlanmaganligini, bu ish boʻyicha qanday qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati qoʻllanilishi kerakligini hamda arz qilingan talab qanoatlantirilishi lozimligini yoki lozim emasligini aniqlaydi. |
Sud, shuningdek sud xarajatlarini ham taqsimlaydi, hal qiluv qarorini ijro etish muddati va tartibini belgilaydi, boshqa qoʻshimcha masalalarni hal qiladi. | Sud, shuningdek sud xarajatlarini ham taqsimlaydi, hal qiluv qarorini ijro etish muddati va tartibini belgilaydi, boshqa qoʻshimcha masalalarni hal qiladi. |
Agar ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan yangi holatlarni aniqlash yoki yangi dalillarni tekshirish zarur boʻlib qolsa, sud hal qiluv qarorini qabul qilmasdan, sud muhokamasini tiklaydi, bu haqda ajrim chiqaradi. Bunday holda sud muhokamasi faqat qoʻshimcha tekshirish ehtiyoji boʻlgan holatlar doirasida olib boriladi. | Agar ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan yangi holatlarni aniqlash yoki yangi dalillarni tekshirish zarur boʻlib qolsa, sud hal qiluv qarorini qabul qilmasdan, sud muhokamasini tiklaydi, bu haqda ajrim chiqaradi. Bunday holda sud muhokamasi faqat qoʻshimcha tekshirish ehtiyoji boʻlgan holatlar doirasida olib boriladi. |
252-modda. Hal qiluv qarorini bayon qilish | 252-modda. Hal qiluv qarorini bayon qilish |
Sudning hal qiluv qarori ishni koʻrib chiqqan sudning majlisida raislik qiluvchi tomonidan yozma shaklda bayon etiladi va u tomonidan imzolanadi. | Sudning hal qiluv qarori ishni koʻrib chiqqan sudning majlisida raislik qiluvchi tomonidan yozma shaklda bayon etiladi va u tomonidan imzolanadi. |
Sudning hal qiluv qarori bir nusxada tuziladi va ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi. | Sudning hal qiluv qarori bir nusxada tuziladi va ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi. |
253-modda. Hal qiluv qarorining mazmuni | 253-modda. Hal qiluv qarorining mazmuni |
Sudning hal qiluv qarori kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat boʻladi. | Sudning hal qiluv qarori kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat boʻladi. |
Hal qiluv qarorining kirish qismida ish raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan vaqt va joy, hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, sud majlisining kotibi, taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar koʻrsatiladi. | Hal qiluv qarorining kirish qismida ish raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan vaqt va joy, hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, sud majlisining kotibi, taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar koʻrsatiladi. |
Hal qiluv qarorining bayon qismi oʻzida daʼvogarning talabi, javobgarning eʼtirozlari va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini aks ettirishi kerak. | Hal qiluv qarorining bayon qismi oʻzida daʼvogarning talabi, javobgarning eʼtirozlari va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini aks ettirishi kerak. |
Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida ishning sud tomonidan aniqlangan holatlari, sudning ish holatlari toʻgʻrisidagi xulosalari asoslangan dalillar, sudning u yoki bu dalillarni rad qilganligi haqidagi xulosalari, sud amal qilgan moddiy va protsessual huquq normalari koʻrsatilishi kerak. Arz qilingan talab javobgar tomonidan tan olingan taqdirda, asoslantiruvchi qismda faqat arz qilingan talabning tan olinganligi va uning sud tomonidan qabul qilinganligi koʻrsatilishi mumkin. | Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida ishning sud tomonidan aniqlangan holatlari, sudning ish holatlari toʻgʻrisidagi xulosalari asoslangan dalillar, sudning u yoki bu dalillarni rad qilganligi haqidagi xulosalari, sud amal qilgan moddiy va protsessual huquq normalari koʻrsatilishi kerak. Arz qilingan talab javobgar tomonidan tan olingan taqdirda, asoslantiruvchi qismda faqat arz qilingan talabning tan olinganligi va uning sud tomonidan qabul qilinganligi koʻrsatilishi mumkin. |
Hal qiluv qarorining xulosa qismida sudning arz qilingan talablardan har birini toʻliq yoki qisman qanoatlantirish toʻgʻrisidagi yoxud qanoatlantirishni rad etish haqidagi xulosasi boʻlishi, sud xarajatlarini taqsimlash, hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish muddati va tartibi koʻrsatilishi kerak. | Hal qiluv qarorining xulosa qismida sudning arz qilingan talablardan har birini toʻliq yoki qisman qanoatlantirish toʻgʻrisidagi yoxud qanoatlantirishni rad etish haqidagi xulosasi boʻlishi, sud xarajatlarini taqsimlash, hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish muddati va tartibi koʻrsatilishi kerak. |
254-modda. Sudning arz qilingan talablar doirasidan chetga chiqish huquqi | 254-modda. Sudning arz qilingan talablar doirasidan chetga chiqish huquqi |
Sud ishni daʼvogar tomonidan arz qilingan talablar doirasida hal qiladi. Biroq, agar sud daʼvogarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun zarur deb topsa, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda daʼvogar tomonidan bildirilgan talablar doirasidan chetga chiqishi mumkin. | Sud ishni daʼvogar tomonidan arz qilingan talablar doirasida hal qiladi. Biroq, agar sud daʼvogarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun zarur deb topsa, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda daʼvogar tomonidan bildirilgan talablar doirasidan chetga chiqishi mumkin. |
255-modda. Hal qiluv qarorini ijro etish tartibi va muddatini belgilash, hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash | 255-modda. Hal qiluv qarorini ijro etish tartibi va muddatini belgilash, hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash |
Sud hal qiluv qarorini ijro etishning muayyan tartibi va muddatini belgilagan yoki hal qiluv qarori darhol ijro etilishini zarur deb topgan yoxud uning ijrosini taʼminlashga doir choralar koʻrgan hollarda, bu haqda hal qiluv qarorida koʻrsatiladi. | Sud hal qiluv qarorini ijro etishning muayyan tartibi va muddatini belgilagan yoki hal qiluv qarori darhol ijro etilishini zarur deb topgan yoxud uning ijrosini taʼminlashga doir choralar koʻrgan hollarda, bu haqda hal qiluv qarorida koʻrsatiladi. |
256-modda. Bir nechta daʼvogarga yoki bir nechta javobgarga nisbatan qabul qilingan hal qiluv qarori | 256-modda. Bir nechta daʼvogarga yoki bir nechta javobgarga nisbatan qabul qilingan hal qiluv qarori |
Bir nechta daʼvogarning talablari qanoatlantirilganda hal qiluv qarorining xulosa qismida sud ularning har biriga nisbatan uning qaysi qismi tegishliligini koʻrsatadi. | Bir nechta daʼvogarning talablari qanoatlantirilganda hal qiluv qarorining xulosa qismida sud ularning har biriga nisbatan uning qaysi qismi tegishliligini koʻrsatadi. |
Bir nechta javobgarga nisbatan talablar qanoatlantirilganda sud hal qiluv qarorining xulosa qismida javobgarlar zimmasiga ulushli yoki solidar javobgarlik yuklatilganligini koʻrsatadi. | Bir nechta javobgarga nisbatan talablar qanoatlantirilganda sud hal qiluv qarorining xulosa qismida javobgarlar zimmasiga ulushli yoki solidar javobgarlik yuklatilganligini koʻrsatadi. |
257-modda. Pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori | 257-modda. Pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori |
Sud pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorida undirilishi lozim boʻlgan pul summalarini undirish davrini, asosiy qarzning, zararlarning, neustoykaning hamda foizlarning umumiy miqdorini alohida-alohida aniqlagan holda koʻrsatadi. | Sud pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorida undirilishi lozim boʻlgan pul summalarini undirish davrini, asosiy qarzning, zararlarning, neustoykaning hamda foizlarning umumiy miqdorini alohida-alohida aniqlagan holda koʻrsatadi. |
Tashkilotlardan pul mablagʻlari undirilgan taqdirda hal qiluv qarorida undiriladigan mablagʻlarning xususiyati, shuningdek undirib beriladigan summa javobgarning bankdagi qaysi hisobvaragʻidan hisobdan chiqarilishi kerakligi koʻrsatiladi. | Tashkilotlardan pul mablagʻlari undirilgan taqdirda hal qiluv qarorida undiriladigan mablagʻlarning xususiyati, shuningdek undirib beriladigan summa javobgarning bankdagi qaysi hisobvaragʻidan hisobdan chiqarilishi kerakligi koʻrsatiladi. |
Sud dastlabki va qarshi daʼvolarni toʻliq yoki qisman qanoatlantirgan taqdirda hal qiluv qarorida oʻzaro hisobga olish natijasida undirilishi lozim boʻlgan summani koʻrsatadi. | Sud dastlabki va qarshi daʼvolarni toʻliq yoki qisman qanoatlantirgan taqdirda hal qiluv qarorida oʻzaro hisobga olish natijasida undirilishi lozim boʻlgan summani koʻrsatadi. |
258-modda. Mol-mulkni yoki uning qiymatini undirib berish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori | 258-modda. Mol-mulkni yoki uning qiymatini undirib berish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori |
Sud mol-mulkni natura tarzida undirib bergan taqdirda hal qiluv qarorida daʼvogarga topshirilishi lozim boʻlgan mol-mulkning nomini, turgan joyini, agar hal qiluv qarorini ijro etish vaqtida undirib berilgan mol-mulk naqd boʻlmasa, uning javobgardan undirilishi lozim boʻlgan qiymatini koʻrsatadi. | Sud mol-mulkni natura tarzida undirib bergan taqdirda hal qiluv qarorida daʼvogarga topshirilishi lozim boʻlgan mol-mulkning nomini, turgan joyini, agar hal qiluv qarorini ijro etish vaqtida undirib berilgan mol-mulk naqd boʻlmasa, uning javobgardan undirilishi lozim boʻlgan qiymatini koʻrsatadi. |
259-modda. Javobgar zimmasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklatadigan hal qiluv qarori | 259-modda. Javobgar zimmasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklatadigan hal qiluv qarori |
Sud javobgar zimmasiga mol-mulkni yoki pul summalarini olib berish bilan bogʻliq boʻlmagan muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini yuklatishni nazarda tutuvchi hal qiluv qarorini qabul qilish chogʻida, qarorning oʻzida, agar javobgar hal qiluv qarorini belgilangan muddat ichida bajarmasa, daʼvogar shu harakatlarni javobgarning hisobidan amalga oshirishga va zarur xarajatlarni keyinchalik javobgardan undirib olishga haqli ekanligini koʻrsatishi mumkin. Agar mazkur harakatlar faqat javobgar tomonidan amalga oshirilishi mumkin boʻlsa, sud hal qiluv qarorida uni ijro etish kerak boʻlgan muddatni belgilab qoʻyadi. | Sud javobgar zimmasiga mol-mulkni yoki pul summalarini olib berish bilan bogʻliq boʻlmagan muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini yuklatishni nazarda tutuvchi hal qiluv qarorini qabul qilish chogʻida, qarorning oʻzida, agar javobgar hal qiluv qarorini belgilangan muddat ichida bajarmasa, daʼvogar shu harakatlarni javobgarning hisobidan amalga oshirishga va zarur xarajatlarni keyinchalik javobgardan undirib olishga haqli ekanligini koʻrsatishi mumkin. Agar mazkur harakatlar faqat javobgar tomonidan amalga oshirilishi mumkin boʻlsa, sud hal qiluv qarorida uni ijro etish kerak boʻlgan muddatni belgilab qoʻyadi. |
261-modda. Hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni va aniq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish | 261-modda. Hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni va aniq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish |
Sud hal qiluv qarori yozuvida yoʻl qoʻyilgan xatolarni yoki ochiq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni oʻz tashabbusi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga koʻra tuzatishi mumkin. | Sud hal qiluv qarori yozuvida yoʻl qoʻyilgan xatolarni yoki ochiq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni oʻz tashabbusi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga koʻra tuzatishi mumkin. |
Hal qiluv qarori yozuvida yoʻl qoʻyilgan xatolarni yoki ochiq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish haqidagi ariza u topshirilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda koʻrib chiqiladi. | Hal qiluv qarori yozuvida yoʻl qoʻyilgan xatolarni yoki ochiq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish haqidagi ariza u topshirilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda koʻrib chiqiladi. |
Hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni yoki ochiq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish toʻgʻrisidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Biroq, bu shaxslarning kelmaganligi tuzatishlarni kiritish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. | Hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni yoki ochiq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish toʻgʻrisidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Biroq, bu shaxslarning kelmaganligi tuzatishlarni kiritish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. |
Hal qiluv qaroriga tuzatishlar kiritish yoxud tuzatishlar kiritishni rad qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. | Hal qiluv qaroriga tuzatishlar kiritish yoxud tuzatishlar kiritishni rad qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. |
Hal qiluv qaroriga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. | Hal qiluv qaroriga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. |
262-modda. Qoʻshimcha hal qiluv qarori | 262-modda. Qoʻshimcha hal qiluv qarori |
Ish boʻyicha hal qiluv qarorini qabul qilgan sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan quyidagi hollarda qoʻshimcha hal qiluv qarori chiqarishi mumkin, agar: | Ish boʻyicha hal qiluv qarorini qabul qilgan sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan quyidagi hollarda qoʻshimcha hal qiluv qarori chiqarishi mumkin, agar: |
1) huquq toʻgʻrisidagi masalani hal qilib, undiriladigan summaning miqdorini, olib berilishi kerak boʻlgan mol-mulkni yoki javobgar amalga oshirishi shart boʻlgan harakatlarni koʻrsatmagan boʻlsa; | 1) huquq toʻgʻrisidagi masalani hal qilib, undiriladigan summaning miqdorini, olib berilishi kerak boʻlgan mol-mulkni yoki javobgar amalga oshirishi shart boʻlgan harakatlarni koʻrsatmagan boʻlsa; |
2) arz qilingan talablarning birortasi boʻyicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar taqdim etgan va tushuntirishlar bergan boʻlsalarda, biroq bu xususda hal qiluv qarori qabul qilinmagan boʻlsa; | 2) arz qilingan talablarning birortasi boʻyicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar taqdim etgan va tushuntirishlar bergan boʻlsalarda, biroq bu xususda hal qiluv qarori qabul qilinmagan boʻlsa; |
3) hal qiluv qarorida sud xarajatlarini taqsimlash koʻrsatilmagan boʻlsa. | 3) hal qiluv qarorida sud xarajatlarini taqsimlash koʻrsatilmagan boʻlsa. |
Qoʻshimcha hal qiluv qarorini chiqarish toʻgʻrisidagi masala hal qiluv qarori chiqarilgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay qoʻzgʻatilishi mumkin. | Qoʻshimcha hal qiluv qarorini chiqarish toʻgʻrisidagi masala hal qiluv qarori chiqarilgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay qoʻzgʻatilishi mumkin. |
Qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish toʻgʻrisidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida koʻrib chiqiladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi masalani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. Qoʻshimcha hal qiluv qarori ustidan asosiy hal qiluv qarori bilan birga shikoyat qilinishi va protest keltirilishi mumkin. | Qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish toʻgʻrisidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida koʻrib chiqiladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi masalani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. Qoʻshimcha hal qiluv qarori ustidan asosiy hal qiluv qarori bilan birga shikoyat qilinishi va protest keltirilishi mumkin. |
Qoʻshimcha hal qiluv qarori asosiy hal qiluv qarori bilan birga qonuniy kuchga kiradi. | Qoʻshimcha hal qiluv qarori asosiy hal qiluv qarori bilan birga qonuniy kuchga kiradi. |
Qoʻshimcha hal qiluv qarorini chiqarish rad etilgan taqdirda, ajrim chiqariladi. | Qoʻshimcha hal qiluv qarorini chiqarish rad etilgan taqdirda, ajrim chiqariladi. |
Qoʻshimcha hal qiluv qarorini chiqarishni rad etish haqidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. | Qoʻshimcha hal qiluv qarorini chiqarishni rad etish haqidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. |
263-modda. Hal qiluv qarorini tushuntirish | 263-modda. Hal qiluv qarorini tushuntirish |
Hal qiluv qarori noaniq boʻlsa, ishni hal qilgan sud oʻz tashabbusiga yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga, shuningdek hal qiluv qarorini ijro etish zimmasiga yuklatilgan organlar va davlat ijrochisining arizasiga koʻra hal qiluv qarorini uning mazmunini oʻzgartirmagan holda tushuntirishga haqli. | Hal qiluv qarori noaniq boʻlsa, ishni hal qilgan sud oʻz tashabbusiga yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga, shuningdek hal qiluv qarorini ijro etish zimmasiga yuklatilgan organlar va davlat ijrochisining arizasiga koʻra hal qiluv qarorini uning mazmunini oʻzgartirmagan holda tushuntirishga haqli. |
Agar hal qiluv qarori ijro etilmagan va uni majburiy ijro ettirish mumkin boʻlgan muddat oʻtmagan boʻlsa, hal qiluv qarorini tushuntirishga yoʻl qoʻyiladi. | Agar hal qiluv qarori ijro etilmagan va uni majburiy ijro ettirish mumkin boʻlgan muddat oʻtmagan boʻlsa, hal qiluv qarorini tushuntirishga yoʻl qoʻyiladi. |
Hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida koʻrib chiqiladi. Biroq, bu shaxslarning sudga kelmaganligi hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. | Hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida koʻrib chiqiladi. Biroq, bu shaxslarning sudga kelmaganligi hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. |
Sud hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi arizani u kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda koʻrib chiqadi. | Sud hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi arizani u kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda koʻrib chiqadi. |
Hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. | Hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. |
Hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. | Hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. |
264-modda. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi | 264-modda. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi |
Sudning hal qiluv qarori, agar uning ustidan shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) boʻlsa, apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddati oʻtganidan keyin qonuniy kuchga kiradi. Hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda, hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, ishni apellyatsiya instansiyasi sudi koʻrib chiqqanidan keyin qonuniy kuchga kiradi. | Sudning hal qiluv qarori, agar uning ustidan shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) boʻlsa, apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddati oʻtganidan keyin qonuniy kuchga kiradi. Hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda, hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, ishni apellyatsiya instansiyasi sudi koʻrib chiqqanidan keyin qonuniy kuchga kiradi. |
Hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin taraflar va ishda ishtirok etgan boshqa shaxslar, shuningdek ularning huquqiy vorislari sudga oʻsha asoslar boʻyicha yangidan oʻsha talablarni arz qilishi, shuningdek sud aniqlagan faktlar va huquqiy munosabatlar xususida boshqa protsessda nizolashishi mumkin emas. | Hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin taraflar va ishda ishtirok etgan boshqa shaxslar, shuningdek ularning huquqiy vorislari sudga oʻsha asoslar boʻyicha yangidan oʻsha talablarni arz qilishi, shuningdek sud aniqlagan faktlar va huquqiy munosabatlar xususida boshqa protsessda nizolashishi mumkin emas. |
Agar ish sudda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda prokuror yoki davlat boshqaruvi organi, tashkilot yoki ayrim fuqarolarning arizasi boʻyicha boshlangan boʻlsa, sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori ish kimning manfaatini koʻzlab qoʻzgʻatilgan boʻlsa, ana shu shaxs uchun majburiydir. Agar javobgardan davriy toʻlovlarni (alimentlar, sogʻliqqa shikast yetkazilganda koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash yoki vafot etganlik bilan bogʻliq toʻlovlar va hokazo) undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin toʻlovlarning miqdoriga yoki muddatini belgilashga taʼsir etuvchi holatlar jiddiy ravishda oʻzgarsa, har bir taraf yangidan ariza berish yoʻli bilan toʻlovlarning miqdori va muddatini oʻzgartirishni talab qilishga haqli. | Agar ish sudda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda prokuror yoki davlat boshqaruvi organi, tashkilot yoki ayrim fuqarolarning arizasi boʻyicha boshlangan boʻlsa, sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori ish kimning manfaatini koʻzlab qoʻzgʻatilgan boʻlsa, ana shu shaxs uchun majburiydir. Agar javobgardan davriy toʻlovlarni (alimentlar, sogʻliqqa shikast yetkazilganda koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash yoki vafot etganlik bilan bogʻliq toʻlovlar va hokazo) undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin toʻlovlarning miqdoriga yoki muddatini belgilashga taʼsir etuvchi holatlar jiddiy ravishda oʻzgarsa, har bir taraf yangidan ariza berish yoʻli bilan toʻlovlarning miqdori va muddatini oʻzgartirishni talab qilishga haqli. |
265-modda. Hal qiluv qarorini ijro etish | 265-modda. Hal qiluv qarorini ijro etish |
Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin ijro etiladi, bundan darhol ijro etish hollari mustasno. | Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin ijro etiladi, bundan darhol ijro etish hollari mustasno. |
266-modda. Darhol ijro etilishi lozim boʻlgan hal qiluv qarorlari | 266-modda. Darhol ijro etilishi lozim boʻlgan hal qiluv qarorlari |
Sudning quyidagi: | Sudning quyidagi: |
1) alimentlar undirish toʻgʻrisidagi; | 1) alimentlar undirish toʻgʻrisidagi; |
2) xodimga uch oylik ish haqidan ortiq boʻlmagan ish haqini undirib berish toʻgʻrisidagi; | 2) xodimga uch oylik ish haqidan ortiq boʻlmagan ish haqini undirib berish toʻgʻrisidagi; |
3) mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi natijasida koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash uchun toʻlovlar undirish toʻgʻrisidagi; | 3) mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi natijasida koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash uchun toʻlovlar undirish toʻgʻrisidagi; |
4) mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimni yoki gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash toʻgʻrisidagi, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining taʼrifini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi; | 4) mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimni yoki gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash toʻgʻrisidagi, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining taʼrifini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi; |
41) eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish, ish tashlashni toʻxtatib turish, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi; | |
5) sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurashish muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlinmasiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi; | 5) sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurashish muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlinmasiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi; |
6) sudda ishni muhokama qilish vaqtida javobgar daʼvoni butunlay yoki qisman tan olganligiga qarab, toʻliq yoki qisman qanoatlantirilgan talablar boʻyicha chiqarilgan hal qiluv qarorlari darhol ijro etilishi kerak. | 6) sudda ishni muhokama qilish vaqtida javobgar daʼvoni butunlay yoki qisman tan olganligiga qarab, toʻliq yoki qisman qanoatlantirilgan talablar boʻyicha chiqarilgan hal qiluv qarorlari darhol ijro etilishi kerak. |
267-modda. Hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga sudning yoʻl qoʻyish huquqi | 267-modda. Hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga sudning yoʻl qoʻyish huquqi |
Sud quyidagi: hal qiluv qarorlari butunlay yoki qisman darhol ijro etilishiga yoʻl qoʻyishi mumkin: | Sud quyidagi: hal qiluv qarorlari butunlay yoki qisman darhol ijro etilishiga yoʻl qoʻyishi mumkin: |
1) daʼvogar va javobgar chiqarilgan hal qiluv qaroriga hamda uning darhol ijro etilishiga rozi boʻlgan hollarda; | 1) daʼvogar va javobgar chiqarilgan hal qiluv qaroriga hamda uning darhol ijro etilishiga rozi boʻlgan hollarda; |
2) muallifning intellektual faoliyati natijalaridan foydalanganlik uchun unga haq undirib berish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori; | 2) muallifning intellektual faoliyati natijalaridan foydalanganlik uchun unga haq undirib berish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori; |
3) alohida holatlar natijasida hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirish undiruvchi uchun koʻp zarar keltirishi mumkin boʻlgan yoki ijro etish mumkin boʻlmay qolgan barcha boshqa ishlar boʻyicha. | 3) alohida holatlar natijasida hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirish undiruvchi uchun koʻp zarar keltirishi mumkin boʻlgan yoki ijro etish mumkin boʻlmay qolgan barcha boshqa ishlar boʻyicha. |
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha darhol ijro etilishiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda, taraflarning roziligi sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi. Agar taraflarning roziligi sud nomiga yuborilgan yozma arizalarda bayon etilgan boʻlsa, bu arizalar ishga qoʻshib qoʻyiladi, bu haqda sud majlisining bayonnomasida koʻrsatiladi. | Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha darhol ijro etilishiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda, taraflarning roziligi sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi. Agar taraflarning roziligi sud nomiga yuborilgan yozma arizalarda bayon etilgan boʻlsa, bu arizalar ishga qoʻshib qoʻyiladi, bu haqda sud majlisining bayonnomasida koʻrsatiladi. |
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha darhol ijro etilishiga yoʻl qoʻyilganida sud daʼvogardan sudning qarori bekor qilingan taqdirda, hal qiluv qarorining qaytarma ijrosini taʼminlashni talab qilishi mumkin. | Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha darhol ijro etilishiga yoʻl qoʻyilganida sud daʼvogardan sudning qarori bekor qilingan taqdirda, hal qiluv qarorining qaytarma ijrosini taʼminlashni talab qilishi mumkin. |
Apellyatsiya shikoyati berish (protest keltirish) muddati ichida hal qiluv qarori chiqarilganidan soʻng hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga yoʻl qoʻyish toʻgʻrisidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida koʻrib chiqiladi. Biroq ushbu shaxslarning kelmaganligi darhol ijro etish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun toʻsqinlik qilmaydi. | Apellyatsiya shikoyati berish (protest keltirish) muddati ichida hal qiluv qarori chiqarilganidan soʻng hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga yoʻl qoʻyish toʻgʻrisidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida koʻrib chiqiladi. Biroq ushbu shaxslarning kelmaganligi darhol ijro etish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun toʻsqinlik qilmaydi. |
Hal qiluv qarorini darhol ijro etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. | Hal qiluv qarorini darhol ijro etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. |
Hal qiluv qarorini darhol ijro etish toʻgʻrisidagi masala boʻyicha sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Hal qiluv qarorini darhol ijro etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan berilgan xususiy shikoyat (protest) bu ajrimning ijrosini toʻxtatmaydi. | Hal qiluv qarorini darhol ijro etish toʻgʻrisidagi masala boʻyicha sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Hal qiluv qarorini darhol ijro etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan berilgan xususiy shikoyat (protest) bu ajrimning ijrosini toʻxtatmaydi. |
268-modda. Hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga yoʻl qoʻyilmasligi | 268-modda. Hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga yoʻl qoʻyilmasligi |
Quyidagi hollarda hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi: | Quyidagi hollarda hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi: |
darhol ijro etish natijasida mol-mulkning holati oʻzgarib, hal qiluv qarori bekor qilingan taqdirda, mol-mulkni ilgarigi holatiga keltirish mumkin boʻlmasa yoki juda qiyin boʻlsa; | darhol ijro etish natijasida mol-mulkning holati oʻzgarib, hal qiluv qarori bekor qilingan taqdirda, mol-mulkni ilgarigi holatiga keltirish mumkin boʻlmasa yoki juda qiyin boʻlsa; |
fuqarolarni binodan koʻchirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha. | fuqarolarni binodan koʻchirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha. |
269-modda. Hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash | 269-modda. Hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash |
Sud darhol ijro etishga qaratilmagan hal qiluv qarorining ijrosini ushbu Kodeksning V boʻlimida belgilangan qoidalar boʻyicha taʼminlashi mumkin. | Sud darhol ijro etishga qaratilmagan hal qiluv qarorining ijrosini ushbu Kodeksning V boʻlimida belgilangan qoidalar boʻyicha taʼminlashi mumkin. |
270-modda. Sud hujjatlarining koʻchirma nusxalarini taraflarga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborish | 270-modda. Sud hujjatlarining koʻchirma nusxalarini taraflarga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborish |
Sud hujjatining koʻchirma nusxasi u chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay taraflarga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa u elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. | Sud hujjatining koʻchirma nusxasi u chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay taraflarga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa u elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. |
Sud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud hujjatining koʻchirma nusxasini boshqa shaxslarga ham yuboradi. | Sud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud hujjatining koʻchirma nusxasini boshqa shaxslarga ham yuboradi. |
231-bob. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish xususiyatlari | 231-bob. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish xususiyatlari |
2701-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish tartibi | 2701-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish tartibi |
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlar fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda sud tomonidan koʻrib chiqiladi. | Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlar fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda sud tomonidan koʻrib chiqiladi. |
2702-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan daʼvo arizasi bilan sudga murojaat etish muddatlari | 2702-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan daʼvo arizasi bilan sudga murojaat etish muddatlari |
Agar ushbu Kodeksda yoki oʻzga qonunlarda boshqa muddatlar belgilanmagan boʻlsa, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi fuqaroning oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida unga maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran uch oy ichida sudga berilishi mumkin. | Agar ushbu Kodeksda yoki oʻzga qonunlarda boshqa muddatlar belgilanmagan boʻlsa, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi fuqaroning oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida unga maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran uch oy ichida sudga berilishi mumkin. |
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisida daʼvo arizasi berishning uzrli sababga koʻra oʻtkazib yuborilgan muddati sud tomonidan tiklanishi mumkin. | Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisida daʼvo arizasi berishning uzrli sababga koʻra oʻtkazib yuborilgan muddati sud tomonidan tiklanishi mumkin. |
2703-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasining shakli hamda mazmuni | 2703-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasining shakli hamda mazmuni |
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 189-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak. | Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 189-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak. |
Daʼvo arizasida quyidagilar ham koʻrsatilishi kerak: | Daʼvo arizasida quyidagilar ham koʻrsatilishi kerak: |
1) nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining nomi yoki nizolashilayotgan harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxsning familiyasi va ism-sharifining bosh harflari; | 1) nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining nomi yoki nizolashilayotgan harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxsning familiyasi va ism-sharifining bosh harflari; |
2) nizolashilayotgan qarorning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, nizolashilayotgan harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy; | 2) nizolashilayotgan qarorning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, nizolashilayotgan harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy; |
3) daʼvogarning fikriga koʻra, nizolashilayotgan qaror, harakatlar (harakatsizlik) tufayli buzilayotgan oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; | 3) daʼvogarning fikriga koʻra, nizolashilayotgan qaror, harakatlar (harakatsizlik) tufayli buzilayotgan oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; |
4) daʼvogarning fikriga koʻra, nizolashilayotgan qaror, harakatlar (harakatsizlik) qaysi qonunchilikka zid boʻlsa, oʻsha qonunchilik; | 4) daʼvogarning fikriga koʻra, nizolashilayotgan qaror, harakatlar (harakatsizlik) qaysi qonunchilikka zid boʻlsa, oʻsha qonunchilik; |
5) daʼvogarning qarorni haqiqiy emas, harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi talabi. | 5) daʼvogarning qarorni haqiqiy emas, harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi talabi. |
Daʼvo arizasiga ushbu Kodeksning 191-moddasida koʻrsatilgan hujjatlar, shuningdek nizolashilayotgan qarorning matni ilova qilinadi. | Daʼvo arizasiga ushbu Kodeksning 191-moddasida koʻrsatilgan hujjatlar, shuningdek nizolashilayotgan qarorning matni ilova qilinadi. |
2704-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasining xususiyatlari | 2704-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasining xususiyatlari |
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish chogʻida sud nizolashilayotgan qarorning yoki uning ayrim qismlarining, harakatlarning (harakatsizlikning) qonuniyligini, nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining yoxud nizolashilayotgan harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxsning vakolatlarini tekshiradi, shuningdek nizolashilayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzgan-buzmaganligini aniqlaydi. | Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish chogʻida sud nizolashilayotgan qarorning yoki uning ayrim qismlarining, harakatlarning (harakatsizlikning) qonuniyligini, nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining yoxud nizolashilayotgan harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxsning vakolatlarini tekshiradi, shuningdek nizolashilayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzgan-buzmaganligini aniqlaydi. |
2705-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sudning hal qiluv qarori | 2705-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sudning hal qiluv qarori |
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 23-bobida belgilangan qoidalarga koʻra sud tomonidan qabul qilinadi. | Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 23-bobida belgilangan qoidalarga koʻra sud tomonidan qabul qilinadi. |
Sud nizolashilayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonunchilikka zid ekanligini hamda daʼvogarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzayotganligini aniqlasa, qarorni yoki uning ayrim qismlarini haqiqiy emas deb yoxud harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi. | Sud nizolashilayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonunchilikka zid ekanligini hamda daʼvogarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzayotganligini aniqlasa, qarorni yoki uning ayrim qismlarini haqiqiy emas deb yoxud harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi. |
Agar sud nizolashilayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonunga muvofiq ekanligini hamda daʼvogarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmayotganligini aniqlasa, arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi. | Agar sud nizolashilayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonunga muvofiq ekanligini hamda daʼvogarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmayotganligini aniqlasa, arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi. |
Daʼvo arizasini qanoatlantirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: | Daʼvo arizasini qanoatlantirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: |
1) nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining nomi yoki harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, nizolashilayotgan qarorning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, nizolashilayotgan harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy; | 1) nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining nomi yoki harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, nizolashilayotgan qarorning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, nizolashilayotgan harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy; |
2) nizolashilayotgan qarorning toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb yoki harakatlarning (harakatsizlikning) qonunga xilof deb topilganligi; | 2) nizolashilayotgan qarorning toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb yoki harakatlarning (harakatsizlikning) qonunga xilof deb topilganligi; |
3) sud xarajatlarining taqsimlanishi. | 3) sud xarajatlarining taqsimlanishi. |
Qaror haqiqiy emas deb, harakatlar (harakatsizlik) qonunga xilof deb topilgan taqdirda, sud tegishli korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining yoki mansabdor shaxsning zimmasiga qonunga muvofiq qaror qabul qilish yoki muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud daʼvogarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining yoʻl qoʻyilgan buzilishlarini boshqacha usulda bartaraf etish majburiyatini yuklaydi. | Qaror haqiqiy emas deb, harakatlar (harakatsizlik) qonunga xilof deb topilgan taqdirda, sud tegishli korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining yoki mansabdor shaxsning zimmasiga qonunga muvofiq qaror qabul qilish yoki muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud daʼvogarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining yoʻl qoʻyilgan buzilishlarini boshqacha usulda bartaraf etish majburiyatini yuklaydi. |
232-bob. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishning oʻziga xos xususiyatlari | 232-bob. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishning oʻziga xos xususiyatlari |
2706-modda. Daʼvo arizasini berish | 2706-modda. Daʼvo arizasini berish |
Prokuror, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat etishga haqli. | Prokuror, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat etishga haqli. |
2707-modda. Daʼvo arizasining mazmuni | 2707-modda. Daʼvo arizasining mazmuni |
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 189-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak. | Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 189-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak. |
Ushbu Kodeksning 189 va2708-moddalarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 195-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq daʼvogarga qaytariladi. | Ushbu Kodeksning 189 va2708-moddalarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 195-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq daʼvogarga qaytariladi. |
2708-modda. Daʼvo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar | 2708-modda. Daʼvo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar |
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasiga ushbu Kodeksning 191-moddasida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi: | Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasiga ushbu Kodeksning 191-moddasida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi: |
1) qonunchilik talablari buzilganligi toʻgʻrisida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan dalolatnoma; | 1) qonunchilik talablari buzilganligi toʻgʻrisida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan dalolatnoma; |
2) oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organining qonun buzilishlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etish toʻgʻrisidagi ogohlantirishi; | 2) oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organining qonun buzilishlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etish toʻgʻrisidagi ogohlantirishi; |
3) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; | 3) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; |
4) huquqbuzarlik sodir etilganligi toʻgʻrisidagi hujjat. | 4) huquqbuzarlik sodir etilganligi toʻgʻrisidagi hujjat. |
2709-modda. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasining oʻziga xos xususiyatlari | 2709-modda. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasining oʻziga xos xususiyatlari |
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ishlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha, mazkur bobda belgilangan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda koʻriladi. | Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ishlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha, mazkur bobda belgilangan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda koʻriladi. |
Ish sudya daʼvo arizasini ish yurituviga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida ajrim chiqargan kundan eʼtiboran yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqilishi kerak. | Ish sudya daʼvo arizasini ish yurituviga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida ajrim chiqargan kundan eʼtiboran yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqilishi kerak. |
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. | Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. |
27010-modda. Sudning hal qiluv qarori | 27010-modda. Sudning hal qiluv qarori |
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sudning hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 23-bobida belgilangan qoidalarga koʻra sud tomonidan qabul qilinadi. | Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sudning hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 23-bobida belgilangan qoidalarga koʻra sud tomonidan qabul qilinadi. |
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish toʻgʻrisidagi talab sud tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, sud hal qiluv qarorining xulosa qismida ushbu Kodeksning 253, 255 va 256-moddalarida koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashqari: | Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish toʻgʻrisidagi talab sud tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, sud hal qiluv qarorining xulosa qismida ushbu Kodeksning 253, 255 va 256-moddalarida koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashqari: |
1) qaytarilayotgan yer uchastkasining maydoni va joylashgan joyi (manzili); | 1) qaytarilayotgan yer uchastkasining maydoni va joylashgan joyi (manzili); |
2) yer uchastkasi tasarrufiga qaytarilayotgan davlat organi koʻrsatilishi kerak. | 2) yer uchastkasi tasarrufiga qaytarilayotgan davlat organi koʻrsatilishi kerak. |
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi talab sud tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, sud hal qiluv qarorining xulosa qismida ushbu Kodeksning 253, 255 va 256-moddalarida koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashqari: | Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi talab sud tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, sud hal qiluv qarorining xulosa qismida ushbu Kodeksning 253, 255 va 256-moddalarida koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashqari: |
1) oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratning manzili va tavsifi; | 1) oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratning manzili va tavsifi; |
2) buzilishi lozim boʻlgan imorat koʻrsatilishi kerak. | 2) buzilishi lozim boʻlgan imorat koʻrsatilishi kerak. |
Agar daʼvo arizasida oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish toʻgʻrisidagi va oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash haqidagi talablar birgalikda bildirilgan boʻlib, bu talablar qanoatlantirilgan taqdirda, hal qiluv qarorining xulosa qismida ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼlumotlar koʻrsatiladi. | Agar daʼvo arizasida oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish toʻgʻrisidagi va oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash haqidagi talablar birgalikda bildirilgan boʻlib, bu talablar qanoatlantirilgan taqdirda, hal qiluv qarorining xulosa qismida ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼlumotlar koʻrsatiladi. |
Sudning oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori, agar apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmagan boʻlsa, u qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun oʻtgach qonuniy kuchga kiradi. | Sudning oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori, agar apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmagan boʻlsa, u qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun oʻtgach qonuniy kuchga kiradi. |
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin uch ish kuni ichida sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa hal qiluv qarori elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. | Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin uch ish kuni ichida sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa hal qiluv qarori elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. |
233-bob. Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish, ish tashlashni toʻxtatib turish, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish xususiyatlari 27011-modda. Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish, ish tashlashni toʻxtatib turish, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish tartibi Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish, ish tashlashni toʻxtatib turish, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi ishlar fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda sud tomonidan koʻrib chiqiladi. 27012-modda. Daʼvo arizasini berish Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish toʻgʻrisidagi, ish tashlashni toʻxtatib turish haqidagi, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi sudga ish beruvchi yoxud prokuror tomonidan beriladi. Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish toʻgʻrisidagi, ish tashlashni toʻxtatib turish haqidagi, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi tegishincha mazkur ish tashlash amalga oshiriladigan, amalga oshirilayotgan, amalga oshirilgan joydagi sudda koʻrib chiqiladi. 27013-modda. Daʼvo arizasining shakli hamda mazmuni Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish toʻgʻrisidagi, ish tashlashni toʻxtatib turish haqidagi, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 189-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak. Daʼvo arizasida quyidagilar ham koʻrsatilishi kerak: 1) ish tashlash oʻtkazilayotgan tashkilotning nomi; 2) ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sana, ish tashlash amalga oshiriladigan (amalga oshirilayotgan, amalga oshirilgan) sana va joy; 3) daʼvogarning fikriga koʻra, ish tashlash tufayli buzilayotgan huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 4) daʼvogarning fikriga koʻra, ish tashlash qaysi qonun hujjatlariga zid boʻlsa, oʻsha qonun hujjatlari. Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish toʻgʻrisidagi, ish tashlashni toʻxtatib turish haqidagi daʼvo arizasida ish tashlashni kechiktirish yoki toʻxtatib turish muddati ham koʻrsatilishi lozim. Daʼvo arizasiga ushbu Kodeksning 191-moddasida koʻrsatilgan hujjatlar, shuningdek ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qaror ilova qilinadi. 27014-modda. Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish toʻgʻrisidagi, ish tashlashni toʻxtatib turish haqidagi, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasining xususiyatlari Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish toʻgʻrisidagi, ish tashlashni toʻxtatib turish haqidagi, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi ishlar daʼvo arizasi berilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda sud tomonidan ish beruvchi, ish tashlashga rahbarlik qiluvchi, shuningdek prokuror ishtirokida koʻrib chiqiladi. Uchinchi shaxslar sud majlisiga chaqirilishi mumkin. Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar sud majlisiga kelmasa, ish ularning yoʻqligida koʻrilishi mumkin. Ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish chogʻida sud ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarorning qonuniyligini, ish tashlashni amalga oshirishning qonunda belgilangan talablariga rioya etilganligini tekshiradi, shuningdek ish tashlash tufayli huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlar buzilgan-buzilmaganligini aniqlaydi. 27015-modda. Sudning hal qiluv qarori Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish toʻgʻrisidagi, ish tashlashni toʻxtatib turish haqidagi, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 23-bobida belgilangan qoidalarga koʻra sud tomonidan qabul qilinadi. Ish tashlash noqonuniy deb topilgan taqdirda, sud tegishli javobgarlik masalasini hal etish toʻgʻrisida prokurorga xabar qiladi. Sud ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarorning va ish tashlashning qonunga muvofiq ekanligini hamda ish tashlash tufayli huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlar buzilmayotganligini aniqlasa, arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi. Sudning eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish toʻgʻrisidagi yoki ish tashlashni toʻxtatib turish haqidagi daʼvo arizasini qanoatlantirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorida eʼlon qilingan ish tashlashni kechiktirish yoki ish tashlashni toʻxtatib turish muddati koʻrsatiladi va u eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish yoki ish tashlashni toʻxtatib turish uchun asos boʻladi. | |
24-bob. Birinchi instansiya sudining ajrimlari | 24-bob. Birinchi instansiya sudining ajrimlari |
271-modda. Sud ajrimini chiqarish | 271-modda. Sud ajrimini chiqarish |
Ajrimlar sud tomonidan alohida xonada (maslahatxonada) ushbu Kodeksning 19, 250 va 252-moddalarida belgilangan tartibda chiqariladi va ishga qoʻshib qoʻyiladi. | Ajrimlar sud tomonidan alohida xonada (maslahatxonada) ushbu Kodeksning 19, 250 va 252-moddalarida belgilangan tartibda chiqariladi va ishga qoʻshib qoʻyiladi. |
Murakkab boʻlmagan masalalarni hal etishda sud oʻz joyida ajrim chiqarishi mumkin. Bunday ajrim sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi. Ajrimlar chiqarilishi bilan darhol oʻqib eshittiriladi. | Murakkab boʻlmagan masalalarni hal etishda sud oʻz joyida ajrim chiqarishi mumkin. Bunday ajrim sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi. Ajrimlar chiqarilishi bilan darhol oʻqib eshittiriladi. |
272-modda. Ajrimning mazmuni | 272-modda. Ajrimning mazmuni |
Sud ajrimida quyidagilar koʻrsatiladi: | Sud ajrimida quyidagilar koʻrsatiladi: |
1) ishning raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy; | 1) ishning raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy; |
2) sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, sud majlisining kotibi; | 2) sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, sud majlisining kotibi; |
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar, qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek soliq toʻlovchi qarzdor yuridik shaxsning identifikatsiya raqami; | 3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar, qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek soliq toʻlovchi qarzdor yuridik shaxsning identifikatsiya raqami; |
4) nizo predmeti va ajrim bilan hal qilinadigan masalaning mohiyati; | 4) nizo predmeti va ajrim bilan hal qilinadigan masalaning mohiyati; |
5) sudning xulosasiga olib kelgan asoslar va sud amal qilgan qonunlar hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga havolalar; | 5) sudning xulosasiga olib kelgan asoslar va sud amal qilgan qonunlar hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga havolalar; |
6) sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasi; | 6) sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasi; |
7) ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati. | 7) ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati. |
Sud tomonidan oʻz joyida chiqariladigan ajrim ushbu moddaning 4, 5 va 6-bandlarida sanab oʻtilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak. | Sud tomonidan oʻz joyida chiqariladigan ajrim ushbu moddaning 4, 5 va 6-bandlarida sanab oʻtilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak. |
Ajrimning yozuvidagi xatolar va aniq koʻrinib turgan arifmetik xatolar ushbu Kodeksning 261-moddasida nazarda tutilgan tartibda tuzatiladi. | Ajrimning yozuvidagi xatolar va aniq koʻrinib turgan arifmetik xatolar ushbu Kodeksning 261-moddasida nazarda tutilgan tartibda tuzatiladi. |
273-modda. Ajrimning koʻchirma nusxalarini taraflar va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborish | 273-modda. Ajrimning koʻchirma nusxalarini taraflar va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborish |
Ajrim alohida sud hujjati tarzida chiqarilgan hollarda, uning koʻchirma nusxalari taraflarga, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga, shuningdek u daxldor boʻlgan oʻzga shaxslarga ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida yuboriladi. | Ajrim alohida sud hujjati tarzida chiqarilgan hollarda, uning koʻchirma nusxalari taraflarga, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga, shuningdek u daxldor boʻlgan oʻzga shaxslarga ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida yuboriladi. |
274-modda. Ajrimni ijro etish | 274-modda. Ajrimni ijro etish |
Sud ajrimi, agar qonunda yoki sud tomonidan boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, darhol ijro etiladi. | Sud ajrimi, agar qonunda yoki sud tomonidan boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, darhol ijro etiladi. |
275-modda. Sudning xususiy ajrimi | 275-modda. Sudning xususiy ajrimi |
Ishni koʻrish chogʻida davlat organining yoki boshqa organning, tashkilotning, mansabdor shaxsning yoki fuqaroning faoliyatida qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, ularning ishda ishtirokidan qatʼi nazar, sud xususiy ajrim chiqarishga haqlidir. | Ishni koʻrish chogʻida davlat organining yoki boshqa organning, tashkilotning, mansabdor shaxsning yoki fuqaroning faoliyatida qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, ularning ishda ishtirokidan qatʼi nazar, sud xususiy ajrim chiqarishga haqlidir. |
Xususiy ajrim bilan sud tegishli organdan yoki mansabdor shaxsdan qonunchilik hujjatlarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani oʻzlarining vakolatiga muvofiq koʻrib chiqishni talab qilishi mumkin. | Xususiy ajrim bilan sud tegishli organdan yoki mansabdor shaxsdan qonunchilik hujjatlarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani oʻzlarining vakolatiga muvofiq koʻrib chiqishni talab qilishi mumkin. |
Xususiy ajrim tegishli davlat organlariga va boshqa organlarga, tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga yuboriladi, ular koʻrilgan choralar toʻgʻrisida bir oylik muddatda sudga xabar qilishi shart. | Xususiy ajrim tegishli davlat organlariga va boshqa organlarga, tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga yuboriladi, ular koʻrilgan choralar toʻgʻrisida bir oylik muddatda sudga xabar qilishi shart. |
Sudning xususiy ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. | Sudning xususiy ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. |
Agar sud ishni koʻrayotganida shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun bu haqda prokurorga tegishli materiallarni ilova qilgan holda xabar qiladi. | Agar sud ishni koʻrayotganida shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun bu haqda prokurorga tegishli materiallarni ilova qilgan holda xabar qiladi. |
25-bob. Sud bayonnomalari | 25-bob. Sud bayonnomalari |
276-modda. Bayonnoma yuritish shartligi | 276-modda. Bayonnoma yuritish shartligi |
Har bir sud majlisi toʻgʻrisida, shuningdek sud majlisi zalidan tashqarida qilingan har bir alohida protsessual harakat toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi. | Har bir sud majlisi toʻgʻrisida, shuningdek sud majlisi zalidan tashqarida qilingan har bir alohida protsessual harakat toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi. |
277-modda. Bayonnoma mazmuni | 277-modda. Bayonnoma mazmuni |
Sud majlisi bayonnomasida ish muhokamasining yoki alohida protsessual harakatlarni amalga oshirishning barcha muhim jihatlari aks ettirilishi kerak. Sud majlisi bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi: | Sud majlisi bayonnomasida ish muhokamasining yoki alohida protsessual harakatlarni amalga oshirishning barcha muhim jihatlari aks ettirilishi kerak. Sud majlisi bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi: |
1) sud majlisi boʻlib oʻtgan yil, oy, kun va joy; | 1) sud majlisi boʻlib oʻtgan yil, oy, kun va joy; |
2) sud majlisi boshlangan va tamomlangan vaqt; | 2) sud majlisi boshlangan va tamomlangan vaqt; |
3) ishni koʻrayotgan sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, hamda sud majlisining kotibi; | 3) ishni koʻrayotgan sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, hamda sud majlisining kotibi; |
4) ishning nomi va raqami; | 4) ishning nomi va raqami; |
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va odil sudlovga koʻmaklashayotgan shaxslarning kelgan-kelmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; | 5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va odil sudlovga koʻmaklashayotgan shaxslarning kelgan-kelmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; |
6) sudning taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilariga ularning protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntirganligi; | 6) sudning taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilariga ularning protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntirganligi; |
7) ushbu moddaning 5-bandida koʻrsatilgan shaxslarga sud chaqiruv qogʻozlari va boshqa xabarnomalar topshirilganligi toʻgʻrisidagi hamda ular sud majlisiga kelmaganligining sabablari haqidagi maʼlumotlar; | 7) ushbu moddaning 5-bandida koʻrsatilgan shaxslarga sud chaqiruv qogʻozlari va boshqa xabarnomalar topshirilganligi toʻgʻrisidagi hamda ular sud majlisiga kelmaganligining sabablari haqidagi maʼlumotlar; |
8) raislik qiluvchining barcha farmoyishlari va sudning alohida xonaga (maslahatxonaga) chiqmasdan chiqargan ajrimlari; | 8) raislik qiluvchining barcha farmoyishlari va sudning alohida xonaga (maslahatxonaga) chiqmasdan chiqargan ajrimlari; |
9) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari; | 9) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari; |
10) sudga taqdim etilgan barcha ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, ekspertlarning yozma xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; | 10) sudga taqdim etilgan barcha ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, ekspertlarning yozma xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; |
11) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning koʻrsatuvlari, ekspertlarning oʻz xulosalarini ogʻzaki tushuntirishlari, mutaxassislarning tushuntirishlari, ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni koʻzdan kechirishga oid maʼlumotlar; | 11) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning koʻrsatuvlari, ekspertlarning oʻz xulosalarini ogʻzaki tushuntirishlari, mutaxassislarning tushuntirishlari, ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni koʻzdan kechirishga oid maʼlumotlar; |
12) sud muzokaralarining mazmuni va prokurorning fikri; | 12) sud muzokaralarining mazmuni va prokurorning fikri; |
13) sudning hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarori oʻqib eshittirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | 13) sudning hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarori oʻqib eshittirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
Sud majlisi bayonnomasida boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin. | Sud majlisi bayonnomasida boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin. |
Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasiga sud majlisida yozib olish texnika vositalaridan foydalanilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi. | Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasiga sud majlisida yozib olish texnika vositalaridan foydalanilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi. |
Sud majlisining bayonnomasi audio- va videoyozuv vositalaridan foydalangan holda toʻxtovsiz yozib boriladi. | Sud majlisining bayonnomasi audio- va videoyozuv vositalaridan foydalangan holda toʻxtovsiz yozib boriladi. |
Audio- va videoyozuv saqlanayotgan elektron yoki boshqa manbalar sud majlisi bayonnomasiga yoki alohida protsessual harakatlarni bajarish haqidagi bayonnomaga qoʻshib qoʻyiladi, unga tegishli yozuv kiritiladi. | Audio- va videoyozuv saqlanayotgan elektron yoki boshqa manbalar sud majlisi bayonnomasiga yoki alohida protsessual harakatlarni bajarish haqidagi bayonnomaga qoʻshib qoʻyiladi, unga tegishli yozuv kiritiladi. |
Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilganlardan tashqari: | Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilganlardan tashqari: |
sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi; | sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi; |
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishda koʻmaklashayotgan sudning nomi haqidagi; | sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishda koʻmaklashayotgan sudning nomi haqidagi; |
ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga koʻmaklashayotgan, sudga kelgan sud protsessining boshqa ishtirokchilari toʻgʻrisidagi; | ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga koʻmaklashayotgan, sudga kelgan sud protsessining boshqa ishtirokchilari toʻgʻrisidagi; |
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishiga koʻmaklashayotgan sudning va ishni koʻrayotgan sudning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha xodimlari haqidagi maʼlumotlar ham koʻrsatilishi kerak. | sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishiga koʻmaklashayotgan sudning va ishni koʻrayotgan sudning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha xodimlari haqidagi maʼlumotlar ham koʻrsatilishi kerak. |
278-modda. Bayonnoma tuzish | 278-modda. Bayonnoma tuzish |
Bayonnoma sud majlisi kotibi tomonidan sud majlisining oʻzida yoki sud majlisi zalidan tashqarida alohida protsessual harakat bajarilganida yuritiladi. | Bayonnoma sud majlisi kotibi tomonidan sud majlisining oʻzida yoki sud majlisi zalidan tashqarida alohida protsessual harakat bajarilganida yuritiladi. |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻzlari ish uchun ahamiyatga ega deb hisoblangan holatlarni bayonnomaga kiritish toʻgʻrisida iltimosnomalar berishga haqli. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻzlari ish uchun ahamiyatga ega deb hisoblangan holatlarni bayonnomaga kiritish toʻgʻrisida iltimosnomalar berishga haqli. |
Taraflarning, uchinchi shaxslarning oʻzlari qoʻygan talablardan butunlay yoki qisman voz kechganligi haqidagi, qoʻyilgan talablarni tan olishi, ishni kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv bilan tamomlash toʻgʻrisidagi arizalari bayonnomaga kiritiladi. Bayonnoma sud majlisi tamom boʻlganidan yoki alohida protsessual harakat amalga oshirilganidan keyin kechi bilan uch kunda raislik qiluvchi va sud majlisining kotibi tomonidan imzolanishi kerak. Kiritilgan barcha oʻzgarishlar, tuzatishlar, qoʻshimchalar bayonnomada izohlanishi kerak. | Taraflarning, uchinchi shaxslarning oʻzlari qoʻygan talablardan butunlay yoki qisman voz kechganligi haqidagi, qoʻyilgan talablarni tan olishi, ishni kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv bilan tamomlash toʻgʻrisidagi arizalari bayonnomaga kiritiladi. Bayonnoma sud majlisi tamom boʻlganidan yoki alohida protsessual harakat amalga oshirilganidan keyin kechi bilan uch kunda raislik qiluvchi va sud majlisining kotibi tomonidan imzolanishi kerak. Kiritilgan barcha oʻzgarishlar, tuzatishlar, qoʻshimchalar bayonnomada izohlanishi kerak. |
279-modda. Bayonnoma yuzasidan fikr-mulohaza bildirish | 279-modda. Bayonnoma yuzasidan fikr-mulohaza bildirish |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining bayonnomasi bilan tanishib chiqishga va unda yoʻl qoʻyilgan xatoliklarni yoki uning toʻliq emasligini u imzolangan kundan eʼtiboran besh kun ichida koʻrsatib, bayonnoma yuzasidan yozma ravishda fikr-mulohazalar bildirishga haqli. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining bayonnomasi bilan tanishib chiqishga va unda yoʻl qoʻyilgan xatoliklarni yoki uning toʻliq emasligini u imzolangan kundan eʼtiboran besh kun ichida koʻrsatib, bayonnoma yuzasidan yozma ravishda fikr-mulohazalar bildirishga haqli. |
Bayonnomaga doir berilgan fikr-mulohazalarni raislik qiluvchi koʻrib chiqadi va u ushbu fikrlarga qoʻshilgan taqdirda, bu fikr-mulohazalarning toʻgʻriligini tasdiqlaydi hamda ularni sud majlisining bayonnomasiga qoʻshib qoʻyadi. | Bayonnomaga doir berilgan fikr-mulohazalarni raislik qiluvchi koʻrib chiqadi va u ushbu fikrlarga qoʻshilgan taqdirda, bu fikr-mulohazalarning toʻgʻriligini tasdiqlaydi hamda ularni sud majlisining bayonnomasiga qoʻshib qoʻyadi. |
Raislik qiluvchi berilgan fikr-mulohazalarga qoʻshilmasa, ular sud majlisida koʻrib chiqiladi. Berilgan fikr-mulohazalar barcha hollarda ham ishga qoʻshib qoʻyilishi kerak. | Raislik qiluvchi berilgan fikr-mulohazalarga qoʻshilmasa, ular sud majlisida koʻrib chiqiladi. Berilgan fikr-mulohazalar barcha hollarda ham ishga qoʻshib qoʻyilishi kerak. |
Bayonnomaga doir fikr-mulohazalar ular topshirilgan kundan eʼtiboran yetti kun ichida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda koʻrib chiqilishi kerak. Biroq, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelmaganligi bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. | Bayonnomaga doir fikr-mulohazalar ular topshirilgan kundan eʼtiboran yetti kun ichida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda koʻrib chiqilishi kerak. Biroq, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelmaganligi bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. |
Sud protsessi ishtirokchilari sud majlisining audio- yoki videoyozuvi bilan tanishish huquqiga ega. | Sud protsessi ishtirokchilari sud majlisining audio- yoki videoyozuvi bilan tanishish huquqiga ega. |
Sud majlisining audio- yoki videoyozuvlari koʻchirma nusxasi sud protsessi ishtirokchilariga ishni koʻrgan sudning ruxsati bilan beriladi. | Sud majlisining audio- yoki videoyozuvlari koʻchirma nusxasi sud protsessi ishtirokchilariga ishni koʻrgan sudning ruxsati bilan beriladi. |
251-bob. Soddalashtirilgan tartibda ish yuritish | 251-bob. Soddalashtirilgan tartibda ish yuritish |
2791-modda. Ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish | 2791-modda. Ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish |
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ish ushbu Kodeksda nazarda tutilgan daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalariga koʻra, mazkur bobda belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda sud tomonidan koʻrib chiqiladi. | Soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ish ushbu Kodeksda nazarda tutilgan daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalariga koʻra, mazkur bobda belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda sud tomonidan koʻrib chiqiladi. |
2792-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ishlar | 2792-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ishlar |
Agar daʼvoning bahosi yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan yuz baravaridan, jismoniy shaxslarga nisbatan esa ellik baravaridan oshmasa, daʼvo arizalari boʻyicha ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilishi lozim. | Agar daʼvoning bahosi yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan yuz baravaridan, jismoniy shaxslarga nisbatan esa ellik baravaridan oshmasa, daʼvo arizalari boʻyicha ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilishi lozim. |
Agar ushbu moddaning uchinchi va beshinchi qismlarida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlmasa, daʼvogarning iltimosnomasiga koʻra, javobgarning roziligi bilan boshqa ishlar ham soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilishi mumkin. | Agar ushbu moddaning uchinchi va beshinchi qismlarida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlmasa, daʼvogarning iltimosnomasiga koʻra, javobgarning roziligi bilan boshqa ishlar ham soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilishi mumkin. |
Agar ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish chogʻida quyidagi holatlar belgilanadigan boʻlsa, sud ishni daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrish haqida ajrim chiqaradi: | Agar ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish chogʻida quyidagi holatlar belgilanadigan boʻlsa, sud ishni daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrish haqida ajrim chiqaradi: |
1) ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish davlat sirining, tijorat sirining yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirning oshkor etilishiga olib kelishi mumkin boʻlsa; | 1) ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish davlat sirining, tijorat sirining yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirning oshkor etilishiga olib kelishi mumkin boʻlsa; |
2) qoʻshimcha holatlarni aniqlash yoki qoʻshimcha dalillarni tekshirish, shuningdek dalillarni ular turgan joyda koʻzdan kechirish va tekshirish, ekspertiza tayinlash yoki guvohlarning koʻrsatuvlarini eshitish zarur boʻlsa; | 2) qoʻshimcha holatlarni aniqlash yoki qoʻshimcha dalillarni tekshirish, shuningdek dalillarni ular turgan joyda koʻzdan kechirish va tekshirish, ekspertiza tayinlash yoki guvohlarning koʻrsatuvlarini eshitish zarur boʻlsa; |
3) bildirilgan talab boshqa talablar bilan bogʻliq boʻlsa, shu jumladan uchinchi shaxslarga taalluqli boʻlsa yoki mazkur ish boʻyicha qabul qilingan sud hujjati bilan uchinchi shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilishi mumkin boʻlsa; | 3) bildirilgan talab boshqa talablar bilan bogʻliq boʻlsa, shu jumladan uchinchi shaxslarga taalluqli boʻlsa yoki mazkur ish boʻyicha qabul qilingan sud hujjati bilan uchinchi shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilishi mumkin boʻlsa; |
4) ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish chogʻida ushbu bobda belgilangan qoidalar boʻyicha koʻrib chiqilishi lozim boʻlmagan qarshi daʼvo berilgan boʻlsa. | 4) ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish chogʻida ushbu bobda belgilangan qoidalar boʻyicha koʻrib chiqilishi lozim boʻlmagan qarshi daʼvo berilgan boʻlsa. |
Ishni daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish toʻgʻrisidagi ajrimda umumiy tartibga oʻtish uchun asoslar koʻrsatiladi. Ajrim chiqarilganidan keyin ishni koʻrish boshidan boshlanadi. | Ishni daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish toʻgʻrisidagi ajrimda umumiy tartibga oʻtish uchun asoslar koʻrsatiladi. Ajrim chiqarilganidan keyin ishni koʻrish boshidan boshlanadi. |
Oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir nechta talab bildirilgan boʻlib, ulardan biri ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talablarga taalluqli boʻlgan, boshqalari esa ularga taalluqli boʻlmagan taqdirda, barcha talablar daʼvo ishini yuritishning ushbu Kodeksda belgilangan umumiy qoidalari boʻyicha koʻrilishi lozim. | Oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir nechta talab bildirilgan boʻlib, ulardan biri ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talablarga taalluqli boʻlgan, boshqalari esa ularga taalluqli boʻlmagan taqdirda, barcha talablar daʼvo ishini yuritishning ushbu Kodeksda belgilangan umumiy qoidalari boʻyicha koʻrilishi lozim. |
Ishni koʻrish muddati ishni daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrib chiqish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran hisoblanadi. | Ishni koʻrish muddati ishni daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrib chiqish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran hisoblanadi. |
2793-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ish boʻyicha daʼvo arizasiga doir talablar | 2793-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ish boʻyicha daʼvo arizasiga doir talablar |
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ish boʻyicha daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 189-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak. | Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ish boʻyicha daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 189-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak. |
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ish boʻyicha daʼvo arizasiga ushbu Kodeksning 191-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinadi. | Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ish boʻyicha daʼvo arizasiga ushbu Kodeksning 191-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinadi. |
2794-modda. Ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqishning oʻziga xos xususiyatlari | 2794-modda. Ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqishning oʻziga xos xususiyatlari |
Arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi, ajrimda ish soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrilishini hamda ish koʻrib chiqiladigan sanani koʻrsatadi. | Arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi, ajrimda ish soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrilishini hamda ish koʻrib chiqiladigan sanani koʻrsatadi. |
Sud arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish haqidagi ajrimda javobgarga daʼvo arizasiga doir yozma fikrini hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar taqdim etishi zarurligini koʻrsatadi. | Sud arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish haqidagi ajrimda javobgarga daʼvo arizasiga doir yozma fikrini hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar taqdim etishi zarurligini koʻrsatadi. |
Sud ajrim bilan bir vaqtda javobgarga daʼvo arizasining (arizaning) koʻchirma nusxasini va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini darhol pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali yuboradi. | Sud ajrim bilan bir vaqtda javobgarga daʼvo arizasining (arizaning) koʻchirma nusxasini va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini darhol pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali yuboradi. |
Javobgar daʼvo arizasiga doir yozma fikrini sudga oʻzi asoslanayotgan hujjatlar va dalillarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli. | Javobgar daʼvo arizasiga doir yozma fikrini sudga oʻzi asoslanayotgan hujjatlar va dalillarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli. |
Yozma fikrga uning koʻchirma nusxasi daʼvogarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Daʼvo arizasiga doir yozma fikr javobgar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki boshqa hujjat ilova qilinadi. | Yozma fikrga uning koʻchirma nusxasi daʼvogarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Daʼvo arizasiga doir yozma fikr javobgar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki boshqa hujjat ilova qilinadi. |
Javobgar tomonidan daʼvo arizasiga doir yozma fikr taqdim etilmaganligi daʼvo arizasini soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. | Javobgar tomonidan daʼvo arizasiga doir yozma fikr taqdim etilmaganligi daʼvo arizasini soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. |
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilayotgan ish arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish haqida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kundan oshmagan muddatda sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. | Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilayotgan ish arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish haqida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kundan oshmagan muddatda sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. |
Ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish muddati uzaytirilmaydi. | Ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish muddati uzaytirilmaydi. |
Sud soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ishni sud muhokamasini oʻtkazmasdan, taraflarni chaqirtirmasdan va ularning tushuntirishlarini eshitmasdan koʻrib chiqadi. | Sud soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ishni sud muhokamasini oʻtkazmasdan, taraflarni chaqirtirmasdan va ularning tushuntirishlarini eshitmasdan koʻrib chiqadi. |
Sud taraflar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda bayon qilingan tushuntirishlarni, eʼtirozlarni va (yoki) vajlarni tekshiradi, dalillar bilan tanishadi hamda hal qiluv qarorini qabul qiladi. | Sud taraflar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda bayon qilingan tushuntirishlarni, eʼtirozlarni va (yoki) vajlarni tekshiradi, dalillar bilan tanishadi hamda hal qiluv qarorini qabul qiladi. |
2795-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori | 2795-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori |
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 23-bobida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga koʻra, mazkur bobda belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda sud tomonidan qabul qilinadi. | Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 23-bobida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga koʻra, mazkur bobda belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda sud tomonidan qabul qilinadi. |
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori, agar apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmagan boʻlsa, qabul qilinganidan keyin oʻn kun oʻtgach qonuniy kuchga kiradi. | Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori, agar apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmagan boʻlsa, qabul qilinganidan keyin oʻn kun oʻtgach qonuniy kuchga kiradi. |
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori sud tomonidan ushbu Kodeks V boʻlimining qoidalariga koʻra beriladigan ijro varaqasi asosida ijro etilishi lozim. | Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori sud tomonidan ushbu Kodeks V boʻlimining qoidalariga koʻra beriladigan ijro varaqasi asosida ijro etilishi lozim. |
Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi. | Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi. |
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning IV boʻlimida nazarda tutilgan qoidalarga asosan apellyatsiya va kassatsiya tartibida, shu jumladan kassatsiya instansiyasi sudida takroran, shuningdek yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqilishi mumkin. | Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning IV boʻlimida nazarda tutilgan qoidalarga asosan apellyatsiya va kassatsiya tartibida, shu jumladan kassatsiya instansiyasi sudida takroran, shuningdek yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqilishi mumkin. |
26-bob. Sirtdan ish yuritish | 26-bob. Sirtdan ish yuritish |
280-modda. Sirtdan ish yuritish asoslari | 280-modda. Sirtdan ish yuritish asoslari |
Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmagan, kelmaganligining uzrli sabablari borligi haqida xabar bermagan va ishni uning ishtirokisiz koʻrish toʻgʻrisida soʻramagan taqdirda, agar daʼvogar bunga eʼtiroz bildirmasa, ish sirtdan ish yuritish tartibida koʻrilishi mumkin. Ishni bunday tartibda koʻrish haqida sud ajrim chiqaradi. Javobgar tegishli tarzda xabardor qilinganligi haqida ishda maʼlumot boʻlishi kerak. | Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmagan, kelmaganligining uzrli sabablari borligi haqida xabar bermagan va ishni uning ishtirokisiz koʻrish toʻgʻrisida soʻramagan taqdirda, agar daʼvogar bunga eʼtiroz bildirmasa, ish sirtdan ish yuritish tartibida koʻrilishi mumkin. Ishni bunday tartibda koʻrish haqida sud ajrim chiqaradi. Javobgar tegishli tarzda xabardor qilinganligi haqida ishda maʼlumot boʻlishi kerak. |
Ishda bir nechta javobgar ishtirok etgan va sud majlisiga barcha javobgarlar kelmagan taqdirda, ish sirtdan ish yuritish tartibida koʻrilishi mumkin. | Ishda bir nechta javobgar ishtirok etgan va sud majlisiga barcha javobgarlar kelmagan taqdirda, ish sirtdan ish yuritish tartibida koʻrilishi mumkin. |
281-modda. Sudga kelgan tarafning huquqlari | 281-modda. Sudga kelgan tarafning huquqlari |
Agar sud majlisiga kelgan daʼvogar ishni javobgar ishtirokisiz sirtdan ish yuritish tartibida koʻrishga rozi boʻlmasa, sud ishning muhokamasini keyinga qoldiradi va kelmagan javobgarga yangi sud muhokamasining vaqti va joyi haqida takroran xabar yuboradi. | Agar sud majlisiga kelgan daʼvogar ishni javobgar ishtirokisiz sirtdan ish yuritish tartibida koʻrishga rozi boʻlmasa, sud ishning muhokamasini keyinga qoldiradi va kelmagan javobgarga yangi sud muhokamasining vaqti va joyi haqida takroran xabar yuboradi. |
Tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga takroran kelmasa, sud daʼvogarning fikridan qatʼi nazar, ishni sirtdan ish yuritish tartibida koʻradi. | Tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga takroran kelmasa, sud daʼvogarning fikridan qatʼi nazar, ishni sirtdan ish yuritish tartibida koʻradi. |
282-modda. Sirtdan ish yuritish tartibi | 282-modda. Sirtdan ish yuritish tartibi |
Ish sirtdan ish yuritish tartibida koʻrilganida sud ishdagi mavjud dalillarni tekshirish bilan kifoyalanadi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vajlari va iltimoslarini eʼtiborga olib, hal qiluv qarori chiqaradi, bu hal qiluv qarori sirtdan chiqarilgan deb ataladi. | Ish sirtdan ish yuritish tartibida koʻrilganida sud ishdagi mavjud dalillarni tekshirish bilan kifoyalanadi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vajlari va iltimoslarini eʼtiborga olib, hal qiluv qarori chiqaradi, bu hal qiluv qarori sirtdan chiqarilgan deb ataladi. |
Daʼvogar tomonidan daʼvoning predmeti yoki asosi, daʼvo talablari miqdori oʻzgartirilganda sud mazkur sud majlisida ishni sirtdan ish yuritish tartibida koʻrishga haqli emas. Bu holda ishni koʻrish daʼvo arizasini daʼvo predmeti yoki asosi, daʼvo talablari miqdori oʻzgartirilgan holda javobgarga topshirish uchun keyinga qoldiriladi. | Daʼvogar tomonidan daʼvoning predmeti yoki asosi, daʼvo talablari miqdori oʻzgartirilganda sud mazkur sud majlisida ishni sirtdan ish yuritish tartibida koʻrishga haqli emas. Bu holda ishni koʻrish daʼvo arizasini daʼvo predmeti yoki asosi, daʼvo talablari miqdori oʻzgartirilgan holda javobgarga topshirish uchun keyinga qoldiriladi. |
Agar sud majlisiga kelmagan javobgardan ishni uning ishtirokisiz koʻrish haqida ariza kelib tushsa, ish sirtdan ish yuritish tartibida emas, umumiy tartibda koʻrilishi lozim. | Agar sud majlisiga kelmagan javobgardan ishni uning ishtirokisiz koʻrish haqida ariza kelib tushsa, ish sirtdan ish yuritish tartibida emas, umumiy tartibda koʻrilishi lozim. |
283-modda. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuni | 283-modda. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuni |
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuni ushbu Kodeks 253-moddasining qoidalari bilan belgilanadi. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining xulosa qismida ushbu hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish haqida ariza berish muddati va tartibi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. | Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuni ushbu Kodeks 253-moddasining qoidalari bilan belgilanadi. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining xulosa qismida ushbu hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish haqida ariza berish muddati va tartibi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. |
284-modda. Hal qiluv qarorining koʻchirma nusxalarini yuborish | 284-modda. Hal qiluv qarorining koʻchirma nusxalarini yuborish |
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi taraflarga ushbu qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa u elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. | Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi taraflarga ushbu qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa u elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. |
285-modda. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza | 285-modda. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza |
Javobgar sirtdan hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga shu hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin oʻn besh kun ichida uni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida ariza berishga haqli. | Javobgar sirtdan hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga shu hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin oʻn besh kun ichida uni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida ariza berishga haqli. |
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 287 — 291-moddalarida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi. | Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 287 — 291-moddalarida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi. |
2851-modda. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) | 2851-modda. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) |
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda shikoyat (protest) berilishi mumkin. | Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda shikoyat (protest) berilishi mumkin. |
286-modda. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizaning mazmuni | 286-modda. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizaning mazmuni |
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar boʻlishi kerak: | Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar boʻlishi kerak: |
1) sirtdan hal qiluv qarori qabul qilgan sudning nomi; | 1) sirtdan hal qiluv qarori qabul qilgan sudning nomi; |
2) ariza berayotgan javobgarning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi (joylashgan yeri, pochta manzili); | 2) ariza berayotgan javobgarning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi (joylashgan yeri, pochta manzili); |
3) sud majlisiga uzrli sabablarga koʻra kelmaganlikdan dalolat beruvchi holatlarning roʻyxati va ularni tasdiqlovchi dalillar, shuningdek sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuniga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan dalillar roʻyxati; | 3) sud majlisiga uzrli sabablarga koʻra kelmaganlikdan dalolat beruvchi holatlarning roʻyxati va ularni tasdiqlovchi dalillar, shuningdek sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuniga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan dalillar roʻyxati; |
4) ariza beruvchi javobgarning iltimosi; | 4) ariza beruvchi javobgarning iltimosi; |
5) arizaga ilova qilingan materiallarning roʻyxati. | 5) arizaga ilova qilingan materiallarning roʻyxati. |
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza javobgar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. | Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza javobgar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. |
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi koʻchirma nusxalari bilan birga sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno. Ariza uchun davlat boji toʻlanmaydi. | Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi koʻchirma nusxalari bilan birga sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno. Ariza uchun davlat boji toʻlanmaydi. |
287-modda. Sudning arizani qabul qilganidan keyingi harakatlari | 287-modda. Sudning arizani qabul qilganidan keyingi harakatlari |
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida xabardor qiladi, ularga ushbu ariza va unga ilova qilingan materiallarning koʻchirma nusxalarini yuboradi. | Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida xabardor qiladi, ularga ushbu ariza va unga ilova qilingan materiallarning koʻchirma nusxalarini yuboradi. |
288-modda. Arizani koʻrib chiqish | 288-modda. Arizani koʻrib chiqish |
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza u kelib tushgan paytdan eʼtiboran oʻn kun ichida sud majlisida koʻrib chiqiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. | Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza u kelib tushgan paytdan eʼtiboran oʻn kun ichida sud majlisida koʻrib chiqiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. |
Sud arizani koʻrib chiqib, ajrim chiqaradi. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi yoki sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi). | Sud arizani koʻrib chiqib, ajrim chiqaradi. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi yoki sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi). |
289-modda. Sudning vakolatlari | 289-modda. Sudning vakolatlari |
Sud sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqib, oʻzining ajrimi bilan: | Sud sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqib, oʻzining ajrimi bilan: |
arizani qanoatlantirmay qoldirishga; | arizani qanoatlantirmay qoldirishga; |
sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilish va ishni ilgarigi tarkibdagi yoki boshqa tarkibdagi sud tomonidan mazmunan koʻrib chiqishni tiklashga haqli. | sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilish va ishni ilgarigi tarkibdagi yoki boshqa tarkibdagi sud tomonidan mazmunan koʻrib chiqishni tiklashga haqli. |
290-modda. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari | 290-modda. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari |
Agar sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishda sud tarafning sud majlisiga kelmaganligiga uzrli sabablar borligini va bu haqda sudni oʻz vaqtida xabardor qilish imkoniyati boʻlmaganligini hamda taraf sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuniga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan dalillarni taqdim qilayotganligini aniqlasa, sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori bekor qilinib, ishni mazmunan koʻrib chiqish tiklanishi lozim. | Agar sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishda sud tarafning sud majlisiga kelmaganligiga uzrli sabablar borligini va bu haqda sudni oʻz vaqtida xabardor qilish imkoniyati boʻlmaganligini hamda taraf sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuniga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan dalillarni taqdim qilayotganligini aniqlasa, sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori bekor qilinib, ishni mazmunan koʻrib chiqish tiklanishi lozim. |
291-modda. Ishni koʻrib chiqishni tiklash | 291-modda. Ishni koʻrib chiqishni tiklash |
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori ushbu qarorni qabul qilgan sud tomonidan bekor qilingan taqdirda, ishni mazmunan koʻrib chiqish tiklanadi va mazkur Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar asosida olib boriladi. | Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori ushbu qarorni qabul qilgan sud tomonidan bekor qilingan taqdirda, ishni mazmunan koʻrib chiqish tiklanadi va mazkur Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar asosida olib boriladi. |
Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tartibda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda, ish yangidan koʻrib chiqilganda qabul qilingan hal qiluv qarori sirtdan qabul qilingan deb tan olinmaydi. Javobgar bu hal qiluv qarori sirtdan qabul qilingan qaror sifatida qayta koʻrib chiqilishini soʻrab, ariza berishga haqli emas. | Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tartibda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda, ish yangidan koʻrib chiqilganda qabul qilingan hal qiluv qarori sirtdan qabul qilingan deb tan olinmaydi. Javobgar bu hal qiluv qarori sirtdan qabul qilingan qaror sifatida qayta koʻrib chiqilishini soʻrab, ariza berishga haqli emas. |
292-modda. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining qonuniy kuchi | 292-modda. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining qonuniy kuchi |
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 264-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq qonuniy kuchga kiradi. | Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 264-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq qonuniy kuchga kiradi. |
3-kichik boʻlim. Alohida tartibda ish yuritish | 3-kichik boʻlim. Alohida tartibda ish yuritish |
27-bob. Umumiy qoidalar | 27-bob. Umumiy qoidalar |
293-modda. Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ishlar | 293-modda. Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ishlar |
Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi: | Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi: |
1) yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi; | 1) yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi; |
2) bolani farzandlikka olish (bundan buyon matnda farzandlikka olish deb yuritiladi) haqidagi; | 2) bolani farzandlikka olish (bundan buyon matnda farzandlikka olish deb yuritiladi) haqidagi; |
3) fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish va fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi; | 3) fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish va fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi; |
4) fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi; | 4) fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi; |
5) shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi; | 5) shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi; |
6) shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi; | 6) shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi; |
7) voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish (emansipatsiya) toʻgʻrisidagi; | 7) voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish (emansipatsiya) toʻgʻrisidagi; |
8) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish haqidagi; | 8) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish haqidagi; |
9) taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda, ular boʻyicha huquqlarni tiklash (chaqirib ish yuritish) toʻgʻrisidagi; | 9) taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda, ular boʻyicha huquqlarni tiklash (chaqirib ish yuritish) toʻgʻrisidagi; |
10) yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi. | 10) yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi. |
294-modda. Alohida yuritiladigan ishlarni koʻrib chiqish tartibi | 294-modda. Alohida yuritiladigan ishlarni koʻrib chiqish tartibi |
Ushbu Kodeksning 293-moddasida sanab oʻtilgan ishlar sudlarda ushbu Kodeksning 27 — 37-boblarida koʻrsatilgan istisno va qoʻshimchalar bilan fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalariga muvofiq koʻrib chiqiladi. | Ushbu Kodeksning 293-moddasida sanab oʻtilgan ishlar sudlarda ushbu Kodeksning 27 — 37-boblarida koʻrsatilgan istisno va qoʻshimchalar bilan fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalariga muvofiq koʻrib chiqiladi. |
28-bob. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash | 28-bob. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash |
295-modda. Sud tomonidan koʻrib chiqiladigan, yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar | 295-modda. Sud tomonidan koʻrib chiqiladigan, yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar |
Sud fuqarolarning yoki tashkilotlarning shaxsiy, mulkiy huquqlari yuzaga kelishiga, oʻzgarishiga yoki tugashiga sabab boʻladigan faktlarni aniqlaydi. | Sud fuqarolarning yoki tashkilotlarning shaxsiy, mulkiy huquqlari yuzaga kelishiga, oʻzgarishiga yoki tugashiga sabab boʻladigan faktlarni aniqlaydi. |
Sud: | Sud: |
1) shaxslarning qarindoshlik aloqalari; | 1) shaxslarning qarindoshlik aloqalari; |
2) shaxs birovning qaramogʻida ekanligi; | 2) shaxs birovning qaramogʻida ekanligi; |
3) otalikni tan olish (belgilash), bolaning u yoki bu onadan tugʻilganligi, shuningdek tugʻilgan vaqti; | 3) otalikni tan olish (belgilash), bolaning u yoki bu onadan tugʻilganligi, shuningdek tugʻilgan vaqti; |
4) farzandlikka olishni, nikohni, nikohdan ajratishni va oʻlimni qayd etilganligi; | 4) farzandlikka olishni, nikohni, nikohdan ajratishni va oʻlimni qayd etilganligi; |
5) er-xotindan biri vafot etganligi oqibatida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohni roʻyxatdan oʻtkazish mumkin boʻlmay qolsa, qonunda belgilangan hollarda ularning haqiqatda nikoh munosabatlarida boʻlganligi; | 5) er-xotindan biri vafot etganligi oqibatida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohni roʻyxatdan oʻtkazish mumkin boʻlmay qolsa, qonunda belgilangan hollarda ularning haqiqatda nikoh munosabatlarida boʻlganligi; |
6) shaxsning huquqini belgilovchi hujjatlarda (bundan jamoat birlashmalariga aʼzolik biletlari, harbiy hujjatlar, pasportlar yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalar, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari beradigan guvohnomalar mustasno) koʻrsatilgan familiyasi, ismi yoki otasining ismi uning pasportidagi yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasidagi yoxud tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasidagi familiyasi, ismi yoki otasining ismi bilan mos kelmagan taqdirda, mazkur hujjatlarning unga tegishliligi yoxud tegishli emasligi; | 6) shaxsning huquqini belgilovchi hujjatlarda (bundan jamoat birlashmalariga aʼzolik biletlari, harbiy hujjatlar, pasportlar yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalar, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari beradigan guvohnomalar mustasno) koʻrsatilgan familiyasi, ismi yoki otasining ismi uning pasportidagi yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasidagi yoxud tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasidagi familiyasi, ismi yoki otasining ismi bilan mos kelmagan taqdirda, mazkur hujjatlarning unga tegishliligi yoxud tegishli emasligi; |
7) baxtsiz hodisa; | 7) baxtsiz hodisa; |
8) imoratga xususiy mulk huquqi asosida egalik qilish; | 8) imoratga xususiy mulk huquqi asosida egalik qilish; |
9) merosni qabul qilish va merosning ochilish joyi faktlarini aniqlash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻradi. | 9) merosni qabul qilish va merosning ochilish joyi faktlarini aniqlash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻradi. |
Agar qonunchilikda ularni belgilashning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan boʻlsa, sud yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa faktlarni ham belgilashi mumkin. | Agar qonunchilikda ularni belgilashning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan boʻlsa, sud yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa faktlarni ham belgilashi mumkin. |
Arizachi yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni tasdiqlaydigan zarur hujjatlarni boshqacha tartibda olishi mumkin boʻlmagan yoxud yoʻqotilgan hujjatlarni tiklashning imkoni boʻlmagan taqdirdagina sud ushbu faktlarni aniqlaydi. | Arizachi yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni tasdiqlaydigan zarur hujjatlarni boshqacha tartibda olishi mumkin boʻlmagan yoxud yoʻqotilgan hujjatlarni tiklashning imkoni boʻlmagan taqdirdagina sud ushbu faktlarni aniqlaydi. |
296-modda. Ariza berish va uning mazmuni | 296-modda. Ariza berish va uning mazmuni |
Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni belgilash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ariza arizachi yashab turgan joydagi sudga beriladi. | Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni belgilash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ariza arizachi yashab turgan joydagi sudga beriladi. |
Arizada muayyan faktni aniqlash arizachiga qanday maqsadlar uchun zarur ekanligi koʻrsatilishi, shuningdek arizachining tegishli hujjatlarni olish imkoniyatiga ega emasligini yoxud yoʻqolgan hujjatlarni tiklab boʻlmasligini tasdiqlovchi dalillar keltirilishi kerak. | Arizada muayyan faktni aniqlash arizachiga qanday maqsadlar uchun zarur ekanligi koʻrsatilishi, shuningdek arizachining tegishli hujjatlarni olish imkoniyatiga ega emasligini yoxud yoʻqolgan hujjatlarni tiklab boʻlmasligini tasdiqlovchi dalillar keltirilishi kerak. |
297-modda. Fakt aniqlanganligi toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori | 297-modda. Fakt aniqlanganligi toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori |
Sudning hal qiluv qarorida: sud tomonidan aniqlangan fakt, uning qanday maqsadda aniqlanganligi, shuningdek mazkur faktni aniqlash uchun sud qanday dalillarga asoslanganligi koʻrsatilishi kerak. | Sudning hal qiluv qarorida: sud tomonidan aniqlangan fakt, uning qanday maqsadda aniqlanganligi, shuningdek mazkur faktni aniqlash uchun sud qanday dalillarga asoslanganligi koʻrsatilishi kerak. |
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida qayd etilishi yoki boshqa organlarda rasmiylashtirilishi lozim boʻlgan faktlarning aniqlanganligi toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori ushbu organlar tomonidan beriladigan hujjatlarning oʻrniga oʻtmaganda, ana shunday qayd qilish yoki rasmiylashtirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. | Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida qayd etilishi yoki boshqa organlarda rasmiylashtirilishi lozim boʻlgan faktlarning aniqlanganligi toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori ushbu organlar tomonidan beriladigan hujjatlarning oʻrniga oʻtmaganda, ana shunday qayd qilish yoki rasmiylashtirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. |
29-bob. Farzandlikka olish | 29-bob. Farzandlikka olish |
298-modda. Ariza berish | 298-modda. Ariza berish |
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ariza bolani farzandlikka olishni istagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga beriladi. | Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ariza bolani farzandlikka olishni istagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga beriladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olishni istovchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizani farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar yoki Toshkent shahar sudlariga beradi. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olishni istovchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizani farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar yoki Toshkent shahar sudlariga beradi. |
299-modda. Arizaning mazmuni | 299-modda. Arizaning mazmuni |
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: | Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: |
farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning (uning) yashash joyi; | farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning (uning) yashash joyi; |
farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi va tugʻilgan sanasi, uning yashash (turgan) joyi, farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasi toʻgʻrisidagi, aka-uka va opa-singillari borligi yoki yoʻqligi haqidagi maʼlumotlar; | farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi va tugʻilgan sanasi, uning yashash (turgan) joyi, farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasi toʻgʻrisidagi, aka-uka va opa-singillari borligi yoki yoʻqligi haqidagi maʼlumotlar; |
farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) farzandlikka olish toʻgʻrisidagi iltimosini asoslovchi holatlar va mazkur holatlarni tasdiqlovchi dalillar; | farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) farzandlikka olish toʻgʻrisidagi iltimosini asoslovchi holatlar va mazkur holatlarni tasdiqlovchi dalillar; |
farzandlikka oluvchilar (oluvchi) bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuviga tegishli oʻzgartirishlar kiritishni istagan taqdirda — farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasini, ismini, otasining ismini, tugʻilgan sanasini (koʻpi bilan bir yilga), farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilgan joyini (agar bola oʻn yoshdan oshmagan boʻlsa) oʻzgartirish haqidagi, bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuviga farzandlikka oluvchilarni (oluvchini) ota-ona (ota yoki ona) sifatida qayd etish haqidagi iltimos. | farzandlikka oluvchilar (oluvchi) bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuviga tegishli oʻzgartirishlar kiritishni istagan taqdirda — farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasini, ismini, otasining ismini, tugʻilgan sanasini (koʻpi bilan bir yilga), farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilgan joyini (agar bola oʻn yoshdan oshmagan boʻlsa) oʻzgartirish haqidagi, bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuviga farzandlikka oluvchilarni (oluvchini) ota-ona (ota yoki ona) sifatida qayd etish haqidagi iltimos. |
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ariza farzandlikka oluvchilar (oluvchi) tomonidan imzolanadi. | Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ariza farzandlikka oluvchilar (oluvchi) tomonidan imzolanadi. |
300-modda. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar | 300-modda. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar |
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilingan boʻlishi kerak: | Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilingan boʻlishi kerak: |
nikohda turgan shaxslar (shaxs) tomonidan farzandlikka olinganda — farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasining koʻchirma nusxasi; | nikohda turgan shaxslar (shaxs) tomonidan farzandlikka olinganda — farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasining koʻchirma nusxasi; |
er-xotindan biri tomonidan farzandlikka olinganda — boshqasining roziligi. Agar er-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan boʻlsa va erning (xotinning) yashash (turgan) joyi nomaʼlum boʻlsa, shuningdek bu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi; | er-xotindan biri tomonidan farzandlikka olinganda — boshqasining roziligi. Agar er-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan boʻlsa va erning (xotinning) yashash (turgan) joyi nomaʼlum boʻlsa, shuningdek bu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi; |
nikohda turmagan shaxs tomonidan farzandlikka olinganda — farzandlikka oluvchi pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining koʻchirma nusxasi va nikohda turmasligi haqidagi maʼlumotnoma; | nikohda turmagan shaxs tomonidan farzandlikka olinganda — farzandlikka oluvchi pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining koʻchirma nusxasi va nikohda turmasligi haqidagi maʼlumotnoma; |
farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa (psixiatriya, sil kasalligiga qarshi kurash va narkologiya muassasalaridan, shuningdek OITSga qarshi kurash markazidan maʼlumotnomalar); | farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa (psixiatriya, sil kasalligiga qarshi kurash va narkologiya muassasalaridan, shuningdek OITSga qarshi kurash markazidan maʼlumotnomalar); |
fuqaro farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi hujjat, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi 154-moddasining ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar mustasno; | fuqaro farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi hujjat, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi 154-moddasining ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar mustasno; |
farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki boshqa daromad manbalari haqidagi maʼlumotnoma; | farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki boshqa daromad manbalari haqidagi maʼlumotnoma; |
turar joyga boʻlgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat. | turar joyga boʻlgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat. |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining boshqa davlat fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizasiga ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi: | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining boshqa davlat fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizasiga ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi: |
farzandlikka olinayotgan bolaning Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashi uchun Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining roziligi; | farzandlikka olinayotgan bolaning Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashi uchun Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining roziligi; |
farzandlikka olinayotgan bola qonuniy vakilining va bola qaysi davlat fuqarosi boʻlsa, oʻsha davlat vakolatli organining roziligi; | farzandlikka olinayotgan bola qonuniy vakilining va bola qaysi davlat fuqarosi boʻlsa, oʻsha davlat vakolatli organining roziligi; |
farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirma; | farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirma; |
farzandlikka olinayotgan bolaning sogʻligʻi holati, jismoniy va aqliy rivojlanishi haqidagi tibbiy xulosa; | farzandlikka olinayotgan bolaning sogʻligʻi holati, jismoniy va aqliy rivojlanishi haqidagi tibbiy xulosa; |
oʻn yoshga toʻlgan farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olinishiga, shuningdek familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgartirilishi mumkinligiga va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) uning ota-onasi (otasi yoki onasi) sifatida qayd etilishiga roziligi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 156-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno. | oʻn yoshga toʻlgan farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olinishiga, shuningdek familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgartirilishi mumkinligiga va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) uning ota-onasi (otasi yoki onasi) sifatida qayd etilishiga roziligi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 156-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno. |
Ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi yoxud ularga belgilangan tartibda apostil qoʻyilgan boʻlishi kerak. Bunda taqdim etiladigan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak. Agar ushbu modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjat Oʻzbekiston Respublikasi hududida berilgan boʻlsa, legalizatsiya qilinishi yoki apostil qoʻyilishi hamda tarjima qilingan boʻlishi toʻgʻrisidagi talablar ushbu hujjatga nisbatan tatbiq etilmaydi. | Ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi yoxud ularga belgilangan tartibda apostil qoʻyilgan boʻlishi kerak. Bunda taqdim etiladigan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak. Agar ushbu modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjat Oʻzbekiston Respublikasi hududida berilgan boʻlsa, legalizatsiya qilinishi yoki apostil qoʻyilishi hamda tarjima qilingan boʻlishi toʻgʻrisidagi talablar ushbu hujjatga nisbatan tatbiq etilmaydi. |
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizasiga ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar, shuningdek farzandlikka oluvchilar qaysi davlat fuqarosi boʻlsa, oʻsha davlat (bola Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan farzandlikka olinayotganda — ushbu shaxslar qaysi davlatda doimiy yashash joyiga ega boʻlsa, oʻsha davlat) vakolatli organining ularning yashash sharoitlari haqidagi va farzandlikka oluvchi boʻla olish imkoniyatlari toʻgʻrisidagi xulosasi, tegishli davlat vakolatli organining farzandlikka olinayotgan bolaning ushbu davlatga kirishi va mazkur davlat hududida doimiy yashashi uchun ruxsatnomasi, farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi vakillariga farzandlikka olingan bola haqida axborot berish va bola bilan muloqot qilish imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi notarial tasdiqlangan majburiyati ilova qilinadi. | Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizasiga ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar, shuningdek farzandlikka oluvchilar qaysi davlat fuqarosi boʻlsa, oʻsha davlat (bola Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan farzandlikka olinayotganda — ushbu shaxslar qaysi davlatda doimiy yashash joyiga ega boʻlsa, oʻsha davlat) vakolatli organining ularning yashash sharoitlari haqidagi va farzandlikka oluvchi boʻla olish imkoniyatlari toʻgʻrisidagi xulosasi, tegishli davlat vakolatli organining farzandlikka olinayotgan bolaning ushbu davlatga kirishi va mazkur davlat hududida doimiy yashashi uchun ruxsatnomasi, farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi vakillariga farzandlikka olingan bola haqida axborot berish va bola bilan muloqot qilish imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi notarial tasdiqlangan majburiyati ilova qilinadi. |
Chet el fuqarolari boʻlgan yoki fuqaroligi boʻlmagan farzandlikka oluvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi yoxud ularga belgilangan tartibda apostil qoʻyilgan boʻlishi kerak. Bunda taqdim etiladigan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak. | Chet el fuqarolari boʻlgan yoki fuqaroligi boʻlmagan farzandlikka oluvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi yoxud ularga belgilangan tartibda apostil qoʻyilgan boʻlishi kerak. Bunda taqdim etiladigan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak. |
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlar sudga ikki nusxada taqdim etiladi. | Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlar sudga ikki nusxada taqdim etiladi. |
301-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash | 301-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash |
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlashda ajrim chiqaradi, unga koʻra farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi vasiylik va homiylik organlari zimmasiga farzandlikka olishning asosli ekanligi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida sudga xulosa taqdim etish majburiyati yuklanadi. | Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlashda ajrim chiqaradi, unga koʻra farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi vasiylik va homiylik organlari zimmasiga farzandlikka olishning asosli ekanligi va farzandlikka olinayotgan bolaning eng ustun manfaatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida sudga xulosa taqdim etish majburiyati yuklanadi. |
Vasiylik va homiylik organining farzandlikka olishning asosli ekanligi toʻgʻrisidagi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi haqidagi xulosasiga quyidagilar ilova qilingan boʻlishi kerak: | Vasiylik va homiylik organining farzandlikka olishning asosli ekanligi toʻgʻrisidagi va farzandlikka olinayotgan bolaning eng ustun manfaatlariga muvofiqligi haqidagi xulosasiga quyidagilar ilova qilingan boʻlishi kerak: |
farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyi yoki farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash joyi boʻyicha vasiylik va homiylik organi tomonidan tuzilgan farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi. Farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash sharoitlarini tekshirish dalolatnomasida boshqa maʼlumotlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 152-moddasida nazarda tutilgan farzandlikka olish uchun toʻsiqlar borligi yoki yoʻqligi koʻrsatilishi shart; | farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyi yoki farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash joyi boʻyicha vasiylik va homiylik organi tomonidan tuzilgan farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi. Farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash sharoitlarini tekshirish dalolatnomasida boshqa maʼlumotlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 152-moddasida nazarda tutilgan farzandlikka olish uchun toʻsiqlar borligi yoki yoʻqligi koʻrsatilishi shart; |
farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirma; | farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirma; |
farzandlikka olinayotgan bolaning sogʻligʻi holati, jismoniy va aqliy rivojlanishi haqidagi tibbiy xulosa; | farzandlikka olinayotgan bolaning sogʻligʻi holati, jismoniy va aqliy rivojlanishi haqidagi tibbiy xulosa; |
oʻn yoshga toʻlgan farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olishga, shuningdek familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgartirilishi mumkinligiga va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) uning ota-onasi (otasi yoki onasi) sifatida qayd etilishiga roziligi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 156-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno; | oʻn yoshga toʻlgan farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olishga, shuningdek familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgartirilishi mumkinligiga va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) uning ota-onasi (otasi yoki onasi) sifatida qayd etilishiga roziligi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 156-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno; |
bola ota-onasining (otasining yoki onasining) uning farzandlikka olinishiga roziligi, oʻn olti yoshga toʻlmagan ota-onaning bolasi farzandlikka olinayotganda esa ota-ona qonuniy vakillarining ham roziligi, qonuniy vakillar mavjud boʻlmagan taqdirda esa vasiylik va homiylik organining roziligi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 160-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno; | bola ota-onasining (otasining yoki onasining) uning farzandlikka olinishiga roziligi, oʻn olti yoshga toʻlmagan ota-onaning bolasi farzandlikka olinayotganda esa ota-ona qonuniy vakillarining ham roziligi, qonuniy vakillar mavjud boʻlmagan taqdirda esa vasiylik va homiylik organining roziligi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 160-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno; |
bolaning qarindoshlari boʻlmagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan farzandlikka olinganda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni va farzandlikka olishga nomzodlarni hisobga olish boʻyicha maʼlumotlar bazasida farzandlikka olinayotgan bola toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek bolani Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oilasiga tarbiyaga olish yoki bolaning qarindoshlari tomonidan, ushbu qarindoshlarning fuqaroligi va yashash joyidan qatʼi nazar, farzandlikka olinishi imkoniyati mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjatlar. | bolaning qarindoshlari boʻlmagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan farzandlikka olinganda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni va farzandlikka olishga nomzodlarni hisobga olish boʻyicha maʼlumotlar bazasida farzandlikka olinayotgan bola toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek bolani Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oilasiga tarbiyaga olish yoki bolaning qarindoshlari tomonidan, ushbu qarindoshlarning fuqaroligi va yashash joyidan qatʼi nazar, farzandlikka olinishi imkoniyati mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjatlar. |
Boshqa davlat fuqarosi boʻlgan bolani yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlgan bolani Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olishda vasiylik va homiylik organining farzandlikka olish asosli ekanligi toʻgʻrisidagi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi haqidagi xulosasiga ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjat ilova qilinishi kerak. | Boshqa davlat fuqarosi boʻlgan bolani yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlgan bolani Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olishda vasiylik va homiylik organining farzandlikka olish asosli ekanligi toʻgʻrisidagi va farzandlikka olinayotgan bolaning eng ustun manfaatlariga muvofiqligi haqidagi xulosasiga ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjat ilova qilinishi kerak. |
Zarur boʻlgan hollarda, sud boshqa hujjatlarni (maʼlumotlarni) ham talab qilib olishi mumkin. | Zarur boʻlgan hollarda, sud boshqa hujjatlarni (maʼlumotlarni) ham talab qilib olishi mumkin. |
302-modda. Ishni koʻrib chiqish | 302-modda. Ishni koʻrib chiqish |
Sud farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlarni farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlarining vakillari, shuningdek prokuror albatta ishtirok etgan holda koʻrib chiqadi. | Sud farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlarni farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlarining vakillari, shuningdek prokuror albatta ishtirok etgan holda koʻrib chiqadi. |
Zarur hollarda, sud farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasini (otasini yoki onasini), uning qarindoshlarini va boshqa manfaatdor shaxslarni, shuningdek oʻn yoshga toʻlgan bolaning oʻzini ishda ishtirok etishga jalb qilishi mumkin. | Zarur hollarda, sud farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasini (otasini yoki onasini), uning qarindoshlarini va boshqa manfaatdor shaxslarni, shuningdek oʻn yoshga toʻlgan bolaning oʻzini ishda ishtirok etishga jalb qilishi mumkin. |
Sud farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlarni sudning yopiq majlisida koʻrib chiqadi. | Sud farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlarni sudning yopiq majlisida koʻrib chiqadi. |
303-modda. Sudning hal qiluv qarori | 303-modda. Sudning hal qiluv qarori |
Sud farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishni mazmunan koʻrib chiqib, farzandlikka olish haqidagi arizani qanoatlantirish toʻgʻrisida yoxud uni qanoatlantirishni butunlay yoki qisman rad etish haqida hal qiluv qarori chiqaradi. | Sud farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishni mazmunan koʻrib chiqib, farzandlikka olish haqidagi arizani qanoatlantirish toʻgʻrisida yoxud uni qanoatlantirishni butunlay yoki qisman rad etish haqida hal qiluv qarori chiqaradi. |
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, sudning hal qiluv qarorida farzandlikka olingan bolaning tugʻilganligini qayd etish daftariga oʻzgartirishlar kiritish uchun zarur boʻlgan farzandlikka olingan va farzandlikka oluvchilar (oluvchi) haqidagi barcha maʼlumotlar koʻrsatiladi. | Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, sudning hal qiluv qarorida farzandlikka olingan bolaning tugʻilganligini qayd etish daftariga oʻzgartirishlar kiritish uchun zarur boʻlgan farzandlikka olingan va farzandlikka oluvchilar (oluvchi) haqidagi barcha maʼlumotlar koʻrsatiladi. |
Bola bitta shaxs tomonidan farzandlikka olinayotganda uning manfaatlarini koʻzlab, agar farzandlikka oluvchi erkak boʻlsa, onasining xohishiga koʻra yoki agar farzandlikka oluvchi ayol boʻlsa, otasining xohishiga koʻra, shuningdek agar farzandlikka olinayotgan bolaning otasi yoki onasi vafot etgan boʻlsa, vafot etgan ota yoki ona ota-onasining (buvaning yoki buvining) iltimosiga koʻra sudning farzandlikka olish toʻgʻrisidagi qarorida farzandlikka olingan bolaning otasi yoki onasi bilan yoxud vafot etgan otasining yoki onasining qarindoshlari bilan huquqiy munosabatlari saqlanib qolishi koʻrsatib oʻtiladi. | Bola bitta shaxs tomonidan farzandlikka olinayotganda uning eng ustun manfaatlarini koʻzlab, agar farzandlikka oluvchi erkak boʻlsa, onasining xohishiga koʻra yoki agar farzandlikka oluvchi ayol boʻlsa, otasining xohishiga koʻra, shuningdek agar farzandlikka olinayotgan bolaning otasi yoki onasi vafot etgan boʻlsa, vafot etgan ota yoki ona ota-onasining (buvaning yoki buvining) iltimosiga koʻra sudning farzandlikka olish toʻgʻrisidagi qarorida farzandlikka olingan bolaning otasi yoki onasi bilan yoxud vafot etgan otasining yoki onasining qarindoshlari bilan huquqiy munosabatlari saqlanib qolishi koʻrsatib oʻtiladi. |
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, farzandlikka oluvchilar (oluvchi) va farzandlikka olinayotgan bolaning oʻzaro huquq va majburiyatlari farzandlikka olingan bolaning tugʻilganligini qayd etish daftariga zarur oʻzgartishlar kiritilgan kundan eʼtiboran belgilanadi. | Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, farzandlikka oluvchilar (oluvchi) va farzandlikka olinayotgan bolaning oʻzaro huquq va majburiyatlari farzandlikka olingan bolaning tugʻilganligini qayd etish daftariga zarur oʻzgartishlar kiritilgan kundan eʼtiboran belgilanadi. |
Sud farzandlikka olish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch kun ichida ushbu hal qiluv qaroridan koʻchirma nusxasini farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganligi roʻyxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuborishi shart. | Sud farzandlikka olish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch kun ichida ushbu hal qiluv qaroridan koʻchirma nusxasini farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganligi roʻyxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuborishi shart. |
304-modda. Farzandlikka olishning bekor qilinishi | 304-modda. Farzandlikka olishning bekor qilinishi |
Farzandlikka olishni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va hal etish daʼvo ishlarini yuritish tartibida hamda oila toʻgʻrisidagi qonunchilikda koʻrsatilgan asoslar boʻyicha amalga oshiriladi. | Farzandlikka olishni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va hal etish daʼvo ishlarini yuritish tartibida hamda oila toʻgʻrisidagi qonunchilikda koʻrsatilgan asoslar boʻyicha amalga oshiriladi. |
30-bob. Fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish va fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish | 30-bob. Fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish va fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish |
305-modda. Ariza berish va uning mazmuni | 305-modda. Ariza berish va uning mazmuni |
Fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish yoki vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ariza manfaatdor shaxs tomondan bedarak yoʻqolgan fuqaroning oxirgi maʼlum boʻlgan yashash joyidagi sudga beriladi. | Fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish yoki vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ariza manfaatdor shaxs tomondan bedarak yoʻqolgan fuqaroning oxirgi maʼlum boʻlgan yashash joyidagi sudga beriladi. |
Sud fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish yoki vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishga qonunchilikda belgilangan muddatlar oʻtganidan soʻng kirishadi. | Sud fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish yoki vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishga qonunchilikda belgilangan muddatlar oʻtganidan soʻng kirishadi. |
Arizada fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish yoki uni vafot etgan deb eʼlon qilish arizachiga qanday maqsadlar uchun zarur ekanligi koʻrsatilishi, shuningdek fuqaroning bedarak yoʻqolganligini tasdiqlaydigan yoxud bedarak yoʻqolgan shaxsga oʻlim xavfini solgan yoki u muayyan baxtsiz voqea tufayli halok boʻlgan deb taxmin qilishga asos boʻladigan holatlar bayon qilinishi kerak. | Arizada fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish yoki uni vafot etgan deb eʼlon qilish arizachiga qanday maqsadlar uchun zarur ekanligi koʻrsatilishi, shuningdek fuqaroning bedarak yoʻqolganligini tasdiqlaydigan yoxud bedarak yoʻqolgan shaxsga oʻlim xavfini solgan yoki u muayyan baxtsiz voqea tufayli halok boʻlgan deb taxmin qilishga asos boʻladigan holatlar bayon qilinishi kerak. |
306-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash | 306-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash |
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlashda bedarak yoʻqolgan shaxs toʻgʻrisida kimlar (qarindosh-urugʻlari, birga ishlovchilar va boshqalar) maʼlumot bera olishi mumkinligini aniqlaydi, shuningdek bedarak yoʻqolganning maʼlum boʻlgan soʻnggi yashash joyi va ish joyidagi tegishli tashkilotlardan (ichki ishlar organlaridan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan) bedarak yoʻqolgan shaxs toʻgʻrisida bor maʼlumotlarni soʻrab oladi. | Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlashda bedarak yoʻqolgan shaxs toʻgʻrisida kimlar (qarindosh-urugʻlari, birga ishlovchilar va boshqalar) maʼlumot bera olishi mumkinligini aniqlaydi, shuningdek bedarak yoʻqolganning maʼlum boʻlgan soʻnggi yashash joyi va ish joyidagi tegishli tashkilotlardan (ichki ishlar organlaridan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan) bedarak yoʻqolgan shaxs toʻgʻrisida bor maʼlumotlarni soʻrab oladi. |
Sudya arizani qabul qilib olgach, ayni vaqtda vasiylik va homiylik organiga bedarak yoʻqolganning mol-mulkini saqlash, shuningdek uni boshqarish uchun shaxsni tayinlashni taklif qilishi mumkin. | Sudya arizani qabul qilib olgach, ayni vaqtda vasiylik va homiylik organiga bedarak yoʻqolganning mol-mulkini saqlash, shuningdek uni boshqarish uchun shaxsni tayinlashni taklif qilishi mumkin. |
307-modda. Ish muhokamasida prokurorning ishtiroki | 307-modda. Ish muhokamasida prokurorning ishtiroki |
Fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish toʻgʻrisidagi yoki fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi ishlar albatta prokurorning ishtirokida koʻriladi. | Fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish toʻgʻrisidagi yoki fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi ishlar albatta prokurorning ishtirokida koʻriladi. |
308-modda. Sudning hal qiluv qarori | 308-modda. Sudning hal qiluv qarori |
Sudning fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori bedarak yoʻqolgan shaxsning mol-mulki turgan joydagi vasiylik va homiylik organining bu mulkka nisbatan boshqaruvchi tayinlashi uchun asos boʻladi. | Sudning fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori bedarak yoʻqolgan shaxsning mol-mulki turgan joydagi vasiylik va homiylik organining bu mulkka nisbatan boshqaruvchi tayinlashi uchun asos boʻladi. |
Sudning fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organining fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftariga mazkur fuqaroni vafot etgan deb yozib qoʻyish uchun asos boʻladi. | Sudning fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organining fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftariga mazkur fuqaroni vafot etgan deb yozib qoʻyish uchun asos boʻladi. |
309-modda. Bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan fuqaro qaytib kelishi yoki uning turgan joyi aniqlanishi oqibatlari | 309-modda. Bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan fuqaro qaytib kelishi yoki uning turgan joyi aniqlanishi oqibatlari |
Bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan fuqaro qaytib kelgan yoki uning turgan joyi aniqlangan taqdirda, sud oʻzining ilgarigi hal qiluv qarorini yangi hal qiluv qarori bilan bekor qiladi. Yangi hal qiluv qarori tegishincha mol-mulkka nisbatan boshqaruvni yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftaridagi fuqaroning vafotiga doir yozuvni bekor qilish uchun asos boʻladi. | Bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan fuqaro qaytib kelgan yoki uning turgan joyi aniqlangan taqdirda, sud oʻzining ilgarigi hal qiluv qarorini yangi hal qiluv qarori bilan bekor qiladi. Yangi hal qiluv qarori tegishincha mol-mulkka nisbatan boshqaruvni yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftaridagi fuqaroning vafotiga doir yozuvni bekor qilish uchun asos boʻladi. |
31-bob. Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish | 31-bob. Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish |
310-modda. Ariza berish | 310-modda. Ariza berish |
Spirtli ichimliklar, giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalarni suiisteʼmol qilishi natijasida fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi yoki fuqaroni ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi ish uning oila aʼzolari, vasiylik va homiylik organlari, prokuror, davolash muassasalari va boshqa davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari bergan arizalar boʻyicha qoʻzgʻatilishi mumkin. | Spirtli ichimliklar, giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalarni suiisteʼmol qilishi natijasida fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi yoki fuqaroni ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi ish uning oila aʼzolari, vasiylik va homiylik organlari, prokuror, davolash muassasalari va boshqa davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari bergan arizalar boʻyicha qoʻzgʻatilishi mumkin. |
Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza mazkur fuqaro yashab turgan joydagi, agar bu shaxs davolash muassasasiga joylashtirilgan boʻlsa, mazkur muassasa joylashgan hududdagi sudga beriladi. | Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza mazkur fuqaro yashab turgan joydagi, agar bu shaxs davolash muassasasiga joylashtirilgan boʻlsa, mazkur muassasa joylashgan hududdagi sudga beriladi. |
311-modda. Arizaning mazmuni | 311-modda. Arizaning mazmuni |
Fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi arizada spirtli ichimliklar, giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalarni suiisteʼmol qiluvchi shaxs oʻz oilasini moddiy jihatdan ogʻir ahvolga solib qoʻyayotganligidan dalolat beruvchi holatlar bayon etilishi kerak. | Fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi arizada spirtli ichimliklar, giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalarni suiisteʼmol qiluvchi shaxs oʻz oilasini moddiy jihatdan ogʻir ahvolga solib qoʻyayotganligidan dalolat beruvchi holatlar bayon etilishi kerak. |
Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi arizada shaxsning ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi), shuning oqibatida u oʻz xatti-harakatlarini anglay olmasligidan yoki boshqara olmasligidan dalolat beruvchi holatlar bayon qilinishi kerak. | Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi arizada shaxsning ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi), shuning oqibatida u oʻz xatti-harakatlarini anglay olmasligidan yoki boshqara olmasligidan dalolat beruvchi holatlar bayon qilinishi kerak. |
312-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash | 312-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash |
Sudya arizani olgach, ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida fuqaroning ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) toʻgʻrisida yetarli maʼlumotlar mavjud boʻlsa, uning ruhiy ahvolini aniqlash uchun sud-psixiatriya ekspertizasini tayinlaydi. | Sudya arizani olgach, ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida fuqaroning ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) toʻgʻrisida yetarli maʼlumotlar mavjud boʻlsa, uning ruhiy ahvolini aniqlash uchun sud-psixiatriya ekspertizasini tayinlaydi. |
Fuqaro sud-psixiatriya ekspertizasini oʻtishdan bosh tortganda sud uni majburiy tarzda ekspertizaga yuborish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin. | Fuqaro sud-psixiatriya ekspertizasini oʻtishdan bosh tortganda sud uni majburiy tarzda ekspertizaga yuborish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin. |
313-modda. Ishni koʻrib chiqish | 313-modda. Ishni koʻrib chiqish |
Sud fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi ishni albatta mazkur fuqaroning, prokuror hamda vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida koʻradi. Agar fuqaro sud majlisiga kelmasa, ushbu Kodeks 186-moddasining qoidalari qoʻllanadi. | Sud fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi ishni albatta mazkur fuqaroning, prokuror hamda vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida koʻradi. Agar fuqaro sud majlisiga kelmasa, ushbu Kodeks 186-moddasining qoidalari qoʻllanadi. |
Sud fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ishni prokuror hamda vasiylik va homiylik organining vakili ishtirokida koʻrib chiqadi. Ishi koʻrib chiqilayotgan fuqaro, agar uning sogʻligʻi holati imkon bersa, sud majlisiga chaqiriladi. | Sud fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ishni prokuror hamda vasiylik va homiylik organining vakili ishtirokida koʻrib chiqadi. Ishi koʻrib chiqilayotgan fuqaro, agar uning sogʻligʻi holati imkon bersa, sud majlisiga chaqiriladi. |
314-modda. Sudning hal qiluv qarori | 314-modda. Sudning hal qiluv qarori |
Sudning fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori vasiylik va homiylik organining muomala layoqati cheklangan shaxsga homiy tayinlashi, muomalaga layoqatsiz shaxsga esa, vasiy tayinlashi uchun asos boʻladi. | Sudning fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori vasiylik va homiylik organining muomala layoqati cheklangan shaxsga homiy tayinlashi, muomalaga layoqatsiz shaxsga esa, vasiy tayinlashi uchun asos boʻladi. |
Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topganda sud hal qiluv qarori kuchga kirganidan soʻng uch kun ichida bu haqda mazkur shaxs yashab turgan joydagi homiylik va vasiylik organiga xabar qiladi va uning ustidan homiy yoki vasiy tayinlash uchun hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasini yuboradi. | Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topganda sud hal qiluv qarori kuchga kirganidan soʻng uch kun ichida bu haqda mazkur shaxs yashab turgan joydagi homiylik va vasiylik organiga xabar qiladi va uning ustidan homiy yoki vasiy tayinlash uchun hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasini yuboradi. |
315-modda. Fuqaroni muomalaga layoqatli deb topish | 315-modda. Fuqaroni muomalaga layoqatli deb topish |
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, sud fuqaroning oʻzi, uning homiysi, shuningdek ushbu Kodeksning 310-moddasida sanab oʻtilgan tashkilotlar va shaxslar bergan arizaga binoan fuqaroning muomala layoqatini cheklashni va unga nisbatan belgilangan homiylikni bekor qilish toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqaradi. | Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, sud fuqaroning oʻzi, uning homiysi, shuningdek ushbu Kodeksning 310-moddasida sanab oʻtilgan tashkilotlar va shaxslar bergan arizaga binoan fuqaroning muomala layoqatini cheklashni va unga nisbatan belgilangan homiylikni bekor qilish toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqaradi. |
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, sud vasiy, shuningdek ushbu Kodeksning 310-moddasida sanab oʻtilgan tashkilotlar va shaxslar bergan arizaga binoan, sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasiga asoslanib, sogʻaygan fuqaroni muomalaga layoqatli deb topish haqida hal qiluv qarori qabul qiladi. | Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, sud vasiy, shuningdek ushbu Kodeksning 310-moddasida sanab oʻtilgan tashkilotlar va shaxslar bergan arizaga binoan, sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasiga asoslanib, sogʻaygan fuqaroni muomalaga layoqatli deb topish haqida hal qiluv qarori qabul qiladi. |
316-modda. Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud xarajatlari | 316-modda. Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud xarajatlari |
Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish bilan bogʻliq sud xarajatlari arizachidan undirilmaydi. | Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish bilan bogʻliq sud xarajatlari arizachidan undirilmaydi. |
Agar sud ariza fuqaroning oila aʼzolari tomonidan insofsizlik qilib, asossiz ravishda fuqaroning muomala layoqatini cheklash yoki uni muomala layoqatidan mahrum etish maqsadida ataylab berilgan deb topsa, sud xarajatlarini oila aʼzolaridan undiradi. | Agar sud ariza fuqaroning oila aʼzolari tomonidan insofsizlik qilib, asossiz ravishda fuqaroning muomala layoqatini cheklash yoki uni muomala layoqatidan mahrum etish maqsadida ataylab berilgan deb topsa, sud xarajatlarini oila aʼzolaridan undiradi. |
32-bob. Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish | 32-bob. Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish |
317-modda. Ariza berish | 317-modda. Ariza berish |
Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ariza sudga shaxs yotgan psixiatriya muassasasi tomonidan beriladi. | Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ariza sudga shaxs yotgan psixiatriya muassasasi tomonidan beriladi. |
Gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar koʻrsatilgan arizaga shifokor psixiatrlardan iborat komissiyaning shaxsning psixiatriya statsionarida bundan keyin boʻlishi zarurligi toʻgʻrisidagi asoslantirilgan xulosasi ilova qilinadi. | Gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar koʻrsatilgan arizaga shifokor psixiatrlardan iborat komissiyaning shaxsning psixiatriya statsionarida bundan keyin boʻlishi zarurligi toʻgʻrisidagi asoslantirilgan xulosasi ilova qilinadi. |
Ariza psixiatriya muassasasi joylashgan yerdagi sud tomonidan koʻrib chiqiladi. | Ariza psixiatriya muassasasi joylashgan yerdagi sud tomonidan koʻrib chiqiladi. |
Sud arizani qabul qilish bilan bir paytda arizani sudda koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan muddatda shaxsning psixiatriya statsionarida boʻlib turishi masalasini hal etadi. | Sud arizani qabul qilish bilan bir paytda arizani sudda koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan muddatda shaxsning psixiatriya statsionarida boʻlib turishi masalasini hal etadi. |
318-modda. Ishni koʻrib chiqish | 318-modda. Ishni koʻrib chiqish |
Shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ish sud tomonidan statsionarga yotqizilayotgan shaxsning qonuniy vakili va statsionarga yotqizishning asosliligi toʻgʻrisida xulosa bergan komissiya tarkibidagi shifokor psixiatr, prokuror, shuningdek shaxs yotgan psixiatriya muassasasi vakili ishtirokida oʻn kunlik muddat ichida koʻrib chiqiladi. | Shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ish sud tomonidan statsionarga yotqizilayotgan shaxsning qonuniy vakili va statsionarga yotqizishning asosliligi toʻgʻrisida xulosa bergan komissiya tarkibidagi shifokor psixiatr, prokuror, shuningdek shaxs yotgan psixiatriya muassasasi vakili ishtirokida oʻn kunlik muddat ichida koʻrib chiqiladi. |
Sud majlisiga psixiatriya muassasasi vakilining uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganligi arizani koʻrib chiqishga monelik qilmaydi, biroq sud uning kelishini shart deb topishi mumkin. | Sud majlisiga psixiatriya muassasasi vakilining uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganligi arizani koʻrib chiqishga monelik qilmaydi, biroq sud uning kelishini shart deb topishi mumkin. |
319-modda. Sudning hal qiluv qarori | 319-modda. Sudning hal qiluv qarori |
Sudning arizani qanoatlantirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori tegishincha shaxsni psixiatriya statsionariga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish uchun asos boʻladi. | Sudning arizani qanoatlantirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori tegishincha shaxsni psixiatriya statsionariga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish uchun asos boʻladi. |
33-bob. Shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish | 33-bob. Shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish |
320-modda. Ariza berish | 320-modda. Ariza berish |
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ariza sudga mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan yoki uning yashash (turgan) joyidagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi tomonidan beriladi. | Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ariza sudga mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan yoki uning yashash (turgan) joyidagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi tomonidan beriladi. |
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ariza mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi joylashgan yerdagi yoki uning yashash (turgan) joyidagi sudda koʻrib chiqiladi. | Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ariza mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi joylashgan yerdagi yoki uning yashash (turgan) joyidagi sudda koʻrib chiqiladi. |
321-modda. Arizaning mazmuni va uni berish muddati | 321-modda. Arizaning mazmuni va uni berish muddati |
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan boʻyin tovlayotgan mazkur shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish zarurligi haqidagi xulosasi qabul qilingan kundan eʼtiboran bir sutka ichida beriladi. Xulosada davolash oʻtkaziladigan muddat koʻrsatiladi. | Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan boʻyin tovlayotgan mazkur shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish zarurligi haqidagi xulosasi qabul qilingan kundan eʼtiboran bir sutka ichida beriladi. Xulosada davolash oʻtkaziladigan muddat koʻrsatiladi. |
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining shaxsning davolanishda boʻlgan muassasada yotishi muddatini uzaytirish zarurligi haqidagi xulosasi asosida beriladi. Xulosada davolash oʻtkaziladigan muddat koʻrsatiladi. | Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining shaxsning davolanishda boʻlgan muassasada yotishi muddatini uzaytirish zarurligi haqidagi xulosasi asosida beriladi. Xulosada davolash oʻtkaziladigan muddat koʻrsatiladi. |
322-modda. Ishni koʻrib chiqish | 322-modda. Ishni koʻrib chiqish |
Shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ish sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisida yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqida ariza berilgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatda sud tomonidan mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining vakili — tibbiy komissiyasi aʼzosi, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning vakili, shuningdek prokuror ishtirokida koʻrib chiqiladi. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, ishi sudda koʻrib chiqilayotgan shaxs, agar uning sogʻligʻi holati imkon bersa, sud majlisiga chaqirilishi mumkin. | Shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ish sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisida yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqida ariza berilgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatda sud tomonidan mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining vakili — tibbiy komissiyasi aʼzosi, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning vakili, shuningdek prokuror ishtirokida koʻrib chiqiladi. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, ishi sudda koʻrib chiqilayotgan shaxs, agar uning sogʻligʻi holati imkon bersa, sud majlisiga chaqirilishi mumkin. |
Sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi vakilining — tibbiy komissiyasi aʼzosining, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxs vakilining sud majlisiga uzrsiz sababga koʻra kelmaganligi ishni koʻrib chiqishga monelik qilmaydi, biroq sud bu shaxslarning kelishini shart deb topishi mumkin. | Sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi vakilining — tibbiy komissiyasi aʼzosining, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxs vakilining sud majlisiga uzrsiz sababga koʻra kelmaganligi ishni koʻrib chiqishga monelik qilmaydi, biroq sud bu shaxslarning kelishini shart deb topishi mumkin. |
323-modda. Sudning hal qiluv qarori | 323-modda. Sudning hal qiluv qarori |
Sudning arizani qanoatlantirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni tegishincha sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish uchun asos boʻladi. | Sudning arizani qanoatlantirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni tegishincha sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish uchun asos boʻladi. |
34-bob. Voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish (emansipatsiya) | 34-bob. Voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish (emansipatsiya) |
324-modda. Ariza berish | 324-modda. Ariza berish |
Oʻn olti yoshga toʻlgan voyaga yetmagan shaxs qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda oʻzi yashab turgan joydagi sudga oʻzini toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin. | Oʻn olti yoshga toʻlgan voyaga yetmagan shaxs qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda oʻzi yashab turgan joydagi sudga oʻzini toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin. |
Vasiylik va homiylik organlari voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilishni rad etganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlganda voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ariza sud tomonidan qabul qilinadi. | Vasiylik va homiylik organlari voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilishni rad etganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlganda voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ariza sud tomonidan qabul qilinadi. |
325-modda. Ishni koʻrib chiqish | 325-modda. Ishni koʻrib chiqish |
Voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ish sud tomonidan arizachi, uning ota-onasi (ulardan biri) yoki farzandlikka oluvchilar (oluvchi) yoki homiy, shuningdek vasiylik va homiylik organining vakili hamda prokuror ishtirokida koʻrib chiqiladi. | Voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ish sud tomonidan arizachi, uning ota-onasi (ulardan biri) yoki farzandlikka oluvchilar (oluvchi) yoki homiy, shuningdek vasiylik va homiylik organining vakili hamda prokuror ishtirokida koʻrib chiqiladi. |
326-modda. Sudning voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ariza yuzasidan hal qiluv qarori | 326-modda. Sudning voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ariza yuzasidan hal qiluv qarori |
Sud voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi arizani mazmunan koʻrib chiqib, uni qanoatlantirish yoki rad etish haqida hal qiluv qarori qabul qiladi. | Sud voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi arizani mazmunan koʻrib chiqib, uni qanoatlantirish yoki rad etish haqida hal qiluv qarori qabul qiladi. |
Ariza qanoatlantirilgan taqdirda, oʻn olti yoshga toʻlgan voyaga yetmagan shaxs sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran toʻliq muomalaga layoqatli (emansipatsiya qilingan) deb eʼlon qilinadi. | Ariza qanoatlantirilgan taqdirda, oʻn olti yoshga toʻlgan voyaga yetmagan shaxs sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran toʻliq muomalaga layoqatli (emansipatsiya qilingan) deb eʼlon qilinadi. |
35-bob. Mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish | 35-bob. Mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish |
327-modda. Ariza berish | 327-modda. Ariza berish |
Mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza davlat mol-mulkini boshqarish vakolatiga ega organ yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan mol-mulk (ashyo) turgan joydagi sudga beriladi. | Mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza davlat mol-mulkini boshqarish vakolatiga ega organ yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan mol-mulk (ashyo) turgan joydagi sudga beriladi. |
Arizada qaysi mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish kerakligi koʻrsatilgan boʻlishi, shuningdek mol-mulk (ashyo) egasini aniqlashning imkoni yoʻqligini yoxud mol-mulk (ashyo) mulkdor tomonidan unga nisbatan mulk huquqini saqlab qolish niyatisiz qoldirganligini tasdiqlovchi dalillar keltirilgan boʻlishi kerak. | Arizada qaysi mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish kerakligi koʻrsatilgan boʻlishi, shuningdek mol-mulk (ashyo) egasini aniqlashning imkoni yoʻqligini yoxud mol-mulk (ashyo) mulkdor tomonidan unga nisbatan mulk huquqini saqlab qolish niyatisiz qoldirganligini tasdiqlovchi dalillar keltirilgan boʻlishi kerak. |
328-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash | 328-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash |
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlashda mol-mulk (ashyo) kimga tegishli ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot berishi mumkin boʻlgan shaxslarni (mol-mulkning (ashyoning) mulkdorlari, unga amalda egalik qilib turganlar, qoʻshnilar va boshqalarni) aniqlaydi, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan mol-mulkka doir mavjud maʼlumotlarni soʻraydi. | Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlashda mol-mulk (ashyo) kimga tegishli ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot berishi mumkin boʻlgan shaxslarni (mol-mulkning (ashyoning) mulkdorlari, unga amalda egalik qilib turganlar, qoʻshnilar va boshqalarni) aniqlaydi, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan mol-mulkka doir mavjud maʼlumotlarni soʻraydi. |
329-modda. Ishni koʻrib chiqish | 329-modda. Ishni koʻrib chiqish |
Mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish toʻgʻrisidagi ish arizachining vakili, uchinchi shaxslar va prokuror ishtirokida sud tomonidan koʻrib chiqiladi. | Mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish toʻgʻrisidagi ish arizachining vakili, uchinchi shaxslar va prokuror ishtirokida sud tomonidan koʻrib chiqiladi. |
330-modda. Sudning hal qiluv qarori | 330-modda. Sudning hal qiluv qarori |
Sud mol-mulkni (ashyoni) mulkdori yoʻq yoki mulkdori nomaʼlum yoxud mol-mulk (ashyo) mulkdor tomonidan unga nisbatan mulk huquqini saqlab qolish niyatisiz qoldirilgan deb topsa, mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish va uni davlat mulkiga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mulkiga oʻtkazish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi. | Sud mol-mulkni (ashyoni) mulkdori yoʻq yoki mulkdori nomaʼlum yoxud mol-mulk (ashyo) mulkdor tomonidan unga nisbatan mulk huquqini saqlab qolish niyatisiz qoldirilgan deb topsa, mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish va uni davlat mulkiga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mulkiga oʻtkazish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi. |
36-bob. Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda ular boʻyicha huquqlarni tiklash (chaqirib ish yuritish) | 36-bob. Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda ular boʻyicha huquqlarni tiklash (chaqirib ish yuritish) |
331-modda. Ariza berish | 331-modda. Ariza berish |
Shaxs pul mablagʻlari qoʻyilganligi haqida yoki qimmatli narsalar yoxud davlat zayomi obligatsiyalari saqlash uchun topshirilganligi toʻgʻrisida bank tomonidan taqdim etuvchiga berilgan qiymatli hujjatni yoʻqotgan taqdirda, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda, suddan yoʻqolgan hujjatni haqiqiy emas deb topish va yoʻqolgan hujjat boʻyicha huquqlarini tiklash toʻgʻrisida iltimos qilishi mumkin. | Shaxs pul mablagʻlari qoʻyilganligi haqida yoki qimmatli narsalar yoxud davlat zayomi obligatsiyalari saqlash uchun topshirilganligi toʻgʻrisida bank tomonidan taqdim etuvchiga berilgan qiymatli hujjatni yoʻqotgan taqdirda, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda, suddan yoʻqolgan hujjatni haqiqiy emas deb topish va yoʻqolgan hujjat boʻyicha huquqlarini tiklash toʻgʻrisida iltimos qilishi mumkin. |
Ish taqdim etuvchiga deb hujjat bergan muassasa joylashgan hududdagi sud tomonidan koʻrib chiqiladi. | Ish taqdim etuvchiga deb hujjat bergan muassasa joylashgan hududdagi sud tomonidan koʻrib chiqiladi. |
Arizada hujjat qanday vaziyatda yoʻqolganligi, taqdim etuvchiga deb hujjat bergan muassasaning, hujjatning nomi koʻrsatilgan boʻlishi, hujjatning alohida belgilari va yoʻqolgan hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi iltimos bayon qilinishi kerak. | Arizada hujjat qanday vaziyatda yoʻqolganligi, taqdim etuvchiga deb hujjat bergan muassasaning, hujjatning nomi koʻrsatilgan boʻlishi, hujjatning alohida belgilari va yoʻqolgan hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi iltimos bayon qilinishi kerak. |
332-modda. Sudyaning arizani qabul qilganidan keyingi harakatlari | 332-modda. Sudyaning arizani qabul qilganidan keyingi harakatlari |
Sudya arizani qabul qilganidan keyin: | Sudya arizani qabul qilganidan keyin: |
ariza beruvchining hisobidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon chiqarish toʻgʻrisida; | ariza beruvchining hisobidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon chiqarish toʻgʻrisida; |
taqdim etuvchiga deb hujjat bergan muassasaning yoʻqolgan hujjat boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishini va pul berishini ish sudda koʻrilguniga qadar taqiqlash haqida ajrim chiqaradi. | taqdim etuvchiga deb hujjat bergan muassasaning yoʻqolgan hujjat boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishini va pul berishini ish sudda koʻrilguniga qadar taqiqlash haqida ajrim chiqaradi. |
Sud ajrimining koʻchirma nusxasi hujjatni bergan muassasaga yuboriladi. | Sud ajrimining koʻchirma nusxasi hujjatni bergan muassasaga yuboriladi. |
Ajrim chiqarish rad etilganligi ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin. | Ajrim chiqarish rad etilganligi ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin. |
333-modda. Eʼlonning mazmuni | 333-modda. Eʼlonning mazmuni |
Eʼlonda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: | Eʼlonda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: |
1) hujjat yoʻqolganligi toʻgʻrisida ariza tushgan sudning nomi; | 1) hujjat yoʻqolganligi toʻgʻrisida ariza tushgan sudning nomi; |
2) arizachining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi; | 2) arizachining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi; |
3) hujjatning nomi va farqlovchi belgilari; | 3) hujjatning nomi va farqlovchi belgilari; |
4) yoʻqolganligi toʻgʻrisida ariza berilgan hujjatni saqlovchiga ommaviy axborot vositalarida eʼlon chiqqan kundan eʼtiboran uch oy muddat ichida oʻzining mazkur hujjatga boʻlgan huquqlari haqida sudga arz qilishi toʻgʻrisidagi taklif. | 4) yoʻqolganligi toʻgʻrisida ariza berilgan hujjatni saqlovchiga ommaviy axborot vositalarida eʼlon chiqqan kundan eʼtiboran uch oy muddat ichida oʻzining mazkur hujjatga boʻlgan huquqlari haqida sudga arz qilishi toʻgʻrisidagi taklif. |
334-modda. Hujjatni saqlovchining majburiyatlari | 334-modda. Hujjatni saqlovchining majburiyatlari |
Yoʻqolganligi toʻgʻrisida ariza berilgan hujjatni saqlovchi ajrim chiqargan sudga ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddat oʻtguniga qadar oʻzining hujjatga boʻlgan huquqlari haqida ariza berishi va bunda hujjatning asl nusxasini taqdim etishi shart. | Yoʻqolganligi toʻgʻrisida ariza berilgan hujjatni saqlovchi ajrim chiqargan sudga ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddat oʻtguniga qadar oʻzining hujjatga boʻlgan huquqlari haqida ariza berishi va bunda hujjatning asl nusxasini taqdim etishi shart. |
335-modda. Sudyaning hujjatni saqlovchidan ariza tushganidan keyingi harakatlari | 335-modda. Sudyaning hujjatni saqlovchidan ariza tushganidan keyingi harakatlari |
Hujjat yoʻqolganligi toʻgʻrisida eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddat oʻtguniga qadar sudga hujjatni saqlovchidan ariza tushgan taqdirda, sudya ajrim chiqarib, unda hujjati yoʻqolganligi haqida ariza bergan shaxsga hujjatni olib qoʻyish toʻgʻrisida hujjatni saqlovchiga nisbatan umumiy tartibda daʼvo taqdim etish uchun muddat beradi va bu haqda hujjatni saqlovchini xabardor qiladi. Bu muddat ikki oydan oshmasligi kerak. | Hujjat yoʻqolganligi toʻgʻrisida eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddat oʻtguniga qadar sudga hujjatni saqlovchidan ariza tushgan taqdirda, sudya ajrim chiqarib, unda hujjati yoʻqolganligi haqida ariza bergan shaxsga hujjatni olib qoʻyish toʻgʻrisida hujjatni saqlovchiga nisbatan umumiy tartibda daʼvo taqdim etish uchun muddat beradi va bu haqda hujjatni saqlovchini xabardor qiladi. Bu muddat ikki oydan oshmasligi kerak. |
336-modda. Hujjatni saqlovchiga nisbatan daʼvo taqdim etmaslik oqibatlari | 336-modda. Hujjatni saqlovchiga nisbatan daʼvo taqdim etmaslik oqibatlari |
Agar arizachi ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddat oʻtguniga qadar hujjatni saqlovchiga nisbatan daʼvo taqdim etmasa, sudya ushbu Kodeksning 332-moddasiga muvofiq koʻrilgan choralar oʻz kuchini yoʻqotganligi toʻgʻrisida ajrim chiqaradi va hujjat bergan muassasani bu haqda xabardor qiladi. Hujjatni saqlovchi bunday choralar koʻrilishi natijasida oʻziga yetkazilgan zararni arizachidan undirish huquqiga ega. | Agar arizachi ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddat oʻtguniga qadar hujjatni saqlovchiga nisbatan daʼvo taqdim etmasa, sudya ushbu Kodeksning 332-moddasiga muvofiq koʻrilgan choralar oʻz kuchini yoʻqotganligi toʻgʻrisida ajrim chiqaradi va hujjat bergan muassasani bu haqda xabardor qiladi. Hujjatni saqlovchi bunday choralar koʻrilishi natijasida oʻziga yetkazilgan zararni arizachidan undirish huquqiga ega. |
337-modda. Ishni koʻrib chiqishga tayinlash | 337-modda. Ishni koʻrib chiqishga tayinlash |
Agar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddat oʻtguniga qadar hujjatni saqlovchidan ariza kelib tushmasa, sud ishni koʻrib chiqishga tayinlaydi. | Agar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddat oʻtguniga qadar hujjatni saqlovchidan ariza kelib tushmasa, sud ishni koʻrib chiqishga tayinlaydi. |
Ish koʻrib chiqiladigan kun toʻgʻrisida arizachi ham, hujjatni bergan muassasa ham xabardor qilinadi. Biroq ularning kelmaganligi ishni koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. | Ish koʻrib chiqiladigan kun toʻgʻrisida arizachi ham, hujjatni bergan muassasa ham xabardor qilinadi. Biroq ularning kelmaganligi ishni koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. |
338-modda. Ishni hal qilish | 338-modda. Ishni hal qilish |
Ishni koʻrib chiqqach, sud hal qiluv qarori chiqaradi. Sud arizani qanoatlantirgan taqdirda hal qiluv qarorida taqdim etuvchiga deb berilgan yoʻqolgan hujjat haqiqiy emasligini koʻrsatadi. Bu hal qiluv qarori arizachiga omonatni yoki haqiqiy emas deb topilgan hujjat oʻrniga yangisini berish uchun asos boʻladi. | Ishni koʻrib chiqqach, sud hal qiluv qarori chiqaradi. Sud arizani qanoatlantirgan taqdirda hal qiluv qarorida taqdim etuvchiga deb berilgan yoʻqolgan hujjat haqiqiy emasligini koʻrsatadi. Bu hal qiluv qarori arizachiga omonatni yoki haqiqiy emas deb topilgan hujjat oʻrniga yangisini berish uchun asos boʻladi. |
339-modda. Hujjatni saqlovchining asossiz boyish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etish huquqi | 339-modda. Hujjatni saqlovchining asossiz boyish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etish huquqi |
Oʻzining ushbu hujjatga boʻlgan huquqlari toʻgʻrisida biror sabab bilan oʻz vaqtida arz qilmagan hujjatni saqlovchi yoʻqolgan hujjat oʻrniga yangisini olish huquqi berilgan shaxsga nisbatan asossiz boyish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etishi mumkin. Bunday daʼvo hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyingina sudga taqdim etilishi mumkin. | Oʻzining ushbu hujjatga boʻlgan huquqlari toʻgʻrisida biror sabab bilan oʻz vaqtida arz qilmagan hujjatni saqlovchi yoʻqolgan hujjat oʻrniga yangisini olish huquqi berilgan shaxsga nisbatan asossiz boyish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etishi mumkin. Bunday daʼvo hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyingina sudga taqdim etilishi mumkin. |
37-bob. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash | 37-bob. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash |
340-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash | 340-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash |
Yoʻqolgan sud ishini yuritish sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, prokurorning arizasiga binoan, shuningdek sudning tashabbusiga koʻra tiklanishi mumkin. | Yoʻqolgan sud ishini yuritish sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, prokurorning arizasiga binoan, shuningdek sudning tashabbusiga koʻra tiklanishi mumkin. |
Yoʻqolgan sud ishini yuritish toʻliq yoki uning sud fikriga koʻra tiklanishi zarur boʻlgan qismi tiklanadi. Sudning hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimi, agar ular ish yuzasidan chiqarilgan boʻlsa, tiklanishi shart. | Yoʻqolgan sud ishini yuritish toʻliq yoki uning sud fikriga koʻra tiklanishi zarur boʻlgan qismi tiklanadi. Sudning hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimi, agar ular ish yuzasidan chiqarilgan boʻlsa, tiklanishi shart. |
Arizachi yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda sud tomonidan qilingan sud xarajatlarini toʻlashdan ozod etiladi. Bila turib yolgʻon ariza berilganda sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi. | Arizachi yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda sud tomonidan qilingan sud xarajatlarini toʻlashdan ozod etiladi. Bila turib yolgʻon ariza berilganda sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi. |
341-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza | 341-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza |
Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza ishni koʻrib chiqqan sudga beriladi. | Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza ishni koʻrib chiqqan sudga beriladi. |
Arizada ishga doir batafsil maʼlumotlar boʻlishi kerak. | Arizada ishga doir batafsil maʼlumotlar boʻlishi kerak. |
Arizachida saqlanib qolgan va ishga daxldor boʻlgan hujjatlar yoki ularning koʻchirma nusxalari, basharti ular belgilangan tartibda tasdiqlanmagan boʻlsa ham, arizaga ilova qilinadi. | Arizachida saqlanib qolgan va ishga daxldor boʻlgan hujjatlar yoki ularning koʻchirma nusxalari, basharti ular belgilangan tartibda tasdiqlanmagan boʻlsa ham, arizaga ilova qilinadi. |
342-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish | 342-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish |
Sud yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishda ishning saqlanib qolgan qismlaridan, sud ishini yuritish yoʻqolguniga qadar ushbu ishdan fuqarolar va tashkilotlarga olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning koʻchirma nusxalaridan, shuningdek ishga daxldor boʻlgan boshqa hujjatlardan foydalanadi. | Sud yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishda ishning saqlanib qolgan qismlaridan, sud ishini yuritish yoʻqolguniga qadar ushbu ishdan fuqarolar va tashkilotlarga olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning koʻchirma nusxalaridan, shuningdek ishga daxldor boʻlgan boshqa hujjatlardan foydalanadi. |
Sud protsessual harakatlarni bajarish chogʻida hozir boʻlgan shaxslarni, zarur hollarda esa, yoʻqolgan sud ishini koʻrib chiqqan sud tarkibiga kirgan shaxslarni ham guvoh sifatida soʻroq qilishi mumkin. | Sud protsessual harakatlarni bajarish chogʻida hozir boʻlgan shaxslarni, zarur hollarda esa, yoʻqolgan sud ishini koʻrib chiqqan sud tarkibiga kirgan shaxslarni ham guvoh sifatida soʻroq qilishi mumkin. |
343-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha sudning hal qiluv qarori | 343-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha sudning hal qiluv qarori |
Sudning yoʻqolgan hal qiluv qarorini yoki ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimni tiklash haqidagi hal qiluv qarorida sud tiklanayotgan sud hujjatining mazmuni sudga taqdim etilgan va yoʻqolgan ish boʻyicha sud protsessining barcha ishtirokchilari ishtirokida sud majlisida tekshirilgan qanday aniq maʼlumotlar asosida aniqlangan deb hisoblashi koʻrsatiladi. | Sudning yoʻqolgan hal qiluv qarorini yoki ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimni tiklash haqidagi hal qiluv qarorida sud tiklanayotgan sud hujjatining mazmuni sudga taqdim etilgan va yoʻqolgan ish boʻyicha sud protsessining barcha ishtirokchilari ishtirokida sud majlisida tekshirilgan qanday aniq maʼlumotlar asosida aniqlangan deb hisoblashi koʻrsatiladi. |
Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida, shuningdek qanday dalillar sud tomonidan tekshirilganligi va yoʻqolgan sud ishini yuritish boʻyicha qanday protsessual harakatlar sodir etilganligi isbotlanganligi haqidagi sudning xulosalari koʻrsatiladi. | Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida, shuningdek qanday dalillar sud tomonidan tekshirilganligi va yoʻqolgan sud ishini yuritish boʻyicha qanday protsessual harakatlar sodir etilganligi isbotlanganligi haqidagi sudning xulosalari koʻrsatiladi. |
344-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish | 344-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish |
Toʻplangan materiallar yoʻqolgan sud ishini yuritishni aniq tiklash uchun yetarli boʻlmasa, sud ajrim chiqarib, ish yuritishni tugatadi. Bu holda arizachi umumiy tartibda daʼvo taqdim etishga haqli. | Toʻplangan materiallar yoʻqolgan sud ishini yuritishni aniq tiklash uchun yetarli boʻlmasa, sud ajrim chiqarib, ish yuritishni tugatadi. Bu holda arizachi umumiy tartibda daʼvo taqdim etishga haqli. |
Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uning saqlanish muddati bilan chegaralanmaydi. Biroq yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza bilan uni ijro etish maqsadida murojaat qilingan, bu vaqtga kelib ijro varaqasini ijroga qaratish muddati oʻtgan va u sud tomonidan tiklanmaydigan boʻlsa ham sud ish yuritishni tugatadi. | Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uning saqlanish muddati bilan chegaralanmaydi. Biroq yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza bilan uni ijro etish maqsadida murojaat qilingan, bu vaqtga kelib ijro varaqasini ijroga qaratish muddati oʻtgan va u sud tomonidan tiklanmaydigan boʻlsa ham sud ish yuritishni tugatadi. |
345-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash bilan bogʻliq boʻlgan sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) | 345-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash bilan bogʻliq boʻlgan sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) |
Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin. | Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin. |
4-kichik boʻlim. Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni, shuningdek mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish | 4-kichik boʻlim. Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni, shuningdek mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish |
38-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni yuritishning umumiy qoidalari | 38-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni yuritishning umumiy qoidalari |
346-modda. Sud tomonidan koʻrib chiqiladigan, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlar | 346-modda. Sud tomonidan koʻrib chiqiladigan, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlar |
Fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqiladigan, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlar jumlasiga: | Fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqiladigan, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlar jumlasiga: |
1) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi; | 1) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi; |
2) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish haqidagi arizalar boʻyicha ishlar kiradi. | 2) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish haqidagi arizalar boʻyicha ishlar kiradi. |
347-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqish tartibi | 347-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqish tartibi |
Sudlar ushbu Kodeksning 346-moddasida sanab oʻtilgan ishlarni ushbu Kodeksning 38 — 40-boblarida koʻrsatilgan istisno va qoʻshimchalar bilan birga fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalariga binoan koʻrib chiqadi. | Sudlar ushbu Kodeksning 346-moddasida sanab oʻtilgan ishlarni ushbu Kodeksning 38 — 40-boblarida koʻrsatilgan istisno va qoʻshimchalar bilan birga fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalariga binoan koʻrib chiqadi. |
348-modda. Sudning ajrimlari ustidan shikoyat qilish | 348-modda. Sudning ajrimlari ustidan shikoyat qilish |
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ish boʻyicha ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. | Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ish boʻyicha ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. |
39-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish | 39-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish |
349-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish | 349-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish |
Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori yuzasidan ushbu qarorni olgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida fuqarolik ishlari boʻyicha sudga hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida ariza berish yoʻli bilan nizolashishi mumkin. | Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori yuzasidan ushbu qarorni olgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida, huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar esa hakamlik sudi hal qiluv qarori qabul qilinganligi ularga maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida fuqarolik ishlari boʻyicha sudga hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida ariza berish yoʻli bilan nizolashishi mumkin. |
Hakamlik sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori yuzasidan huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar ham nizolashishi mumkin. | Hakamlik sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori yuzasidan huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar ham nizolashishi mumkin. |
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan joydagi fuqarolik ishlari boʻyicha sudga beriladi. | Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan joydagi fuqarolik ishlari boʻyicha sudga beriladi. |
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida ariza berilganligi hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijrosi yuzasidan ish yuritishni fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan nizo boʻyicha ish yuritish tugallanguniga qadar toʻxtatib turadi. | Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida ariza berilganligi hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijrosi yuzasidan ish yuritishni fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan nizo boʻyicha ish yuritish tugallanguniga qadar toʻxtatib turadi. |
350-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni | 350-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni |
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida beriladi va hal qiluv qarori yuzasidan nizolashayotgan hakamlik muhokamasi tarafi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. | Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida beriladi va hal qiluv qarori yuzasidan nizolashayotgan hakamlik muhokamasi tarafi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. |
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: | Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: |
1) ariza berilayotgan fuqarolik ishlari boʻyicha sudning nomi; | 1) ariza berilayotgan fuqarolik ishlari boʻyicha sudning nomi; |
2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, uning joylashgan yeri; | 2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, uning joylashgan yeri; |
3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), yashash joyi yoki turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan boʻlsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi; | 3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), yashash joyi yoki turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan boʻlsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi; |
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana; | 4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana; |
5) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etgan hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarorini olgan sana; | 5) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etgan hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarorini olgan sana; |
6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi talab va mazkur qaror qanday asoslar boʻyicha nizolashilayotganligi. | 6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi talab va mazkur qaror qanday asoslar boʻyicha nizolashilayotganligi. |
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqa maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin. | Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqa maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin. |
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi: | Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi: |
1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan koʻchirma nusxasi. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudining hal qiluv qarori koʻchirma nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak; | 1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan koʻchirma nusxasi. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudining hal qiluv qarori koʻchirma nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak; |
2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi; | 2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi; |
3) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi talabni asoslash uchun taqdim etiladigan hujjatlar; | 3) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi talabni asoslash uchun taqdim etiladigan hujjatlar; |
4) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat. | 4) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat. |
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza javobgarlar soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga fuqarolik ishlari boʻyicha sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno. | Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza javobgarlar soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga fuqarolik ishlari boʻyicha sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno. |
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan boʻlsa, unga ishonchnoma yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak. | Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan boʻlsa, unga ishonchnoma yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak. |
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeks 349-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan talablar, shuningdek ushbu modda qoidalari buzilgan holda berilgan boʻlsa, fuqarolik ishlari boʻyicha sud ushbu Kodeksning 194-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan bunday arizani qabul qilishni rad etadi. | Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeks 349-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan talablar, shuningdek ushbu modda qoidalari buzilgan holda berilgan boʻlsa, fuqarolik ishlari boʻyicha sud ushbu Kodeksning 194-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan bunday arizani qabul qilishni rad etadi. |
Huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaga ushbu modda toʻrtinchi qismining 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilmagan taqdirda, mazkur hujjatlar sud tomonidan ularni saqlayotgan shaxsdan talab qilib olinadi. | |
351-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi | 351-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi |
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. | Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. |
Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan sud muhokamasiga tayyorlayotganda hal qiluv qarori fuqarolik ishlari boʻyicha sudda nizolashilayotgan ishning materiallarini hakamlik sudidan ushbu Kodeksda dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan talab qilib olishi mumkin. | Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan sud muhokamasiga tayyorlayotganda hal qiluv qarori fuqarolik ishlari boʻyicha sudda nizolashilayotgan ishning materiallarini hakamlik sudidan ushbu Kodeksda dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan talab qilib olishi mumkin. |
Fuqarolik ishlari boʻyicha sud hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. | Fuqarolik ishlari boʻyicha sud hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. |
Sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun ushbu Kodeksning 352-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligini yoki mavjud emasligini bildirilgan talablar va eʼtirozlarni asoslash uchun sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yoʻli bilan aniqlaydi. | Sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun ushbu Kodeksning 352-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligini yoki mavjud emasligini bildirilgan talablar va eʼtirozlarni asoslash uchun sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yoʻli bilan aniqlaydi. |
Sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta koʻrib chiqishga haqli emas. | Sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta koʻrib chiqishga haqli emas. |
352-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari | 352-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari |
Hakamlik sudining hal qiluv qarori, agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida ariza bergan hakamlik muhokamasi tarafi quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etsa, fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan bekor qilinishi kerak: | Hakamlik sudining hal qiluv qarori, agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida ariza bergan hakamlik muhokamasi tarafi quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etsa, fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan bekor qilinishi kerak: |
1) hakamlik bitimining qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra haqiqiy emasligini; | 1) hakamlik bitimining qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra haqiqiy emasligini; |
2) hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar boʻyicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar boʻyicha xulosalarini bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar boʻyicha xulosalaridan ajratib olish mumkin boʻlsa, hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinmaydigan masalalar boʻyicha xulosalari boʻlgan qismi bekor qilinishi mumkin; | 2) hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar boʻyicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar boʻyicha xulosalarini bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar boʻyicha xulosalaridan ajratib olish mumkin boʻlsa, hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinmaydigan masalalar boʻyicha xulosalari boʻlgan qismi bekor qilinishi mumkin; |
3) hakamlik sudi tarkibining yoki hakamlik muhokamasining “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14, 15, 16 va 25-moddalari qoidalariga muvofiq emasligini; | 3) hakamlik sudi tarkibining yoki hakamlik muhokamasining “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14, 15, 16 va 25-moddalari qoidalariga muvofiq emasligini; |
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi va uchinchi qismlari talablari buzilgan holda chiqarilganligini; | 4) hakamlik sudining hal qiluv qarori “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi va uchinchi qismlari talablari buzilgan holda chiqarilganligini; |
5) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) toʻgʻrisida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida zarur tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga oʻz tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini. | 5) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) toʻgʻrisida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida zarur tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga oʻz tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini. |
Agar hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti boʻlmasa, hakamlik sudining hal qiluv qarori sud tomonidan bekor qilinishi lozim. | Agar hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti boʻlmasa, hakamlik sudining hal qiluv qarori sud tomonidan bekor qilinishi lozim. |
353-modda. Sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ajrimi | 353-modda. Sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ajrimi |
Fuqarolik ishlari boʻyicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga koʻra ajrim chiqaradi. | Fuqarolik ishlari boʻyicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga koʻra ajrim chiqaradi. |
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi yoki hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilishni rad etish haqidagi ajrimida quyidagilar ham koʻrsatilishi lozim: | Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi yoki hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilishni rad etish haqidagi ajrimida quyidagilar ham koʻrsatilishi lozim: |
1) hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarori toʻgʻrisidagi va mazkur qaror qabul qilingan joy haqidagi maʼlumotlar; | 1) hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarori toʻgʻrisidagi va mazkur qaror qabul qilingan joy haqidagi maʼlumotlar; |
2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; | 2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; |
3) hakamlik muhokamasi taraflarining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi); | 3) hakamlik muhokamasi taraflarining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi); |
4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga yoxud arizachining talabini toʻliq yoki qisman qanoatlantirishni rad etishga doir koʻrsatma. | 4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga yoxud arizachining talabini toʻliq yoki qisman qanoatlantirishni rad etishga doir koʻrsatma. |
Hakamlik sudi hal qiluv qarorining bekor qilinganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yoʻqolmagan boʻlsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangidan murojaat etishiga yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi. | Hakamlik sudi hal qiluv qarorining bekor qilinganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yoʻqolmagan boʻlsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangidan murojaat etishiga yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi. |
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik bitimi haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligi yoxud unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar boʻyicha xulosalar mavjudligi yoinki nizo hakamlik muhokamasining predmeti boʻlishi mumkin emasligi oqibatida fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan toʻliq yoki qisman bekor qilingan boʻlsa, hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan sudga murojaat etishi mumkin. | Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik bitimi haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligi yoxud unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar boʻyicha xulosalar mavjudligi yoinki nizo hakamlik muhokamasining predmeti boʻlishi mumkin emasligi oqibatida fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan toʻliq yoki qisman bekor qilingan boʻlsa, hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan sudga murojaat etishi mumkin. |
40-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish | 40-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish |
354-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishning umumiy qoidalari | 354-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishning umumiy qoidalari |
Ushbu bobda belgilangan qoidalar hakamlik muhokamasi taraflarining hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizalari fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqilayotganda qoʻllaniladi. | Ushbu bobda belgilangan qoidalar hakamlik muhokamasi taraflarining hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizalari fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqilayotganda qoʻllaniladi. |
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi masala hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan boʻlsa, oʻsha tarafning arizasiga binoan fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqiladi. | Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi masala hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan boʻlsa, oʻsha tarafning arizasiga binoan fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqiladi. |
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza qarzdor yashaydigan joydagi yoki turgan joydagi yoxud, agar qarzdor yashaydigan joy yoki turgan joy nomaʼlum boʻlsa, uning mol-mulki turgan yerdagi fuqarolik ishlari boʻyicha sudga beriladi. | Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza qarzdor yashaydigan joydagi yoki turgan joydagi yoxud, agar qarzdor yashaydigan joy yoki turgan joy nomaʼlum boʻlsa, uning mol-mulki turgan yerdagi fuqarolik ishlari boʻyicha sudga beriladi. |
355-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni | 355-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni |
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida beriladi va hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak. | Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida beriladi va hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak. |
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: | Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: |
1) ariza berilayotgan fuqarolik ishlari boʻyicha sudning nomi; | 1) ariza berilayotgan fuqarolik ishlari boʻyicha sudning nomi; |
2) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, joylashgan yeri; | 2) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, joylashgan yeri; |
3) hakamlik muhokamasi taraflarining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan boʻlsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi; | 3) hakamlik muhokamasi taraflarining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan boʻlsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi; |
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana; | 4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana; |
5) ariza bilan murojaat etgan hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining hal qiluv qarorini olgan sana; | 5) ariza bilan murojaat etgan hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining hal qiluv qarorini olgan sana; |
6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi talab. | 6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi talab. |
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron pochta manzili va boshqa maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin. | Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron pochta manzili va boshqa maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin. |
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi: | Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi: |
1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan koʻchirma nusxasi. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudi hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak; | 1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan koʻchirma nusxasi. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudi hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak; |
2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi; | 2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi; |
3) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat. | 3) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat. |
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza qarzdorlarning soniga qarab koʻchirma nusxalar bilan birga sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno. | Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza qarzdorlarning soniga qarab koʻchirma nusxalar bilan birga sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno. |
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan boʻlsa, unga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak. | Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan boʻlsa, unga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak. |
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik sudining hal qiluv qarorini ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay berilishi mumkin. Mazkur muddat fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan taqdirda, oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin. | Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik sudining hal qiluv qarorini ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay berilishi mumkin. Mazkur muddat fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan taqdirda, oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin. |
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 354-moddasida nazarda tutilgan talablar, shuningdek ushbu modda qoidalari buzilgan holda berilgan boʻlsa, fuqarolik ishlari boʻyicha sud ushbu Kodeksning 194-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha bunday arizani qabul qilishni rad etadi. | Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 354-moddasida nazarda tutilgan talablar, shuningdek ushbu modda qoidalari buzilgan holda berilgan boʻlsa, fuqarolik ishlari boʻyicha sud ushbu Kodeksning 194-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha bunday arizani qabul qilishni rad etadi. |
356-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi | 356-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi |
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. | Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. |
Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan ijro varaqasi soʻralayotgan ish materiallarini hakamlik sudidan ushbu Kodeksda dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha talab qilib olishi mumkin. | Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan ijro varaqasi soʻralayotgan ish materiallarini hakamlik sudidan ushbu Kodeksda dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha talab qilib olishi mumkin. |
Fuqarolik ishlari boʻyicha sud hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida zarur tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. | Fuqarolik ishlari boʻyicha sud hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida zarur tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. |
Sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish uchun ushbu Kodeksning 357-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligini yoki mavjud emasligini bildirilgan talablar va eʼtirozlarni asoslash uchun fuqarolik ishlari boʻyicha sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yoʻli bilan aniqlaydi. | Sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish uchun ushbu Kodeksning 357-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligini yoki mavjud emasligini bildirilgan talablar va eʼtirozlarni asoslash uchun fuqarolik ishlari boʻyicha sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yoʻli bilan aniqlaydi. |
Fuqarolik ishlari boʻyicha sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta koʻrib chiqishga haqli emas. | Fuqarolik ishlari boʻyicha sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta koʻrib chiqishga haqli emas. |
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeks 349-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan fuqarolik ishlari boʻyicha sudning ish yurituvida boʻlsa, mazkur hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilayotgan sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishni qarzdorning iltimosnomasiga binoan keyinga qoldirishi mumkin. | Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeks 349-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan fuqarolik ishlari boʻyicha sudning ish yurituvida boʻlsa, mazkur hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilayotgan sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishni qarzdorning iltimosnomasiga binoan keyinga qoldirishi mumkin. |
357-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish asoslari | 357-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish asoslari |
Fuqarolik ishlari boʻyicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf: | Fuqarolik ishlari boʻyicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf: |
1) hakamlik bitimi qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra haqiqiy emasligini; | 1) hakamlik bitimi qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra haqiqiy emasligini; |
2) hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar boʻyicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorida hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar boʻyicha xulosalarni bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar boʻyicha xulosalardan ajratib olish mumkin boʻlsa, sud hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar boʻyicha xulosalar mavjud boʻlgan qismi uchun ijro varaqasi beradi; | 2) hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar boʻyicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorida hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar boʻyicha xulosalarni bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar boʻyicha xulosalardan ajratib olish mumkin boʻlsa, sud hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar boʻyicha xulosalar mavjud boʻlgan qismi uchun ijro varaqasi beradi; |
3) hakamlik sudi tarkibining yoki hakamlik muhokamasining “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14, 15, 16 va 25-moddalari qoidalariga muvofiq emasligini; | 3) hakamlik sudi tarkibining yoki hakamlik muhokamasining “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14, 15, 16 va 25-moddalari qoidalariga muvofiq emasligini; |
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi va uchinchi qismlari talablari buzilgan holda chiqarilganligini; | 4) hakamlik sudining hal qiluv qarori “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi va uchinchi qismlari talablari buzilgan holda chiqarilganligini; |
5) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) toʻgʻrisida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida zarur tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga oʻz tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini; | 5) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) toʻgʻrisida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida zarur tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga oʻz tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini; |
6) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflari uchun hali majburiy boʻlmaganligini yoki bekor qilinganligini yoxud uning ijrosi sud yoki iqtisodiy sud tomonidan toʻxtatib turilganligini isbotlovchi dalillarni taqdim etgan hollardagina rad etadi. | 6) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflari uchun hali majburiy boʻlmaganligini yoki bekor qilinganligini yoxud uning ijrosi sud yoki iqtisodiy sud tomonidan toʻxtatib turilganligini isbotlovchi dalillarni taqdim etgan hollardagina rad etadi. |
Agar hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti boʻlmasa, fuqarolik ishlari boʻyicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etadi. | Agar hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti boʻlmasa, fuqarolik ishlari boʻyicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etadi. |
358-modda. Sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ajrimi | 358-modda. Sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ajrimi |
Fuqarolik ishlari boʻyicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi. | Fuqarolik ishlari boʻyicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi. |
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi yoki hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar ham koʻrsatilishi lozim: | Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi yoki hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar ham koʻrsatilishi lozim: |
1) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi; | 1) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi; |
2) hakamlik muhokamasi taraflarining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi); | 2) hakamlik muhokamasi taraflarining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi); |
3) hakamlik sudining hal qiluv qarori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; | 3) hakamlik sudining hal qiluv qarori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; |
4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish yoki ijro varaqasi berishni rad etish uchun koʻrsatma. | 4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish yoki ijro varaqasi berishni rad etish uchun koʻrsatma. |
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish rad etilganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yoʻqolmagan boʻlsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangidan murojaat etishiga yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi. | Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish rad etilganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yoʻqolmagan boʻlsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangidan murojaat etishiga yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi. |
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish hakamlik bitimining haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligi yoxud unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar boʻyicha toʻxtamlar mavjudligi yoinki nizo hakamlik muhokamasining predmeti boʻlishi mumkin emasligi oqibatida fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan toʻliq yoki qisman rad etilgan boʻlsa, hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat etishi mumkin. | Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish hakamlik bitimining haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligi yoxud unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar boʻyicha toʻxtamlar mavjudligi yoinki nizo hakamlik muhokamasining predmeti boʻlishi mumkin emasligi oqibatida fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan toʻliq yoki qisman rad etilgan boʻlsa, hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat etishi mumkin. |
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ajrimi darhol ijro etilishi kerak. | Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ajrimi darhol ijro etilishi kerak. |
401-bob. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish | 401-bob. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish |
3581-modda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishning umumiy qoidalari | 3581-modda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishning umumiy qoidalari |
Mediativ kelishuv taraflar tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda, uni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ish mediativ kelishuv tuzgan tarafning arizasiga binoan koʻrib chiqiladi. | Mediativ kelishuv taraflar tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda, uni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ish mediativ kelishuv tuzgan tarafning arizasiga binoan koʻrib chiqiladi. |
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ravishda bajarmagan taraf yashaydigan joydagi yoki turgan joydagi yoxud, agar mediativ kelishuvni ixtiyoriy ravishda bajarmagan taraf yashaydigan joy yoki turgan joy nomaʼlum boʻlsa, uning mol-mulki turgan joydagi sudga beriladi. | Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ravishda bajarmagan taraf yashaydigan joydagi yoki turgan joydagi yoxud, agar mediativ kelishuvni ixtiyoriy ravishda bajarmagan taraf yashaydigan joy yoki turgan joy nomaʼlum boʻlsa, uning mol-mulki turgan joydagi sudga beriladi. |
3582-modda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni | 3582-modda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni |
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda yoki elektron hujjat tarzida beriladi va arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak. | Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda yoki elektron hujjat tarzida beriladi va arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak. |
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: | Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: |
1) ariza berilayotgan sudning nomi; | 1) ariza berilayotgan sudning nomi; |
2) mediativ kelishuv tuzgan taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan boʻlsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi; | 2) mediativ kelishuv tuzgan taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan boʻlsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi; |
3) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi talab. | 3) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi talab. |
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqa maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin. | Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqa maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin. |
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi: | Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi: |
1) mediativ kelishuvning asli yoki tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi; | 1) mediativ kelishuvning asli yoki tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi; |
2) belgilangan tartibda hamda miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar. | 2) belgilangan tartibda hamda miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar. |
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ravishda bajarmagan taraflarning soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno. | Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ravishda bajarmagan taraflarning soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno. |
Agar mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza mediativ kelishuv tuzgan tarafning vakili tomonidan berilgan boʻlsa, unga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak. | Agar mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza mediativ kelishuv tuzgan tarafning vakili tomonidan berilgan boʻlsa, unga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak. |
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay berilishi mumkin. Mazkur muddat sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan taqdirda, oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin. | Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay berilishi mumkin. Mazkur muddat sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan taqdirda, oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin. |
Agar mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 3581-moddasida nazarda tutilgan talablar, shuningdek ushbu moddaning birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari qoidalari buzilgan holda berilgan boʻlsa, sudya bunday arizani ushbu Kodeksning 195-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha qaytaradi. | Agar mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 3581-moddasida nazarda tutilgan talablar, shuningdek ushbu moddaning birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari qoidalari buzilgan holda berilgan boʻlsa, sudya bunday arizani ushbu Kodeksning 195-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha qaytaradi. |
3583-modda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi | 3583-modda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi |
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. | Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. |
Sud mediativ kelishuv tuzgan taraflarni sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. | Sud mediativ kelishuv tuzgan taraflarni sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. |
Sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish uchun ushbu Kodeksning 3584-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligini yoki mavjud emasligini bildirilgan talablar va mediativ kelishuvda belgilangan majburiyatlar toʻliq bajarilganligini yoxud bajarilmaganligini aniqlaydi. | Sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish uchun ushbu Kodeksning 3584-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligini yoki mavjud emasligini bildirilgan talablar va mediativ kelishuvda belgilangan majburiyatlar toʻliq bajarilganligini yoxud bajarilmaganligini aniqlaydi. |
Sud arizani sud majlisida koʻrib chiqayotganda mediativ kelishuvni tuzishga sabab boʻlgan nizoni mazmunan koʻrib chiqishga haqli emas. | Sud arizani sud majlisida koʻrib chiqayotganda mediativ kelishuvni tuzishga sabab boʻlgan nizoni mazmunan koʻrib chiqishga haqli emas. |
3584-modda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish asoslari | 3584-modda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish asoslari |
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish quyidagi hollarda rad etiladi, agar: | Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish quyidagi hollarda rad etiladi, agar: |
mediativ kelishuv qonunchilikka zid boʻlsa; | mediativ kelishuv qonunchilikka zid boʻlsa; |
mediativ kelishuvning ijro etilishi talab qilinayotgan shartlari oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan boʻlsa; | mediativ kelishuvning ijro etilishi talab qilinayotgan shartlari oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan boʻlsa; |
mediativ kelishuvda belgilangan majburiyatlar toʻliq bajarilgan boʻlsa; | mediativ kelishuvda belgilangan majburiyatlar toʻliq bajarilgan boʻlsa; |
mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan eʼtiboran olti oy oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa, bundan oʻtkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilgan va tiklangan hollar mustasno. | mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan eʼtiboran olti oy oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa, bundan oʻtkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilgan va tiklangan hollar mustasno. |
Agar mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish rad etilgan boʻlsa, mediativ kelishuvni tuzgan taraflar bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudga murojaat etishi mumkin. | Agar mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish rad etilgan boʻlsa, mediativ kelishuvni tuzgan taraflar bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudga murojaat etishi mumkin. |
3585-modda. Sudning mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha ajrimi | 3585-modda. Sudning mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha ajrimi |
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud ushbu Kodeksda hal qiluv qarorini qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga koʻra ajrim chiqaradi. | Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud ushbu Kodeksda hal qiluv qarorini qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga koʻra ajrim chiqaradi. |
Sudning mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi yoki mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar ham koʻrsatilishi kerak: | Sudning mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi yoki mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar ham koʻrsatilishi kerak: |
1) mediativ kelishuv tuzgan taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi); | 1) mediativ kelishuv tuzgan taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi); |
2) mediativ kelishuv toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; | 2) mediativ kelishuv toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; |
3) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish yoki ijro varaqasi berishni rad etish uchun koʻrsatma. | 3) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish yoki ijro varaqasi berishni rad etish uchun koʻrsatma. |
Sudning mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ajrimi darhol ijro etilishi lozim. | Sudning mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ajrimi darhol ijro etilishi lozim. |
Sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. | Sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. |
III BOʻLIM. FUQAROLIK PROTSESSIDA CHET EL FUQAROLARI VA TASHKILOTLARINING, FUQAROLIGI BOʻLMAGAN SHAXSLARNING ISHTIROKI | III BOʻLIM. FUQAROLIK PROTSESSIDA CHET EL FUQAROLARI VA TASHKILOTLARINING, FUQAROLIGI BOʻLMAGAN SHAXSLARNING ISHTIROKI |
41-bob. Umumiy qoidalar | 41-bob. Umumiy qoidalar |
359-modda. Chet el fuqarolari va tashkilotlarining fuqarolik protsessual huquqlari | 359-modda. Chet el fuqarolari va tashkilotlarining fuqarolik protsessual huquqlari |
Chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi sudlariga murojaat qilish huquqiga ega va ular fuqarolik protsessual huquqlardan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda foydalanadi. | Chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi sudlariga murojaat qilish huquqiga ega va ular fuqarolik protsessual huquqlardan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda foydalanadi. |
Chet el tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi sudlariga murojaat qilish huquqiga ega va ular oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun fuqarolik protsessual huquqlardan foydalanadi. | Chet el tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi sudlariga murojaat qilish huquqiga ega va ular oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun fuqarolik protsessual huquqlardan foydalanadi. |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va tashkilotlarining fuqarolik protsessual huquqlarining maxsus cheklanishiga yoʻl qoʻyilgan davlatlarning fuqarolari va tashkilotlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javob tariqasidagi cheklovlar belgilanishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va tashkilotlarining fuqarolik protsessual huquqlarining maxsus cheklanishiga yoʻl qoʻyilgan davlatlarning fuqarolari va tashkilotlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javob tariqasidagi cheklovlar belgilanishi mumkin. |
360-modda. Fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning fuqarolik protsessual huquqlari | 360-modda. Fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning fuqarolik protsessual huquqlari |
Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi sudlariga murojaat qilish huquqiga ega va ular fuqarolik protsessual huquqlardan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda foydalanadi. | Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi sudlariga murojaat qilish huquqiga ega va ular fuqarolik protsessual huquqlardan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda foydalanadi. |
361-modda. Chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirok etayotgan nizolar, shuningdek loaqal bittasi chet elda yashab turgan taraflar oʻrtasidagi nizolar boʻyicha fuqarolik ishlari Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining sudloviga tegishli boʻlishi | 361-modda. Chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirok etayotgan nizolar, shuningdek loaqal bittasi chet elda yashab turgan taraflar oʻrtasidagi nizolar boʻyicha fuqarolik ishlari Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining sudloviga tegishli boʻlishi |
Chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirok etayotgan nizolar, shuningdek loaqal bittasi chet elda yashab turgan taraflar oʻrtasidagi nizolar boʻyicha fuqarolik ishlari Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining sudloviga tegishli boʻlishi, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Kodeks bilan belgilanadi. | Chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirok etayotgan nizolar, shuningdek loaqal bittasi chet elda yashab turgan taraflar oʻrtasidagi nizolar boʻyicha fuqarolik ishlari Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining sudloviga tegishli boʻlishi, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Kodeks bilan belgilanadi. |
362-modda. Chet davlatlarga nisbatan daʼvolar | 362-modda. Chet davlatlarga nisbatan daʼvolar |
Chet davlatga nisbatan daʼvo taqdim etilishiga, daʼvoning taʼminlanishiga va undiruvning chet davlatning Oʻzbekiston Respublikasidagi mol-mulkiga qaratilishiga faqat tegishli davlatning vakolatli organlari roziligi bilan yoʻl qoʻyilishi mumkin. | Chet davlatga nisbatan daʼvo taqdim etilishiga, daʼvoning taʼminlanishiga va undiruvning chet davlatning Oʻzbekiston Respublikasidagi mol-mulkiga qaratilishiga faqat tegishli davlatning vakolatli organlari roziligi bilan yoʻl qoʻyilishi mumkin. |
Chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakillari hamda ularga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlar va ularning filiallari faqat Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoki xalqaro huquq normalari bilan belgilanadigan doiradagina Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudining yurisdiksiyasida boʻladi. | Chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakillari hamda ularga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlar va ularning filiallari faqat Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoki xalqaro huquq normalari bilan belgilanadigan doiradagina Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudining yurisdiksiyasida boʻladi. |
363-modda. Chet davlat sudlarining sudga doir topshiriqlarini ijro etish va Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining chet davlat sudlariga topshiriqlar bilan murojaat qilishi | 363-modda. Chet davlat sudlarining sudga doir topshiriqlarini ijro etish va Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining chet davlat sudlariga topshiriqlar bilan murojaat qilishi |
Oʻzbekiston Respublikasi sudlari chet davlat sudlarining ayrim protsessual harakatlarni (chaqiruv qogʻozlari va boshqa hujjatlarni topshirish, taraflar va guvohlarni soʻroq qilish, ekspertiza oʻtkazish, joyida koʻzdan kechirish va hokazo) bajarish toʻgʻrisida belgilangan tartibda bergan topshiriqlarini ijro etadi. Bundan quyidagi hollar mustasno: | Oʻzbekiston Respublikasi sudlari chet davlat sudlarining ayrim protsessual harakatlarni (chaqiruv qogʻozlari va boshqa hujjatlarni topshirish, taraflar va guvohlarni soʻroq qilish, ekspertiza oʻtkazish, joyida koʻzdan kechirish va hokazo) bajarish toʻgʻrisida belgilangan tartibda bergan topshiriqlarini ijro etadi. Bundan quyidagi hollar mustasno: |
1) topshiriqni ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetiga, xavfsizligiga zarar yetkazsa yoki qonunchilikning asosiy prinsiplariga zid boʻlsa; | 1) topshiriqni ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetiga, xavfsizligiga zarar yetkazsa yoki qonunchilikning asosiy prinsiplariga zid boʻlsa; |
2) topshiriqni ijro etish sudning vakolati doirasiga kirmasa. | 2) topshiriqni ijro etish sudning vakolati doirasiga kirmasa. |
Chet davlat sudlarining ayrim protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqlari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida ijro etiladi. | Chet davlat sudlarining ayrim protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqlari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida ijro etiladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi sudlari chet davlat sudlariga ayrim protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisida topshiriqlar bilan murojaat qilishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi sudlari chet davlat sudlariga ayrim protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisida topshiriqlar bilan murojaat qilishi mumkin. |
Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining chet davlat sudlari bilan aloqada boʻlish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi hamda xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi. | Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining chet davlat sudlari bilan aloqada boʻlish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi hamda xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi. |
42-bob. Chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish hamda ijro etish | 42-bob. Chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish hamda ijro etish |
364-modda. Chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish | 364-modda. Chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish |
Chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlari, agar bu Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boʻlsa, tan olinadi hamda ijroga qaratiladi. | Chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlari, agar bu Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boʻlsa, tan olinadi hamda ijroga qaratiladi. |
Chet davlat sudlarining fuqarolik ishlari yuzasidan hal qiluv qarorlari, jinoyat ishlari boʻyicha chiqarilgan hukmlarining jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga oid qismi, shuningdek chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) fuqarolik nizolari boʻyicha chiqargan hal qiluv qarorlari Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlari tomonidan tan olinishi hamda ijroga qaratilishi mumkin. | Chet davlat sudlarining fuqarolik ishlari yuzasidan hal qiluv qarorlari, jinoyat ishlari boʻyicha chiqarilgan hukmlarining jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga oid qismi, shuningdek chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) fuqarolik nizolari boʻyicha chiqargan hal qiluv qarorlari Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlari tomonidan tan olinishi hamda ijroga qaratilishi mumkin. |
Chet davlat sudlarining yoki chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarori, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, u qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch yil muddat ichida majburiy ijroga qaratilishi mumkin. | Chet davlat sudlarining yoki chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarori, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, u qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch yil muddat ichida majburiy ijroga qaratilishi mumkin. |
365-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ariza | 365-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ariza |
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ariza hal qiluv qarori foydasiga chiqarilgan nizo tarafi (bundan buyon matnda undiruvchi deb yuritiladi) tomonidan qarzdorning yashash joyidagi yoki turgan joyidagi sudga, agar yashash joyi va turgan joyi nomaʼlum boʻlsa, uning mulki turgan joydagi sudga beriladi. | Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ariza hal qiluv qarori foydasiga chiqarilgan nizo tarafi (bundan buyon matnda undiruvchi deb yuritiladi) tomonidan qarzdorning yashash joyidagi yoki turgan joyidagi sudga, agar yashash joyi va turgan joyi nomaʼlum boʻlsa, uning mulki turgan joydagi sudga beriladi. |
366-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish hamda ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni | 366-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish hamda ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni |
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish hamda ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda beriladi va undiruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolangan boʻlishi kerak. | Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish hamda ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda beriladi va undiruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolangan boʻlishi kerak. |
Arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: | Arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: |
1) ariza berilayotgan sudning nomi; | 1) ariza berilayotgan sudning nomi; |
2) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) nomi va joylashgan yeri; | 2) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) nomi va joylashgan yeri; |
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan boʻlsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi; | 3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan boʻlsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi; |
4) undiruvchi eʼtirof etilishini va ijro etilishini iltimos qilayotgan chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarori haqidagi maʼlumotlar; | 4) undiruvchi eʼtirof etilishini va ijro etilishini iltimos qilayotgan chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarori haqidagi maʼlumotlar; |
5) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish hamda ijroga qaratish toʻgʻrisida undiruvchining iltimosnomasi; | 5) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish hamda ijroga qaratish toʻgʻrisida undiruvchining iltimosnomasi; |
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati. | 6) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati. |
Arizada undiruvchining yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilgan boʻlishi mumkin. | Arizada undiruvchining yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilgan boʻlishi mumkin. |
Ariza undiruvchilarning soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno. | Ariza undiruvchilarning soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno. |
367-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar | 367-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar |
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizaga, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: | Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizaga, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: |
1) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) undiruvchi tan olinishi va ijroga qaratilishini iltimos qilayotgan hal qiluv qarorining chet davlat yoki Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxasi; | 1) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) undiruvchi tan olinishi va ijroga qaratilishini iltimos qilayotgan hal qiluv qarorining chet davlat yoki Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxasi; |
2) hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirganligi toʻgʻrisidagi rasmiy hujjat, agar bu qaror matnining oʻzidan kelib chiqmasa; | 2) hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirganligi toʻgʻrisidagi rasmiy hujjat, agar bu qaror matnining oʻzidan kelib chiqmasa; |
3) hal qiluv qarori ilgari tegishli chet davlat hududida ijro etilgan boʻlsa, uning ijro etilganligi toʻgʻrisidagi hujjat; | 3) hal qiluv qarori ilgari tegishli chet davlat hududida ijro etilgan boʻlsa, uning ijro etilganligi toʻgʻrisidagi hujjat; |
4) hal qiluv qarori oʻz zarariga chiqarilgan va protsessda ishtirok etmagan taraf ishni koʻrib chiqish vaqti va joyi toʻgʻrisida oʻz vaqtida hamda tegishli tarzda xabardor qilinganligiga oid hujjat; | 4) hal qiluv qarori oʻz zarariga chiqarilgan va protsessda ishtirok etmagan taraf ishni koʻrib chiqish vaqti va joyi toʻgʻrisida oʻz vaqtida hamda tegishli tarzda xabardor qilinganligiga oid hujjat; |
5) vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki boshqa hujjat; | 5) vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki boshqa hujjat; |
6) agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida davlat bojini va pochta xarajatlarini toʻlashdan ozod qilish nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat. | 6) agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida davlat bojini va pochta xarajatlarini toʻlashdan ozod qilish nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat. |
7) mazkur moddaning 1 — 5-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarning, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat tiliga qilingan, belgilangan tartibda tasdiqlangan tarjimasi. | 7) mazkur moddaning 1 — 5-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarning, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat tiliga qilingan, belgilangan tartibda tasdiqlangan tarjimasi. |
368-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish | 368-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish |
Sud chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish haqidagi masalani hal etishda ariza ushbu Kodeksning 366, 367-moddalari talablari buzilgan holda berilganligini aniqlasa, arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni undiruvchiga qaytaradi. | Sud chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish haqidagi masalani hal etishda ariza ushbu Kodeksning 366, 367-moddalari talablari buzilgan holda berilganligini aniqlasa, arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni undiruvchiga qaytaradi. |
Sud arizani qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. | Sud arizani qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. |
Ajrim, ariza va unga ilova qilingan hujjatlar undiruvchiga ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kun ichida yuboriladi. | Ajrim, ariza va unga ilova qilingan hujjatlar undiruvchiga ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kun ichida yuboriladi. |
Arizani qaytarish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan keyin undiruvchi sudga umumiy tartibda yangidan ariza bilan murojaat qilishi mumkin. | Arizani qaytarish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan keyin undiruvchi sudga umumiy tartibda yangidan ariza bilan murojaat qilishi mumkin. |
369-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi | 369-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi |
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ariza, agar Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, u sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmaydigan muddatda sud majlisida koʻrib chiqiladi. | Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ariza, agar Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, u sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmaydigan muddatda sud majlisida koʻrib chiqiladi. |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabardor qilingan shaxslarning sudga kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabardor qilingan shaxslarning sudga kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. |
Sud arizani koʻrib chiqishda sudga taqdim etilgan, arz qilingan talablarni va bildirilgan eʼtirozlarni asoslovchi dalillarni tekshirish yoʻli bilan holatlarni aniqlaydi. | Sud arizani koʻrib chiqishda sudga taqdim etilgan, arz qilingan talablarni va bildirilgan eʼtirozlarni asoslovchi dalillarni tekshirish yoʻli bilan holatlarni aniqlaydi. |
Sud arizani koʻrib chiqishda chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqishga haqli emas. | Sud arizani koʻrib chiqishda chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqishga haqli emas. |
370-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad etish asoslari | 370-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad etish asoslari |
Sud chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni quyidagi hollarda toʻliq yoki qisman rad etadi, agar: | Sud chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni quyidagi hollarda toʻliq yoki qisman rad etadi, agar: |
1) hududida hal qiluv qarori qabul qilingan davlatning qonuniga binoan u qonuniy kuchga kirmagan boʻlsa; | 1) hududida hal qiluv qarori qabul qilingan davlatning qonuniga binoan u qonuniy kuchga kirmagan boʻlsa; |
2) hal qiluv qarori oʻz zarariga qabul qilingan taraf ishni koʻrib chiqish vaqti va joyi toʻgʻrisida oʻz vaqtida hamda belgilangan tartibda xabardor qilinmagan yoki boshqa sabablarga koʻra sudga oʻz tushuntirishlarini taqdim eta olmagan boʻlsa; | 2) hal qiluv qarori oʻz zarariga qabul qilingan taraf ishni koʻrib chiqish vaqti va joyi toʻgʻrisida oʻz vaqtida hamda belgilangan tartibda xabardor qilinmagan yoki boshqa sabablarga koʻra sudga oʻz tushuntirishlarini taqdim eta olmagan boʻlsa; |
3) ishni koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarga yoki qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi sudining mutlaq vakolatiga tegishli boʻlsa; | 3) ishni koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarga yoki qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi sudining mutlaq vakolatiga tegishli boʻlsa; |
4) Oʻzbekiston Respublikasi sudining ayni bir taraflar oʻrtasida, ayni bir predmet toʻgʻrisida va ayni bir asoslar boʻyicha chiqqan nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa; | 4) Oʻzbekiston Respublikasi sudining ayni bir taraflar oʻrtasida, ayni bir predmet toʻgʻrisida va ayni bir asoslar boʻyicha chiqqan nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa; |
5) Oʻzbekiston Respublikasi sudining ish yurituvida ayni bir taraflar oʻrtasida, ayni bir predmet toʻgʻrisida va ayni bir asoslar boʻyicha nizoga doir ish mavjud boʻlib, u yuzasidan ish yuritish chet davlat sudida ishni yuritish qoʻzgʻatilganidan oldin qoʻzgʻatilgan boʻlsa; | 5) Oʻzbekiston Respublikasi sudining ish yurituvida ayni bir taraflar oʻrtasida, ayni bir predmet toʻgʻrisida va ayni bir asoslar boʻyicha nizoga doir ish mavjud boʻlib, u yuzasidan ish yuritish chet davlat sudida ishni yuritish qoʻzgʻatilganidan oldin qoʻzgʻatilgan boʻlsa; |
6) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini majburiy ijroga qaratish muddati oʻtgan boʻlib, bu muddat sud tomonidan tiklanmagan boʻlsa; | 6) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini majburiy ijroga qaratish muddati oʻtgan boʻlib, bu muddat sud tomonidan tiklanmagan boʻlsa; |
7) taraf nizoning vakolati boʻlmagan chet davlat sudi tomonidan hal etilganligini isbotlovchi dalilni taqdim etgan boʻlsa; | 7) taraf nizoning vakolati boʻlmagan chet davlat sudi tomonidan hal etilganligini isbotlovchi dalilni taqdim etgan boʻlsa; |
8) hal qiluv qarori chet davlatning vakolatli organi tomonidan bekor qilingan boʻlsa; | 8) hal qiluv qarori chet davlatning vakolatli organi tomonidan bekor qilingan boʻlsa; |
9) hal qiluv qarori Oʻzbekiston Respublikasining chet davlat sudi yoki chet davlat hakamlik sudi (arbitraji) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish bilan bogʻliq xalqaro shartnomalari ishtirokchisi boʻlmagan chet davlat sudi tomonidan chiqarilgan boʻlsa; | 9) hal qiluv qarori Oʻzbekiston Respublikasining chet davlat sudi yoki chet davlat hakamlik sudi (arbitraji) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish bilan bogʻliq xalqaro shartnomalari ishtirokchisi boʻlmagan chet davlat sudi tomonidan chiqarilgan boʻlsa; |
10) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish Oʻzbekiston Respublikasining suverenitetiga, xavfsizligiga zarar yetkazsa yoki qonunchilikning asosiy prinsiplariga zid boʻlsa. | 10) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish Oʻzbekiston Respublikasining suverenitetiga, xavfsizligiga zarar yetkazsa yoki qonunchilikning asosiy prinsiplariga zid boʻlsa. |
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijro etish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra ham rad etilishi mumkin. | Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijro etish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra ham rad etilishi mumkin. |
371-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud ajrimi | 371-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud ajrimi |
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud ushbu Kodeksning 24-bobida belgilangan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi. | Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud ushbu Kodeksning 24-bobida belgilangan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi. |
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud ajrimida, shuningdek quyidagilar koʻrsatilishi kerak: | Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud ajrimida, shuningdek quyidagilar koʻrsatilishi kerak: |
chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) nomi va joylashgan yeri; | chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) nomi va joylashgan yeri; |
undiruvchining va qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi); | undiruvchining va qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi); |
chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) undiruvchi tan olinishi va ijroga qaratilishini soʻrayotgan hal qiluv qarori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; | chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) undiruvchi tan olinishi va ijroga qaratilishini soʻrayotgan hal qiluv qarori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; |
hal qiluv qarorini tan olish va ijro etish haqidagi yoxud uni eʼtirof etishni va ijro etishni rad qilish toʻgʻrisidagi koʻrsatma. | hal qiluv qarorini tan olish va ijro etish haqidagi yoxud uni eʼtirof etishni va ijro etishni rad qilish toʻgʻrisidagi koʻrsatma. |
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
372-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini ijro etish | 372-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini ijro etish |
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisida ajrim chiqargan sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi. | Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisida ajrim chiqargan sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi. |
IV BOʻLIM. SUD HUJJATLARINI QAYTA KOʻRISH | IV BOʻLIM. SUD HUJJATLARINI QAYTA KOʻRISH |
43-bob. Umumiy qoidalar | 43-bob. Umumiy qoidalar |
3721-modda. Sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi yuzasidan tekshiruv qoʻzgʻatish | 3721-modda. Sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi yuzasidan tekshiruv qoʻzgʻatish |
Sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi yuzasidan tekshiruv: | Sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi yuzasidan tekshiruv: |
1) birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati yoki apellyatsiya protesti boʻyicha; | 1) birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati yoki apellyatsiya protesti boʻyicha; |
2) birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat yoki xususiy protest boʻyicha; | 2) birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat yoki xususiy protest boʻyicha; |
3) birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati yoki kassatsiya protesti boʻyicha; | 3) birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati yoki kassatsiya protesti boʻyicha; |
4) birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat yoki xususiy protest boʻyicha; | 4) birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat yoki xususiy protest boʻyicha; |
5) birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ustidan, shuningdek mazkur sud hujjatlarini koʻrib chiqqan apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining, tegishli taftish instansiyasi sudining ajrimi, qarori ustidan berilgan taftish shikoyati yoki taftish protesti boʻyicha qoʻzgʻatiladi. | 5) birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ustidan, shuningdek mazkur sud hujjatlarini koʻrib chiqqan apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining, tegishli taftish instansiyasi sudining ajrimi, qarori ustidan berilgan taftish shikoyati yoki taftish protesti boʻyicha qoʻzgʻatiladi. |
3722-modda. Sud hujjatini bekor qilish yoki oʻzgartirish asoslari | 3722-modda. Sud hujjatini bekor qilish yoki oʻzgartirish asoslari |
Sud hujjatini apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin: | Sud hujjatini apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin: |
1) ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi; | 1) ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi; |
2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi; | 2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi; |
3) sud hujjatida bayon etilgan sud xulosalarining ish holatlariga muvofiq emasligi; | 3) sud hujjatida bayon etilgan sud xulosalarining ish holatlariga muvofiq emasligi; |
4) bildirilgan talab boʻyicha sud tomonidan sud hujjatining qabul qilinmaganligi; | 4) bildirilgan talab boʻyicha sud tomonidan sud hujjatining qabul qilinmaganligi; |
5) moddiy va protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi. | 5) moddiy va protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi. |
Sudning mazmunan toʻgʻri boʻlgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori faqat rasmiy asoslarga koʻra bekor qilinishi mumkin emas. | Sudning mazmunan toʻgʻri boʻlgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori faqat rasmiy asoslarga koʻra bekor qilinishi mumkin emas. |
Sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi masalaning hal qilinmaganligi yoki notoʻgʻri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asos boʻlmaydi. Bunday holda ajrimning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 138 — 141-moddalarida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi koʻrsatiladi. | Sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi masalaning hal qilinmaganligi yoki notoʻgʻri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asos boʻlmaydi. Bunday holda ajrimning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 138 — 141-moddalarida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi koʻrsatiladi. |
3723-modda. Moddiy huquq normalarini buzish yoki notoʻgʻri qoʻllash | 3723-modda. Moddiy huquq normalarini buzish yoki notoʻgʻri qoʻllash |
Quyidagi hollarda moddiy huquq normalari buzilgan yoki notoʻgʻri qoʻllanilgan deb hisoblanadi, agar sud: | Quyidagi hollarda moddiy huquq normalari buzilgan yoki notoʻgʻri qoʻllanilgan deb hisoblanadi, agar sud: |
1) qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunni yoki boshqa qonunchilik hujjatini qoʻllamagan boʻlsa; | 1) qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunni yoki boshqa qonunchilik hujjatini qoʻllamagan boʻlsa; |
2) qoʻllanilmasligi lozim boʻlgan qonunni yoki boshqa qonunchilik hujjatini qoʻllagan boʻlsa; | 2) qoʻllanilmasligi lozim boʻlgan qonunni yoki boshqa qonunchilik hujjatini qoʻllagan boʻlsa; |
3) qonunni yoki boshqa qonunchilik hujjatini notoʻgʻri talqin qilgan boʻlsa. | 3) qonunni yoki boshqa qonunchilik hujjatini notoʻgʻri talqin qilgan boʻlsa. |
3724-modda. Protsessual huquq normalarini buzish yoki notoʻgʻri qoʻllash | 3724-modda. Protsessual huquq normalarini buzish yoki notoʻgʻri qoʻllash |
Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi ishning notoʻgʻri hal etilishiga sabab boʻlgan yoki sabab boʻlishi mumkin boʻlgan taqdirdagina sudning hal qiluv qarorini, ajrimini, qarorini bekor qilinishiga asos boʻladi. | Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi ishning notoʻgʻri hal etilishiga sabab boʻlgan yoki sabab boʻlishi mumkin boʻlgan taqdirdagina sudning hal qiluv qarorini, ajrimini, qarorini bekor qilinishiga asos boʻladi. |
Agar: | Agar: |
1) ish sud tomonidan gʻayriqonuniy tarkibda yoki taalluqlilik toʻgʻrisidagi qoidalar buzilgan holda koʻrilgan boʻlsa; | 1) ish sud tomonidan gʻayriqonuniy tarkibda yoki taalluqlilik toʻgʻrisidagi qoidalar buzilgan holda koʻrilgan boʻlsa; |
2) ish sud tomonidan sud muhokamasida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan, ammo sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinmagan shaxslardan biror-biri yoʻqligida koʻrilgan boʻlsa; | 2) ish sud tomonidan sud muhokamasida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan, ammo sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinmagan shaxslardan biror-biri yoʻqligida koʻrilgan boʻlsa; |
3) ish koʻrilayotganida sud ishlari yuritiladigan tilga doir qoidalar buzilgan boʻlsa; | 3) ish koʻrilayotganida sud ishlari yuritiladigan tilga doir qoidalar buzilgan boʻlsa; |
4) sud ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisidagi masalani hal qilgan boʻlsa; | 4) sud ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisidagi masalani hal qilgan boʻlsa; |
5) sudning hal qiluv qarorini, ajrimini, qarorini chiqarishda sud maslahatining sir saqlanishiga doir qoidalar buzilgan boʻlsa; | 5) sudning hal qiluv qarorini, ajrimini, qarorini chiqarishda sud maslahatining sir saqlanishiga doir qoidalar buzilgan boʻlsa; |
6) hal qiluv qarori, ajrim, qaror ishni koʻrgan va hal qilgan sudyalardan (sudyadan) boshqa sudyalar (sudya) tomonidan imzolangan boʻlsa; | 6) hal qiluv qarori, ajrim, qaror ishni koʻrgan va hal qilgan sudyalardan (sudyadan) boshqa sudyalar (sudya) tomonidan imzolangan boʻlsa; |
7) sud majlisi bayonnomasi imzolanmagan boʻlsa, sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ham bekor qilinishi mumkin. | 7) sud majlisi bayonnomasi imzolanmagan boʻlsa, sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ham bekor qilinishi mumkin. |
3725-modda. Apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi sudi ajrimining, qarorining mazmuni | 3725-modda. Apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi sudi ajrimining, qarorining mazmuni |
Apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi sudining ajrimida, qarorida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: | Apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi sudining ajrimida, qarorida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: |
1) ishning raqami, ajrim, qaror chiqarilgan vaqt va joy; | 1) ishning raqami, ajrim, qaror chiqarilgan vaqt va joy; |
2) ajrim, qaror qabul qilgan sudning nomi va tarkibi; | 2) ajrim, qaror qabul qilgan sudning nomi va tarkibi; |
3) taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning ishtiroki toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; | 3) taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning ishtiroki toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; |
4) ish kimning shikoyati (protesti) boʻyicha koʻrib chiqilganligi; | 4) ish kimning shikoyati (protesti) boʻyicha koʻrib chiqilganligi; |
5) shikoyat qilingan (protest keltirilgan) sud hujjatining nomi va uning qisqacha mazmuni; | 5) shikoyat qilingan (protest keltirilgan) sud hujjatining nomi va uning qisqacha mazmuni; |
6) shikoyatda (protestda) bayon etilgan vajlar, taqdim etilgan materiallarning qisqacha mazmuni, ishni koʻrishda ishtirok etgan shaxslarning tushuntirishlari, prokurorning fikri; | 6) shikoyatda (protestda) bayon etilgan vajlar, taqdim etilgan materiallarning qisqacha mazmuni, ishni koʻrishda ishtirok etgan shaxslarning tushuntirishlari, prokurorning fikri; |
7) apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi xulosaga kelishiga asos boʻlgan sabablar hamda sud amal qilgan moddiy va protsessual huquq normalariga havola; | 7) apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi xulosaga kelishiga asos boʻlgan sabablar hamda sud amal qilgan moddiy va protsessual huquq normalariga havola; |
8) ajrimning, qarorning xulosa qismi. | 8) ajrimning, qarorning xulosa qismi. |
Apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi sudining ajrimi, qarori ishni koʻrgan sudyalar tomonidan imzolanadi. | Apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi sudining ajrimi, qarori ishni koʻrgan sudyalar tomonidan imzolanadi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi. |
Sud shikoyatni (protestni) rad qilgan taqdirda oʻz ajrimida, qarorida qaysi sabablarga koʻra shikoyatdagi (protestdagi) vajlar notoʻgʻri deb yoki sud hujjatini bekor qilish yoxud oʻzgartirish uchun asos boʻlmaydi deb topilganligini koʻrsatishi shart. | Sud shikoyatni (protestni) rad qilgan taqdirda oʻz ajrimida, qarorida qaysi sabablarga koʻra shikoyatdagi (protestdagi) vajlar notoʻgʻri deb yoki sud hujjatini bekor qilish yoxud oʻzgartirish uchun asos boʻlmaydi deb topilganligini koʻrsatishi shart. |
3726-modda. Apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi ajrimining, qarorining qonuniy kuchga kirishi | 3726-modda. Apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi ajrimining, qarorining qonuniy kuchga kirishi |
Apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudining ajrimi, qarori qabul qilinganidan keyin darhol qonuniy kuchga kiradi. | Apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudining ajrimi, qarori qabul qilinganidan keyin darhol qonuniy kuchga kiradi. |
44-bob. Apellyatsiya instansiyasi sudida ish yuritish | 44-bob. Apellyatsiya instansiyasi sudida ish yuritish |
383-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish huquqi | 383-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish huquqi |
Taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil sudning qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat qilishi mumkin, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno. | Taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil sudning qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat qilishi mumkin, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno. |
Prokuror, yuqori turuvchi prokuror prokurorning ishtirokida koʻrilgan ish boʻyicha yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ish boʻyicha, shuningdek ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlgan taqdirda birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan sud hujjati ustidan apellyatsiya protesti keltirishga haqli. | Prokuror, yuqori turuvchi prokuror prokurorning ishtirokida koʻrilgan ish boʻyicha yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ish boʻyicha, shuningdek ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlgan taqdirda birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan sud hujjati ustidan apellyatsiya protesti keltirishga haqli. |
384-modda. Apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻrib chiqadigan sudlar | 384-modda. Apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻrib chiqadigan sudlar |
Quyidagilar: | Quyidagilar: |
1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati — tegishli fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan; | 1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati — tegishli fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan; |
2) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi — hududiy harbiy sudlarning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan; | 2) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi — hududiy harbiy sudlarning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan; |
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻrib chiqadi. | 3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻrib chiqadi. |
385-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi | 385-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi |
Apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudining nomiga yoʻllanadi, lekin hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni qabul qilgan sudga beriladi. | Apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudining nomiga yoʻllanadi, lekin hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni qabul qilgan sudga beriladi. |
Sud hujjatini qabul qilgan sud apellyatsiya shikoyati (protesti) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni apellyatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart. | Sud hujjatini qabul qilgan sud apellyatsiya shikoyati (protesti) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni apellyatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart. |
3851-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati | 3851-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati |
Apellyatsiya shikoyati (protesti) sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida berilishi mumkin. | Apellyatsiya shikoyati (protesti) sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida berilishi mumkin. |
Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan, shuningdek oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida berilishi mumkin. | Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan, shuningdek oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida berilishi mumkin. |
Oʻtkazib yuborilgan muddat, agar iltimosnoma hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay berilgan va muddatni oʻtkazib yuborish sabablari uzrli deb topilgan boʻlsa, apellyatsiya shikoyati (protesti) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga koʻra apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan tiklanishi mumkin. | Oʻtkazib yuborilgan muddat, agar iltimosnoma hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay berilgan va muddatni oʻtkazib yuborish sabablari uzrli deb topilgan boʻlsa, apellyatsiya shikoyati (protesti) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga koʻra apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan tiklanishi mumkin. |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi. |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi. |
386-modda. Apellyatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni | 386-modda. Apellyatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni |
Apellyatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: | Apellyatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: |
1) shikoyat (protest) yoʻllanayotgan sudning nomi; | 1) shikoyat (protest) yoʻllanayotgan sudning nomi; |
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili); | 2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili); |
3) ishning raqami, shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori, ajrim, qaror qabul qilingan sana va ushbu sud hujjatlarini qabul qilgan sud; | 3) ishning raqami, shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori, ajrim, qaror qabul qilingan sana va ushbu sud hujjatlarini qabul qilgan sud; |
4) hal qiluv qarorining, ajrimning, qarorning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi; | 4) hal qiluv qarorining, ajrimning, qarorning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi; |
5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosi; | 5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosi; |
6) shikoyatga (protestga) ilova qilingan yozma materiallarning roʻyxati. | 6) shikoyatga (protestga) ilova qilingan yozma materiallarning roʻyxati. |
Apellyatsiya shikoyatini shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili imzolaydi. Apellyatsiya protestini prokuror yoki uning oʻrinbosari keltiradi va imzolaydi. | Apellyatsiya shikoyatini shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili imzolaydi. Apellyatsiya protestini prokuror yoki uning oʻrinbosari keltiradi va imzolaydi. |
Apellyatsiya shikoyatida (protestida) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilishi mumkin. | Apellyatsiya shikoyatida (protestida) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilishi mumkin. |
387-modda. Apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar | 387-modda. Apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar |
Apellyatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi: | Apellyatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi: |
davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat; | davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat; |
apellyatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda — uni imzolashga boʻlgan vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat. | apellyatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda — uni imzolashga boʻlgan vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat. |
Apellyatsiya shikoyati (protesti) sudga ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan apellyatsiya shikoyati (protesti) mustasno. | Apellyatsiya shikoyati (protesti) sudga ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan apellyatsiya shikoyati (protesti) mustasno. |
Zarur hollarda, sudya apellyatsiya shikoyati (protesti) berayotgan shaxsning zimmasiga apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilingan yozma materiallarning koʻchirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab taqdim etish majburiyatini yuklatishi mumkin. | Zarur hollarda, sudya apellyatsiya shikoyati (protesti) berayotgan shaxsning zimmasiga apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilingan yozma materiallarning koʻchirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab taqdim etish majburiyatini yuklatishi mumkin. |
Prokuror ishtirokisiz koʻrib chiqilgan ish boʻyicha apellyatsiya protestiga ushbu Kodeks 383-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning mazkur protestni keltirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan murojaatining koʻchirma nusxasi ilova qilinadi. Bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar mustasno. | Prokuror ishtirokisiz koʻrib chiqilgan ish boʻyicha apellyatsiya protestiga ushbu Kodeks 383-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning mazkur protestni keltirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan murojaatining koʻchirma nusxasi ilova qilinadi. Bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar mustasno. |
Sudning arizani qaytarish haqidagi yoki arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza va sudga taqdim etishda unga qoʻshib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak. | Sudning arizani qaytarish haqidagi yoki arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza va sudga taqdim etishda unga qoʻshib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak. |
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilinganda yoki xodim bir ishdan boshqa ishga gʻayriqonuniy ravishda oʻtkazilganida uni ilgarigi ishiga tiklash toʻgʻrisida sud chiqargan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) ushbu qarorning ijrosiga doir hujjat ilova qilingan taqdirdagina qabul qilinadi. | Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilinganda yoki xodim bir ishdan boshqa ishga gʻayriqonuniy ravishda oʻtkazilganida uni ilgarigi ishiga tiklash toʻgʻrisida sud chiqargan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) ushbu qarorning ijrosiga doir hujjat ilova qilingan taqdirdagina qabul qilinadi. |
388-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish tartibi va muddati | 388-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish tartibi va muddati |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, qabul qilishni rad etish yoki ish yuritishga qabul qilish masalasi apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, qabul qilishni rad etish yoki ish yuritishga qabul qilish masalasi apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi. |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, qabul qilishni rad etish yoki ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, qabul qilishni rad etish yoki ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. |
389-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish | 389-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish |
Apellyatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar: | Apellyatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar: |
1) apellyatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan boʻlsa yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa; | 1) apellyatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan boʻlsa yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa; |
2) apellyatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni ushbu Kodeksning 386-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmasa yoki apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) ushbu Kodeks 387-moddasining ikkinchi, toʻrtinchi — oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa; | 2) apellyatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni ushbu Kodeksning 386-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmasa yoki apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) ushbu Kodeks 387-moddasining ikkinchi, toʻrtinchi — oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa; |
3) apellyatsiya shikoyatiga davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat bojini toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash yoki uning miqdorini kamaytirish imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa; | 3) apellyatsiya shikoyatiga davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat bojini toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash yoki uning miqdorini kamaytirish imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa; |
4) apellyatsiya shikoyati (protesti) sud hujjatini qabul qilgan sudni chetlab oʻtgan holda yuborilgan boʻlsa; | 4) apellyatsiya shikoyati (protesti) sud hujjatini qabul qilgan sudni chetlab oʻtgan holda yuborilgan boʻlsa; |
5) apellyatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa; | 5) apellyatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa; |
6) apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilguniga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) haqida ariza tushgan boʻlsa. | 6) apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilguniga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) haqida ariza tushgan boʻlsa. |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda shikoyatni (protestni) qaytarish asoslari koʻrsatiladi, apellyatsiya shikoyatini berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda shikoyatni (protestni) qaytarish asoslari koʻrsatiladi, apellyatsiya shikoyatini berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi. |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin. |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) bergan shaxs sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) bergan shaxs sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli. |
3891-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish | 3891-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish |
Sudya apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar: | Sudya apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar: |
1) apellyatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; | 1) apellyatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; |
2) apellyatsiya shikoyati (protesti) qonunga muvofiq apellyatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; | 2) apellyatsiya shikoyati (protesti) qonunga muvofiq apellyatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; |
3) apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; | 3) apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; |
4) apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtkazib yuborilgan va oʻtkazilgan muddatni tiklash rad etilgan boʻlsa; | 4) apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtkazib yuborilgan va oʻtkazilgan muddatni tiklash rad etilgan boʻlsa; |
5) apellyatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (uni chaqirib olganligi) sababli apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim mavjud boʻlsa. | 5) apellyatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (uni chaqirib olganligi) sababli apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim mavjud boʻlsa. |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari koʻrsatiladi, apellyatsiya shikoyatini berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari koʻrsatiladi, apellyatsiya shikoyatini berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi. |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin. |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. |
3892-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish | 3892-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish |
Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya etilgan holda berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi. | Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya etilgan holda berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi. |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish boʻyicha sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish boʻyicha sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi. |
Apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni apellyatsiya instansiyasida koʻrish vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishning apellyatsiya tartibida koʻrilishiga toʻsqinlik qilmaydi. | Apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni apellyatsiya instansiyasida koʻrish vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishning apellyatsiya tartibida koʻrilishiga toʻsqinlik qilmaydi. |
3893-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish | 3893-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, apellyatsiya shikoyati (protesti) uni berish muddati oʻtkazib yuborilgan holda berilgan va mazkur muddatni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, apellyatsiya instansiyasi sudi (sudyasi) birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini apellyatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turadi, bundan darhol ijro etilishi lozim boʻlgan hal qiluv qarorlari mustasno. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, apellyatsiya shikoyati (protesti) uni berish muddati oʻtkazib yuborilgan holda berilgan va mazkur muddatni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, apellyatsiya instansiyasi sudi (sudyasi) birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini apellyatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turadi, bundan darhol ijro etilishi lozim boʻlgan hal qiluv qarorlari mustasno. |
Hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi. | Hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi. |
3894-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish | 3894-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish |
Agar apellyatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin shikoyatning (protestning) imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan yoxud mansab mavqeyi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, apellyatsiya instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldiradi. | Agar apellyatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin shikoyatning (protestning) imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan yoxud mansab mavqeyi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, apellyatsiya instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldiradi. |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. |
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holat bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin. | Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holat bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin. |
3895-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish | 3895-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish |
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar: | Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar: |
1) apellyatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u ish yuritishga xatoga yoʻl qoʻyilib qabul qilingan boʻlsa; | 1) apellyatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u ish yuritishga xatoga yoʻl qoʻyilib qabul qilingan boʻlsa; |
2) apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan va u ish yuritishga xatoga yoʻl qoʻyilib qabul qilingan boʻlsa; | 2) apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan va u ish yuritishga xatoga yoʻl qoʻyilib qabul qilingan boʻlsa; |
3) apellyatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; | 3) apellyatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; |
4) apellyatsiya shikoyatidan voz kechish toʻgʻrisidagi ariza apellyatsiya shikoyatini bergan shaxsdan apellyatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan boʻlsa; | 4) apellyatsiya shikoyatidan voz kechish toʻgʻrisidagi ariza apellyatsiya shikoyatini bergan shaxsdan apellyatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan boʻlsa; |
5) protestni chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza protest keltirgan prokurordan yoki yuqori turuvchi prokurordan apellyatsiya protesti ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan boʻlsa; | 5) protestni chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza protest keltirgan prokurordan yoki yuqori turuvchi prokurordan apellyatsiya protesti ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan boʻlsa; |
6) ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar tugatilgan boʻlsa; | 6) ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar tugatilgan boʻlsa; |
7) ishda taraf boʻlgan fuqaro apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa. | 7) ishda taraf boʻlgan fuqaro apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa. |
Apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, unda sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisidagi masala hal etiladi. | Apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, unda sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisidagi masala hal etiladi. |
Apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar boʻyicha apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. | Apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar boʻyicha apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. |
390-modda. Apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) qoʻshilish | 390-modda. Apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) qoʻshilish |
Sud protsessida apellyatsiya shikoyati bergan taraf tomonida ishtirok etayotgan sherik ishtirokchilar va uchinchi shaxslar berilgan shikoyatga qoʻshilishi mumkin. Mazkur shaxslar keltirilgan apellyatsiya protestiga ham qoʻshilishi mumkin. | Sud protsessida apellyatsiya shikoyati bergan taraf tomonida ishtirok etayotgan sherik ishtirokchilar va uchinchi shaxslar berilgan shikoyatga qoʻshilishi mumkin. Mazkur shaxslar keltirilgan apellyatsiya protestiga ham qoʻshilishi mumkin. |
Shikoyatga (protestga) qoʻshilish haqida ariza berilganda davlat boji undirilmaydi. | Shikoyatga (protestga) qoʻshilish haqida ariza berilganda davlat boji undirilmaydi. |
391-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan tushuntirish berish (eʼtiroz bildirish) | 391-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan tushuntirish berish (eʼtiroz bildirish) |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar shikoyat (protest) yuzasidan sudga tushuntirishlar (eʼtirozlar) ularni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib, taqdim etishga haqli. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslar shikoyat (protest) yuzasidan sudga tushuntirishlar (eʼtirozlar) ularni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib, taqdim etishga haqli. |
Tushuntirishlar (eʼtirozlar) ishda ishtirok etuvchi shaxslar soniga qarab mutanosib miqdordagi koʻchirma nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan tushuntirishlar (eʼtirozlar) mustasno. Sud tushuntirishlarning (eʼtirozlarning) koʻchirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi (yuboradi). | Tushuntirishlar (eʼtirozlar) ishda ishtirok etuvchi shaxslar soniga qarab mutanosib miqdordagi koʻchirma nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan tushuntirishlar (eʼtirozlar) mustasno. Sud tushuntirishlarning (eʼtirozlarning) koʻchirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi (yuboradi). |
393-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) toʻldirish, oʻzgartirish, shikoyatdan voz kechish va protestni qaytarib olish | 393-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) toʻldirish, oʻzgartirish, shikoyatdan voz kechish va protestni qaytarib olish |
Apellyatsiya shikoyati bergan shaxs apellyatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar shikoyatni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki undan voz kechishga haqli. | Apellyatsiya shikoyati bergan shaxs apellyatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar shikoyatni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki undan voz kechishga haqli. |
Apellyatsiya protesti keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror apellyatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar protestni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki qaytarib olishga haqli. | Apellyatsiya protesti keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror apellyatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar protestni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki qaytarib olishga haqli. |
Shikoyatdan voz kechilganda va protest qaytarib olingan taqdirda, apellyatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi hamda unga koʻra apellyatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi. | Shikoyatdan voz kechilganda va protest qaytarib olingan taqdirda, apellyatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi hamda unga koʻra apellyatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi. |
Apellyatsiya shikoyati (protesti) rad etilganligi (qaytarib olinganligi) sababli mazkur shikoyat (protest) boʻyicha apellyatsiya tartibida ish yuritishning tugatilishi, agar tegishli sud qarori ustidan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilingan boʻlsa, boshqa apellyatsiya shikoyatlarini (protestini) koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. | Apellyatsiya shikoyati (protesti) rad etilganligi (qaytarib olinganligi) sababli mazkur shikoyat (protest) boʻyicha apellyatsiya tartibida ish yuritishning tugatilishi, agar tegishli sud qarori ustidan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilingan boʻlsa, boshqa apellyatsiya shikoyatlarini (protestini) koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. |
394-modda. Daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi | 394-modda. Daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi |
Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgandan keyin daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida apellyatsiya instansiyasi sudiga taqdim etilishi kerak. | Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgandan keyin daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida apellyatsiya instansiyasi sudiga taqdim etilishi kerak. |
Agar ish muhokamasi davomida daʼvogar arz qilingan talablaridan voz kechsa, javobgar bildirilgan talablarni tan olsa yoki taraflar kelishuv bitimi tuzsa, bu haqda sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyiladi. | Agar ish muhokamasi davomida daʼvogar arz qilingan talablaridan voz kechsa, javobgar bildirilgan talablarni tan olsa yoki taraflar kelishuv bitimi tuzsa, bu haqda sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyiladi. |
Sud daʼvodan voz kechishni qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin daʼvogarga yoki taraflarga bunday protsessual harakatlarning oqibatlarini tushuntiradi. | Sud daʼvodan voz kechishni qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin daʼvogarga yoki taraflarga bunday protsessual harakatlarning oqibatlarini tushuntiradi. |
Apellyatsiya instansiyasi sudi daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilganida yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlaganida chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qiladi va ish yuritishni tugatadi. | Apellyatsiya instansiyasi sudi daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilganida yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlaganida chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qiladi va ish yuritishni tugatadi. |
Agar daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi yoki taraflarning kelishuv bitimi qonunga zid boʻlsa yoxud boshqa birovning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga xilof boʻlsa, sud voz kechishni qabul qilmaydi yoxud tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi va ishni apellyatsiya tartibida koʻrib chiqadi. | Agar daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi yoki taraflarning kelishuv bitimi qonunga zid boʻlsa yoxud boshqa birovning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga xilof boʻlsa, sud voz kechishni qabul qilmaydi yoxud tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi va ishni apellyatsiya tartibida koʻrib chiqadi. |
395-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish muddati | 395-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish muddati |
Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi. | Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi. |
Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan, shuningdek oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) u sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi. | Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan, shuningdek oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) u sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi. |
Alohida hollarda, apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddati ishni koʻrayotgan sudlov hayʼati tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin. | Alohida hollarda, apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddati ishni koʻrayotgan sudlov hayʼati tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin. |
396-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining ishni koʻrish doirasi | 396-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining ishni koʻrish doirasi |
Sud ishni apellyatsiya tartibida koʻrayotganda sud hujjatlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshiradi. U yangi dalillarni oʻrganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin. | Sud ishni apellyatsiya tartibida koʻrayotganda sud hujjatlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshiradi. U yangi dalillarni oʻrganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin. |
Apellyatsiya instansiyasi sudi sud hujjatini toʻliq hajmda tekshirib chiqishi shart. | Apellyatsiya instansiyasi sudi sud hujjatini toʻliq hajmda tekshirib chiqishi shart. |
397-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrish tartibi | 397-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrish tartibi |
Apellyatsiya instansiyasi sudida sud muhokamasi mazkur moddada belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda, ushbu Kodeksning 22-bobida belgilangan qoidalar boʻyicha oʻtkaziladi. | Apellyatsiya instansiyasi sudida sud muhokamasi mazkur moddada belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda, ushbu Kodeksning 22-bobida belgilangan qoidalar boʻyicha oʻtkaziladi. |
Apellyatsiya instansiyasi sudining majlisida raislik qiluvchi ushbu Kodeksning 211 va 212-moddalariga amal qilgan holda, sud majlisida tegishli tartibni taʼminlashga doir zarur choralarni koʻradi. | Apellyatsiya instansiyasi sudining majlisida raislik qiluvchi ushbu Kodeksning 211 va 212-moddalariga amal qilgan holda, sud majlisida tegishli tartibni taʼminlashga doir zarur choralarni koʻradi. |
Raislik qiluvchi sud majlisini ochadi va kimning shikoyati (protesti) boʻyicha hamda qaysi sudning hal qiluv qarori ustidan qanday ish koʻrilishini eʼlon qiladi. Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qaysi biri kelmaganligini, kelmaganlik sabablari toʻgʻrisida qanday maʼlumotlar borligini aniqlaydi, sudga kelganlarning shaxsini aniqlaydi, shuningdek mansabdor shaxslarning va vakillarning vakolatlarini tekshiradi. | Raislik qiluvchi sud majlisini ochadi va kimning shikoyati (protesti) boʻyicha hamda qaysi sudning hal qiluv qarori ustidan qanday ish koʻrilishini eʼlon qiladi. Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qaysi biri kelmaganligini, kelmaganlik sabablari toʻgʻrisida qanday maʼlumotlar borligini aniqlaydi, sudga kelganlarning shaxsini aniqlaydi, shuningdek mansabdor shaxslarning va vakillarning vakolatlarini tekshiradi. |
Raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, sud majlisining kotibi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon sifatida kimlar ishtirok etayotganligini eʼlon qiladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning rad qilishga doir huquqlarini tushuntiradi. | Raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, sud majlisining kotibi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon sifatida kimlar ishtirok etayotganligini eʼlon qiladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning rad qilishga doir huquqlarini tushuntiradi. |
Arz qilingan rad qilishlar ushbu Kodeksning 4-bobida belgilangan tartibda hal etiladi. | Arz qilingan rad qilishlar ushbu Kodeksning 4-bobida belgilangan tartibda hal etiladi. |
Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi. | Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi. |
Ishni koʻrish vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabardor qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning biror-biri sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud ishning muhokamasini keyinga qoldiradi. | Ishni koʻrish vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabardor qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning biror-biri sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud ishning muhokamasini keyinga qoldiradi. |
Ishni koʻrish vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi ishning muhokamasiga toʻsqinlik qilmaydi. Biroq sud bunday hollarda ham sudga kelmaganlik sabablarini uzrli deb topib, ishning muhokamasini keyinga qoldirishga haqli. | Ishni koʻrish vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi ishning muhokamasiga toʻsqinlik qilmaydi. Biroq sud bunday hollarda ham sudga kelmaganlik sabablarini uzrli deb topib, ishning muhokamasini keyinga qoldirishga haqli. |
Prokurorning yoki advokatning sudga uzrli sabablarsiz kelmaganligi toʻgʻrisida sud xususiy ajrim chiqarib, bu haqda tegishli yuqori turuvchi prokurorga yoki Oʻzbekiston Respublikasi advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga xabar beradi. | Prokurorning yoki advokatning sudga uzrli sabablarsiz kelmaganligi toʻgʻrisida sud xususiy ajrim chiqarib, bu haqda tegishli yuqori turuvchi prokurorga yoki Oʻzbekiston Respublikasi advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga xabar beradi. |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning apellyatsiya instansiyasida ishning muhokamasi bilan bogʻliq boʻlgan barcha masalalar boʻyicha iltimosnomalari va arizalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikrlari eshitilgandan keyin sud tomonidan hal etiladi. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning apellyatsiya instansiyasida ishning muhokamasi bilan bogʻliq boʻlgan barcha masalalar boʻyicha iltimosnomalari va arizalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikrlari eshitilgandan keyin sud tomonidan hal etiladi. |
Apellyatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrish raislik qiluvchining yoki sudyalardan birining maʼruzasi bilan boshlanadi. | Apellyatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrish raislik qiluvchining yoki sudyalardan birining maʼruzasi bilan boshlanadi. |
Maʼruzachi ishning holatlarini, birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining mazmunini, apellyatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan vajlarni va ular yuzasidan berilgan tushuntirishlarni (eʼtirozlarni), yangi dalillarning mazmunini, shuningdek sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish uchun sud koʻrishi zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni bayon qiladi. | Maʼruzachi ishning holatlarini, birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining mazmunini, apellyatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan vajlarni va ular yuzasidan berilgan tushuntirishlarni (eʼtirozlarni), yangi dalillarning mazmunini, shuningdek sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish uchun sud koʻrishi zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni bayon qiladi. |
Sud raislik qiluvchining yoki sudyalardan birining maʼruzasidan keyin sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini eshitadi, bu shaxslar apellyatsiya shikoyatida (protestida) koʻrsatilmagan vajlarni keltirishga va qoʻshimcha materiallar taqdim etishga ham haqli. | Sud raislik qiluvchining yoki sudyalardan birining maʼruzasidan keyin sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini eshitadi, bu shaxslar apellyatsiya shikoyatida (protestida) koʻrsatilmagan vajlarni keltirishga va qoʻshimcha materiallar taqdim etishga ham haqli. |
Dastlab apellyatsiya shikoyati bergan shaxs va uning vakili yoki, agar ish protest boʻyicha koʻrilayotgan boʻlsa, prokuror soʻzga chiqadi. Hal qiluv qarori ustidan har ikkala taraf tomonidan shikoyat qilingan boʻlsa, birinchi boʻlib daʼvogar soʻzga chiqadi. | Dastlab apellyatsiya shikoyati bergan shaxs va uning vakili yoki, agar ish protest boʻyicha koʻrilayotgan boʻlsa, prokuror soʻzga chiqadi. Hal qiluv qarori ustidan har ikkala taraf tomonidan shikoyat qilingan boʻlsa, birinchi boʻlib daʼvogar soʻzga chiqadi. |
Ushbu Kodeksning 52-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat boshqaruvi organlarining, tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar, agar ular sudning hujjati ustidan shikoyat qilmagan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudida taraflar va uchinchi shaxslardan keyin soʻzga chiqadi. | Ushbu Kodeksning 52-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat boshqaruvi organlarining, tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar, agar ular sudning hujjati ustidan shikoyat qilmagan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudida taraflar va uchinchi shaxslardan keyin soʻzga chiqadi. |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlaridan soʻng prokuror sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi toʻgʻrisida fikrini bayon etadi, bundan prokurorning protesti boʻyicha qayta koʻrilayotgan sud hujjatlari mustasno. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlaridan soʻng prokuror sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi toʻgʻrisida fikrini bayon etadi, bundan prokurorning protesti boʻyicha qayta koʻrilayotgan sud hujjatlari mustasno. |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari va prokuror fikri eshitilgandan soʻng apellyatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqarish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari va prokuror fikri eshitilgandan soʻng apellyatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqarish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi. |
Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ish koʻrilgandan soʻng darhol chiqariladi. | Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ish koʻrilgandan soʻng darhol chiqariladi. |
Alohida hollarda, asoslantirilgan ajrimni tayyorlash besh kungacha boʻlgan muddatga kechiktirilishi mumkin, biroq ajrimning xulosa qismini sud apellyatsiya muhokamasi tamomlangan majlisning oʻzidayoq eʼlon qilishi kerak. | Alohida hollarda, asoslantirilgan ajrimni tayyorlash besh kungacha boʻlgan muddatga kechiktirilishi mumkin, biroq ajrimning xulosa qismini sud apellyatsiya muhokamasi tamomlangan majlisning oʻzidayoq eʼlon qilishi kerak. |
Sudyalarning maslahatlashuvi, ajrim chiqarish va uni oʻqib eshittirish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Sudyalarning maslahatlashuvi, ajrim chiqarish va uni oʻqib eshittirish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
398-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudida ish yuritishni toʻxtatib turish | 398-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudida ish yuritishni toʻxtatib turish |
Apellyatsiya instansiyasi sudi ish yuritishni ushbu Kodeksning 10-bobida nazarda tutilgan tartibda toʻxtatib turadi. | Apellyatsiya instansiyasi sudi ish yuritishni ushbu Kodeksning 10-bobida nazarda tutilgan tartibda toʻxtatib turadi. |
399-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining vakolatlari | 399-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining vakolatlari |
Sud ishni apellyatsiya tartibida koʻrib chiqqach, oʻz ajrimi bilan: | Sud ishni apellyatsiya tartibida koʻrib chiqqach, oʻz ajrimi bilan: |
1) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga; | 1) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga; |
2) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarishga; | 2) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarishga; |
3) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman oʻzgartirishga; | 3) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman oʻzgartirishga; |
4) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga hamda ushbu Kodeksda koʻrsatilgan asoslarga koʻra arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni toʻliq yoki qisman tugatishga; | 4) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga hamda ushbu Kodeksda koʻrsatilgan asoslarga koʻra arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni toʻliq yoki qisman tugatishga; |
5) agar ish sudga taalluqlilik toʻgʻrisidagi qoidalar buzilgan holda koʻrib chiqilgan boʻlsa, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli. | 5) agar ish sudga taalluqlilik toʻgʻrisidagi qoidalar buzilgan holda koʻrib chiqilgan boʻlsa, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli. |
Ushbu Kodeks 3722-moddasi birinchi qismining 4-bandida va 3724-moddasi ikkinchi qismining 2 va 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, apellyatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻradi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim boʻlgan harakatlar koʻrsatiladi. | Ushbu Kodeks 3722-moddasi birinchi qismining 4-bandida va 3724-moddasi ikkinchi qismining 2 va 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, apellyatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻradi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim boʻlgan harakatlar koʻrsatiladi. |
400-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berish huquqi | 400-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berish huquqi |
Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan sud tomonidan ajrim topshirilgan yoki yuborilgan kundan eʼtiboran yigirma kun ichida apellyatsiya instansiyasi sudiga quyidagi hollarda sudning hal qiluv qaroridan alohida shikoyat qilishi va prokuror protest keltirishi mumkin: | Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan sud tomonidan ajrim topshirilgan yoki yuborilgan kundan eʼtiboran yigirma kun ichida apellyatsiya instansiyasi sudiga quyidagi hollarda sudning hal qiluv qaroridan alohida shikoyat qilishi va prokuror protest keltirishi mumkin: |
1) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda; | 1) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda; |
2) sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qiladigan hollarda. | 2) sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qiladigan hollarda. |
Birinchi instansiya sudining boshqa ajrimlari ustidan xususiy shikoyat (protest) berilmaydi, biroq bunday ajrimlarga qarshi eʼtirozlar apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) kiritilishi mumkin. | Birinchi instansiya sudining boshqa ajrimlari ustidan xususiy shikoyat (protest) berilmaydi, biroq bunday ajrimlarga qarshi eʼtirozlar apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) kiritilishi mumkin. |
401-modda. Xususiy shikoyatlar (protestlar) berish va ularni koʻrib chiqish tartibi | 401-modda. Xususiy shikoyatlar (protestlar) berish va ularni koʻrib chiqish tartibi |
Xususiy shikoyatlar (protestlar) ushbu bobda belgilangan tartibda beriladi va koʻrib chiqiladi. | Xususiy shikoyatlar (protestlar) ushbu bobda belgilangan tartibda beriladi va koʻrib chiqiladi. |
402-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat qilinganligi (protest keltirilganligi) munosabati bilan ishni koʻradigan apellyatsiya instansiyasi sudining vakolatlari | 402-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat qilinganligi (protest keltirilganligi) munosabati bilan ishni koʻradigan apellyatsiya instansiyasi sudining vakolatlari |
Apellyatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) koʻrib chiqib: | Apellyatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) koʻrib chiqib: |
1) ajrimni oʻzgarishsiz qoldirishga; | 1) ajrimni oʻzgarishsiz qoldirishga; |
2) ajrimni bekor qilishga va daʼvo arizasini (arizani), ishni mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga; | 2) ajrimni bekor qilishga va daʼvo arizasini (arizani), ishni mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga; |
3) ajrimni butunlay yoki qisman oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga; | 3) ajrimni butunlay yoki qisman oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga; |
4) ajrimni bekor qilishga va daʼvo arizasini (arizani), ish materiallarini koʻrib chiqish uchun sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli. | 4) ajrimni bekor qilishga va daʼvo arizasini (arizani), ish materiallarini koʻrib chiqish uchun sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli. |
4021-modda. Birinchi instansiya sudining qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) | 4021-modda. Birinchi instansiya sudining qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) |
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) uchun ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi. | Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) uchun ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi. |
45-bob. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish | 45-bob. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish |
403-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) berish huquqi | 403-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) berish huquqi |
Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno, sudning qonuniy kuchga kirgan va apellyatsiya tartibida koʻrilmagan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishi mumkin. | Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno, sudning qonuniy kuchga kirgan va apellyatsiya tartibida koʻrilmagan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishi mumkin. |
Prokuror, yuqori turuvchi prokuror prokurorning ishtirokida koʻrilgan ish boʻyicha, shuningdek ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlgan taqdirda birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan va apellyatsiya tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan kassatsiya protesti keltirishga haqli. | Prokuror, yuqori turuvchi prokuror prokurorning ishtirokida koʻrilgan ish boʻyicha, shuningdek ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlgan taqdirda birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan va apellyatsiya tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan kassatsiya protesti keltirishga haqli. |
404-modda. Kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻradigan sudlar | 404-modda. Kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻradigan sudlar |
Quyidagilar: | Quyidagilar: |
1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati — tegishli fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan; | 1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati — tegishli fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan; |
2) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi — hududiy harbiy sudlarning va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan; | 2) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi — hududiy harbiy sudlarning va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan; |
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻrib chiqadi. | 3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻrib chiqadi. |
405-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi | 405-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi |
Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining nomiga yoʻllanadi, lekin hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni qabul qilgan sudga beriladi. | Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining nomiga yoʻllanadi, lekin hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni qabul qilgan sudga beriladi. |
Sud hujjatini qabul qilgan sud kassatsiya shikoyati (protesti) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni kassatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart. | Sud hujjatini qabul qilgan sud kassatsiya shikoyati (protesti) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni kassatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart. |
4051-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati | 4051-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati |
Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy ichida berilishi mumkin. | Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy ichida berilishi mumkin. |
Oʻtkazib yuborilgan kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga koʻra kassatsiya instansiya sudining sudyasi tomonidan, agar iltimosnoma kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati oʻtgan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilsa, tiklanishi mumkin. | Oʻtkazib yuborilgan kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga koʻra kassatsiya instansiya sudining sudyasi tomonidan, agar iltimosnoma kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati oʻtgan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilsa, tiklanishi mumkin. |
Kassatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi. | Kassatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi. |
Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi. | Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi. |
406-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni | 406-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni |
Kassatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: | Kassatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: |
1) shikoyat (protest) yoʻllanayotgan kassatsiya instansiyasi sudining nomi; | 1) shikoyat (protest) yoʻllanayotgan kassatsiya instansiyasi sudining nomi; |
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili); | 2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili); |
3) ishning raqami, shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori, ajrim, qaror qabul qilingan sana va ushbu sud hujjatini qabul qilgan sud; | 3) ishning raqami, shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori, ajrim, qaror qabul qilingan sana va ushbu sud hujjatini qabul qilgan sud; |
4) hal qiluv qarorining, ajrimning, qarorning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi; | 4) hal qiluv qarorining, ajrimning, qarorning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi; |
5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosi; | 5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosi; |
6) shikoyatga (protestga) ilova qilingan yozma materiallarning roʻyxati. | 6) shikoyatga (protestga) ilova qilingan yozma materiallarning roʻyxati. |
Kassatsiya shikoyatini shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili imzolaydi. | Kassatsiya shikoyatini shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili imzolaydi. |
Kassatsiya protesti protest keltirgan prokuror yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolangan boʻlishi kerak. | Kassatsiya protesti protest keltirgan prokuror yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolangan boʻlishi kerak. |
Kassatsiya shikoyatida (protestida) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilishi mumkin. | Kassatsiya shikoyatida (protestida) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilishi mumkin. |
407-modda. Kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar | 407-modda. Kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar |
Kassatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi: | Kassatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi: |
davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat; | davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat; |
kassatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan hollarda, uni imzolashga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat. | kassatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan hollarda, uni imzolashga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat. |
Kassatsiya shikoyati (protesti) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan kassatsiya shikoyati (protesti) mustasno. | Kassatsiya shikoyati (protesti) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan kassatsiya shikoyati (protesti) mustasno. |
Zarur hollarda, sudya kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs zimmasiga kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilingan yozma materiallarning koʻchirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab taqdim etish majburiyatini yuklatishi mumkin. | Zarur hollarda, sudya kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs zimmasiga kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilingan yozma materiallarning koʻchirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab taqdim etish majburiyatini yuklatishi mumkin. |
Prokurorning ishtirokisiz koʻrilgan ish boʻyicha kassatsiya protestiga ushbu Kodeks 403-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning mazkur protestni keltirishga asos boʻlib xizmat qilgan murojaatining koʻchirma nusxasi ilova qilinadi, bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar mustasno. | Prokurorning ishtirokisiz koʻrilgan ish boʻyicha kassatsiya protestiga ushbu Kodeks 403-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning mazkur protestni keltirishga asos boʻlib xizmat qilgan murojaatining koʻchirma nusxasi ilova qilinadi, bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar mustasno. |
Sudning arizani qaytarish haqidagi yoki arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza va unga qoʻshib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak. | Sudning arizani qaytarish haqidagi yoki arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza va unga qoʻshib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak. |
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilinganda yoki xodim bir ishdan boshqa ishga gʻayriqonuniy ravishda oʻtkazilganida uni ilgarigi ishiga tiklash toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu qarorning ijrosiga doir hujjat ilova qilingan taqdirdagina qabul qilinadi. | Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilinganda yoki xodim bir ishdan boshqa ishga gʻayriqonuniy ravishda oʻtkazilganida uni ilgarigi ishiga tiklash toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu qarorning ijrosiga doir hujjat ilova qilingan taqdirdagina qabul qilinadi. |
4071-modda. Ishni talab qilib olish | 4071-modda. Ishni talab qilib olish |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, viloyat prokurori, unga tenglashtirilgan prokuror va ularning oʻrinbosarlari, tuman, shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar ushbu Kodeksning 403-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning murojaatlari mavjud boʻlgan taqdirda yoki prokuror ishtirokida koʻrilgan ishlar boʻyicha yoxud qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar boʻyicha kassatsiya protesti keltirish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun tegishli suddan ishni talab qilib olishga haqli. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, viloyat prokurori, unga tenglashtirilgan prokuror va ularning oʻrinbosarlari, tuman, shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar ushbu Kodeksning 403-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning murojaatlari mavjud boʻlgan taqdirda yoki prokuror ishtirokida koʻrilgan ishlar boʻyicha yoxud qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar boʻyicha kassatsiya protesti keltirish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun tegishli suddan ishni talab qilib olishga haqli. |
4072-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish tartibi va muddati | 4072-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish tartibi va muddati |
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, qabul qilishni rad etish yoki ish yuritishga qabul qilish masalasi kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi. | Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, qabul qilishni rad etish yoki ish yuritishga qabul qilish masalasi kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi. |
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, qabul qilishni rad etish yoki ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. | Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, qabul qilishni rad etish yoki ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. |
4073-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish | 4073-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish |
Kassatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar: | Kassatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar: |
1) kassatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan boʻlsa yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa; | 1) kassatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan boʻlsa yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa; |
2) kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni ushbu Kodeksning 406-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmasa yoki kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ushbu Kodeks 407-moddasining ikkinchi, toʻrtinchi — oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa; | 2) kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni ushbu Kodeksning 406-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmasa yoki kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ushbu Kodeks 407-moddasining ikkinchi, toʻrtinchi — oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa; |
3) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar kassatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat bojini toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash yoki uning miqdorini kamaytirish imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa; | 3) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar kassatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat bojini toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash yoki uning miqdorini kamaytirish imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa; |
4) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjatini qabul qilgan sudni chetlab oʻtgan holda yuborilgan boʻlsa; | 4) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjatini qabul qilgan sudni chetlab oʻtgan holda yuborilgan boʻlsa; |
5) kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa; | 5) kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa; |
6) kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida ajrim chiqarilguniga qadar shikoyat (protest) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) toʻgʻrisida ariza tushgan boʻlsa. | 6) kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida ajrim chiqarilguniga qadar shikoyat (protest) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) toʻgʻrisida ariza tushgan boʻlsa. |
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari koʻrsatiladi, kassatsiya shikoyatini berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidagi masala hal etiladi. | Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari koʻrsatiladi, kassatsiya shikoyatini berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidagi masala hal etiladi. |
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin. | Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin. |
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. | Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli. |
4074-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish | 4074-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish |
Sudya kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar: | Sudya kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar: |
1) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; | 1) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; |
2) kassatsiya shikoyati (protesti) qonunga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; | 2) kassatsiya shikoyati (protesti) qonunga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; |
3) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; | 3) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; |
4) kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtkazib yuborilgan va oʻtkazilgan muddatni tiklash rad etilgan boʻlsa; | 4) kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtkazib yuborilgan va oʻtkazilgan muddatni tiklash rad etilgan boʻlsa; |
5) kassatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (uni chaqirib olganligi) sababli kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim mavjud boʻlsa. | 5) kassatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (uni chaqirib olganligi) sababli kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim mavjud boʻlsa. |
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari koʻrsatiladi, kassatsiya shikoyatini berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidagi masala hal etiladi. | Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari koʻrsatiladi, kassatsiya shikoyatini berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidagi masala hal etiladi. |
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin. | Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin. |
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. | Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. |
4075-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish | 4075-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish |
Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi. | Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi. |
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish uchun sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi. | Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish uchun sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi. |
Kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni kassatsiya instansiyasida koʻrish vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishning kassatsiya tartibida koʻrilishiga toʻsqinlik qilmaydi. | Kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni kassatsiya instansiyasida koʻrish vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishning kassatsiya tartibida koʻrilishiga toʻsqinlik qilmaydi. |
4076-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish | 4076-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi (sudyasi) birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turadi, bundan darhol ijro etilishi lozim boʻlgan hal qiluv qarorlari mustasno. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi (sudyasi) birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turadi, bundan darhol ijro etilishi lozim boʻlgan hal qiluv qarorlari mustasno. |
Hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi. | Hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi. |
4078-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish | 4078-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish |
Agar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kassatsiya shikoyatining (protestining) imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan yoxud mansab mavqeyi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldiradi. | Agar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kassatsiya shikoyatining (protestining) imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan yoxud mansab mavqeyi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldiradi. |
Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. | Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. |
Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holat bartaraf etilganidan keyin kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin. | Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holat bartaraf etilganidan keyin kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin. |
4079-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish | 4079-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish |
Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar: | Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar: |
1) kassatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya tartibida koʻrilgan yoki ushbu Kodeksga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u ish yuritishga xatoga yoʻl qoʻyilib qabul qilingan boʻlsa; | 1) kassatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya tartibida koʻrilgan yoki ushbu Kodeksga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u ish yuritishga xatoga yoʻl qoʻyilib qabul qilingan boʻlsa; |
2) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan va u ish yuritishga xatoga yoʻl qoʻyilib qabul qilingan boʻlsa; | 2) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan va u ish yuritishga xatoga yoʻl qoʻyilib qabul qilingan boʻlsa; |
3) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; | 3) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; |
4) kassatsiya shikoyatidan voz kechish toʻgʻrisidagi ariza kassatsiya shikoyatini bergan shaxsdan kassatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan boʻlsa; | 4) kassatsiya shikoyatidan voz kechish toʻgʻrisidagi ariza kassatsiya shikoyatini bergan shaxsdan kassatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan boʻlsa; |
5) protestni chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza protest keltirgan prokurordan yoki yuqori turuvchi prokurordan kassatsiya protesti ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan boʻlsa; | 5) protestni chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza protest keltirgan prokurordan yoki yuqori turuvchi prokurordan kassatsiya protesti ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan boʻlsa; |
6) ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar tugatilgan boʻlsa; | 6) ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar tugatilgan boʻlsa; |
7) ishda taraf boʻlgan fuqaro kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa. | 7) ishda taraf boʻlgan fuqaro kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa. |
Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, unda sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisidagi masala hal etilishi mumkin. | Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, unda sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisidagi masala hal etilishi mumkin. |
Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar boʻyicha kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. | Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar boʻyicha kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. |
410-modda. Kassatsiya shikoyatiga (protestiga) qoʻshilish | 410-modda. Kassatsiya shikoyatiga (protestiga) qoʻshilish |
Sud protsessida kassatsiya shikoyati bergan taraf tomonida ishtirok etayotgan sherik ishtirokchilar va uchinchi shaxslar berilgan shikoyatga qoʻshilishi mumkin. Mazkur shaxslar keltirilgan kassatsiya protestiga ham qoʻshilishi mumkin. | Sud protsessida kassatsiya shikoyati bergan taraf tomonida ishtirok etayotgan sherik ishtirokchilar va uchinchi shaxslar berilgan shikoyatga qoʻshilishi mumkin. Mazkur shaxslar keltirilgan kassatsiya protestiga ham qoʻshilishi mumkin. |
Shikoyatga (protestga) qoʻshilish haqida ariza berilganda davlat boji undirilmaydi. | Shikoyatga (protestga) qoʻshilish haqida ariza berilganda davlat boji undirilmaydi. |
411-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan tushuntirishlar berish (eʼtirozlar bildirish) | 411-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan tushuntirishlar berish (eʼtirozlar bildirish) |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar shikoyat (protest) yuzasidan sudga tushuntirishlar (eʼtirozlar) ularni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib, taqdim etishga haqli. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslar shikoyat (protest) yuzasidan sudga tushuntirishlar (eʼtirozlar) ularni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib, taqdim etishga haqli. |
Tushuntirishlar (eʼtirozlar) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan tushuntirishlar (eʼtirozlar) mustasno. Tushuntirishlarning (eʼtirozlarning) koʻchirma nusxalarini sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi. | Tushuntirishlar (eʼtirozlar) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan tushuntirishlar (eʼtirozlar) mustasno. Tushuntirishlarning (eʼtirozlarning) koʻchirma nusxalarini sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi. |
413-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) toʻldirish, oʻzgartirish, shikoyatdan voz kechish va protestni qaytarib olish | 413-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) toʻldirish, oʻzgartirish, shikoyatdan voz kechish va protestni qaytarib olish |
Kassatsiya shikoyati bergan shaxs kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar shikoyatni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki undan voz kechishga haqli. | Kassatsiya shikoyati bergan shaxs kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar shikoyatni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki undan voz kechishga haqli. |
Kassatsiya protesti keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar protestni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki qaytarib olishga haqli. | Kassatsiya protesti keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar protestni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki qaytarib olishga haqli. |
Shikoyatdan voz kechilgan va protest chaqirib olingan taqdirda, kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqarib, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi. | Shikoyatdan voz kechilgan va protest chaqirib olingan taqdirda, kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqarib, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi. |
Kassatsiya shikoyatidan (protestidan) voz kechilganligi (uning chaqirib olinganligi) sababli u boʻyicha ish yurituvning tugatilishi, agar sud hujjati ustidan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilingan boʻlsa, boshqa kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. | Kassatsiya shikoyatidan (protestidan) voz kechilganligi (uning chaqirib olinganligi) sababli u boʻyicha ish yurituvning tugatilishi, agar sud hujjati ustidan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilingan boʻlsa, boshqa kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. |
414-modda. Daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi | 414-modda. Daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi |
Kassatsiya shikoyati yoki protesti berilganidan keyin daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi tuzishi yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida kassatsiya instansiyasi sudiga topshirilishi kerak. Agar ishning muhokamasi vaqtida daʼvogar arz qilingan talablaridan voz kechsa, javobgar bildirilgan talablarni tan olsa yoki taraflar kelishuv bitimi tuzsa, bu haqda sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyiladi. | Kassatsiya shikoyati yoki protesti berilganidan keyin daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi tuzishi yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida kassatsiya instansiyasi sudiga topshirilishi kerak. Agar ishning muhokamasi vaqtida daʼvogar arz qilingan talablaridan voz kechsa, javobgar bildirilgan talablarni tan olsa yoki taraflar kelishuv bitimi tuzsa, bu haqda sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyiladi. |
Kassatsiya instansiyasi sudi daʼvodan voz kechishni qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin daʼvogarga yoki taraflarga bunday protsessual harakatlarning oqibatlarini tushuntiradi. | Kassatsiya instansiyasi sudi daʼvodan voz kechishni qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin daʼvogarga yoki taraflarga bunday protsessual harakatlarning oqibatlarini tushuntiradi. |
Daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi qabul qilingan yoki taraflarning kelishuv bitimi tasdiqlangan taqdirda kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qiladi va ish yuritishni tugatadi. | Daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi qabul qilingan yoki taraflarning kelishuv bitimi tasdiqlangan taqdirda kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qiladi va ish yuritishni tugatadi. |
Agar daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi yoki taraflarning kelishuv bitimi qonunga zid boʻlsa yoxud boshqa birovning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan boʻlsa, sud voz kechishni qabul qilmaydi yoki tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi hamda ishni kassatsiya tartibida koʻradi. | Agar daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi yoki taraflarning kelishuv bitimi qonunga zid boʻlsa yoxud boshqa birovning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan boʻlsa, sud voz kechishni qabul qilmaydi yoki tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi hamda ishni kassatsiya tartibida koʻradi. |
415-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish muddati | 415-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish muddati |
Kassatsiya shikoyati (protesti) uni ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi. | Kassatsiya shikoyati (protesti) uni ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi. |
Alohida hollarda kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddatini ishni koʻrib chiqayotgan sudlov hayʼati tomonidan koʻpi bilan yana bir oyga uzaytirilishi mumkin. | Alohida hollarda kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddatini ishni koʻrib chiqayotgan sudlov hayʼati tomonidan koʻpi bilan yana bir oyga uzaytirilishi mumkin. |
416-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ishni koʻrish doirasi | 416-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ishni koʻrish doirasi |
Sud ishni kassatsiya tartibida koʻrayotganda sud hujjatlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni oʻrganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin. | Sud ishni kassatsiya tartibida koʻrayotganda sud hujjatlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni oʻrganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin. |
Kassatsiya instansiyasi sudi sud hujjatini toʻliq hajmda tekshirib chiqishi shart. | Kassatsiya instansiyasi sudi sud hujjatini toʻliq hajmda tekshirib chiqishi shart. |
417-modda. Kassatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrish tartibi | 417-modda. Kassatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrish tartibi |
Kassatsiya tartibida ish ushbu Kodeksning 397-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga asosan, mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda koʻriladi. | Kassatsiya tartibida ish ushbu Kodeksning 397-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga asosan, mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda koʻriladi. |
418-modda. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritishni toʻxtatib turish | 418-modda. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritishni toʻxtatib turish |
Kassatsiya instansiyasi sudi ish yuritishni ushbu Kodeksning 10-bobida nazarda tutilgan tartibda toʻxtatadi. | Kassatsiya instansiyasi sudi ish yuritishni ushbu Kodeksning 10-bobida nazarda tutilgan tartibda toʻxtatadi. |
419-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari | 419-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari |
Kassatsiya instansiyasining sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli: | Kassatsiya instansiyasining sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli: |
1) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga; | 1) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga; |
2) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror qabul qilishga; | 2) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror qabul qilishga; |
3) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman oʻzgartirishga; | 3) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman oʻzgartirishga; |
4) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ushbu Kodeksda koʻrsatilgan asoslarga koʻra arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni toʻliq yoki qisman tugatishga; | 4) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ushbu Kodeksda koʻrsatilgan asoslarga koʻra arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni toʻliq yoki qisman tugatishga; |
5) agar ish sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda koʻrilgan boʻlsa, hal qiluv qarorini, ajrimni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga. | 5) agar ish sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda koʻrilgan boʻlsa, hal qiluv qarorini, ajrimni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga. |
Ushbu Kodeks 3722-moddasi birinchi qismining 4-bandida va 3724-moddasi ikkinchi qismining 2 va 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻradi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim boʻlgan harakatlar koʻrsatiladi. | Ushbu Kodeks 3722-moddasi birinchi qismining 4-bandida va 3724-moddasi ikkinchi qismining 2 va 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻradi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim boʻlgan harakatlar koʻrsatiladi. |
4191-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berish huquqi | 4191-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berish huquqi |
Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilmagan birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan ajrim qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy ichida kassatsiya instansiyasi sudiga quyidagi hollarda sudning hal qiluv qaroridan ushbu Kodeksning 405-moddasida belgilangan tartibda alohida shikoyat qilishi va prokuror protest keltirishi mumkin: | Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilmagan birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan ajrim qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy ichida kassatsiya instansiyasi sudiga quyidagi hollarda sudning hal qiluv qaroridan ushbu Kodeksning 405-moddasida belgilangan tartibda alohida shikoyat qilishi va prokuror protest keltirishi mumkin: |
1) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda; | 1) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda; |
2) sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qiladigan hollarda. | 2) sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qiladigan hollarda. |
Birinchi instansiya sudining boshqa ajrimlari ustidan xususiy shikoyat (protest) berilmaydi, biroq bunday ajrimlarga qarshi eʼtirozlar kassatsiya shikoyatiga (protestiga) kiritilishi mumkin. | Birinchi instansiya sudining boshqa ajrimlari ustidan xususiy shikoyat (protest) berilmaydi, biroq bunday ajrimlarga qarshi eʼtirozlar kassatsiya shikoyatiga (protestiga) kiritilishi mumkin. |
4192-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat qilinganligi (protest keltirilganligi) munosabati bilan ishni koʻradigan kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari | 4192-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat qilinganligi (protest keltirilganligi) munosabati bilan ishni koʻradigan kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari |
Kassatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) koʻrib chiqib: | Kassatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) koʻrib chiqib: |
1) ajrimni oʻzgarishsiz qoldirishga; | 1) ajrimni oʻzgarishsiz qoldirishga; |
2) ajrimni bekor qilishga va daʼvo arizani (arizani), ishni mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga; | 2) ajrimni bekor qilishga va daʼvo arizani (arizani), ishni mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga; |
3) ajrimni butunlay yoki qisman oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga; | 3) ajrimni butunlay yoki qisman oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga; |
4) ajrimni bekor qilishga va daʼvo arizasini (arizani), ish materiallarini koʻrib chiqish uchun sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli. | 4) ajrimni bekor qilishga va daʼvo arizasini (arizani), ish materiallarini koʻrib chiqish uchun sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli. |
4193-modda. Birinchi instansiya sudining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) | 4193-modda. Birinchi instansiya sudining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) |
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha birinchi instansiya sudining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) mazkur bobda birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) uchun nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi. | Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha birinchi instansiya sudining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) mazkur bobda birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) uchun nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi. |
46-bob. Sud hujjatlarini taftish tartibida qayta koʻrish boʻyicha ish yuritish | 46-bob. Sud hujjatlarini taftish tartibida qayta koʻrish boʻyicha ish yuritish |
4194-modda. Taftish tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) huquqi | 4194-modda. Taftish tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) huquqi |
Birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori hamda apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan quyidagilar tomonidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin: | Birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori hamda apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan quyidagilar tomonidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin: |
ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar; | ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar; |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno; | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno; |
prokuror ishtirokida koʻrilgan ish boʻyicha yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ish boʻyicha, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslarning murojaatlari mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, viloyat prokurori, unga tenglashtirilgan prokurorlar va ularning oʻrinbosarlari. | prokuror ishtirokida koʻrilgan ish boʻyicha yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ish boʻyicha, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslarning murojaatlari mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, viloyat prokurori, unga tenglashtirilgan prokurorlar va ularning oʻrinbosarlari. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud hujjatlari ustidan, shuningdek ushbu sudlarning va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiyasi boʻyicha qabul qilingan hamda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjatlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga taftish tartibida: | Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud hujjatlari ustidan, shuningdek ushbu sudlarning va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiyasi boʻyicha qabul qilingan hamda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjatlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga taftish tartibida: |
ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslar shikoyat berishi; | ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslar shikoyat berishi; |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari prokuror ishtirokida koʻrilgan ish boʻyicha yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ish boʻyicha, shuningdek ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslarning murojaatlariga asosan protest keltirishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari prokuror ishtirokida koʻrilgan ish boʻyicha yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ish boʻyicha, shuningdek ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslarning murojaatlariga asosan protest keltirishi mumkin. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud hujjatlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga: | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud hujjatlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga: |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi — ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslarning murojaatiga asosan; | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi — ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslarning murojaatiga asosan; |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori — prokuror ishtirokida koʻrilgan ish boʻyicha yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ish boʻyicha, shuningdek ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslarning murojaatiga asosan taftish tartibida protest keltirishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori — prokuror ishtirokida koʻrilgan ish boʻyicha yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ish boʻyicha, shuningdek ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslarning murojaatiga asosan taftish tartibida protest keltirishi mumkin. |
4195-modda. Taftish tartibida shikoyatlarni (protestlarni) koʻradigan sudlar | 4195-modda. Taftish tartibida shikoyatlarni (protestlarni) koʻradigan sudlar |
Quyidagilar: | Quyidagilar: |
1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati — tegishli fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan va apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan sud hujjatlari ustidan berilgan; | 1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati — tegishli fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan va apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan sud hujjatlari ustidan berilgan; |
2) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi — hududiy harbiy sudlar tomonidan birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan va apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan sud hujjatlari ustidan berilgan; | 2) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi — hududiy harbiy sudlar tomonidan birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan va apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan sud hujjatlari ustidan berilgan; |
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati: | 3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati: |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida koʻrilgan tegishli fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan sud hujjatlari ustidan berilgan; | Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida koʻrilgan tegishli fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan sud hujjatlari ustidan berilgan; |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan va apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan sud hujjatlari ustidan berilgan taftish tartibidagi shikoyatlarni (protestlarni) koʻrib chiqadi. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan va apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan sud hujjatlari ustidan berilgan taftish tartibidagi shikoyatlarni (protestlarni) koʻrib chiqadi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha qabul qilingan sud hujjatlari ustidan keltirilgan protesti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan koʻriladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha qabul qilingan sud hujjatlari ustidan keltirilgan protesti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan koʻriladi. |
4196-modda. Taftish tartibida shikoyat (protest) berish tartibi va muddati | 4196-modda. Taftish tartibida shikoyat (protest) berish tartibi va muddati |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida koʻrilishi lozim boʻlgan shikoyat (protest) mazkur sudlar nomiga yoʻllanadi, biroq hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida koʻrilishi lozim boʻlgan shikoyat (protest) mazkur sudlar nomiga yoʻllanadi, biroq hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi. |
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda shikoyatni (protestni) ishni taftish tartibida koʻradigan sudga ish bilan birga yuborishi shart. | Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda shikoyatni (protestni) ishni taftish tartibida koʻradigan sudga ish bilan birga yuborishi shart. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida koʻrilishi lozim boʻlgan shikoyat (protest) bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga beriladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida koʻrilishi lozim boʻlgan shikoyat (protest) bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga beriladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga taftish tartibidagi protesti bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga taftish tartibidagi protesti bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi. |
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran bir yil ichida beriladi. | Taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran bir yil ichida beriladi. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ajrim chiqarilguniga qadar oʻtgan taqdirda, shikoyat (protest) kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ajrim qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida berilishi mumkin. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ajrim chiqarilguniga qadar oʻtgan taqdirda, shikoyat (protest) kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ajrim qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida berilishi mumkin. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibida ajrim chiqarilguniga qadar oʻtgan taqdirda, shikoyat (protest) ushbu sudlar tomonidan ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha ajrim qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida berilishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibida ajrim chiqarilguniga qadar oʻtgan taqdirda, shikoyat (protest) ushbu sudlar tomonidan ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha ajrim qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida berilishi mumkin. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining protesti ushbu Kodeks 4194-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar murojaat qilgan kundan eʼtiboran uch oy ichida, lekin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha ajrim qabul qilingan kundan eʼtiboran olti oydan ortiq boʻlmagan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga kiritilishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining protesti ushbu Kodeks 4194-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar murojaat qilgan kundan eʼtiboran uch oy ichida, lekin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha ajrim qabul qilingan kundan eʼtiboran olti oydan ortiq boʻlmagan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga kiritilishi mumkin. |
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha sud (sudya) tomonidan, agar iltimosnoma shikoyatni (protestni) berish muddati oʻtgan kundan eʼtiboran uch oy ichida berilgan va shikoyatni (protestni) berish muddati oʻtkazib yuborilishining sabablari uzrli deb topilgan boʻlsa, tiklanishi mumkin. | Taftish tartibidagi shikoyat (protest) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha sud (sudya) tomonidan, agar iltimosnoma shikoyatni (protestni) berish muddati oʻtgan kundan eʼtiboran uch oy ichida berilgan va shikoyatni (protestni) berish muddati oʻtkazib yuborilishining sabablari uzrli deb topilgan boʻlsa, tiklanishi mumkin. |
Ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) koʻrib chiqilmaydi. | Ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) koʻrib chiqilmaydi. |
4197-modda. Taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) mazmuni | 4197-modda. Taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) mazmuni |
Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) quyidagilar koʻrsatilishi kerak: | Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) quyidagilar koʻrsatilishi kerak: |
1) shikoyat (protest) yoʻllanilayotgan taftish instansiyasi sudining nomi; | 1) shikoyat (protest) yoʻllanilayotgan taftish instansiyasi sudining nomi; |
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili); | 2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili); |
3) ishning raqami, shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori, ajrim, qaror qabul qilingan sana va ushbu sud hujjatini qabul qilgan sud; | 3) ishning raqami, shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori, ajrim, qaror qabul qilingan sana va ushbu sud hujjatini qabul qilgan sud; |
4) hal qiluv qarorining, ajrimning, qarorning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi; | 4) hal qiluv qarorining, ajrimning, qarorning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi; |
5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosi; | 5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosi; |
6) shikoyatga (protestga) ilova qilingan yozma materiallarning roʻyxati. | 6) shikoyatga (protestga) ilova qilingan yozma materiallarning roʻyxati. |
Taftish tartibidagi shikoyatni shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili imzolaydi. | Taftish tartibidagi shikoyatni shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili imzolaydi. |
Taftish tartibidagi protest uni keltirgan prokuror tomonidan imzolangan boʻlishi kerak. | Taftish tartibidagi protest uni keltirgan prokuror tomonidan imzolangan boʻlishi kerak. |
Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilishi mumkin. | Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilishi mumkin. |
4198-modda. Taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) ilova qilinadigan hujjatlar | 4198-modda. Taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) ilova qilinadigan hujjatlar |
Taftish tartibidagi shikoyatga quyidagilar ilova qilinadi: | Taftish tartibidagi shikoyatga quyidagilar ilova qilinadi: |
davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat; | davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat; |
taftish tartibidagi shikoyat vakil tomonidan imzolangan hollarda, uning imzolashga boʻlgan vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat. | taftish tartibidagi shikoyat vakil tomonidan imzolangan hollarda, uning imzolashga boʻlgan vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat. |
Prokuror ishtirokisiz koʻrilgan ish boʻyicha taftish tartibidagi protestga ushbu Kodeks 4194-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslarning protest keltirishga asos boʻlib xizmat qilgan murojaatining koʻchirma nusxasi ilova qilinadi, bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar mustasno. | Prokuror ishtirokisiz koʻrilgan ish boʻyicha taftish tartibidagi protestga ushbu Kodeks 4194-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslarning protest keltirishga asos boʻlib xizmat qilgan murojaatining koʻchirma nusxasi ilova qilinadi, bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar mustasno. |
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan taftish tartibidagi shikoyat (protest) mustasno. | Taftish tartibidagi shikoyat (protest) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan taftish tartibidagi shikoyat (protest) mustasno. |
Zarur hollarda, sudya taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs zimmasiga shikoyatga (protestga) ilova qilingan yozma materiallarning koʻchirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab taqdim etish majburiyatini yuklatishi mumkin. | Zarur hollarda, sudya taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs zimmasiga shikoyatga (protestga) ilova qilingan yozma materiallarning koʻchirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab taqdim etish majburiyatini yuklatishi mumkin. |
Sudning arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish, qaytarish toʻgʻrisidagi, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish, qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimlari ustidan taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) qaytarilgan ariza, shikoyat (protest) va sudga ularni taqdim etish chogʻida unga qoʻshib berilgan hujjatlar ilova qilinishi kerak. | Sudning arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish, qaytarish toʻgʻrisidagi, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish, qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimlari ustidan taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) qaytarilgan ariza, shikoyat (protest) va sudga ularni taqdim etish chogʻida unga qoʻshib berilgan hujjatlar ilova qilinishi kerak. |
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilinganda yoki xodim bir ishdan boshqa ishga gʻayriqonuniy ravishda oʻtkazilganida uni ilgarigi ishiga tiklash toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori ustidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ushbu qarorning ijrosiga doir hujjat ilova qilingan taqdirdagina qabul qilinadi. | Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilinganda yoki xodim bir ishdan boshqa ishga gʻayriqonuniy ravishda oʻtkazilganida uni ilgarigi ishiga tiklash toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori ustidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ushbu qarorning ijrosiga doir hujjat ilova qilingan taqdirdagina qabul qilinadi. |
4199-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish tartibi va muddati | 4199-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish tartibi va muddati |
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish, ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki qabul qilish toʻgʻrisidagi masala sudya tomonidan yakka tartibda shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi. | Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish, ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki qabul qilish toʻgʻrisidagi masala sudya tomonidan yakka tartibda shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi. |
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish, ish yuritishga qabul qilishni rad etish haqida yoki qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. | Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish, ish yuritishga qabul qilishni rad etish haqida yoki qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. |
41910-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish | 41910-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish |
Taftish instansiyasi sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) quyidagi hollarda qaytaradi, agar: | Taftish instansiyasi sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) quyidagi hollarda qaytaradi, agar: |
1) taftish tartibidagi shikoyat (protest) imzolanmagan boʻlsa yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa; | 1) taftish tartibidagi shikoyat (protest) imzolanmagan boʻlsa yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa; |
2) taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksning 4197-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan yoki shikoyatga (protestga) ushbu Kodeks 4198-moddasining ikkinchi, uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa; | 2) taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksning 4197-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan yoki shikoyatga (protestga) ushbu Kodeks 4198-moddasining ikkinchi, uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa; |
3) taftish tartibidagi shikoyatga davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat bojini toʻlash muddatini kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash yoki uning miqdorini kamaytirish imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa; | 3) taftish tartibidagi shikoyatga davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat bojini toʻlash muddatini kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash yoki uning miqdorini kamaytirish imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa; |
4) taftish tartibidagi shikoyat (protest) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa; | 4) taftish tartibidagi shikoyat (protest) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa; |
5) taftish tartibidagi shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida ajrim chiqarilguniga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) toʻgʻrisida ariza tushgan boʻlsa; | 5) taftish tartibidagi shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida ajrim chiqarilguniga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) toʻgʻrisida ariza tushgan boʻlsa; |
6) taftish tartibidagi shikoyat (protest) ushbu Kodeks 4196-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan holda sud hujjatini qabul qilgan sudni chetlab oʻtgan holda yuborilgan boʻlsa. | 6) taftish tartibidagi shikoyat (protest) ushbu Kodeks 4196-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan holda sud hujjatini qabul qilgan sudni chetlab oʻtgan holda yuborilgan boʻlsa. |
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda shikoyatni (protestni) qaytarish asoslari koʻrsatiladi, shikoyatni berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi. | Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda shikoyatni (protestni) qaytarish asoslari koʻrsatiladi, shikoyatni berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi. |
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga yuboriladi. | Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga yuboriladi. |
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. | Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs taftish tartibidagi shikoyat (protest) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs taftish tartibidagi shikoyat (protest) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli. |
41911-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish | 41911-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish |
Taftish instansiyasi sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar: | Taftish instansiyasi sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar: |
1) shikoyat (protest) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; | 1) shikoyat (protest) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; |
2) shikoyat (protest) qonunga muvofiq taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; | 2) shikoyat (protest) qonunga muvofiq taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; |
3) shikoyat (protest) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; | 3) shikoyat (protest) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; |
4) shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; | 4) shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; |
5) shikoyat (protest) ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud tomonidan ilgari taftish tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; | 5) shikoyat (protest) ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud tomonidan ilgari taftish tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; |
6) shikoyatni (protestni) berish muddati oʻtkazib yuborilgan va oʻtkazilgan muddatni tiklash rad etilgan boʻlsa; | 6) shikoyatni (protestni) berish muddati oʻtkazib yuborilgan va oʻtkazilgan muddatni tiklash rad etilgan boʻlsa; |
7) shikoyatdan uni bergan shaxs voz kechganligi, protest chaqirib olinganligi sababli shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim mavjud boʻlsa, bundan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining shikoyatdan voz kechilganligi, protest chaqirib olinganligi sababli taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga berilgan shikoyat (protest) mustasno. | 7) shikoyatdan uni bergan shaxs voz kechganligi, protest chaqirib olinganligi sababli shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim mavjud boʻlsa, bundan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining shikoyatdan voz kechilganligi, protest chaqirib olinganligi sababli taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga berilgan shikoyat (protest) mustasno. |
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari koʻrsatiladi, shikoyatni berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi. | Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari koʻrsatiladi, shikoyatni berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi. |
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. | Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. |
41912-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish | 41912-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish |
Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) sudning ish yuritishiga qabul qilinadi. | Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) sudning ish yuritishiga qabul qilinadi. |
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish uchun sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi. | Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish uchun sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi. |
Taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni taftish instansiyasida koʻrish vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishning taftish tartibida koʻrilishiga toʻsqinlik qilmaydi. | Taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni taftish instansiyasida koʻrish vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishning taftish tartibida koʻrilishiga toʻsqinlik qilmaydi. |
41913-modda. Sud hujjatlarining ijrosini toʻxtatib turish | 41913-modda. Sud hujjatlarining ijrosini toʻxtatib turish |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, taftish instansiyasi sudi (sudyasi) sud hujjatlarining ijrosini taftish instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turishga haqli. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, taftish instansiyasi sudi (sudyasi) sud hujjatlarining ijrosini taftish instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turishga haqli. |
Sudya sud hujjatining ijrosini toʻxtatib turish toʻgʻrisida yoki uning ijrosini toʻxtatib turishni rad etish haqida taftish shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatadi. | Sudya sud hujjatining ijrosini toʻxtatib turish toʻgʻrisida yoki uning ijrosini toʻxtatib turishni rad etish haqida taftish shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatadi. |
41914-modda. Ishni talab qilib olish | 41914-modda. Ishni talab qilib olish |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ishni tegishli suddan talab qilib olishga haqli. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ishni tegishli suddan talab qilib olishga haqli. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, viloyat prokurori, unga tenglashtirilgan prokuror va ularning oʻrinbosarlari ushbu Kodeksning 4194-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning murojaatlari mavjud boʻlgan taqdirda yoki prokuror ishtirokida koʻrilgan ishlar boʻyicha yoxud qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar boʻyicha taftish tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun tegishli suddan oʻz vakolatlari doirasida ishni talab qilib olishga haqli. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, viloyat prokurori, unga tenglashtirilgan prokuror va ularning oʻrinbosarlari ushbu Kodeksning 4194-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning murojaatlari mavjud boʻlgan taqdirda yoki prokuror ishtirokida koʻrilgan ishlar boʻyicha yoxud qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar boʻyicha taftish tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun tegishli suddan oʻz vakolatlari doirasida ishni talab qilib olishga haqli. |
41915-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) oʻrganish | 41915-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) oʻrganish |
Ushbu Kodeksning 4194 — 4198-moddalarida belgilangan qoidalarga muvofiq berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi tomonidan unga ilova qilingan materiallar asosida, zarur boʻlgan hollarda esa ishni talab qilib olib oʻrganiladi. | Ushbu Kodeksning 4194 — 4198-moddalarida belgilangan qoidalarga muvofiq berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi tomonidan unga ilova qilingan materiallar asosida, zarur boʻlgan hollarda esa ishni talab qilib olib oʻrganiladi. |
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) oʻrganish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi: | Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) oʻrganish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi: |
1) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ushbu Kodeks 41910-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga koʻra qaytarish toʻgʻrisida; | 1) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ushbu Kodeks 41910-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga koʻra qaytarish toʻgʻrisida; |
2) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ushbu Kodeks 41911-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga koʻra ish yuritishga qabul qilishni rad etish haqida; | 2) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ushbu Kodeks 41911-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga koʻra ish yuritishga qabul qilishni rad etish haqida; |
3) sud hujjatlarini taftish tartibida tekshirish asoslari mavjud boʻlmasa, taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida; | 3) sud hujjatlarini taftish tartibida tekshirish asoslari mavjud boʻlmasa, taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida; |
4) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. | 4) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. |
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish toʻgʻrisidagi yoki qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay chiqariladi. | Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish toʻgʻrisidagi yoki qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay chiqariladi. |
Taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi yoki taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va koʻrib chiqish uchun sudlov hayʼatiga oʻtkazish haqidagi ajrim shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay, ish talab qilib olingan taqdirda esa ikki oydan kechiktirmay chiqariladi. | Taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi yoki taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va koʻrib chiqish uchun sudlov hayʼatiga oʻtkazish haqidagi ajrim shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay, ish talab qilib olingan taqdirda esa ikki oydan kechiktirmay chiqariladi. |
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) oʻrganish natijalari boʻyicha chiqarilgan ajrimning koʻchirma nusxasi shikoyat bergan shaxsga ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. | Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) oʻrganish natijalari boʻyicha chiqarilgan ajrimning koʻchirma nusxasi shikoyat bergan shaxsga ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish haqidagi yoki uni ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) bergan shaxsning arizasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan bekor qilinishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish haqidagi yoki uni ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) bergan shaxsning arizasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan bekor qilinishi mumkin. |
41916-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim | 41916-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: |
1) ajrim chiqarilgan sana va joy; | 1) ajrim chiqarilgan sana va joy; |
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari; | 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari; |
3) taftish tartibida shikoyat bergan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi); | 3) taftish tartibida shikoyat bergan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi); |
4) ustidan shikoyat qilinayotgan sud hujjatlari; | 4) ustidan shikoyat qilinayotgan sud hujjatlari; |
5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni; | 5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni; |
6) taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish sabablari. | 6) taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish sabablari. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosari sudyaning taftish tartibidagi shikoyatini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimini taftish tartibida shikoyat bergan shaxsning arizasiga koʻra bekor qilishga va ishni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazishga haqli. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosari sudyaning taftish tartibidagi shikoyatini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimini taftish tartibida shikoyat bergan shaxsning arizasiga koʻra bekor qilishga va ishni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazishga haqli. |
Taftish tartibidagi shikoyatni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimni bekor qilish haqidagi ariza sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat qilish uchun belgilangan muddat doirasida berilishi mumkin. | Taftish tartibidagi shikoyatni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimni bekor qilish haqidagi ariza sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat qilish uchun belgilangan muddat doirasida berilishi mumkin. |
Ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza koʻrib chiqilmaydi. | Ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza koʻrib chiqilmaydi. |
41917-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish haqidagi ajrim | 41917-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish haqidagi ajrim |
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish haqidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: | Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish haqidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: |
1) ajrim chiqarilgan sana va joy; | 1) ajrim chiqarilgan sana va joy; |
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi-sharifining bosh harflari; | 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi-sharifining bosh harflari; |
3) shikoyat bergan (protest keltirgan) shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi); | 3) shikoyat bergan (protest keltirgan) shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi); |
4) ustidan shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) sud hujjatlari; | 4) ustidan shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) sud hujjatlari; |
5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni; | 5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni; |
6) shikoyatni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish sabablari va asoslari; | 6) shikoyatni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish sabablari va asoslari; |
7) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan ish koʻriladigan vaqt va joy. | 7) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan ish koʻriladigan vaqt va joy. |
Taftish tartibidagi protest kelib tushgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi uni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. | Taftish tartibidagi protest kelib tushgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi uni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi oʻzi chiqargan ajrim bilan birga taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazadi. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi oʻzi chiqargan ajrim bilan birga taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazadi. |
41918-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish | 41918-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish |
Taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilinganligi koʻrsatilgan shaxslarning kelmaganligi ishning taftish tartibida koʻrilishiga toʻsqinlik qilmaydi. | Taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilinganligi koʻrsatilgan shaxslarning kelmaganligi ishning taftish tartibida koʻrilishiga toʻsqinlik qilmaydi. |
Ish taftish tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida koʻrilganda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlar berish uchun chaqirilishi mumkin. Bu holda ularga ishni taftish tartibida koʻradigan sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi. Biroq ularning kelmaganligi ishning koʻrilishiga toʻsqinlik qilmaydi. | Ish taftish tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida koʻrilganda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlar berish uchun chaqirilishi mumkin. Bu holda ularga ishni taftish tartibida koʻradigan sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi. Biroq ularning kelmaganligi ishning koʻrilishiga toʻsqinlik qilmaydi. |
41919-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish | 41919-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish |
Agar shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin shikoyatning (protestning) imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan yoxud mansab mavqeyi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, taftish instansiyasi sudi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldiradi. | Agar shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin shikoyatning (protestning) imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan yoxud mansab mavqeyi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, taftish instansiyasi sudi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldiradi. |
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. | Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. |
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holat bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin. | Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holat bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin. |
41920-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish | 41920-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish |
Taftish instansiyasi sudi taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar: | Taftish instansiyasi sudi taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar: |
1) shikoyat (protest) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan va u xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa; | 1) shikoyat (protest) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan va u xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa; |
2) shikoyat (protest) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida koʻrilmagan yoki ushbu Kodeksga muvofiq taftish tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa; | 2) shikoyat (protest) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida koʻrilmagan yoki ushbu Kodeksga muvofiq taftish tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa; |
3) shikoyat (protest) ushbu sud tomonidan taftish tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan va u xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa; | 3) shikoyat (protest) ushbu sud tomonidan taftish tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan va u xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa; |
4) shikoyatidan voz kechish toʻgʻrisidagi ariza shikoyatni bergan shaxsdan shikoyat ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan boʻlsa; | 4) shikoyatidan voz kechish toʻgʻrisidagi ariza shikoyatni bergan shaxsdan shikoyat ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan boʻlsa; |
5) protestni chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza protest keltirgan prokurordan yoki yuqori turuvchi prokurordan protest ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan boʻlsa; | 5) protestni chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza protest keltirgan prokurordan yoki yuqori turuvchi prokurordan protest ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan boʻlsa; |
6) shikoyat (protest) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs tugatilgan boʻlsa; | 6) shikoyat (protest) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs tugatilgan boʻlsa; |
7) shikoyat (protest) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf boʻlgan fuqaro vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa. | 7) shikoyat (protest) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf boʻlgan fuqaro vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa. |
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, unda sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisidagi masala hal etiladi. | Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, unda sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisidagi masala hal etiladi. |
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar boʻyicha taftish tartibida shikoyat (protest) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. | Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar boʻyicha taftish tartibida shikoyat (protest) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. |
41921-modda. Taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) qoʻshilish | 41921-modda. Taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) qoʻshilish |
Sud protsessida taftish tartibida shikoyat bergan shaxs tomonida ishtirok etayotgan sherik ishtirokchilar va uchinchi shaxslar berilgan shikoyatga qoʻshilishi mumkin. Mazkur shaxslar taftish tartibida keltirilgan protestga ham qoʻshilishi mumkin. | Sud protsessida taftish tartibida shikoyat bergan shaxs tomonida ishtirok etayotgan sherik ishtirokchilar va uchinchi shaxslar berilgan shikoyatga qoʻshilishi mumkin. Mazkur shaxslar taftish tartibida keltirilgan protestga ham qoʻshilishi mumkin. |
Shikoyatga (protestga) qoʻshilish haqida ariza berilganda davlat boji undirilmaydi. | Shikoyatga (protestga) qoʻshilish haqida ariza berilganda davlat boji undirilmaydi. |
41922-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) yuzasidan tushuntirishlar berish (eʼtirozlar bildirish) | 41922-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) yuzasidan tushuntirishlar berish (eʼtirozlar bildirish) |
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar taftish tartibidagi shikoyat (protest) yuzasidan sudga tushuntirishlarni (eʼtirozlarni) ularni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib, taqdim etishga haqli. | Ishda ishtirok etuvchi shaxslar taftish tartibidagi shikoyat (protest) yuzasidan sudga tushuntirishlarni (eʼtirozlarni) ularni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib, taqdim etishga haqli. |
Tushuntirishlar (eʼtirozlar) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan tushuntirishlar (eʼtirozlar) mustasno. Tushuntirishlarning (eʼtirozlarning) koʻchirma nusxalarini sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi. | Tushuntirishlar (eʼtirozlar) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan tushuntirishlar (eʼtirozlar) mustasno. Tushuntirishlarning (eʼtirozlarning) koʻchirma nusxalarini sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi. |
41923-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) toʻldirish, oʻzgartirish, shikoyatdan voz kechish va protestni qaytarib olish | 41923-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) toʻldirish, oʻzgartirish, shikoyatdan voz kechish va protestni qaytarib olish |
Taftish tartibida shikoyat bergan shaxs taftish instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar shikoyatni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki undan voz kechishga haqli. | Taftish tartibida shikoyat bergan shaxs taftish instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar shikoyatni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki undan voz kechishga haqli. |
Taftish tartibida protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror taftish instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar protestni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki qaytarib olishga haqli. | Taftish tartibida protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror taftish instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar protestni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki qaytarib olishga haqli. |
Shikoyatdan voz kechilgan va protest chaqirib olingan taqdirda, taftish instansiyasi sudi ajrim chiqarib, shikoyat (protest) boʻyicha taftish tartibida ish yuritishni tugatadi. | Shikoyatdan voz kechilgan va protest chaqirib olingan taqdirda, taftish instansiyasi sudi ajrim chiqarib, shikoyat (protest) boʻyicha taftish tartibida ish yuritishni tugatadi. |
Shikoyatdan voz kechilganligi, protest chaqirib olinganligi sababli u boʻyicha ish yurituvning tugatilishi, agar sud hujjati ustidan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilingan boʻlsa, boshqa taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. | Shikoyatdan voz kechilganligi, protest chaqirib olinganligi sababli u boʻyicha ish yurituvning tugatilishi, agar sud hujjati ustidan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilingan boʻlsa, boshqa taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. |
41924-modda. Daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi | 41924-modda. Daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi |
Taftish tartibida shikoyat (protest) berilganidan keyin daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi tuzishi yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida taftish instansiyasi sudiga topshirilishi kerak. Agar ishning muhokamasi vaqtida daʼvogar arz qilingan talablaridan voz kechsa, javobgar bildirilgan talablarni tan olsa yoki taraflar kelishuv bitimi tuzsa, bu haqda sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyiladi. | Taftish tartibida shikoyat (protest) berilganidan keyin daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi tuzishi yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida taftish instansiyasi sudiga topshirilishi kerak. Agar ishning muhokamasi vaqtida daʼvogar arz qilingan talablaridan voz kechsa, javobgar bildirilgan talablarni tan olsa yoki taraflar kelishuv bitimi tuzsa, bu haqda sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyiladi. |
Taftish instansiyasi sudi daʼvodan voz kechishni qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin ishda ishtirok etuvchi shaxslarga bunday protsessual harakatlarning oqibatlarini tushuntiradi. | Taftish instansiyasi sudi daʼvodan voz kechishni qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin ishda ishtirok etuvchi shaxslarga bunday protsessual harakatlarning oqibatlarini tushuntiradi. |
Daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi qabul qilingan yoki taraflarning kelishuv bitimi tasdiqlangan taqdirda taftish instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qiladi va ish yuritishni tugatadi. | Daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi qabul qilingan yoki taraflarning kelishuv bitimi tasdiqlangan taqdirda taftish instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qiladi va ish yuritishni tugatadi. |
Agar daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi yoki taraflarning kelishuv bitimi qonunga zid boʻlsa yoxud boshqa birovning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan boʻlsa, sud voz kechishni qabul qilmaydi yoki tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi hamda ishni taftish tartibida koʻradi. | Agar daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi yoki taraflarning kelishuv bitimi qonunga zid boʻlsa yoxud boshqa birovning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan boʻlsa, sud voz kechishni qabul qilmaydi yoki tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi hamda ishni taftish tartibida koʻradi. |
41925-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrish muddatlari | 41925-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrish muddatlari |
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi. | Taftish tartibidagi shikoyat (protest) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi. |
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan u koʻrib chiqish uchun oʻtkazilgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda koʻrib chiqiladi. | Taftish tartibidagi shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan u koʻrib chiqish uchun oʻtkazilgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda koʻrib chiqiladi. |
Alohida hollarda taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish muddati ishni koʻrayotgan sudlov hayʼati tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin. | Alohida hollarda taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish muddati ishni koʻrayotgan sudlov hayʼati tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin. |
Taftish tartibidagi protest Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki oydan oshmagan muddatda koʻrib chiqiladi. | Taftish tartibidagi protest Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki oydan oshmagan muddatda koʻrib chiqiladi. |
41926-modda. Taftish instansiyasi sudida ishni koʻrish tartibi | 41926-modda. Taftish instansiyasi sudida ishni koʻrish tartibi |
Taftish tartibida ish ushbu Kodeksning 397-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga asosan, mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda koʻriladi. | Taftish tartibida ish ushbu Kodeksning 397-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga asosan, mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda koʻriladi. |
Ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida koʻrishda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari ishtirok etadi. | Ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida koʻrishda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari ishtirok etadi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori yakuniy hisoblanadi va uning ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi). | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori yakuniy hisoblanadi va uning ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi). |
Taftish instansiyasi sudi ajrimining, qarorining koʻchirma nusxasi ishni koʻrishda ishtirok etgan shaxslarga ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. | Taftish instansiyasi sudi ajrimining, qarorining koʻchirma nusxasi ishni koʻrishda ishtirok etgan shaxslarga ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. |
41927-modda. Taftish instansiyasi sudining ishni koʻrish doirasi | 41927-modda. Taftish instansiyasi sudining ishni koʻrish doirasi |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi ishni taftish tartibida koʻrayotganida sud hujjatlarining qonuniyligini, asosliligini va adolatliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni oʻrganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi ishni taftish tartibida koʻrayotganida sud hujjatlarining qonuniyligini, asosliligini va adolatliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni oʻrganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin. |
Taftish instansiyasi sudi sud hujjatini toʻliq hajmda tekshirib chiqishi shart. | Taftish instansiyasi sudi sud hujjatini toʻliq hajmda tekshirib chiqishi shart. |
41928-modda. Shikoyatni (protestni) taftish tartibida koʻradigan sudning vakolatlari | 41928-modda. Shikoyatni (protestni) taftish tartibida koʻradigan sudning vakolatlari |
Taftish instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha: | Taftish instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha: |
1) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga; | 1) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga; |
2) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni toʻliq yoxud qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror qabul qilishga; | 2) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni toʻliq yoxud qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror qabul qilishga; |
3) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman oʻzgartirishga; | 3) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman oʻzgartirishga; |
5) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ushbu Kodeksda koʻrsatilgan asoslarga koʻra arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni toʻliq yoki qisman tugatishga; | 5) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ushbu Kodeksda koʻrsatilgan asoslarga koʻra arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni toʻliq yoki qisman tugatishga; |
6) ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga haqli. | 6) ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga haqli. |
41929-modda. Taftish instansiyasi sudi koʻrsatmalarining majburiyligi | 41929-modda. Taftish instansiyasi sudi koʻrsatmalarining majburiyligi |
Taftish instansiyasi sudining ajrimida, qarorida bayon qilingan koʻrsatmalar mazkur ishni yangidan koʻrayotgan sud uchun majburiydir. | Taftish instansiyasi sudining ajrimida, qarorida bayon qilingan koʻrsatmalar mazkur ishni yangidan koʻrayotgan sud uchun majburiydir. |
Taftish instansiyasi sudi u yoki bu dalilning ishonchliligi yoki ishonchsizligi toʻgʻrisidagi, ayrim bir dalillarning boshqalaridan ustunligi haqidagi, ish yangidan koʻrilgan taqdirda qanday qaror chiqarilishi kerakligi toʻgʻrisidagi masalalarni oldindan hal qilib qoʻyishga haqli emas. | Taftish instansiyasi sudi u yoki bu dalilning ishonchliligi yoki ishonchsizligi toʻgʻrisidagi, ayrim bir dalillarning boshqalaridan ustunligi haqidagi, ish yangidan koʻrilgan taqdirda qanday qaror chiqarilishi kerakligi toʻgʻrisidagi masalalarni oldindan hal qilib qoʻyishga haqli emas. |
47-bob. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish | 47-bob. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish |
437-modda. Yangi ochilgan holatlar boʻyicha sud hujjatlarini qayta koʻrish asoslari | 437-modda. Yangi ochilgan holatlar boʻyicha sud hujjatlarini qayta koʻrish asoslari |
Qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlar yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrilishi mumkin. | Qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlar yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrilishi mumkin. |
Hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlarni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish uchun quyidagilar asos boʻladi: | Hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlarni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish uchun quyidagilar asos boʻladi: |
1) arizachiga nomaʼlum boʻlgan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan, lekin ish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan holatlar, agar ular ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlsa; | 1) arizachiga nomaʼlum boʻlgan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan, lekin ish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan holatlar, agar ular ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlsa; |
2) sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan, qonunga xilof, asossiz yoki adolatsiz qaror chiqarilishiga sabab boʻlgan holatlar, yaʼni guvohning bila turib bergan yolgʻon koʻrsatuvi, ekspertning bila turib bergan yolgʻon xulosasi, atayin notoʻgʻri qilingan tarjima, qalbaki hujjatlar yoki dalillar; | 2) sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan, qonunga xilof, asossiz yoki adolatsiz qaror chiqarilishiga sabab boʻlgan holatlar, yaʼni guvohning bila turib bergan yolgʻon koʻrsatuvi, ekspertning bila turib bergan yolgʻon xulosasi, atayin notoʻgʻri qilingan tarjima, qalbaki hujjatlar yoki dalillar; |
3) taraflarning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning yoki sudyalarning mazkur ish boʻyicha qonunga xilof, asoslantirilmagan yoxud adolatsiz sud hujjati qabul qilinishiga sabab boʻlgan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan jinoiy qilmishlari; | 3) taraflarning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning yoki sudyalarning mazkur ish boʻyicha qonunga xilof, asoslantirilmagan yoxud adolatsiz sud hujjati qabul qilinishiga sabab boʻlgan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan jinoiy qilmishlari; |
4) sud hal qiluv qarorining, hukmining, ajrimining yoki qarorining yoxud shu hal qiluv qarori, ajrim va qaror chiqarilishiga sabab boʻlgan boshqa organ qarorining bekor qilinishi. | 4) sud hal qiluv qarorining, hukmining, ajrimining yoki qarorining yoxud shu hal qiluv qarori, ajrim va qaror chiqarilishiga sabab boʻlgan boshqa organ qarorining bekor qilinishi. |
438-modda. Sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻradigan sudlar | 438-modda. Sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻradigan sudlar |
Qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yangi ochilgan holatlar boʻyicha ushbu hal qiluv qarorini chiqargan sud tomonidan yangidan koʻriladi. Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudlarining qaysi ajrimlari va qarorlari boʻyicha birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori oʻzgartirilgan yoxud yangi hal qiluv qarori qabul qilingan boʻlsa, oʻsha qarorlar va ajrimlarni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish sud hujjatini oʻzgartirgan yoki yangi hal qiluv qarori qabul qilgan sud tomonidan amalga oshiriladi. | Qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yangi ochilgan holatlar boʻyicha ushbu hal qiluv qarorini chiqargan sud tomonidan yangidan koʻriladi. Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudlarining qaysi ajrimlari va qarorlari boʻyicha birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori oʻzgartirilgan yoxud yangi hal qiluv qarori qabul qilingan boʻlsa, oʻsha qarorlar va ajrimlarni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish sud hujjatini oʻzgartirgan yoki yangi hal qiluv qarori qabul qilgan sud tomonidan amalga oshiriladi. |
439-modda. Sud hujjatlarini qayta koʻrish toʻgʻrisida ariza berish | 439-modda. Sud hujjatlarini qayta koʻrish toʻgʻrisida ariza berish |
Yangi ochilgan holatlar boʻyicha hal qiluv qarorini, ajrim yoki qarorni qayta koʻrish haqidagi ariza hal qiluv qarorini, ajrimni yoxud qarorni chiqargan sudga ishda ishtirok etgan shaxslar tomonidan beriladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar bunday arizani hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qayta koʻrish uchun asos boʻladigan holatlar maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran uch oy muddat ichida berishi mumkin. | Yangi ochilgan holatlar boʻyicha hal qiluv qarorini, ajrim yoki qarorni qayta koʻrish haqidagi ariza hal qiluv qarorini, ajrimni yoxud qarorni chiqargan sudga ishda ishtirok etgan shaxslar tomonidan beriladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar bunday arizani hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qayta koʻrish uchun asos boʻladigan holatlar maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran uch oy muddat ichida berishi mumkin. |
Ariza bilan murojaat etgan shaxsning iltimosnomasiga koʻra, oʻtkazib yuborilgan arizani berish muddati, agar iltimosnoma qayta koʻrish uchun asos boʻladigan holatlar ochilgan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay berilgan boʻlsa va sud muddatni oʻtkazib yuborish sabablarini uzrli deb topsa, sud tomonidan tiklanishi mumkin. | Ariza bilan murojaat etgan shaxsning iltimosnomasiga koʻra, oʻtkazib yuborilgan arizani berish muddati, agar iltimosnoma qayta koʻrish uchun asos boʻladigan holatlar ochilgan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay berilgan boʻlsa va sud muddatni oʻtkazib yuborish sabablarini uzrli deb topsa, sud tomonidan tiklanishi mumkin. |
440-modda. Ariza berish muddatini hisoblash | 440-modda. Ariza berish muddatini hisoblash |
Ariza berish muddati: | Ariza berish muddati: |
1) ushbu Kodeks 437-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — ish uchun jiddiy ahamiyatga ega boʻlgan holatlar ochilgan kundan eʼtiboran; | 1) ushbu Kodeks 437-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — ish uchun jiddiy ahamiyatga ega boʻlgan holatlar ochilgan kundan eʼtiboran; |
2) ushbu Kodeks 437-moddasi ikkinchi qismining 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran; | 2) ushbu Kodeks 437-moddasi ikkinchi qismining 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran; |
3) ushbu Kodeks 437-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — qayta koʻrilayotgan hal qiluv qaroriga, ajrimga yoki qarorga asos boʻlgan hukmga, hal qiluv qaroriga, ajrimga yoxud qarorga mazmunan qarama-qarshi boʻlgan sud hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan yoxud boshqa organning ana shunday qarori chiqarilgan kundan eʼtiboran hisoblanadi. | 3) ushbu Kodeks 437-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — qayta koʻrilayotgan hal qiluv qaroriga, ajrimga yoki qarorga asos boʻlgan hukmga, hal qiluv qaroriga, ajrimga yoxud qarorga mazmunan qarama-qarshi boʻlgan sud hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan yoxud boshqa organning ana shunday qarori chiqarilgan kundan eʼtiboran hisoblanadi. |
441-modda. Arizaning shakli va mazmuni | 441-modda. Arizaning shakli va mazmuni |
Hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi ariza sudga yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida beriladi. Ariza uni berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. | Hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi ariza sudga yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida beriladi. Ariza uni berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. |
Sud qarorini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilishi kerak: | Sud qarorini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilishi kerak: |
1) ariza berilayotgan sudning nomi; | 1) ariza berilayotgan sudning nomi; |
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi (nomi), ularning yashash joyi (joylashgan yeri) va pochta manzili; | 2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi (nomi), ularning yashash joyi (joylashgan yeri) va pochta manzili; |
3) arizachi yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishni talab qilayotgan sud hujjatini qabul qilgan sudning nomi, ishning raqami, sud hujjati qabul qilingan sana; | 3) arizachi yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishni talab qilayotgan sud hujjatini qabul qilgan sudning nomi, ishning raqami, sud hujjati qabul qilingan sana; |
4) arizachining fikriga koʻra, sud hujjatini qayta koʻrish uchun asos boʻlayotgan yangi ochilgan holatlar, ularni tasdiqlovchi hujjatlar; | 4) arizachining fikriga koʻra, sud hujjatini qayta koʻrish uchun asos boʻlayotgan yangi ochilgan holatlar, ularni tasdiqlovchi hujjatlar; |
5) ariza berayotgan shaxsning talabi; | 5) ariza berayotgan shaxsning talabi; |
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati. | 6) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati. |
Arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak: | Arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak: |
1) yangi ochilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusxalari; | 1) yangi ochilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusxalari; |
3) ariza vakil tomonidan imzolangan taqdirda, vakilning uni imzolashga boʻlgan vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat. | 3) ariza vakil tomonidan imzolangan taqdirda, vakilning uni imzolashga boʻlgan vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat. |
442-modda. Arizani koʻrish | 442-modda. Arizani koʻrish |
Yangi ochilgan holatlar boʻyicha hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda sud majlisida, arizachini va ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda koʻriladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi arizani koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi. | Yangi ochilgan holatlar boʻyicha hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda sud majlisida, arizachini va ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda koʻriladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi arizani koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi. |
443-modda. Sud hujjatini qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ajrim | 443-modda. Sud hujjatini qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ajrim |
Sud yangi ochilgan holatlar boʻyicha hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib, uni qanoatlantiradi va hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni bekor qiladi yoxud ishni qayta koʻrishni rad qiladi. Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi. | Sud yangi ochilgan holatlar boʻyicha hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib, uni qanoatlantiradi va hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni bekor qiladi yoxud ishni qayta koʻrishni rad qiladi. Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi. |
444-modda. Sudning ajrimi ustidan shikoyat qilish | 444-modda. Sudning ajrimi ustidan shikoyat qilish |
Hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani qanoatlantirish yoki rad qilish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. | Hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani qanoatlantirish yoki rad qilish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. |
Xususiy shikoyatda (protestda) xususiy shikoyat (protest) bergan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilishi mumkin. | Xususiy shikoyatda (protestda) xususiy shikoyat (protest) bergan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilishi mumkin. |
445-modda. Sud hujjatlarini qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari | 445-modda. Sud hujjatlarini qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari |
Hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, ish sud tomonidan umumiy asoslarda koʻriladi. | Hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, ish sud tomonidan umumiy asoslarda koʻriladi. |
V BOʻLIM. SUD HUJJATLARINING IJROSI | V BOʻLIM. SUD HUJJATLARINING IJROSI |
446-modda. Sud hujjatlarini ijroga qaratish | 446-modda. Sud hujjatlarini ijroga qaratish |
Sud hujjatlari ular qonuniy kuchga kirgandan keyin ijroga qaratiladi, bundan uning qonunchilikda belgilangan tartibda darhol ijro etilishi hollari mustasno. | Sud hujjatlari ular qonuniy kuchga kirgandan keyin ijroga qaratiladi, bundan uning qonunchilikda belgilangan tartibda darhol ijro etilishi hollari mustasno. |
Sud hujjatining majburiy ijrosi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi. | Sud hujjatining majburiy ijrosi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi. |
447-modda. Ijro varaqasi | 447-modda. Ijro varaqasi |
Ijro varaqasi sud tomonidan berilgan, undiruvchining sud hujjatini majburiy ijro etishga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatdir. | Ijro varaqasi sud tomonidan berilgan, undiruvchining sud hujjatini majburiy ijro etishga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatdir. |
Ijro varaqasida quyidagilar koʻrsatilishi lozim: | Ijro varaqasida quyidagilar koʻrsatilishi lozim: |
1) ijro varaqasini bergan sudning nomi; | 1) ijro varaqasini bergan sudning nomi; |
2) ijro varaqasining qaysi ish boʻyicha berilganligi va uning raqami; | 2) ijro varaqasining qaysi ish boʻyicha berilganligi va uning raqami; |
3) ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjati qabul qilingan sana; | 3) ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjati qabul qilingan sana; |
4) undiruvchi va qarzdorning nomi, ularning manzillari; jismoniy shaxslar uchun — qarzdor jismoniy shaxsning tugʻilgan sanasi va joyi, ish joyi, shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), mavjud boʻlgan taqdirda — undiruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, shuningdek undiruvchining va qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami; | 4) undiruvchi va qarzdorning nomi, ularning manzillari; jismoniy shaxslar uchun — qarzdor jismoniy shaxsning tugʻilgan sanasi va joyi, ish joyi, shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), mavjud boʻlgan taqdirda — undiruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, shuningdek undiruvchining va qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami; |
5) sud hujjatining qaror qismi; | 5) sud hujjatining qaror qismi; |
6) sud hujjati kuchga kirgan sana; | 6) sud hujjati kuchga kirgan sana; |
7) ijro varaqasi berilgan sana va uni ijroga topshirish muddati. | 7) ijro varaqasi berilgan sana va uni ijroga topshirish muddati. |
Sud hujjatiga asosan beriladigan ijro varaqasi sudyaning elektron raqamli imzosidan foydalangan holda rasmiylashtiriladi va QR-kod (matritsali shtrixli kod) bilan tasdiqlanadi. Bunda agar sud hujjatiga asosan berilgan ijro varaqasi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ijro etilishi lozim boʻlsa yoki undiruvchining iltimosnomasiga koʻra u sudning muhri va sudyaning imzosi bilan tasdiqlangan holda qogʻoz shaklida berilishi (yuborilishi, taqdim etilishi) mumkin. | Sud hujjatiga asosan beriladigan ijro varaqasi sudyaning elektron raqamli imzosidan foydalangan holda rasmiylashtiriladi va QR-kod (matritsali shtrixli kod) bilan tasdiqlanadi. Bunda agar sud hujjatiga asosan berilgan ijro varaqasi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ijro etilishi lozim boʻlsa yoki undiruvchining iltimosnomasiga koʻra u sudning muhri va sudyaning imzosi bilan tasdiqlangan holda qogʻoz shaklida berilishi (yuborilishi, taqdim etilishi) mumkin. |
448-modda. Ijro varaqasi berish | 448-modda. Ijro varaqasi berish |
Har bir sud hujjati boʻyicha bitta ijro varaqasi beriladi. Biroq, agar ijro turli joylarda yoki bir nechta undiruvchining foydasiga amalga oshiriladigan boʻlsa, sud undiruvchilarning iltimosiga binoan ijro joyini yoxud hal qiluv qarori ijrosining har bir ijro varaqasiga tegishli qismini aniq koʻrsatgan holda bir necha ijro varaqasi beradi. | Har bir sud hujjati boʻyicha bitta ijro varaqasi beriladi. Biroq, agar ijro turli joylarda yoki bir nechta undiruvchining foydasiga amalga oshiriladigan boʻlsa, sud undiruvchilarning iltimosiga binoan ijro joyini yoxud hal qiluv qarori ijrosining har bir ijro varaqasiga tegishli qismini aniq koʻrsatgan holda bir necha ijro varaqasi beradi. |
Bir nechta javobgardan pul summalarini undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori asosida javobgarlarning soni boʻyicha bir nechta ijro varaqasi beriladi. Bunda, agar solidar javobgarlardan undirish nazarda tutilayotgan boʻlsa, har bir ijro varaqasida undiruvning umumiy summasi koʻrsatilishi va solidar javobgar ekanligi koʻrsatilgan holda javobgarlarning hammasi sanab oʻtilishi kerak. | Bir nechta javobgardan pul summalarini undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori asosida javobgarlarning soni boʻyicha bir nechta ijro varaqasi beriladi. Bunda, agar solidar javobgarlardan undirish nazarda tutilayotgan boʻlsa, har bir ijro varaqasida undiruvning umumiy summasi koʻrsatilishi va solidar javobgar ekanligi koʻrsatilgan holda javobgarlarning hammasi sanab oʻtilishi kerak. |
Ijro varaqasi sud hujjatini qabul qilgan sud tomonidan beriladi. | Ijro varaqasi sud hujjatini qabul qilgan sud tomonidan beriladi. |
Ijro varaqasi undiruvchiga beriladi yoki sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan soʻng besh kun ichida undiruvchining iltimosnomasiga koʻra davlat ijrochisiga ijro etish uchun yuboriladi, bundan sud hujjati chiqarilishi bilanoq ijro varaqasi berilib, darhol ijro etiladigan hollar mustasno. | Ijro varaqasi undiruvchiga beriladi yoki sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan soʻng besh kun ichida undiruvchining iltimosnomasiga koʻra davlat ijrochisiga ijro etish uchun yuboriladi, bundan sud hujjati chiqarilishi bilanoq ijro varaqasi berilib, darhol ijro etiladigan hollar mustasno. |
Ijro varaqasi undiruvchi jismoniy shaxslarga elektron hujjat tarzida, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali — mavjud boʻlgan taqdirda, undiruvchi yuridik shaxslarga esa soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi. | Ijro varaqasi undiruvchi jismoniy shaxslarga elektron hujjat tarzida, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali — mavjud boʻlgan taqdirda, undiruvchi yuridik shaxslarga esa soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi. |
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida undiruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, ijro varaqasi unga qogʻoz shaklida beriladi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida undiruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, ijro varaqasi unga qogʻoz shaklida beriladi. |
449-modda. Sud tomonidan ijro varaqasini yuborish | 449-modda. Sud tomonidan ijro varaqasini yuborish |
Jinoyat sodir qilish natijasida yetkazilgan zararni undirish, alimentlarni undirish, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetganlik, shuningdek boquvchi vafot etganligi natijasida koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash, xodim bilan mehnat shartnomasini gʻayriqonuniy ravishda bekor qilish yoxud xodimni gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazishda yoki sudning ishga tiklash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorini bajarmaganlikda aybdor boʻlgan mansabdor shaxslardan pul summalarini undirish, davlat daromadiga pul mablagʻlarini undirish hollarida sud oʻz tashabbusiga koʻra ijro varaqasini ijro etish uchun yuboradi. | Jinoyat sodir qilish natijasida yetkazilgan zararni undirish, alimentlarni undirish, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetganlik, shuningdek boquvchi vafot etganligi natijasida koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash, xodim bilan mehnat shartnomasini gʻayriqonuniy ravishda bekor qilish yoxud xodimni gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazishda yoki sudning ishga tiklash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorini bajarmaganlikda aybdor boʻlgan mansabdor shaxslardan pul summalarini undirish, davlat daromadiga pul mablagʻlarini undirish hollarida sud oʻz tashabbusiga koʻra ijro varaqasini ijro etish uchun yuboradi. |
Davlat foydasiga mulkiy undiruvlar boʻyicha ijro varaqasi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan soʻng uch ish kuni ichida sud tomonidan qarzdorning joylashgan yeridagi davlat ijrochisiga yuboriladi. | Davlat foydasiga mulkiy undiruvlar boʻyicha ijro varaqasi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan soʻng uch ish kuni ichida sud tomonidan qarzdorning joylashgan yeridagi davlat ijrochisiga yuboriladi. |
Ijro varaqasi elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. | Ijro varaqasi elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. |
450-modda. Ijro varaqasining yoki sud buyrugʻining dublikatini berish | 450-modda. Ijro varaqasining yoki sud buyrugʻining dublikatini berish |
Ijro varaqasining yoki sud buyrugʻining asl nusxasi yoʻqotilgan hollarda, sud hujjatini chiqargan sud undiruvchining yoxud davlat ijrochisining arizasiga koʻra, ijro varaqasining dublikatini berishi mumkin. | Ijro varaqasining yoki sud buyrugʻining asl nusxasi yoʻqotilgan hollarda, sud hujjatini chiqargan sud undiruvchining yoxud davlat ijrochisining arizasiga koʻra, ijro varaqasining dublikatini berishi mumkin. |
Dublikat berish haqidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida koʻriladi, biroq ularning kelmaganligi dublikat berish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun toʻsqinlik qilmaydi. | Dublikat berish haqidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida koʻriladi, biroq ularning kelmaganligi dublikat berish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun toʻsqinlik qilmaydi. |
Dublikat berish toʻgʻrisidagi ariza bunday ariza sudga kelib tushgan paytdan eʼtiboran oʻn kun ichida sud majlisida koʻriladi. | Dublikat berish toʻgʻrisidagi ariza bunday ariza sudga kelib tushgan paytdan eʼtiboran oʻn kun ichida sud majlisida koʻriladi. |
Sudning dublikat berish toʻgʻrisidagi masalaga doir ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. | Sudning dublikat berish toʻgʻrisidagi masalaga doir ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. |
Xususiy shikoyatda (protestda) xususiy shikoyat (protest) bergan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilishi mumkin. | Xususiy shikoyatda (protestda) xususiy shikoyat (protest) bergan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilishi mumkin. |
451-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati | 451-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati |
Sudning hal qiluv qarori majburiy tartibda ijro etish uchun, agar qonunda boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, u qonuniy kuchga kirgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida taqdim etilishi mumkin. | Sudning hal qiluv qarori majburiy tartibda ijro etish uchun, agar qonunda boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, u qonuniy kuchga kirgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida taqdim etilishi mumkin. |
Davriy toʻlovlarni undirish uchun berilgan ijro varaqalari bu toʻlovlar undiriladigan butun davr ichida ijroga taqdim etilishi mumkin. Ijro varaqasi ijroga taqdim etilguniga qadar oʻtgan vaqt uchun davriy toʻlovlar ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatlar doirasida undiriladi. | Davriy toʻlovlarni undirish uchun berilgan ijro varaqalari bu toʻlovlar undiriladigan butun davr ichida ijroga taqdim etilishi mumkin. Ijro varaqasi ijroga taqdim etilguniga qadar oʻtgan vaqt uchun davriy toʻlovlar ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatlar doirasida undiriladi. |
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarning oʻtishi har bir toʻlov muddati tugagan kundan eʼtiboran boshlanadi. | Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarning oʻtishi har bir toʻlov muddati tugagan kundan eʼtiboran boshlanadi. |
Agar sud tomonidan ijro varaqasi berilguniga qadar sud hujjatining ijrosi kechiktirilgan yoki boʻlib-boʻlib ijro etilishiga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, unda ijro varaqasini taqdim etish muddati qaysi vaqtdan boshlanishi koʻrsatiladi. | Agar sud tomonidan ijro varaqasi berilguniga qadar sud hujjatining ijrosi kechiktirilgan yoki boʻlib-boʻlib ijro etilishiga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, unda ijro varaqasini taqdim etish muddati qaysi vaqtdan boshlanishi koʻrsatiladi. |
452-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatining uzilishi | 452-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatining uzilishi |
Ijroga taqdim etish muddati, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, ijro varaqasining ijroga taqdim etilishi, shuningdek hal qiluv qarorining qisman ijro etilishi bilan uziladi. | Ijroga taqdim etish muddati, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, ijro varaqasining ijroga taqdim etilishi, shuningdek hal qiluv qarorining qisman ijro etilishi bilan uziladi. |
Muddat uzilgandan soʻng uning oʻtishi yangidan boshlanadi, bunda oldingi oʻtgan vaqt yangi muddatga qoʻshib hisoblanmaydi. Ijro varaqasi toʻliq yoki qisman undirilmay qaytarilgan taqdirda, ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun yangi muddatni hisoblash ijro varaqasi undiruvchiga qaytarilgan kundan eʼtiboran boshlanadi. | Muddat uzilgandan soʻng uning oʻtishi yangidan boshlanadi, bunda oldingi oʻtgan vaqt yangi muddatga qoʻshib hisoblanmaydi. Ijro varaqasi toʻliq yoki qisman undirilmay qaytarilgan taqdirda, ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun yangi muddatni hisoblash ijro varaqasi undiruvchiga qaytarilgan kundan eʼtiboran boshlanadi. |
453-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash | 453-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash |
Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddati, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, sud uzrli deb topgan sabablarga koʻra tiklanishi mumkin. | Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddati, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, sud uzrli deb topgan sabablarga koʻra tiklanishi mumkin. |
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi ariza sud hujjatini chiqargan sudga yoki u ijro etiladigan joydagi sudga beriladi. Ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida sud majlisida, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda koʻriladi, biroq bu shaxslarning kelmaganligi oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun toʻsqinlik qilmaydi. | Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi ariza sud hujjatini chiqargan sudga yoki u ijro etiladigan joydagi sudga beriladi. Ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida sud majlisida, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda koʻriladi, biroq bu shaxslarning kelmaganligi oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun toʻsqinlik qilmaydi. |
Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, u undiruvchi va qarzdorga yuboriladi. | Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, u undiruvchi va qarzdorga yuboriladi. |
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash rad qilinganligi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. | Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash rad qilinganligi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. |
454-modda. Hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirish yoki uning boʻlib-boʻlib ijro etilishi, uni ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish | 454-modda. Hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirish yoki uning boʻlib-boʻlib ijro etilishi, uni ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish |
Sud hujjatining ijrosini qiyinlashtiradigan obyektiv holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, sud undiruvchining, qarzdorning yoki davlat ijrochisining arizasiga binoan hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirishga yoxud uning boʻlib-boʻlib ijro etilishiga yoʻl qoʻyishga, uni ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirishga haqli. | Sud hujjatining ijrosini qiyinlashtiradigan obyektiv holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, sud undiruvchining, qarzdorning yoki davlat ijrochisining arizasiga binoan hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirishga yoxud uning boʻlib-boʻlib ijro etilishiga yoʻl qoʻyishga, uni ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirishga haqli. |
Agar vakolatli davlat organining qarorida yoki taraflarning kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoxud boʻlib-boʻlib ijro etish uchun koʻpi bilan bir yil muddat berilishi mumkin. | Agar vakolatli davlat organining qarorida yoki taraflarning kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoxud boʻlib-boʻlib ijro etish uchun koʻpi bilan bir yil muddat berilishi mumkin. |
Qarzdorga sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uning boʻlib-boʻlib ijro etilishiga yoʻl qoʻyish chogʻida, sud ushbu Kodeksning 9-bobida nazarda tutilgan tartibda uning ijrosini taʼminlash choralarini koʻrishi mumkin. | Qarzdorga sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uning boʻlib-boʻlib ijro etilishiga yoʻl qoʻyish chogʻida, sud ushbu Kodeksning 9-bobida nazarda tutilgan tartibda uning ijrosini taʼminlash choralarini koʻrishi mumkin. |
Sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etish, uni ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish haqidagi ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda sud tomonidan koʻriladi. | Sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etish, uni ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish haqidagi ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda sud tomonidan koʻriladi. |
Arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, uning koʻchirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek sud hujjatining ijrosi davlat ijrochisining ish yurituvida boʻlgan taqdirda, davlat ijrochisiga yuboriladi. | Arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, uning koʻchirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek sud hujjatining ijrosi davlat ijrochisining ish yurituvida boʻlgan taqdirda, davlat ijrochisiga yuboriladi. |
Ajrim ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Ajrim ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
455-modda. Ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish va tugatish | 455-modda. Ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish va tugatish |
Sud davlat ijrochisi sud tomonidan berilgan ijro varaqasi asosida qoʻzgʻatgan ijro ishini yuritishni qonunda nazarda tutilgan hollarda, undiruvchining, qarzdorning, davlat ijrochisining arizasi boʻyicha toʻxtatib turishi yoxud tugatishi mumkin. | Sud davlat ijrochisi sud tomonidan berilgan ijro varaqasi asosida qoʻzgʻatgan ijro ishini yuritishni qonunda nazarda tutilgan hollarda, undiruvchining, qarzdorning, davlat ijrochisining arizasi boʻyicha toʻxtatib turishi yoxud tugatishi mumkin. |
Sud tomonidan berilgan ijro varaqasi asosida qoʻzgʻatilgan ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish va tugatish shu sud tomonidan yoki davlat ijrochisi joylashgan yerdagi sud tomonidan amalga oshiriladi. | Sud tomonidan berilgan ijro varaqasi asosida qoʻzgʻatilgan ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish va tugatish shu sud tomonidan yoki davlat ijrochisi joylashgan yerdagi sud tomonidan amalga oshiriladi. |
Ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda taraflarni chaqirmagan va sud muhokamasi oʻtkazmagan holda sud tomonidan koʻriladi. | Ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda taraflarni chaqirmagan va sud muhokamasi oʻtkazmagan holda sud tomonidan koʻriladi. |
Ijro ishini toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan ajrim chiqarilib, uning koʻchirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek davlat ijrochisiga yuboriladi. | Ijro ishini toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan ajrim chiqarilib, uning koʻchirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek davlat ijrochisiga yuboriladi. |
Ajrim ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Ajrim ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
456-modda. Ijro ishini yuritishni tiklash | 456-modda. Ijro ishini yuritishni tiklash |
Ijro ishini yuritish uni toʻxtatib qoʻyish uchun asos boʻlgan sabablar yoki holatlar bartaraf etilganidan keyin, ushbu ishni toʻxtatib qoʻygan sud tomonidan undiruvchining, davlat ijrochisining arizasiga koʻra tiklanadi. | Ijro ishini yuritish uni toʻxtatib qoʻyish uchun asos boʻlgan sabablar yoki holatlar bartaraf etilganidan keyin, ushbu ishni toʻxtatib qoʻygan sud tomonidan undiruvchining, davlat ijrochisining arizasiga koʻra tiklanadi. |
Ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda, taraflarni chaqirmagan va sud muhokamasini oʻtkazmagan holda sud tomonidan koʻriladi. | Ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda, taraflarni chaqirmagan va sud muhokamasini oʻtkazmagan holda sud tomonidan koʻriladi. |
Ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, uning koʻchirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek davlat ijrochisiga yuboriladi. | Ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, uning koʻchirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek davlat ijrochisiga yuboriladi. |
Sudning ijro ishini yuritishni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. | Sudning ijro ishini yuritishni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. |
457-modda. Ijro varaqasini qaytarib olish va yangi ijro varaqasi berish | 457-modda. Ijro varaqasini qaytarib olish va yangi ijro varaqasi berish |
Sud oʻzi tomonidan yozuvdagi xatolar, arifmetik xatolar bilan berilgan, shuningdek oʻzgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasini undiruvchining, qarzdorning, davlat ijrochisining arizasiga yoki oʻzining tashabbusiga koʻra taraflarni chaqirmagan va sud muhokamasini oʻtkazmagan holda qaytarib olishga hamda uning oʻrniga yangi ijro varaqasini berishga haqli. | Sud oʻzi tomonidan yozuvdagi xatolar, arifmetik xatolar bilan berilgan, shuningdek oʻzgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasini undiruvchining, qarzdorning, davlat ijrochisining arizasiga yoki oʻzining tashabbusiga koʻra taraflarni chaqirmagan va sud muhokamasini oʻtkazmagan holda qaytarib olishga hamda uning oʻrniga yangi ijro varaqasini berishga haqli. |
Yozuvdagi xatolar, arifmetik xatolar bilan berilgan yoki oʻzgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasi uni bergan sudga undiruvchi yoki davlat ijrochisi tomonidan ijro etilmasdan qaytariladi. | Yozuvdagi xatolar, arifmetik xatolar bilan berilgan yoki oʻzgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasi uni bergan sudga undiruvchi yoki davlat ijrochisi tomonidan ijro etilmasdan qaytariladi. |
458-modda. Qaytarma ijro | 458-modda. Qaytarma ijro |
Ijro etilgan sud hujjati oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan va ish yangidan koʻrib chiqilganidan keyin talablarni qanoatlantirishni toʻliq yoki qisman rad etish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilingan yoki ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida yoxud arizani koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan taqdirda, oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan sud hujjati boʻyicha javobgardan daʼvogarning foydasiga undirilgan narsalarning barchasi javobgarga qaytarib berilishi kerak (hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi). | Ijro etilgan sud hujjati oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan va ish yangidan koʻrib chiqilganidan keyin talablarni qanoatlantirishni toʻliq yoki qisman rad etish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilingan yoki ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida yoxud arizani koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan taqdirda, oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan sud hujjati boʻyicha javobgardan daʼvogarning foydasiga undirilgan narsalarning barchasi javobgarga qaytarib berilishi kerak (hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi). |
Agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan boʻlsa va daʼvoni toʻliq yoxud qisman rad etish toʻgʻrisida yangi sud hujjati qabul qilingan boʻlsa yoki ishni yuritish tugatilgan yoki daʼvo koʻrmasdan qoldirilgan boʻlsa, sud sud hujjatining bekor qilingan yoxud oʻzgartirilgan tegishli qismi boʻyicha undirishni toʻliq yoki qisman tugatish toʻgʻrisidagi sud hujjatini qabul qiladi. | Agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan boʻlsa va daʼvoni toʻliq yoxud qisman rad etish toʻgʻrisida yangi sud hujjati qabul qilingan boʻlsa yoki ishni yuritish tugatilgan yoki daʼvo koʻrmasdan qoldirilgan boʻlsa, sud sud hujjatining bekor qilingan yoxud oʻzgartirilgan tegishli qismi boʻyicha undirishni toʻliq yoki qisman tugatish toʻgʻrisidagi sud hujjatini qabul qiladi. |
459-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masalaning birinchi instansiya sudi tomonidan hal qilinishi | 459-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masalaning birinchi instansiya sudi tomonidan hal qilinishi |
Ish yangidan koʻrish uchun oʻziga topshirilgan sud oʻz tashabbusi bilan qaytarma ijro toʻgʻrisidagi masalani koʻrishi va uni yangi sud hujjatida yoki ajrimida hal qilishi shart boʻlib, shu bilan ish yuritish tamomlanadi. | Ish yangidan koʻrish uchun oʻziga topshirilgan sud oʻz tashabbusi bilan qaytarma ijro toʻgʻrisidagi masalani koʻrishi va uni yangi sud hujjatida yoki ajrimida hal qilishi shart boʻlib, shu bilan ish yuritish tamomlanadi. |
Ishni yangidan koʻrayotgan sud bekor qilingan sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masalani hal qilmagan taqdirda, javobgar bu sudga qaytarma ijro toʻgʻrisida ariza berishga haqli. Bu ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda, sud majlisida koʻriladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi sud oldiga qoʻyilgan masalaning hal etilishi uchun toʻsqinlik qilmaydi. | Ishni yangidan koʻrayotgan sud bekor qilingan sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masalani hal qilmagan taqdirda, javobgar bu sudga qaytarma ijro toʻgʻrisida ariza berishga haqli. Bu ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda, sud majlisida koʻriladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi sud oldiga qoʻyilgan masalaning hal etilishi uchun toʻsqinlik qilmaydi. |
Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi ariza davlat boji toʻlanmagan holda umumiy daʼvo muddati ichida berilishi mumkin. | Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi ariza davlat boji toʻlanmagan holda umumiy daʼvo muddati ichida berilishi mumkin. |
Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi ariza ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda sud tomonidan koʻriladi. | Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi ariza ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda sud tomonidan koʻriladi. |
Arizaga ilgari qabul qilingan sud hujjatining ijrosini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. | Arizaga ilgari qabul qilingan sud hujjatining ijrosini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. |
Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. | Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. |
Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masala boʻyicha sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. | Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masala boʻyicha sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. |
Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, sud undirilgan pul mablagʻlarini, mol-mulkni yoki uning qiymatini qaytarish uchun ijro varaqasi beradi. | Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, sud undirilgan pul mablagʻlarini, mol-mulkni yoki uning qiymatini qaytarish uchun ijro varaqasi beradi. |
460-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masalani apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan hal qilish | 460-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masalani apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan hal qilish |
Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi huquq toʻgʻrisidagi nizoni uzil-kesil hal qilsa yoki ish yuritishni tamomlasa, sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masalani hal qilishi yoxud uni hal qilish uchun birinchi instansiya sudiga topshirishi shart. | Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi huquq toʻgʻrisidagi nizoni uzil-kesil hal qilsa yoki ish yuritishni tamomlasa, sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masalani hal qilishi yoxud uni hal qilish uchun birinchi instansiya sudiga topshirishi shart. |
Agar yuqori turuvchi sudning ajrimida sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masala boʻyicha hech qanday koʻrsatma boʻlmasa, javobgar birinchi instansiya sudiga tegishli ariza berishga haqli. Birinchi instansiya sudi bu arizani ushbu Kodeksning 459-moddasi qoidalariga binoan koʻrib chiqadi va hal qiladi. | Agar yuqori turuvchi sudning ajrimida sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masala boʻyicha hech qanday koʻrsatma boʻlmasa, javobgar birinchi instansiya sudiga tegishli ariza berishga haqli. Birinchi instansiya sudi bu arizani ushbu Kodeksning 459-moddasi qoidalariga binoan koʻrib chiqadi va hal qiladi. |
461-modda. Alohida toifadagi ishlar boʻyicha qaytarma ijroning oʻziga xos jihatlari | 461-modda. Alohida toifadagi ishlar boʻyicha qaytarma ijroning oʻziga xos jihatlari |
Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar boʻyicha pul summalarini undirish toʻgʻrisidagi, intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun haq undirish haqidagi, alimentlar undirish toʻgʻrisidagi, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetganlik, shuningdek boquvchining vafot etishi natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi ishlar boʻyicha sud hujjatlari bekor qilingan taqdirda, agar bekor qilingan sud hujjati daʼvogar bergan soxta maʼlumotlarga yoxud u taqdim etgan qalbaki hujjatlarga asoslangan boʻlsa, sud hujjatining qaytarma ijrosiga yoʻl qoʻyiladi. | Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar boʻyicha pul summalarini undirish toʻgʻrisidagi, intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun haq undirish haqidagi, alimentlar undirish toʻgʻrisidagi, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetganlik, shuningdek boquvchining vafot etishi natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi ishlar boʻyicha sud hujjatlari bekor qilingan taqdirda, agar bekor qilingan sud hujjati daʼvogar bergan soxta maʼlumotlarga yoxud u taqdim etgan qalbaki hujjatlarga asoslangan boʻlsa, sud hujjatining qaytarma ijrosiga yoʻl qoʻyiladi. |
462-modda. Yoʻqolgan ijro ishini yuritishni tiklash | 462-modda. Yoʻqolgan ijro ishini yuritishni tiklash |
Yoʻqolgan ijro ishini yuritish sud tomonidan ishda ishtirok etgan shaxslarning, ijro ishini yuritish taraflarining, davlat ijrochisining, prokurorning arizasiga koʻra, shuningdek ijro hujjatini bergan sudning yoki boshqa organning tashabbusi boʻyicha tiklanishi mumkin. | Yoʻqolgan ijro ishini yuritish sud tomonidan ishda ishtirok etgan shaxslarning, ijro ishini yuritish taraflarining, davlat ijrochisining, prokurorning arizasiga koʻra, shuningdek ijro hujjatini bergan sudning yoki boshqa organning tashabbusi boʻyicha tiklanishi mumkin. |
Yoʻqolgan ijro ishini yuritish toʻliq tiklanadi yoki uning sud fikriga koʻra tiklanishi zarur boʻlgan qismi tiklanadi. | Yoʻqolgan ijro ishini yuritish toʻliq tiklanadi yoki uning sud fikriga koʻra tiklanishi zarur boʻlgan qismi tiklanadi. |
Yoʻqolgan ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza sud hujjati ijro etiladigan joydagi sudga beriladi. | Yoʻqolgan ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza sud hujjati ijro etiladigan joydagi sudga beriladi. |
Arizada ijro ishini yuritish toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar boʻlishi kerak. Arizachida saqlanib qolgan va ijro ishini yuritishga daxldor boʻlgan hujjatlar yoki ularning koʻchirma nusxalari arizaga ilova qilinadi. | Arizada ijro ishini yuritish toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar boʻlishi kerak. Arizachida saqlanib qolgan va ijro ishini yuritishga daxldor boʻlgan hujjatlar yoki ularning koʻchirma nusxalari arizaga ilova qilinadi. |
Sud ishni koʻrayotganda ijro ishini yuritishning saqlanib qolgan qismidan, ish yoʻqolguniga qadar undan jismoniy va yuridik shaxslarga olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning koʻchirma nusxalaridan, shuningdek ijro ishini yuritishga daxldor boʻlgan boshqa maʼlumotnomalar va hujjatlardan foydalanadi. | Sud ishni koʻrayotganda ijro ishini yuritishning saqlanib qolgan qismidan, ish yoʻqolguniga qadar undan jismoniy va yuridik shaxslarga olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning koʻchirma nusxalaridan, shuningdek ijro ishini yuritishga daxldor boʻlgan boshqa maʼlumotnomalar va hujjatlardan foydalanadi. |
Sud ijro harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etgan yoki hozir boʻlgan shaxslarni guvoh sifatida soʻroq qilishi mumkin. | Sud ijro harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etgan yoki hozir boʻlgan shaxslarni guvoh sifatida soʻroq qilishi mumkin. |
Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud ajrim chiqaradi, uning koʻchirma nusxalari ijro ishining taraflariga va davlat ijrochisiga yuboriladi. | Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud ajrim chiqaradi, uning koʻchirma nusxalari ijro ishining taraflariga va davlat ijrochisiga yuboriladi. |
Toʻplangan materiallar yoʻqolgan ijro ishini yuritishni aniq tiklash uchun yetarli boʻlmasa, sud ajrim chiqarib, ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishni tugatadi. Bu holda arizachi umumiy tartibda daʼvo taqdim etishga haqli. | Toʻplangan materiallar yoʻqolgan ijro ishini yuritishni aniq tiklash uchun yetarli boʻlmasa, sud ajrim chiqarib, ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishni tugatadi. Bu holda arizachi umumiy tartibda daʼvo taqdim etishga haqli. |
Arizachi yoʻqolgan ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilishi chogʻida sud tomonidan qilingan sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilinadi. Bila turib yolgʻon ariza berilganda sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi. | Arizachi yoʻqolgan ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilishi chogʻida sud tomonidan qilingan sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilinadi. Bila turib yolgʻon ariza berilganda sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi. |