Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksini tasdiqlash haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 14-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2017-yil 20-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2017-yil 20-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi tasdiqlansin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini Kodeksga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari Kodeksga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda Kodeksning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda uning mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlasin.
4-modda. Ushbu Qonun 2018-yil 1-apreldan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-yanvar,
OʻRQ-460-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 03/18/460/0611-son)