02.02.2017 yildagi PQ-2755-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.02.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining neft va gazga boy Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish va uglevodorod xom ashyosi zaxiralari oʻsishini taʼminlash, shuningdek, tabiiy gaz qazib chiqarishni koʻpaytirish uchun ishlarni boshlab qoʻyish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekneftgaz” MXKning 2017 — 2019-yillarda neft va gazga boy Ustyurt mintaqasi markaziy qismidagi Berdaq va Quanish-Koskala koʻtarma gʻovlarida hisoblab chiqilgan qiymati 456,8 million AQSH dollari miqdoriga teng geologiya-qidiruv ishlari (keyingi oʻrinlarda — geologiya qidiruv ishlari)ni olib borish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin, bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyi Yura yotqiziqlarining neft va gazga boyligini taʼminlash sifatli baholash va uning istiqbollarini tasdiqlash uchun “Oʻzbekneftgaz” MXK tomonidan oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlari asosida ilgari ochilgan konlar (Arslon, Inom, Sayxun va boshqa konlarda) hisoblab chiqilgan qiymati 157,7 million AQSH dollariga teng Quyi Surgil (2 quduq), Quyi Shimoliy Berdaq (2 quduq) va daryo strukturalarida (1 quduq) beshta birinchi navbatdagi qidiruv quduqlari hamda 14 ta qidiruv-razvedka quduqlarini I bosqichda 2017-yil qurib bitkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-2019-yillardagi II bosqichda I bosqichdagi geologiya-qidiruv ishlarining natijalariga koʻra 2D va 3D usuli bilan seysmik razvedka hamda elektrorazvedka ishlarini oʻtkazish, hisoblab chiqilgan qiymati 299,1 million AQSH dollariga teng qoʻshimcha 51 ta qidiruv-razvedka quduqlarini bosqichma-bosqich burgʻulash va qurilishni nihoyasiga yetkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekneftgaz” MXK tashkilotlari, istisno tariqasida, 2017 — 2019-yillar davrida ushbu qarorda koʻzda tutilgan geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazishga yoʻnaltiriladigan xorijiy valyutadagi xarajatlar summasiga teng valyuta tushumining bir qismini majburiy sotishdan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzbekneftgaz” MXK Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan kelishilgan holda geologiya-qidiruv ishlarining har yilgi dasturi tasdiqlanishini taʼminlasin, bunda:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq geologiya-qidiruv ishlarini moliyalashtirish uchun mablagʻlarga boʻlgan talab ehtiyojni, uning parametrlarini va qidiruv razvedka quduqlari qurilishini tugallash qiymatini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologiya-qidiruv ishlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzbekneftgaz” MXKga, istisno tariqasida, ushbu qarorni amalga oshirish doirasida mahsulot tayyorlovchi zavodlar yoki ularning rasmiy vakillari bilan, tender savdolari oʻtkazmasdan, vakolatli organlarda belgilangan tartibda narxlarni ekspertizadan oʻtkazgan holda asbob-uskunalar va moddiy-texnika resurslarini xarid qilishga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekneftgaz” MXK Boshqaruvchilar kengashi (Gʻ.I. Ibragimov) ushbu qarorda nazarda tutilgan obyektlarning belgilangan muddatda ishga tushirilishini taʼminlagan holda geologiya-qidiruv ishlarining vaqtida amalga oshirilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 2-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2755-son