19.01.2018 yildagi 35-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.01.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-son Farmoni hamda Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-son Farmonida belgilangan vazifalar va ustuvor yoʻnalishlarni amalga oshirish hamda Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr) qoidalarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 19-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 35-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlari qoidalarining 27-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalqaro haydovchilik guvohnomalari va Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr) talablariga javob beradigan milliy haydovchilik guvohnomalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtotransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiy hisoblanadi. Xorijiy fuqarolarga milliy haydovchilik guvohnomalarini berish yoki bu fuqarolarga koʻrsatilgan Konvensiya talablariga javob bermaydigan guvohnomalarni almashtirib berish Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustdagi 156-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 31-32-son, 317-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini hisobga olish, imtihonlarga ruxsat berish va ularni oʻtkazish, haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 77-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“77. Xalqaro haydovchilik guvohnomalari va Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr) talablariga javob beradigan milliy haydovchilik guvohnomalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtomototransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiy hisoblanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/35/0606-son, 06.06.2018-y., 09/18/408/1315-son)