Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YOSH ISTEʼDODLAR UCHUN “NIHOL” MUKOFOTINI TAʼSIS ETISH TOʻGʻRISIDA
Yosh isteʼdod egalarining jamiyatimiz maʼnaviy hayotini yuksaltirishdagi muhim oʻrnini inobatga olib, oʻzining musiqa, matn va ijro mahorati bilan odamlarning yuragiga yetib boradigan, ezgulikka chorlaydigan, iroda va imon-eʼtiqodini mustahkamlashga xizmat qiladigan asarlar yaratishda faollik koʻrsatayotgan iqtidorli yoshlarni muntazam ragʻbatlantirib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Madaniyat ishlari vazirligi, ijodiy uyushmalar va sanʼat jamoatchiligining yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlash uchun “Nihol” mukofotini taʼsis etish haqidagi takliflari maʼqullansin.
“Nihol” mukofoti yakka va turkum musiqiy asarlar yaratish va ijro etishda yuksak badiiy mahorat koʻrsatgan, 30 yoshgacha boʻlgan ijodkorlarga har yili Mustaqillik bayrami arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-martdagi 44-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 11-son, 85-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Nihol” mukofoti sovrindorlariga har yili eng kam ish haqining 70 barobari miqdorida 10 ta pul mukofoti ajratilishini, sovrinlarni tayyorlash, matbaa, reklama va tashkiliy ishlar bilan bogʻliq tegishli sarf-xarajatlarning qoplanishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-maydagi 86-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 176-modda)
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 25-avgust,
334-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-martdagi 44-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 11-son, 85-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 27-son, 192-modda; 2006-y., 11-son, 85-modda; 20-21-son, 176-modda; 31-32-son, 323-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)