Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.08.2000 yildagi 330-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YaPONIYA HUKUMATI TOMONIDAN SOG‘LIQNI SAQLASh VA MADANIYAT SOHASI EHTIYOJLARI UChUN VAKSINALAR VA ASBOB-USKUNALAR XARID QILIShGA GRANT AJRATILIShI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaga 204 mln Yaponiya iyenasi miqdoridagi bolalar vaksinalari va Davlat amaliy san’at muzeyini jihozlash uchun 46 mln Yaponiya iyenasi miqdoridagi asbob-uskunalar yetkazib berish uchun Yaponiya tomonidan beg‘araz berilayotgan mablag‘lardan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov ikkala loyiha bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hukumati nomidan Ayirboshlash notalarini imzolashga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Madaniyat ishlari vazirligiga beg‘araz yordamni olish uchun barcha tartibotlarni Yaponiya tomoni bilan kelishgan muddatlarda rasmiylashtirish va bolalar vaksinalari hamda muzey uchun asbob-uskunalarni yetkazib berishga ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Yaponiya Hukumatining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan grantlariga hisob-kitob xizmati ko‘rsatish vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasiga beg‘araz yordam doirasida kelayotgan vaksina, asbob-uskuna, texnika va xizmatlarni bojxona to‘lovlari hamda yig‘imlar to‘lashdan ozod qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaksinalar va asbob-uskunalarni ortish-tushirish va aeroportda yukning barcha saqlanish davrida omborlarga joylashtirish ishlarining to‘xtovsiz bo‘lishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yukning insonparvarlik xususiyatini e’tiborga olib ichki avialiniyalarda vaksinalar va asbob-uskunalarni aviakompaniya samolyotlarida pulsiz tashishni hal qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Madaniyat ishlari vazirligining so‘mdagi mablag‘larini beg‘araz yordamga hisob-kitob xizmati ko‘rsatishni amalga oshirish uchun Yaponiya tomoniga vositachilik haqlari to‘lash uchun erkin almashtirishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Madaniyat ishlari vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik yig‘imlarini undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Madaniyat ishlari vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan loyihalarning yaponiyalik qatnashchilarini vaqtinchalik ro‘yxatga olishni va vaqtinchalik ro‘yxatga olishni uzaytirishni, davlat boji to‘lashdan ozod qilgan holda ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 23-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
330-son