Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 17-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 170-1]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2018-yil 16-yanvardagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2017-yil 6-noyabrdagi MM-3-2/6-6-6124-son va Moliya vazirligining 2018-yil 5-yanvardagi YET/15-02-32-26/5-son Oʻzbekiston Respublikasida realizatsiya qilinadigan xalq isteʼmol tovarlarida shartnomaviy (erkin) chakana narxlarni belgilash vaqtinchalik tartibini (roʻyxat raqami 170, 1995-yil 7-sentabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish masalasi yuzasidan xatlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi raisi oʻrinbosari hamda “Oʻzbekbirlashuv” raisi oʻrinbosari tomonidan 1995-yil 24-avgustda 05-4/2-53 va OTS-3/51-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida realizatsiya qilinadigan xalq isteʼmol tovarlarida shartnomaviy (erkin) chakana narxlarni belgilash vaqtinchalik tartibi (roʻyxat raqami 170, 1995-yil 7-sentabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Huquqiy targʻibot va axborot boshqarmasi ushbu buyruqni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-yanvar,
41-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/170-1/0586-son)