Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 10-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1625-2]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2018-yil 8-yanvardagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining 2017-yil 15-dekabrdagi 10-1-1246-son “Auksion savdolarini oʻtkazish uchun rieltorlik tashkilotlari va boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni tanlash boʻyicha konkurs oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq (roʻyxat raqami 1625, 2006-yil 30-sentabr), shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni (roʻyxat raqami 1625-1, 2014-yil 10-yanvar) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish masalasi yuzasidan xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2006-yil 29-sentabrdagi 177/1-um-son “Auksion savdolarini oʻtkazish uchun rieltorlik tashkilotlari va boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni tanlash boʻyicha konkurs oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1625, 2006-yil 30-sentabr);
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 10-yanvardagi 8-mh-son “Auksion savdolarini oʻtkazish uchun birjalarni tanlash boʻyicha konkurs oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1625-1, 2014-yil 10-yanvar) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Huquqiy targʻibot va axborot boshqarmasi ushbu buyruqni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-yanvar,
22-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 10/18/1625-2/0545-son)