16.08.2004 yildagi 397-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.08.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq xoʻjaligiga agrokimyo xizmati koʻrsatishni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 23-yanvardagi 33-son hamda “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2004-yil 31-martdagi 154-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 16-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
397-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 16-avgustdagi 397-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligiga agrokimyo xizmati koʻrsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 1-fevraldagi 63-son qaroridagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 2-son, 8-modda) 10 va 11-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Moliya vazirligi “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan hamda tovar ishlab chiqaruvchilarga “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari orqali sotiladigan mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy vositalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Respublika oʻsimliklarni himoya qilish markazi tomonidan bajariladigan qishloq xoʻjaligi korxonalariga agrokimyoviy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha xizmatlar va ishlarga narx belgilash normalarining asoslanganligi va ularga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi korxonalari, shu jumladan qoʻshma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikasini Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq lizing boʻyicha sotib olish huquqi berilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-yanvardagi 8-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 2-modda) 4-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” soʻzi “Oʻzkimyosanoat” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” kompaniyasining fermer xoʻjaliklarini mineral oʻgʻitlar va boshqa kimyoviy vositalar bilan taʼminlash ombori” soʻzlari “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining fermer xoʻjaliklarini mineral oʻgʻitlar va boshqa kimyoviy vositalar bilan taʼminlash ombori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi pillachilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-apreldagi 118-son qarorining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi har yili pilla yetishtiruvchi korxonalarga tut daraxtlari zararkunandasi “tut parvonasi”ga qarshi kurash vositalarini “Oʻzbek ipagi” uyushmasi bilan birgalikdagi hisob-kitoblar asosida aniqlanadigan hajmda ajratishni nazarda tutsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “2003—2007-yillar davrida Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi barqaror rivojlantirilishini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 1-avgustdagi 276-son qarorining 4-bandida “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” soʻzi “Oʻzkimyosanoat” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish va ularning tarkibini oʻzgartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 8-oktabrdagi 347-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-ilovadagi 1—6-satrlar “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻlimidan 196—201-satrlar bilan “Hududiy boʻysunishdagi korxonalar” boʻlimiga oʻtkazilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-ilovadagi 45-satr “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻlimidan 48-satr bilan “Hududiy boʻysunishdagi korxonalar” boʻlimiga oʻtkazilsin, “Bajarish uchun masʼullar” ustunidan “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-ilovaga “Hududiy boʻysunishdagi korxonalar” boʻlimi qoʻshilsin, 26 va 28-satrlar “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻlimidan 1 va 2-satrlar bilan “Hududiy boʻysunishdagi korxonalar” boʻlimiga oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovadagi 11-15-satrlar “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻlimidan 1392—1396-satrlar bilan “Boshqalar” boʻlimiga oʻtkazilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ilovadagi 7-satr chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-ilovadagi “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻlimida 1-satrdagi “25%” raqami hamda 2, 3-satrlardagi “26%” raqami “Davlat tasarrufida qoldiriladigan davlat ulushi miqdori” 6-ustunidan tegishli ravishda “Aksiyadorlik kompaniyasi, davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va xolding kompaniyalari ustav fondiga beriladigan davlat ulushi miqdori” 5-ustuniga oʻtkazilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-ilovadagi 3, 7, 8-satrlar “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻlimidan 645, 646, 647-satrlar bilan “Boshqalar” boʻlimiga oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan 2004—2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturida, III boʻlimda, “Masʼul bajaruvchilar” ustunida 3.1, 3.2, 3.4-kichik bandlarda, “Tadbirlar nomi”, “Masʼul bajaruvchilar” ustunlarida 3.3-kichik bandda “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” soʻzi “Oʻzkimyosanoat” kompaniyasining “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2003-yil 27-dekabrdagi 574-son qaroriga 1-ilovada “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” soʻzi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “Chigit ekish uchun agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish chora-tadbirlari va 2004-yilda paxta yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-dekabrdagi 578-son qarori 6-bandining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga tuzilgan shartnomalar boʻyicha mineral oʻgʻitlarni oʻz vaqtida yetkazib berish yuzasidan javobgarlik — “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga, kimyolashtirish vositalarini oʻz vaqtida yetkazib berish yuzasidan javobgarlik — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Respublika oʻsimliklarni himoya qilish markaziga”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 370-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)