Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
“Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy toʻlovlar va daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar, yozma arizalar va bildirishnomalarni qabul qilib olish hamda roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 8-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1500-4]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 24-noyabrdagi 2020-43-sonli ““Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy toʻlovlar va daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar, arizalar va bildirishnomalar qabul qilib olish hamda roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1500-5, 04.12.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi va 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2005-yil 10-iyuldagi 2005-42-son “Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy toʻlovlar va daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar, yozma arizalar va bildirishnomalarni qabul qilib olish hamda roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1500, 2005-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 30-31-son, 238-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 26-dekabr,
2017-75-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 26-dekabrdagi 2017-75-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy toʻlovlar va daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar, yozma arizalar va bildirishnomalarni qabul qilib olish hamda roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Nomidan va 1-bandidan “yozma” degan soʻz chiqarib tashlansin.
2. Nizomda:
a) nomidan “yozma” degan soʻz chiqarib tashlansin.
b) 1-banddagi “yozma ariza va bildirishnomalarni” degan soʻzlar “yozma arizalar va bildirishnomalarni, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilgan arizalar va bildirishnomalarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 6-bandning “s” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “yozma ariza va bildirishnomalarni” degan soʻzlar “yozma arizalar va bildirishnomalarni, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilgan ariza va bildirishnomalarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 21-bandining beshinchi xatboshisidagi “yozma ariza” degan soʻz “yozma, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilgan ariza” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 10/18/1500-4/0527-son)