Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2017 12.08.2004 yildagi 387-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2017
Hujjat 28.08.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TIJORAT FAOLIYATI UChUN MOʻLJALLANGAN TOVARLARNI OLIB KELUVChI JISMONIY ShAXSLARNI ROʻYXATDAN OʻTKAZIShNI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur hujjatda koʻrsatilgan subyektning import operatsiyalarini hisobga olish kartochkasi‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qaroriga asosan 2011-yilning 1-sentabridan bekor qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarni import qilish va ularni sotish bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar faoliyatini yanada tartibga solish, savdoning uyushgan, madaniyatli shakllarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslar (“chetdan tovar olib keluvchilar”):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport-import operatsiyalarini va chakana savdoni amalga oshirish huquqi bilan yuridik shaxs boʻlmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida roʻyxatdan oʻtishlari shart;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtirilgan yuk bojxona deklaratsiyasi, muvofiqlik sertifikatlari mavjud boʻlganda, bojxona va boshqa toʻlovlar toʻlangan taqdirda savdo komplekslarida yakka tartibdagi tadbirkorning faqat oʻzi bevosita olib kelgan import tovarlar bilan chakana savdoni amalga oshirishga haqlidirlar.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2004-yil 1-sentabrdan boshlab tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslar (“chetdan tovar olib keluvchilar”)ni yuridik shaxs boʻlmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish jismoniy shaxsning yashash joyidagi tumanlar (shaharlar) Davlat soliq inspeksiyalarida (hozir boʻlish tartibida) amalga oshiriladigan tartib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxs boʻlmasdan, import tovarlarni olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida va bojxona organlarida tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari sifatida roʻyxatdan oʻtishlari;
(2-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat bankida hisob raqamlari ochishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport-import operatsiyalarini va chakana savdoni amalga oshirish huquqiga ruxsatnomani belgilangan tartibda rasmiylashtirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Markaziy banki, Adliya vazirligi yuridik shaxs boʻlmasdan tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va import operatsiyalar subyektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni 2004-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxs boʻlmasdan tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va hududiy soliq organlarining birinchi rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalarida ilgari davlat roʻyxatidan oʻtgan yuridik shaxs boʻlmasdan tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2004-yil 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda yashash joyidagi tumanlar (shaharlar)ning Davlat soliq inspeksiyalarida qayta roʻyxatdan oʻtishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yuridik shaxs boʻlmasdan tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi uchun tumanlar (shaharlar) soliq inspeksiyalari tomonidan eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 2004-yil 1-sentabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs boʻlmasdan tovarlar importi bilan shugʻullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobga olish registri yuritilishini, unga sodir etilgan import operatsiyalari va budjetga tegishli toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi yuridik shaxs boʻlmasdan tovarlar importi bilan shugʻullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni roʻyxatdan oʻtkazsin, 1 yil muddatga tegishli guvohnoma bergan holda ularni tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari reyestriga tegishli hisobga olish tartib raqami bilan kiritsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, mazkur qaror chiqqunga qadar yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelingan va “Vaqtincha saqlash” rejimida joylashtirilgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi ilgari belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 12-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
387-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 32-son, 366-modda, 34 — 36-son, 264-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda, 24-son, 269-modda; 2011-y., 45-46-son, 470-modda; 2012-y., 35-son, 403-modda; 2015-y., 29-son, 383-modda)