Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.02.2026 26.12.2017 yildagi 1022-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.02.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida koordinatalar halqaro geodeziya tizimlarini qo‘llash va ulardan ochiq foydalanish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-fevraldagi 49-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududida Milliy koordinatalar tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon banki ishtirokidagi “Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish tizimlarini modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi o‘rtasida moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitim majburiyatlarini bajarish, shuningdek, davlat organlari, tadbirkorlik subyektlari va aholiga interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Milliy geografiya axborot tizimi, Yagona davlat kadastrlari tizimini yaratish hamda joriy qilish, mavzuli kadastr xaritalarini ishlab chiqarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududida 1984-yilgi koordinatalar butunjahon geodeziya tizimi (WGS-84) va koordinatalar xalqaro geotsentrik tizim — ITRSni qo‘llash hamda ulardan ochiq foydalanish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi 1984-yilgi koordinatalar butunjahon geodeziya tizimi (WGS-84) va koordinatalar xalqaro geotsentrik tizim — ITRSda kadastr xaritalarini yaratishga o‘tishni ta’minlash bo‘yicha kompleks dastur loyihasini ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev va O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 26-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1022-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1022/0494-son)