Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari va Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 592-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi — Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari va Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3403-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmuradov bir hafta muddatda departament rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimotini tasdiqlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmuradov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-dekabr,
1014-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1014-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3403-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbarining (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir oʻrinbosari deb ataladi) funksional vazifalarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
3. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Bosh vazir oʻrinbosarining faoliyati qulay investitsiya muhitini yaratishni taʼminlash, innovatsion rivojlantirish, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish hamda raqobat muhitini, erkin iqtisodiy va sanoat zonalarini rivojlantirish, shuningdek, turizm masalalarini hal etishga yoʻnaltirilgan.
5. Bosh vazir oʻrinbosari maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining aʼzosi hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.
Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
6. Bosh vazir oʻrinbosariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining investitsiyalarni keng jalb qilish va innovatsiyalarni joriy etish borasidagi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3407-son qaroriga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining innovatsiyalar, investitsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish, shuningdek, turizm masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari boʻysunadi.
2-bob. Bosh vazir oʻrinbosarining vazifalari va funksional majburiyatlari
7. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) Investitsiya dasturlari shakllantirilishi va amalga oshirilishi monitoringi sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi (keyingi oʻrinlarda Investitsiya dasturi deb ataladi), qisqa va oʻrtacha muddatli tarmoq va hududiy investitsiya dasturlari loyihalarini shakllantirish tadbirlarini muvofiqlashtirish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari tomonidan ishlab chiqilgan tarmoq va hududiy investitsiya dasturlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlari loyihalarini investitsiyalardan samarali va oqilona foydalanish yuzasidan koʻrib chiqish;
iqtisodiy oʻsish surʼatlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha muvozanatli rivojlantirishning moliyalashtirishning har xil manbalari, shu jumladan, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobiga investitsiya resurslariga boʻlgan ehtiyojlar bilan bogʻliqligini taʼminlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan investitsion moddiy va qiymat balanslari ishlab chiqilishini, ular ijrosi monitoringi olib borilishini muvofiqlashtirish;
Vazirlar Mahkamasining apparati tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda yirik va strategik muhim investitsiya loyihalari shakllantirilishi sxemalarini koʻrib chiqish;
investitsiya loyihalarini va boshqa hujjatlarni, shu jumladan, aniq investitsiya loyihalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlarini koʻrib chiqish hamda investitsiya loyihalari amalga oshirilishining samarali va eng maqbul sxemalarini tanlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Investitsiya dasturiga, tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilishi tahlil qilinishini tashkil etish, monitoring davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritish;
Investitsiya dasturiga, tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi, shuningdek, loyihalarni amalga oshirish va mablagʻlarni oʻzlashtirishning belgilangan prognoz parametrlari bajarilishi ustidan tizimli va qatʼiy nazoratni tashkil etish;
investitsiya dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari boʻyicha maʼlumotlar bazalari yaratilishi, yuritilishi va ular muntazam yangilanishini taʼminlash;
Investitsiya dasturiga, tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar amalga oshirilishi holatini, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosini, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflarni tayyorlagan holda ularni amalga oshirish masalalari boʻyicha oʻrganish, shu jumladan, joylarga chiqib oʻrganish;
monitoringni kompleks tahlil qilishning umumlashtirilgan natijalarini koʻrib chiqish, ular asosida tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
investitsiya loyihalarini amalga oshirishga yoʻnaltiriladigan investitsiyalarning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
b) xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik va xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida:
xorijiy investitsiyalarni jalb etish, buning uchun zarur shart-sharoitlar va preferensiyalar yaratish sohasida respublika hududida vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlarning faoliyati muvofiqlashtirilishi va kelishilishini taʼminlash;
xorijiy davlat, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar, xorijiy kompaniyalar va banklar bilan investitsiyaviy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan kelib chiqib takliflar ishlab chiqish;
xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasini shakllantirish va yangilash jarayonini muvofiqlashtirishni taʼminlash, shuningdek, amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya takliflari toʻgʻrisidagi axborotni potensial investorlar va kreditorlarga yetkazish;
potensial investorlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi investitsiya muhiti, shu jumladan, investitsiya qoʻyish jarayonining asosiy tartibotlari masalalari, shuningdek, taklif etilayotgan investitsiya hajmlari toʻgʻrisida axborot bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish;
xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va boshqa investorlar bilan hamkorlikning qisqa va oʻrtacha muddatli dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;
xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va boshqa xorijiy investorlar bilan hamkorlikning tasdiqlangan dasturlarining vazirliklar va idoralar tomonidan oʻz vaqtida va samarali bajarilishi ustidan nazorat qilinishini taʼminlash;
xalqaro moliya va iqtisodiy institutlar, boshqa investorlar bilan hamkorlikning ustuvor va istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
texnik koʻmaklashish grantlari va mablagʻlarini respublikaga jalb etish tadbirlarini muvofiqlashtirish;
tizimlashtirilgan maʼlumotlar banki shakllantirilishi va yuritilishini tashkil etish hamda xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar bilan hamkorlik dasturiga kiritilgan investitsion, grant va texnik koʻmaklashish loyihalari amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish;
diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakillarning savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilarining xorijiy investitsiyalarni jalb etish va turizmni rivojlantirish masalalaridagi ishlarini muvofiqlashtirish;
v) innovatsion rivojlantirish sohasida:
ustuvor sohalar va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirishning boʻlajak modellari, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati barqaror oʻsishi, shuningdek, aholining hayoti darajasi va farovonligi oshishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashga qodir boʻlgan ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish jarayoni tizimli oʻrganilishini taʼminlash;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik dasturlariga, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ilm-fanni koʻplab talab etadigan texnologiyalarga real ehtiyojlariga muvofiq ilm-fan va texnologiyalar, davlat ilmiy-texnik dasturi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishni taʼminlashda va Vatanimiz ilm-fani natijalarining raqobatbardoshligini oshirishda intellektual salohiyatdan samarali foydalanish;
oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralarning oliy taʼlim fanini rivojlantirish, professor-oʻqituvchilar tarkibining ilmiy salohiyatini oshirish, oliy taʼlim fanining akademik fan, taʼlim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini mustahkamlash, bakalavriat va magistratura talabalari orasidan ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyat uchun iqtidorli yoshlarni izlash, tanlash va maqsadli tayyorlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
ilmiy-tadqiqot muassasalari samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy gʻoyalari va ishlanmalarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, yoshlarning ushbu faoliyatda faol ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining ilmiy-laboratoriya bazasi jihozlanganligi darajasini oshirish, zarur butlovchi va sarflash materiallari bilan uzluksiz taʼminlash, jamoat boʻlib foydalaniladigan ilmiy laboratoriyalar tashkil etish, tajriba-eksperimental va konstruktorlik-texnologik infratuzilmani tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning mamlakatimizda erishilgan istiqbolli yutuqlari ilgari siljishi va joriy etilishining samarali mexanizmlari yaratilishiga, shu jumladan, ilmiy-eksperimental, ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar, yuksak texnologiyalar markazlari, texnoparklar va boshqa innovatsion yoʻnaltirilgan tuzilmalarning moddiy-texnika bazasini tashkil etish va mustahkamlashga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarining ilmiy-texnik salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajribani hamda ilmiy-tadqiqot ishlari sohasidagi vazifalarni hisobga olgan holda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha yagona davlat siyosati amalga oshirilishi masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
akademik ilm-fanning oliy taʼlim bilan integratsiyasini yanada mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy xodimlarining oliy taʼlim muassasalari ishida ishtiroki faolligini oshirish, ilmiy yutuqlarni oʻquv jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etish, professor-oʻqituvchilar tarkibini, izlanuvchilar va talabalarni ilmiy-tadqiqot muassasalarida amalga oshiriladigan ilmiy loyihalarga jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini yanada chuqurlashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish doirasida importni qisqartirishning tasdiqlangan parametrlariga erishilishini taʼminlash, raqobatga bardoshli, importning oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, mahsulotlarning tayyor turlari, butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqarish chora-tadbirlari amalga oshirilishini tizimli tahlil va nazorat qilish;
mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish dasturlari yoʻnalishlari boʻyicha importning hajmlari va turlarini chuqur tahlil qilish asosida ishlanmalarni muvofiqlashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning oʻzlashtirishi uchun tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar roʻyxatlari boʻyicha takliflarni shakllantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
g) xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida:
iqtisodiyotda xususiy mulkning darajasi va oʻrnini tubdan oshirish, xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, davlat aktivlarini xususiy investorlarga sotishni tezlashtirish, davlat tasarrufidan chiqarishning yangi shakllari va usullarini joriy etish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan nazorat qilish;
mulkida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik birlashmalari faoliyati monitoringini olib borish va tahlil qilish, shuningdek, davlat aktivlarini xususiy mulkdorlarga, shu jumladan, “nul” sotish qiymati boʻyicha sotish boʻyicha qabul qilingan dasturlar amalga oshirilishini investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi taʼminlangan holda nazorat qilish;
xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatining moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish koʻrsatkichlari doimiy asosda chuqur tahlil qilinishini tashkil etish hamda ilgari xususiylashtirilgan korxonalarning past samaradorligi va ishlamasligi sabablari va omillarini aniqlash, shu jumladan, yangi investorlarni jalb etish, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta jihozlash, tannarxni pasaytirish va raqobatbardoshli mahsulotlarning yangi turlarini oʻzlashtirish hisobiga ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
muayyan xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishning “yoʻl xaritalari” va dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini, boʻsh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlarni samarali ishga tushirish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda, kommunikatsiyalarga ulanishda va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va raqobatga bardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida tijorat banklarining kreditlari ajratilishida ularga koʻmaklashish;
aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish, potensial investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini taʼminlash, korporativ boshqaruvning yangi usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishi tahlil qilinishini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori faol shakllantirilishi va samarali ishlashini taʼminlash, uni yanada rivojlantirish uchun zarur muhit va infratuzilmani yaratish chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
tovar va moliya bozorlarida samarali monopoliyaga qarshi tartibga solish va raqobat cheklanishiga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek, isteʼmolchilarning huquqlari davlat tomonidan himoya qilinishi tizimini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
d) erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish sohasida:
shu jumladan, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni va mahalliy investorlarni jalb etish, yuqori qoʻshilgan qiymatli, tashqi bozorlarda talab qilingan va importning oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish va yaratishda erkin iqtisodiy zonalarning maʼmuriy kengashlariga koʻmaklashish masalalarida erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashlari va direksiyalari faoliyati samaradorligini muvofiqlashtirish va tahlil qilish;
sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohasida yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish, shu jumladan, mahalliy xomashyo va materiallar negizida yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha erkin iqtisodiy va kichik sanoat korxonalari zonalarida joylashtirilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilishi monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishini tashkil etish;
investitsiya loyihalarini tahlil qilish va tanlashda, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni va ulardan samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etishni taʼminlash;
erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini, respublika mintaqalarining mavjud ishlab chiqarish va resurs salohiyatini hisobga olgan holda mahalliy xomashyo va materiallar mahalliylashtirilishi jarayonlarini chuqurlashtirish asosida ularda yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlaydigan loyihalarni yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar va dasturlarni shakllantirish;
e) turizmni rivojlantirish sohasida:
respublikaning turizm salohiyatini tubdan oshirishga yoʻnaltirilgan, shu jumladan, turizmni kompleks rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish monitoringini olib borish ishlarini muvofiqlashtirish;
turizm sohasida tarixiy-madaniy merosni keng targʻib qilishga, respublikaning turizm nufuzini saqlab qolish va rivojlantirishga, milliy turizm mahsulotlari va brendlarining xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga yoʻnaltirilgan faol reklama-axborot siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
mintaqalarda yangi turizm yoʻnalishlari tashkil etilishini taʼminlash;
turizm sohasida davlat tomonidan va bozor orqali tartibga solishni maqbullashtirish hamda turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, turizm turlarining keng doirasini jadal rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni hamda xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini turizm infratuzilmasini xalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirishga jalb etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish ishlarini tashkil qilish;
turizmning rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan barcha toʻsiqlar va gʻovlarni bartaraf etish, turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini oshirishga har tomonlama koʻmaklashish, turizm sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
turizm boʻyicha milliy va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, turizm faoliyati amaliyotiga xalqaro va davlatlararo standartlar normalarini joriy etish, turizm sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
j) “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
“yoʻl xaritalari”ga kiritish uchun mutasaddilik qilinayotgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlashni tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashrifi va respublika hududlariga safarlari natijalari boʻyicha Kompleks vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;
“yoʻl xaritalari” amalga oshirilishi toʻgʻrisida vazirliklar va idoralar rahbarlarining hisobotlari, mufassal axborotlar, materiallar taqdim etilishini taʼminlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish.
8. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari bilan hamkorlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan respublikaning tegishli hududlari va tarmoqlarida investitsiyaviy muhitning, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashishni innovatsion rivojlantirish va raqobat muhitini rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini, shuningdek, turizmni rivojlantirishning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamentiga bevosita rahbarlik qiladi;
Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm borasida mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga nomzodlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan kelishgan holda belgilangan tartibda kiritadi;
Kompleks yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi, hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan soʻng ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini taʼminlaydi;
qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari loyihalarining ekspertizadan oʻtkazilishi va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamentiga departament mudiri, shoʻbalar mudirlari, bosh va yetakchi mutaxassislari lavozimlariga kadrlar tanlaydi;
Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri hamda mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamentida shtat lavoziimlariga kadrlar masalasini shakllantirish ishlari tizimli asosda olib borilishini tashkil etadi.
9. Bosh vazir oʻrinbosari tegishli komissiyalar (kengashlar)ga rahbarlik qiladi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarlik qiladigan komissiyalar (kengashlar) faoliyatini, ularning qarorlari bajarilishini tashkil etish yuzasidan nazoratni taʼminlaydi.
3-bob. Bosh vazir oʻrinbosarining huquqlari va javobgarligi
10. Bosh vazir oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari kollegial organlarining majlislarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlari boʻyicha — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning kompleks yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushadigan hujjatlarni zarurat boʻlganda qaytarish.
Bosh vazir oʻrinbosarining zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari va topshiriqlari u tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi shart.
Bosh vazir oʻrinbosarining oʻzi boshqaradigan masalalar boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga beriladigan topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.
11. Bosh vazir oʻrinbosari:
oʻziga yuklangan, ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan vazifalar va funksiyalarning zarur tarzda va samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan Kompleks vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
qonunlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bevosita Bosh vazirning oʻrinbosari oldiga qoʻyilgan vazifalar zarur tarzda va samarali bajarilishi;
rahbarlik qilinayotgan Kompleksdagi ishlarning holati, tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kompleks vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Kompleks vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatining har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi, hududlarni rivojlantirishning investitsiyaviy (davlat) dasturlari shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarining tashkil etilishi va hal qilinishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Hukumat qarorlari loyihalarining davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan oʻtkazilishining taʼminlanishi hamda ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan oʻzaro bogʻlanishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash uchun javob beradi.
4-bob. Bosh vazir oʻrinbosari faoliyatini tashkil etish
12. Bosh vazir oʻrinbosarining ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksining ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksining ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
13. Bosh vazir oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari va farmoyishlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishi tizimli monitoringini taʼminlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish yoʻli bilan, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasining Rayosati, Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi majlislarida hisobotlarni eshitgan holda tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1014-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi, uning faoliyati investitsiya dasturlari shakllantirilishi va amalga oshirilishi monitoringi, xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, innovatsion rivojlantirish, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobat muhitini rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish, turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini axborot-tahliliy jihatdan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
2. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbariga (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir oʻrinbosari deb ataladi) boʻysunadi, ayni bir vaqtda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlari, markaziy iqtisodiyot organlarining investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizmga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi.
5. Vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarining investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish, shuningdek, turizm masalalari boʻyicha boʻlinmalari rahbarlari, diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakillarning savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilari Departament mudiri bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
2-bob. Departamentning vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) Investitsiya dasturlari shakllantirilishi va amalga oshirilishi monitoringi sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi (keyingi oʻrinlarda Investitsiya dasturi deb ataladi), qisqa va oʻrtacha muddatli tarmoq va hududiy investitsiya dasturlari loyihalarini shakllantirish tadbirlarini muvofiqlashtirish;
investitsiyalardan samarali va oqilona foydalanish yuzasidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari tomonidan ishlab chiqilgan tarmoq va hududiy investitsiya dasturlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlari loyihalarini investitsiyalardan samarali va oqilona foydalanish yuzasidan koʻrib chiqish;
iqtisodiy oʻsish surʼatlari hamda moliyalashtirishning har xil manbalari, shu jumladan, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobiga iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani investitsiya resurslariga ehtiyojlar bilan muvozanatli rivojlantirishni taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Vazirlar Mahkamasining apparati tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda yirik va strategik muhim investitsiya loyihalari shakllantirilishi sxemalarini koʻrib chiqish;
investitsiya loyihalarini va boshqa hujjatlarni, shu jumladan, aniq investitsiya loyihalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlarini koʻrib chiqish hamda investitsiya loyihalari amalga oshirilishining samarali va eng maqbul sxemalarini tanlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Investitsiya dasturiga, tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilishini tahlil qili, monitoring davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritish;
Investitsiya dasturiga, tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi, shuningdek, loyihalarni amalga oshirish va mablagʻlarni oʻzlashtirishning belgilangan prognoz parametrlari bajarilishi ustidan tizimli va qatʼiy nazoratni tashkil etish;
investitsiya dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari boʻyicha maʼlumotlar bazalari yaratilishi, yuritilishi va ular muntazam yangilanishini taʼminlash;
Investitsiya dasturiga, tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar amalga oshirilishi holatini, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosini, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflarni tayyorlagan holda ularni amalga oshirish masalalari boʻyicha oʻrganish, shu jumladan, joylarga chiqib oʻrganish;
monitoring natijalarini umumlashtirish va kompleks tahlil qilish, ular asosida tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
investitsiya loyihalarini amalga oshirishga yoʻnaltiriladigan investitsiyalarning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
b) xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik va xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida:
xorijiy investitsiyalarni jalb etish, buning uchun zarur shart-sharoitlar va preferensiyalar yaratish sohasida respublika hududida vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlarning faoliyati muvofiqlashtirilishi va kelishilishini taʼminlash;
xorijiy davlat, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar, xorijiy kompaniyalar va banklar bilan investitsiyaviy hamkorlik ustuvorliklari boʻyicha mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan kelib chiqib takliflar ishlab chiqish;
xorijiy investitsiyalarni texnik koʻmaklashish kreditlari va mablagʻlarini jalb etish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasini shakllantirish va yangilash jarayonini muvofiqlashtirishni taʼminlash, shuningdek, amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya takliflari toʻgʻrisidagi axborotni potensial investorlar va kreditorlarga yetkazish;
potensial investorlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi investitsiya muhiti, shu jumladan, investitsiya qoʻyish jarayonining asosiy tartibotlari masalalari, shuningdek, taklif etilayotgan investitsiya hajmlari toʻgʻrisida axborot bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish;
xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va boshqa investorlar bilan hamkorlikning qisqa va oʻrtacha muddatli dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;
xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va boshqa xorijiy investorlar bilan hamkorlikning tasdiqlangan dasturlarining vazirliklar va idoralar tomonidan oʻz vaqtida va samarali bajarilishi ustidan nazorat qilinishini taʼminlash;
xalqaro moliya va iqtisodiy institutlar, boshqa investorlar bilan hamkorlikning ustuvor va istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
texnik koʻmaklashish grantlari va mablagʻlarini respublikaga jalb etish tadbirlarini muvofiqlashtirish;
tizimlashtirilgan maʼlumotlar banki shakllantirilishi va yuritilishini tashkil etish hamda xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar bilan hamkorlik dasturiga kiritilgan investitsion, grant va texnik koʻmaklashish loyihalari amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish;
diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakillarning savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilarining xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalarida turizmni rivojlantirish ishini muvofiqlashtirish;
v) innovatsion rivojlantirish sohasida:
ustuvor sohalar va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirishning boʻlajak modellari, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati barqaror oʻsishi, shuningdek, aholining hayoti darajasi va farovonligi oshishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashga qodir boʻlgan ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish jarayoni tizimli oʻrganilishini taʼminlash;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik dasturlariga, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ilm-fanni koʻplab talab etadigan texnologiyalarga real ehtiyojlariga muvofiq ilm-fan va texnologiyalar, davlat ilmiy-texnik dasturi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishni taʼminlashda va Vatanimiz ilm-fani natijalarining raqobatbardoshligini oshirishda intellektual salohiyatdan samarali foydalanish;
oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralarning oliy taʼlim fanini rivojlantirish, professor-oʻqituvchilar tarkibining ilmiy salohiyatini oshirish, oliy taʼlim fanining akademik fan, taʼlim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini mustahkamlash, bakalavriat va magistratura talabalari orasidan ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyat uchun iqtidorli yoshlarni izlash, tanlash va maqsadli tayyorlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
ilmiy-tadqiqot muassasalari samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy gʻoyalari va ishlanmalarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, yoshlarning ushbu faoliyatda faol ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining ilmiy-laboratoriya bazasi jihozlanganligi darajasini oshirish, zarur butlovchi va sarflash materiallari bilan uzluksiz taʼminlash, jamoat boʻlib foydalaniladigan ilmiy laboratoriyalar tashkil etish, tajriba-eksperimental va konstruktorlik-texnologik infratuzilmani tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning mamlakatimizda erishilgan istiqbolli yutuqlari ilgari siljishi va joriy etilishining samarali mexanizmlari yaratilishiga, shu jumladan, ilmiy-eksperimental, ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar, yuksak texnologiyalar markazlari, texnoparklar va boshqa innovatsion yoʻnaltirilgan tuzilmalarning moddiy-texnika bazasini tashkil etish va mustahkamlashga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarining ilmiy-texnik salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajribani hamda ilmiy-tadqiqot ishlari sohasidagi vazifalarni hisobga olgan holda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha yagona davlat siyosati amalga oshirilishi masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
akademik ilm-fanning oliy taʼlim bilan integratsiyasini yanada mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy xodimlarining oliy taʼlim muassasalari ishida ishtiroki faolligini oshirish, ilmiy yutuqlarni oʻquv jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etish, professor-oʻqituvchilar tarkibini, izlanuvchilar va talabalarni ilmiy-tadqiqot muassasalarida amalga oshiriladigan ilmiy loyihalarga jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini yanada chuqurlashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish doirasida importni qisqartirishning tasdiqlangan parametrlariga erishilishini taʼminlash, raqobatga bardoshli, importning oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, mahsulotlarning tayyor turlari, butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqarish chora-tadbirlari amalga oshirilishini tizimli tahlil va nazorat qilish;
mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish dasturlari yoʻnalishlari boʻyicha importning hajmlari va turlarini chuqur tahlil qilish asosida ishlanmalarni muvofiqlashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning oʻzlashtirishi uchun tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar roʻyxatlari boʻyicha takliflarni shakllantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
g) xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida:
iqtisodiyotda xususiy mulkning darajasi va oʻrnini tubdan oshirish, xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, davlat aktivlarini xususiy investorlarga sotishni tezlashtirish, davlat tasarrufidan chiqarishning yangi shakllari va usullarini joriy etish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan nazorat qilish;
mulkida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik birlashmalari faoliyati monitoringini olib borish va tahlil qilish, shuningdek, davlat aktivlarini xususiy mulkdorlarga, shu jumladan, “nul” sotish qiymati boʻyicha sotish boʻyicha qabul qilingan dasturlar amalga oshirilishini investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi taʼminlangan holda nazorat qilish;
xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatining moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish koʻrsatkichlari doimiy asosda chuqur tahlil qilinishini tashkil etish hamda ilgari xususiylashtirilgan korxonalarning past samaradorligi va ishlamasligi sabablari va omillarini aniqlash, shu jumladan, yangi investorlarni jalb etish, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta jihozlash, tannarxni pasaytirish va raqobatbardoshli mahsulotlarning yangi turlarini oʻzlashtirish hisobiga ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
muayyan xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishning “yoʻl xaritalari” va dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini, boʻsh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlarni samarali ishga tushirish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda, kommunikatsiyalarga ulanishda va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va raqobatga bardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida tijorat banklarining kreditlari ajratilishida ularga koʻmaklashish;
aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish, potensial investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini taʼminlash, korporativ boshqaruvning yangi usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishi tahlil qilish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori faol shakllantirilishi va samarali ishlashini taʼminlash, uni yanada rivojlantirish uchun zarur muhit va infratuzilmani yaratish chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
tovar va moliya bozorlarida samarali monopoliyaga qarshi tartibga solish va raqobat cheklanishiga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek, isteʼmolchilarning huquqlari davlat tomonidan himoya qilinishi tizimini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
d) erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish sohasida:
shu jumladan, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni va mahalliy investorlarni jalb etish, yuqori qoʻshilgan qiymatli, tashqi bozorlarda talab qilingan va importning oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish va yaratishda erkin iqtisodiy zonalarning maʼmuriy kengashlariga koʻmaklashish masalalarida erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashlari va direksiyalari faoliyati samaradorligini muvofiqlashtirish va tahlil qilish;
sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohasida yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish, shu jumladan, mahalliy xomashyo va materiallar negizida yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha erkin iqtisodiy va kichik sanoat korxonalari zonalarida joylashtirilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilishi monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishini tashkil etish;
investitsiya loyihalarini tahlil qilish va tanlashda, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni va ulardan samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etishni taʼminlash;
erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini, respublika mintaqalarining mavjud ishlab chiqarish va resurs salohiyatini hisobga olgan holda mahalliy xomashyo va materiallar mahalliylashtirilishi jarayonlarini chuqurlashtirish asosida ularda yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlaydigan loyihalarni yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar va dasturlarni shakllantirish;
e) turizmni rivojlantirish sohasida:
respublikaning turizm salohiyatini tubdan oshirishga yoʻnaltirilgan, shu jumladan, turizmni kompleks rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish monitoringini olib borish ishlarini muvofiqlashtirish;
turizm sohasida tarixiy-madaniy merosni keng targʻib qilishga, respublikaning turizm nufuzini saqlab qolish va rivojlantirishga, milliy turizm mahsulotlari va brendlarining xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga yoʻnaltirilgan faol reklama-axborot siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, mintaqalarda yangi turizm yoʻnalishlari tashkil etilishini taʼminlash;
turizm sohasida davlat tomonidan va bozor orqali tartibga solishni maqbullashtirish hamda turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, turizm turlarining keng doirasini jadal rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni hamda xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini turizm infratuzilmasini xalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirishga jalb etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish ishlarini tashkil qilish;
turizmning rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan barcha toʻsiqlar va gʻovlarni bartaraf etish, turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini oshirishga har tomonlama koʻmaklashish, turizm sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
turizm boʻyicha milliy va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, turizm faoliyati amaliyotiga xalqaro va davlatlararo standartlar normalarini joriy etish, turizm sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;
j) “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
“yoʻl xaritalari”ga kiritish uchun mutasaddilik qilinayotgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlashni tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashrifi va respublika hududlariga safarlari natijalari boʻyicha Departament vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;
“yoʻl xaritalari” amalga oshirilishi toʻgʻrisida vazirliklar va idoralar, rahbarlarining hisobotlari, mufassal axborotlar, materiallar taqdim etilishini taʼminlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish.
7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
oʻz yuritishiga kiradigan masalalar boʻyicha maʼlumotlar bazasi yaratilishini, yuritilishini va muntazam yangilab borilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning oʻrinbosari uchun, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli maʼlumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
mutasaddilik qiladigan masalalar boʻyicha tarmoqlar va hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy, ishlarning holatini, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini joylarga borib oʻrganadi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi, ishlab chiqilishini va kelishilishini, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallarning sifatli tayyorlanishini taʼminlaydi;
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi majlislariga tayyorgarlik koʻrish bilan bogʻliq materiallarni ishlab chiqishda, qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi va koʻrsatib oʻtilgan materiallar haqida Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot beradi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli protokollari ijrosi nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlash va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
materiallarning, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalarining kompleks ravishda hamda sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek, ularning davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va ularning belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda himoya qilinishini tashkil etadi;
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning mutasaddilik qilinadigan organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosari rahbarlik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari, idoralararo komissiyalar va kengashlar ishlari samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan elektron shaklda tushadigan murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni koʻrib chiqish va choralar koʻrish uchun tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi;
maqsadli dasturlarni, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini amalga oshirish muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi hamda natijalarini umumlashtiradi.
Departament oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.
3-bob. Departamentning huquqlari va javobgarligi
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparati axborot-tahlil departamentlarining axborot-tahlil va prognozlash faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda investitsiyalar, investitsion rivojlantirish sohasida axborot-tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, turizm faoliyatini muvofiqlashtirish uchun ekspert guruhlari tashkil etish;
investitsiyalarni jalb etish, investitsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, turizmni rivojlantirish muammolari boʻyicha xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va kengashlarda, shuningdek, axborot-tahliliy tadqiqotlar sohasidagi xalqaro loyihalarda qatnashish;
investitsiyalar, investitsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyati, turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, xalqaro, xorijiy moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy hukumatlar muassasalari bilan belgilangan tartibda yozishmalarni yuritish;
mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
zarur boʻlganda, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarish.
Departamentning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasining apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlar belgilanmagan boʻlsa, Departament belgilagan muddatlarda bajarilishi shart.
9. Departament:
oʻziga yuklangan, ushbu Nizomning 6 va 7-bandlarida koʻrsatilgan vazifalarning zarur tarzda va samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Departament vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
qonunlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
Departamentdagi ishlarning holati, tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Hukumat qarorlari loyihalarining davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan oʻtkazilishining taʼminlanishi hamda ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻlanishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
4-bob. Departamentning tuzilmasi
10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, Departament mudirining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari, inspektor, shuningdek:
investitsiya dasturlari shakllantirilishi va amalga oshirilishi monitoringi masalalari shoʻbasi;
xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari shuʼbasi;
innovatsion rivojlantirish masalalari shoʻbasi;
xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobat muhitini rivojlantirish masalalari shoʻbasi;
erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari shoʻbasi
turizmni rivojlantirish masalalari shoʻbasi kiradi.
Har bir shoʻba tarkibiga shoʻbalar mudirlari, bosh va yetakchi mutaxassislar kiradi.
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
11. Departament ishlariga departament mudiri rahbarlik qiladi.
12. Departament mudiri, mudir oʻrinbosarlari, shuʼbalar mudirlari va mutaxassislar belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
5-bob. Departament faoliyatini tashkil etish
13. Departament faoliyati “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻgʻrisidagi Nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, uning oʻrinbosarlari, shuʼbalar mudirlari va mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Departamentning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Mahkamasining ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Departamentning ish rejalari, Departament mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Shoʻba mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish boʻyicha Departament faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlar asosida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirining oʻrinbosari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlariga binoan, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati, Kompleksi, Departament majlislarida hisobotlarni eshitish va maʼlumotlarning tegishli bankini yuritish orqali tashkil etiladi.
14. Departament mudiri:
Departamentga bevosita rahbarlik qiladi, oʻz oʻrinbosarlari, shoʻbalar mudirlari, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Departament yuritadigan sohaga oid masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat prinsiplariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi, ularning ishlab chiqilishini tashkil etadi va hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan soʻng ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
investitsiyalar, investitsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, turizm faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha tizimli monitoring tashkil etilishini, koʻrilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi, ishlarning ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etishga doir amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, respublika tarmoqlari va hududlarim rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini taʼminlaydi;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va xorijiy investorlar bilan hamkorlik dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish, xorijiy investitsiyalar, shu jumladan toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar, kreditlar, grantlar hamda texnik koʻmaklashish mablagʻlarini jalb qilish jarayonini nazorat qilish ishlarini tashkil etadi;
Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga, shoʻba mudirlari va mutaxassislarning kasb darajasi va amaliy malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda jazolash choralariga muvofiq lavozimlarga tavsiya etilayotgan nomzodlar boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Kompleks rahbariga koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
oʻrinbosarlar, shuʼba mudirlari va mutaxassislar oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini, shuningdek, Kompleksning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Kompleks rahbariga kiritadi, Departament mudiri oʻrinbosarlari, shoʻbalari mudirlari va mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kelgan, respublika Hukumatining qarori talab etilmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Departament yuritadigan sohaga oid masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Departament kadrlar zaxirasi shakllantirilishi va yangilanishini, kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan tizimli ishlash tashkil etilishini taʼminlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
15. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini departament mudirining birinchi oʻrinbosari bajaradi.
16. Departament mudirining birinchi oʻrinbosari:
investitsiya dasturlari shakllantirilishi va amalga oshirilishi monitoringi, xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, innovatsion rivojlantirish masalalari shuʼbalari faoliyatini muvofiqlashtiradi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
tegishli masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularni muntazam yangilab turish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
materiallar toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Departamentning yuritishiga kiradigan masalalar, shuningdek, tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar va hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament mudiriga taqdim etadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazadi;
Departament mudirining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha Departament mudiriga takliflar kiritadi;
mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish hamda jazolash toʻgʻrisida Departament mudiriga takliflar taqdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi majlislari protokollarining va Hukumat qarorlarining, shuningdek Bosh vaziri va uning oʻrinbosari topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qiladi.
17. Departament mudirining oʻrinbosari:
xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobat muhitini rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish, shuningdek, turizmni rivojlantirish masalalari shuʼbalari faoliyatini muvofiqlashtiradi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
tegishli masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularni muntazam yangilab turish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
materiallar toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar, shuningdek, tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar, hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament mudiriga taqdim etadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazadi;
Departament mudirining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha Departament mudiriga takliflar kiritadi;
mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish hamda jazolash toʻgʻrisida Departament mudiriga takliflar taqdim etadi.
18. Shoʻba mudiri:
shoʻba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va shuʼbaga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
shoʻbaga biriktirilgan masalalar boʻyicha maʼlumotnoma, tahliliy, statistika va boshqa materiallarning, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar tomonidan sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini amalga oshirish boʻyicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosari ularni tasdiqlashini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning doimiy monitoringini taʼminlaydi;
masalalarni oʻrganib chiqishni muvofiqlashtirish va Vazirlar Mahkamasi, Departamentning tegishli davr uchun ish rejalarida, shuningdek, mutaxassislarning shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlaydi, takliflarni tanqidiy tahlil asosida Departament mudirining oʻrinbosari, Departament mudiri va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
mutaxassislar tomonidan iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek, respublika hududlari boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasining yaratilishi va yuritilishini nazorat qiladi;
maʼlumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudirining oʻrinbosari va Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, tegishli masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament mudirining oʻrinbosariga, mudiriga taqdim etadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, shuʼba yuritadigan sohaga oid masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Departament mudiri topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, ijroda turgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazadi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, ularning oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
19. Departamentning bosh mutaxassisi:
takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlar bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar hamda hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha zarur tahliliy materiallar va xulosalar tayyorlaydi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq ularning zaruriy kelishilishini taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, uning oʻrinbosariga, shoʻba mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun kiritadi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasining shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam yangilab turilishini tashkil etadi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining markaziy apparatlari tarkibiy boʻlinmalari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlar), mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishlarining ahvoli va samaradorligini doimiy asosda oʻrganadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, ijroda turgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazadi;
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassis faoliyatini nazorat qiladi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, ularning oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
20. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlar bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha zarur tahliliy materiallar va xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq ularning zaruriy kelishilishini taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiri, shoʻba mudiri va bosh mutaxassisga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻrinbosari va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun kiritadi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasining shakllantirilishi va yuritilishini, muntazam yangilab turilishini tashkil etadi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining markaziy apparatlari tarkibiy boʻlinmalari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlar), mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar ishlarining ahvoli va samaradorligini doimiy asosda oʻrganadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
shoʻba mudiri bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan ijroda turgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qiladi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, ularning oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
21. Inspektor Departamentda ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻma jildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.