1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
2.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish, tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan mahsulotlarning eksport hajmlari va turlarini koʻpaytirish, tadbirkorlik subyektlarining raqobatbardoshligini oshirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-son Farmoniga asosan 2020-yil 1-avgustdan chiqariladi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tadbirkorlik subyektlariga tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini oldindan toʻlov, ochilgan akkreditiv, rasmiylashtirilgan bank kafolati va eksport kontraktini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish boʻyicha polis mavjud boʻlmasdan xorijiy valyutaga eksport qilish huquqi beriladi, ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan tovarlar (keyingi oʻrinlarda xom ashyo tovarlari deb ataladi) bundan mustasno.
(1-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu kichik bandning shartlari yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan eksport qilinayotgan meva-sabzavot mahsulotlariga tatbiq etilmaydi. Eksport qilinayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — TSOYAEA) hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasiz amalga oshiriladi, ushbu qarorga ilovada* koʻrsatilgan xom ashyo tovarlari, shuningdek, invoys asosida eksport qilinadigan tovarlar bundan mustasno;
(1-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, tovarlar, ishlar va xizmatlar eksporti faqat oldin amalga oshirilgan eksport operatsiyalari boʻyicha tadbirkorlik subyektida muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik mavjud boʻlmaganda ushbu kichik band shartlariga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Bunda eksport qiluvchilarga tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini oldindan toʻlov, ochilgan akkreditiv, shuningdek, xaridor banklarining kafolati yoki eksport kontraktini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish boʻyicha polis mavjud boʻlishi shartlarida eksport qilish huquqi saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil boʻlganligi uchun bevosita tadbirkorlik subyektlari javob beradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) import operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil boʻlganligi uchun import qiluvchilarga nisbatan eksport operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlikka yoʻl qoʻygan eksport qiluvchilar uchun nazarda tutilgan javobgarlik choralari qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) taʼsiri yuzaga kelgan holatda xorijiy valyutadagi tushumning tushishi muddati ushbu taʼsir yuz bergan davlatning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan yengib boʻlmaydigan kuchning amal qilishi davriga uzaytiriladi;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tovarlar, ishlar va xizmatlar eksport qiluvchining hisob raqamiga eksport kontraktini sugʻurtalash polisi boʻyicha sugʻurta qoplamasi summasi (milliy va/yoki xorijiy valyutalarda) tushganda, ushbu eksport kontrakti boʻyicha debitor qarzdorlik summasi moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash maqsadlari uchun sugʻurta qoplamasi summasiga kamaytiriladi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.01.00 Boj toʻlovlarining umumiy qoidalari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllanilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash uchun import qiluvchilar tomonidan eksport bojxona yuk deklaratsiyasi majburiy taqdim etilishi boʻyicha talab bekor qilinadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.04 Reeksport;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.06 Vaqtincha olib kirish (chiqish)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimi ostidagi tovarlarni qayta eksport qilishga davlat bojxona xizmatlari organlari tomonidan ruxsatnoma berilishi boʻyicha talab bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2017-yil 1-dekabrdan boshlab tadbirkorlik subyektlariga tovarlarni (maxsus tovarlardan tashqari), ishlar va xizmatlarni eksport kontrakti tuzmasdan, invoyslar asosida, eksport qiluvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisob raqamlariga oldindan toʻlov 100 foiz tushgandan soʻng va TSOYAEA tizimiga maʼlumotlarni kiritish sharti bilan, eksport qilish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz mahsulotlari, dukkaklilar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni eksport qilishga qonun hujjatlariga muvofiq alohida talablar belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlariga ularning boshqaruv organlari 2017-yilning 5-sentabriga qadar tashqi savdo kontraktlari boʻyicha hosil boʻlgan kreditor qarzdorlikni hisobdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilganida hisobdan chiqarilayotgan kreditor qarzdorlik summasiga soliq majburiyatlarini qoʻshib hisoblamaslikka ruxsat berilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-sentabrdagi PF-5811-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2019-y., 06/19/5811/3691-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qilinadigan tovarlarning asosiy turlari boʻyicha tashqi bozorlarning joriy va istiqbolli konyunkturasiga doir doimiy ravishda chuqur marketing tadqiqotlari oʻtkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlarining eksport qilinadigan mahsulotlari turlarini kengaytirish uchun yangi salohiyatli imkoniyatlar aniqlanishini taʼminlasinlar.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2018-yil 1-yanvardan boshlab TSOYAEA tizimini texnik qoʻllab-quvvatlash va undan foydalanish boʻyicha vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga yuklansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash;
4.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Markaziy bank va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2018-yil 1-yanvarga qadar TSOYAEA tizimi, uning texnik hujjatlari va maʼlumotlarni qayta ishlashda foydalaniladigan dasturiy vositalarning birlamchi kodlari bilan birgalikda qabul qilinishini — berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi TSOYAEA tizimi ishini takomillashtirish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakillaridan iborat ishchi guruh tuzsin, unga 2018-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda eksport va import qiluvchilar tomonidan maʼlumotlar TSOYAEA tizimiga kiritilishi tartibini soddalashtirish vazifalarini yuklasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.07.00.00 Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali valyuta, tovarlar va transport mahsulotlarini olib oʻtish;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Davlat bojxona qoʻmitasi 2019-yil 1-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan yoʻlovchilarning bojxona deklaratsiyalari va belgilangan normalardan ortiqcha olib kirilayotgan naqd xorijiy valyuta hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ayirboshlash boʻyicha axborot sohasidagi hamkorlikni tashkillashtirsin.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-sentabrdagi PF-5811-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2019-y., 06/19/5811/3691-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” Veterinariya davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi va “Oʻzbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyati eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishni tezlashtirish, tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qoʻllanilishi samaradorligini oshirish maqsadida berilgan sertifikatlar va ruxsat berish tusidagi hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Yagona darcha” unifikatsiyalashtirilgan bojxona axborot tizimiga oʻz vaqtida va toʻliq hajmda kiritilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasi, Markaziy bank, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrgazma tadbirlarini oʻtkazishga moʻljallangan tovarlarni (mahsulotlarni) olib chiqib ketish tartibini soddalashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqib qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan kiritilgan normalarning samaradorligi monitoringi doimiy ravishda olib borilishini taʼminlasin va, zarurat boʻlganda, qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri E.M. Gʻaniyev, Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.R. Parpiyev va Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.V. Tohiriy zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 3-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3351-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3351-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldindan haqi toʻlanmasdan, akkreditiv ochilmasdan, bank kafolati rasmiylashtirilmasdan va eksport kontraktini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish boʻyicha polis mavjud boʻlmasdan xorijiy valyutaga eksport qilish boʻyicha imtiyozlar tatbiq etilmaydigan tovarlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2017-y., 06/17/5286/0418-son)