Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2022 17.02.2017 yildagi PF-4960-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2022
Hujjat 17.02.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari pensionerlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-dekabrdagi PF-263-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari pensionerlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash tizimida ilmiy salohiyatni saqlab qolish, xizmat-jangovar faoliyatni oʻtash davrida mudofaa va xavfsizlik vazirliklari hamda idoralari harbiylari va xodimlari tomonidan egallangan bilimlaridan samarali foydalanish va yosh avlodga bilim berish, oʻspirin avlodni vatanparvarlik, Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash, shuningdek, respublika harbiy-sanoat kompleksini rivojlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarga 2017-yilning 1-aprelidan boshlab pensiya miqdori toʻliq hajmda toʻlanishi belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari safidagi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlar Akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining oliy harbiy taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari va ilmiy xodimlari sifatida oʻz mehnat faoliyatini olib borayotgan harbiy-akademik litseylar rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari va oʻqituvchilari, shuningdek, respublika akademik litseylari va kasb-hunar kollejlarining boshlangʻich harbiy tayyorgarlik rahbarlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy-sanoat kompleksi tuzilmasiga kiruvchi korxonalarning boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlari tarkibidagi mutaxassislar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MXX instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Strategik tahlil va prognozlashtirish oliy maktabi, Maxsus tayyorlov oʻquv markazi, Radioelektron tizimlar va axborot texnologiyalari markazi, shuningdek, Fuqaro muhofazasi instituti, aholini tayyorlash hududiy markazlari va FVV rahbar tarkibi hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa oliy harbiy taʼlim muassasalarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika akademik litseylari va kasb-hunar kollejlarining maʼnaviyat va maʼrifat hamda tarbiyaviy ishlari boʻyicha rahbarlarining oʻrinbosarlari sifatida mehnat faoliyatini oʻqituvchi va ilmiy xodim sifatida olib borayotgan harbiy xizmatchilari va xodimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy-sanoat kompleksi tuzilmasiga kiruvchi korxonalarning boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlari tarkibidagi mutaxassislar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pensiyalar, agarda yuqorida qayd etilgan faoliyat turi harbiy pensionerning yagona ish joyi boʻlsagina toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (K. Berdiyev) Mehnat vazirligi (A. Abduxakimov), Moliya vazirligi (B. Xodjayev) va Oliy taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi markazi (U. Salimov) bilan birgalikda 2017-yilning 1-martigacha mamlakatimizning harbiy-akademik litseylari, shuningdek, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga harbiy xizmatchilardan pensionerlarni ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (K. Berdiyev), Ichki ishlar vazirligi (A. Azimov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (K. Aripov), Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov) va Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Toxiriy) Adliya vazirligi (M. Ikromov) boshqa mutasaddi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartishlarni oʻzlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 17-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-4960-son