07.12.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2954
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining qarori, 07.12.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2954
Kuchga kirish sanasi
07.12.2017
Hujjat 07.12.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport Davlat qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyxatlarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 7-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2954]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-sonli “Sport terma jamoalari toʻgʻrisidagi nizomni hamda Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyxatlarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais R. KURBANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 26-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 26-oktabrdagi 13-mh-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyxatlarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyxatlarni tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy tarbiya-sport tashkilotlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari — xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etish uchun turli yosh guruhlariga tegishli sportchilar, trenerlar, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar va boshqa mutaxassislar, tibbiyot mutaxassislari hamda boshqa mutaxassislar jamoalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
trenerlar kengashi — sport turlari boʻyicha bosh (katta) trenerlar va trenerlar, boshqa yetakchi va nufuzli trenerlar, vrachlar, kompleks ilmiy guruhlar rahbarlari va boshqa mutaxassislaridan iborat boʻlgan, sport turlari boʻyicha respublika federatsiyalarida (uyushmalarida) yoki ular boʻlmagan taqdirda, respublika oliy sport mahorati maktablarida tashkil etiladigan sportchilarning sport, pedagogik va tarbiyaviy faoliyatini tartibga solib boruvchi jamoa;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rasmiy respublika yoki xalqaro sport musobaqalari — Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilgan rasmiy respublika yoki xalqaro sport musobaqalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini shakllantirish Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-son qarori bilan tasdiqlangan Sport terma jamoalari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishda qonuniylik, tenglik, obyektivlik, adolatlilik hamda oshkoralik prinsiplariga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlari sportchilarning oʻtgan sport mavsumida rasmiy respublika yoki xalqaro sport musobaqalaridagi ishtiroki yakunlariga koʻra shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 1-ilovasida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiq rasmiy respublika yoki xalqaro sport musobaqalarida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan barcha yosh toifalari va jinsiy mansubligi boʻyicha sportchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportchilarni tayyorlashda bevosita qatnashgan trenerlar hamda xizmat koʻrsatuvchi va maʼmuriy xodimlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini tasdiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sport turlari boʻyicha respublika sport federatsiyalari (uyushmalari) kelgusi yil uchun tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari nomzodlari roʻyxatiga kiritish uchun Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-son qarori bilan tasdiqlangan Sport terma jamoalari toʻgʻrisidagi nizomga hamda mazkur Nizomda belgilangan mezonlarga muvofiq sportchilar, shuningdek trenerlar va xizmat koʻrsatuvchi hamda maʼmuriy xodimlar roʻyxatini (bundan buyon matnda roʻyxat deb yuritiladi) shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Roʻyxat trenerlar kengashida muhokama qilinadi va uning natijasi boʻyicha kengash bayonnomasi rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Roʻyxat Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-son qarori bilan tasdiqlangan Sport terma jamoalari toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda 3 ta nusxada rasmiylashtiriladi va majburiy ravishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport federatsiyasi (uyushmasi) rahbari tomonidan imzolanadi va sport federatsiyasining (uyushmasining) muhri (muhr mavjud boʻlganda) bilan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli sport turi boʻyicha bosh (katta) trener tomonidan imzolanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli sport turi boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi mavjud boʻlganda, ushbu maktab rahbari tomonidan imzolanadi va maktabning muhri bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Roʻyxat (3 ta nusxada) sport federatsiyasi (uyushmasi) rahbari tomonidan imzolangan taqdimnomaga ilova qilgan holda har yili 31-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasiga (bundan buyon matnda Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi deb yuritiladi) taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli sport turi boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi mavjud boʻlganda, taqdimnoma ushbu maktab rahbari bilan kelishilgan holda maktab tomonidan taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdimnomaga qoʻshimcha ravishda trenerlar kengashining roʻyxatni muhokama qilganligi haqidagi bayonnomasi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlar Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi tomonidan har yili 10-yanvarga qadar koʻrib chiqiladi. Bunda Roʻyxat Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-son qarori bilan tasdiqlangan Sport terma jamoalari toʻgʻrisidagi nizomga hamda mazkur Nizomda belgilangan mezonlarga muvofiq shakllantirilganligi oʻrganib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Roʻyxatda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi asoslantirilgan (kamchiliklar koʻrsatilgan) xati bilan roʻyxatni uni taqdim etgan tashkilotga qaytaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Respublika sport federatsiyasi (uyushmasi) (respublika oliy sport mahorati maktabi) Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining xatida roʻyxat boʻyicha bildirilgan kamchiliklarni bartaraf etib, roʻyxatni mazkur Nizomda belgilangan tartibda shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda taqdimnomaga (kelishilgan taqdimnomaga) ilova qilgan holda 15-yanvarga qadar Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasiga qayta taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi Respublika sport federatsiyasi (uyushmasi) (respublika oliy sport mahorati maktabi) tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlarni umumlashtiradi va 31-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatini tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yil davomida Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatini Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-son qarori bilan tasdiqlangan Sport terma jamoalari toʻgʻrisidagi nizomda koʻrsatilgan asoslarga muvofiq qayta koʻrib chiqish zarurati boʻlganda, Respublika sport federatsiyasi (uyushmasi) (respublika oliy sport mahorati maktabi) taqdimnoma (kelishilgan taqdimnoma) bilan Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasiga murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda taqdimnomaga trenerlar kengashi tomonidan roʻyxatni qayta koʻrib chiqish va unga oʻzgartirish kiritish masalasi muhokama qilganligi haqidagi trenerlar kengashi bayonnomasi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi taqdimnomani 10 kun ichida koʻrib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatiga oʻzgartirishlar Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining buyrugʻiga asosan kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxati Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan shakllantiriladi va har yili 31-yanvarga qadar tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R. NIYAZOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 26-oktabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyxatlarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rasmiy respublika yoki xalqaro sport musobaqalarida (oʻtgan sport mavsumida) erishilgan koʻrsatkichlarga (egallagan oʻrinlariga) koʻra sportchilarni Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlariga kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MEZONLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Sport turlari, sport turlari yoʻnalishlari

Sport terma jamoasi tarkibi

Olimpiya (paralimpiya) oʻyinlari, jahon chempionatlari

Osiyo chempionati,

Osiyo oʻyinlari

Jahon kubogi

(bosqichlar yigʻindisi yoki final)

Osiyo kubogi (bosqichlar yigʻindisi yoki final)

“A” toifasidagi Xalqaro musobaqalar

Oʻzbekiston chempionati

Oʻzbekiston kubogi

(bosqichlar yigʻindisi yoki final)

shaxsiy (jamoaviy)
musobaqalar, jamoaviy sport oʻyinlari boʻyicha musobaqalar

jamoaviy musobaqalar, estafetalar

Sport yakkakurashlari, jumladan tennis, stol tennisi, badminton,
ogʻir atletika

asosiy

1 — 8

-

1 — 6

-

1 — 8

-

1 — 4

-

1-2

1 — 3

-

1 — 3

-

zaxira

9 — 16

-

7 — 12

-

9 — 16

-

5 — 8

-

3-4

4 — 6

-

4 — 6

-

Jamoaviy sport oʻyinlari

asosiy

ishtirok etish

-

1 — 4

-

1 — 4

-

1 — 3

-

1-2

1-2

-

1-2

-

zaxira

5 — 8

-

5 — 8

-

4 — 6

-

3-4

3-4

-

3-4

-

Sportning qishki turlari

asosiy

ishtirok etish

ishtirok etish

1 — 6

1 — 4

1 — 6

1 — 4

1 — 3

1-2

1-2

1-3

1 — 3

1-2

1-2

zaxira

7 — 12

5 — 8

7 — 12

5 — 8

4 — 6

3-4

3-4

4-5

4-5

3-4

3-4

Boshqa sport turlari

asosiy

1 — 10

1 — 8

1 — 4

1 — 3

1 — 3

1-2

1 — 3

1-2

1-2

1 — 3

1 — 3

1-2

1-2

zaxira

11 — 20

9 — 16

5 — 8

4 — 6

4 — 6

3-4

4 — 6

3-4

3-4

4-5

4-5

3-4

3-4

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/2954/0389-son, 26.10.2018-y., 10/18/2954-1/2104-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 04.11.2021-y., 10/21/2954-2/1019-son; 05.08.2022-y., 10/22/2954-3/0720-son; 23.11.2023-y., 10/23/2954-4/0878-son; 26.02.2024-y., 10/24/3499/0149-son)