05.12.2017 yildagi 964-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.12.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligini taʼminlashga doir faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-son Farmoni bilan tasdiqlangan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish kompleks chora-tadbirlari dasturini bajarish hamda aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlarning bandligiga koʻmaklashish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va mehnat organlarining oʻzaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga koʻmaklashish masalalarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tuman (shahar) boʻlinmalari va mehnat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish mexanizmini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tuman (shahar) boʻlinmalari xodimlarini ishsizlarni va band boʻlmagan fuqarolarni ishga joylashtirishda faol koʻmaklashganligi uchun moddiy ragʻbatlantirish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga koʻmaklashish masalalarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tuman (shahar) boʻlinmalari va mehnat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda u 2018-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamda Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish har bir organini, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlinmalarini butunjahon Internet tarmogʻiga ulagan holda kompyuter bilan hamda Boʻsh ish oʻrinlarning milliy bazasidan foydalanish imkonini beradigan konfiguratsiya bilan jihozlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi uch oy muddatda aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga koʻmaklashish masalalarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tuman (shahar) boʻlinmalari xodimlarini Boʻsh ish oʻrinlari milliy bazasiga boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish va fuqarolarni ishga joylashtirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiylashtirish uchun Boʻsh ish oʻrinlari milliy bazasidan foydalanish koʻnikmalariga oʻqitishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Fuqarolarni ishga joylashtirilganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini toʻlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tasdiqlangan toʻlovlarni amalga oshirish, shuningdek, Boʻsh ish oʻrinlari milliy bazasiga mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklaridagi, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlardagi boʻsh ish oʻrinlarining mavjudligi toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumotlarni kiritish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tuman (shahar) boʻlinmalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tizimi 2018-yil 1-apreldan boshlab joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 5-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
964-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 964-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga koʻmaklashish masalalarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tuman (shahar) boʻlinmalari va mehnat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga koʻmaklashish masalalarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tuman (shahar) boʻlinmalari va mehnat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish (keyingi oʻrinlarda oʻzaro hamkorlik qilish tartibi deb ataladi) tartibini ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishga joylashtirish boʻyicha agent — fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tuman (shahar) boʻlinmalarining aholini ishga joylashtirishda koʻmaklashuvchi xodimlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda “Ishga joylashtirish” AAT deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Ishga joylashtirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi, u ishga joylashtirish boʻyicha agentlar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari (keyingi oʻrinlarda ABKM deb ataladi) aholini ishga joylashtirish ishlarini amalga oshirish doirasida oʻzaro hamkorlik qilishni taʼminlash imkonini beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻsh ish oʻrinlari milliy bazasi (keyingi oʻrinlarda boʻsh ish oʻrinlari deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning onlayn bazasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ishga joylashtirish boʻyicha agentlar ABKM bilan tuzilgan bitimlar asosida aholini, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlarni quyidagi yoʻllar bilan ishga joylashtirishga koʻmaklashish ishlarini amalga oshiradilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish tegishli hududiy organlarida (keyingi oʻrinlarda FOʻO deb ataladi) yashaydigan va ishga joylashtirishga muhtoj boʻlgan shaxslarni, shuningdek, salohiyatli ish beruvchilarni, birinchi navbatda, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari jumlasidan boʻlgan ish beruvchilarni hisobga olish boʻyicha maʼlumotlarning yagona axborot bazasini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh ish oʻrinlari bazasiga mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklaridagi, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlardagi boʻsh ish oʻrinlarining mavjudligi toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumotlarni kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Aholini ishga joylashtirishga koʻmaklashganlik uchun bitimlar tuzgan ishga joylashtirish boʻyicha agentlarga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga ragʻbatlantiruvchi tusdagi toʻlovlar (keyingi oʻrinlarda toʻlovlar deb ataladi) amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toʻlovlar miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan mehnat bozoridagi real vaziyatdan va respublikaning har bir aniq tumani (shahri)dagi bandlik dinamikasidan kelib chiqqan holda, lekin qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ish qidiruvchi shaxslar jumlasiga 16 yoshdan boshlab, ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega boʻlmagan, tegishli FOʻO hududida yashaydigan, “Ishga joylashtirish” AATga, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi boʻlinmalariga murojaat qilgan shaxslar kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Aholini ishga joylashtirish boʻyicha ishlarni amalga oshirishda oʻzaro hamkorlik qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzaro hamkorlik qilish tartibi “Ishga joylashtirish” AAT asosida taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. ABKM tomonidan ishga joylashtirish boʻyicha agentga tegishli roʻyxatdan oʻtkazishdan keyin “Ishga joylashtirish” AATdan foydalanish imkoniyati beriladi, ushbu imkoniyat ularga quyidagi huquqlarni beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh ish oʻrinlari bazasidan, shu jumladan boʻsh ish oʻrinlari bazasidagi vakansiyalar toʻgʻrisidagi axborotni kiritish, oʻzgartirish va chiqarish imkoniyatidan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishsizlarni va band boʻlmagan shaxslarni ishga joylashtirishga yoʻllanmani rasmiylashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Ishga joylashtirish” AATdan foydalanish uchun ishga joylashtirish boʻyicha agentlar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ABKMga quyidagi maqsadda taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ABKM bilan ishga joylashtirish boʻyicha agentlar oʻrtasida bitim tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ishga joylashtirish” AATga ishga joylashtirish boʻyicha agentlar toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlarni (F.I.O., lavozimi va ish joyi, pasportining raqami, STIR, telefon raqami va elektron pochta manzilini) kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatdan oʻtkazish va boʻsh ish oʻrinlari bazasidan foydalanish uchun ishga joylashtirish boʻyicha agentlar majburiy tartibda elektron raqamli imzoni rasmiylashtiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ishga joylashtirish boʻyicha agentlar tomonidan “Ishga joylashtirish” AATga va boʻsh ish oʻrinlari bazasiga ishga joylashtirishga muhtoj boʻlgan ishsizlar va band boʻlmagan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish quyidagi majburiy tartibotlarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishga joylashtirish boʻyicha agentni indentifikatsiya qilish (ERI va maxfiy kod yordamida tizimga kirish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish qidirayotgan band boʻlmagan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, uning F.I.O.sini, pasporti raqamini, STIRni, yashash manzilini, jinsi, tugʻilgan sanasi va joyi, oilaviy ahvoli, qaramogʻidagilarning mavjudligi, taʼlim boʻyicha olingan maʼlumoti, malakasi va oldingi mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchilardan olingan boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish, unda aniq boʻsh lavozim, mehnat sharoitlari, ish haqi miqdori, maʼlumoti darajasiga nisbatan talablar, malakasi, ish tajribasi, shuningdek, tashkilotning majburiy tartibda STIR aniq koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ishga joylashtirish boʻyicha agentlar tomonidan “Ishga joylashtirish” AATga va boʻsh ish oʻrinlari bazasiga ishga joylashtirishga muhtoj boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning, shuningdek, boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻgʻri kiritilganligi tekshiriladi va belgilangan tartibda ABKMning masʼul xodimi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Boʻsh ish oʻrinlari bazasida mavjud boʻlgan ishga joylashtirishga band boʻlmagan shaxsni yuborishni rasmiylashtirish “Ishga joylashtirish” AATga kiritilgan maʼlumotlarga muvofiq avtomatik ravishda generatsiya qilinadi, soʻngra boʻsh ish oʻrni besh ish kuni mobaynida (ishga joylashtirishga berilgan yoʻllanmaning amal qilish sanasiga) zaxira qilib qoʻyilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishga joylashtirishga berilgan yoʻllanma boʻyicha ishga qabul qilingan taqdirda ishga joylashtirish boʻyicha agent boʻsh ish oʻrinlari bazasiga ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqning tartib raqamini kiritishi shart, unda ishni boshlash sanasi koʻrsatiladi hamda shu vaqtdan boshlab boʻsh ish oʻrni toʻldirilgan hisoblanadi va boʻsh ish oʻrinlari bazasidan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi besh kun mobaynida ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi axborot mavjud boʻlmagan taqdirda ishga joylashtirishga yoʻllanma avtomatik ravishda oʻz kuchini yoʻqotadi, boʻsh ish oʻrni esa takroran boʻsh ish oʻrinlari bazasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Band boʻlmagan shaxsni ishga joylashtirishning haqqoniyligi ishga joylashtirish boʻyicha agent tomonidan “Ishga joylashtirish” AATda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarining har oyda toʻlangani toʻgʻrisidagi davlat soliq xizmati organlaridan muntazam ravishda olingan maʼlumotlari asosida avtomatik ravishda aniqlanadi. Bunda agar sugʻurta badallari ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi axborot “Ishga joylashtirish” AATga kiritilgan sanadan boshlab kamida olti oy mobaynida toʻlangan taqdirda, har oylik sugʻurta badallari esa qonunchilikda belgilangan miqdorlardan kam boʻlmagan summada toʻlangan taqdirda band boʻlmagan shaxs ishga joylashtirilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ishga joylashtirish boʻyicha agentlarni moddiy ragʻbatlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ishga joylashtirish boʻyicha agentlarga ragʻbatlantiruvchi tusdagi toʻlov ishga joylashtirish boʻyicha agent tomonidan quyidagilar taʼminlangan taqdirda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ishga joylashtirish” AATga va boʻsh ish oʻrinlari bazasiga mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklaridagi, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlardagi boʻsh ish oʻrinlarining mavjudligi toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumotlar kiritilgan boʻlsa, keyinchalik band boʻlmagan shaxs koʻrsatilgan boʻsh oʻringa ishga joylashsa — ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilangan toʻlov summasining 100 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
band boʻlmagan shaxs mavjud boʻsh ish oʻrinlari bazasida ishga joylashtirilganda, koʻrsatib oʻtilgan boʻsh ish oʻrniga kiritish ishga joylashtirish boʻyicha agentning ishtirokisiz amalga oshirilgan boʻlsa — ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq belgilangan toʻlov summasining 70 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh ish oʻrinlari bazasiga boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumotlar kiritilganda, bunda band boʻlmagan shaxsni koʻrsatilgan boʻsh ish oʻrniga ishga joylashtirish boʻyicha agentning ishtirokisiz amalga oshirilganda — ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq belgilangan toʻlov summasining 30 foizi miqdorida toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqorida koʻrsatilgan barcha holatlarda toʻlovlar boʻsh ish oʻrniga ishga joylashtirilayotgan shaxs har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan muddatga muvofiq toʻlaganda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ishga joylashtirish boʻyicha agentga toʻlovlar quyidagi holatlarda amalga oshirilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh oʻrinlar bazasiga belgilangan tartibga muvofiq boʻsh ish oʻrinlari bazasiga kiritish uchun tegishli maʼlumotlarni majburiy tartibda taqdim etishi kerak boʻlgan tashkilotlar boʻyicha boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ishga joylashtirish” AATga aynan u yoki bu shaxs takroran har xil tashkilotlarga oldingi ishga joylashtirilgan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida takroran ishga joylashtirilganligi toʻgʻrisidagi axborot yoxud aynan u yoki bu tashkilotdagi turli lavozimlarga bir necha marta ishga joylashtirilganligi toʻgʻrisidagi axborot kiritilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
band boʻlmagan shaxslar tegishli maʼlumotlarni boʻsh ish oʻrinlari bazasiga kiritmasdan ishga joylashtirilganda yoxud maʼlumotlar amalda ishga joylashtirilgandan keyin kiritilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga koʻmaklashish masalalarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tuman (shahar) boʻlinmalari va mehnat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga koʻmaklashish masalalarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tuman (shahar) boʻlinmalari va mehnat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI

Aholini, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligini taʼminlashda oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tuman (shahar) boʻlinmalari va mehnat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

______________________________________________________________
Aholini bandlikka koʻmaklashish markazining nomi

Band boʻlmagan aholini ishga joylashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida
MAʼLUMOTLAR

___________________________________________________________________________________________________________________________boʻyicha
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi
tuman (shahar) boʻlinmasining nomi

_____________________________________________________________________
(Ishga joylashtirish boʻyicha agentning F.I.O.)

T/r

Vakansiyalar haqida maʼlumotlar (ishga joylashtirish boʻyicha agentning ishtirokisiz kiritilgan)

Ishga joylashtirilgan shaxslar haqida maʼlumot

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan ijtimoiy sugʻurta badallari haqidagi maʼlumot (ishga qabul qilingandan keyin
6 oydan kam boʻlmagan muddatda)

Toʻlovlar (belgilangan miqdorining 100 foizi)

Lavozim nomi

Tashkilotning nomi va manzili

F.I.O.

Yashash joyi va manzili

STIR raqami

Ishga qabul qilinganligi haqidagi buyruqning sanasi va raqami

1-oy

2-oy

3-oy

4-oy

5-oy

6-oy

Jami toʻlovlar: __
________________________________________________________________________________________________

summasi raqamda va yozma shaklda

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligini taʼminlashda oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tuman (shahar) boʻlinmalari va mehnat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

______________________________________________________________
Aholini bandlikka koʻmaklashish markazi nomi

Band boʻlmagan aholini ishga joylashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida
MAʼLUMOTLAR

___________________________________________________________________________________________________________________________boʻyicha
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi

tuman (shahar) boʻlinmasining nomi

_____________________________________________________________________
(Ishga joylashtirish boʻyicha agentning F.I.O.)

T/r

Vakansiyalar haqida maʼlumotlar (ishga joylashtirish boʻyicha agentning ishtirokisiz kiritilgan)

Ishga joylashtirilgan shaxslar haqida maʼlumot

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan ijtimoiy sugʻurta badallari haqidagi maʼlumot (ishga qabul qilingandan keyin
6 oydan kam boʻlmagan muddatda)

Toʻlovlar (belgilangan miqdorining 70 foizi)

Lavozim nomi

Tashkilotning nomi va manzili

F.I.O.

Yashash joyi va manzili

STIR raqami

Ishga qabul qilinganligi haqidagi buyruqning sanasi va raqami

1-oy

2-oy

3-oy

4-oy

5-oy

6-oy

Jami toʻlovlar: _______________________________________________________________
_____________________________

summasi raqamda va yozma shaklda

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligini taʼminlashda oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi tuman (shahar) boʻlinmalari va mehnat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

___________________________________________________________________
Aholini bandligiga koʻmaklashish markazining nomi

Band boʻlmagan aholini ishga joylashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida
MAʼLUMOTLAR

__________________________________________________________________________________________________________________________boʻyicha
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi

tuman (shahar) boʻlinmasining nomi

_____________________________________________________________________
(Ishga joylashtirish boʻyicha agentning F.I.O.)

T/r

Kiritilgan boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumotlar

Ishga joylashtirilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlanganligi toʻgʻrisida axborot (ishga qabul qilingandan keyin
kamida 6 oy muddatda)

Toʻlovlar belgilangan miqdorning 30 foizi

Lavozimning nomi

Tashkilotning nomi va manzili

F.I.O.

Yashash joyi va manzili

STIR raqami

Ishga qabul qilingani toʻgʻrisidagi buyruqning sanasi va №

1-oy

2-oy

3-oy

4-oy

5-oy

6-oy

Toʻlovlarning hammasi
____________________________________________________________________________________________

summasi — raqamda va yozma shaklda

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 09/17/964/0367-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)