04.12.2017 yildagi 963-son
Hujjat 29.12.2019 sanasi holatiga
Hujjat 01.01.2025 sanasi holatiga
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori
qarori
Davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qoʻshimcha haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-iyundagi PQ-3026-son qarorining ijrosini taʼminlash, shuningdek davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qoʻshimcha haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:
1. Quyidagilar:
Xavfli va zararli mehnat sharoitlarida ishlayotgan veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qoʻshimcha haq toʻlash shartlari va tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish shartlari va tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev va Davlat veterinariya qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi B.T. Norqobilov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2017-yil 4-dekabr,
2017-yil 4-dekabr,
963-son
963-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-dekabrdagi 963-son qaroriga
1-ILOVA

Xavfli va zararli mehnat sharoitlarida ishlayotgan davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qoʻshimcha haq toʻlash shartlari va tartibi toʻgʻrisida

NIZOM
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom xavfli va zararli mehnat sharoitlarida ishlayotgan davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qoʻshimcha toʻlovlar toʻlash shartlari va tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizom qoidalari veterinariya ishlab chiqarish xizmatlari xodimlariga hamda xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tavsiyaviy xususiyatga ega.

3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

davlat veterinariya xizmati xodimi — hayvonlarning hayoti va sogʻligʻi muhofaza qilinishini, hayvonlar kasalliklari paydo boʻlishining, tarqalishining oldini olishni va ularni tugatishni, aholini hayvonlar va odam uchun umumiy boʻlgan kasalliklardan muhofaza qilishni, Oʻzbekiston Respublikasi hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklari olib kirilishidan muhofaza qilishni taʼminlashga, hayvonlarga veterinariya xizmati koʻrsatilishiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududining veterinar osoyishtaligini, davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning veterinariya, veterinariya-sanitariya xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan ilmiy va amaliy faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxs;

xavfli mehnat sharoiti — taʼsiri davlat veterinariya xizmati xodimining jarohat olishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan mehnat sharoiti;

zararli mehnat sharoiti — taʼsiri davlat veterinariya xizmati xodimining kasallikka chalinishiga (sogʻligʻining zararlanishiga) olib kelishi mumkin boʻlgan mehnat sharoiti.

2-bob. Davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qoʻshimcha haq toʻlash shartlari va tartibi

4. Davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qoʻshimcha haq toʻlash ularning lavozim maoshiga qoʻshimcha ustama (foiz miqdorida) toʻlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.

5. Quyidagi davlat veterinariya xizmati xodimlarining lavozim maoshiga (tarif stavkasiga) 12 foizli ustamalar belgilanadi:

Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari, tuman (shahar) hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari direktorlari va ularning oʻrinbosarlari, laboratoriya (veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalari) mudirlari, veterinariya vrachlari, veterinariya feldsherlari (texniklar), veterinariya laborantlari va veterinariya sanitarlari, omborxona (dorixona) mudirlari va mutaxassislari;

Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy xodimlari, laboratoriyalari mudirlari, veterinariya vrachlari, veterinariya laborantlari va veterinariya sanitarlari, omborxona (dorixona) mudirlari va mutaxassislari;

Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha davlat ilmiy markazi direktori va uning oʻrinbosari; veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni standartlash va sertifikatlash boʻlimi mudiri, veterinariya vrachlari, veterinariya laborantlari va veterinariya sanitarlari;

tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, veterinariya faoliyatini muvofiqlashtirish va davlat nazorati boʻyicha mutaxassislar, hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boʻyicha mutaxassislar, veterinariya uchastka mudirlari, veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari mudirlari, veterinariya vrachlari, veterinariya feldsherlari (texniklar), veterinariya laborantlari va veterinariya sanitarlari, omborxona (dorixona) mudirlari va mutaxassislari;

kasallik yuqtirilmagan hayvonlar uchun (sinov laboratoriya hayvonlari yetishtiruvchi) vivariy mudirlari, veterinariya vrachlari, veterinariya laborantlari va veterinariya sanitarlari;

Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi veterinariya punktlari veterinariya feldsherlari (dezinfektorlar), veterinariya-sanitariya uchastkalari veterinariya vrachlari, veterinariya feldsherlari (dezinfektorlar), veterinariya sanitarlari;

davlat veterinariya xizmati muassasalari maxsus avtomobil haydovchilari.

6. Quyidagi davlat veterinariya xizmati xodimlarining lavozim maoshiga (tarif stavkasiga) 24 foizli ustamalar belgilanadi:

Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari, tuman (shahar) hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari mikrobiologiya, virusologiya, mikologiya, parazitologiya, bakteriologiya, serologiya, taksikologiya laboratoriyalari mudirlari, veterinariya vrachlari, veterinariya feldsherlari (texniklari) veterinariya laborantlari va veterinariya sanitarlari;

Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha davlat ilmiy markazidagi mikroorganizm shtammlarini nazorat qilish boʻlimi, veterinariya dori vositalarini va oziqabop qoʻshimchalarini aprobatsiya qilish boʻlimi, veterinariya dori vositalari va oziqabop qoʻshimchalarining sifati va muomalasi davlat nazorati boʻlimi mudirlari, veterinariya vrachlari, veterinariya feldsherlari (texniklar) veterinariya laborantlari va veterinariya sanitarlari;

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti gelmintologiya, protozoologiya, gelmintozoonoz, patanatomiya, virusologiya, brutsellyoz va tuberkulyoz laboratoriyasi mudirlari, veterinariya vrachlari, veterinariya feldsherlari (texniklar), veterinariya laborantlari va veterinariya sanitarlari;

kasalliklarning jonli qoʻzgʻatuvchilari yuqtirilgan hayvonlar bilan ishlash (sinov-laboratoriya hayvonlari yetishtiruvchi) vivariy hamda rentgen kabinetlarida ishlaydigan boʻlim mudirlari, veterinariya vrachlari, veterinariya laborantlari va veterinariya sanitarlari.

Davlat veterinariya xizmati xodimiga u ishlayotgan mehnat sharoitining zararliligidan kelib chiqib, toʻlanishi lozim boʻlgan ustamalarning (12 yoki 24 foizli) har ikkalasi ham toʻgʻri kelgan holatlarda, uning lavozim maoshiga 24 foizli ustama belgilanadi.

3-bob. Xavfli va zararli mehnat sharoitlarida ishlayotgan davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qoʻshimcha toʻlovlarni moliyalashtirish

7. Xavfli va zararli mehnat sharoitlarda ishlayotgan davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qoʻshimcha toʻlovlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

4-bob. Yakunlovchi qoida
4-bob. Yakunlovchi qoida
8. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
8. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-dekabrdagi 963-son qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish shartlari va tartibi toʻgʻrisida

nizom
nizom
1-bob. Umumiy qoidalar
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini (keyingi oʻrinlarda xodimlar deb ataladi) moddiy ragʻbatlantirish shartlari va tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizom qoidalari ishlab chiqarishdagi veterinariya xizmatlari xodimlariga hamda xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tavsiyaviy xususiyatga ega.

3. Xodimlarga ish haqi miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi bilan kelishgan hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy tarif razryadlaridan kelib chiqib hisoblanadi.

2-bob. Xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish shartlari va tartibi

4. Xodimlarning ish faoliyati samaradorligini va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida, shuningdek, ular tomonidan mamlakatimizda chorva mollari va parrandalar bosh sonini barqaror oshirishni taʼminlash, veterinariya nazoratini kuchaytirish va veterinariya servis sifatini oshirish, hayvonlarning sogʻligʻini himoya qilish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, epizootik osoyishtalik va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash, naslchilik-seleksiya ishlarini yuritishning ilmiy asoslangan innovatsion uslublarini joriy etish, sunʼiy urugʻlantirish ishlarini tizimli tashkil etishni taʼminlaganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan moddiy ragʻbatlantirish tadbirlari amalga oshiriladi.

5. Xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maqsadida ularning oylik maoshiga qoʻshimcha tarzda:

xodimning mutaxassisligi boʻyicha koʻp yillik xizmatlari uchun qatʼiy belgilangan lavozim maoshiga ustama;

Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi tomonidan belgilanadigan shaxsiy ustamalar;

oylik, choraklik, yil yakuni boʻyicha hamda bayram kunlari uchun mukofotlar;

ishdagi yutuqlari uchun moddiy ragʻbatlantirishlar;

ishdan tashqari vaqtda ishga jalb etilgani uchun toʻlovlar hamda boshqa pullik kompensatsiyalar;

xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va ular sogʻligʻini tiklash uchun moddiy yordam;

xodimlarning hayotini sugʻurta qilish yoki boshqa turdagi toʻlovlar belgilanadi.

6. Xodimning mutaxassisligi boʻyicha koʻp yillik xizmatlari uchun qatʼiy belgilangan lavozim maoshiga quyidagi ustamalar budjet mablagʻlaridan har oyda tarif setkasi va shtat jadvaliga muvofiq toʻlanadi:

3 yildan 5 yilgacha — 5 foiz;
3 yildan 5 yilgacha — 5 foiz;
5 yildan 10 yilgacha — 10 foiz;
5 yildan 10 yilgacha — 10 foiz;
10 yildan 15 yilgacha — 15 foiz;
10 yildan 15 yilgacha — 15 foiz;
15 yildan 20 yilgacha — 20 foiz;
15 yildan 20 yilgacha — 20 foiz;
20 yildan 25 yilgacha — 25 foiz;
20 yildan 25 yilgacha — 25 foiz;
25 yildan ortiq — 30 foiz.
25 yildan ortiq — 30 foiz.
7. Xizmat vazifasini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan Qoʻmitaning malakali, tashabbuskor xodimlariga rais tomonidan veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan lavozim maoshining 200 foizi miqdoridan koʻp boʻlmagan shaxsiy ustamalar belgilanadi.

8. Ish koʻrsatkichlari bajarilishiga qarab oy va chorak yakuni boʻyicha xodimlar oylik ish haqining bir baravarigacha miqdorda, yil yakuni boʻyicha xodimlar oylik ish haqining uch baravarigacha miqdorda mukofotlar beriladi.

9. Yangi yil, 8-mart xotin-qizlar kuni, Navroʻz bayrami, Xotira va qadrlash kuni, Mustaqillik kuni, Oʻqituvchi va murabbiylar kuni, Konstitutsiya kuni, Roʻza hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayram kuni va Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayram kuni uchun xodimlar oylik ish haqining bir baravari miqdorda mukofotlanadi.

10. Ishdagi yutuqlari uchun xodimlarni oylik ish haqining ikki baravarigacha miqdorda moddiy ragʻbatlantiradi.

11. Xodimlarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotib olish uchun har yili bir marta bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida toʻlov tashkilotlar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

Zarur holatlarda, ish haqi fondi doirasida (kam taʼminlangan oilalar, xodimning davolanishi, toʻy, maʼraka va boshqalar uchun) xodimlarga kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda moddiy yordam puli toʻlanadi.

12. Shaxsiy ustamalar, mukofotlar va moddiy ragʻbatlantirishlar miqdorini belgilashda mehnatga haq toʻlashga oid Yagona tarif setkasi boʻyicha tarif koeffitsiyentlari bilan ustamalar va qoʻshimcha haqlar, shuningdek budjetdan moliyalashtiriladigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari davlat xizmatchilari lavozim maoshlariga 40 (20) foizlik qoʻshimcha (mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti) lavozim maoshi hisob-kitobiga kiritiladi.

13. Ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlarida ishga jalb etilganligi uchun toʻlovlar hamda boshqa pullik kompensatsiyalar toʻlanadi.

14. Xodimlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ularning ish samaradorligini oshirish maqsadida har oyda (jamoa shartnomasiga muvofiq) yoʻl transporti uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari hamda xodimlarning tushlik ovqatlanishi xarajatlariga koʻmaklashish maqsadida bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida toʻlovlar amalga oshiriladi.

15. Quyidagilar xodimlarni ragʻbatlantirishni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari; Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
3-bob. Xodimlarni ragʻbatlantirishni moliyalashtirish

16. Quyidagilar xodimlarni ragʻbatlantirishni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasining Veterinariya xizmatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;

Davlat veterinariya qoʻmitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarni rivojlantirish jamgʻarmalari mablagʻlari (pulli veterinariya xizmati koʻrsatishdan, vaqtincha foydalanilmagan mol-mulkni ijaraga berishdan tushumlar, begʻaraz olingan yordamlar va qonunda taqiqlanmagan boshqa tushumlar);

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.

17. Xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishni moliyalashtirish manbalari va miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.

18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.