Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlanadiganlar roʻyxatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini taʼminlash, demokratik islohotlarni amalga oshirish, jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo doʻstlik va totuvlikni, tinchlik va barqarorlikni asrash, milliy madaniyatimiz va sanʼatimizni rivojlantirish, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qoʻshgan munosib hissasi uchun, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi bayram qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2017-yil 10-oktabrdagi PF-5201-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni bilan mukofotlash toʻgʻrisida” 2017-yil 29-noyabrdagi F-5124 farmoyishiga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat xokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari va birlashmalari tomonidan taqdim etilgan “Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlanadigan ziyolilar, fan va sanʼat arboblari, ishchi va xizmatchilar, tadbirkorlar, fermerlar, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari va boshqa shaxslar roʻyxatlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 2-dekabr,
962-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 09/17/962/0365-son)