30.11.2017 yildagi PF-5268-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.12.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini, eng avvalo, jinoiy tajovuzlardan himoya qilishning ishonchli kafolatlarini taʼminlashga, shuningdek, ularning shaʼni va qadr-qimmati kamsitilishiga, qonuniy manfaatlari cheklanishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olib borilayotgan sud-huquq islohotlarining asosiga qonun ustuvorligi, fuqarolarning qonun oldida tengligi, insonparvarlik, adolatlilik va aybsizlik prezumpsiyasi kabi konstitutsiyaviy prinsiplar poydevor qilib qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining ijrosi yuzasidan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligi va erkinligini taʼminlash, odil sudlovning sifati va shaffofligini oshirish, “Xabeas korpus” institutini qoʻllashni kengaytirish, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini qoʻshimcha tergov yuritishga qaytarish tartibining bekor qilinganligi sud va tergov organlarining haqiqatni va ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlarni aniqlash, shuningdek, qonuniy, asoslantirilgan va adolatli qaror qabul qilish borasidagi masʼuliyatini oshirish imkonini berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Natijada faqatgina 2017-yilning 10 oyi davomida sudlar tomonidan 191 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi, vaholanki oxirgi besh yilda atigi 7 nafar shaxs oqlangan. Bundan tashqari, joriy yilda dastlabki tergov organlari tomonidan reabilitatsiya va boshqa asoslar boʻyicha 3 511 ta jinoyat ishi tugatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, huquqni qoʻllash amaliyotining tahlili, aholi bilan ochiq muloqot natijalarini umumlashtirish qonunchilikda jinoyat ishlarini tergov qilish va koʻrib chiqish jarayonida dalillarni toʻplash, mustahkamlash, tekshirish va baholashda qonuniylik va xolislikni taʼminlashga toʻsqinlik qiluvchi huquqiy boʻshliklarning mavjudligidan dalolat bermoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu holatlar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarning samaradorligiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda, oqibatda esa aholining asosli eʼtiroziga, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga va sudning begʻarazligiga boʻlgan ishonchining pasayishiga olib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun ustuvorligi, fuqarolarning qonun oldida tengligi, insonparvarlik, adolatlilik va aybsizlik prezumpsiyasi kabi konstitutsiyaviy prinsiplarni soʻzsiz va ogʻishmay taʼminlash, sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya qilish, jinoyat-protsessual va jinoyat-ijroiya qonunchiligini yanada takomillashtirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga muvofiq:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qonun hujjatlari talablariga ogʻishmay va qatʼiy rioya etishga huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlarining birinchi darajali eʼtibori qaratilsin, unga muvofiq qonun normalarini aniq ijro etish va ularga rioya qilishdan har qanday chekinish, qanday sabablarga koʻra kelib chiqqanidan qatʼi nazar, qonuniylikni buzish hisoblanadi hamda qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Protsessual qonunchilikni jiddiy buzgan holda yoki noqonuniy uslublar bilan, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat protsessi ishtirokchilari yoki ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan qiynoqqa solish, psixologik va jismoniy tazyiq va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoxud qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlarini koʻllagan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining himoyaga boʻlgan huquqini, shuningdek, tarjimon xizmatidan foydalanish huquqini buzgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat protsessida ishtirok etayotgan shaxsga huquq va majburiyatlarini tushuntirmaslik oqibatida uni chalgʻitgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni amalga oshirish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan protsessual harakatlarni oʻtkazish oqibatida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomaʼlum manbadan yoxud jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish jarayonida aniqlash mumkin boʻlmagan manbadan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki tergov jarayonida jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining sudda mavjud dalillar majmui bilan oʻz tasdigʻini topmagan koʻrsatuvlaridan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud dalillar majmui bilan tasdiqlangan hollardan tashqari, jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining taxmin, faraz yoki mish-mishlarga asoslangan koʻrsatuvlaridan olingan hamda tegishli ravishda yuridik kuchga ega boʻlmagan maʼlumotlardan jinoyat ishlari boʻyicha dalil sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyilmasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar taqiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollardan tashqari, sudlarda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi prinsipini cheklaydigan qoʻshimcha talablarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
protsessual qonunchilik normalarini buzgan holda olingan guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining koʻrsatuvlari, ekspert xulosasi, ashyoviy dalillar, audio va videoyozuv hamda boshqa materiallardan dalil sifatida foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shaxsni noqonuniy ushlab turish, qamoqqa olish, jinoiy javobgarlikka tortish yoki hukm qilishga sabab boʻlgan, hujjatlar yoki ashyolarga bila turib yolgʻon maʼlumotlar va boshqa buzib koʻrsatilgan faktlarni kiritish, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan koʻrsatuv berishga majburlash, ish boʻyicha haqiqiy holatlarni buzib koʻrsatish orqali dalillarni qalbakilashtirganlik uchun, yolgʻon guvohlik va yolgʻon xabar berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutgan holda, jinoiy javobgarlik kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan ushlangan shaxs tegishli vakolatli organga yetkazilgan vaqtdan boshlab yetmish ikki soat ichida mazkur ehtiyot chorasini koʻllash toʻgʻrisidagi ajrim ustidan sud tartibida shikoyat qilish huquqiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dalillarni yigʻish va mustahkamlashda ruxsat berilmagan uslublar qoʻllanilganligi toʻgʻrisidagi murojaatlar prokuratura organlari yoki sud tomonidan qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda tibbiy ekspertiza oʻtkazish orqali majburiy tekshirilishi shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish (oʻta ogʻir jinoyatlar boʻyicha), tintuv, koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish, tergov eksperimenti tarzidagi protsessual harakatlarni videoyozuv vositalaridan foydalangan holda majburiy video qayd etish amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoyachi jinoyat ishi boʻyicha dalillarni toʻplash va taqdim etish huquqiga ega boʻlib, ular jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyilishi, shuningdek, surishtiruv, dastlabki tergov oʻtkazish va jinoyat ishini sudda koʻrib chiqish vaqtida majburiy tekshirilishi va baholanishi shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haqiqiy maʼlumotlarning dalil sifatida foydalanishga nomaqbulligi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan oʻz tashabbusi bilan yoki taraflar iltimosnomasi boʻyicha belgilanadi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud dalillarning nomaqbulligi haqidagi masalani hal qilishda dalilning nomaqbul deb topilishiga asos boʻlgan qonun buzilishi nimada oʻz aksini topganligini aniqlashga va asoslantirilgan qaror (ajrim) qabul qilishga majbur;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud muhokamasi jarayonida stenografiya yuritiladi, uning materiallari jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
prokuror tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtayotgan, qamoqda saqlanayotgan, ushlab turilgan yoki maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslardan jinoyatlar toʻgʻrisidagi olingan ariza, xabar va boshqa maʼlumotlarni zudlik bilan qayd etish va hal qilish toʻgʻrisidagi jinoyat-protsessual qonunchilik talablariga rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur shaxslarga yoki ularning yaqin qarindoshlariga psixologik yoxud jismoniy taʼsir koʻrsatilgan boʻlishi mumkinligi, shuningdek, ularning qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod etilishi yuzasidan chalgʻitilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noqonuniy javobgarlikka tortish holatlari boʻyicha yuqori turuvchi prokurorni xabardor qilgan holda, ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtash tartibini buzganlik uchun mahkumlarga intizomiy jazo chorasi qoʻllanilishining qonuniyligi yuzasidan majburiy tarzda tekshirishlar oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati (O.B. Murodov) bir oy muddatda mazkur Farmonning 1 — 5-bandlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qonunchilik tashabbusi tartibida tayyorlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat ishlarini tergov qilish va koʻrib chiqish jarayonida dalillarni toʻplash, mustahkamlash, tekshirish va baholashda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat ishlari boʻyicha ushlab turish va boshqa protsessual majburlov choralarini koʻllashda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy qamoq tarzidagi maʼmuriy jazoni ijro etishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sodir etgan jinoyati haqida qonunda belgilangan muddatlarda xabar qilgan, chin koʻngildan pushaymon boʻlgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va yetkazilgan zararni qoplagan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan ozod etishni nazarda tutuvchi normalarni koʻllashda qonuniylikning hamda qonunchilik talablarini buzganlikning har bir holati boʻyicha javobgarlik muqarrarligining taʼminlanishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda tergov hibsxonalari, vaqtincha saqlash hibsxonalari va maxsus qabulxonalar, maʼmuriy qamoqni oʻtash joylarini videokuzatuv vositalari bilan jihozlashni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan, ushlab turilgan yoki qamoqda saqlanayotgan, shuningdek, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning huquq va erkinliklariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish hamda tasdiqlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud-tergov harakatlarini yuritishning innovatsion shakl va uslublaridan foydalanishning, shuningdek, dalillar aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi toʻgʻrisidagi jinoyat-protsessual qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlashning ilgʻor xorijiy tajribasini oʻrganish hamda tahlil qilishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hodisa sodir boʻlgan joy holatini oʻzgartirish, dalillarni yoʻqotish yoki yoʻq qilishga, shu jumladan, oʻrab olish orqali yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlarni koʻrish tartibini ishlab chiqish hamda tasdiqlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikni hamda jinoyat ishlarini tergov qilish va koʻrib chiqish uslubiyotini yanada takomillashtirish, sud-tergov faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish, jinoyat ishi boʻyicha ish yurituvni, shu jumladan, “Elektron jinoyat ishi” tizimini joriy etish orqali optimallashtirish va soddalashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda kiritishni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 30-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5268-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 06/17/5268/0341-son; 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)