Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 20.07.2004 yildagi 340-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAZIRLAR MAHKAMASINING “YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLARNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISH HAMDA ULAR TOMONIDAN SAVDO FAOLIYATI AMALGA OSHIRILISHINI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2002-YIL 26-NOYABRDAGI 407-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslarning ulgurji savdo qilish bilan bog‘liq faoliyatini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2004-yil 1-avgustdan boshlab ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar eng kam oylik ish haqining kamida 4600 baravari miqdorida ustav fondiga ega bo‘lishlari, undan eng kam oylik ish haqining kamida 1530 baravari miqdoridagisi pul mablag‘lari bo‘lishi shartligi haqidagi tartib joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bandning ikkinchi xatboshidagi “6000” va “2000” raqamlari tegishli ravishda “4600” va “1530” raqamlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ulgurji va chakana savdo faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomning (qarorga ilova) 6-bandidagi “6000” va “2000” raqamlari tegishli ravishda “4600” va “1530” raqamlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘n kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 20-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
340-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 29-son, 331-modda)