21.11.2017 yildagi 927-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar aholisini asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va chorvachilik mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar aholisi isteʼmoli uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va chorvachilik mahsulotlarini sifatli va maqbul narxlarda kafolatli yetkazib berilishini taʼminlash, ularni uyushgan savdosini tashkil etish, ichki isteʼmol bozorida ushbu mahsulotlar narxlarini barqarorlashtirish uchun yetarli miqdorda zaxirasini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahar hokimligi muassisligida shahar aholisiga asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va chorvachilik mahsulotlarini tizimli yetkazib berish, qayta ishlash va zaxirasini yaratishga ixtisoslashgan “Toshkent agro zaxira xizmat” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda Davlat korxonasi deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent shahar hokimligi belgilangan tartibda Davlat korxonasi ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda uni davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Davlat korxonasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar aholisiga, jumladan aholi yashash mavzelariga asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va chorvachilik mahsulotlarini (keyingi oʻrinlarda mahsulot deb ataladi) oʻz vaqtida yetkazib berilishi va sotilishini taʼminlash, ichki isteʼmol bozorida mahsulotlar narxlarini barqarorlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrosanoat sohasidagi tashkilotlar, dehqon va fermer xoʻjaliklaridan tayyor mahsulotlarni sotib olish, saqlash, qayta ishlash, konservatsiya qilish, qadoqlash va sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlar zaxirasini yaratish ishlarini tashkil etish hamda qish va bahor mavsumida ularning narxlari sunʼiy ravishda oshib ketishini oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining tumanlarida mahsulotlar savdosini amalga oshiruvchi shoxobchalar, savdo doʻkonlarini tashkil etish hamda dehqon va fermer xoʻjaliklari tomonidan oʻzlari yetishtirgan mahsulotlarni ushbu shoxobchalar va savdo doʻkonlarida sotilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlarni yetishtirish maqsadida Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi yetishtirgan mahsulotlarni qayta ishlaydigan tashkilotlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ularni Toshkent shahar aholisiga maqbul narxlarda uyushgan savdosini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda, tajriba tariqasida, Davlat korxonasiga Toshkent viloyatining Ohangaron tumani, “Birlik”, “Shodmalik”, “Gʻallaquduq” va “Doʻstlik” massivlari hududidan qishloq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish uchun 10 ming gektardan kam boʻlmagan yer uchastkasini biriktirilishini hamda chorvachilik faoliyatini amalga oshirish uchun “Ohangaron” oʻrmon xoʻjaligi hududidan 20 ming gektardan kam boʻlmagan yer uchastkalarini oʻrnatilgan tartibda ijaraga berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toshkent viloyat hokimligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi fermer xoʻjaliklari va tadbirkorlik subyektlariga qulay sharoitlar yaratish maqsadida Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida boʻsh turgan va samarali foydalanilmayotgan bino va inshootlar roʻyxatini shakllantirib, oʻrnatilgan tartibda Davlat korxonasiga berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biriktirilgan hududda qishloq xoʻjaligi va chorvachilik faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda fermer xoʻjaliklari va boshqa tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish, yer maydoni joylashgan hududdagi tuman hokimligi, Davlat korxonasi va tadbirkorlik subyektlari (fermer xoʻjaliklari) oʻrtasida ixtiyoriy ravishda tuzilgan uch tomonlama shartnoma asosida faoliyatni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jalb qilingan fermer xoʻjaliklari va boshqa tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining ichki isteʼmol bozorida mahsulotlar narxlarini barqarorlashtirish boʻyicha tegishli ishlarni amalga oshirish vazifalari yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toshkent shahar hokimligiga Davlat korxonasining asosiy vazifalari bajarilishini taʼminlash maqsadida mahsulotlarni sotish uchun Toshkent shahar tumanlaridagi aholi yashash mavzelarida namunaviy loyihadagi kichik yengil tipdagi savdo doʻkonlarini (dala doʻkonlarini) joylashtirishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tijorat banklariga Davlat korxonasiga 3 yildan kam boʻlmagan muddatga imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev va Toshkent shahar hokimi R.J. Usmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 21-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
927-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/927/0316-son)