21.11.2017 yildagi PQ-3402-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.11.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

“Mard oʻgʻlon” davlat mukofotini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PF-5106-sonli Farmoniga muvofiq “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti taʼsis etilganligi munosabati bilan mamlakatimizda buyuk ajdodlarimizga munosib boʻlgan, mardlik va jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi fazilatlarga ega mard oʻgʻlonlarimizni tarbiyalash hamda jamiyatimiz hayotining turli sohalarida yuqori natijalarga erishib kelayotgan bilimli, tashabbuskor, ishbilarmon, shijoatli va fidoyi yigitlarni ragʻbatlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining “Mard oʻgʻlon” davlat mukofotini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2 nafardan vakillariga har yili “Yoshlar kuni” arafasida topshirish haqidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti oʻqishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va isteʼdodi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan iqtidorli yigitlarga fan, taʼlim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, sanʼat, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalarida hamda huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mard oʻgʻlon” davlat mukofotiga talabgorlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha Komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tomonidan koʻrib chiqiladi. Uning natijalariga koʻra Komissiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblari boʻlgan umumtaʼlim va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻquvchilari oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat bosqichiga, oliy oʻquv yurtlari talabalari yoki bakalavr darajasiga ega yoshlar esa magistratura bosqichiga tegishli yoʻnalish boʻyicha kirish imtihonlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti koʻkrak nishonining tavsifi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Mard oʻgʻlon” davlat mukofotini berish, uning koʻkrak nishonlari va diplomlarini tayyorlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlar uchun Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan tegishli mablagʻlarni ajratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Komissiya bir oy muddatda “Mard oʻgʻlon” davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Q. Kuranbayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 21-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3402-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi PQ-3402-sonli qaroriga
1-ILOVA

“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1. “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti (keyingi oʻrinlarda — Davlat mukofoti) oʻqishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va isteʼdodi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan 14 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli yigitlarga fan, taʼlim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, sanʼat, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalarida hamda huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat mukofoti har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2 nafardan vakillariga — jami 28 ta beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mukofoti bilan taqdirlash har yili “Yoshlar kuni” arafasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat mukofotiga talabgorlar boʻyicha takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha Komissiyaga (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport muassasalari va boshqa tashkilotlarning takliflariga koʻra Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining hududiy kengashlari raislari bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomalari asosida kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tarkibidan hamda harbiylashtirilgan oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan yigitlar orasidan tavsiya etilayotgan talabgorlar boʻyicha takliflar Komissiyaga tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining taqdimnomalari asosida kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Talabgorlarning hujjatlarini rasmiylashtirish, taqdim etish va ularni tanlash Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan yoʻriqnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat mukofotiga sazovor boʻlganlarga koʻkrak nishonlari va belgilangan namunadagi diplomlar tantanali vaziyatda topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat mukofoti eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mukofoti sohiblari boʻlgan umumtaʼlim va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻquvchilari oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat bosqichiga, oliy oʻquv yurtlari talabalari yoki bakalavr darajasiga ega yoshlar esa magistratura bosqichiga tegishli yoʻnalish boʻyicha kirish imtihonlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mukofoti sohiblari qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan boshqa imtiyozlardan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat mukofotining koʻkrak nishoni koʻkrakning oʻng tomoniga taqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat mukofoti takroran berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi PQ-3402-sonli qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti koʻkrak nishonining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI

“Mard oʻgʻlon” davlat mukofotining koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va sakkiz qirrali boʻrtma yulduz shaklida boʻladi. Yulduzning har bir qirrasi oltita boʻrtma nurlardan tashkil topgan boʻlib, nurlarning qarama-qarshi uchlari oraligʻi — 38 millimetr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishonining oʻrta qismi diametri 25 millimetr boʻlgan doira shaklidagi boʻrtma gardish bilan oʻralgan. Doiraning markazida, koʻtarilayotgan quyosh nurlari fonida vatanparvarlik va jasorat timsoli sifatida tulpor ustidagi mard oʻgʻlon tasviri hamda yurtimizning goʻzal va betakror tabiatini ifodalovchi ulugʻvor togʻlar, ikki daryo va koʻrkam vodiylar aks ettirilgan. Suvoriy tasvirining yuqori qismida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining hilpirab turgan, rangli emaldan ishlangan tasviri mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishonining pastki qismida aylana boʻylab ikkita sakkiz qirrali yulduz oraligʻida “MARD OʻGʻLON” yozuvi joylashgan. Harflarning balandligi 1,8 millimetr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishonining orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishoni ilgakchalar va halqacha yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning boʻyi — 16 millimetr, eni — 25 millimetrdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadagʻich eni 22 millimetrli koʻk rangli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning chetlaridan 1 millimetr masofada eni 2 millimetr boʻlgan ikkita oq rangli vertikal yoʻl oʻtgan. Oq rangli yoʻllar oʻrtasidagi oraliq 1 millimetrni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 07/17/3402/0285-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 07/22/92/0046-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)