O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 11-yanvardagi PQ-255 sonli qarorini qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zvinosanoat-xolding” aksiyadorlik jamiyatining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 23-avgustdagi PP-3239-sonli qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 11-yanvardagi PQ-255-sonli qarori 4-bandining ikkinchi — oltinchi xatboshilari va 5-bandining birinchi xatboshi, shuningdek, qarorga 3- va 4-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-noyabr,
PQ-3398-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2017-y., 07/17/3398/0282-son)