03.08.2000 yildagi 303-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.08.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VILOYATLAR, SHAHARLAR VA TUMANLAR HOKIMLIKLARI TASHKILIY-KADRLAR XIZMATI MAQOMINI OʻZGARTIRISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari tashkiliy-kadrlar xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish, mahalliy ijro hokimiyati organlarida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish va yangilash ishlarini tubdan yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining eʼtiborlari joylarda tashkiliy-kadrlar xizmati faoliyatini tashkil etish masalalari boʻshashtirib yuborilganligiga, ularni bu sohada davlat siyosati tamoyillarini joriy etishga qodir boʻlgan tajribali va layoqatli mutaxassislar bilan toʻldirishga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari tashkiliy ishlar va kadrlar masalalari boʻyicha guruh rahbarlari maqomiga koʻra tegishli hokim oʻrinbosarlariga tenglashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hokimliklarning tashkiliy ishlar va kadrlar masalalari boʻyicha guruhlari zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbarlik lavozimlariga kadrlar tayyorlash va joy-joyiga qoʻyish tizimini yaratish va muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda kadrlarga boʻlgan ehtiyoj asosida amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish, ularni bosqichma-bosqich moʻljallangan lavozimlarga tayyorlab borish, qayta oʻqitish va pirovard natijada zamonaviy rahbar tayyorlash tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda muntazam ravishda kadrlar bilan ishlashning ahvolini tahlil qilish, yosh isteʼdodli, mustaqilligimiz gʻoyalariga sodiq boʻlgan vatanparvar, fidoiy kadrlarni tanlash va ular toʻgʻrisida hokimiyat rahbariyatiga axborot va takliflar berib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbar kadrlar almashinuvi (rotatsiya) ehtiyojlarini oʻrganib borish va takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalalari va oʻquv yurtlari bilan kadrlarga boʻlgan ehtiyoj yuzasidan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlardagi kadrlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzida jamlagan yagona kompyuter maʼlumotlar bazasini yaratish va undan doimiy ravishda samarali foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari kadrlar boʻyicha davlat siyosati tamoyillarining amalga oshirilishi, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, oʻqitish va tarbiyalash uchun shaxsan javobgardirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikki oy muddat ichida ularga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Tashkiliy-kadrlar ishlari boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmati bilan birgalikda hokimliklarning tashkiliy ishlar va kadrlar masalalari boʻyicha guruhlarini maxsus bilim va tayyorgarlikka, kasbiy va hayotiy tajribaga ega boʻlgan, oʻz bilimi va ishchanlik malakasi boʻyicha davlatning kadrlarni tayyorlash va joy-joyiga qoʻyish siyosatini amalga oshirilishini taʼminlovchi kadrlar bilan yangilash va toʻldirish yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tegishli hokimliklar xodimlarining cheklangan shtatlari soni doirasida, mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi va boshqaruv organlari xodimlariga mehnat haqi toʻlash boʻyicha guruhlar jadvalidan kelib chiqib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari apparati tashkiliy ishlar va kadrlar masalalari boʻyicha guruh rahbarlari ish haqini Axborot-tahlil guruhlari rahbarlarinikiga tenglashtirilgan holda;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlar va tumanlar hokimliklari apparati tashkiliy ishlar va kadrlar masalalari boʻyicha guruh rahbarlari ish haqini yagona tarif setkasi boʻyicha hozirgi kunda belgilanganidan bir razryadga koʻtarilgan holda moliyalashtirishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 1997-yil 17-iyundagi 301-son qarorining 1, 2, 5-ilovalariga, “Shaharlar va tumanlar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 1997-yil 30-sentabrdagi 459-son qarorining 1, 2, 3, 4, 9, 10, 11, 12-ilovalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov va Prezidentning Tashkiliy-kadrlar ishlari boʻyicha davlat maslahatchisi zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 3-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
303-son