26.11.2002 yildagi 407-son
Hujjat 23.05.2009 sanasi holatiga
Hujjat 26.05.2025 sanasi holatiga
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
qarori
YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLARNI ROʻYXATDAN OʻTKAZISHNI HAMDA ULAR TOMONIDAN SAVDO FAOLIYATI AMALGA OSHIRILISHINI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLARNI ROʻYXATDAN OʻTKAZISHNI HAMDA ULAR TOMONIDAN SAVDO FAOLIYATI AMALGA OSHIRILISHINI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Yuridik va jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishda hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishida ularga qoʻyiladigan talablarni birxillashtirish, savdo korxonalarining savdo operatsiyalari yuzasidan iqtisodiy va mulkiy javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

2. Belgilansinki, buyum bozorlarida import isteʼmol tovarlari bilan chakana savdo qilish tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan hamda “erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtirilgan yuk bojxona deklaratsiyasi, muvofiqlik sertifikatlari mavjud boʻlganda, bojxona toʻlovlari va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganda import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasiga ega boʻlgan jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
2. Belgilansinki, bozorlarda va savdo komplekslarida import isteʼmol tovarlari bilan chakana savdo qilish tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan hamda “erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtirilgan yuk bojxona deklaratsiyasi, muvofiqlik sertifikatlari mavjud boʻlganda, tegishli majburiy toʻlovlar toʻlanganda jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Bunda import isteʼmol tovarlarini olib kelish va ularni bojxonada rasmiylashtirish jismoniy shaxslar — yakka tartibdagi tadbirkorlarning oʻzlari tomonidan amalga oshirilishi shart.
Bunda import isteʼmol tovarlarini olib kelish va ularni bojxonada rasmiylashtirish jismoniy shaxslar — yakka tartibdagi tadbirkorlarning oʻzlari tomonidan amalga oshirilishi shart.
Chakana savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar belgilangan tartibda daromadlar va tovar operatsiyalari hisobini yuritishlari shart.
Chakana savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar belgilangan tartibda daromadlar va tovar operatsiyalari hisobini yuritishlari shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar daromadlarini va tovar operatsiyalarini hisobga olish tartibini oʻn kun muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.

3. Ulgurji va chakana savdo faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari 2003-yil 1-yanvargacha savdo faoliyati bilan shugʻullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar qayta roʻyxatdan oʻtkazilishini, ularning hujjatlari va savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomalari mazkur qaror talablariga qatʼiy muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2002-yil 26-noyabr,
2002-yil 26-noyabr,
407-son
407-son
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qaroriga
ILOVA
Ulgurji va chakana savdo faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan yagona yondashuvlar va talablarni taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan hamda yuridik shaxslar tomonidan ulgurji va chakana savdoni amalga oshirish, shuningdek jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish va ular tomonidan chakana savdoni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
1. Ushbu Nizom savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan yagona yondashuvlar va talablarni taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan hamda yuridik shaxslar tomonidan ulgurji va chakana savdoni amalga oshirish, shuningdek jismoniy shaxslarni ular tomonidan chakana savdoni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom oʻzlari mahsulot ishlab chiqaruvchi va sotuvchi yuridik shaxslarga, shuningdek elektron tijoratga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ushbu Nizom oʻzlari mahsulot ishlab chiqaruvchi va sotuvchi yuridik shaxslarga, tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Nizomda foydalaniladigan asosiy tushunchalar va taʼriflar:
2. Ushbu Nizomda foydalaniladigan asosiy tushunchalar va taʼriflar:
bozor — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan joylarda va belgilangan qoidalar boʻyicha savdo faoliyatini amalga oshirish uchun moʻljallangan, belgilangan tartibda ana shunday maqom olgan doimiy yoki vaqtinchalik asosda faoliyat koʻrsatadigan mulkiy kompleks;

ulgurji savdo — tijorat maqsadlarida yoki oʻz ishlab chiqarish-xoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalanish uchun hisob-kitoblarning naqdinasiz shaklida xarid qilinadigan tovarlarni sotish;
ulgurji savdo — tijorat maqsadlarida yoki oʻz ishlab chiqarish-xoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalanish uchun hisob-kitoblarning naqdinasiz shaklida xarid qilinadigan tovarlarni sotish;
chakana savdo — savdo sohasida yakuniy isteʼmol uchun, undan tijorat maqsadlarida foydalanish huquqisiz aholiga tovarlarni donalab yoki koʻp boʻlmagan miqdorlarda naqd pulga sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirish;
chakana savdo — savdo sohasida yakuniy isteʼmol uchun undan tijorat maqsadlarida foydalanish huquqisiz aholiga tovarlarni donalab yoki koʻp boʻlmagan miqdorlarda (sonda) naqd pulga yoki bank plastik kartalari (korporativ bank kartasi bundan mustasno) yoxud kontaktsiz onlayn toʻlov tizimlari orqali sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirish;
turgʻun chakana savdo shoxobchasi — joylardagi davlat hokimiyati organlari qarori bilan ajratilgan yer uchastkalaridagi Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi organlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha qurilgan, sanitariya va yongʻin xavfsizligi normalari va talablariga javob beradigan, savdo zaliga, savdo asbob-anjomlariga hamda tovarlarni saqlash, sortlarga ajratish va qadoqlash uchun xonalarga ega boʻlgan, shuningdek nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlangan obyekt (bino, inshoot).

II. Ulgurji savdoni amalga oshirish tartibi
II. Ulgurji savdoni amalga oshirish tartibi
3. Ulgurji savdo bilan yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, faqat ular tegishli litsenziya olgan taqdirda, shugʻullanishlari mumkin.
10. Tovarlar faqat tuzilgan shartnomalar asosida va oʻzaro hisob-kitoblarning naqd pulsiz shaklida ulgurji sotilishi mumkin.
3. Ulgurji savdo bilan yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar shugʻullanishlari mumkin.
10. Tovarlar tuzilgan shartnomalar asosida va oʻzaro hisob-kitoblarning naqd pulda yoki naqd pulsiz shaklida, shu jumladan plastik kartochkalardan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan foydalangan holda ulgurji sotilishi mumkin. Bunda, hisob-kitoblar bitta shartnoma doirasida respublikada belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorigacha naqd pulda nazorat-kassa mashinalaridan foydalangan holda amalga oshirilishiga ruxsat etiladi (bundan identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalangan mahsulotlarni realizatsiya qilish mustasno).
Tovarlar identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etgan holda (identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalash talab etiladigan mahsulotlar uchun) ulgurji sotilishi mumkin.
11. Chakana savdo bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga ulgurji sotishda shartnomaga sotib oluvchi roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organining turgʻun savdo shoxobchasi mavjudligi va nazorat-kassa mashinasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi ilova qilinishi kerak.

Tovarlar kichik turkumlar bilan turgʻun savdo shoxobchalari orqali chakana savdo bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarga sotilgan taqdirda shartnomaga sotib oluvchi roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organining turgʻun savdo shoxobchasi mavjudligi va nazorat-kassa mashinasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi ilova qilinishi kerak.

12. Ulgurji savdoni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Shartnomaga sotib oluvchi (buyurtmachi) roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organining turgʻun savdo shoxobchasi mavjudligi hamda tovarlarni ulgurji va kichik partiyalar bilan chakana savdo bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarga, shuningdek yuridik shaxslarga elektron tijorat shaklida sotishda nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini ilova qilish talab etilmaydi.
12. Ulgurji savdoni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarni va yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
III. Yuridik shaxslar tomonidan chakana savdoni amalga oshirish tartibi
III. Yuridik shaxslar tomonidan chakana savdoni amalga oshirish tartibi
19. Tovarlarni chakana sotish yuridik shaxslar tomonidan faqat turgʻun savdo shoxobchalari orqali, nazorat-kassa mashinalarini majburiy qoʻllangan holda amalga oshirilishi mumkin. Chakana savdoni koʻchma ravishda (doʻkonchalarda) amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi, salqin ichimliklar va muzqaymoqlar sotish bundan mustasno.
19. Tovarlarni chakana sotish yuridik shaxslar tomonidan faqat turgʻun savdo shoxobchalari yoki koʻchma savdo obyektlari orqali, nazorat-kassa texnikalarini majburiy qoʻllangan holda amalga oshirilishi mumkin.
Savdo zalining maydoni 150 kv metrdan ortiq boʻlgan turgʻun savdo shoxobchalarida toʻlovni plastik kartochkalardan foydalangan holda amalga oshirish uchun toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha qabul qilish terminallarining mavjudligi taʼminlanishi kerak.
Yuridik shaxslar tomonidan tovarlarni chakana sotishni turgʻun savdo shoxobchalaridan tashqarida elektron tijorat shaklida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat-kassa texnikalaridan foydalanmasdan amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
Koʻchma savdoni faqat yuridik shaxslar tomonidan joylardagi davlat hokimiyati organlarining savdoni amalga oshirishning aniq muddatlari va joylari koʻrsatilgan holdagi ruxsatnomalari asosida, shuningdek tantanalar kunlarida, savdo xizmati koʻrsatish yuzasidan yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida, shartnomada koʻchma savdoga qoʻyiladigan tovarlar turlari va miqdorini koʻrsatgan holda amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
Turgʻun savdo shoxobchalarida va turgʻun savdo obyektlarida bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminalining mavjudligi taʼminlanishi kerak;
Tovarlarni naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha sotish chakana savdo korxonalari tomonidan oʻtgan oydagi oylik tovar aylanmasi umumiy hajmining 10 foizi doirasida amalga oshirilishi mumkin. Bunda tovarlar sotilishini hisoblab chiqish har bir oy boʻyicha alohida amalga oshiriladi. Tovarlarni oldingi oylar hisobiga sotishga yoʻl qoʻyilmaydi. Savdo tashkilotlariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari tovarlarni naqd pulsiz berish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirishda mazkur talablarga amal qilsinlar.
Koʻchma savdoni tadbirkorlik subyektlari tomonidan savdoni amalga oshirishning aniq muddatlari, joylari va ixtisoslashuv turlari koʻrsatilgan holda, koʻchma savdo obyektlarini elektron tarzda “K — SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
Chakana savdo korxonalariga tovarlarni tovar aylanmasi umumiy hajmining 10 foizidan ortiqcha naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha faqat ijtimoiy soha tashkilotlari va muassasalari (bolalar, davolash muassasalari, qariyalar uylari, bolalar uylari, nogironlar uylari, oʻquv va maʼrifat yurtlari)ga sotishga ruxsat beriladi.
Chakana savdo korxonalari (yakka tartibdagi tadbirkorlar)ga tovarlarni aholiga va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga naqd pulda nazorat-kassa texnikalaridan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa texnikalari yoki virtual kassadan foydalangan holda va hisob-kitoblarning naqd pulsiz shaklida, shu jumladan, plastik kartochkalardan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan foydalangan holda sotishga ruxsat beriladi. Bunda chakana savdo faoliyati bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan majburiy raqamli markirovkalangan tovarlarni realizatsiya qilishda ulgurji tarzda sotilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Chakana savdo korxonalari tomonidan tovarlarni yuridik shaxslarning korporativ plastik kartochkalari boʻyicha sotish mazkur bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshida nazarda tutilgan cheklashlarsiz amalga oshirilishi mumkin.

20. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar tovarlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarga, qonun hujjatlarida belgilangan holda sotish joylarida sotilayotgan tovarlarning muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlishlari shart. Sotiladigan tovarlar vitrinalarga qoʻyilgan boʻlishi va kelib chiqqan mamlakati, ishlab chiqaruvchisi va narxi koʻrsatilgan narxnomalarga ega boʻlishi kerak. Yaroqlilik muddatiga ega boʻlgan tovarlarni sotish chogʻida narxnomalarda yaroqlilik muddati ham koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
20. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar quyidagilarga majbur:
oʻz korxonasining toʻliq nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek ushbu maʼlumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kodni xaridorning tanishishi uchun qulay joylarda (asosan oʻzaro hisob-kitoblar amalga oshiriladigan joylarda) joylashtirishi. Bunda maxsus QR-kod soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organlari tomonidan shakllantirib beriladi;
tovarlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlishi;
qonun hujjatlarida belgilangan holda sotish joylarida sotilayotgan tovarlarning muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlishi.
Sotiladigan tovarlar vitrinalarga qoʻyilgan boʻlishi va kelib chiqqan mamlakati, ishlab chiqaruvchisi va narxi koʻrsatilgan narxnomalarga ega boʻlishi kerak. Yaroqlilik muddatiga ega boʻlgan tovarlarni sotish chogʻida narxnomalarda yaroqlilik muddati ham koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
21. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
21. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
IV. Yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chakana savdoni roʻyxatdan oʻtkazish va turgʻun chakana savdo shoxobchalari orqali amalga oshirish tartibi
22. Yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar chakana savdo bilan faqat turgʻun chakana savdo shoxobchasi joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimliklaridan chakana savdoni amalga oshirish huquqiga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ruxsat guvohnomasi olgan taqdirda shugʻullanishlari mumkin.
23. Chakana savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasini olish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar turgʻun savdo shoxobchasi joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
yakka tartibdagi tadbirkor chakana sotishni moʻljallayotgan tovarlar guruhlari koʻrsatilgan ariza;
jismoniy shaxsning yuridik shaxs boʻlmasdan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
yakka tartibdagi tadbirkorda chakana savdo faoliyatini amalga oshirish uchun moddiy-texnik bazaning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;
nazorat-kassa mashinasi oldindan roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organining maʼlumotnomasi;
24. Ruxsat guvohnomasi yakka tartibdagi tadbirkorlarga faqat tovarlarning saqlanishini, sortlarga ajratilishini va chakana sotish uchun qadoqlanishini taʼminlovchi oʻzining yoki boshqa yuridik shaxslardan ijaraga olingan, savdo asbob-anjomlari bilan jihozlangan chakana savdo obyektlari mavjud boʻlganda berilishi mumkin.
25. Ruxsat guvohnomasi faqat yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan uning chakana savdoni amalga oshirish tartibi, savdo qoidalari, chakana savdo sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, keltirilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi, shuningdek qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlik choralari bilan tanishligi yozma ravishda tasdiqlangandan keyin beriladi.
26. Ruxsat guvohnomasida ushbu guvohnoma bilan chakana sotishga ruxsat berilgan tovarlar turkumlari majburiy tartibda koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Yakka tartibdagi tadbirkorning oʻzi tomonidan import qilingan tovarlarni sotishda ruxsat beruvchi guvohnoma faqat roʻyxatdan oʻtkazish joyi boʻyicha davlat soliq inspeksiyasi tomonidan berilgan import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasi mavjud boʻlganda haqiqiydir.
27. Ruxsat guvohnomasi arizada koʻrsatilgan muddatga, lekin bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.
28. Ruxsat guvohnomasini chaqirib olish sud tartibida amalga oshiriladi.
29. Ruxsat guvohnomasining amal qilishi hafta mobaynida savdo aylanmasi mavjud boʻlmagan yoki naqd pul tushumini inkassatsiya qilish qoidalari buzilgan taqdirda xizmat koʻrsatuvchi bank axboroti asosida davlat soliq xizmati organi taqdimnomasiga koʻra oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turilishi mumkin. Ruxsatnomani bergan tuman (shahar) hokimligi ruxsat guvohnomasining amal qilishini tuzilgan shartnomalar boʻyicha tovarlar olinganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan taqdirda tiklashi mumkin. Ruxsat guvohnomasining amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq boʻlgan muddatga toʻxtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi.
30. Tovarlarni chakana sotish yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan faqat turgʻun savdo tarmoqlari orqali, nazorat-kassa mashinalari majburiy qoʻllangan holda amalga oshirilishi mumkin.
Savdo zalining maydoni 150 kv metrdan ortiq boʻlgan turgʻun savdo shoxobchalarida toʻlovni plastik kartochkalardan foydalangan holda amalga oshirish uchun toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha qabul qilish terminallarining mavjudligi taʼminlanishi kerak.
IV. Yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chakana savdoni turgʻun chakana savdo shoxobchalari orqali amalga oshirish tartibi
22. Yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar chakana savdo bilan qonun hujjatlariga muvofiq turgʻun chakana savdo shoxobchalari orqali chakana savdo bilan quyidagilar asosida shugʻullanishlari mumkin:
yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar;
yakka tartibdagi tadbirkorda chakana savdoni amalga oshirish uchun moddiy-texnik bazaning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
davlat soliq xizmati organining nazorat-kassa mashinasini oldindan roʻyxatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalari.
26. Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma tijorat maqsadi uchun ularning oʻzi olib kirayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Bunda import qilingan tovarlarni sotish ushbu guvohnoma mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
30. Tovarlarni chakana sotish yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan faqat turgʻun oʻzining yoki ijaraga olingan savdo tarmoqlari orqali, nazorat-kassa mashinalari majburiy qoʻllangan holda amalga oshirilishi mumkin.
Turgʻun savdo shoxobchalarida bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminalining mavjudligi taʼminlanishi kerak;
31. Chakana savdoni turgʻun savdo tarmoqlari orqali amalga oshirishda tovarlarni savdo shoxobchasidan tashqarida, shu jumladan doʻkonchalar orqali sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.
31. Chakana savdoni turgʻun savdo tarmoqlari orqali amalga oshirishda tovarlarni savdo shoxobchasidan tashqarida, shu jumladan doʻkonchalar orqali sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.
32. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarga, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda sotish joylarida sotilayotgan tovarlarning muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlishlari shart. Sotiladigan tovarlar vitrinalarga qoʻyilgan boʻlishi va kelib chiqqan mamlakati, ishlab chiqaruvchisi va narxi koʻrsatilgan narxnomalarga ega boʻlishi kerak. Yaroqlilik muddatiga ega boʻlgan tovarlarni sotish chogʻida narxnomalarda yaroqlilik muddati ham koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovarlarni chakana sotishni turgʻun savdo shoxobchalaridan tashqarida elektron tijorat shaklida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat-kassa mashinalaridan foydalanmasdan amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
32. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar quyidagilarga majbur:
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik va roʻyxatdan oʻtkazgan organning nomi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek ushbu maʼlumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kodni xaridorning tanishishi uchun qulay joylarda (asosan oʻzaro hisob-kitoblar amalga oshiriladigan joylarda, shuningdek, kirish va xaridorga ochiq boʻlgan boshqa joylarda) joylashtirishi. Bunda maxsus QR-kod soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organlari tomonidan shakllantirib beriladi;
tovarlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlishi;
qonun hujjatlarida belgilangan holda sotish joylarida sotilayotgan tovarlarning muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlishi.
Sotiladigan tovarlar vitrinalarga qoʻyilgan boʻlishi va kelib chiqqan mamlakati, ishlab chiqaruvchisi va narxi koʻrsatilgan narxnomalarga ega boʻlishi kerak. Yaroqlilik muddatiga ega boʻlgan tovarlarni sotish chogʻida narxnomalarda yaroqlilik muddati ham koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
33. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
33. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
V. Yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chakana savdoni roʻyxatdan oʻtkazish va buyum bozorlarida amalga oshirish tartibi
34. Yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar buyum bozorlarida chakana savdoni faqat quyidagilar boʻyicha amalga oshirish huquqiga egadirlar:
ilgari foydalanilgan tovarlar;
yakka tartibdagi tadbirkorlarning bevosita oʻzlari tomonidan keltirilgan import tovarlar;
oʻzlari tayyorlagan (sotilishi taqiqlanmagan) tovarlar;
ushbu tovarlarni ishlab chiqargan boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlardan sotib olingan tovarlar;
vatanimiz tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar ularning qonuniy tarzda sotib olinganligini tasdiqlovchi barcha hujjatlar mavjud boʻlganda hamda ular nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlangan turgʻun savdo shoxobchalari orqali sotilganda.
35. Buyum bozorlarida chakana savdoni amalga oshirmoqchi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkor ruxsat guvohnomasi olish uchun buyum bozori joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimligiga quyidagilarni taqdim etishi zarur:
yakka tartibdagi tadbirkor chakana savdoda sotishni moʻljallayotgan tovarlar guruhlari koʻrsatilgan ariza;
yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchining jismoniy shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
buyum bozori maʼmuriyatidan yakka tartibdagi tadbirkorga savdo joyi berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
36. Ruxsat guvohnomasi faqat yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan uning buyum bozorlarida chakana savdoni amalga oshirish tartibi, savdo qoidalari, chakana savdo sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, keltirilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi, shuningdek qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlik choralari bilan tanishligi yozma ravishda tasdiqlangandan keyin beriladi.
37. Ruxsat guvohnomasida ushbu guvohnoma bilan chakana sotishga ruxsat berilgan tovarlar guruhlari majburiy tartibda koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Yakka tartibdagi tadbirkorning oʻzi tomonidan import qilingan tovarlarni sotishda ruxsat beruvchi guvohnoma faqat roʻyxatdan oʻtkazish joyi boʻyicha davlat soliq inspeksiyasi tomonidan berilgan import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasi mavjud boʻlganda haqiqiydir.
38. Ruxsat guvohnomasi arizada koʻrsatilgan muddatga, lekin uch oydan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.
39. Ruxsat guvohnomasini chaqirib olish sud tartibida amalga oshiriladi.
40. Buyum bozorlarida tovarlarni chakana sotish yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan nazorat-kassa mashinalari qoʻllamasdan, daromadlar hisobini majburiy ravishda yuritgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Bunda tijorat maqsadida olib kelingan tovarlarni sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar kunlik tushumni belgilangan tartibda bank muassasalarining kassasiga topshirishi shart.
41. Import tovarlarni chakana savdoda sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkor yuridik shaxs boʻlmasdan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida, eksport-import operatsiyalarini va chakana savdoni amalga oshirish huquqi bilan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi kerak hamda uning roʻyxatdan oʻtkazish joyi boʻyicha davlat soliq inspeksiyasi tomonidan berilgan import operatsiyalar subyektining hisobga olish kartasiga, shuningdek respublika hududiga tovarlar keltirganligini va ularning bojxonada rasmiylashtirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga, muvofiqlik sertifikatlariga, bojxona toʻlovlari va qatʼiy soliq toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlishi shart.
42. Oʻzi tayyorlagan tovarlarni chakana sotishni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar ishlab chiqarish sharoitlarining mavjudligini tasdiqlovchi va davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlangan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan berilgan hujjatlarga ega boʻlishi shart.
V. Yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chakana savdoni savdo komplekslarida amalga oshirish tartibi
34. Yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar savdo komplekslarida chakana savdoni faqat quyidagilar boʻyicha amalga oshirish huquqiga egadirlar:
yakka tartibdagi tadbirkorlarning bevosita oʻzlari keltirishgan import tovarlar;
oʻzlari tayyorlagan (sotilishi taqiqlanmagan) tovarlar;
ushbu tovarlarni ishlab chiqargan boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlardan sotib olingan tovarlar;
mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari tovarlari — ularni qonuniy ravishda sotib olinganligini tasdiqlovchi barcha hujjatlar mavjud boʻlganda.
35. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan savdo komplekslarida chakana savdo quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchining jismoniy shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar;
savdo kompleksi maʼmuriyatining yakka tartibdagi tadbirkorga turgʻun savdo shoxobchasi (chakana savdo va xizmatlar sohasi turgʻun obyektlari) berish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi.
40. Savdo komplekslarida yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovarlarni chakana sotish fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini va toʻlovlarni plastik kartochkalardan qabul qilish boʻyicha toʻlov terminallarini majburiy qoʻllagan hamda identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga (identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalash talab etiladigan mahsulotlar uchun) rioya etgan holda amalga oshiriladi.
41. Import tovarlar savdosini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi kerak va uning tovarlarni respublika hududiga olib kelganligi faktini va ularning bojxonada rasmiylashtirilganligini, muvofiqlik sertifikatlari mavjudligini, bojxona toʻlovlari va belgilangan soliq toʻlanganini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlishi shart.
43. Mazkur tovarlarni ishlab chiqargan boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlardan sotib olingan tovarlarni chakana sotishni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar yakka tartibdagi tadbirkor-ishlab chiqaruvchi bilan tuzilgan sotilayotgan tovarlarning oldi-sotdi shartnomasiga ega boʻlishlari shart. Shartnomada quyidagi rekvizitlar majburiy tartibda koʻrsatilgan boʻlishi kerak:

yakka tartibdagi tadbirkorlar — sotuvchi va sotib oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi;
yakka tartibdagi tadbirkorlar — sotuvchi va sotib oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi;
yakka tartibdagi tadbirkorlarning — sotuvchi va sotib oluvchi pasportlarining seriyasi, tartib raqami va berilgan sanasi;
yakka tartibdagi tadbirkorlarning — sotuvchi va sotib oluvchi pasportlarining seriyasi, tartib raqami va berilgan sanasi;
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarning tartib raqami va berilgan sanasi hamda guvohnomani bergan davlat hokimiyati organlari;
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarning tartib raqami va berilgan sanasi hamda guvohnomani bergan davlat hokimiyati organlari;
soliq toʻlovchilarning va roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq inspeksiyasining indentifikatsiya raqamlari;
soliq toʻlovchilarning va roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq inspeksiyasining indentifikatsiya raqamlari;
bank muassasasida hisob raqamlari mavjud boʻlgan taqdirda bank rekvizitlari.
bank muassasasida hisob raqamlari mavjud boʻlgan taqdirda bank rekvizitlari.
44. Buyum bozorlarida chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
44. Savdo komplekslarida chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
VI. Ushbu Nizomga rioya etilishi yuzasidan javobgarlik va nazorat
VI. Ushbu Nizomga rioya etilishi yuzasidan javobgarlik va nazorat
45. Savdo faoliyatini ruxsat guvohnomasisiz yoxud uning amal qilishi toʻxtatib turilgan yoki u olib qoʻyilgan davrda amalga oshirish faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirish hisoblanadi va buning uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qoʻllanadi.
46. Buyum bozorlarida chakana savdoni amalga oshirayotgan va yuridik shaxs boʻlmasdan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat soliq inspeksiyasida davlat roʻyxatidan oʻtmagan, tadbirkorlik faoliyati uchun tovarlar olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor sotadigan joylarda import tovarlar mavjud boʻlishi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qoʻllanilgan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan faoliyat sifatida qaraladi.
47. Savdo qoidalari buzilganda, sanitariya normalari va yongʻin xavfsizligi qoidalari bajarilishi taʼminlanmaganda, savdoni amalga oshirish huquqi uchun yigʻim yoki alohida tovarlar bilan savdoni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya yigʻimi toʻlanmaganda ruxsat guvohnomasi qoida buzilishlari bartaraf etilgunga qadar olib qoʻyilishi mumkin.
45. Qonun hujjatlariga muvofiq talab qilinadigan hujjatlarni rasmiylashtirmasdan yoxud ularning amal qilishini toʻxtatish yoki qaytarib olish davrida savdo faoliyatini amalga oshirishga, qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini qoʻllangan holda, faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirish sifatida qaraladi.
46. Savdo kompleksida chakana savdoni amalga oshirayotgan va yuridik shaxs boʻlmasdan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat soliq inspeksiyasida davlat roʻyxatidan oʻtmagan, tadbirkorlik faoliyati uchun tovarlar olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor sotadigan joylarda import tovarlar mavjud boʻlishi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qoʻllanilgan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan faoliyat sifatida qaraladi.
461. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash qoida va tartiblariga rioya etmagan holda ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish, qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini qoʻllangan holda, savdo qoidalarini buzish sifatida qaraladi.
47. Savdo qoidalari buzilganda, sanitariya normalari va yongʻin xavfsizligi qoidalari bajarilishi taʼminlanmaganda, savdoni amalga oshirish huquqi uchun yigʻim yoki alohida tovarlar bilan savdoni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya yigʻimi toʻlanmaganda savdo faoliyatini amalga oshiruvchi aybdor xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qoʻllanadi.
48. Ushbu Nizomga rioya etilishini nazorat qilish davlat soliq xizmati organlariga, shuningdek joylardagi davlat hokimiyati organlariga yuklanadi.
48. Ushbu Nizomga rioya etilishini nazorat qilish davlat soliq xizmati organlariga, shuningdek joylardagi davlat hokimiyati organlariga yuklanadi.
Ulgurji va chakana savdo faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
3-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
_______________________hokimligi
‎‎

Blankaning seriyasi
‎va tartib raqami

Chakana savdoni amalga oshirish huquqi uchun
‎RUXSAT GUVOHNOMASI

‎Surat oʻrni

200_____ yil___ _________ №

‎‎
‎‎
__________________________________________________________________ga berildi.‎

(yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi)

Pochta manzili ______________________________________________________‎‎
‎‎Pasport seriya___________________ № ________________________tomonidan berilgan
Soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami__________________________

‎___________________________________________________________ joylashgan

(chakana savdo turgʻun savdo shoxobchasi orqali amalga oshirilganda toʻldiriladi)

turgʻun savdo shoxobchasi orqali

200 ____ yil “___”___________________gacha

Quyidagi______________________________________________________________
‎‎_____________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________
___________________________________________tovar guruhlari bilan

‎chakana savdoni amalga oshirish huquqi berildi.

‎‎Nazorat-kassa mashinasi __________________________ davlat soliq inspeksiyasida
‎ ____________ tartib raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan.

‎MOʻ‎

‎____________ imzo