07.11.2017 yildagi PF-5229-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi vaqtlarda aholini va sog‘liqni saqlash muassasalarini arzon dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalari bilan ta’minlashni yaxshilashga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, farmatsevtika tarmog‘idagi ishlarning mavjud holatini o‘rganish tibbiyot muassasalari va aholining dori vositalari, tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishi ustidan tizimli monitoring va nazorat, davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida tibbiyot texnikasi holatining lozim darajadagi hisobi va tahlili mavjud emasligini ko‘rsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmatsevtika tarmog‘ini barqaror rivojlantirishning yagona strategiyasi ishlab chiqilmagan hamda mahalliy farmatsevtika korxonalarining faoliyatini, shu jumladan tegishli mahsulotlarni aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarining ularga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatini lozim darajada muvofiqlashtirish ta’minlanmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deyarli tayyor mahsulot bo‘lgan import xom ashyosidan foydalangan holda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarishning keng tarqalgan amaliyoti hamda texnologik jarayonlarning past darajada ekanligi yuqori sifatli va raqobatbardosh farmatsevtika mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqarishni tashkil etishga to‘sqinlik qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmatsevtika faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalari bilan ta’minlanganlik darajasini yanada oshirish, ularning ishlab chiqarilishi, olib kirilishi va sotilishini muvofiqlashtirishning yagona tizimini joriy etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb yuritiladi) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalari ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbek kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot institutini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot institutini Agentlikka berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PF-5707-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2019-y., 06/19/5707/2923-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z balansiga, bank muassasalarida hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor tomonidan boshqariladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktorining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan o‘rinbosarlari bo‘ladi.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi PF-20-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2024-y., 06/24/20/0063-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktori maqomi, maishiy, tibbiy va transport xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agentlikka kuyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mamlakat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha ishini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik vakolatiga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlardan hujjatlar, statistik ma’lumotlar, hisobotlar, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa axborotlarni so‘rash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalarini, shu jumladan chet eldan import qilinayotganlarini o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va sertifikatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalarining yuqori malakali xodimlarini va mutaxassislarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot almashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farmatsevtika tarmog‘ining erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish va faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, ularni boshqarish masalalarini kelishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, axborot materiallari, davriy nashrlar va boshqa bosma mahsulotlarni chiqarish hamda tarqatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farmatsevtika korxonalarini GMP qoidalariga muvofiqligi yuzasidan sertifikatsiyadan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farmatsevtika tarmog‘i mutaxassislarining malakasini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning tashkiliy tuzilmasini, Agentlik markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalari tashkiliy-shtat tuzilmasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizomni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Agentlik faoliyatini moliyalashtirishga mablag‘larni 2017-yilda asoslantirilgan hisob-kitoblar bo‘yicha ajratsin hamda har yili O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlarida nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Toshkent shahar hokimligi ikki hafta muddatda Agentlikni unga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan bino bilan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “O‘zfarmsanoat” DAK a’zolarining konsern mulki va boshqa tovar-moddiy boyliklarini Agentlikka o‘tkazish bilan uni tugatish to‘g‘risidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “O‘zmedeksport” respublika tashqi iqtisodiy davlat korxonasini Sog‘liqni saqlash vazirligining “O‘zmedimpeks” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda “O‘zmedimpeks” DUK deb yuritiladi) etib qayta nomlash;
(10-band b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PF-5707-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2019-y., 06/19/5707/2923-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zmedlizing” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini “O‘zmedimpeks” DUKga davlat ulushi bo‘yicha aksiyador funksiyasini bergan holda operativ boshqaruvga berish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PF-5460-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2018-y., 06/18/5460/1380-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zmedimpeks” DUK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2018-yil 1-yanvarga kadar muddatda ijtimoiy dorixonalarni davlat sog‘liqni saqlash muassasalari (tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, qishloq oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlari), davlat mulkida bo‘lgan bo‘sh turgan bino va inshootlar negizida 2018-yil 1-dekabrga qadar muddatda zarur hollarda kapital-ta’mirlash ishlarini o‘tkazib, keyinchalik ularning hamma joyda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlagan holda joylashuvini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017-2018-yillarda ijtimoiy dorixonalarni tasdiqlangan normativlarga muvofiq ravishda jihozlash uchun Budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasidan zarur mablag‘larni yo‘naltirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda “O‘zmedimpeks” DUK buyurtmalari bo‘yicha davlat mulki bo‘lgan inshootlardan va boshqa mulklardan beg‘araz foydalanishga, shu jumladan ijtimoiy dorixonalar tashkil etish uchun taqdim qilishni ta’minlab borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlari hisobidan ijtimoiy dorixonalarni kapital ta’mirlash, shuningdek, muhandislik infratuzilmalarini joylashtirish, hududlarini obodonlashtirish va ularning loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga mablag‘lar ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi 2018-yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturida ijtimoiy dorixonalarning qurilishi va rekonstruksiya qilinishi uchun tasdiqlangan va ekspertizadan o‘tkazilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq markazlashtirilgan kapital mablag‘lar limitlarini ajratishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi PQ-2647-son qarori bilan tashkil etilgan Davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari bilan ta’minlashni nazorat qilish respublika komissiyasi uning funksiyalarini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuklagan holda tugatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PF-5707-son Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2019-y., 06/19/5707/2923-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “O‘zmedimpeks” DUK 2023-yil 1-yanvarga kadar barcha turdagi soliq va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar to‘lashdan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyurtmalari bo‘yicha dori vositalari, tibbiyot buyumlari, tibbiyot texnikalari va maxsus tibbiyot avtotransporti yetkazib berish shartnomalari yuzasidan bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) to‘lashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ro‘yxatga olish, narxini belgilash tartibini takomillashtirishni, qonunchilikka “in bulk” mahsulotning aniq belgilangan tushunchasini kiritishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ushbu Farmon talablarini hisobga olgan holda ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining qat’iy narxini, shuningdek, dori vositalari va tibbiyot buyumlarining tartibga solinadigan narxlarini belgilash tartibini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalarini ularning xalqaro va milliy standartlarga muvofiqligini hisobga olgan holda mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar deb topish mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalarini mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar deb topish mezonlarini tasdiqlangan kundan boshlab dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalarini mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar deb topish nuqtai nazaridan ularning ishlab chiqarilishini texnologik auditdan o‘tkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalarini olib kirish bo‘yicha yagona logistika markazini tashkil etish yuzasidan takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida yaratilgan loyihalarni bajarish guruhlari faoliyatining samaradorligini o‘rgansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-sentabrdagi PF-5185-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining faoliyati va tuzilmasi tanqidiy qaytadan ko‘rib chiqilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur ishlar jarayonida Sog‘liqni saqlash vazirligining budjetni shakllantirish, taqsimlash va budjet mablag‘larini sarflashdagi mustaqilligini oshirishni inobatga olgan holda sog‘liqni saqlash idoralari va muassasalarining moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. “O‘zmedimpeks” DUKga olib kirilayotgan dori vositalari, tibbiyot buyumlari, tibbiyot texnikalari va maxsus tibbiyot avtotransportlarini “O‘zmedimpeks” DUK rahbariyati tomonidan ularni saqlab turishning zarur shart-sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarni qabul qilgan holda “vaqtincha saqlash” va “bojxona ombori” bojxona rejimi ostida shaxsiy hamda ijaraga olingan omborlarga joylashtirishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda “O‘zmedimpeks” DUKni unga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan bino va xonalar bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 7-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5229-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2017-y., 06/17/5229/0222-son, 21.06.2018-y., 06/18/5460/1380-son; 11.04.2019-y., 06/19/5707/2923-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son; 24.01.2024-y., 06/24/20/0063-son; 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)