24.10.2017 yildagi 866-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida eksportbop meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, saqlash va qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan zamonaviy agrokompleks faoliyatini kengaytirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish, hududda eksportbop meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, saqlash va qayta ishlashni yanada kengaytirish hamda ushbu yoʻnalishga ixtisoslashtirilgan zamonaviy agrokompleks faoliyatini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi qishloq xoʻjaligi texnikasini saqlash, ularga servis xizmati koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirilgan “Boyovut tezkor madad” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga (keyingi oʻrinlarda jamiyat deb ataladi) Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda “OʻzRTXB” AJ deb ataladi) tomonidan 2,8 mlrd soʻmlik moliyaviy yordam koʻrsatilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻzRTXB” AJning moliyaviy yordam mablagʻlari uning jamiyat ustav fondidagi ulushi sifatida kiritilishi toʻgʻrisida jamiyatning qarori qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “OʻzRTXB” AJ tomonidan jamiyatga ajratilgan moliyaviy yordam mablagʻlari jamiyatning ustav fondiga yoʻnaltirilishi yoʻli bilan “OʻzRTXB” AJ jamiyatning ishtirokchisi boʻlishiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “OʻzRTXB” AJ Sirdaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda bir hafta muddatda jamiyatning taʼsis hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “OʻzRTXB” AJ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat negizida zamonaviy agrokompleks tashkil qilishni va yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, konservatsiya qilish hamda saqlash loyihalari amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrokompleksning eksport salohiyatini yanada oshirish va yangi ish oʻrinlar yaratish boʻyicha 2017-2018-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sirdaryo viloyati hokimligi jamiyat negizida yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish maqsadida qoʻshimcha yer maydonlarini belgilangan tartibda ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ.Gʻ. Mirzayev va Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.R. Nagayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 24-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
866-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2017-y., 09/17/866/0169)