Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2023 18.10.2017 yildagi PQ-3337-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli “Madaniyat va sanʼat sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, madaniyat va sanʼat sohasi vakillari uchun har tomonlama qulay sharoit yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahri, Taras Shevchenko koʻchasi, 1-uy manzilda joylashgan bino va inshootlarni tegishli hududi bilan birgalikda (keyingi oʻrinlarda obyekt deb yuritiladi) operativ boshqarish huquqi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga bepul berish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent shahri hokimligi obyektni bir oy muddatda belgilangan tartibda topshirsin, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qabul qilib olsin hamda obyektni saqlash va undan samarali foydalanish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda “Asaka” aksiyadorlik tijorat bankini banklarga qoʻyiladigan talablarga javob beradigan binoga joylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2778-son qarori matnining 9-bandidagi “Mustaqillik maydoni, 5-uyda” soʻzlari “Taras Shevchenko koʻchasi, 1-uyda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tuzilmasini maqbullashtirish va uning faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-son qarorining 8-bandi hamda unga 5-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Toshkent shahri hokimi R.J. Usmonov va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 18-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3337-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 07/17/3337/0135-son)