16.10.2017 yildagi 832-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.10.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar yigʻilishini amalga oshirish uchun uchastka soliq inspektorlarini toʻlov terminallari bilan taʼminlash toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Uchastka soliq inspektorlari oʻzlariga biriktirilgan uchastkada mol-mulk soligʻi va yer soligʻi toʻlovchi jismoniy shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslarni hisobga olish yuzasidan tegishli ishlarni bajarishlari hamda ularning tegishli soliqlarni oʻz vaqtida toʻlashini nazorat qilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlariga 2017-yilning 1-noyabridan boshlab, belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari toʻlovlari hisobiga mablagʻlarni toʻlov terminallari orqali bevosita jismoniy shaxslarning bank plastik kartochkalaridan undirilishini amalga oshirish tartibi belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tijorat banklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga 2017-yil 1-noyabrga qadar uchastka soliq inspektorlari uchun 2190 ta zamonaviy koʻp funksiyali toʻlov terminallari ajratsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlaridan toʻlov terminallari ajratish toʻgʻrisidagi murojaati kelib tushgan davrdan boshlab yetti ish kuni davomida ularni tegishli dasturiy taʼminotli zamonaviy koʻp funksiyali toʻlov terminallari bilan taʼminlasinlar, shuningdek ularni uchastka soliq inspektorlari tomonidan qoʻllash tartibi toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov terminallari orqali toʻlangan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha pul mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining daromadlar boʻyicha tegishli gʻazna hisobvaraqlariga joriy bank kuni oxiriga qadar kelib tushishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soliqlarining toʻlov terminallari orqali bank plastik kartochkalaridan davlat soliq xizmati organlariga va tijorat banklariga kelmasdan toʻlash imkoniyati mavjudligini aholi oʻrtasida ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi raisi B.R. Parpiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 16-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
832-son