14.10.2017 yildagi 825-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qadimiy Buxoro” turizm zonasini qurish” loyihasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2019-yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-maydagi PQ-2980-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek “Qadimiy Buxoro” turizm zonasini qurish” loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni jadal hal etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Buxoro viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Buxoro shahridagi G‘ijduvon ko‘chasi va “Ko‘hna va boqiy Buxoro” madaniy-ma’rifiy kompleksi oralig‘ida 10,0 gektar yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2017 — 2019-yillar davrida “Qadimiy Buxoro” turizm zonasini qurish” loyihasi (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirilishini samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan Buxoro shahrida “NBU Bukhara Invest” MChJ investitsiya kompaniyasi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda “Qadimiy Buxoro” turizm zonasi hududini arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihasini, xalqaro tajribani hisobga olgan holda, uch oy muddatda ishlab chiqsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashiga kelishish uchun belgilangan tartibda taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qadimiy Buxoro” turizm zonasini qurish loyihasi va zonada joylashadigan obyektlar loyiha-smeta hujjatlarining ishlab chiqilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga va “NBU Bukhara Invest” MChJga Buxoro viloyati hokimligi bilan kelishgan holda quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish doirasida alohida obyektlar qurilishi uchun, shu jumladan investorlar ishtirokida 100 foizgacha ulushli korxonalar barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shu jumladan boshqa investorlarga tijorat kreditlari yoki “Qadimiy Buxoro” turizm zonasi korxonalarining ustav kapitallaridagi ulushni kiritilgan (milliy va xorijiy valyutadagi) mablag‘larni bozor qiymati bo‘yicha valyutada, lekin barcha xarajatlar va investitsiyalar summasidan kam bo‘lmagan miqdorda ajratgan holda obyektni (obyektlar kompleksini) amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga va “NBU Bukhara Invest” MChJga, shuningdek loyihani amalga oshirish ishtirokchilariga — tadbirkorlik subyektlariga, istisno tariqasida, 2017 — 2019-yillar davrida “Qadimiy Buxoro” turizm zonasi obyektlarini loyihalash va qurishga yetakchi, shu jumladan xorijiy arxitektorlar va muhandislarni jalb qilishga, shuningdek eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida tender savdolari o‘tkazmasdan yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan pudrat tashkilotlarini hamda tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarni aniqlashga, texnik topshiriqlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK bilan majburiy tartibda kelishib olishga ruxsat etilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-martdagi 254-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2019-y., 09/19/254/2839-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Buxoro viloyati hokimligi quyidagilarni belgilangan tartibda ta’minlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga va “NBU Bukhara Invest” MChJga, loyihalash va pudrat tashkilotlariga ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda har tomonlama ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zbekenergo” AJ bilan birgalikda “Qadimiy Buxoro” turizm zonasi obyektlarini zarur muhandislik (gaz quvurlari, elektr tarmoqlari, suv quvurlari va kanalizatsiya) kommunikatsiyalariga ulash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan tasdiqlanadigan “NBU Bukhara Invest” MChJ buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarining belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan tasdiqlanadigan “NBU Bukhara Invest” MChJ buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalarning uzaytirilishini, shuningdek ularning vaqtinchalik yashash joylarida vaqtinchalik propiska qilinishini hamda uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi loyihani amalga oshirish doirasida qurilayotgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati, shaharsozlik norma va qoidalariga qat’iy rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati olib borilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan tasdiqlanadigan “NBU Bukhara Invest” MChJ buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashadigan (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida mavjud bo‘lmagan) yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va turizmni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga hamda Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentiga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi S.R. Xolmurodov hamda Buxoro viloyati hokimi O‘.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 14-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
825-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/825/0116; 27.03.2019-y., 09/19/254/2839-son)