29.09.2017 yildagi PQ-3300-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan naqd pulga tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalar qo‘llanishini yanada takomillashtirish, shuningdek, aholi bilan pulli hisob-kitob qilishni tezkor hisobga olish va nazorat qilish tizimini kengaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5116-sonli Farmoniga muvofiq Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida davlat soliq xizmati organlariga hisob-kitoblar haqidagi ma’lumotlarning onlayn rejimida uzatilishini ta’minlaydigan nazorat-kassa mashinalarini ko‘llash orqali naqd pul va naqd pulsiz shakldagi tushumlar, shu jumladan, elektron to‘lovlar ustidan avtomatlashtirilgan nazorat tizimi joriy etilishi, respublikamizning qolgan hududlarida mazkur tizim bosqichma-bosqich kiritilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasining aholi bilan naqd pulda amalga oshirilgan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga onlayn rejimida uzatib borish funksiyasiga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarining (keyingi o‘rinlarda — onlayn NKM) zamonaviy modellarini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda amalga oshiriladigan hisob-kitoblar hajmini aniqlash uchun 2018-yilning 1-yanvaridan 30-martigacha Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlar markazlarida 500 dan 1000 gacha bo‘lgan onlayn NKMlar tajriba sinovi tariqasida amaliyotga joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilning 1-iyulidan boshlab Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlar markazlarida barcha yuridik shaxslar tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda aholi bilan naqd puldagi hisob-kitoblarni majburiy tarzda onlayn NKM yordamida amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilning 1-dekabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha yuridik va jismoniy shaxslar tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda aholi bilan naqd puldagi hisob-kitoblarni majburiy tarzda faqat onlayn NKMni qo‘llagan holda amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarorning mazkur bandi qoidalari qonunchilikka muvofiq faoliyatining o‘ziga xos xususiyati sababli nazorat-kassa mashinalarini ko‘llamasdan amalga oshirishi mumkin bo‘lgan ayrim toifadagi yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek, telekommunikatsiya tarmoqlari bilan qamrab olinmagan olis va borish qiyin bo‘lgan aholi punktlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslarga tatbiq etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ushbu bandda belgilangan muddatlar tugagandan keyin onlayn NKMlarni qo‘llamasdan tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish nazorat-kassa mashinasini qo‘llash tartibini buzish deb qaraladi va qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat soliq qo‘mitasi va uning hududiy organlari 2018-yilning 1-mayidan yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli onlayn NKMlarni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va ro‘yxatdan chiqarilishini, shu jumladan, jahon informatsion Internet tarmog‘i orqali masofadan xizmat ko‘rsatish imkoniyatlaridan foydalangan xolda, o‘zlari faoliyat yuritayotgan shahar va tumanlarda amalga oshirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.X. Shermatov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qo‘mitasi (B.R. Parpiyev) va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda telekommunikatsiya tarmoqlari bilan qamrab olinmagan olis va borish qiyin bo‘lgan aholi punktlari ro‘yxatini tasdiqlasin hamda har yili yangilab borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiya tarmoqlari bilan qamrab olinmagan olis va borish qiyin bo‘lgan aholi punktlari ro‘yxatini har kalendar yilning 25-dekabriga kadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Onlayn NKMdan kelib tushadigan fiskal ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash, saqlash, joylash va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga so‘rovga muvofiq uzatish fiskal ma’lumotlar operatori tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (B.R. Parpiyev) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.X. Shermatov) va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda fiskal ma’lumotlar operatorining faoliyatini tartibga soladigan Nizomni tasdiqlasin va fiskal ma’lumotlar operatori funksiyasini bajaradigan yuridik shaxsni aniqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi (F.X. Bokiyev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.X. Shermatov), Davlat soliq qo‘mitasi (B.R. Parpiyev) va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2017-yilning 1-noyabrigacha keyinchalik cheklarning haqiqiyligini aniqlashda foydalaniladigan unikal kodli chek beradigan onlayn NKMga qo‘yiladigan yagona texnik talablarni belgilaydigan davlat standartini ishlab chiqsin va qonunchilikda belgilangan tartibda ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun “O‘zstandart” agentligiga taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onlayn NKMga qo‘yiladigan yagona texnik talablar konfiguratsiyasi ma’lumotlarining ochiqligini ta’minlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa manfaatdor shaxslarni jalb qilgan holda, 2017-yilning 1-dekabrigacha respublikada onlayn NKM va (yoki) NKM tarkibida ishlash uchun mo‘ljallangan ma’lumotlarni onlayn rejimida davlat soliq xizmati organlariga uzatish funksiyasiga ega bo‘lgan maxsus qurilmalarni keng ishlab chiqarilishini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarga onlayn NKMni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish imkoniyatini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.X. Shermatov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) telekommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan, mobil aloqa operatorlari va provayderlariga pullik hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga uzluksiz uzatish xizmatlari taqdim etishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bazaviy stansiyalar, jumladan, SDMA-450 texnologiyalarini qo‘llagan holda stansiyalar sonini ko‘paytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqlar bilan, ayniqsa, olis va borish kiyin bo‘lgan aholi punktlarini qamrab olish zonalarini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onlayn NKMdan foydalanishda maxsus tarif rejalarini ishlab chiqish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (B.R. Parpiyev) O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (L.X. Tangriyev), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlari va aholi o‘rtasida mazkur qarorning maqsadi, mohiyati va amaliy ahamiyatini keng yoritish bo‘yicha tadbirlar tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (B.R. Parpiyev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va idoralar qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Bosh vazir o‘rinbosari D.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.R. Parpiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 29-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3300-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2017-y., 07/17/3300/0039-son)