28.09.2017 yildagi 773-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.03.2020
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-son qaroriga muvofiq, shuningdek ixtisoslashtirilgan sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish va ularni yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Moddiy-texnika resurslarining strategik turlarini sotishning maxsus tartibi to‘g‘risidagi Nizom 32-bandining birinchi xatboshiga “O‘zbekiston havo yo‘llari milliy aviakompaniyasi” so‘zlaridan keyin “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzuridagi “Toza hudud” davlat unitar korxonalari hamda “Toshkent shahar “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi” so‘zlari qo‘shilsin.