28.09.2017 yildagi PQ-3294-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili lavozimini joriy etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalari bilan hamkorligining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish, qonun ijodkorligi jarayonida va ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirishda Vazirlar Mahkamasi ishtirokining samaradorligini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini bajarishda Hukumat masʼuliyatini kuchaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi tuzilmasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili (keyingi oʻrinlarda Vakolatli vakil deb ataladi) lavozimi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Vakolatli vakilning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida koʻrib chiqiladigan qonunlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlashda oʻzaro yaqin hamkorligini taʼminlash, ularni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida koʻrib chiqish, kelishish va axborot berish jarayonlarida ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida qonunlar loyihalari, boshqa masalalarni muhokama etish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida qonun loyihalarini (qonunlarni) koʻrib chiqishda ishtirok etadigan Hukumat vakillari tarkibini shakllantirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan qonun ijodkorligi faoliyatida, avvalambor, mamlakat parlamentida qonunlarni koʻrib chiqish, muhokama etish va qabul qilish jarayonlarida yaqin hamkorligini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida koʻrib chiqiladigan qonun loyihalari, qonunlar, davlat dasturlari va boshqa masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kelishilgan nuqtai nazarini ifoda etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi — qonun ijodkorligi jarayoni, qonunchilik tashabbuslarining qabul qilinishi, parlament nazorati natijalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga taalluqli boshqa masalalarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida koʻrib chiqilishi haqida Vazirlar Mahkamasiga tizimli asosda axborot berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi — yangi qabul qilingan qonunlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, rejalari hamda qarorlari tayyorlanishini tashkil etish, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan amaldagi qonunlar bajarilishini oʻrganish hamda tahlil qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi — qonunlar, davlat dasturlarining bajarilishi va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha parlament nazoratini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ishtirokini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, Vakolatli vakil:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi, bir vaqtning oʻzida uning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vakolatli vakilga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish dasturlarining oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanishi hamda amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, ularning kengashlari, qoʻmitalari, komissiyalari (ishchi guruhlari), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi deputatlar birlashmalari majlislarida qonunlar loyihalari va qonunlarni koʻrib chiqishda ularni har tomonlama asoslash, iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va boshqa turdagi ekspertizadan toʻliq oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili apparatining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yangi joriy etilgan Vakolatli vakil lavozimi uchun Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning 19-razryadi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ishlar boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi binosida Vakolatli vakil uchun xona ajratilishini, shuningdek uni zarur uskunalar, kompyuter texnikasi, mebel, aloqa vositalari, jumladan, hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli vakil va uning apparatini Hukumat binosida joylashtirish, uning ishlarini samarali tashkil etish uchun tashkiliy va moddiy-texnik, shu jumladan transport taʼminoti masalalarini hal etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining shtat jadvaliga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar haqida bir oy muddatda takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 28-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3294-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-sentabrdagi PQ-3294-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
APPARATINING TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiningOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili

1


Qonun ijodkorligi faoliyatida OʻzbekistonRespublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan hamkorlik masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

1


Parlament nazoratini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan hamkorlik masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis

1


Inspektor (texnik xodim)

1


Jami:

4

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-sentabrdagi PQ-3294-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakilining (keyingi oʻrinlarda Vakolatli vakil deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va masʼuliyatini, shuningdek uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vakolatli vakil oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vakolatli vakil oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi, bir vaqtning oʻzida uning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Apparati boshqaruvchisi (keyingi oʻrinlarda Apparat boshqaruvchisi deb ataladi) tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vakolatli vakil Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) Oliy Majlis palatalari bilan oʻzaro hamkorligi masalasida oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari (keyingi oʻrinlarda Oliy Majlis palatalari deb ataladi), ularning kengashlari, qoʻmitalari, komissiyalari (ishchi guruhlari), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi deputatlar birlashmalari (keyingi oʻrinlarda deputatlar birlashmalari deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining (keyingi oʻrinlarda Ijro etuvchi apparat deb ataladi) tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Vakolatli vakilning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Vakolatli vakilning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro etuvchi apparatning tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Oliy Majlis palatalarida koʻrib chiqiladigan qonunlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlashda oʻzaro yaqin hamkorligini taʼminlash, ularni Ijro etuvchi apparatda koʻrib chiqish, kelishish va axborot berish jarayonlarida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida qonunlar loyihalari, boshqa masalalarni muhokama qilish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida qonun loyihalarini (qonunlarni) koʻrib chiqishda ishtirok etadigan Hukumat vakillari tarkibini shakllantirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalari bilan qonun ijodkorligi faoliyatida, ayniqsa, mamlakat parlamentida qonunlarni koʻrib chiqish, muhokama etish va qabul qilish jarayonlarida yaqin hamkorligini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalarida koʻrib chiqiladigan qonun loyihalari, qonunlar, davlat dasturlari va boshqa masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kelishilgan nuqtai nazarini ifoda etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun ijodkorligi jarayoni, qonunchilik tashabbuslarining qabul qilinishi, parlament nazorati natijalari va oʻz faoliyatiga taalluqli boshqa masalalarning Oliy Majlisi palatalarida koʻrib chiqilishi haqida Vazirlar Mahkamasini tizimli asosda xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi qabul qilingan qonunlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, rejalari hamda qarorlari tayyorlanishini tashkil etish, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan amaldagi qonunlar ijrosini oʻrganish hamda tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunlar, davlat dasturlari va boshqa yoʻnalishlar ijrosi boʻyicha parlament nazoratini amalga oshirishda Vazirlar Mahkamasining ishtirokini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vakolatli vakil zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Ijro etuvchi apparatning tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Oliy Majlis palatalarida koʻrib chiqiladigan qonunlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlashda oʻzaro yaqin hamkorligini taʼminlash, ularni Ijro etuvchi apparatda koʻrib chiqish, kelishish va axborot berish jarayonlarida ishtirok etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro etuvchi apparatning Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi, axborot-tahlil departamentlari bilan birgalikda qonun loyihalarini ishlab chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish boʻyicha dasturlar tayyorlanishi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish boʻyicha dasturlar ijrosini monitoring qilib boradi, shuningdek ularni oʻz vaqtida va sifatli bajarish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar ishini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan qonunlar loyihalarini har tomonlama ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek ularga ilova qilinadigan materiallarni puxta va sifatli tayyorlash maqsadida Ijro etuvchi apparat tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi, qonunlar loyihalarini tayyorlashda uslubiy yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro etuvchi apparatda qonunlar loyihalarini tayyorlash va iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy hamda boshqa turdagi ekspertizadan oʻtkazishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro etuvchi apparatning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan tayyorlangan qonunlar loyihalarini axborot berish uchun koʻrib chiqadi va rasmiylashtiradi, zarur hollarda ular yuzasidan oʻz takliflari va fikr-mulohazalarini bildiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va Apparat boshqaruvchisining topshirigʻiga muvofiq qonunlar loyihalarini tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida qonunlar loyihalari, boshqa masalalarni muhokama etish va Hukumat vakillari tarkibini shakllantirishda ishtirok etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi Rayosati koʻrib chiqishi uchun Ijro etuvchi apparat tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda qonunlar loyihalari va boshqa masalalar tayyorlanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim etiladigan qonunlar loyihalari, boshqa masalalarning Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida muhokama qilishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda, muhokama etiladigan qonunlar loyihalari, boshqa masalalar yuzasidan oʻz takliflari va eʼtirozlarini Vazirlar Mahkamasi Rayosati koʻrib chiqishi uchun taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi vakillarining roʻyxatni kelishadi, Oliy Majlis palatalarida qonunlar loyihalarini (qonunlarni) koʻrib chiqishda ishtirok etadigan nomzodlarni Vazirlar Mahkamasi vakillari tarkibiga kiritish uchun tavsiya qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qonun ijodkorligi faoliyatida Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalari bilan yaqin hamkorligini yoʻlga qoʻyish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalarida qonunlar loyihalarini koʻrib chiqish va muhokama qilish masalalari boʻyicha oʻtkaziladigan Oliy Majlis palatalari, ularning kengashlari, qoʻmitalari va komissiyalari (ishchi guruhlari), deputatlar birlashmalari majlislarida, shuningdek Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlar, hukumat va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarda, Apparat boshqaruvchisi oʻtkazadigan majlislarda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunlar loyihalarini (qonunlarni) koʻrib chiqish, muhokama qilish va qabul qilish, ushbu sohada tizimli muammolar hamda kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik masalalarida Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalari bilan oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalariga qabul qilinadigan qarorlar sifatini yaxshilash, huquqiy tartibga solishning tizimliligi va yaxlitligini, shuningdek ularning toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsirini taʼminlashga doir tegishli choralar koʻrishda amaliy yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunlar loyihalarida ulardagi normalarni amalga oshirishning aniq mexanizmlari mavjud boʻlishini tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunlar loyihalari, qonunlar va Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga taalluqli boshqa masalalarning Oliy Majlis palatalarida koʻrib chiqilishini monitoring qilib boradi va ularning tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasini yuritadi, uning muntazam yangilab turilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Oliy Majlisi palatalarida koʻrib chiqiladigan qonun loyihalari, qonunlar, davlat dasturlari va boshqa masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasining kelishilgan nuqtai nazarini ifoda etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalari, ularning kengashlari, qoʻmitalari va komissiyalari (ishchi guruhlari), deputatlar birlashmalari qonunlar loyihalari, qonunlar va Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga taalluqli boshqa masalalarni koʻrib chiqishda Vazirlar Mahkamasi nuqtai nazarini himoya qilishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalari, ularning kengashlari, qoʻmitalari va komissiyalari (ishchi guruhlari), deputatlar birlashmalarida qonunlar loyihalari va qonunlar, shuningdek Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga taalluqli boshqa masalalarni koʻrib chiqishning barcha bosqichlarida Vazirlar Mahkamasining belgilangan tartibda kelishilgan manfaatlarini ifoda etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalari, ularning kengashlari, qoʻmitalari, komissiyalari (ishchi guruhlari), deputatlar birlashmalarining qonunlar loyihalari, qonunlar va boshqa masalalar boʻyicha ishlarida Ijro etuvchi apparat, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning tegishli rahbarlari va mutaxassislarining ishtirok etishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalari majlislarida qonunlar loyihalari, qonunlar va boshqa masalalarni koʻrib chiqishda Vazirlar Mahkamasi vakillarining ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, Ijro etuvchi apparatning tegishli rahbarlari bilan kelishgan holda ularni almashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalari ishlarida ishtirok etadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlarning Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan qonunlar loyihalari va boshqa masalalar boʻyicha nuqtai nazari Vazirlar Mahkamasi nuqtai nazariga mos kelmaslik holatlarini aniqlaydi va ularni bartaraf etish uchun zarur choralar koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro etuvchi apparatning masʼul axborot-tahlil departamentlari, Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda qonunlar loyihalari hamda Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga taalluqli boshqa hujjatlarni Oliy Majlis palatalarida koʻrib chiqishda keyinchalik axborot berish uchun ularga kiritiladigan konseptual oʻzgartirishlar hamda qoʻshimchalar belgilangan tartibda ishlab chiqilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) qonun ijodkorligi jarayoni, qonunchilik tashabbuslarining qabul qilinishi, parlament nazorati natijalari va Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga taalluqli boshqa masalalarning Oliy Majlisi palatalarida koʻrib chiqilishi haqida Vazirlar Mahkamasiga tizimli asosda axborot berish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalarida qonun ijodkorligi jarayoni, qonunchilik tashabbuslarining qabul qilinishi, parlament nazorati natijalari va Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga taalluqli boshqa masalalarning koʻrib chiqilishi borishi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirini, uning oʻrinbosarlari, Apparat boshqaruvchisini tizimli asosda xabardor qilib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalari yalpi majlislarining kun tartiblari, shu jumladan ularga kiritiladigan qonunlar loyihalari va qonunlar haqida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlari va Apparat boshqaruvchisiga axborot taqdim qiladi, Ijro etuvchi apparat tarkibiy boʻlinmalari vakillarining ushbu yalpi majlislarda ishtirok etishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalari, ularning kengashlari, qoʻmitalari, komissiyalari (ishchi guruhlari), deputatlar birlashmalari koʻrib chiqadigan qonunlar loyihalari, qonunlar va Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga taalluqli boshqa masalalar boʻyicha tahliliy hamda boshqa materiallar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri ishtirokida oʻtkaziladigan kengashlar, Hukumat majlislariga tayyorgarlik koʻrish bilan bogʻliq materiallarni ishlab chiqish hamda qarorlarni rasmiylashtirishda, shuningdek uning faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasining protokol va boshqa qarorlari ijrosi nazorat qilinishini taʼminlashda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) yangi qabul qilingan qonunlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, rejalari hamda qarorlari tayyorlanishini tashkil etish, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan amaldagi qonunlar bajarilishini oʻrganish hamda tahlil qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi qabul qilingan qonunlarning amalga oshirilishini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, rejalari va qarorlarini tayyorlaydi, shuningdek Ijro etuvchi apparatning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan tayyorlangan hujjatlarni kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlarning qabul qilingan qonunlarning ijro etilishi holatini tizimli asosda oʻrganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro etuvchi apparatning tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda yangi qabul qilingan qonunlar qoidalarini amalga oshirishning aniq mexanizmlarini belgilaydigan qonunosti hujjatlarning oʻz vaqtida qabul qilinishi boʻyicha choralar koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunlarni nazorat qilish va bajarish sohasidagi qonun hujjatlari hamda huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirishga oid takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi qabul qilingan qonunlarni amalga oshirish boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) qonunlar, davlat dasturlarining bajarilishi va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha parlament nazoratini amalga oshirishda Vazirlar Mahkamasining ishtirokini taʼminlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalari tomonidan qonunlar, davlat dasturlari ijro etilishi holatini va boshqa yoʻnalishlarni oʻrganish boʻyicha parlament nazoratini amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasi, davlat maqsadli jamgʻarmalar budjetlari, soliq va budjet siyosati asosiy yoʻnalishlarining Oliy Majlis palatalariga koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda taqdim etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari hamda soliq va budjet siyosati asosiy yoʻnalishlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga belgilangan tartibda taqdim etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturining Oliy Majlis palatalariga koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda taqdim etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining oʻtgan yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yilda nazarda tutilgan asosiy ustuvor yoʻnalishlar toʻgʻrisida har yillik maʼruzasini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar boʻyicha axborotining Oliy Majlis palatalariga belgilangan tartibda taqdim etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda, Oliy Majlis palatalarining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ayrim dolzarb masalalari boʻyicha hisobotini eshitishini tashkil etish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat aʼzolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar boʻyicha axborotining eshitilishini tashkil etish boʻyicha choralarni koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parlament soʻroviga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati yoki Senati aʼzosining Vazirlar Mahkamasi aʼzolari, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yoʻllangan soʻroviga oʻz vaqtida javob yuborilishini taʼminlashga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalari qoʻmitalarining qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari ijrosini, huquqni qoʻllash amaliyoti holatini oʻrganishda zarur sharoitlar yaratish choralarini koʻradi, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlarning ushbu yoʻnalishdagi ishlarini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlarining qonunlarga rioya etishi, Oliy Majlis palatalari, ularning kengashlari va qoʻmitalari qarorlarini bajarishi toʻgʻrisida axborotini eshitishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli vakil qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Vakolatli vakilning huquqlari va masʼuliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vakolatli vakil zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlardan maʼlumotlar, tahliliy va boshqa materiallarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yigʻilishlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshirigʻiga binoan boshqa davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning uning faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro etuvchi apparat, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning uning faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha tegishli rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb etish, shuningdek muvaqqat ishchi guruhlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli vakil qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli vakilning zarur maʼlumotlar, tahliliy va boshqa materiallarni taqdim etish, shuningdek uning faoliyati sohasiga kiradigan boshqa masalalar boʻyicha talablari va topshiriqlari u belgilangan muddatlarda albatta bajarilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vakolatli vakil:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zimmasiga yuklatilgan vazifalarning lozim darajada va samarali bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarini ishlab chiqish va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish dasturlarining oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanishi hamda amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalari, ularning kengashlari, qoʻmitalari, komissiyalari (ishchi guruhlari), shuningdek deputatlar birlashmalari majlislarida qonunlar loyihalari, qonunlar va Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga taalluqli boshqa masalalarni koʻrib chiqishda ularni har tomonlama asoslash, iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va boshqa turdagi ekspertizadan toʻliq oʻtkazilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan qonunlar, Oliy Majlis palatalari, ularning kengashlari va qoʻmitalari qarorlari, shuningdek uning faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa hujjatlarning oʻz vaqtida hamda sifatli ijro etilishini nazorat qilishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomini mustahkamlash uchun shaxsan javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Vakolatli vakil faoliyatni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vakolatli vakilning faoliyatini tashkil etish uning apparati tomonidan taʼminlanadi. Vakolatli vakil apparatining tuzilmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli vakil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun ijodkorligi faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan hamkorlik masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament nazoratini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan hamkorlik masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inspektorni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli vakil va Vakolatli vakilning apparati mutaxassislari uchun Ijro etuvchi apparatda amalda boʻlgan lavozim maoshlari va boshqa toʻlovlar miqdori hisobga olingan holda, koʻp yillik xizmatlari uchun qoʻshimcha haq va ustamalar, harbiy va avvalgi ish joyida berilgan maxsus unvonlar (toifa darajalari, malaka darajalari, diplomatik daraja va boshqalar) saqlanib qoladi. Vakolatli vakil apparatidagi ish vaqti navbatdagi harbiy va maxsus unvon berish uchun ish stajiga kiritiladi hamda ular boʻyicha, shuningdek koʻp yillik xizmatlar uchun ustamalar qoʻshib yoziladi hamda toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli vakil apparatining tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vakolatli vakil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli vakil apparatining mutaxassislari va inspektori belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vakolatli vakil apparatining ishi Vazirlar Mahkamasi va Vakolatli vakil ish rejalariga muvofiq tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vakolatli vakil:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli vakil apparatiga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar ishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli vakil apparati xodimlari oʻrtasidagi majburiyatlarini, yarim yillik ish rejasini ishlab chiqadi hamda Apparat boshqaruvchisi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi, shuningdek mutaxassislarning individual ish rejalarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalari, ularning kengashlari, qoʻmitalari (ishchi guruhlari) va komissiyalari, shuningdek deputatlar birlashmalari majlislarida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, hukumat va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar, Apparat boshqaruvchisi oʻtkazadigan majlislarda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalarida qonunlar loyihalari, qonunlar va Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga taalluqli boshqa masalalar koʻrib chiqilishining tizimli monitoringi tashkil etilishini va ularni koʻrib chiqish holati hamda samaradorligi toʻgʻrisida maʼlumotlar bankini shakllantirishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga uning faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan tuzilma va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilgan nomzodlar, mutaxassislarning kasb darajasi va malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda jazolash choralari boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va Apparat boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar zaxirasini shakllantirish va yangilashni, kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan muntazam ishlashni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro etuvchi apparatda amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini taʼminlaydi, shuningdek chiquvchi hujjatlarni imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vakolatli vakil zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza boʻyicha oʻrinbosari va Ijro etuvchi apparatning Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi bilan qonunlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish hamda boshqa huquqiy masalalar boʻyicha, shuningdek qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish dasturlarini tayyorlash va amalga oshirish, shu jumladan ularning ijrosini monitoring qilib borish, qonunlar loyihalari va boshqa hujjatlarga kiritiladigan konseptual oʻzgartirishlarni Oliy Majlis palatalari, ularning kengashlari, qoʻmitalari va komissiyalari (ishchi guruhlari), shuningdek deputatlar birlashmalari tomonidan koʻrib chiqilishida yaqin hamkorlikni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vakolatli vakil vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vakolatlarini Qonun ijodkorligi faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan hamkorlik masalalari boʻyicha bosh mutaxassis belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qonun ijodkorligi faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan hamkorlik masalalari boʻyicha bosh mutaxassis:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
materiallar va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Vakolatli vakil topshiriqlarini bajaradi, materiallar va hujjatlar loyihalarining oʻz vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi uchun shaxsan javob beradi, Vakolatli vakilning boshqa topshiriqlari ijrosining nazoratini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro etuvchi apparatning Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi, axborot-tahlil departamentlari bilan birgalikda qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga kiritish dasturlarini tayyorlaydi hamda amalga oshiradi, shuningdek ularning ijrosini monitoring qilib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarini tayyorlash va iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy hamda boshqa turdagi ekspertizadan oʻtkazishda ishtirok etadi, qonunlar loyihalarida ulardagi normalarni amalga oshirish boʻyicha aniq mexanizmlar mavjudligini, huquqiy tartibga solishning tizimliligi va yaxlitligini tahlil qiladi, shuningdek qonunlar loyihalari, qonunlar va Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga taalluqli boshqa masalalarni Oliy Majlis palatalarida koʻrib chiqishning barcha bosqichlarida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunlar loyihalarini sifatli tayyorlashda Ijro etuvchi apparat tarkibiy boʻlinmalari ishining holati va samaradorligini oʻrganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalari yalpi majlislarining kun tartiblari, shu jumladan ularga kiritilgan qonunlar loyihalari va qonunlar haqida axborot tayyorlaydi, Ijro etuvchi apparat tarkibiy boʻlinmalari vakillarining ushbu yalpi majlislarda ishtirok etadigan vakillari roʻyxatini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalari, ularning kengashlari, qoʻmitalari va komissiyalari (ishchi guruhlari), deputatlar birlashmalari majlislarida, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, hukumat va idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida, Apparat boshqaruvchisi oʻtkazadigan majlislarda belgilangan tartibda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalarida koʻrib chiqiladigan qonunlar loyihalari, qonunlar va Vazirlar Mahkamasiga faoliyatiga taalluqli boshqa masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasini yuritadi, ularni muntazam yangilab turishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga Oliy Majlis palatalarida qonunchilik jarayoni va qonunchilik tashabbuslarining qabul qilinishi hamda Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga taalluqli boshqa masalalar toʻgʻrisida axborot tayyorlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apparat boshqaruvchisiga Oliy Majlis palatalari, ularning kengashlari, qoʻmitalari va komissiyalari (ishchi guruhlari), shuningdek deputatlar birlashmalarida koʻrib chiqiladigan qonunlar loyihalari, qonunlar va Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga taalluqli boshqa masalalar boʻyicha hisobot tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalari, ularning kengashlari, qoʻmitalari va komissiyalari (ishchi guruhlari), shuningdek deputatlar birlashmalari tomonidan qonunlar loyihalari, qonunlar va boshqa masalalarni koʻrib chiqishda Vazirlar Mahkamasi vakillarining ishtirok etishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalari, ularning kengashlari, qoʻmitalari va komissiyalari (ishchi guruhlari), shuningdek deputatlar birlashmalari qonunlar loyihalari, qonunlar va Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga taalluqli boshqa masalalarni koʻrib chiqishda Vazirlar Mahkamasining nuqtai nazarini himoya qilishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalari, ularning kengashlari, qoʻmitalari va komissiyalari (ishchi guruhlari), shuningdek deputatlar birlashmalarida qonunlar loyihalari, qonunlar va Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga taalluqli boshqa masalalarni koʻrib chiqishning barcha bosqichlarida Vazirlar Mahkamasining belgilangan tartibda kelishilgan manfaatlarini ifoda etishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalari, ularning kengashlari, qoʻmitalari va komissiyalari (ishchi guruhlari), shuningdek deputatlar birlashmalari qonunlar loyihalari, qonunlar va Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga taalluqli boshqa masalalarni koʻrib chiqishda Vazirlar Mahkamasining nuqtai nazarini himoya qilishda ishtirok etadigan Vazirlar Mahkamasi vakillarining roʻyxatini kelishishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalari majlislarida qonunlar loyihalari, qonunlar va boshqa masalalarni koʻrib chiqishda Vazirlar Mahkamasi vakillarining ishtirok etish imkoniyati boʻlmaganda, Ijro etuvchi apparatning tegishli rahbarlari bilan kelishgan holda ularni almashtirish toʻgʻrisida takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalari, ularning kengashlari, qoʻmitalari va komissiyalari (ishchi guruhlari), shuningdek deputatlar birlashmalarining qonunlar loyihalari, qonunlar va boshqa masalalar boʻyicha ishlarida Ijro etuvchi apparat, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning tegishli rahbarlari va mutaxassislarining ishtirokini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalari ishlarida ishtirok etadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlarning Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan qonunlar loyihalari va boshqa masalalar boʻyicha nuqtai nazari Vazirlar Mahkamasi nuqtai nazariga mos kelmaslik holatlarini aniqlaydi va ularni bartaraf etish uchun zarur choralar koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro etuvchi apparatning masʼul axborot-tahlil departamentlari, Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda qonunlar loyihalari hamda Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga taalluqli boshqa hujjatlarni Oliy Majlis palatalari, ularning kengashlari, qoʻmitalari va komissiyalari (ishchi guruhlari) shuningdek deputatlar birlashmalari tomonidan koʻrib chiqishda keyinchalik axborot berish uchun ularga kiritiladigan konseptual oʻzgartirishlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalarida Vazirlar Mahkamasi nuqtai nazarini ifoda etish va oʻz faoliyati sohasiga kiradigan boshqa yoʻnalishlarda Ijro etuvchi apparat, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlarning tegishli rahbarlari va mutaxassislarining ishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalari, ularning kengashlari, qoʻmitalari va komissiyalari (ishchi guruhlari), shuningdek deputatlar birlashmalari tomonidan koʻrib chiqiladigan qonunlar loyihalari, qonunlar va Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga taalluqli boshqa masalalar yuzasidan tahliliy hamda boshqa materiallar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uning faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlar, hukumat va idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, Apparat boshqaruvchisi oʻtkazadigan majlislarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar vakillari bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun ijodkorligi jarayonida qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning uning faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqadi, ularda koʻtarilgan masalalarni hal etishga doir takliflar tayyorlaydi, ularni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish hamda choralar koʻrish uchun yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun ijodkorligi faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan hamkorlik masalalari boʻyicha bosh mutaxassis qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun ijodkorligi faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan hamkorlik masalalari boʻyicha bosh mutaxassis vaqtinchalik boʻlmaganda holatlarda uning vakolatlarini Parlament nazoratini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan hamkorlik masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Parlament nazoratini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan hamkorlik masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
materiallar va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Vakolatli vakil, Qonun ijodkorligi faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan hamkorlik masalalari boʻyicha bosh mutaxassis topshiriqlarini bajaradi, materiallar va hujjatlar loyihalarining oʻz vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi uchun shaxsan javob beradi, Vakolatli vakilning boshqa topshiriqlari ijrosining nazoratini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunlar, davlat dasturlarini bajarish holati va boshqa yoʻnalishlarni oʻrganish boʻyicha Oliy Majlis palatalari tomonidan parlament nazorati amalga oshirilishida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet boʻyicha murojaat loyihasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalar budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari, Ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarning Oliy Majlis palatalariga koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda taqdim etilishini taʼminlashda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalariga Vazirlar Mahkamasining oʻtgan yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yilda nazarda tutilgan asosiy ustuvor yoʻnalishlar toʻgʻrisida har yillik maʼruzasini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar boʻyicha axborotini belgilangan tartibda taqdim etilishini taʼminlashda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda, Oliy Majlis palatalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ayrim dolzarb masalalari boʻyicha hisobotini eshitilishini tashkil etishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat aʼzolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar boʻyicha axborotining eshitilishini tashkil etishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parlament soʻroviga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati yoki Senati aʼzosining Vazirlar Mahkamasi aʼzolari, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yoʻllangan soʻroviga oʻz vaqtida javob yuborilishini taʼminlashda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalarining qoʻmitalari va komissiyalarining (ishchi guruhlari) qonunlarga rioya etish, Oliy Majlis palatalari, ularning kengashlari va qoʻmitalari qarorlarini bajarish holatlarini oʻrganishi uchun zarur sharoitlar yaratish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlarining qonunlarga rioya etishi, Oliy Majlis palatalari, ularning kengashlari va qoʻmitalari qarorlarini bajarishi toʻgʻrisida axborotini eshitishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalariga qabul qilinadigan qonunlar sifatini yaxshilash, huquqiy tartibga solishning tizimliligi va yaxlitligini, shuningdek ularning toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsirini taʼminlashga doir tegishli choralar koʻrishda amaliy yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro etuvchi apparatning tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda yangi qabul qilingan qonunlar qoidalarini amalga oshirishning aniq mexanizmlarini belgilaydigan qonunosti hujjatlarning oʻz vaqtida qabul qilinishi boʻyicha choralar koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlari va Apparat boshqaruvchisiga parlament nazorati natijalarini koʻrib chiqishning borishi toʻgʻrisida, shuningdek Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga taalluqli boshqa masalalar boʻyicha axborot tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalari, ularning kengashlari, qoʻmitalari va komissiyalari (ishchi guruhlari), deputatlar birlashmalari, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, hukumat va idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida, Apparat boshqaruvchisi oʻtkazadigan majlislarda belgilangan tartibda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Apparat boshqaruvchisining topshirigʻiga binoan normativ-huquqiy hujjatlar, maʼlumotnoma, tahliliy materiallar va boshqa hujjatlarning tegishli loyihalarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uning faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, hukumat va idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida, Apparat boshqaruvchisi oʻtkazadigan majlislarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar vakillari bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlarning qabul qilingan qonunlarni bajarish holatini oʻrganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi qabul qilingan qonunlar amalga oshirilishini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, rejalari va qarorlarini tayyorlashda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi qabul qilingan qonunlarni amalga oshirish boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunlarni nazorat qilish va ijrosini taʼminlash sohasida qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirishga doir takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning uning faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqadi, ularda koʻtarilgan masalalarni hal etishga doir takliflar tayyorlaydi, ularni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish hamda choralar koʻrish uchun yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament nazoratini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan hamkorlik masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament nazoratini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan hamkorlik masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis vaqtinchalik boʻlmaganda holatlarda, uning vakolatlarini Qonun ijodkorligi faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan hamkorlik masalalari boʻyicha bosh mutaxassis belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Inspektor:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish yuritilishini taʼminlaydi va hujjatlar qabul qilinishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlarni tayyorlash va arxivda saqlash uchun oʻz vaqtida topshirishni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspektor qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 07/17/3294/0030-son)