Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining
buyrugʻi
“Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasining faoliyat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 25-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1753-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son “Maktabgacha taʼlim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2007-yil 28-noyabrdagi 297-son “Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasining faoliyat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1753, 2007-yil 26-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 544-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2014-yil 25-avgustdagi 253-son “Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasining faoliyat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1753-1, 2014-yil 2-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 36-son, 457-modda).
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-sentabr,
8-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2017-y., 10/17/1753-2/0013-son)