Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZBEKISTON TEMIR YOʻLLARI” DAVLAT-AKSIONERLIK KOMPANIYASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALARI TOʻGʻRISIDA” 1994-YIL 14-NOYABRDAGI 551-SON QARORIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻllarida yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2001-yil 3-martdagi 109-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 14-noyabrdagi 551-son qarori 2-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida temir yoʻllarni rivojlantirish va ulardan foydalanish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
temir yoʻllardan texnik foydalanish va yuk hamda yoʻlovchilar tashish shartlari boʻyicha normativ hujjatlarning bajarilishini taʼminlash”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 26-iyun,
268-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 12-son, 80-modda)